toggle_night_mode
Hujjat 10.04.2008 12 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida
1-BOB. UMUMIY QOIDALAR
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonun sud hujjatlari, shuningdek qonunda belgilangan vakolatlarini amalga oshirayotganlarida jismoniy yoki yuridik shaxslar zimmasiga pul mablagʻlari va boshqa mol-mulkni oʻzga shaxslarga berish yoxud ular foydasiga muayyan harakatlarni amalga oshirish yoki bunday harakatlarni amalga oshirishdan oʻzini tiyish majburiyatini yuklash huquqi berilgan boshqa organlarning (mansabdor shaxslarning) hujjatlari majburiy ijro etilayotganda yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga soladi.
2-modda. Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun hamda boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
3-modda. Ijro etish organlari
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamenti hududiy boʻlimlari sud ijrochilari tuman (shahar) boʻlinmalarining sud ijrochilari zimmasiga yuklatiladi, ularning vakolatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Pul mablagʻlarini undirish toʻgʻrisidagi sud hujjatlarining va boshqa organlar hujjatlarining talablarini ijro etish qonunda nazarda tutilgan hollarda soliq organlari, banklar hamda boshqa kredit tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Soliq Kodeksi 26-modda birinchi qismining oʻn ikkinchi xatboshisi, 27-modda birinchi qisminingoʻn oltinchi xatboshisi, 55-modda, 116-moddaning beshinchi qismi hamda 15-bobi.
Sud hujjatlarining va boshqa organlar hujjatlarining talablari qonunda nazarda tutilgan hollarda oʻzga jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan ham ijro etilishi mumkin.
Ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida koʻrsatilgan organlar hamda shaxslar majburiy ijro etish organlari hisoblanmaydi.
4-modda. Banklar va boshqa kredit tashkilotlari tomonidan ijro harakatlarining taʼminlanishi
Agar undiruvchi bankda yoki boshqa kredit tashkilotida qarzdorning hisobvaraqlari mavjudligi haqidagi maʼlumotlarga ega boʻlsa, pul mablagʻlarini undirish toʻgʻrisidagi sud hujjatlarining va boshqa organlar hujjatlarining talablari bayon etilgan ijro hujjatini undiruvchi bevosita ana shu bankka yoki boshqa kredit tashkilotiga yuborishi mumkin.
Qarzdorning hisobvaraqlari boʻyicha xizmat koʻrsatuvchi bank yoki boshqa kredit tashkiloti ijro hujjati olingan kundan eʼtiboran uch kunlik muddat ichida ijro hujjatida bayon etilgan pul mablagʻlarini undirish toʻgʻrisidagi talablarni ijro etadi yoxud qarzdorning hisobvaraqlarida undiruvchining talablarini qanoatlantirish uchun yetarli pul mablagʻi yoʻqligi sababli koʻrsatilgan talablar toʻla yoki qisman ijro etilmaganligini qayd etib qoʻyadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan talablarni bajarmaslik sudning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va miqdorda bankka yoki boshqa kredit tashkilotiga jarima solishi uchun asos boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Qonunning 81-moddasi.
5-modda. Ijro etilishi lozim boʻlgan sud hujjatlari va boshqa organlarning hujjatlari
Ushbu Qonunda belgilangan qoidalarga binoan quyidagilar ijro etilishi lozim:
1) fuqarolik ishlari va xoʻjalik nizolari boʻyicha sudlarning hal qiluv qarorlari, ajrimlari va qarorlari;
Keyingi tahrirga qarang.
2) jinoyat ishlari boʻyicha sud hukmlari, ajrimlari va qarorlarining mulkiy undirishga oid qismi;
Keyingi tahrirga qarang.
3) maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud qarorlarining mulkiy undirishga oid qismi;
Keyingi tahrirga qarang.
4) alimentlar toʻlash toʻgʻrisidagi notarial tarzda tasdiqlangan kelishuvlar;
5) notariuslarning ijro xatlari;
6) mehnat nizolari komissiyalarining qarorlari;
7) maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish vakolatiga ega organlar (mansabdor shaxslar) chiqargan qarorlar;
Oldingi tahrirga qarang.
8) hakamlik sudining qarorlari;
(5-moddaning 8-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 1-avgustdagi OʻRQ-106-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 31-32-son, 315-modda)
9) Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari yoki xalqaro shartnomasida nazarda tutilgan hollarda chet el sudlari va arbitrajlarining qarorlari;
Keyingi tahrirga qarang.
10) oʻzboshimchalik bilan turar joyni egallab olgan yoki avariya holatida deb topilgan uylarda yashayotgan shaxslarni maʼmuriy tartibda koʻchirish toʻgʻrisidagi prokurorlarning qarorlari;
11) sud ijrochilarining ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollardagi qarorlari;
Keyingi tahrirga qarang.
12) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda boshqa organlarning hujjatlari.
Keyingi tahrirga qarang.
6-modda. Chet el sudlari va arbitrajlari qarorlarini ijro etish
Chet el sudlari va arbitrajlarining qarorlarini ijro etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalari bilan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 363-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 22-dekabrdagi 184-I-sonli “1958-yil 10-iyundagi xalqaro hakamlik qarorlarini ijrosini taʼminlash va ularni tan olish boʻyicha Nyu-York konvensiyasiga qoʻshilish toʻgʻrisida”gi qarori.
Oʻzbekiston Respublikasi sudi tomonidan chet el sudining yoki arbitrajining qarori asosida berilgan ijro varaqasi, agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, qaror qonuniy kuchga kirgan vaqtdan eʼtiboran uch yil ichida majburiy ijro etish uchun topshirilishi mumkin.
7-modda. Ijro hujjatlari
Quyidagilar ijro hujjatlari hisoblanadi:
1) sudlar oʻzlari qabul qiladigan sud hujjatlari asosida beradigan ijro varaqalari;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2) hakamlik sudining qarorlarini majburiy ijro etish yuzasidan sudlar beradigan ijro varaqalari;
(7-modda birinchi qismining 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 1-avgustdagi OʻRQ-106-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 31-32-son, 315-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
3) chet el sudlari va arbitrajlari qarorlari asosida Oʻzbekiston Respublikasi sudlari beradigan ijro varaqalari;
4) sud buyruqlari;
5) alimentlar toʻlash toʻgʻrisidagi notarial tarzda tasdiqlangan kelishuvlar;
6) notariuslarning ijro xatlari;
7) mehnat nizolari komissiyalari oʻz qarorlari asosida beradigan guvohnomalar;
8) maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish vakolatiga ega organlar (mansabdor shaxslar) chiqargan qarorlar;
9) oʻzboshimchalik bilan turar joyni egallab olgan yoki avariya holatida deb topilgan uylarda yashayotgan shaxslarni maʼmuriy tartibda koʻchirish toʻgʻrisidagi prokurorlarning qarorlari;
10) sud ijrochilarining qarorlari;
Keyingi tahrirga qarang.
11) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda boshqa organlarning hujjatlari.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ijro hujjatining asl nusxasi yoʻqolgan taqdirda, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda beriladigan uning dublikati undiruv uchun asos boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksining 450-moddasi, Iqtisodiy protsessual kodeksining 341-moddasi va Jinoyat-protsessual kodeksining 531-moddasi.
8-modda. Ijro hujjatlarining mazmuni
Ijro hujjatida quyidagilar koʻrsatilishi lozim:
1) ijro hujjatini bergan sud yoki boshqa organning nomi;
2) ijro hujjatining qaysi ish boʻyicha berilganligi va uning tartib raqami;
3) ijro etilishi shart boʻlgan sud hujjati yoki boshqa organ hujjati qabul qilingan sana;
4) undiruvchi va qarzdorning nomi, ularning manzillari; jismoniy shaxslar uchun — qarzdorning tugʻilgan sanasi va joyi, ish joyi;
Keyingi tahrirga qarang.
5) sud hujjati yoki boshqa organ hujjatining qaror qismi;
6) sud hujjati yoki boshqa organ hujjati kuchga kirgan sana;
7) ijro hujjati berilgan sana va uni ijroga topshirish muddati.
Sud hujjati asosida berilgan ijro hujjati sudya tomonidan imzolanadi va sudning gerbli muhri bilan tasdiqlanadi.
Boshqa organning hujjati asosida berilgan ijro hujjati mazkur hujjatni qabul qilgan organning vakolatli mansabdor shaxsi tomonidan imzolanadi va tegishli organning muhri bilan tasdiqlanadi.
Sud buyrugʻining hamda alimentlar toʻlash toʻgʻrisidagi notarial tarzda tasdiqlangan kelishuvning, shuningdek notarius ijro xatining mazmuni qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksining 145-moddasi, Fuqarolik protsessual kodeksining 178-moddasi, Oila kodeksining 17-bobi va Oʻzbekiston Respublikasi “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonunining 79-moddalari.
Keyingi tahrirga qarang.
2-BOB. IJRO ISHI YURITISHDA ISHTIROK ETUVCHI SHAXSLAR
9-modda. Ijro ishi yuritishdagi taraflar
Undiruvchi va qarzdor ijro ishi yuritishdagi taraflar hisoblanadi.
Ijro hujjati kimning foydasiga yoki manfaatlarini koʻzlab berilgan boʻlsa, oʻsha shaxs undiruvchi hisoblanadi.
Ijro hujjatida nazarda tutilgan muayyan harakatlarni amalga oshirish yoki ularni amalga oshirishdan oʻzini tiyish majburiyati kimning zimmasiga yuklatilgan boʻlsa, oʻsha shaxs qarzdor hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ijro ishi yuritishda bir necha undiruvchi yoki qarzdor ishtirok etishi mumkin. Ularning har biri boshqa tarafga nisbatan ijro ishi yuritishda mustaqil ishtirok etadi yoki ijro harakatlarida ishtirok etishni sheriklardan biriga topshirishi mumkin.
10-modda. Ijro ishi yuritishda voyaga yetmaganlarning ishtiroki
Ijro ishi yuritishda voyaga yetmaganlarning huquqlarini ularning qonuniy vakillari — ota-onalari, farzandlikka oluvchilari, vasiylari yoki homiylari amalga oshiradilar.
Fuqarolik, oilaviy, mehnat, maʼmuriy huquqiy munosabatlardan hamda olingan ish haqini yoki boshqa daromadni tasarruf etish bilan bogʻliq bitimlardan kelib chiqadigan ishlar boʻyicha sud hujjatlari va boshqa organlarning hujjatlari asosida berilgan ijro hujjatlari ijro etilayotganda voyaga yetmaganlar qonunda nazarda tutilgan hollarda ijro ishi yuritishda mustaqil ravishda oʻz huquqlarini amalga oshirishlari va majburiyatlarni bajarishlari mumkin.
Oʻn olti yoshga toʻlgan, voyaga yetmagan shaxs toʻla muomalaga layoqatli deb eʼlon qilingan taqdirda (emansipatsiya), u ijro ishi yuritishda mustaqil ravishda oʻz huquqlarini amalga oshirishi va majburiyatlarni bajarishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 28-moddasiga qarang.
11-modda. Ijro ishi yuritishda taraflarning huquq va majburiyatlari
Taraflar ijro harakatlarini amalga oshirishda ijro ishi yuritish materiallari bilan tanishish, ulardan koʻchirmalar, nusxalar olish, qoʻshimcha materiallar taqdim etish, iltimosnomalar berish, ijro harakatlarini amalga oshirishda ishtirok etish, ijro harakatlari jarayonida ogʻzaki va yozma tushuntirishlar berish, ijro ishi yuritilishi davomida paydo boʻladigan masalalar yuzasidan oʻz vajlari va fikr-mulohazalarini bildirish, ijro ishi yuritishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning iltimosnomalari, vajlari va fikr-mulohazalariga qarshi eʼtiroz bildirish, rad qilish, sud ijrochisining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish huquqiga egadirlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Taraflar ijro harakatlarini amalga oshirayotganda sud hujjatlarini va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining talablarini bajarishlari shart.
Keyingi tahrirga qarang.
12-modda. Ijro ishi yuritishda huquqiy vorislik
Ijro ishi yuritishdan taraflarning biri chiqib ketgan taqdirda (undiruvchi yoki qarzdorning vafot etishi, yuridik shaxsning qayta tashkil etilishi, boshqa shaxs foydasiga talablardan voz kechilishi, qarzni boshqa shaxsga oʻtkazilishi va shu kabilar) sud ijrochisi oʻz qarori bilan ana shu tarafni uning huquqiy vorisi bilan qonunda belgilangan tartibda almashtirishi shart. Amalga oshirilgan barcha harakatlar chiqib ketgan taraf uchun qay darajada majburiy hisoblangan boʻlsa, uning oʻrniga ijro ishi yuritishga kirgan huquqiy voris uchun ham shu darajada majburiydir.
Keyingi tahrirga qarang.
13-modda. Ijro ishi yuritishda taraflar vakillarining ishtiroki
Jismoniy shaxslar ijro ishi yuritishda mustaqil ravishda yoki vakillari orqali ishtirok etishlari mumkin. Ijro ishi yuritishda jismoniy shaxsning shaxsan ishtirok etishi uni vakilga ega boʻlish huquqidan mahrum etmaydi. Agar ijro hujjati boʻyicha qarzdor zimmasiga faqat u shaxsan ijro etishi mumkin boʻlgan majburiyatlar yuklatilgan boʻlsa, ularni ijro etishda qarzdor oʻz vakili orqali harakat qilishga haqli emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Yuridik shaxslar ijro ishi yuritishda qonun hujjatlarida yoki taʼsis hujjatlarida oʻzlariga berilgan vakolatlar doirasida harakat qiladigan organlari yoki mansabdor shaxslari orqali yoxud mazkur organlar va mansabdor shaxslarning vakillari orqali ishtirok etadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Yuridik shaxsning nomidan ishtirok etuvchi shaxslarda oʻz vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar boʻlishi shart.
