toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.02.2018
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
RESPUBLIKA PAXTA TOZALASh SANOATINI BOShQARISh TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-fevraldagi 121-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zi qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2017-yil 17-oktabrdagi PF-5206-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxtachilik tarmog‘ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 28-noyabrdagi PQ-3408-son qarori)” qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika paxta tozalash sanoatini monopoliyadan chiqarish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2001-yil 11-iyundagi PF-2874-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda paxta tozalash sanoati korxonalarini aksiyalashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish va tarmoqda boshqaruv tizimini maqbullashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-dekabrdagi 372-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 647-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 15-noyabrdagi 393-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2002-y., 21-son, 172-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3 — 6-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-dekabrdagi 372-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 647-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 25-oktabrdagi 499-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2004-y., 43-son, 456-modda)
8. Belgilab qo‘yilsinki, “O‘zpaxtasanoat” AJning hududiy filiallari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasining tijorat agenti hisoblanadi.
Quyidagilar:
“O‘zpaxtasanoat” AJning hududiy filiallarining paxta xomashyosi va paxta mahsulotlari kontraktatsiyasi va hisob-kitobi hududiy markazlari to‘g‘risidagi Namunaviy nizom 7-ilovaga muvofiq;
Paxta xomashyosi yetishtiruvchilar bilan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasi orqali hisob-kitob qilish sxemasi 9-ilovaga muvofiq ma’qullansin;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasi markaziy apparati xodimlarining cheklangan soni 3 shtat birligiga ko‘paytirilsin. Jamg‘arma tuzilmasida 1-2 tadan mintaqaviy inspektorlar lavozimi kiritilsin, ular “O‘zpaxtasanoat” AJning hududiy filiallari Paxta xomashyosi va paxta mahsulotlari kontraktatsiyasi va hisob-kitobi hududiy markazlariga biriktirib qo‘yilsin.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-dekabrdagi 372-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 647-modda)
9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda Paxta xomashyosi yetishtiruvchilarga avans berish va ular bilan hisob-kitob qilish tartibini o‘n kun muddatda tasdiqlasin;
“Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalarining paxta xomashyosi va paxta mahsulotlari kontraktatsiyasi va hisob-kitobi hududiy markazlariga biriktirib qo‘yiladigan Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasi mintaqaviy inspektorlarining bir oy muddatda tayinlanishini ta’minlasin;
Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasi mablag‘lari maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan nazoratni kuchaytirsin, joylarda moliya intizomi buzilishlarini bartaraf etsin, aybdor shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortishgacha qat’iy javobgarlikka tortsin.
10. Aksiyadorlik-tijorat “Agrobank” ATB paxta tozalash korxonalari “O‘zpaxtasanoat” AJ va uning hududiy filiallari depozit va maxsus hisob raqamlari ochilishi va ular bo‘yicha operatsiyalar to‘g‘ri o‘tkazilishi, Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasi mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi uchun javobgarlik yuklansin.
(10-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-dekabrdagi 372-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 647-modda)
Tayyorlov punktlari tomonidan bank hisob raqamlari ochilishi taqiqlansin. Belgilansinki, tayyorlov punktlarining xo‘jalik ehtiyojlarini ta’minlash bilan bog‘liq hisob-kitoblar paxta tozalash korxonalarining depozit hisob raqamlari orqali amalga oshiriladi.
