1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.03.00.00 Notariat / 18.03.02.00 Notarial faoliyatining tashkiliy asoslari;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Adliya organlari. Notariat. Yuridik xizmat]
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 26-sentabrda 2151-2-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 26-iyundagi 147-mh-sonli “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3250, 26.06.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 29-oktabrdagi 232-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2151, 2010-yil 29-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 44-45-son, 390-modda) bilan tasdiqlangan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomgailovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy meʼyoriy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi (B. Boliyev) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (D. Saʼdullayev) hamda Notariat, advokatura va FHDY organlari boshqarmasi (D. Yakubova) ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini taʼminlasin.
4. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari A. Usmanov zimmasiga yuklansin.
Vazir N. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
2014-yil 26-sentabr,
245-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 26-sentabrdagi 245-mh-son buyrugʻiga ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 6-banddagi “raisi boʻlmaganda” degan soʻzlar “raisi vaqtincha boʻlmaganda (xizmat safari, mehnat taʼtili, kasallik va h. k.)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 12-bandning oʻn birinchi xatboshisi “hisobotini eshitish” degan soʻzlardan keyin “, notariuslar tomonidan gʻayrihuquqiy xatti-harakatlar sodir etilganligi holatini muhokama qilish” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
3. 18-banddan “va talabgorni malaka imtihoniga qoʻyish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
4. 20-banddagi “imtihonini qabul qilishga yoʻl qoʻyilmaydi” degan soʻzlar “imtihoni qabul qilinadi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
“Malaka imtihonini topshirgan, lekin notarius lavozimida uch yil mobaynida ishlamagan fuqaro malaka imtihonini qayta topshirganda, mazkur bandning sakkizinchi xatboshisida nazarda tutilgan hujjatlar talab etilmaydi.”.
6. 27-band quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Bunda hujjatlar adliya boshqarmasining devonxonasida roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim.”.
7. 28-bandning birinchi xatboshisi “uzrli sabablarga koʻra” degan soʻzlardan keyin “(kasallik, homiladorlik va tugʻish taʼtillari, bola parvarishlash taʼtillari, harbiy yigʻinlarga chaqirilganlik va shu kabi holatlarda)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 40-son, 501-modda)