14-modda. Vakilning vakolatlari
Vakilning vakolatlari qonunga muvofiq berilgan va rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan tasdiqlangan boʻlishi shart.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 10-bobi.
Ijro ishi yuritishda ishtirok etuvchi vakil oʻzini vakil qilgan shaxs nomidan ijro ishi yuritish bilan bogʻliq barcha harakatlarni amalga oshirish huquqiga ega.
Vakil qilayotgan shaxs berayotgan ishonchnomada vakilning quyidagi harakatlarni amalga oshirish vakolatlari maxsus koʻrsatib oʻtilgan boʻlishi kerak:
ijro hujjatini ijroga topshirish va uni chaqirib olish;
undiruvdan voz kechish;
vakolatlarni boshqa shaxsga oʻtkazish (ishonib topshirish);
sud ijrochisining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat berish va uni rad qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
undirilgan mol-mulkni (shu jumladan pulni) olish;
kelishuv bitimi tuzish.
Keyingi tahrirga qarang.
15-modda. Vakil boʻlolmaydigan shaxslar
Voyaga yetmagan yoki vasiylikda yoxud homiylikda turgan shaxslar ijro ishi yuritishda vakil boʻlishlari mumkin emas.
Sudyalar, prokurorlar, tergovchilar, surishtiruvchilar, sud ijrochilari va sud apparati xodimlari ijro ishi yuritishda vakillik qilishlari mumkin emas. Bu qoida mazkur shaxslar ijro ishi yuritishda tegishli sudning, prokuratura, tergov va surishtiruv organining vakolatli vakili yoki qonuniy vakil sifatida ishtirok etadigan hollarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
16-modda. Qonuniy vakillar
Ijro ishi yuritishda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan jismoniy shaxslarning huquqlari hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini ularning qonuniy vakillari — ota-onalari, farzandlikka oluvchilari, vasiylari yoki homiylari himoya qiladilar. Ular oʻz vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadilar.
Qonuniy vakillar amalga oshirish huquqi vakil qilinayotganlarga tegishli boʻlgan barcha harakatlarni qonunda nazarda tutilgan cheklanishlar bilan vakil qilinayotganlarning nomidan bajaradilar.
Belgilangan tartibda bedarak yoʻqolgan deb topilgan jismoniy shaxs ishtirok etishi lozim boʻlgan ijro ishi yuritish boʻyicha, bedarak yoʻqolganning mol-mulki ishonchli boshqaruviga berilgan va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tayinlangan shaxslar bedarak yoʻqolgan shaxsning vakili sifatida qatnashadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Vafot etgan yoki belgilangan tartibda vafot etgan deb eʼlon qilingan shaxsning merosxoʻri ishtirok etishi lozim boʻlgan ijro ishi yuritish boʻyicha, agar merosni hali hech kim qabul qilib olmagan boʻlsa, vasiy yoki meros mol-mulkni muhofaza qilish va boshqarish uchun tayinlangan saqlovchi merosxoʻrning vakili sifatida qatnashadi.
 LexUZ sharhi
Fuqaroni bedarak yoʻqolgan yoki vafot etgan deb topish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 36 va 37-moddalari hamda Fuqarolik protsessual kodeksining 30-bobida belgilangan.
Qonuniy vakillar ijro ishi yuritishda ishtirok etishni oʻzlari vakil sifatida tanlagan boshqa shaxsga topshirish huquqiga egadirlar.
17-modda. Ijro ishi yuritishda tarjimonning ishtiroki
Ijro harakatlari amalga oshirilayotganda ijro ishi yuritilayotgan tilni bilmaydigan shaxslarga tarjimon xizmatidan foydalanish huquqi taʼminlanadi.
Tarjima qilish uchun zarur boʻlgan tillarni biladigan har qanday voyaga yetgan, muomalaga layoqatli jismoniy shaxs tarjimon boʻlishi mumkin. Tarjimon sud ijrochisining qarori bilan tayinlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Tarjimon oʻz mehnati uchun haq olish huquqiga ega boʻlib, bu haq ijro harakatlarini amalga oshirish xarajatlariga kiritiladi.
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonunning 9-bobiga qarang.
Tarjimon bila turib, notoʻgʻri tarjima qilgan taqdirda qonunda belgilangan tartibda javobgar boʻladi, bu haqda uni sud ijrochisi yozma ravishda ogohlantiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
18-modda. Ijro ishi yuritishda xolislarning ishtiroki
Qarzdor egallab turgan yoki unga qarashli xonalar va omborlarni ochish, qarzdorning mol-mulkini koʻzdan kechirish, ularni xatlash, olib qoʻyish va berish bilan bogʻliq ijro harakatlarini amalga oshirishda xolislar ishtirok etishi shart. Boshqa hollarda, xolislar sud ijrochisining ixtiyoriga koʻra chaqiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Xolislar sifatida ijro harakatlarini amalga oshirishdan manfaatdor boʻlmagan va oʻzaro yoki ijro ishi yuritish ishtirokchilari bilan qarindosh boʻlmagan, bir-biriga boʻysunmaydigan va bir-birini nazorat qilmaydigan voyaga yetgan har qanday muomalaga layoqatli jismoniy shaxslar taklif etilishi mumkin. Xolislar ikki kishidan kam boʻlmasligi kerak.
19-modda. Xolislarning huquq va majburiyatlari
Xolis tegishli ijro harakati dalolatnomasida oʻzi ishtirok etgan ijro harakatlari fakti, mazmuni va natijalarini oʻz imzosi bilan tasdiqlaydi. Xolis oʻzining qanday ijro harakatlarini amalga oshirish uchun taklif qilinganligini, ular qanday ijro hujjatlariga asosan amalga oshirilayotganligini bilishga, amalga oshirilgan ijro harakatlari boʻyicha fikr-mulohazalar bildirishga haqli. Xolisning mulohazalari tegishli ijro harakatlari dalolatnomasiga kiritilishi lozim. Xolisning istagiga binoan bunday mulohazalar uning oʻz qoʻli bilan yozilishi mumkin.
Xolislar ishtirok etadigan ijro harakatlari boshlanishidan oldin sud ijrochisi ularga oʻz huquq va majburiyatlarini tushuntiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Xolislar oʻz majburiyatlarini bajarishlari munosabati bilan oʻzlari qilgan xarajatlari qoplanishini talab qilish huquqiga egadirlar. Mazkur xarajatlar ijro harakatlarini amalga oshirish xarajatlariga kiritiladi.
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonunning 9-bobiga qarang.
20-modda. Ijro ishi yuritishda mutaxassislarning ishtiroki
Ijro harakatlarini amalga oshirayotganda yuzaga keladigan, maxsus bilimlarni talab qiladigan masalalarni tushuntirib berish uchun sud ijrochisi oʻz tashabbusiga yoki taraflarning iltimosiga binoan oʻzining qarori bilan mutaxassis tayinlashi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Mutaxassis sifatida zarur bilimlarga ega shaxs tayinlanishi mumkin. Mutaxassis yozma ravishda xulosa beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Mutaxassis sud ijrochisining chaqiruvi boʻyicha kelishi, qoʻyilgan masalalar yuzasidan xolisona xulosa berishi, oʻzi bajarayotgan harakatlarni tushuntirib berishi shart. Mutaxassis ijro harakatlarini amalga oshirish bilan bogʻliq bajargan ishi uchun haq olish huquqiga ega. Bu haq ijro harakatlarini amalga oshirish xarajatlariga kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
21-modda. Sud ijrochilarining ichki ishlar organlari xodimlari bilan oʻzaro hamkorligi
Sud ijrochisi tomonidan ijro harakatlarini amalga oshirishda biron-bir toʻsiq yuzaga kelsa, ichki ishlar organlarining xodimlari ijro harakatlari amalga oshirilayotganda jamoat tartibi saqlanishini taʼminlashga koʻmaklashishlari shart.
Ijro harakatlari amalga oshirilayotganda jamoat tartibi saqlanishini taʼminlash talab etilsa, sud ijrochisi ichki ishlar organlariga tegishli talabnoma yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
22-modda. Ijro ishi yuritishda rad qilish
Agar sud ijrochisi, tarjimonlar va mutaxassislar taraflarning, ular vakillarining yoki ijro ishi yuritishda ishtirok etayotgan boshqa shaxslarning qarindoshlari boʻlsalar yoxud ijro ishi yuritish natijasidan manfaatdor boʻlsalar yoki ularning begʻarazligiga shubha tugʻdiradigan boshqa holatlar mavjud boʻlsa, ular ijro ishi yuritishda ishtirok etishi mumkin emas va ular rad qilinishi lozim.
Rad qilish uchun holatlar mavjud boʻlsa, rad qilish talablari tatbiq etiladigan shaxs oʻzini oʻzi rad qilishi shart. Xuddi shu asoslar boʻyicha undiruvchi, qarzdor yoki ularning vakillari mazkur shaxsni rad qilishlari mumkin. Rad qilish asoslangan boʻlishi, yozma ravishda bayon etilishi va ijro harakatlarini amalga oshirish boshlanguniga qadar maʼlum qilinishi kerak, rad qilish uchun asoslar mavjudligi ijro harakatlarini amalga oshirish boshlanganidan keyin maʼlum boʻlib qolgan hollar bundan mustasno.
Tarjimon va mutaxassisni rad qilish toʻgʻrisidagi masalani sud ijrochisi hal qiladi. Sud ijrochisi tarjimon va mutaxassisni rad qilish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish natijalariga muvofiq asoslangan qaror chiqaradi, qaror katta sud ijrochisi tomonidan tasdiqlanadi.
Sud ijrochisini rad qilish toʻgʻrisidagi masalani katta sud ijrochisi hal qiladi. Katta sud ijrochisini rad qilish toʻgʻrisidagi masalani katta sud ijrochisining oʻzi hal qiladi.
Sud ijrochisini rad qilish toʻgʻrisidagi ariza qanoatlantirilgan taqdirda, u ijro etayotgan ijro hujjati katta sud ijrochisi tomonidan boshqa sud ijrochisiga oʻtkaziladi yoki katta sud ijrochisi ijro hujjatini oʻz ish yurituviga oladi. Katta sud ijrochisini rad qilish toʻgʻrisidagi ariza qanoatlantirilgan taqdirda, u ijro etayotgan ijro hujjati Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamentining tegishli hududiy boʻlimi tomonidan boshqa sud ijrochisiga oʻtkaziladi.
Sud ijrochisini rad qilish qanoatlantirilmaganligi ustidan sudga shikoyat qilish yoki protest bildirish mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
3-BOB. IJRO HARAKATLARINI AMALGA OSHIRISHNING UMUMIY SHARTLARI
23-modda. Ijro ishi yuritishni qoʻzgʻatish
Sud ijrochisi ijro hujjatini sud yoki boshqa organdan yoxud undiruvchidan (agar ijro hujjatini ijroga topshirish muddati oʻtmagan va mazkur hujjat ushbu Qonunning 8-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiq boʻlsa) ijro uchun qabul qilib olishi va ijro ishi yuritishni qoʻzgʻatishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Sud ijrochisi ijro hujjatini olgan kundan eʼtiboran uch kundan kechiktirmay ijro ishi yuritishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisida qaror chiqaradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Sud ijrochisi ijro ishi yuritishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi qarorda ijro hujjatidagi talablarni ixtiyoriy ravishda bajarish uchun ijro ishi yuritish qoʻzgʻatilgan kundan eʼtiboran koʻpi bilan besh kun muddat belgilaydi va qarzdorga belgilangan muddat tugagandan keyin ijro hujjatidagi talablar undan ushbu Qonunning 82-moddasida nazarda tutilgan jarimani undirgan holda majburiy ijro etilishi toʻgʻrisida maʼlum qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ijro ishi yuritishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi qaror nusxasi u chiqarilgan kunning ertasidan kechiktirmay undiruvchiga, qarzdorga, shuningdek hujjati ijro etilishi lozim boʻlgan sud yoki boshqa organga yuboriladi.
Sud ijrochisi undiruvchining arizasiga binoan yoki oʻz tashabbusi bilan mulkiy undiruv boʻyicha ijro ishi yuritishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisida qaror chiqarish bilan bir vaqtda qarzdorning mol-mulkini roʻyxatga olib, ularni xatlashga haqli boʻlib, bu haqda mazkur qarorda koʻrsatib oʻtadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ijro ishi yuritishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi qaror ustidan sudga shikoyat qilish yoki protest bildirish mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
24-modda. Ijro hujjatiga nisbatan qoʻyiladigan talablarni buzish oqibatlari
Agar ijro hujjati ijroga topshirish muddati oʻtib ketganidan keyin yuborilgan boʻlsa yoki ushbu Qonunning 8-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiq boʻlmasa, sud ijrochisi ijro hujjatini olgan kundan eʼtiboran uch kunlik muddat ichida qaytarib yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ijro hujjatini qaytarib yuborish toʻgʻrisida qaror chiqariladi, uning nusxasi qaror chiqarilgan kunning ertasidan kechiktirmay undiruvchiga, ijro hujjatini bergan sud yoki boshqa organga yuboriladi.