(10-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 20-maydagi 142-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 21-son, 252-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-dekabrdagi 372-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 647-modda)
12. Kontraktatsiya shartnomalari tuzilishi va bajarilishining belgilangan tartibiga rioya etilishi ustidan zarur nazoratni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining shartnoma majburiyatlari bajarilishini nazorat qilish bo‘linmasi mustahkamlansin, respublika apparatida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligida va viloyat bo‘linmalarining har birida ular xodimlari soni tegishli ravishda 2 shtat birligiga ko‘paytirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-dekabrdagi 372-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 647-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-dekabrdagi 372-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 647-modda)
15. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston paxtani qayta ishlash va paxta mahsulotlarini sotish davlat-aksionerlik uyushmasi (“O‘zdavpaxtasanoatsotish”) faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida” 1992-yil 10-noyabrdagi 517-son qarori;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2001-2002-yillarda xorijiy investorlarni jalb etgan holda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish bo‘yicha kelgusidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2001-yil 9-martdagi 119-son qaroriga 3 va 4-ilovalar “O‘zdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi korxonalariga nisbatan o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T. Sultonov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I.H. Jo‘rabekov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2001-yil 12-iyun,
252-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-dekabrdagi 372-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 647-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1a-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-dekabrdagi 372-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 647-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-dekabrdagi 372-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 647-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 15-noyabrdagi 393-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2002-y., 21-son, 172-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-dekabrdagi 372-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 647-modda)
Vazirlar Mahkamasining
2001-yil 12-iyundagi 252-son qaroriga
7-ILOVA
“O‘zpaxtasanoat” AJning hududiy filialining paxta va paxta mahsulotlari kontraktatsiyasi va hisob-kitobi markazi to‘g‘risida
Nizom
(7-ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-dekabrdagi 372-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 647-modda)
I. Umumiy qoidalar
1. Paxta va paxta mahsulotlari kontraktatsiyasi va hisob-kitobi markazi (keyingi o‘rinlarda “Markaz” deb ataladi) “O‘zpaxtasanoat” AJning hududiy filialining kontraktatsiya shartnomalarining tuzilishi, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari va paxta tozalash korxonalariga o‘z vaqtida paxta xomashyosi va paxta mahsulotlari uchun hisob-kitob qilinishi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda “Jamg‘arma” deb ataladi) mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi uchun mas’ul bo‘lgan tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-dekabrdagi 372-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 647-modda)
2. Markaz o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga, “O‘zpaxtasanoat” AJ Ustaviga va uning hududiy filiali to‘g‘risidagi Nizomga, davlat standartlariga, yo‘riqnomalar va boshqa normativ hujjatlarga, “O‘zpaxtasanoat” AJ va uning hududiy filialining qarorlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-dekabrdagi 372-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 647-modda)
3. Markaz tarkibiga paxta xomashyosi kontraktatsiyasi shartnomalari bo‘limi, paxta mahsulotlarini sotish shartnomalari (kontraktlari) bo‘limi, paxta xomashyosini xarid qilish va paxta mahsulotlarini sotish bo‘yicha o‘zaro hisob-kitoblar bo‘limi hamda bank va hisob-kitob operatsiyalari bo‘limi kiradi.
II. Markazning asosiy vazifalari va funksiyalari
4. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
paxta tozalash korxonalari orqali paxta yetishtiruvchi qishloq xo‘jaligi korxonalari va fermer xo‘jaliklari bilan paxta xomashyosini yetishtirish va qayta ishlash bo‘yicha kontraktatsiya shartnomalarini tuzish;
(4-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 26-maydagi 133-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2005-y., 21-son, 152-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
paxta tozalash korxonalarining maxsus hisob raqamlari orqali Jamg‘armadan olingan mablag‘lar hisobidan kontraktatsiya shartnomalariga muvofiq paxta xomashyosi terimchilariga haq to‘lash;
(4-bandning uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 26-maydagi 133-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2005-y., 21-son, 152-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
qishloq xo‘jaligi korxonalari va fermer xo‘jaliklari bilan paxta tozalash korxonalarining maxsus hisob raqamlari orqali paxta xomashyosini qayta ishlash natijalarini hisobga olgan holda hisob-kitob qilish;
(4-bandning to‘rtinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 26-maydagi 133-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2005-y., 21-son, 152-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
paxta mahsulotlarini yetkazib berish yuzasidan ular bilan Jamg‘armadan olingan mablag‘larning o‘rni qoplanishini nazarda tutib, o‘zaro hisob-kitob qilgan holda paxta tozalash korxonalari bilan shartnomalar tuzish;
(4-bandning beshinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 29-sentabrdagi 414-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 17-18-son, 159-modda)
xizmat ko‘rsatuvchi banklar bilan birgalikda Jamg‘armaning paxta tozalash korxonalarining maxsus hisob raqamlari orqali paxta yetishtiruvchi xo‘jaliklarga yo‘naltiriladigan mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat qilish;
joriy yil paxta xomashyosi hosilini qayta ishlash natijalari bo‘yicha paxta mahsulotlarining natural balansini tayyorlash;
paxta tozalash korxonalarining xatlov dalolatnomalarini paxta xomashyosini qayta ishlash va paxta mahsulotlarini yetkazib berish natijalari bo‘yicha tekshirish, ularni hududiy aksiyadorlik birlashmasi rahbariyatiga tasdiqlash uchun taqdim etish hamda keyinchalik tarmoq bo‘yicha paxta mahsulotlarini yetishtirish va yetkazib berishga doir yig‘ma natural balanslar tayyorlash uchun “O‘zpaxtasanoat” AJ filialiga berish.
