toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VETERINARIYADA GIYOHVANDLIK VOSITALARI, PSIXOTROP MODDALAR VA PREKURSORLARDAN FOYDALANISH TARTIBINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
“Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Veterinariyada giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan foydalanish tartibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Agrosanoat kompleksi kotibiyatiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2003-yil 12-sentabr,
397-son
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil
12-sentabrdagi 397-son qaroriga
ILOVA
Veterinariyada giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan foydalanish
tartibi
I. Umumiy qoidalar
1. Veterinariyada giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan foydalanish tartibi “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar toʻgʻrisida”gi, “Veterinariya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan.
2. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni tegishli faoliyat turiga litsenziya mavjud boʻlgan va mazkur Tartibda nazarda tutilgan shartlarga rioya qilingan taqdirda:
davlat veterinariya xizmati respublika, viloyat, tuman (tumanlararo), shahar boʻlinmalari, “Oʻzzoovettaʼminotxizmat” respublika ishlab chiqarish birlashmasi va uning viloyat boʻlimlari, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, ularning muomalada boʻlishini amalga oshiruvchi boshqa muassasalar, tashkilotlar va korxonalarning veterinariya preparatlari omborlarida (bazalarida) hamda veterinariya dorixonalarida;
veterinariya laboratoriyalarida;
veterinariya ilmiy-tadqiqot muassasalari, oliy oʻquv yurtlari va sinov laboratoriyalarida;
veterinariya farmatsevtika ishlab chiqarish korxonalarida saqlash, berish, sotish, taqsimlash va foydalanishga ruxsat beriladi.
Veterinariya maqsadlaridagi giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan veterinariya davolash-profilaktika muassasalarida (shu jumladan veterinariya uchastkalari va punktlarida), chorvachilik xoʻjaliklari va korxonalarida faqat tayyor dori shaklida foydalanishga ruxsat beriladi.
3. Veterinariya maqsadlari uchun faqat Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 31-iyuldagi 293-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida nazoratga olinadigan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning II, III va IV roʻyxatiga kiritilgan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar qoʻllanishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasida qoʻllashga ruxsat berilmagan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni veterinariya omborlarida (bazalarida), veterinariya dorixonalarida va boshqa veterinariya muassasalarida va tashkilotlarida saqlash taqiqlanadi.
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash boʻyicha texnik talablar Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligining 2001-yil 17-iyundagi 2-son qoʻshma qarori bilan tasdiqlangan, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2001-yil 11-iyulda 1048-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash boʻyicha texnik talablar toʻgʻrisidagi Nizom bilan tartibga solinadi.
II. Giyohvandlik vositalarini saqlash, berish, sotish, taqsimlash va hisobga olish tartibi
Giyohvandlik vositalarini veterinariya preparatlari omborlarida (bazalarida) saqlash, berish, hisobga olish
4. Veterinariya preparatlari omborlarida (bazalarida) giyohvandlik vositalari ish kuni tamom boʻlgandan keyin bekiladigan va soʻrgʻichlanadigan, alohida jihozlangan binolarda joylashgan seyflarda yoki metall shkaflarda saqlanadi.
5. Giyohvandlik vositalari saqlanayotgan binoga kirishga faqat bevosita u bilan ishlaydigan va ombor (baza) rahbari buyrugʻi bilan rasmiylashtirilgan shaxslarga ruxsat beriladi.
6. Oʻzbekiston Respublikasida veterinariyada qoʻllanishga ruxsat berilmagan giyohvandlik vositalarini omborlarda (bazalarda) saqlash taqiqlanadi.
7. Giyohvandlik vositalari keltirilgan ombor (baza) mudiri yoki unga vakolatli boʻlgan shaxs ilova qilingan hujjatlarida koʻrsatilgan miqdori va ogʻirligiga ularning miqdori va ogʻirligining muvofiqligini shaxsan tekshirishi shart.
8. Poroshok holidagi giyohvandlik vositalari omborlardan (bazalardan) faqat soʻrgʻichlangan holda beriladi.
9. Giyohvandlik vositalarini berish veterinariya muassasasi rahbari yoki uning oʻrinbosari tomonidan imzolangan, ushbu muassasaning gerbli muhri bilan tasdiqlangan talabnomalar boʻyicha amalga oshirilishi kerak.
10. Giyohvandlik vositalariga barcha talabnomalar boshqa veterinariya preparatlariga talabnomalardan alohida yozilishi kerak, bunda ularning miqdori soʻz bilan yozib koʻrsatiladi.
11. Giyohvandlik vositalari olingan vositalarning nomi va ularning soʻz bilan yozilgan miqdori koʻrsatilgan holda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan alohida ishonchnoma boʻyicha beriladi.
12. Giyohvandlik vositalarini berishdan oldin muassasa buyrugʻi boʻyicha uning saqlanishi uchun javobgar shaxs, berish uchun asoslarni, berilayotgan giyohvandlik vositasining ilova qilingan hujjatlarga muvofiqligini, oʻramining toʻgʻriligini shaxsan tekshirishi va omborda (bazada) qoladigan tovar-transport yuk hujjatining nusxasiga imzo qoʻyishi shart.
13. Giyohvandlik vositalari omborlardan (bazalardan) faqat veterinariya maqsadlari uchun yuridik shaxslarga giyohvandlik vositalaridan foydalanish huquqiga litsenziyasi mavjud boʻlganda beriladi.
14. Giyohvandlik vositalari va maxsus retseptura blankalari omborlarda (bazalarda) mazkur Tartibga 1 va 2-ilovalarga muvofiq shakllar boʻyicha raqamlangan va ip oʻtkazib tikilgan, veterinariya muassasasi rahbarining imzosi va muhr bilan tasdiqlangan maxsus daftarlarda hisobga olinadi.
15. Giyohvandlik vositalarining kirimi va chiqimi boʻyicha barcha hujjatlar omborlarda (bazada) uning saqlanishi uchun masʼul boʻlgan shaxsda belgilangan saqlanish muddatlariga muvofiq ravishda, ushbu hujjatlarning saqlanishi toʻliq kafolatlangan sharoitlarda saqlanadi.
Koʻrsatilgan hujjatlarning saqlanish muddati 5 yil.
Veterinariya dorixonalarida giyohvandlik vositalarini saqlash, berish, sotish va hisobga olish
16. Veterinariya dorixonalarida giyohvandlik vositalari seyflarda saqlanadi. Seyflar yopiq holatda boʻlishi kerak. Ish kuni tamom boʻlgandan keyin seyflar qulflanishi va soʻrgʻichlanishi, kalitlar, muhr, plombir esa — uning saqlanishi uchun javobgar boʻlgan, buyruq bilan vakolatlangan shaxsda boʻlishi kerak.
17. Oʻziga xizmat vazifalariga koʻra giyohvandlik vositalari boʻyicha bevosita ruxsati boʻladigan shaxslarni ishga qabul qilishda ushbu shaxslarni “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan tanishtirish, shuningdek u bilan tuziladigan mehnat shartnomasiga (kontraktga) mazkur Tartibga rioya etmaganlik uchun javobgarlik toʻgʻrisidagi qoidalar kiritilishi zarur.
18. Giyohvandlik vositalarini joriy ishlar uchun assistent xonasiga berish faqat veterinariya dorixonasi mudiri yoki bunga vakolati boʻlgan shaxs tomonidan giyohvandlik vositalari saqlanadigan xonadan amalga oshirilishi kerak.
19. Veterinariya dorixonasining assistent xonasida giyohvandlik vositalari tunda qoldirilishi mumkin emas.
20. Giyohvandlik vositalari mazkur Tartibga 5-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha raqamlangan, ip oʻtkazib tikilgan va muassasa yoki yuqori tashkilot rahbarining imzosi hamda muhr bilan tasdiqlangan maxsus daftarda ashyoviy-miqdoriy hisobda turishi kerak.