Ijro hujjatini qaytarib yuborish toʻgʻrisidagi qarorda ushbu Qonunning 8-moddasida nazarda tutilgan qaysi talablar buzilganligi koʻrsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ijro hujjatining yoʻl qoʻyilgan nuqsonlarni bartaraf qilish uchun qaytarib yuborilishi bunday nuqsonlar bartaraf qilinganidan keyin ijro hujjatini sud ijrochisiga ikkinchi marta umumiy tartibda yuborish uchun toʻsqinlik qilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ijro hujjatini qaytarib yuborish toʻgʻrisidagi qaror ustidan sudga shikoyat qilish yoki protest bildirish mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
25-modda. Ijro harakatlarini amalga oshirish joyi
Agar qarzdor jismoniy shaxs boʻlsa, ijro harakatlarini sud ijrochisi uning yashash joyi yoki ish joyida yoxud uning mol-mulki turgan joyda amalga oshiradi.
Agar qarzdor yuridik shaxs boʻlsa, ijro harakatlarini sud ijrochisi uning organi joylashgan yoki mol-mulki turgan joyda amalga oshiradi.
Qarzdor zimmasiga muayyan harakatlarni amalga oshirish majburiyatini yuklovchi ijro hujjatlarining talablari bunday harakatlar amalga oshiriladigan joyda bajariladi.
Agar ijro hujjatini ijro etish jarayonida qarzdorning yashash joyi, ish joyi yoki turgan joyi oʻzgargan boʻlsa yoki ilgarigi turgan joyida undiruv qaratilishi mumkin boʻlgan mol-mulki yoʻq ekanligi yoxud undiruvchining talablarini qanoatlantirish uchun yetarli emasligi maʼlum boʻlib qolsa, sud ijrochisi bu haqda darhol dalolatnoma tuzadi hamda dalolatnoma tuzgan kunning ertasidan kechiktirmay ijro hujjatini dalolatnomaning nusxasi bilan birga qarzdorning maʼlum boʻlgan yangi yashash joyidagi, ish joyidagi, turgan joyidagi yoki qarzdorning mol-mulki turgan yangi joydagi sud ijrochisiga yuboradi, ayni bir vaqtda bu haqda undiruvchini, ijro hujjatini bergan sud yoki boshqa organni xabardor qiladi.
Agar ijro hujjatini ijro etish jarayonida zarurat tugʻilsa, sud ijrochisi ijro harakatlarini oʻz vazifalarini bajara olishi mumkin boʻlgan hududdan tashqarida ham amalga oshirishi mumkin. Bu holda sud ijrochisi ushbu moddaning toʻrtinchi qismiga muvofiq dalolatnoma tuzib, koʻrsatilgan hududga boradi. U yetib borgan paytdan boshlab bir sutka ichida ijro harakatlarini amalga oshirish joyidagi katta sud ijrochisiga ijro harakatlarini shu hududda amalga oshirishi zarurligi toʻgʻrisida maʼlum qiladi, katta sud ijrochisi bu yerga kelgan sud ijrochisiga koʻmaklashadi.
Bir sud ijrochisining boshqa sud ijrochisiga yuborgan ijro hujjati ijro etish uchun qabul qilib olinishi lozim.
Ijro harakatlarini amalga oshirish joyi toʻgʻrisida sud ijrochilari oʻrtasida kelib chiqadigan nizolar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamenti yoki uning hududiy boʻlimi tomonidan hal etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
26-modda. Ijro harakatlari amalga oshiriladigan vaqt
Ijro harakatlari ish kunlarida soat 8.00 dan 22.00 gacha amalga oshiriladi. Ijro harakatlarini amalga oshirishning aniq vaqtini sud ijrochisi belgilaydi. Ijro ishi yuritishda qatnashuvchi taraflar ijro harakatlarini amalga oshirishning oʻzlari uchun qulay vaqtini taklif etishga haqlidirlar. Ijro harakatlarini sutkaning boshqa vaqtida, shuningdek dam olish va bayram kunlarida amalga oshirishga belgilangan tartibda faqat kechiktirib boʻlmaydigan yoki qarzdorning aybiga koʻra ularni boshqa vaqtda amalga oshirish mumkin boʻlmagan hollarda yoʻl qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
27-modda. Ijro hujjatlarini ijroga topshirish muddatlari
Ijro hujjatlari quyidagi muddatlarda ijroga topshirilishi mumkin:
1) umumiy yurisdiksiya sudlarining sud hujjatlari asosida beriladigan ijro varaqalari uch yil mobaynida, xoʻjalik sudlarining sud hujjatlari esa — olti oy mobaynida;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2) hakamlik sudining qarorlarini majburiy ijro etish toʻgʻrisidagi sud hujjatlari asosida beriladigan ijro varaqalari — olti oy mobaynida;
(27-modda birinchi qismining 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 1-avgustdagi OʻRQ-106-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 31-32-son, 315-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
3) notariuslarning ijro xatlari — uch yil mobaynida;
4) mehnat nizolari komissiyalarining guvohnomalari — uch oy mobaynida;
5) ishlarni maʼmuriy tartibda koʻrish vakolatiga ega organlarning (mansabdor shaxslarning) qarorlari — uch oy mobaynida.
Boshqa ijro hujjatlarini ijroga topshirish muddatlari tegishli ijro hujjatlarini berish shartlari va tartibini belgilovchi qonun hujjatlarida koʻrsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan muddatlar quyidagicha hisoblanadi:
1) ushbu modda birinchi qismining 1-bandida qayd etilgan ijro hujjatlari (sud buyrugʻi bundan mustasno) ijroga topshirilganda — sud hujjati qonuniy kuchga kirgan yoki uning ijrosini kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib ijro etish uchun belgilangan muddat tugagan kundan boshlab yoxud ijro hujjatini ijroga topshirishning oʻtkazib yuborilgan muddatini tiklash toʻgʻrisidagi ajrim chiqarilgan kundan boshlab, sud hujjati darhol ijro etilishi lozim boʻlgan hollarda esa — hujjat chiqarilgan kunning ertasidan boshlab;
2) sud buyruqlari ijroga topshirilganda — ular berilgan kundan boshlab oʻn kunlik muddat oʻtganidan keyin;
3) ushbu modda birinchi qismining 5-bandida qayd etilgan ijro hujjatlari ijroga topshirilganda — qaror chiqarilgan kundan boshlab.
Ushbu moddaning birinchi qismida qayd etilgan boshqa barcha ijro hujjatlari boʻyicha ularni ijroga topshirish muddatlari, agar qonunda boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, ular berilgan kunning ertasidan boshlab hisoblanadi.
Davriy toʻlovlarni undirish toʻgʻrisidagi (alimentlar undirish, sogʻliqqa shikast yetkazilgani oqibatidagi zararni qoplash toʻgʻrisidagi va shu kabi ishlarga doir) sud hujjatlari boʻyicha ijro hujjatlari toʻlovlarni undirishning belgilangan butun davrida oʻz kuchini saqlab qoladi. Bunday tartib alimentlar toʻlash toʻgʻrisidagi notarial tarzda tasdiqlangan kelishuvlarga nisbatan ham amal qiladi. Bunday hollarda ijro hujjatlarini ijroga topshirish muddatlari har bir toʻlov uchun alohida hisoblanadi.
28-modda. Ijro hujjatini ijroga topshirish muddatining uzilishi
Ijro hujjatini ijroga topshirish muddati:
1) ijro hujjati ijroga topshirilganda;
2) ijro hujjati qarzdor tomonidan qisman ijro etilganda uziladi.
Ijro hujjatini ijroga topshirish muddati uzilgandan soʻng muddatning oʻtish davri yangidan boshlanadi. Muddat uzilgunga qadar oʻtgan vaqt yangi muddat hisobiga kiritilmaydi.
Ijro hujjati uni toʻliq yoki qisman ijro etishning imkoniyati yoʻqligi sababli undiruvchiga qaytarilgan taqdirda, uni ijroga topshirish muddati uzilgandan keyin ijro hujjati undiruvchiga qaytarilgan kundan boshlab hisoblanadi.
29-modda. Ijro hujjatini ijroga topshirish muddatini oʻtkazib yuborish oqibatlari
Ijroga topshirish muddati oʻtkazib yuborilgan ijro hujjatini sud ijrochisi ish yuritish uchun qabul qilmasdan, bu haqda tegishli qaror chiqaradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ijro varaqasi yoki sud buyrugʻini ijroga topshirish muddatini oʻtkazib yuborgan undiruvchi tegishli hujjatni qabul qilgan sudga yoki bu hujjat ijro etiladigan joydagi sudga oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qilishga haqlidir. Boshqa ijro hujjatlari boʻyicha oʻtkazib yuborilgan muddatlar tiklanmaydi.
30-modda. Ijro harakatlari amalga oshiriladigan muddatlar
Sud ijrochisi ijro hujjatining ijro harakatlarini va talablarini ijro hujjati kelib tushgan kundan eʼtiboran koʻpi bilan ikki oy muddat ichida amalga oshirishi va ijro etishi lozim.
Ijro hujjatlarining quyidagi talablari darhol ijro etilishi kerak:
alimentlar hamda uch oydan oshmagan ish haqini undirish toʻgʻrisidagi talablar;
qonunga xilof ravishda mehnat shartnomasi bekor qilingan yoki qonunga xilof ravishda boshqa ishga oʻtkazilgan xodimni ishga tiklash toʻgʻrisidagi, mehnat shartnomasini bekor qilish asosining taʼrifini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi talablar;
ijro hujjatida bayon etilgan talablar darhol ijro etilishi hujjatda koʻrsatilgan yoki darhol ijro etilishi qonunda nazarda tutilgan hollardagi boshqa ishlarga doir talablar.
Keyingi tahrirga qarang.
31-modda. Ijro etilishi lozim boʻlgan sud hujjati yoki boshqa organ hujjatini tushuntirish
Ijroga topshirilgan ijro hujjatidagi talablar noaniq boʻlgan taqdirda sud ijrochisi ijro hujjatini berish uchun asos boʻlgan sud hujjati yoki boshqa organ hujjatini, shuningdek qonunga koʻra ijro hujjati hisoblanadigan hujjatni tushuntirib berishni soʻrab ijro hujjatini bergan sud yoki boshqa organga ariza bilan murojaat qilishga haqli.
Ijro hujjatini bergan sud yoki boshqa organ sud ijrochisining murojaati kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddat ichida uni koʻrib chiqadi va ijro hujjatini berish uchun asos boʻlgan oʻzi qabul qilgan sud hujjati yoki boshqa organ hujjatining, shuningdek qonunga koʻra ijro hujjati hisoblanadigan hujjatning mazmunini oʻzgartirmagan holda unga tushuntirish beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
32-modda. Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining ijrosini kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib ijro etish, ularni ijro etish usuli va tartibini oʻzgartirish
Ijro harakatlarini amalga oshirishga toʻsqinlik qiladigan obyektiv holatlar boʻlgan taqdirda, sud ijrochisi oʻz tashabbusi bilan yoxud taraflardan birining arizasiga koʻra, shuningdek taraflarning har biri mustaqil tarzda ijroni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib ijro etish hamda ijro etish usuli va tartibini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi ariza bilan ijro hujjatini bergan sud yoki boshqa organga murojaat qilishga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
33-modda. Ijro harakatlarini keyinga qoldirish
Sud ijrochisi undiruvchining arizasiga binoan ijro harakatlari amalga oshirilishini keyinga qoldirishga haqli. Ijro harakatlarini amalga oshirishga toʻsqinlik qiladigan holatlar mavjud boʻlgan taqdirda, sud ijrochisi ijro harakatlarini qarzdorning arizasiga binoan yoki oʻz tashabbusi bilan koʻpi bilan oʻn kun muddatga keyinga qoldirishi mumkin.
Sud ijrochisi ijro harakatlari keyinga qoldirilgan taqdirda qaror chiqaradi va bu haqda ijro ishi yuritish taraflari, ijro hujjatini bergan sud yoki boshqa organga maʼlum qiladi.
Sud ijrochisining ijro harakatlarini keyinga qoldirish toʻgʻrisidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilish yoki protest bildirish mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
34-modda. Ijro ishi yuritishni toʻxtatib turishning majburiyligi
Quyidagi holatlarda ijro ishi yuritishni toʻxtatib turish majburiydir:
1) agar sud tomonidan aniqlangan huquqiy munosabat huquqiy vorislikka yoʻl qoʻysa, qarzdor vafot etganda, u vafot etgan deb eʼlon qilinganda yoki bedarak yoʻqolgan deb topilganda;
2) qarzdorning nochorligi (bankrotligi) toʻgʻrisidagi ish boʻyicha xoʻjalik sudi tomonidan ish yuritish qoʻzgʻatilganda;
3) qarzdor muomala layoqatini yoʻqotganda;
4) qarzdor muddatli harbiy xizmatda boʻlganda yoki muddatli harbiy xizmatda boʻlgan undiruvchi iltimos qilganda;
5) agar qonun hujjatlarida nizolashishga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa, qarzdor ijro hujjati yuzasidan sud tartibida nizolashayotgan paytda;
6) maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish vakolatiga ega organlarning qarorlari (mansabdor shaxslarning harakatlari) ustidan sudga shikoyat berilganda;
7) ijro hujjatini berish uchun asos boʻlgan sud hujjati yoki boshqa organ hujjatini ijro etishni toʻxtatib turish qonuniy huquqiga ega boʻlgan mansabdor shaxs tomonidan qaror chiqarilganda;
Keyingi tahrirga qarang.