(4-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-dekabrdagi 372-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 647-modda)
5. Zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq Markaz quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Oldingi tahrirga qarang.
paxta yetishtiruvchi qishloq xo‘jaligi korxonalari, fermer xo‘jaliklari va paxta tozalash korxonalari bilan paxta xomashyosi yetishtirish va uni qayta ishlash yuzasidan kontraktatsiya shartnomalarini ularni belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazgan holda rasmiylashtiradi;
(5-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 26-maydagi 133-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2005-y., 21-son, 152-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
paxta tozalash korxonalarining kontraktatsiya shartnomalarini bajarishlarini va ular tomonidan taqdim etiladigan qabul qilingan paxtaning miqdori va sifati to‘g‘risidagi ma’lumotlarning to‘g‘riligini nazorat qiladi.
(5-bandning uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-oktabrdagi 451-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 20-son, 191-modda)
“O‘zpaxtasanoat” AJ va uning hududiy filiali rahbariyatiga taqdim etish uchun paxta yetishtiruvchi xo‘jaliklar va paxta tozalash korxonalari bo‘yicha paxta xomashyosini tayyorlashning borishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tayyorlaydi;
(5-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-dekabrdagi 372-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 647-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning beshinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 26-maydagi 133-sonli qarori bilan chiqarib tashlangan— O‘R QHT, 2005-y., 21-son, 152-modda)
paxta yetishtiruvchi xo‘jaliklarga topshirilgan paxta xomashyosi, shu jumladan terim uchun, umumiy tayyorlov hajmidan belgilangan miqdorda haq to‘laydi;
Oldingi tahrirga qarang.
paxta yetishtiruvchi xo‘jaliklar va paxta tozalash korxonalari bilan ularning maxsus hisob raqamlari orqali paxta xomashyosini qayta ishlash natijalarini hisobga olgan holda hisob-kitob qiladi;
(5-bandning yettinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 26-maydagi 133-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2005-y., 21-son, 152-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
paxta tozalash korxonalari bilan jo‘natilgan mahsulot uchun, Jamg‘arma mablag‘larining o‘rni qoplanishini hisobga olgan holda, o‘zaro hisob-kitob qiladi;
(5-bandning sakkizinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 29-sentabrdagi 414-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 17-18-son, 159-modda)
tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha ma’lumotlar tayyorlaydi va viloyat statistika organiga taqdim etadi;
tuzilgan shartnomalar va berilgan naryad-topshiriqnomalarga muvofiq jo‘natilgan paxta mahsulotlari uchun kelgan hisobvaraqlarni paxta tozalash korxonalari, yukni oluvchilar va to‘lovchilar bo‘yicha hujjatlarning butligini, to‘g‘ri va to‘liq to‘ldirilganligini tekshirib hamda yuk jo‘natish hujjatlarini nazoratga olib ro‘yxatdan o‘tkazadi;
paxta tozalash korxonalaridan kelgan hisobvaraqlar asosida idoralar va alohida tashkilotlar bo‘yicha tezkor axborotlar tayyorlaydi;
berilgan hisobvaraqlar asosida paxta tozalash korxonalari bo‘yicha kontraktlar, buyurtmachilar, jo‘natilgan yuk hajmi, mahsulot turlari (assortimenti)ni ko‘rsatgan holda hisobot yuritadi;
kontraktlar va iste’molchilar bo‘yicha pul mablag‘larining kelib tushishi, ularning mahsulot yetkazib beruvchilar bilan o‘zaro hisob-kitoblari ustidan nazorat qiladi va solishtiruv dalolatnomalarini tuzadi;
“O‘zpaxtaeksport” AJga va respublikadagi iste’molchilarga mahsulot yetkazib berish yakunida buyurtmachilar bilan kontraktlar va shartnomalarni yopish dalolatnomalarini tayyorlaydi va rasmiylashtiradi;
(5-bandning o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-dekabrdagi 372-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 647-modda)
tariflar, turdosh korxonalar va tashkilotlar xizmatlari narxlarining o‘zgarishi, da’vo talabnomalari va iqtisodiy nizolarni ko‘rib chiqish natijalarini hisobga olgan holda qayta hisob-kitob qiladi;