21. Har oyning 1-kunida veterinariya dorixonasida uning ixtiyorida boʻlgan giyohvandlik vositalari belgilangan tartibda xatlovdan oʻtkaziladi hamda balans tuziladi. Balansda tafovut normadan yuqori sarflash yoki oʻtkazilgan xatlov natijasida balans maʼlumotlarining nomuvofiqligi toʻgʻrisida maʼlumotlar aniqlangan taqdirda, dorixona mudiri uch kun muddatda bu toʻgʻrida ichki ishlar organlariga xabar beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Giyohvandlik vositalari talon-toroj qilingan va oʻgʻirlangan taqdirda mazkur Tartibga 4-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha dorixona mudiri zudlik bilan bu toʻgʻrida ichki ishlar organlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga bu toʻgʻrida xabar beradigan, davlat veterinariya xizmati yuqori organiga xabar qilishi shart.
(21-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 532-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.06.2019-y., 09/19/532/3344-son)
22. Dorixona mudiri yoki uning oʻrinbosari veterinariya dorixonalaridan jismoniy shaxslarga giyohvandlik vositalarini berish huquqiga ega.
23. Tarkibiga giyohvandlik vositalari kiradigan dorilarga retseptlarni qabul qilishda, dorixona mudiri (yoki uning oʻrinbosari) kasal hayvonning turi va yoshini aniqlashi, dozaning toʻgʻri belgilanganligini, dori shaklida yozilgan ingridiyentlarning mosligini tekshirishi va giyohvandlik vositalari nomining tagiga chizib qoʻyishi (ajratishi) shart.
24. Dori tarkibiga kiruvchi giyohvandlik vositalari uning saqlanish joyida tarozida tortilishi kerak, soʻngra shtanglas seyfga joylanadi. Retseptning orqa tomoniga dorixona mudiri (yoki uning oʻrinbosari) giyohvandlik vositasining nomi va miqdorini koʻrsatgan holda, uning talab qilingan miqdorini berganligi, jismoniy shaxs esa olganligi toʻgʻrisida imzo qoʻyadi.
Tarkibida giyohvandlik vositalari boʻlgan dorilarni tarozida tortish va tayyorlash uchun moʻljallangan priborlar, asbob va idishlar seyflarda saqlanishi kerak, ularni yuvish va ishlov berish dorixona mudiri va uning oʻrinbosari nazoratida alohida amalga oshirilishi kerak. Giyohvandlik vositalaridan iborat boʻlgan dorilar tayyorlanadigan idishda tegishli markirovka boʻlishi kerak.
25. Agar retseptda, boshqa ingridiyentlar bilan birga, giyohvandlik vositalari yozilgan boʻlsa, bu holda ularni alohida (tayyorlangan dori tarkibidan alohida) berish taqiqlanadi.
26. Giyohvandlik vositalarini takroran olish uchun veterinar vrach hayvon egasiga yangi retsept yozib berishi shart.
27. Shahar yoki qishloq maʼmuriy tumanlari doirasidagi veterinariya dorixonalari tomonidan giyohvandlik vositalari ular hududida joylashgan veterinariya davolash-profilaktika muassasalarining retseptlari boʻyicha beriladi.
28. Tarkibida giyohvandlik vositalari boʻlgan dorilar uchun foydalanilgan retseptura blankalari oylar va yillar boʻyicha ip oʻtkazib tikilgan, soʻrgʻichlangan holda 5 yil mobaynida saqlanishi kerak.
Ular boʻyicha giyohvandlik vositalari berilgan retseptlar giyohvandlik vositalari saqlanadigan xonalarda saqlanadi. Saqlash muddati tugagan retseptlar tegishli dalolatnoma (mazkur Tartibga 7-ilova) rasmiylashtirilgan holda yoqib yoʻq qilinadi.
Veterinariya davolash-profilaktika muassasalarida, chorvachilik xoʻjaliklari va korxonalarida giyohvandlik vositalarini saqlash, hisobga olish, berish va qoʻllanish
29. Veterinariya davolash-profilaktika muassasalari, chorvachilik xoʻjaliklari va korxonalari giyohvandlik vositalarini faqat qoʻllashga tayyor holda sanoatda, veterinariya yoki tibbiy dorixonalarda tayyorlangan dori shakllarida olishi kerak.
30. Veterinariya davolash-profilaktika muassasalari, chorvachilik xoʻjaliklari va korxonalari dorixonalarida giyohvandlik vositalari seyflarda saqlanadi.
Veterinariya dorixonalari uchun (2-band) nazarda tutilgan giyohvandlik dorivor vositalarni hisobga olish va berish tartibi veterinariya davolash-profilaktika muassasalari, chorvachilik xoʻjaliklari va korxonalari dorixonalariga ham joriy etiladi.
31. Veterinariya davolash-profilaktika muassasalari, chorvachilik xoʻjaliklari va korxonalari tomonidan veterinariya yoki tibbiy dorixonalardan olinadigan tarkibida giyohvandlik vositalari boʻlgan dorilar signaturasida yoki yorligʻida aniq va tushunarli holdagi “Ichish uchun”, “Surtish uchun”, “Inyeksiyalar uchun”, “Koʻzga tomiziladigan malham” va boshqa yozuvlar, shuningdek dori tayyorlangan dorixona nomeri (nomi), dorining talabnomada koʻrsatilgan yozuvlarga mos tarkibi, dori tayyorlangan sana va dorini tayyorlovchi va uni dorixonadan bergan shaxsning imzosi boʻlishi kerak.
Giyohvandlik vositalarining oʻramlarida sanab oʻtilgan belgilar mavjud boʻlmaganda veterinariya davolash-profilaktika muassasalarida, chorvachilik xoʻjaliklari va korxonalarida ularni saqlash va qoʻllanishga ruxsat berilmaydi. Qadoqlash, joylash, oʻlchab tayyorlash, boshqa idishga quyish va joylash, shuningdek yorliqlarini almashtirib qoʻyish qatʼiyan taqiqlanadi.
32. Veterinariya davolash-profilaktika muassasalari, chorvachilik xoʻjaliklari va korxonalari dorixonalarida giyohvandlik vositalari zaxirasi ularga boʻlgan oylik ehtiyojdan oshmasligi kerak.
Veterinariya davolash-profilaktika muassasalari, chorvachilik fermalari hamda xoʻjaliklari va korxonalari davolovchi veterinar vrachlari va feldsherlaridagi giyohvandlik vositalari zaxiralari ularga boʻlgan uch kunlik joriy ehtiyojdan oshmasligi kerak.
Davolash-profilaktika muassasalari, chorvachilik fermalari va xoʻjaliklar hamda korxonalar boʻlimlarining davolovchi veterinar vrachlari va feldsherlariga kechki va tungi vaqtlarda shoshilinch yordam koʻrsatish uchun giyohvandlik vositalarining besh kunlik zaxirasini tashkil etishga ruxsat beriladi.
33. Veterinariya davolash-profilaktika muassasasi mudiri, chorvachilik xoʻjaligi yoki korxonasi bosh veterinar vrachlari (yoki ularning oʻrinbosarlari), shuningdek muassasa, xoʻjalik yoki korxona boʻyicha buyruq bilan belgilangan shaxslar giyohvandlik vositalarini saqlash, hisobga olish, berish va kasal hayvonlarga qoʻllashni tashkil etish uchun masʼul hisoblanadilar.
34. Tarkibida giyohvandlik vositalari boʻlgan dorilarni kasal hayvonlarga qoʻllash veterinar vrach yoki feldsher tomonidan boshqa dorilardan alohida amalga oshirilishi kerak.
35. Davolash-profilaktika muassasalari, chorvachilik firmalari va xoʻjaliklari boʻlimlari hamda korxonalarining davolovchi vrachlari va feldsherlaridagi giyohvandlik vositalari mazkur Tartibga 8-ilovada koʻrsatilgan shakl boʻyicha ip bilan tikilgan, nomerlangan va veterinariya davolash-profilaktika muassasasi, xoʻjalik yoki korxona veterinariya xizmati rahbarining imzosi bilan tasdiqlangan holda maxsus daftarda ashyoviy-miqdor boʻyicha hisobga olinadi.
36. Veterinariya davolash-profilaktika muassasalari, chorvachilik xoʻjaliklari va korxonalari zarur maxsus retseptura blankalarini davlat veterinariya xizmati boshqarmasining tuman (shahar) organlari orqali oladilar.
37. Giyohvandlik vositalariga maxsus retseptura blankalari veterinariya davolash-profilaktika muassasalariga kelib tushganda komissiya tomonidan dalolatnoma boʻyicha qabul qilinadi va mazkur Tartibga 9-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha Giyohvandlik vositalariga maxsus retseptura blankalarini hisobga olish daftarida kirim qilinadi.
Giyohvandlik vositalariga maxsus retseptura blankalari sahifalari nomerlanishi, ip oʻtkazib tikilishi va veterinariya davolash-profilaktika muassasasi, chorvachilik xoʻjaligi yoki korxonasi veterinariya xizmati rahbari imzosi va muhr bilan tasdiqlanishi kerak boʻlgan koʻrsatib oʻtilgan Daftarda hisobga olinadi.
38. Giyohvandlik vositalari uchun maxsus retseptura blankalari veterinariya davolash-profilaktika muassasasi, chorvachilik xoʻjaligi yoki korxonasi veterinariya xizmati rahbarida yoki rahbarning buyrugʻi bilan tayinlangan retseptura blankalarini olish, saqlash, hisobga olish va berish uchun masʼul shaxsda seyfda yoki metall shkafda saqlanishi kerak.
