1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.32.00 (Кучини йукотган) Malaka oshirish. Qayta tayyorlash;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.81.00 (Кучини йукотган) Pedagog kadrlar. Pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Umumtaʼlim muassasalarining chet tillar oʻqituvchilari malakasini va kasb mahoratini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Chet tillarni oʻrganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 10-dekabrdagi PQ-1875-son qaroriga muvofiq va chet tillar oʻqituvchilari malakasini oshirishning prinsipial jihatdan yangi samarali mexanizmini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining 2015-yildan boshlab umumtaʼlim muassasalarining chet tillar oʻqituvchilari kasb mahoratini oshirish boʻyicha doimiy ishlaydigan har haftalik kurslarni tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
2. Umumtaʼlim muassasalarining chet tillar oʻqituvchilari kasb mahoratini oshirish har haftalik kurslarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.04.00 Ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar va koeffitsiyentlar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
4.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.10.00 Pedagoglarning va taʼlim tashkilotlari boshqa xodimlarining huquqiy maqomi]
3. Shunday tartib belgilansinki, unga muvofiq lavozim maoshiga oylik ustama olish huquqini beruvchi test sinovidan kalendar yil mobaynida qatorasiga ikki marta oʻtmagan umumtaʼlim muassasalarining chet tillar oʻqituvchilari boʻlajak oʻquv yilidan boshlab oʻz mablagʻlari hisobidan malaka oshirish kurslaridan oʻtmagunlariga qadar chet tili boʻyicha oʻqituvchilik faoliyatiga qoʻyilmaydilar.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.04.00 Ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar va koeffitsiyentlar;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish;
4.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
5.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.10.00 Pedagoglarning va taʼlim tashkilotlari boshqa xodimlarining huquqiy maqomi]
4. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi:
bir hafta muddatda har haftalik kurslarni yuqori saviyada oʻtkazish imkonini beradigan moddiy-texnika bazasi mavjud boʻlgan bazaviy umumtaʼlim muassasalarini, shuningdek trenerlar sifatida faoliyat koʻrsatadigan yetakchi chet tili oʻqituvchilarini aniqlasin, ularni xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy institutlarining oʻqituvchilari sifatida soatbaylik asosida ishga rasmiylashtirsin;
ikki hafta muddatda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Chet tillarni oʻqitishning innovatsiyaviy metodikalarini rivojlantirish respublika ilmiy-amaliy markazi bilan birgalikda mashgʻulotlarning oʻquv rejasi va oʻquv dasturlarini, dars oʻtadigan trenerlar tomonidan oʻqituvchilarning ogʻzaki nutqini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilgan holda ular orasida mashgʻulotlar oʻtkazish, shuningdek kichik yoshdagi bolalar bilan ishlash boʻyicha oʻqituvchilar uchun psixologik treninglar oʻtkazish, lavozim maoshiga oylik ustama uchun test sinoviga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha metodik materiallarni tayyorlasin;
“Yilning eng yaxshi chet tili oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovini oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin, unda respublika va viloyat bosqichlarida gʻolib chiqqan oʻqituvchilarni xorijiy mamlakatlarga ixtisoslik boʻyicha ikki haftalik stajirovkalarga yuborishni nazarda tutsin;
malaka va kasb mahoratini oshirish kurslari tinglovchilarini, shu jumladan keyinchalik chet tili darslarida foydalanish uchun yangi metodik qoʻllanmalar va boshqa tarqatma materiallar bilan taʼminlasin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
4.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.10.00 Pedagoglarning va taʼlim tashkilotlari boshqa xodimlarining huquqiy maqomi]
5. Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Chet tillarni oʻqitishning innovatsiyaviy metodikalarini rivojlantirish respublika ilmiy-amaliy markazi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi bilan birgalikda:
A. Avloniy nomidagi xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Markaziy institutida ixtisoslashtirilgan oliy taʼlim muassasalarining yetakchi mutaxassislarini va xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda chet tillar oʻqituvchilarining kasb mahoratini oshirish boʻyicha har haftalik kurslarni oʻtkazish uchun trenerlar tayyorlash boʻyicha har yillik treninglar;
ikki oy muddatda A.Avloniy nomidagi xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Markaziy instituti, 14 ta hududiy xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutlarining chet tili oʻqituvchilari, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi, viloyat xalq taʼlimi boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) xalq taʼlim muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimlarining chet tillar metodistlari uchun maqsadli malaka oshirish kurslari tashkil etilishi va oʻtkazilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.03.00 Respublika budjeti xarajatlari;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
