1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.02 Aksiyalar va obligatsiyalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.04.00 Qimmatli qogʻozlar bozorida kasb faoliyati / 07.24.04.05 Transfer-agent;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.25.00.00 Qimmatli qogʻozlar emissiyasi / 07.25.02.00 Chiqarish toʻgʻrisidagi qaror;
4.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.25.00.00 Qimmatli qogʻozlar emissiyasi / 07.25.03.00 Qimmatli qogʻozlar emissiyasi chiqarilishi va prospektini roʻyxatdan oʻtkazish;
5.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Moliya / Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT RAQOBAT QOʻMITASI HUZURIDAGI QIMMATLI QOGʻOZLAR BOZORINI MUVOFIQLAShTIRISh VA RIVOJLANTIRISh MARKAZI BOSh DIREKTORINING
buyrugʻi
Aksiyalar egalari reyestri va korporativ obligatsiyalar egalari reyestri toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 8-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1911-3]
Oʻzbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2009-yil 30-yanvardagi 2009-05-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1911, 2009-yil 25-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 9-son, 100-modda) bilan tasdiqlangan Aksiyalar egalari reyestri va korporativ obligatsiyalar egalari reyestri toʻgʻrisidagi nizomgailovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Bosh direktor B. ATAXANOV
Toshkent sh.,
2014-yil 16-dekabr,
2014-32-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2014-yil 16-dekabrdagi 2014-32-son buyrugʻiga ILOVA
Aksiyalar egalari reyestri va korporativ obligatsiyalar egalari reyestri toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
“Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonunlari va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq aksiyalar egalari reyestri va korporativ obligatsiyalar egalari reyestrini shakllantirish tartibini oʻrnatadi.”.
“reyestrni shakllantirish toʻgʻrisida topshiriqnoma — belgilangan sanaga qimmatli qogʻozlar egalari reyestrini shakllantirish va berish toʻgʻrisida Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysiga berilgan koʻrsatmani oʻz ichiga oluvchi emitentning yoki qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organining topshirigʻi yoxud qonun hujjatlariga muvofiq aksiyadorlarning yozma murojaati;”.
3. Quyidagi mazmundagi 201-band bilan toʻldirilsin:
“201. Agar aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining kamida besh foiziga egalik qiluvchi aksiyador (aksiyadorlar) tomonidan chaqirilayotgan boʻlsa, jamiyat aksiyalari egalarining reyestrini shakllantirish toʻgʻrisidagi topshiriqnoma bevosita aksiyador (aksiyadorlar) tomonidan Markaziy depozitariyda rasmiylashtiriladi. Bunda Markaziy depozitariyga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
ushbu Nizomning 20-bandida koʻrsatilgan maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan aksiyador (aksiyadorlar) tomonidan imzolangan topshiriqnoma;
aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini chaqirish toʻgʻrisida jamiyatga yozma talabnoma taqdim etilgan sana holatiga aksiyadorning (aksiyadorlarning) jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining kamida besh foiziga egalik qilishini tasdiqlovchi aksiyador (aksiyadorlar) depo hisobvaragʻidan koʻchirma;
aksiyador (aksiyadorlar) — jismoniy shaxsning pasport nusxasi, uning vakili murojaat qilgan taqdirda vakilning pasport nusxasi, notarial tasdiqlangan ishonchnomani yoki vakillikni tasdiqlovchi boshqa hujjatni ilova qilgan holda;
aksiyador (aksiyadorlar) — yuridik shaxs vakilining pasport nusxasi, mazkur yuridik shaxs tomonidan berilgan va uning muhri bilan tasdiqlangan ishonchnomani, rahbarga nisbatan esa — lavozimga tayinlash toʻgʻrisidagi qarorni ilova qilgan holda;
kuzatuv kengashiga (yoki jamiyat ustavida aksiyadorlar umumiy yigʻilishini oʻtkazish masalasini hal etish vakolati berilgan muayyan shaxs yoki jamiyatning boshqaruv organiga) yuborilgan aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini chaqirish toʻgʻrisidagi yozma talabnomaning nusxasi, uning qabul qilib olinganligini tasdiqlovchi belgi bilan;
aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini chaqirishni rad etish toʻgʻrisidagi kuzatuv kengashi (yoki jamiyat ustavida aksiyadorlar umumiy yigʻilishini oʻtkazish masalasini hal etish vakolati berilgan muayyan shaxs yoki jamiyatning boshqaruv organi) qarori yoxud xati nusxasi, agar mavjud boʻlsa.
Agar reyestrni shakllantirish toʻgʻrisidagi topshiriqnoma aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini chaqirayotgan ikki va undan ortiq aksiyador tomonidan imzolansa, topshiriqnomada shakllantirilgan reyestr beriladigan aksiyadorning yoki uni vakilining familiyasi, ismi, otasining ismi toʻliq koʻrsatiladi.”.
