1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.10.00.00 Nogironlar va fuqarolarning boshqa toifalarining ijtimoiy himoyasi]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Keksalarni ijtimoiy himoya qilish va moddiy qoʻllab-quvvatlashni yanada kuchaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
“Keksalarni eʼzozlash yili” Davlat dasturiga muvofiq hamda 100 yoshga toʻlgan va undan oshgan shaxslarga munosib eʼtibor qaratish, shuningdek, pensionerlar, 1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini manzilli ijtimoiy himoya qilish va moddiy qoʻllab- quvvatlashni kuchaytirish maqsadida:
1. Yoshi 100 ga toʻlgan va undan oshgan fuqarolar pensiyasiga 2015-yilning 1-mayidan boshlab, har oyda eng kam ish haqining 100 foizi miqdorida qoʻshimcha toʻlov toʻlash belgilansin.
Belgilab qoʻyilsinki, 100 yoshga toʻlgan va undan oshgan fuqarolar pensiyasiga har oyda toʻlanadigan qoʻshimcha toʻlov Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
2. 2015-yilning 1-mayidan uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha eng kam ish haqining tabaqalashtirilgan miqdorida har oyda kompensatsiya pul toʻlovlari beriladigan shaxslar imtiyozli toifalarining yangi roʻyxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.06.00.00 Pensiyalar / 06.06.15.00 Pensiyalarni qayta hisoblab chiqarish]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya]
3. Yoshi 75 ga toʻlgan va undan oshgan fuqarolardan ularga tayinlangan pensiya va nafaqalarning hisoblanishi, shuningdek, qonunchilikda koʻzda tutilgan imtiyozlarning qoʻllanilishi toʻgʻriligini tekshirish natijalariga koʻra aniqlangan ortiqcha toʻlangan pensiya va nafaqalar miqdori 2015-yil davomida hisobdan chiqarilsin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]
4. 2015-yilning 1-mayidan 2- va 3-ilovalarga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga tuzatishlar kiritilsin va baʼzi farmonlari oʻz kuchini yoʻqotgan, deb topilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida takliflar kiritsin;
idoraviy meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni ushbu Farmonga muvofiqlashtirsin.
6. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2015-yil 14-aprel,
PF-4715-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 14-apreldagi PF-4715-sonli Farmoniga 1-ILOVA
Uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha har oyda kompensatsiya pul toʻlovlari beriladigan shaxslarning imtiyozli toifalari
ROʻYXATI
T/r
Shaxslar toifalarining roʻyxati
Har oyda beriladigan kompensatsiya pul toʻlovlari miqdori
(eng kam ish haqiga nisbatan foizda)
1.
1941 — 1945-yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, ularga tenglashtirilgan shaxslardan tashqari
50
2.
1941 — 1945-yillardagi urush nogironlari va qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar
45
3.
Oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz pensionerlar
45
4.
Sovet Ittifoqi Qahramonlari, Sotsialistik Mehnat Qahramonlari va “Slava” ordenining uchala darajasi bilan mukofotlangan shaxslar. Fashist konslagerlarining sobiq voyaga yetmagan mahbuslari, Leningrad shahri qamali davrida ishlagan fuqarolar, koʻrish qobiliyati boʻyicha I guruh nogironlari, Chernobil halokati oqibatida jabrlangan fuqarolar, yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni oʻtagan pensiya yoshidagi shaxslar
45
5.
1941 — 1945-yillardagi urushning mehnat fronti qatnashchilari
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 14-apreldagi PF-4715-sonli Farmoniga 2-ILOVA
2015-yilning 1-mayidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga kiritiladigan oʻzgartishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida” 2012-yil 5-iyuldagi PF-4450-sonli Farmonining 6-bandidagi “6 va 7-bandlari” soʻzlari “6-bandi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida” 2012-yil 9-noyabrdagi PF-4482-sonli Farmonining 6-bandidagi “1-bandining ikkinchi xatboshi” soʻzlari “1-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 14-apreldagi PF-4715-sonli Farmoniga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yilning 1-mayidan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblangan ayrim farmonlarining
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2005-yilning 1-mayidan boshlab ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida” 2005-yil 13-apreldagi PF-3596-sonli Farmonining 4-bandi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2005-yilning 1-oktabridan boshlab ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida” 2005-yil 14-sentabrdagi PF-3659-sonli Farmonining 7-bandi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2006-yilning 1-iyulidan boshlab ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida” 2006-yil 9-iyundagi PF-3761-sonli Farmonining 7-bandi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2006-yilning 1-noyabridan boshlab ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida” 2006-yil 12-oktabrdagi PF-3808-sonli Farmonining 7-bandi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2007-yilning 1-avgustidan boshlab ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida” 2007-yil 10-iyuldagi PF-3889-sonli Farmonining 7-bandi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida” 2007-yil 23-oktabrdagi PF-3931-sonli Farmonining 7-bandi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida” 2008-yil 5-martdagi PF-3972-sonli Farmonining 7-bandi.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida” 2008-yil 21-iyuldagi PF-4014-sonli Farmonining 7-bandi.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida” 2008-yil 22-oktabrdagi PF-4042-sonli Farmonining 7-bandi.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida” 2009-yil 8-iyuldagi PF-4119-sonli Farmonining 7-bandi.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida” 2009-yil 16-noyabrdagi PF-4152-sonli Farmonining 7-bandi.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida” 2010-yil 9-iyuldagi PF-4224-sonli Farmonining 8-bandi.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida” 2010-yil 15-noyabrdagi PF-4253-sonli Farmonining 7-bandi.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida” 2011-yil 7-iyuldagi PF-4332-sonli Farmonining 6-bandi.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida” 2011-yil 3-noyabrdagi PF-4377-sonli Farmonining 7-bandi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 16-son, 195-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son,30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.01.2022-y., 06/22/58/0078-son; 29.12.2023-y., 06/23/216/1008-son; 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son; 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son; 17.04.2026-y., 06/26/62/0374-son)