4.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.17.00 Olimpiadalar. Tanlovlar]
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2015-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining “Taʼlim” sohasiga ajratiladigan mablagʻlar doirasida har yilgi trenerlar tayyorlash boʻyicha maqsadli kurslarni va chet tillar oʻqituvchilarining kasb mahoratini oshirish har haftalik kurslarini hamda “Yilning eng yaxshi chet tili oʻqituvchisi” respublika koʻrik-tanlovini oʻtkazish uchun mablagʻlar ajratilishini nazarda tutsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim]
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi 2015/2016 oʻquv yilidan boshlab tasdiqlangan oʻquv yuklamasi doirasida ixtisoslashgan oliy taʼlim muassasalarining bitiruvchi 4-kurs talabalari uchun “Boshlangʻich sinflarda chet tilini oʻqitish metodikasi” 36 soatlik kurs dasturini kiritsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I.Ikramov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2015-yil 25-mart,
67-son
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-martdagi 67-son qaroriga ILOVA
Umumtaʼlim muassasalarining chet tillar oʻqituvchilari kasb mahoratini oshirish har haftalik kurslarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
1. Ushbu Nizom xalq taʼlimi xodimlari malakasini oshirishning 144 soatlik anʼanaviy malaka oshirish kurslariga qoʻshimcha sifatida tashkil etiladigan umumtaʼlim muassasalari chet tillar oʻqituvchilarining kasbiy va pedagogik mahoratini takomillashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tizimining umumtaʼlim muassasalari chet tillar oʻqituvchilari kasbiy mahoratini oshirishning doimiy ishlaydigan har haftalik kurslarini (keyingi oʻrinlarda har haftalik kurslar deb ataladi) oʻtkazish tartibini belgilaydi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.04.00 Ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar va koeffitsiyentlar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.14.00 Taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish]
2. Har haftalik kurslarning maqsadi chet tillar oʻqituvchilarining ogʻzaki nutq koʻnikmalarini rivojlantirish, bolalarni boshlangʻich sinflarda oʻqitishga ustunlik bergan holda maktabda chet tillarni oʻqitish metodikasini takomillashtirish, metodik qoʻllanmalardan foydalanishda oʻqituvchilarga yordam berish, oʻqituvchilarni lavozim maoshiga oylik ustamani olish uchun test sinovlaridan oʻtishga tayyorlash, shuningdek ularni doimiy ravishda mustaqil tarzda kasbga doir bilim olishga yoʻnaltirishdan iborat.
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
3. Haftalik kurslar xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlari (keyingi oʻrinlarda hududiy markazlar deb ataladi) tomonidan tashkil etiladi.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 243-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2021-y., 09/21/243/0388-son)
Har haftalik kurslarni tashkil etish va oʻtkazish ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxemaga binoan amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.10.00 Pedagoglarning va taʼlim tashkilotlari boshqa xodimlarining huquqiy maqomi;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.14.00 Taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish]
4. Har haftalik kurslar tinglovchilari sirasiga umumtaʼlim muassasalarining chet tili oʻqituvchilari butun kontingenti kiradi. Oʻqituvchilarni kurslarga qabul qilish va akademik guruhlarni shakllantirish bir yilda 2-marta (mart, sentabr) oʻtkaziladi. Har haftalik kurslarda oʻqish asosiy ish joyidan ajralmagan holda amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.10.00 Pedagoglarning va taʼlim tashkilotlari boshqa xodimlarining huquqiy maqomi]
5. Doimiy ishlaydigan har haftalik kurslarning oʻquv rejasi va oʻquv dasturlari umumtaʼlim muassasalari chet tillar oʻqituvchilarining malakasi darajasi va kasbiy ehtiyojlarini hisobga olgan holda ishlab chiqiladi.
II. Trenerlarni tayyorlash va har haftalik kurslarni oʻquv-metodik taʼminlash
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.10.00 Pedagoglarning va taʼlim tashkilotlari boshqa xodimlarining huquqiy maqomi;
4.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.14.00 Taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish]
6. Har haftalik kurslarning oʻquv mashgʻulotlarini olib borish uchun asosan tegishli oliy maʼlumotli (shuningdek, bakalavr darajasiga ega boʻlgan), maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan yetakchi, asosan chet tili chuqurlashtirilib oʻqitiladigan umumtaʼlim maktablarining oʻqituvchilari trenerlar sifatida jalb etiladi.