39. Veterinariya davolash-profilaktika muassasasi, chorvachilik xoʻjaligi yoki korxonasi veterinariya xizmati rahbarining koʻrsatmasi boʻyicha giyohvandlik preparatlari uchun retseptura blankalari ikki haftalik ehtiyoj miqdorida, lekin 10 donadan koʻp boʻlmagan miqdorda (giyohvandlik preparatlari uchun koʻp miqdorda retseptura blankalariga ehtiyoj tugʻilganda ularning miqdori rahbarning farmoyishi boʻyicha koʻpaytirilishi mumkin) retseptlar yozish huquqiga ega boʻlgan davolovchi veterinar vrachga beriladi.
40. Veterinariya davolash-profilaktika muassasalarida, chorvachilik xoʻjaliklari yoki korxonalarida joriy ehtiyoj uchun maxsus retseptura blankalari zaxirasi oylik ehtiyojdan oshmasligi kerak. Ularning ortiqchasi davlat veterinariya xizmati boshqarmasining hududiy organlariga topshirilishi kerak.
41. Giyohvandlik vositalari uchun maxsus retseptura blankalari veterinariya muassasasi, xoʻjalik va korxonaning veterinariya xizmati rahbarida yoki bunga buyruq bilan vakolatlangan shaxsda kaliti turadigan metall shkaflarda saqlanishi kerak.
42. Har bir veterinariya davolash-profilaktika muassasasida, chorvachilik xoʻjaligi yoki korxonasida giyohvandlik vositalarini davolovchi vrachlar tomonidan buyurishning maqsadga muvofiqligini, muassasa, xoʻjalik yoki korxonada giyohvandlik vositalarini saqlash holatini, hisobga olinishi va sarflanishini har oyda kamida bir marta tekshirishni amalga oshiradigan, muassasa, xoʻjalik yoki korxonaning veterinariya xizmati rahbari buyrugʻi bilan tayinlanadigan doimiy ishlovchi komissiya tuziladi. Tekshiruv natijalari dalolatnomalar bilan rasmiylashtiriladi.
Giyohvandlik vositalari va maxsus retseptura blankalarining daftarda qayd etilgan qoldigʻi amalda mavjud boʻlgan miqdoriga mos boʻlmagan taqdirda komissiya bir sutka mobaynida bu toʻgʻrida davlat veterinariya xizmati boshqarmasi organini, zarurat boʻlganda ichki ishlar organini yozma ravishda xabardor qilishi shart.
43. Veterinariya davolash-profilaktika muassasalari, xoʻjaliklar hamda korxonalar veterinariya xizmati rahbarlari giyohvandlik vositalarining va giyohvandlik vositalariga yozib berish uchun maxsus retseptura blankalarining oqilona qoʻllanishi, hisobga olinishi va saqlanishi uchun javob beradilar.
44. Davlat veterinariya xizmati hududiy organlari veterinariya davolash-profilaktika muassasalarini, chorvachilik xoʻjaliklari va korxonalarini tekshirishda giyohvandlik vositalari uchun maxsus retseptura blankalarining saqlanishini taʼminlashni nazorat qiladilar.
Giyohvandlik vositalari uchun retsept yozish qoidalari
45. Ambulatoriyada davolash zarur boʻlgan kasal hayvonlar uchun, dori-darmonlar shakllari (jumladan, tayyor dori-darmon vositalari) turidan qatʼi nazar, sof holdagi yoki indifferent toʻldirgichlar bilan birgalikdagi giyohvandlik vositalariga retsept faqat veterinariya davolash-profilaktika muassasasi, xoʻjalik va korxonalar veterinariya xizmatining shtampi va dumaloq muhri qoʻyilgan holda, belgilangan namunadagi (mazkur Tartibga 5 va 6-ilovalar) maxsus retseptura blankalariga yozib berilishi kerak.
46. Giyohvandlik vositalari uchun maxsus blankaga yozilgan retsept uni imzolagan veterinar vrach tomonidan yozilishi kerak. Bundan tashqari, ushbu retsept, shuningdek giyohvandlik vositalarini kasal hayvonlarga buyurish uchun javob beradigan veterinariya davolash-profilaktika muassasasi yoki xoʻjalik yoxud korxonaning veterinariya xizmati rahbari tomonidan ham imzolanishi kerak.
Veterinariya davolash-profilaktika muassasasi va xoʻjalik yoki korxona veterinariya xizmatining davolovchi veterinariya vrachlari muassasa, xoʻjalik yoki korxona veterinariya xizmati rahbari tomonidan oldingi gal yozib berilgan miqdorga muvofiq ravishda foydalanilgan ampulalar topshirilgan taqdirda giyohvandlik vositalariga retseptni qayta yozib berish huquqiga ega.
47. Toʻldirilmagan maxsus retseptura blankalarini muhr bilan rasmiylashlashtirish taqiqlanadi.
48. Veterinariya vrachlari giyohvandlik vositalarining nomini retseptning boshiga, undan keyin esa — qolgan barcha ingrediyentlarni yozishi kerak.
Veterinariya davolash-profilaktika muassasalari va xoʻjalik hamda korxonalarning veterinariya xizmatlari talabnomalarida retseptlar va giyohvandlik vositalari nomi faqat lotin tilida, muassasa yoki xoʻjalik yoxud korxona veterinariya xizmati rahbarining imzosi, shtamp va muhr qoʻyilgan alohida blankalarga yozib berilishi kerak. Talabnomada dorining nimaga buyurilganligi albatta (inyeksiyalar, surish, ichish, koʻzga tomizish uchun va hokazo) koʻrsatilishi kerak, dori-darmon vositalari buyurilgan hayvonlarning turi va yoshi hamda jinsi boʻyicha guruhi, ularning inventar raqami, kasal hayvonlar egalarining familiyasi, ismi va otasining ismi (ferma mudirlari, brigadirlar, bosh molboqar va boshqalar) koʻrsatiladi.
49. Bitta retseptura blankasiga faqat bitta giyohvandlik vositasini, unga davolovchi vrach belgilaydigan yetti kunlik ehtiyojdan oshmaydigan miqdorda yozib berishga ruxsat etiladi. Retseptda qabul qilish chastotasi va uning davom etish muddati koʻrsatilishi kerak.
50. Giyohvandlik vositalari uchun retseptlar oʻn kun mobaynida haqiqiy hisoblanadi.
51. Giyohvandlik vositalari uchun retseptlar dorixonalardan giyohvandlik vositalari berilgan vaqtdan oʻn kundan keyin, giyohvandlik vositalaridan boʻshagan foydalanilgan ampulalarni majburiy ravishda koʻrsatgandan keyin qayta yozib berilishi mumkin.
52. Giyohvandlik vositalari uchun retseptlarni oʻrta maxsus maʼlumotli veterinariya mutaxassislari yozib berish huquqiga ega emas.
53. Sanab oʻtilgan talablardan hatto bittasiga javob bermaydigan yoki nomuvofiq dori-darmonlar yozilgan retseptlar haqiqiy hisoblanmaydi.
54. Notoʻgʻri yozib berilgan retseptlar barcha dorixonada qoladi, “Retsept haqiqiy emas” shtampi bilan bekor qilinadi, maxsus daftarlarda roʻyxatdan oʻtkaziladi, ular toʻgʻrisidagi axborot retseptlarni yozib berish qoidasini buzgan xodimga nisbatan qattiq intizomiy choralar koʻrish uchun davlat veterinariya xizmatining tegishli hududiy organiga beriladi.
55. Ular boʻyicha tarkibida giyohvandlik vositalari boʻlgan dorilar olingan retseptlar dorixona muassasalarida seyflarda yoki metall shkaflarda 5 yil mobaynida saqlanadi.
Veterinariya ilmiy-tadqiqot muassasalarida, oliy oʻquv yurtlarida va sinov laboratoriyalarida giyohvandlik vositalarini saqlash, berish va hisobga olish
56. Ilmiy-tadqiqot institutlarida, oliy oʻquv yurtlarida va sinov laboratoriyalarida foydalaniladigan giyohvandlik vositalari alohida jihozlangan xonalarda saqlanadi. Bunda giyohvandlik vositalarining yopiq, soʻrgʻichlangan seyflarda saqlanishi taʼminlanadi.
57. Tekshirish uchun masʼul ijrochiga berilgan giyohvandlik vositalari yoki tarkibida ular mavjud boʻlgan dorilar tekshiruvchida boshqa vositalardan ajratilgan holda saqlanadi.
58. Giyohvandlik vositalarini saqlash uchun laboratoriya (boʻlim) mudiri yoki muassasa boʻyicha tegishli buyruq bilan bunga vakolatlangan shaxs javobgar hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
59. Har bir veterinariya ilmiy tashkiloti, oliy taʼlim muassasasi (tashkiloti) va sinov laboratoriyasida bir oyda kamida bir marta muassasalarda giyohvandlik vositalarini saqlash holatini, hisobga olinishi va sarflanishini tekshiradigan, muassasa rahbari buyrugʻi bilan tayinlanadigan doimiy ishlovchi komissiya tuziladi. Tekshirishlar natijalari dalolatnomalar bilan rasmiylashtiriladi.
(59-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Giyohvandlik vositalarining daftarda qayd etilgan qoldigʻi amalda mavjud boʻlgan miqdoriga mos boʻlmagan taqdirda komissiya bir sutka mobaynida bu toʻgʻrida davlat veterinariya xizmati boshqarmasi organini, zarurat boʻlganda ichki ishlar organini yozma ravishda xabardor qilishi shart.
