

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                        <div class="act_warning">
                            Hujjat kuchini yo‘qotgan&nbsp;03.04.2017
                        </div>
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-2367091" id="onLBC-2367091">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7328"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.92.00 (Кучини йукотган) Taʼtillar. Bolalarning yozgi dam olishinishi]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-2367091" id="onLS-2367091">[<b>TSZ:</b><div id="LS3702"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]</span></div></div></div><div class="OFFICIAL_SOUR_TEXT"><label id="s9496"></label><div name="-2367124" id="-2367124"><a href="/files/-2368896.pdf">PDF-faylidagi rasmiy manba</a></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-2367125" id="-2367125">OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TAʼLIMI VAZIRLIGI<br /> OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASh VAZIRLIGINING</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-2367126" id="-2367126">Qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-2367127" id="-2367127">Bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida</div></div><div class="DEPARTMENTAL"><div name="-2367128" id="-2367128">[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 7-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2572]</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2367129" id="-2367129"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-3151423" id="-3151423">Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2017-yil 24-fevraldagi 2-mh, 80-sonli “Bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi <a href="/mact/-3148977?ONDATE=03.04.2017 00#-3149017">qaroriga </a>(roʻyxat raqami 2872, 31.03.2017-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2367130" id="-2367130">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 10-martdagi 67-son “Bolalarning dam olishini tashkil etish va sogʻlomlashtirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi <a href="/mact/-1977487">qaroriga</a> (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 11-son, 118-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi qaror qiladilar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2367131" id="-2367131">1. Bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari toʻgʻrisidagi nizom <a href="/mact/-2367091#-2367151">ilovaga</a> muvofiq tasdiqlansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2367136" id="-2367136">2. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2011-yil 18-maydagi 15, 11-son “Bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari haqidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi <a href="/mact/-1819458">qarori</a> (roʻyxat raqami 2235, 2011-yil 10-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 24-son, 251-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2367137" id="-2367137">3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-2367139" id="-2367139">Xalq taʼlimi vaziri U. INOYATOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2367140" id="-2367140">Toshkent sh., </div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2367141" id="-2367141">2014-yil 11-mart,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-2367142" id="-2367142">9-son</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-2367143" id="-2367143">Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2367145" id="-2367145">Toshkent sh., </div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2367147" id="-2367147">2014-yil 11-mart,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-2367148" id="-2367148">3-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2367149" id="-2367149"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-2367151" id="-2367151">Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2014-yil 11-martdagi 9, 3-son<a href="/mact/-2367091"> qaroriga </a><br />ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-2367153" id="-2367153">Bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari toʻgʻrisidagi</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-2367155" id="-2367155">NIZOM</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2367156" id="-2367156"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2367158" id="-2367158">Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “<a href="/mact/-16188">Taʼlim toʻgʻrisida</a>”gi hamda “<a href="/mact/-18156">Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida</a>”gi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 