Trenerlar mehnatga soatbay haq toʻlash asosida hududiy institutlarning oʻqituvchilari sifatida ishga qabul qilinadi.
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim;
4.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
7. Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Chet tillarni oʻqitishning innovatsiyaviy metodikalarini rivojlantirish respublika ilmiy-amaliy markazi (keyingi oʻrinlarda Ilmiy-amaliy markaz deb ataladi) Xalq taʼlimi vazirligining A. Avloniy nomidagi xalq taʼlimi muammolarini oʻrganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti (keyingi oʻrinlarda Institut deb ataladi) bilan birgalikda ixtisoslashtirilgan oliy taʼlim muassasalarining yetakchi mutaxassislari va xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda bir yilda 2-marta bazaviy umumtaʼlim muassasalarida har haftalik kurslarni olib boruvchi trenerlar tayyorlash uchun Institut bazasida treninglar (keyingi oʻrinlarda treninglar deb ataladi) oʻtkazadi. Treninglar belgilangan tartibda Institutning malaka oshirish boʻyicha yillik rejasiga kiritiladi.
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 243-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2021-y., 09/21/243/0388-son)
Treninglarning soni, oʻtkazish muddati va ularning qancha davom etishi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan belgilanadi.
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.10.00 Pedagoglarning va taʼlim tashkilotlari boshqa xodimlarining huquqiy maqomi]
8. Institutga oʻqish uchun kelgan trenerlarning xizmat safari bilan bogʻliq xarajatlar ularning asosiy ish joylarida belgilangan tartibda toʻlanadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 243-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2021-y., 09/21/243/0388-son)
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.10.00 Pedagoglarning va taʼlim tashkilotlari boshqa xodimlarining huquqiy maqomi]
9. Oʻquv-metodik materiallar (darslarga oid metodik koʻrsatmalar, mustaqil mashgʻulotlar uchun topshiriqlar, tinglovchilarning tayyorgarlik saviyasini baholash uchun testlar va boshqa materiallar, mashgʻulotlar oʻtkazish uchun audio-videoresurslar) Ilmiy-amaliy markaz tomonidan Institut bilan birgalikda boshqa oliy taʼlim muassasalarining yetakchi mutaxassislari va xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda ishlab chiqiladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 243-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2021-y., 09/21/243/0388-son)
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.14.00 Taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish]
10. Har haftalik kurslarning tinglovchilarini va trenerlarni yangi metodik qoʻllanmalar (ishlab chiqish va nusxasini koʻpaytirish) va boshqa tarqatma materiallar (shu jumladan keyinchalik ulardan maktablarda dars oʻtishda foydalanish uchun) bilan taʼminlash bilan bogʻliq sarf-xarajatlarni qoplash uchun mablagʻlar Institutning xarajatlar smetasida nazarda tutiladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 243-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2021-y., 09/21/243/0388-son)
III. Har haftalik kurslarni tashkil etish va ularni oʻtkazish shakllari
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.10.00 Pedagoglarning va taʼlim tashkilotlari boshqa xodimlarining huquqiy maqomi;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.14.00 Taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish]
11. Har haftalik kurslar mashgʻulotlari, qoidaga koʻra, oʻqituvchilarning mustaqil oʻqishi va kasb mahoratini oshirishga moʻljallangan metodik kunlarda oyiga 18 soatlik yuklama bilan bir haftada 6 soatdan oʻtkaziladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
12. Har haftalik kurslar Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan tanlab olingan va respublikaning barcha tumanlarida (shaharlarida) maxsus jihozlangan bazaviy umumtaʼlim muassasalarida tashkil etiladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.14.00 Taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish]
13. Har bir bazaviy umumtaʼlim muassasasiga mashgʻulotlarda qatnashish uchun hududiy tenglikni taʼminlash va oʻquv auditoriyasining texnik jihozlanganligi darajasi hisobga olingan holda har haftalik kurslar bilan qamrab olinishi kerak boʻlgan tuman (shahar)dagi oʻqituvchilarning umumiy sonidan kelib chiqib koʻpi bilan 15 nafar tinglovchi biriktiriladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.04.00 Ochiq va umumfoydalanishi mumkin boʻlgan axborot. Davlat axborot resurslari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
14. Har haftalik kurslardagi mashgʻulotlar innovatsion pedagogik, multimedia va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan faol foydalangan holda oʻtkaziladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
15. Har haftalik kurslar belgilangan tartibda hududiy institutlarning malaka oshirish kurslarini oʻtkazish boʻyicha yillik rejasiga kiritiladi.