(5-bandning o‘n to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-yanvardagi 34-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son)
qabul qilingan paxta xomashyosining konditsion vazni, uning qiymati to‘g‘ri hisoblab chiqarilganligini, shuningdek paxta mahsuloti iste’molchilarga to‘g‘ri jo‘natilganligini tekshiradi;
iqtisodiy nizolar va da’vo talabnomalari bo‘yicha iqtisodiy sudlarga hujjatlar tayyorlaydi;
(5-bandning o‘n oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-yanvardagi 34-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son)
paxta tozalash korxonalari bo‘yicha xomashyo va paxta mahsulotlari balansining tayyorlanishini ta’minlaydi;
paxta mahsulotlarini “O‘zpaxtaeksport” AJga va respublikadagi iste’molchilarga yetkazib berish yuzasidan buyurtmachilar bilan xo‘jalik shartnomalarini rasmiylashtiradi;
(5-bandning o‘n sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-dekabrdagi 372-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 647-modda)
iste’molchilarga paxta mahsulotlarini davlat resurslaridan yetkazib berish yuzasidan paxta tozalash korxonalari bilan, shuningdek paxta yetishtiruvchi xo‘jaliklar o‘z resurslaridan mahsulot sotganda — ular bilan xo‘jalik shartnomalari tuzadi;
paxta tozalash korxonalari uchun “O‘zpaxtaeksport” AJga va respublikadagi iste’molchilarga paxta mahsulotlarini jo‘natishga doir naryad — topshiriqnomalarni bildirishnomalari va buyurtmachilarning jo‘natish rekvizitlariga qat’iy rioya etgan holda rasmiylashtiradi;
(5-bandning yigirmanchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-dekabrdagi 372-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 647-modda)
paxta tozalash korxonalarining “O‘zpaxtaeksport” AJga va respublikadagi iste’molchilarga paxta mahsulotlarini yetkazib berish kontraktlari va shartnomalarini bajarishlari ustidan nazorat qiladi;
(5-bandning yigirma birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-dekabrdagi 372-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 647-modda)
paxta tozalash korxonalari bo‘yicha ular taqdim etadigan tezkor va statistika ma’lumotlari asosida xomashyo, paxta mahsulotlari resurslarining harakati, uning qoldiqlariga doir qat’iy hisobot yuritadi;
paxta yetishtiruvchi xo‘jaliklar va paxta tozalash korxonalarini moliyaviy ta’minlash hajmlariga oid hisob-kitoblarning Jamg‘armaga o‘z vaqtida taqdim etilishini ta’minlaydi va tushgan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat qiladi;
xizmat ko‘rsatuvchi banklar bilan birgalikda Jamg‘armaning paxta yetishtiruvchi xo‘jaliklar va paxtani qayta ishlash korxonalariga yo‘naltirilgan mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat qiladi;
paxta tozalash korxonalarining xatlov dalolatnomalarini paxta xomashyosini qayta ishlash natijalari bo‘yicha tekshiradi, ularni tasdiqlash uchun “O‘zpaxtasanoat” AJ hududiy filiali rahbariyatiga taqdim etadi hamda xomashyodan foydalanish, tayyor mahsulot ishlab chiqarish va yetkazib berish balansini keyinchalik tarmoq bo‘yicha yig‘ma balansga kiritish uchun “O‘zpaxtasanoat” AJga beradi;
(5-bandning yigirma beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-dekabrdagi 372-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 647-modda)
taqdim etilgan hisob-kitoblar, shartnomalar, xatlar va birlamchi hujjatlarga muvofiq mablag‘larni “Paxta-bank”ning viloyat bo‘limlaridagi hisob-kitob va ssuda hisob raqamlari orqali mablag‘larni mahsulot yetkazib beruvchilarga va boshqa tashkilotlarga o‘tkazadi;
paxta tozalash korxonalari bo‘yicha debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘risida har oyning 1 va 15 sanasidagi holat bo‘yicha tezkor ma’lumotlar beradi;
Markaz mutaxassislarining O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Nazorat-taftish bosh boshqarmasi tomonidan o‘tkaziladigan taftish va tekshirishlarda ishtirok etishini ta’minlaydi hamda Markaz, hududiy “O‘zpaxtasanoat” AJ filiali va uning tarkibiga kiruvchi paxta tozalash korxonalarining faoliyati bilan bog‘liq zarur axborot, hisobotlar va boshqa ma’lumotlarni taqdim etadi.