8) ijro hujjati boʻyicha undiruv qaratilgan mol-mulkni roʻyxatdan chiqarish (xatlashdan ozod qilish) toʻgʻrisida sudga daʼvo arizasi berilganda.
Keyingi tahrirga qarang.
35-modda. Ijro ishi yuritishni toʻxtatib turish
Quyidagi hollarda ijro ishi yuritish toʻxtatib turilishi mumkin:
1) sud ijrochisi ijro etilishi lozim boʻlgan sud hujjati yoki boshqa organ hujjatini tushuntirib berish toʻgʻrisida ijro hujjatini bergan tegishli sudga yoki boshqa organga ariza bilan murojaat qilganda;
2) qarzdor uzoq xizmat safarida boʻlganda;
3) qarzdor statsionar davolash muassasasida davolanayotganda;
4) sud ijrochisining harakatlari ustidan yoki uning ishtirokini rad etish qanoatlantirilmaganligi yuzasidan shikoyat berilganda;
5) qarzdor, uning mol-mulki yoki olib qoʻyilishi lozim boʻlgan bola qidirilayotganda;
6) undiruvchi iltimos qilganda;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
36-modda. Ijro ishi yuritishni toʻxtatib turish muddatlari
Ijro ishi yuritish quyidagi muddatlarga toʻxtatib turiladi:
1) qarzdor vafot etganda, u vafot etgan deb eʼlon qilinganda yoki bedarak yoʻqolgan deb topilganda, u muomalaga layoqatsiz deb topilganda, shuningdek uning nochorligi (bankrotligi) toʻgʻrisidagi ish boʻyicha xoʻjalik sudi ish qoʻzgʻatganda — qarzdorning huquqiy vorislari aniqlanguniga, bedarak yoʻqolganning mol-mulki sud tomonidan homiylik va vasiylik organlari belgilagan ishonchli boshqaruvchiga topshirilguniga yoki muomalaga layoqatsiz qarzdorga homiy tayinlanguniga yoxud qarzdorning nochorligi (bankrotligi) toʻgʻrisidagi ish boʻyicha qaror qabul qilinguniga qadar;
2) undiruvchi yoki qarzdor muddatli harbiy xizmatni oʻtayotganda, qarzdor kasal boʻlib qolganda, xizmat safarida boʻlganda yoki qarzdor, uning mol-mulki yoki olib qoʻyilishi lozim boʻlgan bola qidirilayotganda muddatli harbiy xizmatdan ozod boʻlgunga yoki statsionar davolash muassasasidan chiqqunga, xizmat safaridan qaytgunga yoki qarzdor, uning mol-mulki yoki olib qoʻyilishi lozim boʻlgan bola qidirib topilgunga qadar;
3) ijro harakatlari, shuningdek ijro hujjati yoki uni berishga asos boʻlgan hujjat yuzasidan nizolashilayotganda — masala mohiyatan uzil-kesil koʻrib chiqilgunga qadar;
4) sud ijrochisini rad qilish qanoatlantirilmaganligi yuzasidan shikoyat berilganda — shikoyat sud tomonidan koʻrib chiqilgunga qadar;
5) boshqa hollarda — ijro ishi yuritishni toʻxtatib turishga asos boʻlgan holatlar tugaguniga qadar.
Ijroni toʻxtatib turishga sabab boʻlgan holatlar bartaraf qilingandan keyin undiruvchining arizasiga binoan yoki sud ijrochisining tashabbusiga koʻra ijro ishi yuritish uni toʻxtatib qoʻygan sud tomonidan tiklanadi.
Ijro ishi yuritishni toʻxtatib turishning ushbu moddada belgilangan muddatlarini sud qisqartirishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
37-modda. Ijro ishi yuritishni tugatish asoslari
Ijro ishi yuritish quyidagi hollarda tugatiladi:
1) undiruvchi undiruvdan voz kechganda, agar voz kechish sud tomonidan qabul qilingan boʻlsa;
2) undiruvchi va qarzdor oʻrtasida sud tomonidan tasdiqlangan kelishuv bitimi tuzilganda;
3) undiruvchi yoki qarzdor vafot etganda, u vafot etgan deb eʼlon qilinganda, bedarak yoʻqolgan deb topilganda, agar sud hujjati yoki boshqa organning hujjatida qoʻyilgan talablar yoki majburiyatlar huquqiy vorisga yoki bedarak yoʻqolganning mol-mulkini ishonchli boshqarib turgan shaxsga oʻtishi mumkin boʻlmasa;
4) tugatilayotgan yuridik shaxsning mol-mulki undiruvchining talablarini qanoatlantirish uchun yetarli boʻlmaganda;
5) mazkur turdagi undiruv uchun qonunda belgilangan muddat oʻtganda;
6) ijro hujjatini berishga asos boʻlgan sud hujjati yoki boshqa organning hujjati yoxud qonunga koʻra ijro hujjati hisoblanadigan hujjat bekor qilinganda;
7) qarzdordan olib qoʻyilgan ashyolarni undiruvchiga topshirish toʻgʻrisidagi ijro hujjatini ijro etishda undiruvchi ashyolarni olishdan voz kechganda;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
38-modda. Ijro ishi yuritishni toʻxtatib turish va tugatish toʻgʻrisidagi masalalarni koʻrish
Xoʻjalik sudi bergan ijro hujjati asosida qoʻzgʻatilgan ijro ishi yuritishni toʻxtatib turish va tugatish oʻsha xoʻjalik sudi yoki sud ijrochisi turgan joydagi xoʻjalik sudi tomonidan amalga oshiriladi.
Qolgan barcha hollarda ijro ishi yuritishni toʻxtatib turish va tugatish sud ijrochisi turgan joydagi sud tomonidan amalga oshiriladi.
Toʻxtatib turilgan yoki tugatilgan ijro ishi boʻyicha hech qanday ijro harakatlariga yoʻl qoʻyilmaydi.
Sud ijrochisi ijro ishi yuritishni toʻxtatib turish yoki tugatish toʻgʻrisida taraflarga, ijro hujjatini bergan sud (agar masalani ijro hujjatini bergan sud emas, boshqa sud hal qilgan boʻlsa) yoki boshqa organga uch kunlik muddat ichida maʼlum qiladi.
Sudning ijro ishi yuritishni toʻxtatib turish yoki tugatish toʻgʻrisidagi ajrimi ustidan oʻn kunlik muddat ichida xususiy shikoyat qilinishi yoki protest bildirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
39-modda. Ijro ishi yuritishni tugatish oqibatlari
Ijro ishi yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi sud ajrimi qonuniy kuchga kirgandan keyin sud ijrochisi ijro etish boʻyicha oʻzi tayinlagan barcha choralarni bekor qiladi. Ijro ishi yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi ajrim sud ijrochisi tegishli belgilar qoʻyishi lozim boʻlgan ijro hujjati bilan birga ushbu hujjatni bergan sud yoki boshqa organga qaytariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
40-modda. Ijro hujjatlarini qaytarish
Ijro hujjatlarida koʻrsatilgan undiruv amalga oshirilmagan yoki qisman amalga oshirilgan boʻlsa, bunday ijro hujjatlari vaziyatga qarab, quyidagi hollarda undiruvchiga qaytariladi:
1) undiruvchining arizasiga binoan;
2) agar ijro hujjatini ijroga topshirish muddati oʻtkazib yuborilgan boʻlsa;
3) agar qarzdorning manzilini yoki uning mol-mulki turgan joyni aniqlash yoxud banklar yoki boshqa kredit tashkilotlaridagi hisobvaraqlar va omonatlarda qarzdorga qarashli pul mablagʻlari va boshqa qimmatliklar turganligi yoki saqlanayotganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar olish mumkin boʻlmasa (ushbu Qonunga muvofiq qarzdorni yoki uning mol-mulkini qidirish nazarda tutilgan hollar bundan mustasno);
4) agar qarzdorning undiruv qaratilishi mumkin boʻlgan mol-mulki yoki daromadlari boʻlmasa va uning mol-mulki yoki daromadlarini qidirish yuzasidan sud ijrochisi tomonidan qonunda yoʻl qoʻyiladigan doirada koʻrilgan barcha choralar natijasiz boʻlsa;
5) agar undiruvchi ijro hujjati ijro etilayotganda qarzdorning sotilmagan mol-mulkini oʻziga olishni yoki ijro hujjatida koʻrsatilgan va qarzdordan olib qoʻyilgan muayyan ashyolarni olishni rad qilsa;
6) agar undiruvchi oʻzining harakatlari (harakatsizligi) bilan ijro hujjatining ijro etilishiga toʻsqinlik qilayotgan boʻlsa.
Ushbu modda birinchi qismining 3, 4, 5, 6-bandlarida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha undiruvni amalga oshirish mumkin boʻlmagan taqdirda sud ijrochisi bu haqda tegishli dalolatnoma tuzadi, dalolatnomani katta sud ijrochisi tasdiqlaydi.
Ijro hujjatining undiruvchiga qaytarilishi mazkur hujjatni ushbu Qonunning 27-moddasiga muvofiq hisoblab chiqariladigan muddat doirasida yangidan ijroga topshirish uchun toʻsiq boʻlmaydi.
Ijro hujjati ushbu modda birinchi qismining 1 va 5-bandlarida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha qaytarilganda, undiruvchiga ushbu Qonunning 76-moddasida nazarda tutilgan boʻnak badali toʻliq qaytariladi.
Ijro hujjati ushbu modda birinchi qismining 3 va 4-bandlarida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha qaytarilgan hollarda boʻnak badalining sud ijrochisi qaytarilayotgan ijro hujjatini ijro etish yuzasidan qilgan xarajatlaridan ortiqcha qismigina qaytariladi.
Undiruvchiga ijro hujjati va boʻnak badalini qaytarish toʻgʻrisida sud ijrochisi qaror chiqaradi, qarorni katta sud ijrochisi tasdiqlaydi. Ijro etilgan ijro hujjati uni bergan sud yoki boshqa organga qaytariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
41-modda. Ijro ishi yuritishni tamomlash
Ijro ishi yuritish quyidagi hollarda tamomlanadi:
ijro hujjati amalda ijro etilganda;
ijro hujjati uni bergan sud yoki boshqa organning yoxud undiruvchining talabiga binoan ijro etilmasdan qaytarilganda;
ijro hujjati ushbu Qonunning 40-moddasida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha qaytarilganda;
ijro hujjati ushbu Qonun 25-moddasining toʻrtinchi qismiga muvofiq ijro etish uchun boshqa sud ijrochisiga yuborilganda;
ijro ishi yuritish tugatilganda.
Sud ijrochisi ijro ishi yuritishni tamomlash toʻgʻrisida qaror chiqaradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
42-modda. Qarzdorni, uning mol-mulkini yoki bolani qidirish
Alimentlar undirish toʻgʻrisidagi, mayib boʻlganlik yoki sogʻliqqa boshqacha tarzda shikast yetkazganlik oqibatidagi zararni qoplash toʻgʻrisidagi yoxud boquvchisining vafoti natijasida ziyon koʻrgan shaxslarga zararni toʻlash toʻgʻrisidagi, shuningdek bolani olib qoʻyish toʻgʻrisidagi ijro hujjatlari boʻyicha qarzdorning turgan joyi haqida maʼlumotlar boʻlmaganda, sud ijrochisi oʻz tashabbusi bilan yoki undiruvchining arizasiga koʻra qarzdorni qidirish toʻgʻrisida qaror chiqaradi, qarorni katta sud ijrochisi tasdiqlaydi. Bu holda sud ijrochisi qarzdorning mol-mulkini yoki bolani qidirish toʻgʻrisida qaror chiqaradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ijro hujjatlarining boshqa turlari boʻyicha sud ijrochisi qarzdorni yoki uning mol-mulkini qidirishga ketadigan xarajatlarini hamda koʻrsatilgan xarajatlar yuzasidan ushbu Qonunning 76-moddasiga muvofiq boʻnak toʻlash uchun undiruvchining roziligi boʻlgan taqdirda qidiruv eʼlon qilishga haqlidir. Bu holda undiruvchi qidiruv xarajatlarini toʻlashni qarzdordan sud tartibida talab qilishga haqlidir.
Qidiruv ijro hujjatini ijro etish joyida, qarzdorning maʼlum boʻlgan oxirgi yashash joyida (turgan joyida) yoki uning mol-mulki turgan joyida yoxud undiruvchining yashash joyida (turgan joyida) eʼlon qilinadi.
Qarzdor jismoniy shaxsni va bolani qidirish ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi. Qarzdor yuridik shaxsni, shuningdek qarzdorning (jismoniy yoki yuridik shaxsning) mol-mulkini qidirish sud ijrochilari tomonidan amalga oshiriladi.
Qarzdorni, uning mol-mulki va bolani qidirish xarajatlari qarzdordan undiriladi, sud ijrochisi bu haqda qaror chiqaradi, qarorni katta sud ijrochisi tasdiqlaydi. Qarzdor jismoniy shaxsni yoki bolani qidirish boʻyicha xarajatlar ichki ishlar organining arizasiga binoan, qarzdor yuridik shaxsni va qarzdorning (jismoniy yoki yuridik shaxsning) mol-mulkini qidirish xarajatlari tegishli sud ijrochisi tomonidan qilingan xarajatlar hisob-kitobi asosida aniqlanadi.
