1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.01 Eksport;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.02 Import]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Eksport va import]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Eksport-import operatsiyalari monitoringini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
LexUZ sharhi
Mazkur hujjatda koʻrsatilgan import va eksport kontraktini hisobga qoʻyish toʻgʻrisidagi guvohnomalar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 25-avgustdagi PQ-1604-son qaroriga asosan 2011-yilning 1-sentabridan bekor qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida tashqi savdo faoliyatini yanada erkinlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 26-sentabrdagi PF-3321-son Farmonini bajarish yuzasidan, shuningdek respublikada import operatsiyalarini amalga oshirishni yanada tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Tashqi savdo operatsiyalarining bojxona monitoringini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 30-dekabrdagi 379-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 2-son, 24-modda)
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 30-dekabrdagi 379-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2013-y., 2-son, 24-modda)
Monitoringni amalga oshirish hamda bojxona organlarining soliq organlari va tijorat banklari bilan oʻzaro hamkorligi muvofiqlashtirilishi uchun shaxsiy javobgarlik Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi rahbariyati, hududiy boshqarmalar, bojxona komplekslari va postlari boshliqlari zimmasiga yuklansin.
(1-bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-yanvardagi 16-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 09/18/16/0549-son)
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
2. 2003-yil 1-oktabrdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan Davlat soliq qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, Markaziy bank, vakolatli banklar hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi amalga kiritilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Bojxona statistikasi va tahlili markazi, uning boʻlimlari va guruhlari hududiy boshqarmalar, bojxona komplekslari va postlari tarkibida bojxona yuk deklaratsiyalari asosida maʼlumotlarning statistik elektron bazasini shakllantiradilar hamda tovarlarning kelib tushishi yoki yuklab joʻnatilishi toʻgʻrisidagi axborotlarning Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga oʻz vaqtida va toʻgʻri kiritilishi uchun javob beradilar.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi bir oy muddatda:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda zimmasiga monitoring olib borish va Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi bilan ishlash funksiyalari yuklangan rahbarlar, xodimlar va texnik xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlashni taʼminlasin;
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.01.00 Bojxona nazorati]
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Bojxona kodeksiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida tovarlar va transport vositalarini bojxonadan keyin nazorat qilish tizimini joriy etish, shu jumladan Davlat bojxona qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalari tuzilmasida uni amalga oshirish boʻyicha boʻlinmalar tashkil etish yuzasidan takliflar tayyorlasin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida ekspertizadan oʻtkaziladigan import kontraktlari boʻyicha maʼlumotlarni xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga kiritish Vazirlikning tegishli xulosasi mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 21-iyuldagi 199-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 30-son, 371-modda)
bojxona organlari tomonidan eksport-import operatsiyalari, bojxona rasmiylashtiruvi va tashqi savdo kontraktlariga doir hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi boʻyicha qonun hujjatlari talablarining buzilishi hollari aniqlangan taqdirda bojxona organlari Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq chora-tadbirlar koʻradilar, shuningdek koʻrsatib oʻtilgan hollar va koʻrilgan chora-tadbirlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga axborot yuboradilar.
5. Oʻzbekiston Respublikasi bojxona qoʻmitasi va Tashqi savdo vazirligi tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining xabardorligini hamda bojxona tartibotlarining samarali amalga oshirilishini taʼminlash uchun Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi maʼlumotlari, shuningdek muqobil manbalardan olingan axborotlar asosida eksport va import qilinayotgan tovarlarning narx maʼlumotlari byulletenini har oyda ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilsinlar.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-iyuldagi 499-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 29-son, 693-modda)
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, Moliya vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi idoraviy normativ hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 30-sentabr,
416-son
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 30-sentabrdagi 416-son qaroriga 1-ILOVA
Birjalarda va yarmarkalarda tuzilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning tashqi savdo kontraktlarini hisobga olish xususiyatlari birjalar va yarmarkalar faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
2. Ushbu Nizom maqsadlari uchun quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
barter kontrakti — Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti bilan norezidenti oʻrtasida barter asosida tovarlarni eksport qilish (ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish) yuzasidan tuzilgan xoʻjalik shartnomasi;
tashqi savdo kontraktlari — xoʻjalik yurituvchi subyektlarning eksport, barter va import kontraktlari;
tovarlar importi — tovarlarni ularni qaytarib olib chiqish majburiyatisiz Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kirish;
ishlar (xizmatlar) importi — xorijiy davlatning yuridik va jismoniy shaxsi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining xoʻjalik yurituvchi subyektiga ishlarni bajarish (xizmatlar koʻrsatish), ular bajarilishi (koʻrsatilishi) joyidan qatʼi nazar;
import qiluvchilar — yuridik shaxslar — tovarlar, ishlar va xizmatlarni import qilishga Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari bilan import kontraktlari tuzgan Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari;
import kontrakti — tovarlar, ishlar va xizmatlar importiga import qiluvchi bilan Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti oʻrtasida tuzilgan kontrakt;
xoʻjalik yurituvchi subyektlar — Oʻzbekiston Respublikasining eksport qiluvchilari va import qiluvchilari;
eksport qiluvchilar — yuridik shaxslar, shuningdek yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar, — tovarlar, ishlar va xizmatlar eksportiga Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari bilan eksport va barter kontraktlarini tuzgan Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari;
eksport kontrakti — tovarlar, ishlar va xizmatlar eksportiga Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti bilan norezidenti oʻrtasida tuzilgan xoʻjalik shartnomasi, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq eksport kontraktlariga tenglashtirilgan kontraktlar (barter kontraktlaridan tashqari);
ishlar (xizmatlar) eksporti — Oʻzbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxsi tomonidan xorijiy davlatning yuridik yoki jismoniy shaxsiga ishlar bajarilishi (xizmatlar koʻrsatilishi), ular bajarilishi (koʻrsatilishi) joyidan qatʼi nazar;
tovarlar eksporti — agar qonunchilikda oʻzgacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa, tovarlarni ularni qaytarib olib kirish majburiyatisiz Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududidan olib chiqish.
invoys — tovarlar (ishlar va xizmatlar) eksportiga schyot-faktura.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-dekabrdagi 984-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2017-y., 09/17/984/0419-son)
II. Tashqi savdo kontraktlariga va invoysiga qoʻyiladigan eng kam talablar
(II bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-dekabrdagi 984-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2017-y., 09/17/984/0419-son)
3. Tashqi savdo kontraktlarida quyidagi asosiy boʻlimlar va maʼlumotlar boʻlishi kerak:
3.1. Muqaddima. Kontraktning kirish qismida kontraktning tartib raqami, kontrakt tuzilgan joy va sana, yuridik shaxslarning toʻliq nomi, kontraktni tuzgan shaxslarning lavozimi, familiyasi va ismi. Agar shaxs kontraktni ishonchnoma asosida tuzsa, bu kontraktning muqaddimasida koʻrsatiladi.
3.2. Kontraktning mavzusi. Ushbu boʻlimda tovarlar, ishlar va xizmatlarning nomi, shuningdek bitishuv turi koʻrsatiladi. Tovarning nomi bilan birgalikda uning tavsifi hamda miqdori va sifati boʻyicha assortimenti koʻrsatiladi.
Tovarning miqdori qabul qilingan oʻlchovlarning metrik tizimida xalqaro birliklarda ifodalanadi. Oʻzbekiston Respublikasida qabul qilingan oʻlchov va ogʻirliklar tizimi miqdorlarini belgilash tartibiga muvofiq oʻlchov birligini aniqlash mumkin.
Tovarning sifat tavsifi tovardan foydalanish uchun uning yaroqliligini aks ettiruvchi xossalar jamini belgilaydi. Shuningdek, TIF TN boʻyicha tovarning kodiga havola ham zarur.
Quyidagilar tovarning sifatini belgilashning asosiy usullari hisoblanadi:
standart boʻyicha: umumiy qabul qilingan xalqaro standartlar, Oʻzbekiston Respublikasida amal qiluvchi GOSTlar;
spetsifikatsiya boʻyicha: texnik parametrlarni koʻrsatish;
asosiy moddalar mavjudligi boʻyicha: koʻrsatkich-minimum, aralashmalar boʻyicha — koʻrsatkich-maksimum beriladi;
Mashinalar, asbob-uskunalar va texnologik liniyalarni yetkazib berish uchun kontraktda ularning yangiligi yoki ulardan foydalanganligi holati koʻrsatiladi (foydalanilganlari uchun — eskirish foizi yoki foydalanish muddati).
3.3. Yetkazib berishning bazis shartlari. Tovarni yetkazib berish boʻyicha sotuvchi va xaridorning quyidagi asosiy majburiyatlari aniqlanadi (“Inkoterms” xalqaro qoidalari boʻyicha):
tovarni yetkazib berish boʻyicha kontraktni tuzuvchi tomonlarning majburiyatlari va xarajatlarni taqsimlash;
tovarni xaridorga berish tartibi va joyi;
tovarni olib kirish-olib chiqish boʻyicha rasmiyatchiliklarni bajarish;
tovarni sugʻurtalash;
tovarning tasodifiy yoʻqolishi yoki shikastlanishi tavakkalchiligining sotuvchidan xaridorga oʻtishi.
“Inkoterms”dan foydalanilganda yetkazib berish joyi (temir yoʻl stansiyasi, port, aeroport va boshqalarning nomi) koʻrsatilishi kerak (qisqartirilgan soʻzlarning bosh harflari bilan birgalikda).
3.4. Tovarni yetkazib berish, ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatish muddati. Kontraktda tovarni yetkazib berish, ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatish muddati yoki sanasi koʻrsatiladi. Tovarni yetkazib berish, ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatish muddati vaqtinchalik davrni anglatadi, bu davr mobaynida tovar (yoki uning turkumi) sotuvchi tomonidan koʻrsatilgan joyga yetkazib berilishi, koʻrsatilgan joyda ishlar va xizmatlar bajarilishi kerak.
Tovarni yetkazib berish, ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatish sanasi deyilganda sotuvchi tomonidan kontraktlarda koʻrsatilgan tovarni yetkazib berish, ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatish shartlariga muvofiq oʻz majburiyatlarining bajarilishi tushuniladi.
3.5. Kontraktning narxi va umumiy summasi. Tovarning narxini belgilashda kontraktda tovarning oʻlchov birligi, tovar birligi narxi va kontraktning umumiy summasi koʻrsatiladi.
Tovarning oʻlchov birligi TIF TNdagi oʻlchov birligiga muvofiq belgilanadi.
Kontraktning umumiy summasi sotilayotgan tovar, ishlar va xizmatlarning qiymatini anglatadi. Ishlarni bajarishga va xizmatlar koʻrsatishga kontraktni tuzish paytida kontrakt summasini belgilash imkoni boʻlmagan oʻziga xos kontraktlar tuzilgan taqdirda kontraktning umumiy summasi koʻrsatilmaydi.
Yetkazib beruvchilar tomonidan montaj va (yoki) ishga tushirish-sozlash ishlari amalga oshirilishini, ular tomonidan xodimlarni oʻqitish xizmatlari va boshqa xizmatlar koʻrsatilishini, royalti toʻlanishini nazarda tutuvchi asbob-uskunalar, qurilmalar, mexanizmlar, butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar xarid qilishga (sotishga) tashqi savdo kontraktlari boʻyicha kontraktlarda (spetsifikatsiyalarda) bajariladigan ishlar, koʻrsatiladigan xizmatlar va royalti summasi alohida koʻrsatiladi.
3.6. Toʻlov shartlari. Kontraktdagi toʻlov shartlarida valyuta, toʻlov shakli va muddati belgilanadi. Agar toʻlov valyutasi kontrakt valyutasidan farq qilsa, u holda valyutani qayta hisoblab chiqish kursi va ushbu kursni aniqlash manbai koʻrsatiladi.
Tashqi savdo kontraktlarida toʻlov valyutasi xorijiy valyutada koʻrsatiladi (qonun hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno).
3.7. Tovarning kelib chiqishi, ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatish joyi. Kontraktda yetkazib berilayotgan tovar kelib chiqqan mamlakat va ishlab chiqaruvchi, shuningdek ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatish joyi (mamlakati) koʻrsatiladi.
3.8. Tomonlarning javobgarligi. Qabul qilingan majburiyatlarning tomonlar tomonidan bajarilishini taʼminlovchi shartlar sifatida kontraktda, qoidaga koʻra, kontrakt majburiyatlari bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi uchun tomonlar toʻlaydigan penya va/yoki jarima shaklidagi jazo nazarda tutiladi. Aybdor tomonga zarar koʻrgan tomonning talabiga koʻra unga neustoyka toʻlash majburiyati yuklanadi.
3.9. Tomonlarning rekvizitlari. Kontrakt matni tomonlarning rekvizitlarini koʻrsatish bilan tugallanadi. Pochta rekvizitlari, manzil, bank rekvizitlari va yuklab joʻnatish rekvizitlari koʻrsatiladi. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning imzolari kontraktda muhr bilan tasdiqlanadi.
3.10. Barter kontraktlarida import tovarlarni jadal yetkazib berishni yoki muqobil bank kafolatlari taqdim etishni nazarda tutuvchi shartlar majburiy tartibda hisobga olinadi.
3.11. Tashqi savdo kontraktining matni davlat tilida yoki rus tilida bayon qilinishi kerak. Agar kontrakt matni boshqa tilda tuzilgan boʻlsa, kontrakt davlat tiliga yoki rus tiliga tarjima qilinishi va belgilangan tartibda tasdiqlanishi kerak.
4. Kontrakt shartlariga kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar qoʻshimcha bitim bilan qayd etilishi kerak hamda kontraktlar bilan boʻlgani singari tartibda tizimga kiritiladi.
41. Bojxona rasmiylashtiruvi maqsadlari uchun invoyslarda quyidagi asosiy maʼlumotlar boʻlishi kerak:
eksport qiluvchining (import qiluvchining) nomi va uning rekvizitlari;
invoys summasi;
eksport qiluvchining identifikatsiya raqami (STIR);
tovarlar (ishlar, xizmatlar) nomi;
tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning oʻlchov birligi;
tovarlar (ishlar, xizmatlar) miqdori;
tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxi;
tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib berish qiymati;
INKOTERMS boʻyicha yetkazib berish shartlari;
tashish turi.
Invoyslar eksport qiluvchining (mavjud boʻlganda) imzosi va muhri bilan tasdiqlanishi kerak.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-dekabrdagi 984-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2017-y., 09/17/984/0419-son)
5. Ushbu boʻlim talablariga rioya etilishi uchun masʼuliyat xoʻjalik yurituvchi subyektlarga, shuningdek kontrakt shartlarining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan yuridik xulosa bergan shaxsga yuklanadi.
III. Tashqi savdo operatsiyalari ustidan monitoring olib borish tartibi
6. Tashqi savdo operatsiyalari ustidan monitoring olib borish tizimi xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan tuziladigan tashqi savdo kontraktlari bajarilishi ustidan zarur nazoratni taʼminlash hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlar, bojxona va soliq organlari, Markaziy bank va tijorat banklari oʻrtasida ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda TSOYAEAT deb ataladi) orqali axborot ayirboshlash maqsadida joriy etiladi.
Bunda Yagona gʻazna hisobvaragʻi bilan qamrab olingan budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning tashqi savdo kontraktlari boʻyicha toʻlovlarning amalga oshirilishi boʻyicha tegishli maʼlumot TSOYAEATga gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan kiritiladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-avgustdagi 620-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2018-y., 09/18/620/1632-son)
7. TSOYAEAT real vaqt rejimida ishlaydi va unda ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan maʼlumotlar mavjud boʻladi.
8. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning tashqi savdo operatsiyalari monitoringini olib borish maqsadida tijorat banklari:
(8-bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-yanvardagi 16-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 09/18/16/0549-son)
avans toʻlovlar (oldindan haq toʻlash) amalga oshirilishida yoki import kontraktlar boʻyicha akkreditiv ochishda;
oldindan toʻlangan haq (avans toʻlovi) tushganligi, akkreditiv ochilganligi, eksport kontraktini sugʻurtalash boʻyicha bank kafolati va polis berilganligi toʻgʻrisidagi belgilangan tartibda berilgan maʼlumotnomalarni TSOYAEATda rasmiylashtirishda TSOYAEATdagi maʼlumotlarni (shu jumladan qonun hujjatlariga muvofiq tegishli vazirlik va idoralarning xulosasi mavjudligini) solishtiradilar, ushbu Nizomning 121-bandida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno. Bunda maʼlumotnoma faqat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi savdo faoliyatini yanada erkinlashtirish va tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-noyabrdagi PQ-3351-son qaroriga ilovada koʻrsatilgan yangi uzilgan meva-sabzavot mahsulotlari va xom ashyo tovarlarini eksport qilishda (keyingi oʻrinlarda xom ashyo tovarlari deb ataladi) va invoys asosida eksport qilishda rasmiylashtiriladi.
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-avgustdagi 620-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2018-y., 09/18/620/1632-son)
Kontrakt bilan xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan TSOYAEATga kiritilgan maʼlumotlar oʻrtasida farqlar mavjud boʻlmagan taqdirda banklar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ushbu kontrakt boʻyicha bank operatsiyalarini amalga oshiradilar.
81. Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning tashqi savdo amaliyotlari monitoringini amalga oshirish maqsadida gʻaznachilik boʻlinmalari toʻlovlarni amalga oshirishda yoki akkreditiv ochishda TSOYAEATdagi maʼlumotlarni kontrakt shartlari bilan solishtirishni amalga oshiradilar.
Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilar tomonidan TSOYAEATga kiritilgan maʼlumotlar oʻrtasida farqlar mavjud boʻlmagan taqdirda gʻaznachilik boʻlinmalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ushbu kontrakt boʻyicha operatsiyalarni amalga oshiradilar.
(81-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-avgustdagi 620-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2018-y., 09/18/620/1632-son)
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-fevraldagi 102-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2018-y., 09/18/102/0685-son)
10. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi hududiy boshqarmalarining bojxona postlari xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan TSOYAEATga kiritilgan kontrakt maʼlumotlarini bojxona yuk deklaratsiyasi maʼlumotlari bilan solishtiradilar hamda farqlar mavjud boʻlmaganda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bojxona yuk deklaratsiyasini rasmiylashtiradilar, ushbu Nizomning 121-bandida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 8-sentabrdagi 259-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 36-son, 477-modda)
Bunda eksportga bojxona rasmiylashtiruvi, invoys asosida eksport qilinadigan xom ashyo tovarlari va tovarlardan tashqari, TSOYAEATga hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalarsiz amalga oshiriladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-dekabrdagi 984-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2017-y., 09/17/984/0419-son)
11. Quyidagilarga:
ular boʻyicha toʻlov import qiluvchining oʻz mablagʻlari hisobiga amalga oshirilgan bir xoʻjalik yurituvchi subyektning ikki va undan ortiq import kontraktlari doirasida oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirishga;
bir xoʻjalik yurituvchining ikki va undan ortiq eksport kontraktlari doirasida oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirishga yoʻl qoʻyiladi.
12. Tashqi savdo kontrakti boʻyicha oʻzaro hisob-kitoblar xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan faqat, agar qonun hujjatlarida oʻzgacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa, kontraktda va TSOYAEATda koʻrsatilgan uning Oʻzbekiston Respublikasi tijorat bankidagi hisob raqami orqali amalga oshirilishi mumkin.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-yanvardagi 16-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 09/18/16/0549-son)
121. Eksport qiluvchilar toʻliq toʻlov ularning Oʻzbekiston Respublikasi banklaridagi hisob raqamlariga tushgandan va ushbu axborot TSOYAEATga kiritilgandan soʻng eksport kontraktlarini rasmiylashtirmasdan Internet tarmogʻidagi on-layn doʻkonlar orqali tovarlar, ishlar va xizmatlar eksportini amalga oshirish huquqiga egadirlar, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Bunda, 3000 (uch ming) AQSH dollargacha boʻlgan tovarlar elektron tijorat orqali TSOYAEATga kiritmasdan va yuk bojxona delaratsiyasini rasmiylashtirmasdan, pochta xizmatlarini koʻrsatish qoidalariga muvofiq realizatsiya qilinishi mumkin
(121-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-iyuldagi 583-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2018-y., 09/18/583/1582-son)
122. Eksport qiluvchilar tovarlar (xom ashyo tovarlari bundan mustasno), ishlar va xizmatlar) eksportini toʻliq toʻlov ularning Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklaridagi hisob raqamiga tushgandan va ushbu axborot TSOYAEATga kiritilgandan keyin eksport kontraktisiz invoys asosida amalga oshirish huquqiga ega boʻladilar.
Bunda yangi uzilgan meva-sabzavot mahsulotlari, uzum, poliz mahsulotlari, dukkakliklar, shuningdek, quritilgan sabzavotlar va mevalarni eksport qilish eksport bojxona deklaratsiyasi rasmiylashtirilgan kunda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi boʻyicha 20 ming AQSH dollariga teng boʻlgan miqdordan ortiq boʻlmagan summaga amalga oshiriladi.
(122-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-dekabrdagi 984-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2017-y., 09/17/984/0419-son)
123. Eksport qiluvchilar tovarlar, ishlar (xizmatlar) eksportini, Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan roʻyxat boʻyicha ayrim tovarlardan tashqari, Internet tarmogʻining elektron savdo maydonchalari vositasida eksport kontrakti tuzmasdan va tovarlar, ishlar (xizmatlar) eksporti uchun bank vositachilik haqi olinmasdan amalga oshirish huquqiga egadirlar.
(123-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-apreldagi 297-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2018-y., 09/18/297/1096-son)
IV. Tashqi savdo operatsiyalarini sodir etish tartibi ustidan nazorat qilish
13. Tovarlarni respublikaga olib kirish va “erkin muomala uchun chiqarish” rejimiga rasmiylashtirish, ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatish yoki import kontraktlari boʻyicha ular uchun toʻlangan pul mablagʻlarini qaytarish muddati:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq amalga oshiriladigan loyihalar doirasida tuzilgan kontraktlar boʻyicha yoki kontraktlar Mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi bitimlarni amalga oshirish doirasida Boshqaruvchi qoʻmita tomonidan tasdiqlangan taqdirda — import kontraktlarida belgilangan muddatlardan;
14. Eksport operatsiyalari boʻyicha tushum tushishi yoki tovarlarni qayta olib kirish muddati:
muassislar — Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan chet eldagi tashkilotlarga (savdo uylari, savdo vakolatxonalari, shuʼba korxonalar, firma doʻkonlar, dillerlik shoxobchalari va konsignatsiya omborlari), shuningdek — Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi aʼzolari — xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan Palataning savdo-investitsiya uylari nomiga olib chiqilayotgan tovarlar amalda eksport qilingan kundan boshlab 180 kundan;
qolgan eksport qiluvchilar uchun tovarlar, ishlar va xizmatlar amalda eksport qilingan kundan boshlab 120 kundan oshib ketmasligi kerak.
Bunda yengib boʻlmaydigan kuch (fors-major) taʼsiri yuzaga kelgan holatda xorijiy valyutadagi tushumning tushishi muddati ushbu taʼsir yuz bergan davlatning vakolatli organi tomonidan tasdiqlangan, yengib boʻlmaydigan kuchning amal qilishi davriga uzaytiriladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-dekabrdagi 984-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2017-y., 09/17/984/0419-son)
15. Eksport kontraktlari boʻyicha toʻlovlar vakil banklar orqali amalga oshirilgan va vakil bankning bank vositachilik haqi eksport qiluvchining hisob raqamiga tushuvchi mablagʻlar hisobiga toʻlanadigan hollarda, u debitorlik qarz sifatida hisobga olinmasligi, balki eksport qiluvchi balansining xarajat qismida hisobga olinishi kerak.
Shuningdek, avans toʻlovlar boʻyicha mablagʻlar qaytarib berilganda yoki vakil bankning bank vositachilik haqi import qiluvchining mablagʻlari hisobiga toʻlanganda import kontraktlari boʻyicha tovarlar toʻliq yetkazib berilmagan hollarda, u debitorlik qarz sifatida hisobga olinmasligi, balki import qiluvchi balansining xarajat qismida hisobga olinishi kerak.
16. Xizmatlar eksportini amalga oshiruvchi va import qiluvchining mamlakatida koʻrsatilgan xizmatlar uchun olingan daromadlardan (foydadan) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soliqlar toʻlagan eksport qiluvchilar oʻzining tijorat bankiga ushbu soliqlar chet elda toʻlanganligi toʻgʻrisidagi tasdiqnomani taqdim etadilar. Bunda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda toʻlangan summa kontrakt boʻyicha debitorlik qarz sifatida hisobga olinmaydi.
(16-bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-yanvardagi 16-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 09/18/16/0549-son)
Ushbu soliqlar asossiz toʻlanganligi, ularning kamaytirilganligi yoki qaytarilganligi holatlari aniqlangan taqdirda kontrakt boʻyicha debitorlik qarz tiklanishi kerak.
17. Chet eldan xorijiy valyutadagi tushum tushishi kechiktirilishiga yoʻl qoʻygan eksport qiluvchilar, shuningdek, “erkin muomala uchun chiqarish” rejimida tovarlarni respublikaga olib kirish va rasmiylashtirishni, ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatishni 30 bank kunidan ortiq taʼminlamagan import qiluvchilar (kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun — 60 bank kuni) belgilangan muddatlar tamom boʻlgandan keyin:
belgilangan muddatlardan 180 kungacha kechikkanda — tushmagan valyuta mablagʻlari yoki “erkin muomala uchun chiqarish” rejimida rasmiylashtirilmagan tovarlar (bajarilmagan ishlar, koʻrsatilmagan xizmatlar) summasining 10 foiziga teng miqdorda;
belgilangan muddatlardan 180 kundan 365 kungacha kechikkanda — tushmagan valyuta mablagʻlari yoki “erkin muomala uchun chiqarish” rejimida rasmiylashtirilmagan tovarlar (bajarilmagan ishlar, koʻrsatilmagan xizmatlar) summasining 20 foiziga teng miqdorda qoʻshimcha;
belgilangan muddatlardan 365 kundan ortiq kechikkanda — tushmagan valyuta mablagʻlari yoki “erkin muomala uchun chiqarish” rejimida rasmiylashtirilmagan tovarlar (bajarilmagan ishlar, koʻrsatilmagan xizmatlar) summasining 70 foiziga teng miqdorda respublika budjeti daromadiga qoʻshimcha jarima toʻlaydilar.
Ushbu Nizomda belgilangan jarima sanksiyalari qoʻllanilgan taqdirda, tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtkazib yuborilgan debitor qarzdorlik undirilishi muddatlaridan qatʼi nazar, ayni bir qarzdorlik predmeti va tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning amaldagi eksporti hajmi boʻyicha eksport qiluvchiga takroriy sanksiyalar qoʻllanilmaydi.
Eksport kontraktining sugʻurta polisi boʻyicha sugʻurta qoplamasi summasi (milliy va (yoki) xorijiy valyutalarda) eksport qiluvchining hisob raqamiga tushganda, ushbu eksport kontrakti boʻyicha debitor qarzdorlik summasi moliyaviy sanksiyalarni qoʻllash maqsadlari uchun tushgan sugʻurta qoplamasi summasiga kamaytiriladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-dekabrdagi 984-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2017-y., 09/17/984/0419-son)
18. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar, tijorat banklari, budjet tashkilotlari, budjet mablagʻlari oluvchilar, gʻaznachilik boʻlinmalari va davlat bojxona xizmati organlari tegishli axborot TSOYAEATga oʻz vaqtida va toʻgʻri kiritilishi uchun javob beradilar.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-avgustdagi 620-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2018-y., 09/18/620/1632-son)
19. Davlat bojxona xizmati organlari:
tovarlarning miqdori va sifati boʻyicha amaldagi tavsiflar va assortiment TSOYAEATda koʻrsatilgan maʼlumotlarga muvofiqligi ustidan nazorat qiladilar:
tovarlarning kelib tushishi yoki yuklab joʻnatilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning TSOYAEATga oʻz vaqtida va toʻgʻri kiritilishi uchun javob beradilar, ilovalar bilan birgalikda bojxona yuk deklaratsiyalari asosida maʼlumotlarning statistika elektron bazasini tuzadilar, tovarlarni olib kirish va olib chiqish boʻyicha maʼlumotlarni hamda ular boʻyicha amalga oshirilgan bojxona toʻlovlarini tahlil etadilar, shuningdek maʼlumotlarning elektron bazasi TSOYAEATga oʻz vaqtida qoʻshilishini taʼminlaydilar;
kontrabanda operatsiyalari amalga oshirilishi yoʻllari va mexanizmlarini aniqlash, tovarlar va boshqa moddiy boyliklarning Oʻzbekiston Respublikasi hududiga noqonuniy olib kirilishi hollariga barham berish, tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi boshqa jinoyatlarni ochish boʻyicha tezkor-tahliliy va qidiruv chora-tadbirlari oʻtkazilishini taʼminlaydilar.
20. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Tashqi savdo vazirligi Oʻzbekiston Respublikasiga import qilinadigan tovarlarga narx belgilanishi tendensiyasi ustidan doimiy monitoring olib boradilar. Monitoring natijalari boʻyicha TSOYAEAT maʼlumotlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining rasmiy saytida elektron shaklda joylashtiriladigan muqobil manbalardan olingan maʼlumotlar asosida import qilinadigan tovarlarga narx maʼlumotlari byulleteni tuziladi.
(20-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-iyuldagi 499-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 29-son, 693-modda)
Import tovarlarning narxlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning muqobil manbalari sifatida ishlab chiqaruvchi korxonalar yoki yetkazib beruvchilarning rasmiy eʼlon qilinadigan maʼlumotnomalari, byulletenlari, birja kotirovkalari, prays-varaqlardan, ular uyushmalari yoki birlashmalarining yigʻma narx maʼlumotnomalaridan, tovarlarni ishlab chiqaruvchi xorijiy kompaniyalar vakolatxonalarining, ularning rasmiy roʻyxatdan oʻtkazilgan dilerlari yoki distribyutorlarining maʼlumotlaridan, shuningdek narxlar konyunkturasini xolis shakllantiradigan umumiy foydalaniladigan narx toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning boshqa ishonchli manbalaridan foydalanish mumkin.
21. Byulleten tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining import qilinadigan tovarlarga narx hosil boʻlishida shakllanayotgan tendensiyalardan xabardorligini oshirish, shuningdek ularni bojxonada rasmiylashtirish tartib-qoidalarini samaraliroq va xolisona amalga oshirish uchun xizmat qiladi.
Byulleten maʼlumotlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda Davlat soliq qoʻmitasi bilan kelishilishi kerak.
(21-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda)
Byulletendan bojxona organlari baholashda va bojxona qiymatini nazorat qilishda “Bojxona tarifi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan hollarda foydalanadi.
22. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi oʻzining barcha hududiy boʻlimlari va bojxona postlarini bosma nusxalar bilan, TSOYAEATga ulangan taqdirda esa — shuningdek byulletenning elektron versiyalari bilan muntazam taʼminlaydi.
23. Tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportidan tushum qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda tushmaganligi yoki toʻliq tushmaganligi yoxud import boʻyicha tovarlar toʻliq tushmaganligi (ishlar va xizmatlar bajarilmaganligi) (avans toʻlovi qaytarilganligi) holatlari toʻgʻrisidagi axborot TSOYAEATda shakllantiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tegishli chora-tadbirlar koʻrish uchun TSOYAEAT maʼlumotlaridan foydalanadi.
24. Davlat bojxona xizmati organlari quyidagi holatlar:
olib kirilayotgan tovarlar bojxona rasmiylashtiriluvidan oʻtkazilishida tovar bojxona qiymatining eksport qiluvchi mamlakatida qayd etilgan tovar qiymatiga nisbatan asossiz oshirilishi maqsadida ishonchsiz maʼlumotlar mavjud boʻlgan hujjatlar bojxona organlariga taqdim etilishi;
kontraktlar boʻyicha kontragentlar hisoblanmagan yetkazib beruvchilardan tovarlarning tushishi;
tovarlar eksporti oldindan haq toʻlanmasdan, akkreditiv ochilmasdan, xaridorning banki kafolati olinmasdan yoki siyosiy va tijorat tavakkalchiliklaridan eksport kontraktlarini sugʻurta qilish polisi rasmiylashtirilmasdan amalga oshirilishi;
eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda qonun hujjatlari buzilishining boshqa hollari aniqlangan taqdirda tergovga qadar tekshiruv va surishtiruv olib boradilar va qonun hujjatlarida belgilangan tegishli chora-tadbirlarni koʻradilar.
(24-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-dekabrdagi 960-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2017-y., 09/17/960/0355-son)
Hududiy bojxona boshqarmalari har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunigacha xoʻjalik yurituvchi subyekt roʻyxatdan oʻtkazilgan joy boʻyicha soliq xizmati hududiy boshqarmalarining valyuta va eksport-import operatsiyalari ustidan nazorat qilish boʻlimlari (shoʻbalari)ga va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasiga yuqorida koʻrsatib oʻtilgan holatlar va ular boʻyicha koʻrilgan choralar haqida axborot taqdim etadilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 15-kunigacha koʻrsatib oʻtilgan holatlar va ular boʻyicha koʻrilgan chora-tadbirlar haqidagi yigʻma axborotni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga yuboradi.
25. Davlat soliq xizmati organlari TSOYAEATdan va davlat bojxona xizmati organlaridan olingan axborotni tahlil qiladi hamda pul mablagʻlarini chet elga asossiz ravishda oʻtkazish alomatlari aniqlangan taqdirda Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining mintaqaviy boʻlinmalariga ushbu kontraktni tuzgan xoʻjalik yurituvchi subyekt faoliyatini tekshirishni eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishning belgilangan tartibini va soliq haqidagi qonunlarga rioya qilinishini tekshirish uchun navbatdagi yil choragi jadvaliga kiritish toʻgʻrisida buyurtmanomalar beradi. Zarurat boʻlganda tekshirish davlat bojxona xizmati organlari bilan birgalikda oʻtkaziladi.
Huquqni buzish sodir etilganligi holati tasdiqlangan taqdirda soliq organlari tomonidan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan choralar koʻriladi va tekshirish materiallari zarur choralar koʻrish uchun belgilangan tartibda tegishli organlarga beriladi.
26. Davlat bojxona xizmati organlari, tijorat banklari va TSOYAEATga ulangan boshqa idoralar oʻz vakolatlari doirasida tizimdagi mavjud axborotni ruxsat berilmagan foydalanishdan, maʼlumotlarni buzishdan yoki tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga yoki davlatga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan boshqa xatti-harakatlardan himoya qilish uchun zarur boʻlgan tashkiliy va texnik chora-tadbirlarni koʻrishlari kerak.
Davlat bojxona xizmati organlari, tijorat banklari va TSOYAEATdagi mavjud maʼlumotlardan foydalanadigan boshqa idoralarning rahbarlari va boshqa xodimlari mazkur maʼlumotlarni oshkor qilish, ulardan shaxsiy maqsadlarda yoki uchinchi shaxslarning manfaatlari yoʻlida foydalanish, shuningdek shu jumladan axborotni himoya qilishning belgilangan qoidalarini buzish oqibatida uchinchi shaxslarning maʼlumotlarni olishiga imkoniyat yaratish huquqiga ega boʻlmaydilar.
(26-bandining birinchi va ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-yanvardagi 16-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 09/18/16/0549-son)
TSOYAEATdagi mavjud axborotni himoya qilishning belgilangan qoidalari buzilganligi, ulardan tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshiruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarga yoki davlatga zarar yetkazilishiga olib kelgan shaxsiy maqsadlarda yoki uchinchi shaxslarning manfaatlari yoʻlida foydalanganligi uchun idoralarning aybdor rahbarlari yoki boshqa xodimlari qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
TSOYAEATni texnik qoʻllab-quvvatlash va undan foydalanishni moliyalashtirishni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi amalga oshiradi.