60. Giyohvandlik vositalari tekshirish uchun veterinariya farmatsevtika tashkilotlari (veterinariya preparatlari ombori (bazasi)dan, dorixonadan) va korxonalaridan toʻliq uch marta tekshiruv oʻtkazish uchun zarur boʻlgan miqdorda kelib tushishi kerak. Giyohvandlik vositalarini tekshirish tugagandan keyin ularning qoldigʻi 3 oy mobaynida saqlanadi, soʻngra ular dalolatnoma boʻyicha farmatsevtika tashkilotlari va korxonalariga qaytariladi.
61. Joriy ishlar uchun giyohvandlik vositalarini berish faqat masʼul ijrochi buyurtmanomasiga binoan laboratoriya (boʻlim) mudiri yoki kafedra mudirining yozma ruxsati boʻyicha amalga oshiriladi.
62. Giyohvandlik vositalari veterinariya ilmiy-tadqiqot muassasalarida, oliy oʻquv yurtlarida va sinov laboratoriyalarida mazkur Tartibga 10 va 11-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha, alohida, nomerlangan va ip oʻtkazib tikilgan daftarda tashkilot rahbarining imzosi va muhr bilan tasdiqlangan ashyoviy-miqdor boʻyicha hisobga olinishi kerak.
Veterinariya farmatsevtika ishlab chiqarish korxonalarida giyohvandlik vositalarini saqlash, berish, hisobga olish va sotish
63. Veterinariya farmatsevtika ishlab chiqarish korxonalarida giyohvandlik vositalari alohida jihozlangan, ish kuni tugagandan keyin yopiladigan xonalarda joylashgan, muhrlanadigan yoki soʻrgʻichlanadigan seyflarda yoki metall shkaflarda saqlanadi.
64. Giyohvandlik vositalarini saqlash uchun korxona rahbari yoki korxona boʻyicha buyruq bilan vakolatlangan shaxs javobgar hisoblanadi.
65. Giyohvandlik vositalari kelib tushganda korxona rahbari (yoki bunga vakolatli shaxs) olingan vositalar miqdorining ilova qilingan hujjatlarga muvofiqligini shaxsan tekshirishi shart.
66. Ishlab chiqarish boʻlimiga (sexga) giyohvandlik vositalari korxona rahbari yoki uning oʻrinbosari ruxsati bilan, bir turkumdagi mahsulotlar ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan miqdorda, yuk xati boʻyicha beriladi.
67. Giyohvandlik vositalari, dori-darmon vositalari turidan qatʼi nazar, omborlarda va boʻlimlarda (sexlarda) nomerlangan va ip oʻtkazib tikilgan, yuqori tashkilot rahbarining imzosi va muhr bilan tasdiqlangan daftarda hisobga olinadi. Ombordagi hisobga olish daftari veterinariya preparatlari omborlari (bazalari) uchun tasdiqlangan shakl boʻyicha, boʻlimlarda (sexlarda) esa — ishlab chiqarish jarayonida mahsulotlarni hisobga olishning belgilangan shakllari boʻyicha yuritiladi.
68. Tarkibida giyohvandlik vositalari boʻlgan notugal ishlab chiqarilgan dori-darmonlar (eritmalar, tabletkalar uchun aralashmalar va boshqalar)ni saqlash uchun boʻlim (sex) mudiri javob beradi.
Tayyorlangan va ichki idoraviy nazorat xizmati tomonidan sotishga ruxsat berilgan tarkibida giyohvandlik vositalari boʻlgan mahsulotlar shu kunning oʻzida korxonaning tayyor mahsulotlar omboriga berilishi kerak.
III. Psixotrop moddalarni saqlash, berish, sotish va hisobga olish tartibi
Veterinariya preparatlari omborlarida (bazalarida), veterinariya dorixonalarida, veterinariya davolash-profilaktika muassasalarida, chorvachilik xoʻjaliklari va korxonalarida, veterinariya ilmiy-tadqiqot muassasalarida, oliy oʻquv yurtlarida va sinov laboratoriyalarida psixotrop moddalarni saqlash, hisobga olish va berish
69. Oʻzbekiston Respublikasida nazorat qilinadigan psixotrop moddalar veterinariya preparatlari omborlarida (bazalarida) seyflarda yoki metall shkaflarda saqlanadi. Ishlar tugagandan keyin shkaflar va kirish eshigi qulflanadi, muhrlanadi yoki soʻrgʻichlanadi.
70. Veterinariya dorixonalarida, veterinariya davolash-profilaktika muassasalarida, chorvachilik xoʻjaliklari va korxonalarida, veterinariya ilmiy-tadqiqot muassasalarida va sinov laboratoriyalarida psixotrop moddalar qulflangan metall shkaflarda saqlanadi.
Veterinariya davolash-profilaktika muassasalari, chorvachilik fermalari hamda xoʻjaliklar va korxonalar boʻlimlarining davolovchi veterinariya vrachlari va feldsherlarida psixotrop moddalar qulflanadigan shkafda saqlanishi mumkin.
Psixotrop moddalar saqlanadigan shkaflar ish kuni tugagandan keyin qulflanishi, muhrlanishi yoki soʻrgʻichlanishi kerak.
71. Psixotrop moddalar uchun retseptlar veterinariya davolash-profilaktika muassasasi, xoʻjalik yoki korxona veterinariya xizmati shtampi va muhri, uni yozib bergan vrachning imzosi mavjud boʻlgan, retseptlar litsenziyaga ega boʻlgan xususiy ravishda ishlaydigan veterinariya vrachi tomonidan yozib berilganda esa — uning shaxsiy muhri, manzili va telefon raqami mavjud boʻlgan retseptura blankalariga yoziladi. Bitta retseptura blankasiga Oʻzbekiston Respublikasida nazoratda boʻlgan faqat bitta psixotrop modda unga boʻlgan oylik ehtiyojdan oshmaydigan miqdorda yozib berilishiga ruxsat etiladi.
72. Tarkibida psixotrop moddalar boʻlgan dori-darmon vositalari uchun retseptlar yozib berishda, veterinariya vrachlari psixotrop moddalarning nomini retseptning boshiga, undan keyin esa qolgan boshqa ingrediyentlarni yozishi kerak.
73. Veterinariya davolash-profilaktika muassasalari, chorvachilik fermalari, xoʻjaliklar va korxonalar boʻlimlarining davolovchi veterinariya vrachlaridagi psixotrop moddalar zaxirasi ularga boʻlgan ikki haftalik ehtiyojdan oshmasligi kerak.
74. Veterinariya davolash-profilaktika muassasalarida, chorvachilik xoʻjaliklari va korxonalarida Oʻzbekiston Respublikasida nazoratda boʻlgan psixotrop moddalarni saqlash va davolovchi veterinariya vrachlariga va feldsherlarga berish uchun muassasa, xoʻjalik yoki korxona veterinariya xizmati rahbari, veterinariya preparatlari omborlarida (bazalarida), veterinariya dorixonalarida — moddiy javobgar shaxs masʼul hisoblanadi. Veterinariya ilmiy-tadqiqot muassasalarida, oliy oʻquv yurtlarida va sinov laboratoriyalarida psixotrop moddalarni saqlash, hisobga olish uchun ularning rahbari buyrugʻi bilan tayinlangan shaxslar masʼul hisoblanadi.
75. Psixotrop moddalar dorixonalardan qatʼiy ravishda veterinariya vrachi retsepti boʻyicha beriladi. Psixotrop moddalar uchun retseptlar bir oy mobaynida haqiqiy hisoblanadi.
76. Oʻzbekiston Respublikasida nazoratda boʻlgan psixotrop moddalar uchun retseptlar dorixonalarda qoladi va bir yil mobaynida saqlanadi. Saqlash muddati tugagandan keyin retseptlar dalolatnoma tuzgan holda yoʻq qilinadi.
77. Dorixonada tarkibida psixotrop moddalar boʻlgan dorilar uchun retseptlarni qabul qilishda kasal hayvonning turi va yoshini hamda dozalashning toʻgʻriligini aniqlash zarur.
78. Oʻzbekiston Respublikasida nazoratda boʻlgan psixotrop moddalar nomerlangan, ip oʻtkazib tikilgan, rahbarning imzosi va muassasa yoki yuqori tashkilot muhri bilan tasdiqlangan (mazkur Tartibga 12-ilova) maxsus daftarda ashyoviy-miqdor boʻyicha hisobda turishi kerak. Har oyning 1-kunida ularning ixtiyoridagi mavjud psixotrop moddalar belgilangan tartibda xatlovdan oʻtkaziladi va balans tuziladi. Balansdagi maʼlumotlarda normadan ortiqcha sarflashlar yoki oʻtkazilgan xatlov natijasi bilan balans maʼlumotlarida nomuvofiqlik aniqlangan taqdirda, dorixona mudiri uch kun muddatda bu toʻgʻrida yuqori tashkilotga va ichki ishlar organlariga xabar beradi.
Oʻzbekiston Respublikasida nazoratda boʻlgan psixotrop moddalarni veterinariya farmatsevtika ishlab chiqarish korxonalarida saqlash, hisobga olish, berish va sotish
79. Oʻzbekiston Respublikasida nazoratda boʻlgan psixotrop moddalarni va ularni ishlab chiqarishdagi yarim tayyor mahsulotlar veterinariya farmatsevtika ishlab chiqarish korxonalarida ish tamom boʻlgandan keyin moddiy javobgar shaxs tomonidan qulflanadigan, muhrlanadigan yoki soʻrgʻichlanadigan, alohida jihozlangan xonalarda joylashgan seyflarda yoki metall shkaflarda saqlanadi.