Sud ijrochisining qarzdorni yoki uning mol-mulkini qidirishni rad etish toʻgʻrisidagi va qidirish xarajatlarini undirish toʻgʻrisidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilish yoki protest bildirish mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
43-modda. Yoʻqolgan ijro ishi yuritilishini tiklash
Yoʻqolgan ijro ishi yuritilishi sud tomonidan ishda ishtirok etgan shaxslarning, ijro ishi yuritilishi taraflarining, sud ijrochisining, prokurorning, shuningdek ijro hujjatini bergan sud yoki boshqa organning tashabbusiga binoan tiklanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Yoʻqolgan ijro ishi yuritilishi toʻliq yoki u sud fikriga koʻra tiklanishi zarur deb hisoblagan qismida tiklanadi.
Yoʻqolgan ijro ishi yuritilishini tiklash toʻgʻrisidagi ariza ijro etiladigan joydagi sudga beriladi.
Arizada ijro ishini yuritilishiga doir maʼlumotlar toʻliq bayon etilishi lozim. Arizachida saqlanib qolgan va ijro ishini yuritilishiga daxldor boʻlgan hujjatlar yoki ularning nusxalari arizaga ilova qilinadi.
Sud ishni koʻrayotganda ijro ishi yuritishning saqlanib qolgan qismidan, ish yoʻqolguniga qadar undan jismoniy va yuridik shaxslarga olib berilgan hujjatlardan, bu hujjatlarning nusxalaridan, shuningdek ijro ishi yuritilishiga daxldor boʻlgan boshqa maʼlumotnoma va hujjatlardan foydalanadi.
Sud ijro harakatlarini bajarish vaqtida ishtirok etgan yoki hozir boʻlgan shaxslarni guvoh sifatida soʻroq qilishi mumkin.
Toʻplangan materiallar yoʻqolgan ijro ishi yuritilishini aniq tiklash uchun yetarli boʻlmasa, sud ajrim chiqarib, ijro ishi yuritilishini tiklash toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqishni tugatadi. Bu holda arizachi umumiy tartibda daʼvo taqdim etishga haqli.
Arizachi yoʻqolgan ijro ishi yuritilishini tiklash toʻgʻrisidagi ish koʻrib chiqilishi vaqtida sud tomonidan qilingan sud xarajatlarini toʻlashdan ozod qilinadi. Bila turib, yolgʻon ariza berilgan boʻlsa, sud xarajatlari arizachidan undirib olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
4-BOB. SUD HUJJATLARI VA BOSHQA ORGANLAR HUJJATLARINI MAJBURIY IJRO ETISH ASOSI VA CHORALARI
44-modda. Majburiy ijro etish choralarini qoʻllash
Majburiy ijro etish choralari toʻgʻri rasmiylashtirilgan ijro hujjati qonunda belgilangan tartibda topshirilganda hamda ijro ishi yuritishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisida sud ijrochisi tomonidan qaror qabul qilinganda qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
45-modda. Majburiy ijro etish choralarini qoʻllash asosi
Ixtiyoriy ravishda ijro etish uchun sud ijrochisi tomonidan belgilangan muddatning oʻtganligi majburiy ijro etish choralarini qoʻllash uchun asos boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
46-modda. Majburiy ijro etish choralari
Quyidagilar majburiy ijro etish choralari hisoblanadi:
1) mol-mulkni xatlash va uni realizatsiya qilish yoʻli bilan undiruvni qarzdorning mol-mulkiga qaratish;
2) undiruvni qarzdorning boshqa shaxslarda turgan mol-mulkiga va pul mablagʻlariga qaratish;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
3) undiruvni qarzdorning ish haqi, stipendiyasi, pensiyasi va boshqa turdagi daromadlariga qaratish;
4) ijro hujjatida koʻrsatilgan muayyan ashyolarni qarzdordan olib qoʻyish va undiruvchiga topshirish;
5) ijro hujjatining ijro etilishini taʼminlovchi qonunlarga muvofiq koʻriladigan boshqa choralar.
5-BOB. UNDIRUVNI QARZDORNING MOL- MULKIGA QARATISH
47-modda. Undiruvni qarzdorning pul mablagʻlari va boshqa mol-mulkiga qaratish tartibi
Undiruvni qarzdorning mol-mulkiga qaratish qarzdorning mol-mulkini xatlash (roʻyxatga olish), olib qoʻyish va majburiy realizatsiya qilishdan iboratdir.
Ijro hujjatlari boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslardan undiruv birinchi navbatda qarzdorning soʻm va chet el valyutasidagi pul mablagʻlariga hamda boshqa qimmatliklariga, shu jumladan banklardagi va boshqa kredit tashkilotlaridagi pul mablagʻlariga hamda oʻzga qimmatliklariga qaratiladi.
Qarzdorning banklardagi va boshqa kredit tashkilotlaridagi hisobvaraqlarida va omonatlarida turgan yoki saqlashga qoʻyilgan pul mablagʻlari va boshqa qimmatliklari toʻgʻrisida maʼlumot mavjud boʻlsa, ular xatlanadi. Qarzdorning maʼlum boʻlib qolgan tegishlicha soʻmdagi naqd puli yoki banklardagi yoxud boshqa kredit tashkilotlaridagi soʻmlari yetarli boʻlmasa, undiruv qarzdordagi mavjud naqd chet el valyutasiga yoxud uning banklardagi yoki boshqa kredit muassasalaridagi hisobvaraqlarida, omonatlarida turgan yoki saqlanayotgan valyutasiga qaratiladi.
Qarzdor undiruv birinchi navbatda qaratilishi lozim boʻlgan mol-mulk turlari yoki ashyolarni oʻzi koʻrsatishga haqli.
Qarzdorning undiruvchi talablarini qanoatlantirish uchun yetarli pul mablagʻlari boʻlmasa, undiruv qarzdorga tegishli boʻlgan boshqa mol-mulkka qaratiladi, qonunga muvofiq undiruv qaratilishi mumkin boʻlmagan mol-mulk bundan mustasno.
Qarzdor mol-mulkining u yoki bu turiga undiruv qaratish navbatini sud ijrochisi mazkur mol-mulkning likvidligini inobatga olgan holda belgilaydi.
Qarzdorning mol-mulkiga, shu jumladan naqd pul mablagʻlari va banklardagi yoki boshqa kredit tashkilotlaridagi hisobvaraqlarida hamda omonatlarida turgan yoki saqlashga qoʻyilgan pul mablagʻlariga va boshqa qimmatliklariga undiruv ijro xarajatlarini hisobga olgan holda ijro hujjatini ijro etish uchun zarur boʻlgan miqdorda va hajmda qaratiladi.
Qarzdor boshqa shaxslar bilan umumiy mulk huquqi asosida tegishli mol-mulkka ega boʻlgan hollarda undiruv uning qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadigan ulushiga qaratiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Investor bilan davlat mulkini boshqarish boʻyicha vakolatli davlat organi oʻrtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq investitsiya majburiyatlari sifatida kiritilayotgan mablagʻlar va boshqa mol-mulk investitsiya davri mobaynida qarzdorning ilgari yuzaga kelgan qarzini qoplash hisobiga majburiy tartibda undirib olinmaydi.
(47-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 9-apreldagi OʻRQ-148-sonli Qonuni asosida toʻqqizinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2008-y., 14-15-son, 91-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
48-modda. Soʻmda hisoblanadigan qarz undiruvini qarzdorning chet el valyutasidagi pul mablagʻlariga qaratish tartibi
Sud ijrochisi qarzdorning maʼlum boʻlib qolgan va olib qoʻyilgan chet el valyutasidagi naqd pul mablagʻini u olib qoʻyilgan kunning ertasidan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasining ichki valyuta bozorida chet el valyutasini sotish huquqidan foydalanuvchi bankka sotish uchun topshiradi.
Qarzdorning chet el valyutasidagi xatlangan pul mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi ichki valyuta bozorida chet el valyutasini sotish huquqidan foydalanuvchi bankdagi bank hisobvaragʻida, omonatida turgan yoki saqlanayotgan boʻlsa, sud ijrochisi oʻz qarori bilan bank zimmasiga ijro xarajatlarini inobatga olgan holda ijro hujjatini ijro etish uchun zarur hajmda chet el valyutasini sotish majburiyatini yuklaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Agar bank Oʻzbekiston Respublikasining ichki valyuta bozorida chet el valyutasini sotish huquqidan foydalanmasa, sud ijrochisi uning zimmasiga chet el valyutasini shunday huquqdan foydalanuvchi bankka oʻtkazish majburiyatini yuklaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
49-modda. Undiruvni qarzdorning boshqa shaxslarda turgan mol-mulkiga qaratish
Undiruvni qarzdorning boshqa shaxslarda turgan mol-mulkiga qaratish, ushbu mol-mulkning qarzdorga tegishliligini tasdiqlovchi hujjatli maʼlumotlar mavjud boʻlgan taqdirda, belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
50-modda. Undiruvni qarzdorning Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida turgan mol-mulkiga qaratish
Undiruvni qarzdorning Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida turgan mol-mulkiga, shu jumladan uning chet el banklaridagi pul mablagʻlariga qaratish Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari hamda xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
51-modda. Undiruvni garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratish
Qarzdorning garov bilan taʼminlanmagan mol-mulki unga nisbatan qoʻyilgan barcha talablarni toʻla qanoatlantirish uchun yetarli boʻlmasa, undiruv uning garovga qoʻyilgan mol-mulkiga qaratiladi, bunda garovga oluvchining belgilangan huquqlariga, shuningdek ushbu Qonunning 6-bobida nazarda tutilgan qoidalarga rioya etiladi.
Qarzdorning garovga qoʻyilgan mol-mulkini oʻzida qoldirgan garovga oluvchi oʻzining talabiga nisbatan ustunlikka ega boʻlgan kreditorlarning talablarini garovga qoʻyilgan mol-mulkning qiymatidan oshmagan miqdorda qanoatlantirishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
52-modda. Undiruv qaratilishi mumkin boʻlmagan mol-mulk
Ijro hujjatlari ijro etilayotganda jismoniy shaxslarga nisbatan undiruv qarzdorning oilasi normal turmush kechirishi uchun zarur boʻlgan uy-joy, kvartira, uy anjomlari hamda jihozlari, kiyimlar va boshqa buyumlarga qaratilishi mumkin emas, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
53-modda. Qarzdorning mol-mulkini xatlash
Qarzdorning mol-mulki ijro ishi yuritishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi qaror qarzdorga topshirilgan kundan eʼtiboran bir oy muddatdan kechiktirmay, zarur hollarda esa, uni topshirish bilan bir vaqtda xatlanadi.
Qarzdorning mol-mulkini xatlash mol-mulkni roʻyxatga olishdan, uni tasarruf qilish man etilganligini eʼlon qilishdan, zarur hollarda esa, mol-mulkdan foydalanish huquqini cheklashdan, uni olib qoʻyish yoki saqlashga topshirishdan iboratdir. Cheklashning turlari, hajmi va muddatlarini har bir muayyan holda mol-mulkning xususiyatini, uning mulkdori yoki egasi uchun ahamiyatini hisobga olib, sud ijrochisi belgilaydi.
Qarzdorning xatlangan mol-mulkini tasarruf qilish yuzasidan sud ijrochisining taqiqini buzish yoki undan foydalanish huquqining cheklanganligiga rioya qilmaslik qonun hujjatlarida nazarda tutilgan javobgarlikka sabab boʻladi.
Xatlash quyidagi hollarda qoʻllaniladi:
undiruvchiga olib beriladigan yoki realizatsiya qilinadigan qarzdorning mol-mulki saqlanishini taʼminlash maqsadida;
javobgarga tegishli boʻlib, uning oʻzida yoki boshqa shaxslarda turgan mol-mulkni xatlash toʻgʻrisidagi sud ajrimi ijro etilayotganda.
Xatlangan mol-mulkni olib qoʻyib, realizatsiya qilish uchun topshirish sud ijrochisi tomonidan belgilangan muddatda, biroq xatlangandan keyin kamida besh kundan soʻng amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Sud ijrochisi muayyan ijro ishi yuritish holatlaridan kelib chiqib, mol-mulkni xatlash bilan bir vaqtda ushbu mol-mulkni yoki uning ayrim ashyolarini olib qoʻyishga haqli.
Olib qoʻyilgan tez buziladigan oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa ashyolar darhol realizatsiya qilish uchun topshiriladi.
Qarzdorning mol-mulkini roʻyxatga olish paytida aniqlanib, xatlangan soʻmlar va chet el valyutasidagi pul mablagʻlari, qimmatli qogʻozlar, qimmatbaho toshlar, oltin, kumush, platina va platina guruhidagi metallardan, qimmatbaho toshlardan, marvariddan yasalgan zargarlik buyumlari va boshqa buyumlar, shuningdek ana shunday buyumlarning rezgilari va alohida qismlari (boʻlaklari) olib qoʻyilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
54-modda. Qarzdorning mol-mulkini baholash
Roʻyxatga olingan mol-mulk sud ijrochisi tomonidan roʻyxatga olinishi lozim boʻlgan mol-mulk turlariga boʻlgan talab va taklifning bozor konyunkturasi holati toʻgʻrisidagi mavjud maʼlumotlar asosida, ijro etish kunida amalda boʻlgan narxlarda baholanadi.
Zarur hollarda, sud ijrochisi mol-mulk qiymatini aniqlash uchun mutaxassisni jalb etadi.