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
16. Tinglovchilarni har haftalik kurslarga qabul qilish va tinglovchilar tarkibiga kiritish tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari tomonidan taqdim etilgan roʻyxatlarga asosan tegishli hududiy markaz direktorining buyrugʻi bilan amalga oshiriladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 243-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2021-y., 09/21/243/0388-son)
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
17. Mashgʻulotlarning sifatli oʻtkazilishini nazorat qilish xalq taʼlimi boshqaruvi hududiy organlari tomonidan tegishli hududiy institutlar bilan birgalikda amalga oshiriladi, tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari esa har haftalik kurslarda tinglovchilar davomatini taʼminlaydi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 822-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/822/3840-son)
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
18. Oʻtkazilgan mashgʻulotlar va tinglovchilarning davomati trenerlar tomonidan qatʼiy hisobot beriladigan hujjatlarda (jurnallarda) roʻyxatga olinadi, tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari hududiy institutlar bilan birgalikda uni nazorat qilib boradi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 822-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/822/3840-son)
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
19. Sababsiz 18 soat dars qoldirgan tinglovchi kursdan chiqarib yuboriladi. Bunday holatda hududiy institut tomonidan tinglovchining asosiy ish joyiga qonun hujjatlarida belgilangan tegishli chora-tadbirlarni koʻrish uchun xat joʻnatiladi.
IV. Nazorat shakllari va tinglovchilarning bilimlari sifatini baholash mexanizmi
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.10.00 Pedagoglarning va taʼlim tashkilotlari boshqa xodimlarining huquqiy maqomi]
20. Har haftalik kurslar doirasidagi oʻquv jarayoni oʻquv-metodik va tarqatma materiallardan foydalangan holda tasdiqlangan oʻquv rejasi va dasturlarga muvofiq tashkil etiladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
21. Tinglovchining joriy va oraliq oʻzlashtirishi, shuningdek ularning bilimlari trenerlar tomonidan doimiy ishlaydigan har haftalik kurs dasturlariga muvofiq baholanadi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.17.00 Attestatsiya (xodimlarni) (shuningdek, 13.02.04.00 va 13.01.16.00ga qarang);
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
22. Har haftalik kurslarning oʻquv rejasi va dasturida nazarda tutilgan mashgʻulotlar tamom boʻlgandan keyin tinglovchilarning bilimi va til salohiyatining yakuniy attestatsiyasi oʻtkaziladi (iyun, dekabr).
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.17.00 Attestatsiya (xodimlarni) (shuningdek, 13.02.04.00 va 13.01.16.00ga qarang);
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.10.00 Pedagoglarning va taʼlim tashkilotlari boshqa xodimlarining huquqiy maqomi]
23. Yakuniy attestatsiya maxsus komissiya tomonidan oʻtkaziladi. Uning tarkibiga trener, tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari metodisti, yuqori malakali oʻqituvchilar kiradi. Hududiy markaz direktori komissiya raisi hisoblanadi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 243-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2021-y., 09/21/243/0388-son)
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.17.00 Attestatsiya (xodimlarni) (shuningdek, 13.02.04.00 va 13.01.16.00ga qarang);
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
24. Kurslar tinglovchilarining yakuniy attestatsiyasi tinglash, gapirish, oʻqish, yozish va dars oʻtish metodikasi boʻyicha koʻnikmalarni baholashni oʻz ichiga oladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
25. Har bir yoʻnalish boʻyicha oʻzlashtirish 100 balli tizim boʻyicha baholanadi. Baholash mezonlari Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.17.00 Attestatsiya (xodimlarni) (shuningdek, 13.02.04.00 va 13.01.16.00ga qarang);
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
26. Koʻnikmalarning har biri boʻyicha 75 ball va undan ortiq ball toʻplagan tinglovchilar har haftalik kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagan deb hisoblanadilar va har haftalik kurslarda oʻqishni davom ettirishdan ozod qilinadilar. Ushbu holatda ular har haftalik kurslarning mashgʻulotlariga oʻz xohishlariga koʻra qatnashishni davom ettirishlari mumkin. Shuningdek ushbu oʻqituvchilar har haftalik kurslarning oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish uchun trenerlar va yakuniy attestatsiyani oʻtkazish boʻyicha maxsus komissiya aʼzolari sifatida jalb etilishlari mumkin.