4. Quyidagi mazmundagi 241-band bilan toʻldirilsin:
“241. Ovoz beruvchi aksiyalarning kamida besh foiziga egalik qiluvchi aksiyador (aksiyadorlar) tomonidan reyestrni shakllantirish toʻgʻrisidagi topshiriqnomaga ilova qilingan hujjatlar mazkur Nizomning 201–bandiga muvofiqligini, shuningdek aksiyadorda (aksiyadorlarda) kerakli miqdorda ovoz beruvchi aksiyalar mavjudligini Markaziy depozitariy tekshiradi.”.
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“mazkur Nizomning 201-bandida koʻrsatilgan hujjatlar taqdim etilmaganda, shuningdek navbatdan tashqari umumiy yigʻilishni chaqirayotgan aksiyador (aksiyadorlar) emitent ovoz beruvchi aksiyalarining kamida besh foiziga egalik qilmaganda;”
“aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi oʻtkazilishi toʻgʻrisida aksiyadorlarni xabardor qilish maqsadida aksiyadorlar umumiy yigʻilishini chaqirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanaga, yigʻilish aksiyador (aksiyadorlar) tomonidan chaqirilgan hollarda Markaziy depozitariyga reyestrni shakllantirish toʻgʻrisidagi topshiriqnoma taqdim etilgan sanaga;
aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ishtirok etish huquqini berishga aksiyadorlar umumiy yigʻilishini oʻtkazish sanasidan uch ish kuni oldin;”.
“31. Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi oʻtkazilishi toʻgʻrisida aksiyadorlarni xabardor qilish maqsadida Markaziy depozitariy topshiriqnoma kelib tushgan sanadan keyingi ish kuni soat 12 dan kechiktirmasdan axborotni oshkor qilish toʻgʻrisidagi soʻrovnomani shakllantiradi va tegishli nominal saqlovchilarga yuboradi.”.
8. Quyidagi mazmundagi 451-band bilan toʻldirilsin:
“451. Reyestrni shakllantirish toʻgʻrisidagi topshiriqnoma Markaziy depozitariy tomonidan emitentning barcha qimmatli qogʻozlar nominal saqlovchilaridan mazkur emitent qimmatli qogʻozlari egalarining roʻyxatlari qabul qilinganidan soʻng bir ish kuni davomida bajariladi.”.
“50. Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi oʻtkazilishi toʻgʻrisida aksiyadorlarni xabardor qilish va unda ishtirok etish uchun reyestrlar Markaziy depozitariy tomonidan quyidagicha beriladi:
elektron pochta orqali elektron hujjat koʻrinishida reyestrni shakllantirish toʻgʻrisidagi topshiriqnomani bajarish sanasidan soʻng bir ish kunidan kechiktirmasdan;
elektron tashuvchi qurilmada elektron hujjat koʻrinishida reyestrni shakllantirish toʻgʻrisidagi topshiriqnomani bajarish sanasidan soʻng ikki ish kunidan kechiktirmasdan;
qogʻoz hujjat koʻrinishida reyestrni shakllantirish toʻgʻrisidagi topshiriqnomani bajarish sanasidan soʻng ikki ish kunidan kechiktirmasdan.”.
“59. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishini chaqirayotgan shaxslar tomonidan olingan Markaziy depozitariy tomonidan shakllantirilgan reyestr aksiyadorlar umumiy yigʻilishi oʻtkazilganidan soʻng oʻn kun ichida, agar umumiy yigʻilish oʻtkazilmagan boʻlsa reyestr Markaziy depozitariydan olingan sanadan oʻttiz kundan kechikmasdan emitentga saqlash uchun taqdim etiladi.
Emitent reyestrni qonun hujjatlarida belgilangan tartib va muddatlarda saqlashi shart.”.
“nominal saqlovchilardan qimmatli qogʻozlar egalari roʻyxatlarini, shuningdek aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini chaqirayotgan aksiyadorning (aksiyadorlarning) yetarli miqdorda ovoz beruvchi aksiyalarga egalik qilish tasdigʻini talab etish va olishga;”.
“73. Emitent, transfer-agent, Markaziy depozitariy va nominal saqlovchilar jamiyat aksiyadorlari reyestridagi maʼlumotlarning toʻliqligi va ishonchliligi uchun solidar javobgar boʻladi hamda oʻzining harakatlari (harakatsizligi) tufayli aksiyadorga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplashi shart.
Emitent, transfer-agent, Markaziy depozitariy va nominal saqlovchi oʻrtasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.”.
14. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi D. XIDOYATOV
2014-yil 16-dekabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 1-son, 13-modda)