Qimmatli qogʻozlar, valyuta qimmatliklari, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlari va boshqa roʻzgʻor buyumlari, nodir buyumlar, asl tasviriy sanʼat va haykaltaroshlik asarlari roʻyxatga olinib, albatta mutaxassislar ishtirokida baholanadi, soʻngra (uch sutka ichida) masʼuliyatli saqlash uchun bankka topshiriladi, muayyan turdagi boyliklar muzeyga yoki ularning saqlanish sharoitlarini taʼminlovchi boshqa maxsus muassasaga topshirilishi lozimligi toʻgʻrisida qonun hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
55-modda. Mol-mulkni saqlash
Qarzdorning mol-mulki saqlash uchun qarzdorga yoki sud ijrochisi tayinlagan boshqa shaxslarga (bundan buyon matnda saqlovchi deb yuritiladi) mol-mulkni xatlash dalolatnomasiga imzo qoʻydirgan holda topshiriladi. Agar mol-mulkning xossalariga koʻra undan foydalanish uning yoʻq boʻlib ketishiga yoki qimmati pasayishiga olib kelmasa, saqlovchi undan foydalanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Saqlovchi, agar qarzdor uning oʻzi yoki uning oila aʼzolari (qarzdor yuridik shaxs boʻlsa, uning xodimi) boʻlmasa, saqlaganligi uchun tegishli haq oladi. Saqlovchining mol-mulkni saqlash uchun qilgan zarur xarajatlari ham mazkur mol-mulkdan foydalanish orqali amalda olgan foydasi chegirib tashlangan holda qoplanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Xatlangan va olib qoʻyilgan mol-mulkni saqlash tartibi hamda shartlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
56-modda. Xatlangan mol-mulkni realizatsiya qilish
Qarzdorning xatlangan mol-mulkini realizatsiya qilish, agar qonun hujjatlarida boshqacha hol nazarda tutilgan boʻlmasa, xatlash asoslari va mol-mulk turlaridan qatʼi nazar, xatlangan kundan boshlab ikki oy ichida uni sotish yoʻli bilan amalga oshiriladi, qonunga muvofiq muomaladan chiqarilgan mol-mulk bundan mustasno.
Qarzdorning mol-mulki shartnoma-vositachilik asoslarida yoki auksion savdosi shartlariga muvofiq realizatsiya qilinadi, koʻchmas mulk bundan mustasno.
Qarzdorning koʻchmas mulki ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan kim oshdi savdosi oʻtkazish yoʻli bilan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda sotiladi.
Agar mol-mulk ikki oy ichida realizatsiya qilinmasa, undiruvchiga mol-mulkni baholangan summada oʻzida qoldirish huquqi beriladi. Undiruvchi mol-mulkni olishdan voz kechgan taqdirda, u qarzdorga qaytariladi, ijro ishi yuritish esa tugatiladi.
Qarzdor qarzini va sud ijrochisi mol-mulkni olib qoʻyish, baholash va realizatsiya qilish bilan bogʻliq holda qilgan chiqimlarni toʻla uzganligini tasdiqlovchi hujjatlarni undiruvni amalga oshiruvchi sud ijrochisiga taqdim etgan taqdirda, olib qoʻyilgan va realizatsiya qilinmagan mol-mulk qarzdorga qaytariladi. Bu hollarda ijro etilmagan inkasso topshiriqlari ham qaytarib olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
57-modda. Ijro hujjatida koʻrsatilgan ashyolarni undiruvchiga topshirish
Ijro hujjatida koʻrsatilgan ashyolarni undiruvchiga topshirish toʻgʻrisidagi qarorga koʻra sud ijrochisi bu ashyolarni qarzdordan olib qoʻyadi va topshirish dalolatnomasini tuzib, ularni undiruvchiga topshiradi. Undiruvchi mazkur ashyolardan voz kechgan taqdirda, ular qarzdorga qaytariladi, ijro ishi yuritish esa tugatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
6-BOB. UNDIRUVNI QARZDOR YURIDIK SHAXSNING MOL-MULKIGA QARATISHNING XUSUSIYATLARI. QARZDOR YURIDIK SHAXSNING MOL-MULKINI XATLASH VA REALIZATSIYA QILISH
58-modda. Undiruvni qarzdor yuridik shaxsning pul mablagʻlariga qaratish
Qarzdor yuridik shaxs kassasining seyflarida saqlanayotgan va bu kassaning alohida ajratilgan xonasida yoki qarzdor yuridik shaxsning boshqa binolarida boʻlgan soʻmdagi va chet el valyutasidagi naqd pul mablagʻlari ular aniqlanishi bilanoq, qarzni uzish va ijro boʻyicha xarajatlarni qoplash uchun zarur boʻlgan miqdorda darhol olib qoʻyilishi lozim.
Olib qoʻyilgan soʻmdagi pul mablagʻlari ertasi kundan kechiktirmay qarzga teng miqdorda undiruvchining hisobvaragʻiga oʻtkazish uchun bankka topshiriladi. Ijro etish boʻyicha xarajatlarni qoplash uchun moʻljallangan ijro yigʻimi summasi sud ijrochilarining depozit hisobvaragʻiga oʻtkazilib, soʻngra ana shu summa hisobidan ijro xarajatlari qoplanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Sud ijrochisi qarzdor yuridik shaxsning banklardagi va boshqa kredit tashkilotlaridagi hisobvaraqlarida va omonatlarida turgan yoki saqlanayotgan pul mablagʻlarini xatlash choralarini koʻradi.
Keyingi tahrirga qarang.
59-modda. Undiruvni qarzdor yuridik shaxsning boshqa mol-mulkiga qaratish
Qarzdor yuridik shaxsning qarzlarni uzish uchun yetarli pul mablagʻlari boʻlmasa, undiruv unga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan, qayerda va kimning foydalanishida boʻlishidan qatʼi nazar, boshqa mol-mulkka (muomaladan chiqarilgan yoxud muomalada boʻlishi cheklangan mol-mulk bundan mustasno) qaratiladi. Bu mol-mulk ushbu Qonunda nazarda tutilgan tartibda xatlanadi yoki unga nisbatan boshqa ijro harakatlari amalga oshiriladi.
60-modda. Qarzdor yuridik shaxsning mol-mulkini xatlash va realizatsiya qilish navbati
Qarzdor yuridik shaxsning mol-mulkini xatlash va realizatsiya qilish quyidagi navbatda amalga oshiriladi:
birinchi navbatda — ishlab chiqarishda bevosita qatnashmaydigan mol-mulkka (qimmatli qogʻozlar, qarzdorning depozitdagi va boshqa hisobvaraqlaridagi pul mablagʻlari, valyuta boyliklari, yengil avtotransport, ofis dizayni ashyolari va boshqalarga) nisbatan;
ikkinchi navbatda — tayyor mahsulot (tovarlar), shuningdek ishlab chiqarishda bevosita qatnashmaydigan va bevosita qatnashishga moʻljallanmagan boshqa moddiy qimmatliklarga nisbatan;
uchinchi navbatda — koʻchmas mulk obyektlari, shuningdek xom ashyo va materiallar, dastgohlar, asbob-uskunalar, ishlab chiqarishda bevosita qatnashishga moʻljallangan boshqa asosiy vositalarga nisbatan.
Keyingi tahrirga qarang.
61-modda. Undiruv qarzdor yuridik shaxsning mol-mulkiga qaratilganda ijroni taʼminlash choralari
Uchinchi navbatda realizatsiya qilinadigan davlatga qarashli mol-mulk xatlab qoʻyilganda sud ijrochisi xatlash amalga oshirilgandan keyin uch kunlik muddat ichida xatlangan mol-mulkning tarkibi va qiymati toʻgʻrisidagi, shuningdek undiruvchining talablari summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ilova qilgan holda qarzdorning mol-mulki xatlanganligi haqidagi xabarnomani davlat mulkini tasarruf etish vakolatiga ega organning tegishli hududiy boʻlinmasiga yuboradi. Mazkur xabarnomaning nusxasi qarzdor yuridik shaxs tomonidan budjetga toʻlovlar va davlat maqsadli jamgʻarmalariga toʻlovlar amalga oshirilishini nazorat qiluvchi soliq organiga yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organining taklifiga koʻra, sud ijrochisi undiruvning qarzdor yuridik shaxs mol-mulkiga qaratilganligi haqidagi xabarni matbuotda eʼlon qiladi.
Sud ijrochisi bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organidan qarzdorning nochorligi (bankrotligi) toʻgʻrisidagi ish boʻyicha xoʻjalik sudida ish yuritishni qoʻzgʻatish yuzasidan harakatlarni amalga oshirganligi haqida xabarnoma olgan taqdirda, qarzdorning bankrotligi toʻgʻrisidagi ish boʻyicha xoʻjalik sudida ish yuritish qoʻzgʻatilgunga qadar ijro etishni kechiktirish haqida protsessual qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda ariza bilan murojaat etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Qarzdor yuridik shaxsning nochorligi (bankrotligi) toʻgʻrisidagi ish boʻyicha xoʻjalik sudida ish yuritish qoʻzgʻatilgan boʻlsa, ijro ishi yuritish va undiruv qaratilgan mol-mulkni realizatsiya qilish masala mohiyatan xoʻjalik sudi tomonidan koʻrib chiqilgunga qadar toʻxtatib turiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
62-modda. Qarzdor yuridik shaxs qayta tashkil etilganda va tugatilganda undiruvni qaratish tartibi
Keyingi tahrirga qarang.
Qarzdor yuridik shaxs qayta tashkil etilgan (qoʻshib yuborilgan, qoʻshib olingan, boʻlingan, ajratib chiqarilgan, oʻzgartirilgan) taqdirda, ijro hujjatlari boʻyicha undiruv qarzdor yuridik shaxsning majburiyatlari yuzasidan qonun hujjatlariga muvofiq zimmasiga javobgarlik yuklatilgan yuridik shaxsning pul mablagʻlari va boshqa mol-mulkiga qaratiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Qarzdor yuridik shaxs tugatilgan taqdirda, sud ijrochisining ijrosida turgan ijro hujjatlari ijro uchun tugatuvchiga topshiriladi.
Sud ijrochisi ijro hujjati tugatuvchiga yuborilganligini undiruvchiga maʼlum qiladi.
(62-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 14-dekabrdagi OʻRQ-127-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 50-51-son, 506-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
63-modda. Kim oshdi savdosini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish
Qarzdorning koʻchmas mulkini kim oshdi savdosida sotish ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan tashkil etiladi va oʻtkaziladi.
Sud ijrochisining kim oshdi savdosiga qoʻyiladigan mol-mulkning eng kam dastlabki (boshlangʻich) narxi koʻrsatilgan buyurtmasi yoki tegishli ixtisoslashtirilgan tashkilot bilan tuzgan shartnomasi kim oshdi savdosini oʻtkazish uchun asos boʻladi.
Buyurtma yoki shartnomaga quyidagilar ilova qilinadi:
ijro hujjatining nusxasi;
sud ijrochisi tuzgan qarzdor mol-mulkini xatlash dalolatnomasining nusxasi;
koʻchmas mulk obyektini tavsiflovchi hujjatlar;
mol-mulkdan foydalanish huquqi yoki mulkka egalik huquqini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari.
Uzoq muddatli ijara huquqini sotishda sud ijrochisi ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlarga qoʻshimcha ravishda quyidagilarni ilova qiladi:
ijara shartnomasining nusxasi;
ijara shartnomasini roʻyxatdan oʻtkazganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasi;
ijaraga beruvchining undiruvni uzoq muddatli ijara huquqiga qaratishga roziligini tasdiqlovchi hujjat yoki agar ijara huquqi ijaraga oluvchi tomonidan kim oshdi savdosi natijasida olingan boʻlsa, uzoq muddatli ijara huquqini ijaraga beruvchining roziligisiz oʻtkazish imkonini beruvchi hujjat.
Qurilishi tugallanmagan obyektga boʻlgan huquqni sotishda sud ijrochisi ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlarga qoʻshimcha ravishda quyidagilarni ilova qiladi:
yer uchastkasi ajratib berish toʻgʻrisidagi qaror nusxasi;
tegishli davlat organining qurilish uchun ruxsatnomasi nusxasi;
buyurtmachining taʼsis hujjatlari nusxasi.
Keyingi tahrirga qarang.
7-BOB. QARZDORNING ISH HAQI VA UNGA TENGLASHTIRILGAN TOʻLOVLARGA NISBATAN UNDIRUV
64-modda. Undiruvni qarzdorning ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarga qaratish
Davriy toʻlovlarni undirish, eng kam ish haqining ikki baravaridan oshmagan miqdordagi summani undirish toʻgʻrisidagi qarorlarni ijro etishda undiriladigan summani toʻliq uzish uchun qarzdorning mol-mulki boʻlmasa yoki mol-mulki yetarli boʻlmasa, undiruv qarzdorning ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarga qaratiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
65-modda. Qarzdorning ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlardan ushlab qolinadigan summalar miqdorini hisoblab chiqarish
Qarzdorning ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlardan ushlab qolinadigan summalar miqdori soliqlar ushlab qolingandan keyin qolgan summadan hisoblab chiqariladi.
66-modda. Qarzdorning ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlardan ushlab qolinadigan summalar miqdori
Ijro hujjatlari boʻyicha qarz toʻliq uzilgunga qadar, qarzdorga toʻlanadigan ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarning koʻpi bilan ellik foizi ushlab qolinishi mumkin.
Bir necha ijro hujjati boʻyicha undiruv ish haqiga va unga tenglashtirilgan toʻlovlarga qaratilganda, xodimda ish haqining ellik foizi saqlanishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
67-modda. Undiruvni jazoni oʻtayotgan qarzdorning ish haqiga qaratish
Axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxsdan ijro hujjatlari boʻyicha undiruv sud hukmi yoki qaroriga koʻra amalga oshirilgan ushlab qolish summasini hisobga olmagan holda ish haqining toʻliq summasi hisobidan amalga oshirilishi lozim.