80. Koʻrsatib oʻtilgan korxonalarda psixotrop moddalar ashyoviy-miqdor boʻyicha hisobda turishi kerak. Oʻzbekiston Respublikasida nazoratda boʻlgan psixotrop moddalar hisobi nomerlangan, korxona rahbarining yoki korxona boʻyicha buyruq bilan vakolatlangan lavozimli shaxsning imzosi va muhr bilan tasdiqlangan alohida daftarlarda yuritiladi. Omborlarda hisobga olish daftari mazkur Tartibga 13-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha, boʻlimlarda (sexlarda) esa — ishlab chiqarish jarayonida mahsulotlarni hisobga olishning belgilangan shakli boʻyicha yuritiladi.
81. Oʻzbekiston Respublikasida nazoratda boʻlgan psixotrop moddalar tayyor dori-darmonlar tayyorlash uchun omborlardan korxona rahbarining ruxsati bilan, sex boshligʻining yuk xati boʻyicha beriladi.
IV. Prekursorlarni saqlash, berish, hisobga olish va sotish tartibi
Veterinariya preparatlari omborlarida (bazalarida), veterinariya dorixonalarida, laboratoriyalarda, ilmiy-tadqiqot muassasalarida, oliy oʻquv yurtlarida, davolash-profilaktika muassasalarida, chorvachilik xoʻjaliklari va korxonalarida prekursorlarni saqlash, berish, hisobga olish va sotish
82. Veterinariya preparatlari omborlarida (bazalarida), veterinariya dorixonalarida, laboratoriyalarda, ilmiy-tadqiqot muassasalarida, oliy oʻquv yurtlarida, davolash-profilaktika muassasalarida, chorvachilik xoʻjaliklari va korxonalarida qoʻllaniladigan prekursorlar ularning saqlanishini taʼminlaydigan xonalarda saqlanishi kerak. Bir qator agressiv va tez oʻt oladigan prekursorlarni (sirka kislotasi angidridi, atseton, etil efiri, xlorid kislota, fenilsirka kislotasi, sulfat kislota, toluolni) saqlashda ularning fizik-kimyoviy xossalari ham hisobga olinishi kerak.
83. Tayyor dorivor vositalar hisoblanadigan prekursorlar metall shkaflarda saqlanishi kerak.
84. Laboratoriyalarda, ilmiy-tadqiqot muassasalarida prekursorlarni saqlash, hisobga olish va ulardan oqilona foydalanish uchun — laboratoriya (boʻlim) rahbari, oliy oʻquv yurtlarida — kafedra mudiri, dorixonada — dorixona mudiri, davolash-profilaktika muassasalarida, chorvachilik xoʻjaliklari va korxonalarida —muassasaning yoki xoʻjalik yoxud korxona veterinariya xizmati rahbari masʼul hisoblanadi. Omborlarda (bazalarda) saqlash uchun masʼul shaxs (ombor mudiri) masʼul hisoblanadi.
85. Tez oʻt oladigan prekursorlar zich yopilgan, pishiq shisha yoki metall idishlarda saqlanadi.
86. Prekursorlar joylangan butilkalar, ballonlar va boshqa yirik idishlar balandligi boʻyicha bir qatorda stellaj polkalarida saqlanishi kerak. Ularni balandligi boʻyicha bir necha qatorda saqlash taqiqlanadi. Ushbu moddalarni isitish priborlari yonida joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi. Stellaj yoki shtabeldan isituvchi elementgacha boʻlgan masofa kamida 1 metr boʻlishi kerak.
87. Tez oʻt oladigan suyuqliklar laboratoriyalarda ichki tomoni asbest yoki shishatola bilan qoplangan metall yashiklarda saqlanadi. Ularning ichki tomonida saqlanayotgan moddalarning laboratoriya (boʻlim) rahbari imzolagan roʻyxati yopishtirilgan boʻlishi kerak. Idishlarning koʻpi bilan uchdan ikki qismi suyuqlik bilan toʻldirilgan boʻlishi kerak. Yashik qopqogʻining tashqi tomonida “Tez oʻt oladigan suyuqlik” yozuvi boʻlishi, yashik qulflanishi kerak.
88. Tez oʻt oladigan prekursorlarni mineral kislotalar (ayniqsa oltingugurt va azot kislotalari), qisilgan va suyultirilgan gazlar, yonuvchi moddalar (oʻsimlik yogʻi, oltingugurt, bogʻlash materiallari), shuningdek organik moddalar bilan birgalikda portlovchi aralashmalar (kaliy xlorat, kaliy permanganat, kaliy xromat va boshqalar) hosil qiluvchi noorganik tuzlar bilan birga saqlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
89. Prekursorlar bilan ishlashda (qadoqlash, tashish, yuklash va boshqalar) ehtiyot boʻlish, shuningdek idishning holatini, uning zichligi va sozligini doimo kuzatib borish zarur. Idishda nuqson va nosozliklar mavjud boʻlganda darhol ularni bartaraf etish choralari koʻrilishi yoki undagi moddalar boshqa nuqsonsiz idishga qayta joylanishi kerak.
90. Bochkalar qopqoqlarining faqat urilganda uchqun chiqarmaydigan yumshoq metalldan tayyorlangan asboblar bilan ochilishi va yopilishiga yoʻl qoʻyiladi. Bochkalarni yumalatishda va ularni omborga joylashda bochkaga urilish va uchqun hosil boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik uchun ehtiyot boʻlish zarur. Polga toʻkilgan suyuqlik darhol yoʻqotilishi kerak.
91. Ayrim tez oʻt oladigan prekursorlar (etil efiri va boshqalar) saqlash chogʻida statik elektr hosil qilish xususiyatiga egadir, uning uchquni suyuqlikni yondirishi mumkin. Shu sababli omborda bunday suyuqliklarni qadoqlash yongʻindan saqlash vositalari bilan jihozlangan alohida xonalarda amalga oshirilishi lozim. Ularni quyish va metall idishlarga joylashda idishlar yerga tegib turishi kerak.
92. Prekursorlar joylangan idishlar (shtanglaslar, tunuka barabanlar, shisha idishlar va boshqalar) ushbu moddalar bugʻlarining havoga tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik uchun zich yopilishi zarur.
93. Etil efiri fabrika idishida, qorongʻi, salqin joyda (olovdan va isitish priborlaridan uzoqda) saqlanadi.
94. Etil efiri bilan ishlashda silkinishga, urilishga, ishqalanishga va shu kabilarga yoʻl qoʻyilmaydi.
95. Kaliy permanganatni omborlarda maxsus boʻlmada tunuka barabanlarda, dorixonalarda esa — tiqinli shtanglaslarda, yuqorida qayd etilgan vositalardan alohida saqlash lozim. Uning tez oʻt oladigan va yonilgʻi moddalari bilan birga saqlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Kaliy permanganat joylangan tunuka barabanlar va shtanglaslar ishqalanishga yoʻl qoʻymagan holda, changdan ehtiyotkorlik bilan oʻz vaqtida tozalanadi.
96. Oltingugurt kislotasini saqlashda uning yogʻoch qirindisi, poxol va boshqa organik moddalarga tegib turishiga yoʻl qoʻymaslik choralarini koʻrish kerak.
97. Laboratoriya xonalarining yongʻin xavfsizligini baholash ularda saqlanadigan va foydalaniladigan kimyoviy moddalarning portlash va yonuvchanlik xossalariga asoslanadi. Laboratoriyalarda yonuvchan inventarlar (shkaflar, stollar va shu kabilar)ning mavjud boʻlishi ularda alohida xavf tugʻdiradi. Bunday xonalar yongʻinga xavfli hisoblanadi, ular oʻt oʻchirgichlar bilan taʼminlangan boʻlishi kerak. Oʻt oʻchirgich laboratoriyaning har bir xonasida boʻlishi kerak. Bundan tashqari, har qaysi laboratoriyada prekursorlarni soʻndirishda foydalaniladigan quruq qum toʻldirilgan yashik boʻlishi kerak.
98. Dorixonalarda tabiiy permanganatni 5 grammgacha va sulfat kislotaning 1—6 foizli eritmasini 250 milligrammgacha miqdorda retseptsiz berishga ruxsat etiladi.
99. Veterinariya maqsadlarida qoʻllaniladigan boshqa prekursorlar faqat veterinariya vrachi retseptlari boʻyicha berilishi hamda maxsus daftarda ashyoviy-miqdor boʻyicha hisobga olinishi, nomerlangan, ip oʻtkazib tikilgan, muhrlangan va tashkilot rahbari imzosi qoʻyilgan boʻlishi kerak (ushbu Tartibga 14-ilova).
100. Ilmiy-tadqiqot institutlari, laboratoriyalar, oliy-oʻquv yurtlari, dorixonalar va boshqa tashkilotlar omborlarida ilmiy tekshirish va diagnostika maqsadlarida qoʻllaniladigan prekursorlar nomerlangan, ip oʻtkazib tikilgan, muhrlangan va tashkilot rahbari imzosi qoʻyilgan maxsus daftarda hisobga olinishi kerak (ushbu Tartibga 15-ilova).
101. Har qaysi oyning 1-kunida prekursorlar belgilangan tartibda xatlovdan oʻtkaziladi va balans tuziladi. Balansdagi maʼlumotlarda normadan ortiqcha sarflanganlik yoki balans maʼlumotlarining oʻtkazilgan xatlov natijalariga nomuvofiqligi aniqlangan taqdirda muassasa rahbari ular qayd etilgandan keyin uch kun muddatda bu haqda oʻzining yuqori tashkilotiga va ichki ishlar organlariga xabar qiladi.
Veterinariya farmatsevtika ishlab chiqarish korxonalarida prekursorlarni saqlash, hisobga olish va berish
