1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.02.00 Bank hisobvaraqlarini ochish va yuritish tartibi;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 9-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1948-9]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 4-yanvardagi 30/18-sonli “Bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3420, 08.02.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2009-yil 16-martdagi 7/2-son qarori (roʻyxat raqami 1948, 2009-yil 27-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 18-son, 229-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomagailovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi v. v. b. U. MUSTAFOYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 30-dekabr,
47/10-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2014-yil 30-dekabrdagi 47/10-sonli qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
“Ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar yuridik shaxsning asosiy hisobvaragʻidan amalga oshiriladi, qonun hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno.”.
“32. Imzolar namunalari va muhr izi qoʻyilgan varaqcha ikki nusxada taqdim qilinadi. Varaqchaning bir nusxasi buxgalterda, ikkinchisi esa, pul cheklarini rasmiylashtiruvchi nazoratchida turadi. Banklarda mijozlarning bir nechta hisobvaraqlariga xizmat koʻrsatiladigan boʻlsa, ulardan imzolar namunalari va muhr izi qoʻyilgan varaqchalar qoʻshimcha ravishda talab qilinishi mumkin. Imzolar namunalari va muhr izi qoʻyilgan varaqchalarda hisobvaraqlarning raqamlari koʻrsatiladi.”.
“38. Yuridik shaxsning muhri oʻzgarganda, varaqchada koʻrsatilgan imzolardan birortasi almashtirilganda yoki qoʻshilganda hisobvaraq egasi yangi imzolar namunalari va muhr izi qoʻyilgan varaqchani taqdim qiladi. Bekor qilingan imzolar namunalari va muhr izi qoʻyilgan varaqchalar yuridik shaxsning yuridik yigʻmajildiga tikiladi.”.
“41. Yuridik shaxs tugatilayotganda, uning barcha bank hisobvaraqlari tugatish komissiyasining tasarrufiga oʻtadi. Bunday holda, asosiy hisobvaraqqa xizmat koʻrsatuvchi bankka tugatish komissiyasining amal qilish muddati koʻrsatilgan yuridik shaxsni tugatish toʻgʻrisidagi qarori hamda tugatish komissiyasi rahbari va bosh buxgalterining imzolari namunalari qoʻyilgan varaqcha taqdim qilinadi (yuridik shaxs boʻlgan nodavlat notijorat tashkilot tugatilayotganda bosh buxgalterning imzosi talab qilinmaydi). Shundan soʻng, yuridik shaxsning asosiy hisobvaragʻiga uni tugatishga doir yagona hisobvaraq maqomi beriladi.”.
“Yuridik shaxslar olti oy mobaynida (savdo va savdo-vositachilik korxonalari — uch oy mobaynida) bank hisobvaraqlari boʻyicha pul operatsiyalarini oʻtkazish bilan moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmagan hollarda (dehqon va fermer xoʻjaliklari hamda nodavlat notijorat tashkilotlari bundan mustasno), banklar uch kunlik muddat ichida bunday korxonalar haqida ular hisobga qoʻyilgan joydagi davlat soliq xizmati organiga tegishli choralar koʻrish uchun axborot berishlari shart.”.
10. Mazkur Yoʻriqnomaning 3-ilovasi ushbu oʻzgartirishlar va qoʻshimchaning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchaga ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 3-ILOVA
Old tomoni
Imzolar namunalari va muhr izi qoʻyilgan
BANK BELGISI
VARAQChA
Hisobvaraq egasi ____________________
Imzolar namunalarini qabul qilishga
(toʻliq nomi)
ruxsat berildi
__________________________________
Buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxs _______________________________