(5-bandning yigirma sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-dekabrdagi 372-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 647-modda)
III. Markazning huquqlari
6. Zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish doirasida Markaz:
belgilangan tartibda paxta tozalash korxonalari, ular tarkibiy bo‘linmalarining paxta xomashyosi tayyorlash, uni qayta ishlash va paxta yetishtiruvchi xo‘jaliklar bilan hisob-kitob qilish bilan bog‘liq faoliyatini muvofiqlashtirish;
paxta yetishtiruvchi xo‘jaliklar va paxta tozalash korxonalari bilan kontraktatsiya, shuningdek paxta mahsulotlarini sotish shartnomalarini tayyorlash va rasmiylashtirish;
paxta yetishtiruvchi xo‘jaliklardan, paxta tozalash korxonalaridan kontraktatsiya shartnomalari, paxta mahsulotlarini yetkazib berish shartnomalarining bajarilishi, Jamg‘arma mablag‘lari va mahsulot sotishdan tushgan mablag‘lar harakati va ulardan foydalanish bilan bog‘liq axborot, ma’lumotlar, hisobotlarni talab qilish va olish;
zimmasiga yuklangan vazifalar doirasida mazkur Nizom va hududiy “O‘zpaxtasanoat” AJ filiali to‘g‘risidagi nizomdan, shuningdek amaldagi qonun hujjatlari talablaridan kelib chiqadigan boshqa vakolatlarni amalga oshirish huquqiga ega.
(6-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-dekabrdagi 372-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 647-modda)
IV. Markaz faoliyatini tashkil etish
7. Markazga lavozimiga ko‘ra “O‘zpaxtasanoat” AJ hududiy filiali direktorining o‘rinbosari hisoblanadigan va belgilangan tartibda uning buyrug‘i bilan tayinlanadigan boshliq rahbarlik qiladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-dekabrdagi 372-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 647-modda)
8. Markaz xodimlari lavozimlarga “O‘zpaxtasanoat” AJ hududiy filialining direktori tomonidan Markaz boshlig‘ining tavsiyasi bilan mutaxassisligi bo‘yicha amaliy ish tajribasiga ega bo‘lgan malakali mutaxassislar orasidan tayinlanadi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-dekabrdagi 372-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 647-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Markazga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasining 1-2 tadan mintaqaviy inspektorlari biriktirib qo‘yiladi. Ular jamg‘armaning mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi va paxta xomashyosi va paxta mahsulotlari uchun hisob-kitob qilinishi ustidan kundalik nazorat qiladilar.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 26-maydagi 133-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2005-y., 21-son, 152-modda)
V. Markazning javobgarligi
10. Markaz kontraktatsiya shartnomalarining bajarilishi, paxta yetishtiruvchi xo‘jaliklar va paxta tozalash korxonalari bilan qilinadigan hisob-kitobning to‘g‘riligi, Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi, shuningdek mazkur Nizomdan va hududiy “O‘zpaxtasanoat” AJ filiali to‘g‘risidagi nizomdan kelib chiqadigan boshqa vazifalarning bajarilishi uchun O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari doirasida javob beradi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-dekabrdagi 372-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 647-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 26-maydagi 133-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘R QHT, 2005-y., 21-son, 152-modda)
Vazirlar Mahkamasining
2001-yil 12-iyundagi 252-son qaroriga
9-ILOVA
Paxta xomashyosi yetishtiruvchilari bilan Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasi orqali hisob-kitob qilish sxemasi
(9-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-dekabrdagi 372-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 647-modda)
Paxta xomashyosi yetishtiruvchilari bilan Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasi orqali hisob-kitob qilish sxemasiga
ILOVA
Akkreditiv ochish
1. “O‘zpaxtasanoat” AJ hududiy filiali akkreditiv ochish uchun belgilangan shaklda 2 nusxada ariza to‘ldiradi va “Agrobank” ATBga taqdim etadi.
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-dekabrdagi 372-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 647-modda)
“O‘zpaxtasanoat” AJ hududiy filiali topshirig‘iga ko‘ra “Agrobank” ATB tomonidan “O‘zpaxtasanoat” AJ hududiy filiali uchun ochilgan maxsus maqsadli hisob raqamidan paxta tozalash korxonalari foydasiga akkreditiv qo‘yiladi.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-dekabrdagi 372-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 647-modda)
Akkreditiv summasi urug‘lik, idishlar va o‘rash materiallari tarzidagi naturadagi avansni chegirib tashlagan holda tayyorlanadigan paxta xomashyosi qiymatining 80 foizini tashkil etadi. Qolgan 20 foizi paxtani qayta ishlash va tolani sotish natijalarini hisobga olgan holda yakuniy hisob-kitob qilishda to‘lanadi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 20-maydagi 142-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 21-son, 252-modda)
2. “Agrobank” ATB “O‘zpaxtasanoat” AJ hududiy filialidan olingan buyurtmanoma asosida qishloq xo‘jaligi korxonalari va fermer xo‘jaliklari (keyingi o‘rinlarda “qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari” deb ataladi)dan amalda xarid qilingan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun hisob-kitob qilish maqsadida mablag‘ olish uchun Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda “Jamg‘arma” deb ataladi)ga murojaat qiladi, bunda urug‘lik, idishlar va o‘rash materiallari tarzidagi naturadagi avans chegirib tashlanadi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-dekabrdagi 372-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 647-modda)
3. Jamg‘arma, kutilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hosili hajmidan kelib chiqib, “Agrobank” ATB hamda “O‘zpaxtasanoat” AJning hududiy filiali bilan tuzilgan Bosh bitim asosida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilaridan amalda xarid qilingan paxta xomashyosi uchun hisob-kitob qilish maqsadida (urug‘lik, idishlar va o‘rash materiallari tarzidagi naturadagi avans chegirgan holda) maqsadli mablag‘lar ajratadi.