Jazoni ijro etish koloniyalarida, tarbiya koloniyalari va qamoqxonalarda jazo oʻtayotgan shaxslardan, shuningdek tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini ijro etuvchi muassasalarda saqlanayotgan shaxslardan undiruv butun ish haqidan, ish haqining ularning mazkur muassasalardagi taʼminoti boʻyicha xarajatlarni qisman qoplash uchun ajratiladigan qismini ham qoʻshgan holda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
68-modda. Undiruvni ijtimoiy sugʻurta nafaqasiga qaratish
Alimentlar undirish toʻgʻrisidagi, mayib boʻlganlik yoki sogʻliqqa boshqacha tarzda shikast yetganlik, shuningdek boquvchisining vafot etganligi bilan bogʻliq holda koʻrilgan zararni qoplash toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha undiruv faqat sudning qaroriga binoan vaqtincha mehnat qobiliyatini yoʻqotganda toʻlanadigan ijtimoiy sugʻurta nafaqalariga va ishsizlik nafaqalariga qaratilishi mumkin.
69-modda. Undiruv qaratilishi mumkin boʻlmagan summalar
Undiruv quyidagi pul summalariga qaratilishi mumkin emas:
mayib boʻlganlik yoki sogʻliqqa boshqacha tarzda shikast yetganlik, shuningdek boquvchisining vafot etganligi sababli koʻrilgan zararni toʻlash summalariga;
xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida mayib boʻlgan (yaralangan, shikastlangan, kontuziyaga uchragan) shaxslarga va mazkur shaxslar halok boʻlgan (vafot etgan) taqdirda ularning oila aʼzolariga toʻlanadigan summalarga;
bola tugʻilganligi munosabati bilan toʻlanadigan summalarga;
aliment majburiyatlari boʻyicha toʻlanadigan summalarga;
mehnat sharoiti noqulay va oʻziga xos boʻlgan ishlar uchun toʻlanadigan summalarga, shuningdek radiatsiya taʼsiriga uchragan shaxslarga va qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hollarda toʻlanadigan summalarga;
Keyingi tahrirga qarang.
homiladorlik va tugʻish boʻyicha toʻlanadigan nafaqa summalariga;
dafn etish marosimi uchun beriladigan nafaqa summalariga;
qisman haq toʻlanadigan taʼtil davrida bolani parvarishlash uchun toʻlanadigan summalarga;
bola tugʻilishi, qarindoshlar vafot etishi, nikoh tuzish munosabati bilan korxona, muassasa yoki tashkilot tomonidan toʻlanadigan summalarga;
Keyingi tahrirga qarang.
mehnatga oid munosabatlar bekor qilinganda ishdan boʻshatish nafaqasi tariqasida toʻlanadigan summalarga.
70-modda. Alimentlar va aliment majburiyatlari boʻyicha qarzlarni undirish tartibi
Alimentlar va aliment majburiyatlari boʻyicha qarzlarni undirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksi bilan belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining V boʻlimiga qarang.
8-BOB. MULKIY XUSUSIYATGA EGA BOʻLMAGAN NIZOLAR BOʻYICHA IJRO HUJJATLARINI IJRO ETISH
71-modda. Qarzdorga muayyan harakatlarni amalga oshirish yoki ularni amalga oshirishdan oʻzini tiyish majburiyatini yuklovchi ijro hujjatlarini ijro etishning umumiy shartlari
Sud ijrochisi qarzdorga muayyan harakatlarni amalga oshirish yoki ularni amalga oshirishdan oʻzini tiyish majburiyatini yuklovchi ijro hujjati boʻyicha ijro ishi yuritishni qoʻzgʻatayotganda ularni ixtiyoriy ravishda ijro etish uchun unga besh kunlik muddat belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ijro etish mumkin boʻlmagan taqdirda, sud ijrochisi ijro hujjatini uni bergan sudga yoki boshqa organga qaytarish toʻgʻrisida qaror chiqaradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
72-modda. Ishga tiklash toʻgʻrisidagi ijro hujjatini ijro etish
Xodimni ishga tiklash toʻgʻrisidagi ijro hujjati, basharti u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi qonunga xilof ravishda bekor qilingan yoki u qonunga xilof ravishda boshqa ishga oʻtkazilgan boʻlsa, darhol ijro etiladi.
Ishga tiklash toʻgʻrisidagi ijro hujjatini ijro etish ish beruvchi mehnat shartnomasini bekor qilish yoki boshqa ishga oʻtkazish haqidagi oʻzining noqonuniy farmoyishini bekor qilish toʻgʻrisida buyruq chiqarib, xodim ilgarigi mehnat majburiyatlarini bajarishga amalda qoʻyilgan vaqtdan boshlab tamomlangan hisoblanadi.
73-modda. Qarzdorni koʻchirish toʻgʻrisidagi ijro hujjatini ijro etish
Qarzdorni koʻchirish toʻgʻrisidagi ijro hujjati sud ijrochisi belgilagan muddatda ijro etilmagan taqdirda koʻchirish sud ijrochisi tomonidan majburiy tartibda amalga oshiriladi.
Sud ijrochisi majburiy koʻchirish kuni va vaqti toʻgʻrisida qarzdorga rasman maʼlum qiladi. Koʻchirish kuni toʻgʻrisida xabardor qilingan qarzdorning hozir boʻlmasligi ijro hujjatini ijro etish uchun toʻsqinlik qilmaydi.
Koʻchirish ijro hujjatida koʻrsatilgan xonani koʻchiriluvchidan, uning mol-mulkidan, uy hayvonlaridan boʻshatishdan va koʻchiriluvchining boʻshatilgan xonadan foydalanishini man qilishdan iborat boʻladi.
Koʻchirish xolislar ishtirokida, zarur hollarda — ichki ishlar organlari xodimlarining koʻmagida, sud ijrochisi tomonidan mol-mulkni albatta xatlagan holda amalga oshiriladi.
Sud ijrochisi zarur hollarda qilinadigan xarajatlarni qarzdorning zimmasiga yuklagan holda uning mol-mulki saqlanishini taʼminlaydi. Mol-mulk koʻpi bilan uch yil saqlab turiladi, bu muddat oʻtgach, mol-mulk egasiz ashyoni realizatsiya qilish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda realizatsiya qilinadi. Mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan mablagʻ budjet daromadiga oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Koʻchirish toʻgʻrisidagi ijro hujjatini ijro etish sud ijrochisi tomonidan koʻchirish toʻgʻrisida dalolatnoma tuzish orqali rasmiylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
74-modda. Undiruvchini koʻchirib kiritish toʻgʻrisidagi ijro hujjatini ijro etish
Undiruvchini koʻchirib kiritish toʻgʻrisidagi ijro hujjati ixtiyoriy ravishda ijro etish uchun sud ijrochisi belgilagan muddatda ijro etilmagan taqdirda, koʻchirib kiritish sud ijrochisi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Koʻchirib kiritish sud ijrochisi tomonidan undiruvchining ijro hujjatida koʻrsatilgan xonaga moneliksiz kirishini va unda yashashini taʼminlashdan iborat boʻladi. Bunda qarzdorga majburiy koʻchirib kiritish amalga oshirilayotgani va u undiruvchining yashashiga monelik qilmasligi shart ekanligi tushuntiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Undiruvchini koʻchirib kiritish toʻgʻrisidagi ijro hujjatining ijro etilishiga qarzdor monelik qilgan taqdirda, ijro harakatlari xolislar ishtirokida, zarur hollarda esa — ichki ishlar organlari xodimlarining koʻmagida amalga oshiriladi. Undiruvchining yashashiga monelik qilish keyinchalik ham davom etsa, mazkur harakatlar yana amalga oshiriladi va ushbu Qonunning 82-moddasida nazarda tutilgan javobgarlik choralari qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Undiruvchini koʻchirib kiritish toʻgʻrisidagi ijro hujjatini ijro etish sud ijrochisi tomonidan koʻchirib kiritish toʻgʻrisida dalolatnoma tuzish orqali rasmiylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Agar undiruvchining tegishli xonadan har kuni moneliksiz foydalanish imkoniyati taʼminlangan boʻlsa, ijro hujjati ijro etilgan hisoblanadi.
Agar undiruvchini koʻchirib kiritish toʻgʻrisida dalolatnoma tuzilganidan keyin qarzdor undiruvchining yashashiga yana monelik qilsa, ijro hujjati boʻyicha ijro ishi yuritish yangidan tiklanishi mumkin.
Ijro hujjati boʻyicha qarzdor boʻlmagan shaxs undiruvchining yashashiga monelik qilsa, ijro ishi yuritish qayta tiklanmaydi. Bunday holda koʻchirib kiritish toʻgʻrisidagi masala sud tartibida hal qilinadi.
9-BOB. IJRO ISHI YURITISHDAGI XARAJATLAR
75-modda. Ijro harakatlarini amalga oshirish xarajatlari
Sud ijrochilarining depozit hisobvaragʻida boʻlib, ijro harakatlarini tashkil etish va amalga oshirishga sarflangan mablagʻlar, shuningdek ijro ishini yuritishda ishtirok etuvchi taraflar va boshqa shaxslarning mablagʻlari ijro harakatlarini amalga oshirish xarajatlari hisoblanadi. Ijro harakatlarini amalga oshirish xarajatlariga quyidagilar kiradi:
Keyingi tahrirga qarang.
qarzdorning mol-mulkini tashish, saqlash va realizatsiya qilishga sarflangan mablagʻlar;
ijro harakatlarini amalga oshirishga belgilangan tartibda jalb etilgan tarjimonlar, mutaxassislar va boshqa shaxslarga haq toʻlashga sarflangan mablagʻlar;
undirilgan summalarni undiruvchiga pochta orqali oʻtkazishga (joʻnatishga) sarflangan mablagʻlar;
qarzdorni, uning mol-mulkini yoki qarzdordan sudning qarori boʻyicha olib qoʻyilgan bolani qidirishga sarflangan mablagʻlar;
ijro hujjatini ijro etish jarayonida amalga oshiriladigan boshqa zarur ijro harakatlariga sarflangan mablagʻlar.
Ijro harakatlarini amalga oshirish xarajatlari hujjatlar bilan tasdiqlangan boʻlishi lozim.
76-modda. Xarajatlarning undiruvchi tomonidan boʻnak bilan taʼminlanishi
Ijro harakatlari amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida undiruvchi sud ijrochilarining depozit hisobvaragʻiga tegishli xarajatlarni yoxud ularning bir qismini amalga oshirish uchun yetarli miqdorda boʻnak badalini oʻtkazishga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
Ushbu Qonun 42-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollarda undiruvchi qarzdorni yoki uning mol-mulkini qidirish boʻyicha tegishli xarajatlarni toʻliq boʻnak bilan taʼminlashga haqli.
Ijro harakatlari tamomlanganda boʻnak badali (ushbu Qonunning 77-moddasiga muvofiq xarajatlarning qarzdor hisobidan amalga oshirilgan qismi) undiruvchiga toʻliq qaytariladi, qarzdordan olib qoʻyilgan ashyolarni undiruvchiga topshirish boʻyicha ijro hujjatini ijro etishda undiruvchi ularni olishdan asossiz bosh tortganligi va ijro hujjati undiruvchiga qaytarilganligi yoki u ijro hujjatining ijrosiga oʻzining harakati yoki harakatsizligi bilan toʻsqinlik qilganligi tufayli ijro ishi yuritish tugatilganligi bundan mustasno. Bu hollarda boʻnak badalining ijro harakatlarini amalga oshirish xarajatlaridan ortiqcha qismi undiruvchiga qaytariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
77-modda. Ijro harakatlarini amalga oshirish xarajatlarini qoplash tartibi
Ijro harakatlarini amalga oshirishga ketgan xarajatlar qarzdordan undirilib, sud ijrochilarining depozit hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Agar undiruvchi oʻz harakati yoki harakatsizligi bilan ijro hujjatini ijro etishga toʻsqinlik qilib, ijro hujjatini ijro etish paytida qarzdordan olib qoʻyilgan ashyolarni qabul qilishdan asossiz bosh tortganligi sababli ijro ishi yuritish tugatilsa, ijro hujjatini ijro etish va uni undiruvchiga qaytarish uchun ketgan xarajatlar undiruvchidan undiriladi. Bunday hollarda xarajatlarni undirish sud ijrochisining qaroriga asosan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Sud ijrochisi qarorining nusxasi taraflarga uch kunlik muddatda yuboriladi.
Sud ijrochisining qarori yuzasidan sudga shikoyat berish yoki protest bildirish mumkin.
Ushbu Qonun 42-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollarda qarzdorni yoki uning mol-mulkini qidirishga ketgan xarajatlarni qoplashni qarzdor rad etgan yoki undan boʻyin tovlagan taqdirda, ularni qoplash toʻgʻrisidagi masala undiruvchining arizasiga binoan yoki sud ijrochisining tashabbusi bilan sud tartibida hal qilinadi. Bunda undiruvchi yoki sud ijrochisi davlat boji toʻlashdan ozod etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
10-BOB. UNDIRILGAN PUL SUMMALARINI TAQSIMLASH VA UNDIRUVCHI TALABLARINI QANOATLANTIRISHNING NAVBATI
78-modda. Undirilgan pul summasini taqsimlash
Sud ijrochisi qarzdordan undirgan, shu jumladan uning mol-mulkini realizatsiya qilish yoʻli bilan olgan pul summasidan ijro hujjatini ijro etish jarayonida qarzdorga solingan jarimalar toʻlanadi, ijro harakatlarini amalga oshirish xarajatlari qoplanadi. Qolgan pul summasidan undiruvchining talablarini qanoatlantirish uchun foydalaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Undiruvchining barcha talablari qanoatlantirilgandan keyin qolgan pul summasi qarzdorga qaytariladi.