10-martdagi 67-son “Bolalarning dam olishini tashkil etish va sogʻlomlashtirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi<a href="/mact/-1977487"> qaroriga </a>muvofiq, bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlarining (bundan buyon matnda oromgoh deb yuritiladi) maqsadi, vazifalari va funksiyalarini hamda ularning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2367160" id="-2367160">1-bob. Umumiy qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2367165" id="-2367165">1. Oromgoh sanitariya-gigiyena, sanitariya-epidemiologiya hamda xavfsizlik talablariga toʻliq javob beradigan va qulay sharoitda bolalarning belgilangan kundalik hayot tarziga rioya etishi, sifatli ovqatlanishi, ijodiy salohiyatining rivojlanishi, sogʻlom turmush tarzi koʻnikmalarining shakllanishi, dam oldirilishi, salomatliklarining tiklanishi va mustahkamlanishi, jismoniy tarbiya, sport va turizm bilan shugʻullanishlarini taʼminlovchi sogʻlomlashtirish muassasasi hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2367167" id="-2367167">2. Ushbu Nizom talablari kasaba uyushmalari, davlat organlari va ular tizimidagi tashkilotlar tasarrufida boʻlgan oromgohlar faoliyatiga, shuningdek kasaba uyushmalari mablagʻlari yoʻnaltiriladigan boshqa oromgohlar faoliyatiga nisbatan tatbiq etiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2367170" id="-2367170">3. Oromgoh oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining <a href="/mact/-20596">Konstitutsiyasi</a> va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizom va boshqa qonun hujjatlariga hamda oʻz ustaviga amal qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2367173" id="-2367173">4. Oromgoh yuridik shaxs hisoblanadi, oʻz ustaviga, mustaqil balansiga, bank hisobvaragʻiga, oʻz nomi yozilgan muhrga, yuridik manzili koʻrsatilgan shtamp va blankalarga ega boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2367174" id="-2367174">5. Oromgoh davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlar (bundan buyon matnda Balansda saqlovchi deb ataladi) tomonidan tashkil etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2367176" id="-2367176">Oromgoh bir nechta Balansda saqlovchi va kasaba uyushmalari organlarining birgalikdagi mablagʻlari asosida tashkil etilishi mumkin. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2367177" id="-2367177">2-bob. Oromgohning maqsadi, vazifalari va funksiyalari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2367178" id="-2367178">6. Oromgohning maqsadi — bolalarning oʻqishdan tashqari vaqtini sermazmun oʻtkazish, ularning ham jismoniy, ham ruhiy jihatdan hordiq chiqarishlarini taʼminlash, ular ongiga milliy gʻoyani, vatanparvarlik tuygʻularini hamda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni singdirish orqali har tomonlama barkamol avlodni voyaga yetkazishdan iboratdir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2367179" id="-2367179">7. Quyidagilar oromgohning asosiy vazifalari hisoblanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2367180" id="-2367180">bolalarning dam olishi va sogʻlomlashtirilishini tashkil etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2367181" id="-2367181">bolalarning jismoniy, intellektual, maʼnaviy va axloqiy kamol topishiga koʻmaklashish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2367182" id="-2367182">bolalarni oʻzbek xalqining tarixiy va milliy anʼanalari hamda maʼnaviy qadriyatlari bilan tanishtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2367183" id="-2367183">bolalarda “ommaviy madaniyat”ning turli illatlariga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish, ular ongiga umuminsoniy va milliy qadriyatlarni singdirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2367184" id="-2367184">bolalarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2367185" id="-2367185">oromgohning moddiy-texnik taʼminotini mustahkamlash.