1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.92.00 (Кучини йукотган) Taʼtillar. Bolalarning yozgi dam olishinishi]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining
Qarori
Korxona, tashkilot va muassasalar tasarrufidagi statsionar bolalar dam oldirish va sogʻlomlashtirish oromgohlari bazasida tashkil etiladigan dam olish maskanlari haqidagi namunaviy nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 14-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2621]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 10-martdagi 67-sonli “Bolalarning dam olishini tashkil etish va sogʻlomlashtirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va Xalq taʼlimi vazirligi qaror qiladi:
1. Korxona, tashkilot va muassasalar tasarrufidagi statsionar bolalar dam oldirish va sogʻlomlashtirish oromgohlari bazasida tashkil etiladigan dam olish maskanlari haqidagi namunaviy nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. ABDUHAKIMOV
Toshkent sh.,
2014-yil 28-avgust,
20 q/q-son
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV
Toshkent sh.,
2014-yil 28-avgust,
16-son
Xalq taʼlimi vaziri U. INOYATOV
Toshkent sh.,
2014-yil 28-avgust,
51-son
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va Xalq taʼlimi vazirligining 2014-yil 28-avgustdagi 20 q/q, 16 va 51-son qaroriga ILOVA
Korxona, tashkilot va muassasalar tasarrufidagi statsionar bolalar dam oldirish va sogʻlomlashtirish oromgohlari bazasida tashkil etiladigan dam olish maskanlari haqidagi
NAMUNAVIY NIZOM
Mazkur Namunaviy nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 10-martdagi 67-sonli “Bolalarning dam olishini tashkil etish va sogʻlomlashtirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, korxona, tashkilot va muassasalar (bundan buyon matnda tashkilot deb yuritiladi) tasarrufidagi statsionar bolalar dam oldirish va sogʻlomlashtirish oromgohlari bazasida tashkil etiladigan dam olish maskanlarining (bundan buyon matnda dam olish maskani deb yuritiladi) maqsadi va vazifalarini hamda ular faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 2572, 2014-yil 7-aprel) muvofiq, oromgoh oʻz bazasida dam olish maskanini tashkil etishi mumkin.
2. Mazkur Namunaviy nizom kasaba uyushmalari, davlat organlari va ular tizimidagi tashkilotlar tasarrufida boʻlgan oromgohlar, shuningdek kasaba uyushmalari mablagʻlari yoʻnaltiriladigan boshqa oromgohlar bazasida qonun hujjatlariga muvofiq alohida yuridik shaxs sifatida tashkil etiladigan dam olish maskanlariga nisbatan tatbiq etiladi.
3. Dam olish maskani doimiy ravishda faoliyat koʻrsatadi, dam olish maskanining oʻz faoliyatini bolalarni sogʻlomlashtirish mavsumida (iyun — avgust oylarida) vaqtincha toʻxtatib turish hollari bundan mustasno.
4. Kasaba uyushmalari, davlat organlari va ular tizimidagi tashkilotlar tasarrufida boʻlgan oromgohlar, shuningdek kasaba uyushmalari mablagʻlari yoʻnaltiriladigan boshqa oromgohlar bazasida qonun hujjatlariga muvofiq alohida yuridik shaxs sifatida tashkil etiladigan dam olish maskanlari ushbu Namunaviy nizom asosida ishlab chiqilgan nizomga ega boʻlishi lozim.
5. Dam olish maskani oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, ushbu Namunaviy nizom va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
6. Dam olish maskani tashkilot maʼmuriyati rahbarligida faoliyat koʻrsatadi. Tashkilot kasaba uyushmasi qoʻmitasi dam olish maskanining ishini tashkil etishda faol ishtirok etadi.
7. Tashkilot maʼmuriyati va kasaba uyushmasi qoʻmitasi dam olish maskanining faoliyati hamda dam oluvchilarga xizmat koʻrsatishning sifati ustidan nazorat qiladi.
2-bob. Dam olish maskanining maqsadi va vazifalari
8. Dam olish maskanining maqsadi dam oluvchilarga sifatli xizmat koʻrsatishni samarali tashkil etish hisoblanadi.
9. Quyidagilar dam olish maskanining vazifalari hisoblanadi:
dam oluvchilarning dam olishi va sogʻlomlashtirilishini tashkil etish;
dam oluvchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish;
dam oluvchilarni oʻzbek xalqining tarixiy va milliy anʼanalari hamda maʼnaviy qadriyatlari bilan tanishtirish;
dam olish maskanining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash.
Dam olish maskani qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.
dam oluvchilarni qabul qilish, joylashtirish va ularni dam olish maskanining ichki tartib qoidalari bilan tanishtirish boʻyicha ishlarni tashkil etadi;
dam olish maskani faoliyati bilan bogʻliq masalalar boʻyicha buyruqlar qabul qiladi hamda dam olish maskaniga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
dam olish maskani hujjatlarining toʻgʻri rasmiylashtirilishi, hisobotlarining olib borilishi va belgilangan tartibda saqlanishini nazorat qiladi;
dam olish maskanining faoliyat yuritishi uchun uni zarur boʻlgan jihozlar, texnik vositalar bilan taʼminlaydi;
dam oluvchilarning murojaatlarini darhol koʻrib chiqadi;
dam olish maskanidagi mol-mulk va boshqa moddiy boyliklarning saqlanishini taʼminlaydi va ularning saqlanishi uchun shaxsan javob beradi;
dam olish maskanining hududi, bino va inshootlarini tegishli sanitariya, gigiyena va yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiqligini taʼminlaydi;
dam olish maskani xodimlari bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mehnat shartnomasini tuzadi, oʻzgartiradi va bekor qiladi.