Jamg‘armaning to‘lov topshiriqnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Toshkent shahar boshqarmasining hisob-kitob kassalari markazi maqsadli mablag‘larni, keyinchalik “O‘zpaxtasanoat” AJ hududiy filialining maxsus maqsadli hisob raqamiga yo‘naltirish maqsadida “Agrobank” ATBka 29801-son “Mijozlar bilan hisob-kitob qilish” hisob raqamiga o‘tkazadi. “O‘zpaxtasanoat” AJ hududiy filiali ko‘rsatib o‘tilgan mablag‘larni paxta tozalash korxonalarining maxsus hisob raqamlariga akkreditivlar ochish uchun yo‘naltiradi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-dekabrdagi 372-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 647-modda)
4. “Agrobank” ATB arizaning to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini tekshiradi va “O‘zpaxtasanoat” AJ hududiy filialining foydasiga akkreditiv ochilganligi to‘g‘risida ijro etuvchi bank (“O‘zpaxtasanoat” AJ hududiy filiali banki)ni elektron tizimi orqali xabardor qiladi. Ayni bir vaqtda akkreditiv summasi ko‘zda tutilmagan vaziyatlar uchun mo‘ljallangan balansdan tashqari 90909-son “Chiqarilgan akkreditivlar” hisob raqamiga kirim qilinadi.
“Agrobank” ATB filiali akkreditiv summasini qoplash mablag‘larini elektron to‘lovlar tizimi bo‘yicha ijro etuvchi bankka o‘tkazadi, keyinchalik mazkur mablag‘lar “O‘zpaxtasanoat” AJ hududiy filialining 22602-son “Mijozlarning akkreditivlar bo‘yicha depozitlari” akkreditiv hisob raqamiga yozib qo‘yiladi.
Ijro etuvchi bankda akkreditivga oid elektron ariza ikki nusxada ochib chiqariladi, uning bir nusxasi bankning kundalik hujjatlariga tikib qo‘yiladi, ikkinchi nusxasi “To‘lov muddatini kutayotgan hisob-kitob hujjatlari” 1-son kartotekaga qo‘yiladi. So‘ngra ijro etuvchi bank “O‘zpaxtasanoat” AJ hududiy filialini uning foydasiga akkreditiv ochilganligi to‘g‘risida xabardor qiladi.
“O‘zpaxtasanoat” AJ hududiy filiali akkreditiv shartlarini shartnoma shartlari bilan solishtiradi va uning foydasiga akkreditiv ochilganligi to‘g‘risida bank bildirishnomasini olgan vaqtdan boshlab 3 bank kuni mobaynida akkreditiv shartlarini qabul qilishga roziligi yoki rozi bo‘lmaganligini yozma shaklda ma’lum qiladi. Akkreditivni qabul qilish rad etilgan taqdirda “O‘zpaxtasanoat” AJ hududiy filiali shartnomaga muvofiq akkreditiv shartlariga o‘zgartirishlar kiritishni yoki mazkur akkreditivni bekor qilishni talab qiladi. Hech qanday javob bo‘lmagan taqdirda akkreditiv qabul qilingan hisoblanadi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-dekabrdagi 372-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 647-modda)
Akkreditivni o‘tkazish
5. “O‘zpaxtasanoat” AJ hududiy filiali qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari bilan tuzilgan kontraktatsiya shartnomalariga asosan o‘zining “transfer”, ya’ni chaqirib olinmaydigan ochiq hujjatlashtirilgan akkreditivni qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga mablag‘lar ta’minotisiz o‘tkazib qayta avizo qilish huquqidan foydalanadi. Ushbu maqsadda “O‘zpaxtasanoat” AJ hududiy filiali akkreditiv shartlarini butun summa yoki uning bir qismi bo‘yicha qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchisi foydasiga qayta avizo qilish uchun ijro etuvchi bankka yozma ko‘rsatma beradi.
