1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.01.00 Adliya organlarining tizimi va tashkiliy tuzilmasi]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Adliya organlari. Notariat. Yuridik xizmat]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-sonli qaroriga oʻzgartishlar kiritish haqida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik ijrosini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 24-iyuldagi PF-4636-sonli Farmoniga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-sonli qarorigailovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B. Kokanbayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2015-yil 15-may,
PQ-2347-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 15-maydagi PQ-2347-sonli qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-sonli qaroriga kiritiladigan oʻzgartishlar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 23-avgustdagi PQ–1602-sonli qarorida:
ikkinchi xatboshi quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining norma ijodkorligi amaliyotini tizimli asosda tekshirishlar oʻtkazib, oʻrganib boradi;
tadbirkorlik subyektlari, xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish maqsadida davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat tuzilmalarining huquqni qoʻllash amaliyotini tizimli asosda oʻrganib boradi”;
ikkinchi xatboshidagi “davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat tuzilmalari faoliyatida qonuniylik” soʻzlari chiqarib tashlansin;
11-bandining uchinchi xatboshidagi “huquqni muhofaza qiluvchi va”, “tergovga qadar tekshiruv, jinoyat ishlari materiallari va yakka tartibdagi hujjatlar bundan mustasno” soʻzlari chiqarib tashlansin;
14-bandining ikkinchi xatboshidagi “besh nafar oʻrinbosarlari” soʻzlari “toʻrt nafar oʻrinbosarlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
17-bandining toʻrtinchi xatboshidagi “davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat tuzilmalari faoliyatida qonun hujjatlariga rioya etilishini samarali nazorat qilish va monitoringni amalga oshirish, ularning amalga oshirilishini taʼminlash” soʻzlari chiqarib tashlansin;