12. Dam olish maskanida mazkur Namunaviy nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi Dam olish maskanlarida dam oluvchilarni roʻyxatga olish kitobi hamda 2-ilovasiga muvofiq shakldagi Dam olish maskanlarida dam oluvchilarga koʻrsatilgan tibbiy yordamni qayd etish kitobi boʻlishi zarur.
Kitoblar raqamlangan, tikilgan hamda dam olish maskani rahbari tomonidan imzolangan va muhrlangan boʻlishi zarur.
13. Dam olish maskaniga kelgan dam oluvchi dam olish maskanining qabul qilayotgan xodimiga oʻzining shaxsini tasdiqlovchi hujjati va yoʻllanmasini taqdim etishi zarur.
14. Dam olish maskani rahbari dam oluvchilarning hordiq chiqarishlari va salomatliklarini mustahkamlashlari uchun ularning yoshi va sogʻligʻini inobatga olgan holda zarur shart-sharoit yaratadi, sogʻlomlashtirish, madaniy va sport tadbirlarini tashkil etadi va sayohatlar uyushtiradi.
4-bob. Dam olish maskanining huquq va majburiyatlari
15. Dam olish maskani quyidagi huquqlarga ega:
dam olish maskanining ichki tartib qoidalarini buzgan dam oluvchini dam olish maskanidan chetlashtirish;
dam oluvchilar ular tomonidan dam olish maskanining mol-mulkiga va boshqa moddiy boyliklariga yetkazilgan zararni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda undirish.
5-bob. Dam olish maskanining yoʻllanmalarini tayyorlash va sotish
17. Dam olish maskanining yoʻllanmasi dam olish maskani tomonidan mazkur Namunaviy nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda tayyorlanadi.
18. Dam olish maskanining yoʻllanmalari qatʼiy hisobda turuvchi hujjatlar boʻlib, hisobga olish seriyasi va raqamiga ega boʻladi.
19. Dam olish maskanining yoʻllanmalari 12 kunga kelish-ketish jadvaliga muvofiq beriladi.
Dam olish va bayram kunlari uchun 1 — 3 kunlik yoʻllanmalar ham berilishi mumkin.
20. Yoʻllanmalar shaxsning oʻz hisobidan, tashkilot yoki kasaba uyushmasi qoʻmitasi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sotib olinishi mumkin.
21. Dam oluvchi tomonidan yoʻllanmadan foydalanish imkoni boʻlmasa, yoʻllanma dam olish muddati boshlanishidan kamida 3 kun oldin tegishli tashkilotga qaytarilishi lozim.
6-bob. Dam olish maskanining moliyaviy-xoʻjalik faoliyati ustidan nazoratni tashkil etish
22. Dam olish maskanlarini saqlab turish xarajatlari quyidagi manbalar hisobidan qoplanadi:
24. Dam olish maskanining moliyaviy-xoʻjalik faoliyati muntazam ravishda, lekin yiliga kamida bir marta oʻzi tasarrufida boʻlgan tashkilot maʼmuriyati va kasaba uyushmasi qoʻmitasi tomonidan tekshiriladi.
7-bob. Yakuniy qoidalar
25. Mazkur Namunaviy nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
27. Ushbu Namunaviy nizom Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan.
Ichki ishlar vaziri A. AXMEDBAYEV
2014-yil 25-avgust
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi T. NARBAYEVA
2014-yil 25-avgust
Korxona, tashkilot va muassasalar tasarrufidagi statsionar bolalar dam oldirish va sogʻlomlashtirish oromgohlari bazasida tashkil etiladigan dam olish maskanlari haqidagi namunaviy nizomga 1-ILOVA
Dam olish maskanlarida dam oluvchilarni roʻyxatga olish
KITOBI
T/r
Dam oluvchining F.I.O.
Tugʻilgan yili
Ish joyi, lavozimi
Shaxsini tasdiqlovchi hujjati maʼlumotlari (seriyasi, raqami, qachon, kim tomonidan berilgan)
Yoʻllanmasining seriyasi va raqami
Yoʻllanmada koʻrsatilgan muddat
Dam olgan kuni
Eslatma
dan
gacha
dan
gacha
1
2
3
4
5
6
7
8
9
Tashkilot maʼmuriyati
__________________________________ (F.I.O. va lavozimi)
Kasaba uyushmasi qoʻmitasi:
__________________________________ (F.I.O. va lavozimi)
Korxona, tashkilot va muassasalar tasarrufidagi statsionar bolalar dam oldirish va sogʻlomlashtirish oromgohlari bazasida tashkil etiladigan dam olish maskanlari haqidagi namunaviy nizomga 2-ILOVA
Dam olish maskanlarida dam oluvchilarga koʻrsatilgan tibbiy yordamni qayd etish
KITOBI
T/r
Tibbiy yordam koʻrsatilgan sana
Tibbiy yordam koʻrsatilgan dam oluvchining F.I.O.
Tugʻilgan yili
Koʻrsatilgan tibbiy yordam
Tashxis
Tibbiy yordam koʻrsatgan tibbiyot xodimining F.I.O.
Tibbiyot xodimining imzosi
1
2
3
4
5
6
7
8
Tashkilot maʼmuriyati
__________________________________ (F.I.O. va lavozimi)
Kasaba uyushmasi qoʻmitasi:
__________________________________ (F.I.O. va lavozimi)
Korxona, tashkilot va muassasalar tasarrufidagi statsionar bolalar dam oldirish va sogʻlomlashtirish oromgohlari bazasida tashkil etiladigan dam olish maskanlari haqidagi namunaviy nizomga 3-ILOVA
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 42-son, 523-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)