102. Veterinariya farmatsevtika ishlab chiqarish korxonalarida prekursorlarni ishlab chiqarish, saqlash, foydalanish, berish bilan bogʻliq ishlarni tashkil etish amaldagi texnologik reglamentga, prekursorning mazkur turi boʻyicha standartga (GOST, RST, OST, TU va STPga) hamda boshqa normativ-texnik hujjatlarga muvofiq kimyoviy va fizik-kimyoviy xossalarga, moddalarning xavflilik darajasiga bogʻliq holda amalga oshiriladi.
103. Prekursorlar saqlanadigan idishlar plombalangan boʻlishi kerak.
104. Prekursorlar hisoblanadigan kimyoviy moddalar ishlab chiqariladigan va saqlanadigan ishlab chiqarish xonalari korxona maydonchalarida joylashgan boʻlishi hamda boshqa ishlab chiqarishlardan normativ hujjatlarda nazarda tutilgan masofada ajratilgan boʻlishi kerak.
105. Bir-biriga oʻzaro taʼsir koʻrsatuvchi prekursorlarning bitta omborda birga saqlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Mazkur prekursorlarni faqat bitta omborning alohida boʻlinmalarida (seksiyalarida) saqlashga ruxsat etiladi.
106. Ishlab chiqarishda foydalaniladigan prekursorlar omborlarda yoki ularning saqlanishini taʼminlaydigan maxsus ajratilgan xonalarda saqlanadi. Agar ushbu obyektlarda ishlar uzluksiz xususiyatga ega boʻlsa yoki ularning faoliyati noaniq vaqtga toʻxtatib qoʻyilsa korxona rahbarlari ularni qoʻriqlash choralarini koʻrishi, omborlar esa moddiy javobgar shaxs tomonidan muhrlab qoʻyilishi kerak.
107. Prekursorlarni saqlashda ularning portlashiga sabab boʻlishi mumkin boʻlgan changlar bilan ifloslanishiga qarshi choralar koʻrilishi lozim.
108. Korxona rahbari prekursorlarni ishlab chiqarish, saqlash va ulardan foydalanishning toʻgʻri tashkil etilishi uchun masʼul hisoblanadi.
109. Korxonalarning prekursorlar saqlanadigan omborlarida prekursorning har bir turi uchun hisobga olish kartochkasi yuritilishi kerak, unda majburiy tartibda moddaning miqdori, keltirilgan sanasi, yetkazib beruvchining nomi, kimga, qachon va qancha miqdorda berilgani toʻgʻrisidagi maʼlumotlar aks ettiriladi.
110. Omborda barcha materiallar, xom ashyo, mahsulotlar roʻyxati boʻlishi kerak. Ashyolarni saqlovchi idishlarning tashqi holatini va upakovkasini (butunligini, zichligini, markalanganligini) muntazam ravishda nazorat qilib borishi kerak.
111. Har qaysi omborda koʻrinarli joyda GOST 12.4.026 “Signal ranglari va xavfsizlik belgilari”ga muvofiq xavfsizlik belgilari, omborda saqlanadigan materiallarni joylashda xavfsizlik texnikasi boʻyicha yoʻriqnoma, ushbu materiallarni joylash va saqlash bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar chogʻida birinchi yordam koʻrsatish boʻyicha yoʻriqnoma osib qoʻyilgan boʻlishi kerak.
112. Xom ashyo va mahsulotlarni saqlash uchun maydonchalar yogʻin-sochinlardan va quyosh nurlarining bevosita taʼsiridan himoyalangan boʻlishi, yuriladigan qismi sathidan kamida 15 sm balandlikda boʻlishi hamda suyuqliklar, yogʻin-sochinlar va oqova suvlarning erkin oqib kelishini cheklaydigan qurilmalar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
113. Kislotalar saqlanadigan ombor boshqa materiallar omborlaridan alohida joylashgan boʻlishi kerak. Kislotalarning yertoʻlalarda saqlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Kislotalar omborlarini shamollatish uchun tabiiy ventilyatsiyadan foydalaniladi.
114. Barcha ombor maydonchalariga erkin kirib borish taʼminlangan boʻlishi kerak.
115. Xom ashyo va tayyor mahsulotni maxsus maydonchalarda idishlarda saqlash har qaysisida koʻpi bilan 100 ta idish boʻlgan guruhlar holida amalga oshiriladi, guruhlar oʻrtasidagi oraliq 1 metrdan kam boʻlmasligi kerak. Har qaysi guruhda muayyan turdagi mahsulot saqlanishi lozim.
116. Saqlash jarayonida prekursorlarning holati ustidan doimiy nazorat oʻrnatilishi kerak.
117. Sanoat korxonalari sexlarida prekursorlarni hisobga olish belgilangan tartibda ish daftarlarida — har smenada, sexning texnik hisobotlarida — har oyda, yil natijasi boʻyicha — har chorakda yuritiladi. Texnik hisobotlarda tasdiqlangan normalar boʻyicha sarflanish va hisobot davridagi prekursor sarfi aks ettiriladi.
V. Maxsus daftarlarni yuritish va saqlash tartibi
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq operatsiyalarni roʻyxatdan oʻtkazish maxsus daftarlarini yuritish va saqlash
118. Veterinariyada giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar majburiy tartibda roʻyxatdan oʻtkazish daftarini yuritishadi.
119. Yuridik shaxslar roʻyxatdan oʻtkazish daftaridagi yozuvlar asosida belgilangan tartibda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq oʻz faoliyati toʻgʻrisida maʼlumotlar taqdim etishadi.
120. Roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 31-iyuldagi 293-son qarori bilan tasdiqlangan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshirishdagi har qanday operatsiyalar roʻyxatdan oʻtkazish daftarida qayd etilishi kerak.
121. Roʻyxatdan oʻtkazish daftarining shakli yuridik shaxs rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Roʻyxatdan oʻtkazish daftarida yuridik shaxs faoliyati xususiyatlarini hisobga oluvchi va ushbu Tartibda nazarda tutilgan barcha zarur maʼlumotlarni aks ettiruvchi ustunlar boʻladi.
122. Yuridik shaxs rahbari roʻyxatdan oʻtkazish daftarini, shu jumladan tarkibiy boʻlinmalarda va filiallarda saqlanishi uchun masʼul boʻlgan, zimmasiga roʻyxatdan oʻtkazish daftarining yuritilishi va saqlanishini nazorat qilish yuklanadigan shaxslarni tayinlaydi.
123. Roʻyxatdan oʻtkazish daftari ip oʻtkazib bogʻlangan, rahbarning imzosi va yuridik shaxsning muhri qoʻyilgan, uning sahifalari nomerlangan boʻlishi kerak.
124. Roʻyxatdan oʻtkazish daftaridagi yozuvlar uning yuritilishi va saqlanishi uchun masʼul boʻlgan shaxs tomonidan, bevosita har qaysi operatsiyadan keyin xronologik tartibda, mazkur operatsiyaning bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida amalga oshiriladi (roʻyxatdan oʻtkazish daftarining alohida ustunida ushbu hujjatlarning nomi, tartib raqami va sanasi koʻrsatiladi).
Koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar yoki ularning belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxalari alohida papkaga tikiladi, u roʻyxatdan oʻtkazish daftari bilan birga saqlanadi.
125. Roʻyxatdan oʻtkazish daftarida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning roʻyxatlariga muvofiq ravishda belgilangan tartibda koʻrsatiladi, qavslarda esa — ular yuridik shaxs tomonidan olingan firmaning nomi qayd etiladi.
126. Roʻyxatdan oʻtkazish daftaridagi yozuvlarning tartib raqami kalendar yil doirasida ortib boruvchi tartib raqamlari boʻyicha amalga oshiriladi.
Yangi roʻyxatdan oʻtkazish daftaridagi yozuvlarning tartib raqami toʻlgan daftardagi oxirgi tartib raqamidan keyingi raqamdan boshlanadi.
Roʻyxatdan oʻtkazish daftarining joriy kalendar yilda foydalanilmagan sahifalaridan navbatdagi kalendar yilda foydalaniladi. Bunda yozuvlarning tartib raqami 1 raqamidan boshlanadi.
127. Roʻyxatdan oʻtkazish daftaridagi har bir yozuv uning yuritilishi va saqlanishi uchun masʼul boʻlgan shaxsning imzosi bilan, uning familiyasi, ismi va otasining ismi koʻrsatilgan holda tasdiqlanadi.
128. Roʻyxatdan oʻtkazish daftaridagi tuzatishlar uning yuritilishi va saqlanishi uchun masʼul boʻlgan shaxs imzosi bilan tasdiqlanadi.
Roʻyxatdan oʻtkazish daftarida oʻchirib yozishlarga va tasdiqlanmagan tuzatishlarga yoʻl qoʻyilmaydi.
129. Roʻyxatdan oʻtkazish daftari shkafda saqlanadi, uning kaliti daftarning yuritilishi va saqlanishi uchun masʼul boʻlgan shaxsda turadi.
Toʻlgan roʻyxatdan oʻtkazish daftari belgilangan tartibda saqlanadi.
Veterinariyada giyohvandlik vositalari,
psixotrop moddalar va prekursorlardan
foydalanish tartibiga
1-ILOVA
Veterinariya preparatlari omborlari (bazalari)dagi giyohvandlik vositalarini hisobga olish
daftari