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2367186" id="-2367186">Oromgoh qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2367187" id="-2367187">8. Oromgoh oʻziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2367189" id="-2367189">bolalarning har tomonlama kamol topishi, xususan, ularning shaxsi, qiziqishlari, iqtidorining rivojlanishi, mustaqil bilim olishi va ijodiy mehnat qilishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2367191" id="-2367191">bolalarning ehtiyojlariga muvofiq ularning ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirishga qaratilgan toʻgaraklar tashkil etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2367193" id="-2367193">fan asoslari boʻyicha qoʻshimcha taʼlim xizmatlari koʻrsatadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2367195" id="-2367195">bolalar bilan sanʼat va hunarmandchilik yoʻnalishlari boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkazadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2367196" id="-2367196">qobiliyatli, iqtidorli bolalarni aniqlaydi, ularning shaxsini rivojlantirishga qaratilgan musobaqalar, texnik, badiiy ijodiyot, oʻlkashunoslik, ekologiya va boshqa yoʻnalishlardagi tadbirlarni tashkil etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2367197" id="-2367197">sogʻlomlashtirish mavsumidan tashqari vaqtlarda shartnoma asosida turli tashkilotlar bilan seminarlar, sport musabaqalari va boshqa tadbirlarni oʻtkazadi, shuningdek oʻz bazasida dam olish maskanlarini tashkil etadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2367198" id="-2367198">Oromgoh qonun hujjatlariga muvofiq oʻz maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2367199" id="-2367199">3-bob. Oromgoh faoliyatini tashkil etish</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2367200" id="-2367200">1-§. Umumiy qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2367205" id="-2367205">9. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 10-martdagi 67-son qarori bilan tasdiqlangan Respublika oromgohlarida bolalarning dam olishini tashkil etish va sogʻlomlashtirish <a href="/mact/-1977487#-1977697">konsepsiyasiga</a> muvofiq, oromgohlar 2 turga ajratiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2367206" id="-2367206">1) statsionar oromgohlar — statsionar baza asosida qurilgan yoki vaqtinchalik ijaraga olingan obyektlarda tashkil etilib, unda bolalar smena davomida yashaydi. Mazkur oromgohlar statsionar oromgohlar joylashuvi, taʼminoti va kun tartibini tashkil etishning sanitariya normalari va qoidalari talablariga asosan faoliyat olib boradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2367207" id="-2367207">2) kunduzgi oromgohlar — umumtaʼlim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, sport, ijtimoiy xizmat koʻrsatish, sanatoriy-kurort muassasalari, klublar qoshida vaqtinchalik tashkil etilib, unda bolalar faqatgina kunduz kuni dam oldiriladi va sogʻlomlashtiriladi. Ushbu oromgohlar faoliyati taʼtil davrida bolalarning kunduz kuni dam olishlarini taʼminlash va sogʻlomlashtirish oromgohlari joylashuvi, taʼminoti va kun tartibini tashkillashtirishning gigiyena talablariga muvofiq yuritiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2367209" id="-2367209">10. Bolalar oromgohlarga yoʻllanma asosida yuboriladi. Bunda oromgohga yoʻllanmalar bolalarning ota-onalari ishlayotgan tashkilotlar, ota-onalar, homiylar, kasaba uyushmalari tashkilotlarining mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan xarid qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2367211" id="-2367211">11. Oromgohlarda bolalarni sogʻlomlashtirish muddatlari hududiy sogʻliqni saqlash organlarining tavsiyalari va tabiiy-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosati tomonidan belgilanadi. Bunda sogʻlomlashtirish muddatlari yozgi mavsumda 10 kundan, kuzgi, qishki va bahorgi mavsumda 7 kundan kam boʻlmasligi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2367213" id="-2367213">12. Oromgohda bolalarning yoshini hisobga olgan holda guruhlar tuziladi. Guruhlardagi bolalar soni 7 — 9 yoshdagi bolalar uchun 30 nafardan, 10 — 18 yoshdagi bolalar uchun 40 nafardan oshmasligi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2367214" id="-2367214">13. Oromgohlarda Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 10-martdagi 67-son qarori bilan tasdiqlangan Respublika oromgohlarida bolalarning dam olishini tashkil etish va sogʻlomlashtirish<a href="/mact/-1977487#-1977697"> konsepsiyasida </a>nazarda tutilgan xizmatlar koʻrsatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2367215" id="-2367215">14. Oromgohlarda dam oluvchilar uchun ovqatlanish va boshqa maishiy sharoitlarni tashkil etishda sanitariya normalari va qoidalariga rioya qilinishi zarur. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2367216" id="-2367216">15. Oromgohlar bolalarning yoshini eʼtiborga olgan holda tarbiyaviy ishlarning mazmuni boʻyicha quyidagi ixtisoslashgan yoʻnalishlarda tashkil etilishi mumkin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2367219" id="-2367219">intellektual rivojlantirish oromgohlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2367220" id="-2367220">sport-sogʻlomlashtirish oromgohlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2367227" id="-2367227">sanatoriy-sogʻlomlashtirish oromgohlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2367228" id="-2367228">mehnat va dam oldirish oromgohlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2367229" id="-2367229">harbiy-sport oromgohlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2367231" id="-2367231">ekologik-biologik, oʻlkashunoslik oromgohlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2367232" id="-2367232">ixtisoslashgan bolalar oromgohlari.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2367233" id="-2367233">Tashkilotchilarning taklif va tashabbuslari bilan boshqa yoʻnalishlarda ham oromgohlar faoliyati tashkil etilishi mumkin.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2367234" id="-2367234">2-§. Intellektual rivojlantirish oromgohlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2367235" id="-2367235">16. Intellektual rivojlantirish oromgohlari fan olimpiadalari, taʼlim muassasalari boʻyicha oʻtkazilgan boshqa musobaqalar gʻoliblari boʻlgan 10–14 yoshdagi bolalarni dam oldirish va sogʻlomlashtirish uchun tashkil etilgan boʻlib, unda bir yoki bir nechta fanlar yoxud tillar chuqurlashtirilgan tarzda oʻrganilishiga eʼtibor beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2367236" id="-2367236">17. Intellektual rivojlantirish oromgohlari intellektual oʻquv mashgʻulotlari va madaniy-maʼrifiy tadbirlar dasturlari asosida faoliyat koʻrsatadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2367237" id="-2367237">Intellektual oʻquv mashgʻulotlari dasturi fan yoʻnalishlari boʻyicha dars va toʻgarak mashgʻulotlari, mahorat darslari, fan kechalari, turli musobaqa, viktorina va boshqa tanlovlar shaklida amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2367239" id="-2367239">Madaniy-maʼrifiy tadbirlar dasturi sport musobaqalari, ijodiy uchrashuvlar, adabiy-badiiy kechalar va konsert dasturlari, insho va rasmlar tanlovlari, shuningdek oromgohlar uchun tavsiya etilgan filmlar namoyishi shaklida tashkil etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2367241" id="-2367241">18. Intellektual oʻquv mashgʻulotlari va madaniy-maʼrifiy tadbirlar dasturlarini amalga oshirishda olimlar va oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari, adabiyot va sanʼat arboblari ular bilan kelishilgan holda taklif etiladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2367242" id="-2367242">3-§. Sport-sogʻlomlashtirish oromgohlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2367243" id="-2367243">19. Sport-sogʻlomlashtirish oromgohlari 8 — 18 yoshdagi bolalar uchun sport yoʻnalishidagi taʼlim muassasalari tarbiyalanuvchilarining oʻquv-mashq mashgʻulotlarini davom ettirishlari, ularning sport mahoratini takomillashtirish, jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirish, sogʻligʻini mustahkamlashga yoʻnaltirilgan boʻlib, unda bolalarning yoshi va sport turining oʻziga xos xususiyatlari asosida har xil guruhlar tuzilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2367245" id="-2367245">20. Sport-sogʻlomlashtirish oromgohlaridagi oʻquv-mashq mashgʻulotlari bolalar sport maktablarida oʻtkaziladigan oʻquv jarayonining davomi boʻlib, mazkur muassasalar uchun moʻljallangan dasturlar asosida murabbiylar tomonidan olib boriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2367246" id="-2367246">21. Sport-sogʻlomlashtirish oromgohiga tarbiyachi va yetakchilar sifatida bolalar uchun sport yoʻnalishidagi taʼlim muassasalarining murabbiylari kelishuv boʻyicha jalb etiladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2367247" id="-2367247">4-§. Sanatoriy-sogʻlomlashtirish oromgohlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2367249" id="-2367249">22. Sanatoriy-sogʻlomlashtirish oromgohlari yurak qon-tomir tizimining kasallanishi, nafas olish, ovqat hazm qilish organlari, tayanch-harakat apparatining oʻziga xos boʻlmagan xususiyatlari bilan betob boʻlib turadigan 7 — 14 yoshdagi bolalarni dam oldirish va sogʻlomlashtirish uchun tashkil etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2367251" id="-2367251">23. Sanatoriy-sogʻlomlashtirish oromgohlari statsionar baza asosida qurilgan sogʻlomlashtirish oromgohlari, sanatoriya turidagi maktab-internatlar, sanatoriy-profilaktoriylar bazasida, shuningdek oʻrmon, daryo va boshqa suv havzalari yonida joylashgan hamda yetarli darajada koʻkalamzorlashtirilgan, zarur jihozlar bilan taʼminlangan obyektlarda tashkil etilishi mumkin. Mazkur oromgohlarda bolalarning sogʻlomlashtirilishini tashkil etish davolash-sogʻlomlashtirish rejimiga qatʼiy rioya qilgan holda