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.14.00 Taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish]
27. Yakuniy attestatsiya natijalari boʻyicha maxsus komissiyalar tomonidan har haftalik kurslar tinglovchilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar banki shakllantiriladi. Unda zarur maʼlumotlar (tinglovchining F.I.O., ish joyi, mutaxassisligi, qachon va qaysi oliy taʼlim muassasasini tamomlagan, yakuniy attestatsiya natijalari boʻyicha toʻplangan ballar, har haftalik kurslarni tamomlaganligi haqidagi sertifikat raqami (agar berilgan boʻlsa)) boʻladi. Maʼlumotlar banki yakuniy attestatsiya tamom boʻlgandan keyin 10 kundan kechikmay hududiy markazlar tomonidan Institutga yetkaziladi. Hududiy markaz direktori taqdim etilgan maʼlumotlarning ishonchliligi va xolisligi uchun shaxsan javob beradi.
Institut kurslar tinglovchilarining oʻzlashtirishi monitoringini olib boradi, shuningdek hududiy institutlar tomonidan haftalik kurslar tashkil etilishi sifatini aniqlaydi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 243-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2021-y., 09/21/243/0388-son)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.14.00 Taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish]
28. Har haftalik kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga namunasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan sertifikat beriladi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.17.00 Attestatsiya (xodimlarni) (shuningdek, 13.02.04.00 va 13.01.16.00ga qarang);
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
29. Har haftalik kurslar tinglovchilarining yangi guruhlari tinglovchilarning bilimlari va lisoniy salohiyatining yakuniy attestatsiyasi natijalari hisobga olingan holda zaruratga koʻra shakllantiriladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
30. Olib borilgan monitoring natijalari boʻyicha mashgʻulotlarni oʻtkazish shakllari va har haftalik kurslarning oʻquv dasturlari mazmuni Ilmiy-amaliy markaz bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan takomillashtiriladi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.17.00 Attestatsiya (xodimlarni) (shuningdek, 13.02.04.00 va 13.01.16.00ga qarang);
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.10.00 Pedagoglarning va taʼlim tashkilotlari boshqa xodimlarining huquqiy maqomi]
31. Xalq taʼlimi boshqaruvi hududiy organlari har haftalik kurslarni oʻtkazishning butun jarayonini tashkil etadilar va muvofiqlashtiradilar, yakuniy attestatsiya natijalarini tahlil qiladilar, kurslarni oʻtkazish shart-sharoitlarini takomillashtirish chora-tadbirlarini koʻradilar, har haftalik kurslarni oʻtkazish yakunlari toʻgʻrisida hisobot tayyorlaydilar va uni Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligiga taqdim etadilar (iyun, yanvar).
V. Yakunlovchi qoidalar
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.17.00 Attestatsiya (xodimlarni) (shuningdek, 13.02.04.00 va 13.01.16.00ga qarang);
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.04.00 Ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar va koeffitsiyentlar;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish;
4.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.10.00 Pedagoglarning va taʼlim tashkilotlari boshqa xodimlarining huquqiy maqomi;
5.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.14.00 Taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish]
32. Amaldagi tartibga muvofiq chet tillar oʻqituvchilari har haftalik kurslar tugashidan qatʼi nazar, lavozim maoshiga oylik ustama olish uchun test sinovlaridan oʻtishga Davlat test markaziga ariza berishlari mumkin.
Bunda Davlat test markazida lavozim maoshiga oylik ustama olish huquqini beruvchi test sinovidan kalendar yil mobaynida qatorasiga ikki marta oʻtmagan umumtaʼlim muassasalarining chet tillar oʻqituvchilari boʻlajak oʻquv yilidan boshlab oʻz mablagʻlari hisobidan malaka oshirish kurslaridan oʻtmagunlariga qadar chet tili boʻyicha oʻqituvchilik faoliyatiga qoʻyilmaydilar.
Umumtaʼlim muassasalarining chet tillar oʻqituvchilari kasb mahoratini oshirish har haftalik kurslarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Chet tillar oʻqituvchilarining kasb mahoratini oshirish har haftalik kurslarini oʻtkazish
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 822-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/822/3840-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 12-son, 137-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/822/3840-son; 28.04.2021-y., 09/21/243/0388-son)