“O‘zpaxtasanoat” AJ hududiy filialining topshiriq xatida akkreditivni (to‘liq yoki qisman) bankning muayyan muassasasiga yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri paxta tozalash korxonasining maxsus hisob raqamiga o‘tkazib berish to‘g‘risidagi iltimosnoma va korxonani hujjatlar qabul qilinganligi va jo‘natilganligi, shuningdek bank muassasasini akkreditiv shartlari o‘zgartirilganligi to‘g‘risida xabardor qilish tartibi haqida ko‘rsatma bo‘lishi kerak.
“O‘zpaxtasanoat” AJ hududiy filialining akkreditiv shartlarini paxta tozalash korxonasining maxsus hisob raqami orqali qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchisi foydasiga berish to‘g‘risidagi topshirig‘iga ko‘ra ijro etuvchi bank akkreditivni o‘tkazish to‘g‘risida bildirishnomani rasmiylashtiradi.
Akkreditivlarni qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchisining bank muassasasiga (avizo qiluvchi bankka) bajarish uchun berishda “O‘zpaxtasanoat” AJ hududiy filiali ularni o‘z hisobida qoldiradi. Tegishli ravishda, “Agrobank” ATB akkreditivning bajarish uchun berilganligi to‘g‘risida xabardor qilinadi. Har bir o‘tkazilgan akkreditiv bo‘yicha batafsil hisob yuritiladi.
Avizo qiluvchi bank qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchisi foydasiga akkreditiv ochilganligi to‘g‘risida bildirishnoma olgach, uni balansdan tashqari 90961-son (“Xabar qilingan akkreditivlar”) hisob raqamida hisobga oladi.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchisi, akkreditivni olgach, akkreditiv shartlarini tekshiradi; akkreditiv shartlari kontraktatsiya shartlariga muvofiq bo‘lgan taqdirda o‘z roziligi to‘g‘risida avizo qiluvchi bankka o‘z foydasiga akkreditiv ochilganligi to‘g‘risida bank bildirishnomasi olingan vaqtdan boshlab 3 bank kuni mobaynida xabar beradi.
Akkreditivga barcha o‘zgartirishlar faqat “Agrobank” ATB tomonidan akkreditivning asl nusxasi paxta tozalash zavodiga avizo qilingan usulda “O‘zpaxtasanoat” AJ hududiy filialidan yozma shaklda olingan yo‘riqnoma asosida kiritiladi. O‘zgartirish “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasining yozma shakldagi roziligi mavjud bo‘lgan taqdirda qabul qilingan hisoblanadi.
Zarurat bo‘lganda o‘zgartirishlar qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchisiga avizo qilingan akkreditivga ham kiritilishi mumkin. Har qanday o‘zgartirish uning akseptiga qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchisining roziligi mavjud bo‘lganda qabul qilingan hisoblanadi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-dekabrdagi 372-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 647-modda)
Akkreditivni bajarish
6. Mablag‘larni qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining maxsus hisob raqamlariga o‘tkazish ular tomonidan ijro etuvchi bankka akkreditiv shartlarining bajarilganligini tasdiqlovchi quyidagi hujjatlar taqdim etilgandan keyin amalga oshiriladi:
Paxta va paxta mahsuloti kontraktatsiyasi va hisob-kitobi markazining boshlig‘i, “O‘zpaxtasanoat” AJ filiali, paxta tozalash zavodi va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchisining rahbarlari va bosh buxgaltyerlari tomonidan imzolangan, har 5 kun bo‘yicha kontraktning bajarilishiga oid solishtirish dalolatnomasi;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-dekabrdagi 372-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 647-modda)
paxta bo‘yicha PK-17 qabul qilish-topshirish kvitansiyalari.
