1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.04.00 Kichik va xususiy tadbirkorlik. Oilaviy tadbirkorlik]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Umumiy masalalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
KIChIK TADBIRKORLIK (BIZNES) SUBʼEKTLARIGA TEGIShLI BOʻLGAN KORXONALAR VA TAShKILOTLAR KLASSIFIKATSIYASINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 24-avgustdagi 275-sonli “Iqtisodiy faoliyat turlarini tasniflashning xalqaro tizimiga oʻtish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy tadbirkorlik, kichik va oʻrta biznesni rivojlantirishni yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 9-apreldagi Farmoniga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2003-yil 30-avgustdagi Farmonining 3-bandini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Kichik tadbirkorlik (biznes) subyektlariga tegishli boʻlgan korxonalar va tashkilotlar klassifikatsiyasi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat statistika qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2004-yilning 1-yanvaridan boshlab korxonalar turlarini aniqlashda, statistika Hisobi va hisobotlarini, soliq va moliyaviy hisob-kitoblarni amalga oshirishda tasdiqlangan klassifikatsiyaga qatʼiy amal qilsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R. S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV