1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.09.00 Paxta tozalash sanoati;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.02 Paxtachilik;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.01 Kontraktatsiya. Davlat ehtiyoji uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotib olish va yetkazib berish (shuningdek, 03.11.01.05 ga qarang);
4.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh VA BAʼZI QARORLARINI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASh TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-fevraldagi 121-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzi qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2017-yil 17-oktabrdagi PF-5206-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxtachilik tarmogʻini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 28-noyabrdagi PQ-3408-son qarori)” qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ishlab chiqarilgan va sotiladigan paxta tolasi uchun hisob-kitob qilish mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 3-iyundagi 240-son qarorining 11-bandini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika paxta tozalash sanoatini boshqarish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2001-yil 12-iyundagi 252-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 6-son, 29-modda) bilan tasdiqlangan “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasining Paxta va paxta mahsulotlari kontraktatsiyasi va hisob-kitobi markazi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizomga1-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq baʼzi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2003-yil 29-sentabr,
414-son
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 29-sentabrdagi 414-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 12-iyundagi 252-son qarori bilan tasdiqlangan “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasining Paxta va paxta mahsulotlari kontraktatsiyasi va hisob-kitobi markazi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 4-bandning beshinchi xatboshidagi “eksportga va respublikadagi isteʼmolchilarga” soʻzlari chiqarib tashlansin;
yigirma birinchi xatboshidagi “eksportga” soʻzi “tashqi savdo kompaniyalariga” soʻzlari bilan almashtirilsin, “eksport” soʻzi chiqarib tashlansin;
yigirma ikkinchi xatboshidagi “belgilangan kvotalar va joʻnatish hujjatlari (raznaryadkalar)ga muvofiq holda” soʻzlari chiqarib tashlansin, “eksportga” soʻzi “tashqi savdo kompaniyalariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oxirgi xatboshidagi “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 29-sentabrdagi 414-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari
roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Paxta mahsulotini sotish narxlari va budjet bilan oʻzaro hisob-kitoblar toʻgʻrisida” 1995-yil 25-sentabrdagi 373-son qarori.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “1999-yilda tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksporti prognozi toʻgʻrisida” 1999-yil 15-yanvardagi 23-4-son qarori 2-bandining ikkinchi xatboshi va ushbu qarorga 4-ilova.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2000-yilda tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksporti prognozi toʻgʻrisida” 2000-yil 4-apreldagi 124-24-son qarori 2-bandining ikkinchi xatboshi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Paxta tolasini markazlashtirilgan eksport qilishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2001-yil 18-sentabrdagi 377-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 9-son, 54-modda).
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish va ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2003-yil 14-yanvardagi 17-son qaroriga 1-ilovaning 32-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 1-son, 7-modda).
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 17-18-son, 159-modda)