chiniqish bilan birga olib boriladigan davolash badan tarbiyasi, toʻyimli ovqatlanish hamda kasallik turi va xususiyatiga mos keluvchi profilaktik muolajaga asoslanishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2367252" id="-2367252">24. Sanatoriy-sogʻlomlashtirish oromgohlarida bolalarning jismoniy tarbiyasi tibbiy nazorat ostida olib boriladi. Ushbu oromgohlarda sogʻlomlashtirilayotgan bolalar uchun jismoniy zoʻriqish darajasi va rejimi shifokor tomonidan belgilanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2367253" id="-2367253">25. Sanatoriy-sogʻlomlashtirish oromgohlarida olis masofaga va uzoq davom etuvchi sayohatlar, harbiy oʻyinlar va sport musobaqalarini oʻtkazish tavsiya etilmaydi, uzoqqa yoki tezroq yugurishni, chidamlilikni nazarda tutuvchi boshqa mashgʻulot turlari cheklangan holda oʻtkaziladi. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2367254" id="-2367254">5-§. Mehnat va dam oldirish oromgohlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2367255" id="-2367255">26. Mehnat va dam oldirish oromgohlari umumtaʼlim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining 15 — 18 yoshdagi oʻquvchilarini dam oldirish va sogʻlomlashtirishni ularning ijtimoiy foydali mehnati bilan birga olib borish maqsadida tashkil etiladi. Unda bolalar ijtimoiy foydali mehnatga tayyorlanadi, ularning mehnat koʻnikmalari shakllantiriladi. Oʻquvchilarning qiziqishlari va ehtiyojlarini moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish oromgohni tashkil etishning asosiy sharti hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2367256" id="-2367256">27. Mehnat va dam olish oromgohlari kunduzgi oromgoh sifatida turli tashkilotlar, shu jumladan fermer xoʻjaliklari bazasida tashkil etiladi. Mazkur oromgohlarda har bir mavsum ushbu Nizomning <a href="/mact/-2367091#-2367211">11-bandida </a>nazarda tutilgan tartibda 12 kundan koʻp boʻlmagan muddatga belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2367260" id="-2367260">28. Bolalarni ijtimoiy foydali mehnatga tayyorlash va ularning mehnat koʻnikmalarini shakllantirishda bajarayotgan ishining turi va muddatlaridan qatʼi nazar, 18 yoshga yetmagan shaxslar uchun belgilangan sanitariya-epidemiologik qoidalar va mehnatni muhofaza qilish qoidalari talablariga rioya qilinishi shart. Mazkur muassasalarga qabul qilingan bolalar Oʻn sakkiz yoshdan kichik shaxslarning mehnati qoʻllanishi taqiqlanadigan noqulay mehnat sharoitlari ishlari<a href="/mact/-1503069#-1503133"> roʻyxatida </a>(roʻyxat raqami 1990, 2009-yil 29-iyul) nazarda tutilgan ishlarga jalb qilinmasligi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2367262" id="-2367262">29. Mehnat va dam olish oromgohlarining kun tartibini ishlab chiqishda bolalarning mehnat faoliyatini jismoniy sogʻlomlashtirish va madaniy-ommaviy tadbirlar bilan uygʻunlashtirilgan holda olib borish nazarda tutiladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2367263" id="-2367263">6-§. Harbiy-sport oromgohlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2367266" id="-2367266">30. Harbiy-sport oromgohlari 12 — 17 yoshdagi bolalarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yoshlarni Vatan mudofaasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari saflarida xizmat qilishga tayyorlash maqsadida yozgi taʼtil mavsumida ichki ishlar organlarining profilaktik hisobida turuvchi voyaga yetmaganlar uchun 10 kundan kam boʻlmagan muddatga maxsus dastur asosida tashkil etiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2367274" id="-2367274">31. Harbiy-sport oromgohlarida voyaga yetmaganlar bilan sport mashgʻulotlari, psixologlar ishtirokida seminar-treninglar va turli madaniy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkaziladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2367276" id="-2367276">7-§. Ekologik-biologik, oʻlkashunoslik oromgohlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2367279" id="-2367279">32. Ekologik-biologik, oʻlkashunoslik oromgohlarida 7 — 14 yoshdagi bolalar uchun sayyohlik-oʻlkashunoslik va ekskursiya ishlarining serqirra turlari tashkil etiladi, bolalarga mamlakatimizning tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy va tarixiy jihatdan oʻziga xos jihatlari chuqur oʻrgatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2367280" id="-2367280">33. Ekologik-biologik, oʻlkashunoslik oromgohlarida bolalar uchun sayyohlik, oʻlkashunoslik, tabiatshunoslik va ekologiya yoʻnalishlarida toʻgaraklar tashkil etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2367281" id="-2367281">Mazkur toʻgaraklarda bolalarga tabiat hodisalarini kuzatish va taqqoslash, ekologik muammolarni oʻrganish va muhokama qilish, shuningdek ushbu maqsadlarda bevosita tajriba oʻtkazish uchun zarur shart-sharoitlar yaratiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2367282" id="-2367282">34. Ekologik-biologik, oʻlkashunoslik oromgohlari tomonidan ularda oʻtkaziladigan mashgʻulotlarning xususiyatini inobatga olgan holda turli yoʻnalishlar boʻyicha sayohatlar tashkil etiladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2367283" id="-2367283">8-§. Ixtisoslashgan bolalar oromgohlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2367284" id="-2367284">35. Ixtisoslashgan bolalar oromgohlari 7 — 14 yoshdagi bolalarda yetakchilik va faollikni shakllantirish, ularning ijtimoiy moslashuv koʻnikmalarini oshirishga yoʻnaltiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2367286" id="-2367286">36. Ixtisoslashgan bolalar oromgohlarining faoliyati, qoida tariqasida, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tizimidagi “Mehribonlik” uylarida tarbiyalanayotgan oʻquvchilarning taʼtil paytida dam olishlari va salomatliklarini mustahkamlashni hamda ularga qoʻshimcha taʼlim-tarbiya berishni nazarda tutgan holda tashkil etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2367288" id="-2367288">37. Ixtisoslashgan bolalar oromgohlarida tarbiyachi sifatida “Mehribonlik” uylarining xizmatchilari, toʻgarak rahbarlari sifatida esa “Barkamol avlod” bolalar markazlarining pedagog xodimlari jalb etiladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2367290" id="-2367290">4-bob. Oromgohni boshqarish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2367291" id="-2367291">38. Oromgoh faoliyatiga kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishilgan holda Balansda saqlovchi tomonidan tayinlanadigan boshliq rahbarlik qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2367292" id="-2367292">39. Oromgoh xodimlarining shtatlar jadvali oromgohning bolalarni qabul qilish quvvatidan kelib chiqqan holda Balansda saqlovchi va kasaba uyushmasi qoʻmitasi tomonidan ishlab chiqiladi va Balansda saqlovchi tomonidan tasdiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2367293" id="-2367293">40. Oromgoh xodimlari mehnat shartnomasi asosida oromgoh boshligʻining buyrugʻi bilan ishga qabul qilinadi va lavozimidan ozod etiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2367294" id="-2367294">41. Tibbiyot xodimlari oromgohga tegishli hududiy sogʻliqni saqlash organlari bilan kelishgan holda ishga qabul qilinadi. Tibbiyot xodimlari va oromgoh rahbariyati bolalarning hayoti, sogʻligʻi va jismoniy rivojlanishi, ular bilan mavsum davomida davolash-profilaktika ishlari olib borilishi, sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga rioya qilinishi uchun masʼul hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2367295" id="-2367295">42. Statsionar turdagi oromgoh xodimlari uchun yashash va ovqatlanish bepul amalga oshiriladi va buning uchun sarflanadigan xarajatlar Balansda saqlovchi hisobidan qoplanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2367296" id="-2367296">5-bob. Oromgohni moliyalashtirish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2367297" id="-2367297">43. Statsionar turdagi oromgohni doimiy saqlash boʻyicha xarajatlar Balansda saqlovchi tomonidan amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2367298" id="-2367298">Agar oromgoh bir nechta Balansda saqlovchi va kasaba uyushmalarining birgalikdagi mablagʻlari asosida tashkil etilgan boʻlsa, uni moddiy taʼminlash boʻyicha xarajatlar oromgohni tashkil etishda ishtirok etgan tashkilotlar tomonidan oromgohga sogʻlomlashtirish uchun joʻnatilgan bolalarning soniga mutanosib ravishda qoplanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2367299" id="-2367299">44. Kunduzgi oromgohlarni moddiy taʼminlash, bolalarni sogʻlomlashtirish, tarbiyaviy ishlarni oʻtkazish, shuningdek xodimlarning ish haqi, ovqatlanishi uchun zarur boʻlgan xarajatlar Balansda saqlovchi hamda tegishliligiga koʻra hududiy xalq taʼlimi yoki oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi organlari tomonidan kasaba uyushmasi organi bilan kelishilgan holda tuziladigan xarajatlar smetasiga muvofiq amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2367300" id="-2367300">45. Bolalarni oromgohlarda saqlash xarajatlari quyidagi manbalar hisobidan qoplanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2367301" id="-2367301">ijtimoiy sugʻurta mablagʻlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2367302" id="-2367302">kasaba uyushmalari budjeti mablagʻlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2367303" id="-2367303">sogʻlomlashtirilayotgan bolalar ota-onalarining oromgohga yoʻllanmalar uchun toʻlaydigan mablagʻlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2367304" id="-2367304">Balansda saqlovchining mablagʻlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2367305" id="-2367305">homiylarning mablagʻlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2369538" id="-2369538">qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2367306" id="-2367306">46. Bolalarni oromgohlarda dam oldirish va sogʻlomlashtirish uchun zarur boʻlgan kasaba uyushmalari budjeti mablagʻlari miqdori kasaba uyushmalari hisobidan sogʻlomlashtirilishi rejalashtirilgan bolalar sonidan kelib chiqib aniqlanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2367307" id="-2367307">47. Balansda saqlovchi oromgohning bolalarni qabul qilish quvvati doirasida oromgohga oʻz hisobidan bolalar uchun qoʻshimcha oʻrinlar tashkil qilishi mumkin. Bunda oromgohdagi bolalar sonining ortishi va ularning taʼminoti bilan bogʻliq xarajatlar, shu jumladan, bolalarning ovqatlanishi, davolanishi, oromgoh xodimlarining ish haqi uchun qoʻshimcha mablagʻlar va boshqa xarajatlar Balansda saqlovchi tomonidan qoplanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2367308" id="-2367308">48. Oromgohning buxgalteriya hisobi va hisoboti buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2367309" id="-2367309">49. Oromgohning moliyaviy-xoʻjalik faoliyati muntazam ravishda, lekin dam olish mavsumi davomida kamida bir marta Balansda saqlovchi va kasaba uyushmasi qoʻmitasi tomonidan tekshiriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2367310" id="-2367310">50. Dam olish mavsumi tugagach, oromgohning moliyaviy-xoʻjalik faoliyati Balansda saqlovchi va kasaba uyushmasi qoʻmitasi tomonidan taftish qilinadi hamda oromgohning mol-mulki toʻliq xatlovdan oʻtkaziladi. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2367311" id="-2367311">6-bob. Yakuniy qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2367312" id="-2367312">51. Oromgohni qayta tashkil etish yoki tugatish Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2367313" id="-2367313">52. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Oʻzbekiston Fermyerlari kengashi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-2367314" id="-2367314">Moliya vaziri R. AZIMOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2367315" id="-2367315"></div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2367316" id="-2367316">2014-yil 10-mart</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-2367317" id="-2367317">Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. XAITOV </div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2367318" id="-2367318"></div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2367319" id="-2367319">2014-yil 6-mart</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-2367320" id="-2367320">Ichki ishlar vaziri A. AXMEDBOYEV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2367321" id="-2367321"></div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2367322" id="-2367322">2014-yil 6-mart</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-2367323" id="-2367323">Madaniyat va sport ishlari vaziri M. XODJIMATOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2367324" id="-2367324"></div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2367325" id="-2367325">2014-yil 5-mart</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-2367326" id="-2367326">Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi T. NARBAYEVA </div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2367327" id="-2367327"></div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2367328" id="-2367328">2014-yil 4-mart</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-2367329" id="-2367329">Oʻzbekiston Fermyerlari kengashi raisi S. TURDIYEV </div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2367330" id="-2367330"></div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2367331" id="-2367331">2014-yil 3-mart</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-2367332" id="-2367332">Savdo-sanoat palatasi raisi A. ShAYXOV </div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2367333" id="-2367333"></div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2367334" id="-2367334">2014-yil 3-mart</div></div><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-2369076" id="-2369076">(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 15-son, 171-modda)</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