Ijro etuvchi hujjatlar bankka qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchisi yoki unga xizmat ko‘rsatuvchi bankning pullarni oluvchining rekvizitlari ko‘rsatilgan xati bilan yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Ijro etuvchi bank to‘lash uchun taqdim etilgan hujjatlarning Tekshirish varaqasi bo‘yicha akkreditiv shartlariga muvofiqligini puxta tekshiradi va mahsulotlar belgilangan tartibda yetkazib berilganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgandan keyin 7 bank kuni mobaynida ushbu hujjatlarda ko‘rsatilgan summani amaldagi akkreditivning depozit hisob raqamidan hisobdan chiqaradi, so‘ngra mablag‘larni paxta xomashyosi uchun ilgari olingan urug‘lik chigit, idishlar, o‘rash materiallari tarzidagi naturadagi avansni ushlab qolgan holda, amalda yetkazib berilgan paxta xomashyosi qiymatining 80 foizi miqdorida hamda olingan va sotilgan tolani hisobga olgan holda yakuniy hisob-kitob uchun 20 foizi miqdorida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchisining hisob raqamiga o‘tkazadi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 26-maydagi 133-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2005-y., 21-son, 152-modda)
8. Maxsus maqsadli hisob raqamlari orqali qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga kelib tushgan mablag‘lardan Markaziy bank bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibga muvofiq mehnatga haq to‘lash hamda uning bilan bog‘liq to‘lovlar, kechiktirib bo‘lmaydigan to‘lovlar, qishloq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi va unga moddiy-texnika resurslari yetkazib beruvchi korxonalar va tashkilotlar bilan hisob-kitob qilish uchun foydalaniladi.
9. Mablag‘lar to‘langandan keyin ijro etuvchi bank ilova xati tayyorlaydi va paxta tozalash korxonasi, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchisi va ijro etuvchi bank tomonidan imzolangan uch tomonlama tuzilgan solishtirish dalolatnomasini amalga oshirilgan to‘lov tasdiqnomasi bilan “Agrobank” ATBka jo‘natadi.
“Agrobank” ATB filiali hujjatlarni olgach summani hisobdan chiqaradi va hujjatlarni to‘lov summasi va sanasini ko‘rsatgan holda “O‘zpaxtasanoat” AJ filialiga beradi.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-dekabrdagi 372-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 647-modda)
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchisining bankidagi akkreditiv quyidagi hollarda yopiladi:
a) akkreditiv muddati tugaganda. Ijro etuvchi bank “Agrobank” ATBni akkreditiv yopilishi to‘g‘risida xabardor qiladi;
b) agar akkreditiv shartlarida nazarda tutilgan bo‘lsa, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchisining bundan buyon akkreditivdan uning belgilangan muddati tugamasdan foydalanishdan voz kechishi to‘g‘risidagi arizasiga ko‘ra. Bunda “Agrobank” ATBka ijro etuvchi bank tomonidan bildirishnoma yuboriladi. Foydalanilmagan summa “Agrobank” ATBning mablag‘lar deponent qilingan hisob raqamiga yoki kreditni qoplash hisobiga o‘tkaziladi;
v) “O‘zpaxtasanoat” AJ filiali va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchisining, agar bu akkreditiv shartlarida nazarda tutilgan bo‘lsa, akkreditivni to‘liq yoki qisman chaqirib olish to‘g‘risidagi ikki tomonlama roziligiga ko‘ra akkreditiv ijro etuvchi bankdan xabar olingan kuni yopiladi yoki “Mijozlarning akkreditivlar bo‘yicha depozitlari” 22602-son balans hisob raqamidagi qoldiq summadan oshmaydigan miqdorda kamaytiriladi. Akkreditiv yopilganligi to‘g‘risida “Agrobank” ATBga bildirishnoma yuboriladi.
(9-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-dekabrdagi 372-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 647-modda)
***
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasi hisob-kitoblarning barcha bosqichlarida “O‘zpaxtasanoat” AJ filiallarining Paxta xomashyosi va paxta mahsulotlari kontraktatsiyasi va hisob-kitobi markazlaridagi o‘z mintaqaviy inspektorlari orqali “Agrobank” ATB bilan birgalikda Jamg‘arma mablag‘larining harakati hamda paxta xomashyosi va paxta mahsulotlari uchun hisob-kitoblarning amalga oshirishi ustidan kundalik nazoratni olib boradi.
(9-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-dekabrdagi 372-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 647-modda)
“Agrobank” ATB paxta tozalash korxonalari va “O‘zpaxtasanoat” AJ filiallarining depozit va maxsus hisob raqamlarining ochilishi hamda operatsiyalar to‘g‘ri o‘tkazilishi, Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasi mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi uchun javob beradi.
(9-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-dekabrdagi 372-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 647-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2001-y., 11-son, 67-modda; 2002-y., 21-son, 172-modda; 2003-y., 17-18-son, 159-modda; 20-son, 191-modda; 2004-y., 43-son, 456-modda; 2005-y., 21-son, 152-modda; 2009-y., 21-son, 252-modda; 2010-y., 23-son, 183-modda; 2015-y., 52-son, 647-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son)