79-modda. Undiruvchilarning talablarini qanoatlantirish navbati
Qarzdordan undirilgan pul summasi ijro hujjatlari boʻyicha barcha talablarni qanoatlantirish uchun yetarli boʻlmasa, bu summa undiruvchilar oʻrtasida ushbu Qonunning 80-moddasida belgilangan navbat boʻyicha taqsimlanadi.
Har bir keyingi navbatdagi talablar oʻzidan oldingi navbatdagi talablar toʻliq qondirilgandan keyin qanoatlantiriladi.
Undirilgan summa bir navbatdagi barcha talablarni toʻla qanoatlantirish uchun yetarli boʻlmasa, ular har bir undiruvchiga tegishli summaga mutanosib ravishda qanoatlantiriladi.
80-modda. Undiruvlar navbati
Birinchi navbatda: budjetga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga toʻlovlar boʻyicha talablar; mehnatga oid munosabatlardan kelib chiqadigan talablar; alimentlar undirish boʻyicha talablar; mualliflik shartnomalari boʻyicha haqlarni toʻlash boʻyicha talablar; hayotga yoki sogʻliqqa yetkazilgan zararni qoplash boʻyicha talablar; advokatlar tomonidan koʻrsatilgan yuridik yordam haqini toʻlash boʻyicha talablar qanoatlantiriladi.
Ikkinchi navbatda: ijtimoiy sugʻurta boʻyicha talablar; jinoyat yoki maʼmuriy huquqbuzarlik oqibatida jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkiga yetkazilgan zararni qoplash boʻyicha talablar qanoatlantiriladi.
Uchinchi navbatda majburiy sugʻurta organlarining talablari qanoatlantiriladi.
Toʻrtinchi navbatda garovga qoʻyilgan mol-mulk qiymatidan undiruv toʻgʻrisidagi garov bilan taʼminlangan talablar qanoatlantiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Beshinchi navbatda jismoniy va yuridik shaxslarning garov bilan taʼminlanmagan talablari qanoatlantiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oltinchi navbatda qolgan barcha talablar qanoatlantiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
11-BOB. IJRO HUJJATINI IJRO ETMAGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK
81-modda. Ijro hujjatini bank yoki boshqa kredit tashkiloti tomonidan ijro etmaganlik uchun javobgarlik
Ijro hujjati topshirilgan bank yoki boshqa kredit tashkiloti pul mablagʻlarini undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjatini ijro etmaganligi uchun ularga sud tomonidan undirilishi lozim boʻlgan summaning ellik foizigacha miqdorda jarima solinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
82-modda. Jismoniy shaxslarning ijro hujjatini ijro etmaganlik uchun javobgarligi
Ijro hujjati uni ixtiyoriy ravishda ijro etish uchun belgilangan muddatda uzrsiz sabablarga koʻra ijro etilmagan taqdirda yoki qarzdor zimmasiga muayyan harakatlarni amalga oshirish yoxud bunday harakatlarni amalga oshirishdan oʻzini tiyish majburiyatini yuklovchi ijro hujjati uzrsiz sabablarga koʻra sud ijrochisi belgilagan muddatda ijro etilmagan taqdirda, sud ijrochisi jismoniy shaxslarga eng kam ish haqining oʻn baravarigacha miqdorda, mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima soladi.
Keyingi tahrirga qarang.
12-BOB. SUD IJROCHISINING MAQOMI
Keyingi tahrirga qarang.
83-modda. Sud ijrochisi
Qoida tariqasida, oliy yuridik yoki oʻrta maxsus (yuridik) maʼlumotga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi sud ijrochisi boʻlishi mumkin. Sud ijrochilarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamentining hududiy boʻlimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Sud ijrochisi hokimiyat vakili hisoblanadi va u xizmat vazifalarini bajarayotganda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan namunadagi maxsus kiyimda boʻladi.
Sud ijrochilariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda adliya organlari xodimlari daraja unvonlari beriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamentining sud qarorlarini ijro etish boʻlimi boshligʻi va mutaxassislari, shu departament hududiy boʻlimlarining sud qarorlarini ijro etish masalalari boʻyicha bosh va yetakchi inspektorlari sud ijrochilari maqomiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
84-modda. Sud ijrochilarining huquqlari
Keyingi tahrirga qarang.
Sud ijrochisi ijro harakatlarini amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega:
zarur axborot, tushuntirish va maʼlumotnomalar olish;
ishlayotgan qarzdorlarga nisbatan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining ijro etilishini va moliyaviy hujjatlarning yuritilishini ijro ishi yuritishga muvofiq tekshiruvdan oʻtkazish;
ijro ishi yuritishda ishtirok etayotgan jismoniy va yuridik shaxslarga muayyan ijro harakatlarini amalga oshirish masalalari yuzasidan topshiriqlar berish;
qarzdorlar egallab turgan yoki ularga qarashli boʻlgan binolar va omborlarga kirish, mazkur binolar va omborlarni koʻzdan kechirish, zarurat boʻlganda ularni ochish, shuningdek sud ajrimi asosida bunday harakatlarni boshqa shaxslar egallab turgan yoki ularga qarashli boʻlgan binolar va omborlarda amalga oshirish;
qonunga muvofiq mol-mulkni xatlash, xatlangan mol-mulkni olib qoʻyish, saqlashga topshirish va realizatsiya qilish;
qarzdorning banklardagi va boshqa kredit tashkilotlaridagi hisobvaraqlarida, omonatlarida turgan yoki saqlash uchun qoʻyilgan pul mablagʻlari hamda boshqa qimmatliklarini qonun hujjatlariga muvofiq xatlash;
olib qoʻyilgan mol-mulkni vaqtincha saqlash uchun davlat mulkidagi yashash uchun moʻljallanmagan joylardan, mulkdorning roziligi bilan esa, boshqa mulkdagi joylardan foydalanish, bunday mol-mulkni saqlash majburiyatini tegishli shaxslar zimmasiga yuklash, undiruvchining yoki qarzdorning transport vositasidan mol-mulkni tashish uchun sarf-xarajatlarni qarzdorning hisobiga kiritgan holda foydalanish;
ijro harakatlari amalga oshirilayotganda asos boʻlgan ijro hujjatidagi talablarda noaniqlik boʻlgan taqdirda, ijro hujjatini bergan sud yoki boshqa organdan uni ijro etish tartibini tushuntirib berishni soʻrash;
qarzdorga, uning mol-mulkiga yoki bolaga nisbatan qidiruv eʼlon qilish;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa harakatlarni amalga oshirish.
Keyingi tahrirga qarang.
85-modda. Sud ijrochilarining majburiyatlari
Sud ijrochisi oʻziga berilgan huquqlardan qonunga muvofiq foydalanishi hamda oʻz faoliyatida jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari kamsitilishiga yoʻl qoʻymasligi shart.
Sud ijrochisi:
ijro ishi yuritishda ishtirok etayotgan shaxslarga ularning protsessual huquq va majburiyatlarini tushuntirishi;
ijro hujjatlarining oʻz vaqtida, toʻliq va toʻgʻri ijro etilishi choralarini koʻrishi;
ijro ishi yuritish taraflariga yoki ularning vakillariga ijro ishi yuritish materiallari bilan tanishish, ulardan koʻchirmalar, nusxalar olish imkoniyatini berishi;
taraflarning ijro ishi yuritish borasidagi arizalarini va iltimosnomalarini koʻrib chiqishi, shikoyat qilish muddatlari va tartibini tushuntirgan holda tegishli qarorlar chiqarishi;
agar oʻzi ijro ishi yuritish jarayonidan manfaatdor boʻlsa yoki uning begʻarazligiga shubha tugʻdiradigan boshqa holatlar mavjud boʻlsa, oʻzini oʻzi rad etishi shart.
Sud ijrochisining zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
86-modda. Sud ijrochisining qarori
Agar sud ijrochisining ijro harakatlarini amalga oshirishda qabul qiladigan qarorlari (ijro ishi yuritishni qoʻzgʻatish, jarima solish va shu kabilar) taraflar va boshqa shaxslar manfaatlariga daxldor boʻlsa, sud ijrochisi tegishli qaror chiqaradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Sud ijrochisining qarorida quyidagilar koʻrsatilishi shart:
qaror chiqarilgan sana va joy;
qarorni chiqargan shaxsning lavozimi, familiyasi, ismi va otasining ismi;
qaror qaysi ijro ishi yuritish yuzasidan chiqarilganligi;
qaror orqali hal qilinadigan masala;
qabul qilinayotgan qarorning sud ijrochisi amal qilgan qonunlar va boshqa qonun hujjatlarini koʻrsatgan holdagi asoslari;
koʻrilayotgan masala boʻyicha xulosa;
qaror ustidan shikoyat berish yoki protest bildirish tartibi va muddati.
Keyingi tahrirga qarang.
Sud ijrochisining qarori ustidan qaror chiqarilgan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddat ichida sudga shikoyat berish yoki protest bildirish mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
87-modda. Sud ijrochisining talablarini bajarishning majburiyligi
Sud ijrochisining oʻz vakolatlari doirasidagi talablari Oʻzbekiston Respublikasi hududida barcha organlar, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan bajarilishi majburiydir.
Sud ijrochilari oʻz vakolatlarini amalga oshirishi uchun zarur boʻlgan axborot, hujjatlar va hujjat nusxalari ularning talabiga koʻra bepul va sud ijrochisi tomonidan belgilangan muddatda taqdim etiladi.
Sud ijrochisining talablarini bajarmaslik, uning zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarishiga monelik qiluvchi xatti-harakatlar sodir etish qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
88-modda. Sud ijrochilarining javobgarligi
Sud ijrochisining xatti-harakatlari ustidan boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga (mansabdor shaxsga) yoki sudga shikoyat qilish mumkin.
Sud ijrochilari sodir etgan huquqbuzarliklari uchun qonunga muvofiq javobgar boʻladilar.
Sud ijrochisi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zarar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda qoplanishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
89-modda. Sud ijrochilarining ijtimoiy himoyasi
Sud ijrochilari respublika budjeti mablagʻlari hisobidan davlat majburiy sugʻurtasidan oʻtkazilishi kerak.
Sud ijrochilari oʻz xizmat vazifalarini bajarishlari bilan bogʻliq holda mayib boʻlgan yoki ularning sogʻligʻiga boshqacha tarzda shikast yetkazilgan yohud ular halok boʻlgan taqdirda sud ijrochisiga yoki halok boʻlgan shaxsning oilasiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va miqdorda bir yoʻla beriladigan nafaqa toʻlanadi.
Sud ijrochilari oʻz xizmat vazifalarini bajarishlari bilan bogʻliq holda ularning mol-mulkiga yetkazilgan zarar respublika budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanib, bu summa keyinchalik aybdor shaxslardan undirib olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
90-modda. Sud ijrochilari faoliyatining moliyalashtirilishi va moddiy- texnika taʼminoti
Sud ijrochilari faoliyatining moliyalashtirilishi va moddiy-texnika taʼminoti Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamenti tomonidan respublika budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Sud ijrochilarining faoliyatini qoʻshimcha moliyalashtirish va moddiy-texnika taʼminotini yaxshilash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamentida jamgʻarma tuzilishi mumkin. Ushbu jamgʻarmani tashkil etish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish masalasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyuldagi 200-sonli “Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni olib qoʻyish, sotish yoki yoʻq qilib tashlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga qarash tavsiya etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2001-yil 29-avgust,
258-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 169-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 31-32-son, 315-modda, 50-51-son, 506-modda; 2008-y., 14-15-son, 91-modda, 94-modda; 2009-y., 3-son, 9-modda; 2010-y., 37-son, 315-modda, 38-son, 328-modda; 2013-y., 1-son, 1-modda; 2014-y., 20-son, 222-modda; 2015-y., 33-son, 439-modda, 52-son, 645-modda; 2016-y., 39-son, 457-modda; 2017-y., 37-son, 978-modda, Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son; 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son; 2019-y., 2-son, 47-modda, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son, 29.08.2019-y., 03/19/558/3662-son, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son; 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son, 26.08.2021-y., 03/21/711/0825-son; 12.04.2022-y., 03/22/762/0290-son, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son; 27.04.2023-y., 03/23/833/0236-son; 22.02.2024-y., 03/24/911/0142-son; 28.08.2024-y., 03/24/947/0666-son; 10.10.2024-y., 03/24/974/0804-son; 22.04.2025-y., 03/25/1060/0373-son; 17.06.2025-y., 03/25/1069/0510-son; 19.08.2025-y., 03/25/1082/0750-son; 20.10.2025-y., 03/25/1089/0953-son; 25.12.2025-y., 03/25/1108/1217-son; 05.03.2026-y., 03/26/1119/0199-son; 17.03.2026-y., 03/26/1122/0250-son; 20.04.2026-y., 03/26/1134/0389-son; 21.04.2026-y., 03/26/1137/0396-son; 14.07.2026-y., 03/26/1158/0727-son; 27.07.2026-y., 03/26/1161/0787-son)