Idoraning — TSOYAEATdan foydalanuvchining tashabbusi yoki taklifi bilan TSOYAEATni dasturiy taʼminlashga oʻzgartirishlar kiritish zarur boʻlgan taqdirda TSOYAEATni dasturiy taʼminlashga oʻzgartirishlar kiritishni moliyalashtirish dasturiy taʼminlashga oʻzgartirishlar kiritishning tashabbuskori boʻlgan idoraning mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Tashqi savdo operatsiyalari ustidan monitoring olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Tashqi savdo operatsiyalari ustidan monitoring olib borish
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-avgustdagi 620-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2018-y., 09/18/620/1632-son)
Tashqi savdo operatsiyalari ustidan monitoring olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga kiritiladigan maʼlumotlar toʻgʻrisidagi
eksport qiluvchining (import qiluvchining) nomi va uning rekvizitlari;
invoys summasi;
eksport qiluvchining identifikatsiya raqami (STIR);
tovarlar (ishlar, xizmatlar) nomi;
tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning oʻlchov birligi;
tovarlar (ishlar, xizmatlar) miqdori;
tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxi;
tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib berish qiymati;
INKOTERMS boʻyicha yetkazib berish shartlari;
tashish turi.
(“g” band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-dekabrdagi 984-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2017-y., 09/17/984/0419-son)
Izoh:
* Maʼlumotlar xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan kiritiladi.
** Vakolatli banklar tomonidan kiritiladi.
*** Tovar yuklab joʻnatilganda yoki tushganda Davlat bojxona qoʻmitasining joylardagi bojxona nazoratini tashkil etish boshqarmasining boʻlinmalari tomonidan kiritiladi.
TSOYAEATda tashqi savdo kontraktlarini ijro etish bilan bogʻliq toʻldiriladigan boshqa maʼlumotlar ham boʻlishi mumkin.
(1-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 21-iyuldagi 199-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 30-son, 371-modda)
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 30-sentabrdagi 416-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan
oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirishda xorijiy valyutadagi mablagʻlardan foydalanish ustidan nazoratni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1996-yil 13-martdagi 95-son qarorida:
a) 2-bandning ikkinchi xatboshidagi “bojxona xizmati hududiy boʻlinmalarida – bir ish kunida” soʻzlari “import qiluvchi xoʻjalik yurituvchi subyekt davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan joydagi Davlat bojxona qoʻmitasi hududiy boshqarmalarining valyutani nazorat qilish boʻlimlarida – ikki ish kunida, hujjatlar topshirilgan kundan tashqari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Import kontraktlarini hisobga qoʻyish uchun import qiluvchi korxona ular vakolatli banklarda hisobga qoʻyilgandan keyin 7 ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda import qiluvchi korxona davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan joydagi Davlat bojxona qoʻmitasi hududiy boshqarmalarining valyutani nazorat qilish boʻlimlariga bankning belgilari qoʻyilgan Pasportning undagi mavjud nusxalarini taqdim etadi, ular Pasportning birinchi va ikkinchi nusxalariga tegishli belgi qoʻyadilar”;
19-bandning ikkinchi jumlasiga “avans toʻlovlari” soʻzlaridan keyin “import kontraktlar import qiluvchi korxona davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan joydagi Davlat bojxona qoʻmitasi hududiy boshqarmalarining valyutani nazorat qilish boʻlimlarida hisobga qoʻyilgandan keyin” soʻzlari qoʻshilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat ehtiyojlari uchun tanlov asosida oziq-ovqat tovarlari yetkazib berishni tashkil etish toʻgʻrisida” 1997-yil 26-sentabrdagi 454-son qarorida:
“Davlat ehtiyojlari uchun oziq-ovqat tovarlarini import qilish yuzasidan kontraktlarni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi tomonidan ekspertizadan oʻtkazish tartibi 3-ilovaga muvofiq”;
“Davlat ehtiyojlari uchun oziq-ovqat tovarlarini import qilish yuzasidan kontraktlarni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi tomonidan ekspertizadan oʻtkazish tartibi”;
matndagi barcha “Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi” soʻzlari “Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
muqaddimadagi “roʻyxatdan” soʻzi “ekspertizadan” soʻzi bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi sertifikat bilan” soʻzlari “kontraktning ekspertizadan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligining tegishli xulosasi bilan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-iyundagi 427-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 09/18/427/1321-son)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida birja va yarmarka savdosini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 6-maydagi 223-son qaroriga 2-ilova 2-bandining uchinchi xatboshidagi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 5-son, 25-modda) “bojxona xizmati hududiy boʻlinmalarida – bir ish kunida” soʻzlari “import qiluvchi xoʻjalik yurituvchi subyekt davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan joydagi Davlat bojxona qoʻmitasi hududiy boshqarmalarining valyutani nazorat qilish boʻlimlarida – ikki ish kunida, hujjatlar topshirilgan kundan tashqari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 21-noyabrdagi 456-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 11-son, 72-modda) bilan tasdiqlangan “Xom ashyo, materiallar, butlovchi buyumlar va asbob-uskunalar xarid qilish boʻyicha tender savdolari oʻtkazish toʻgʻrisida Nizom”ning XI boʻlimi 62-bandi birinchi va ikkinchi xatboshidagi “roʻyxatga olish” soʻzlari “ekspertizadan oʻtkazish” soʻzlari bilan, “roʻyxatga olinmaydi” soʻzlari “ekspertizadan oʻtkazilmaydi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ichki valyuta bozorini yanada erkinlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 16-iyuldagi 317-son qaroriga ilova (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 63-modda) 1-bandining ikkinchi jumlasiga “avans toʻlovlari” soʻzlaridan keyin “import kontraktlari import qiluvchi korxona davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan joydagi Davlat bojxona qoʻmitasi hududiy boshqarmalarining valyutani nazorat qilish boʻlimlarida hisobga qoʻyilgandan keyin” soʻzlari qoʻshilsin.