1.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati]
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI OLIY ATTESTATSIYA KOMISSIYASI RAYoSATINING
Qarori
Ilmiy unvonlar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimchalar kiritish haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 30-martda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2444-2]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2016-yil 28-apreldagi 224/8-sonli “Ilmiy unvonlar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2793, 03.06.2016-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2013-yil 31-yanvardagi 195/4-son qarori (ro‘yxat raqami 2444, 2013-yil 25-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 13-son, 170-modda) bilan tasdiqlangan Ilmiy unvonlar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomgailovaga muvofiq qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Rais A. YUSUPOV
Toshkent sh.,
2015-yil 20-mart,
214/5-son
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2015-yil 20-martdagi 214/5-son qaroriga ILOVA
Ilmiy unvonlar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan qo‘shimchalar
1. 10-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovining respublika bosqichi g‘olibining faxriy diplomi professor yoki dotsent ilmiy unvonlarni berish uchun nashr etilgan darsliklarga, o‘quv qo‘llanmalariga, ilmiy maqolalarga ega bo‘lish bo‘yicha talablarning bajarilganligiga tenglashtiriladi.”.
2. 12-bandning “g” kichik bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Har bir ta’lim sohasi bo‘yicha nominatsiyalarda 1-o‘rinni egallagan “Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovining respublika bosqichi g‘oliblari 3 yil mobaynida tegishli lavozimda vazifani bajarib turuvchining bir yillik muddatini o‘tamasdan professor ilmiy unvonini olish uchun OAKga hujjatlarni taqdim etish huquqiga ega;”.
3. 17-bandning “v” kichik bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Har bir ta’lim sohasi bo‘yicha nominatsiyalarda 1-o‘rinni egallagan “Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovining respublika bosqichi g‘oliblari 3 yil mobaynida tegishli lavozimda vazifani bajarib turuvchining bir yillik muddatini o‘tamasdan dotsent ilmiy unvonini olish uchun OAKga hujjatlarni taqdim etish huquqiga ega;”.
4. Mazkur qo‘shimchalar O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Fanlar akademiyasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi bilan kelishilgan.
Madaniyat va sport ishlari vaziri v. v. b B. AXMEDOV
2015-yil 27-fevral
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri A. VAHABOV
2015-yil 27-fevral
Sog‘liqni saqlash vaziri A. ALIMOV
2015-yil 27-fevral
Xalq ta’limi vaziri U. INOYATOV
2015-yil 27-fevral
Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Sh. TEShAYEV
2015-yil 27-fevral
Tashqi ishlar vaziri A. KAMILOV
2015-yil 27-fevral
Fanlar akademiyasi prezidenti Sh. SALIXOV
2015-yil 27-fevral
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi raisi Sh. SALIXOV
2015-yil 27-fevral
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 13-son, 160-modda)