‎‎________________________________________________________________________________________________________
(tashkilotning nomi)

Vostitaning nomi _____________________________‎‎ ‎‎
Oʻlchov birligi ________________________________‎‎ ‎‎

‎‏Oy

‎‏Oy boshiga qoldiq

KIRIM‎‎

Butun oy boʻyicha qoldiq bilan birga kirim‎‏

CHIQIM‎‎

Bir oydagi jami chiqim ‎‏

Qoldiq ‎‏

Moddiy javobgar shaxsning imzosi‎‏

Kimdan olingan‎

Hujjatning raqami va sanasi‎

miqdori‎

Kimga berildi‎

Hujjatning raqami va sana‎

Miqdori‎

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

7‎

8‎

9‎

10‎

11‎

12‎




‎‎

Veterinariyada giyohvandlik vositalari,
psixotrop moddalar va prekursorlardan
foydalanish tartibiga
2-ILOVA
Veterinariya preparatlari omborlari (bazalari)dagi giyohvandlik vositalariga maxsus dorinoma blankalarini hisobga olish
jurnali

‎‎________________________________________________________________________________________________________
(tashkilotning nomi)

Vositaning nomi _____________________________‎‎ ‎‎
Oʻlchov birligi ________________________________‎‎ ‎‎

T/r‎‏

KIRIM‎‎

CHIQIM‎‎

Qoldiq‎‏

Tushgan sanasi‎

Qayerdan olingan hujjatning raqami‎

Blankalarning umumiy soni ‎

Seriya raqami‎

Miqdori‎

Berilgan sanasi‎

Seriya raqami‎

Miqdori‎

Kimga berilgan, F.I.O‎

Olgan shaxsning imzosi‎

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

7‎

8‎

9‎

10‎

11‎

12‎




‎‎

Veterinariyada giyohvandlik vositalari,
psixotrop moddalar va prekursorlardan
foydalanish tartibiga
3-ILOVA
Veterinariya dorixonalarida giyohvandlik vositalarini hisobga olish
daftari
Dorivor vositaning nomi‎‎ _________________________________

Moddiy javobgar shaxs____________________________________(FI.O.)

