Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Korxonalar, tashkilotlar va muassasalarni bozor jamgʻarmasining baʼzi tovarlari bilan mayda ulgurji tartibda taʼminlash barcha tizimdagi savdo tashkilotlariga yuklatilganligini hisobga olib Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Savdo tashkilotlari boʻlmagan isteʼmolchilarga bozor jamgʻarmasi tovarlarini sotish Vazirlar Mahkamasining “Korxonalar, tashkilotlar va muassasalarga bozor jamgʻarmasi tovarlarini mayda ulgurji savdo boʻyicha sotishni tartibga solish toʻgʻrisida” 1992-yil 8-iyuldagi 314-son
qaroriga muvofiq amalga oshirilsin.
2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududida baravar toʻlov vositasi sifatida “Soʻm-Kuponlar”ni muomalaga kiritish toʻgʻrisida” 1993-yil 12-noyabrdagi 550-son qarorining
14-bandi;
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududida “Soʻm-Kuponlar” muomalasi tartibini yanada takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 1993-yil 30-noyabrdagi 578-son qarori 3-bandining
ikkinchi xat boshi.