Oy‎‏

‎‏1-kunga qoldiq

KIRIM‎‎

CHIQIM

Daftarda qayd etilgan qoldiq‎‏

Hujjatning raqami va sanasi‎

Miqdori‎

Butun oy boʻyicha qoldiq bilan birga kirim‎

Chiqim turlari

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

7‎

8‎

9‎

10‎

va hokazo‎

Har bir tur boʻyicha alohida bir oydagi chiqim‎

Chiqim turlari boʻyicha bir oydagi jami chiqim‎‎

Yanvar‎

Ambulatoriya dorinomalari boʻyicha davolash-profilaktika muassasalariga

xoʻjaliklar va korxonalarning veterinariya xizmatlariga, dorixonalarning boʻlimlariga

‎‎(Moddiy javobgar shaxsning imzosi)

Veterinariyada giyohvandlik vositalari,
psixotrop moddalar va prekursorlardan
foydalanish tartibiga
4-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga taqdim etiladigan veterinariya preparatlari omborlari (bazalari)dan, veterinariya dorixonalaridan, davolash-profilaktika veterinariya muassasalaridan, xoʻjaliklar va korxonalardan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning talon-toroj qilinishi va oʻgʻirlanishi toʻgʻrisidagi navbatdan tashqari
MAʼLUMOT
(4-ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 532-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.06.2019-y., 09/19/532/3344-son)

№‎

Nima haqida maʼlumot berilmoqda‎

Maʼlumotning mazmuni‎

Maʼlumotni kim taqdim etmoqda‎

Taqdim etish tartibi

Veterinariya preparatlari omborlari (bazalari)dan, veterinariya dorixonalaridan, davolash-profilaktika veterinariya muassasalaridan, xoʻjaliklar va korxonalardan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning talon-toroj qilinishi va oʻgʻirlanishi toʻgʻrisida bildirish‎

Muassasaning nomi va uning manzili. Giyohvandlik moddalari saqlanishini taʼminlaydigan maxsus vositalar mavjudligi (qoʻriqlash signalizatsiyasi, idoradan tashqari qoʻriqlash, soqchi orqali qoʻriqlash, qoʻriqlash yoʻq). Binoning tavsifi (namunaviy loyiha boʻyicha qurilgan, moslashtirilgan bino, gʻisht bino, yogʻoch bino). Giyohvandlik vositalarini saqlash usullari (maxsus jihozlangan joyda, seyfda, metall javonda va boshqalarda) binoning derazalarida panjara bor-yoʻqligi (ha, yoʻq). Oʻgʻirlik sodir etilgan sana, jinoyatchilarning binoga kirish usullari, oʻgʻirlangan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning nomi hamda ularning soni, oʻgʻirlik toʻgʻrisida ichki ishlar organlariga xabar berilgan sana‎

Davlat veterinariya xizmati hududiy organi rahbari‎

Bildirishnoma Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga ichki ishlar boshqarmasining hududiy organlariga xabar berish nusxasi ilova qilingan holda yuboriladi.‎

Veterinariyada giyohvandlik vositalari,
psixotrop moddalar va prekursorlardan
foydalanish tartibiga
5-ILOVA
Veterinariya maqsadlari uchun dorivor giyohvandlik vositalariga maxsus dorinoma blankasi
shakli

‎‎TARKIBIDA GIYOHVAND MODDA MAVJUD BOʻLGAN VETERINARIYA PREPARATINI OLISH HUQUQINI BERUVCHI DORINOMA ‎‎

ZZ № XXXXXX

‎‎(veterinariya davolash muassasasi shtampi)

‎ 200___y. “_____”____________________

‎‏‎‏ALOHIDA
‎HISOBDA
‎ TURADIGAN
‎ HUJJAT
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏

‎‎Rp.___________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________‎

DORIXONADA QOLADI
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏

Qoʻllanilishi‎ _________________________‎
Hayvonning egasi‎ _________________________‎
Hayvonning turi va jins-yosh guruhi, tartib raqami
‎‎_________________________
Veterinar vrach ‎_________________________

(Imzo va familiya tushunarli yozilsin)‎

‎‎
M.Oʻ.‎‎

Siyoh bilan toʻldiriladi‎‎

Tuzatishlarga yoʻl qoʻyilmaydi‎‎

Izoh: Blanka pushti rang suv qogʻozda tayyorlanadi.
Veterinariyada giyohvandlik vositalari,
psixotrop moddalar va prekursorlardan
foydalanish tartibiga
6-ILOVA
‎‎Blankaning orqa tomoni‎

‎‎______-son VETERINARiya dorixonasi

‎‎_____________________________________________________________________________________________
‎(Dorixonaning nomi)

Sana‎

Moddaning nomi‎

Miqdori ‎

Tarozida tortdim va berdim (familiya va imzo) ‎

Oldim va tayyorladim (familiya va imzo) ‎



‎‎
Veterinariyada giyohvandlik vositalari,
psixotrop moddalar va prekursorlardan
foydalanish tartibiga
7-ILOVA
“TASDIQLAYMAN”
‎Rahbar
‎Imzo Muhr
‎200 __ y. “____” _______________ ‎

‎‎Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarga
‎ dorinomalarni yoʻq qilish

DALOLATNOMASI‎

Quyidagi tarkibdagi komissiya (kamida 3 kishi)
‎F.I.O., lavozimi ‎‎
Yil, kun, oy‎‎‎
‎‎Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarga dorinomalarni yoʻq qildim:

Seriya raqami‎

Miqdori (yozuv bilan)‎‎‎

‎‎
‎‎‎
‎‎‎
‎‎‎
‎‎‎
‎‎Dorinomalar yoqish yoʻli bilan yoʻq qilindi.
‎‎Komissiya aʼzolarining imzolari:‎
Veterinariyada giyohvandlik vositalari,
psixotrop moddalar va prekursorlardan
foydalanish tartibiga
8-ILOVA
Davolash-profilaktika muassasalari, chorvachilik fermalari hamda xoʻjaliklar va korxonalar boʻlimlarining davolovchi veterinariya vrachlari va feldsherlaridagi giyohvandlik vositalarini hisobga olish
daftari
Vositalarning nomi___________________________________‎‎
Oʻlchov birligi ________________________________________

KIRIM‎‎

CHIQIM‎‎

Qoldiq‎‏

Imzo‎‏

Olingan sanasi‎

Qayerdan olingan va hujjatning raqami‎

Miqdori‎

F.I.O., imzo‎

Berilgan sanasi‎

Kasal hayvon egasining F.I.O., jins-yosh guruhi, inventar raqami, № 2-vet shaklidagi jurnalda roʻyxatdan oʻtkazish raqami ‎

Miqdori‎

‎1

‎2

‎3

‎4

‎5

‎6

‎7

‎8

‎9




‎‎
Veterinariyada giyohvandlik vositalari,
psixotrop moddalar va prekursorlardan
foydalanish tartibiga
9-ILOVA
Giyohvandlik vositalariga maxsus dorinoma blankalarini hisobga olish
jurnali

T/r‎


KIRIM‎‎

CHIQIM‎‎

Qoldiq‎


Hujjat tushgan sana‎

Qayerdan olingan va hujjatning raqami‎

Blankalarning umumiy soni

Seriya raqami‎

Miqdori‎

Berilgan vaqti‎

Seriya raqami‎

Miqdori

Kimga berildi (veterinar
‎vrachning familiyasi) dori‎

Oluvchi shaxsning imzosi‎‎

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

7‎

8‎

9‎

10‎

11‎

12‎







Veterinariyada giyohvandlik vositalari,
psixotrop moddalar va prekursorlardan
foydalanish tartibiga
10-ILOVA
Tekshirish uchun qabul qilinayotgan giyohvandlik vositalarini hisobga olish
daftari
Nomi __________________________‎‎
Oʻlchov birligi __________________

KIRIM‎‎

BERILDI‎

CHIQIM‎‎‎

Tushgan sanasi‎

Hujjat-ning raqami, kimdan olingan‎

Seriya/yoki namuna raqami‎

Miqdori‎

Miqdori ‎va tekshirish uchun tekshiruvchiga berilgan sana va tekshiruv-chining imzosi‎

Tekshi-rish uchun sarf-langan vosita miqdori‎

Tekshirish bajarilgan sana va tekshi-ruvchining imzosi‎

Tekshi-rish natijasi‎

Tekshi-rishdan qolgan qoldiq‎

Tekshi-rishdan qolgan qoldiqni omborga berish yoki yoʻq qilish toʻgʻrisida-gi qayd‎

Laborato-riya mudiri imzosi‎

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

7‎

8‎

9‎

10‎

11‎








‎‎
Veterinariyada giyohvandlik vositalari,
psixotrop moddalar va prekursorlardan
foydalanish tartibiga
11-ILOVA
Veterinariya ilmiy-tekshirish muassasalari, oliy oʻquv yurtlari va sinov laboratoriyalarida giyohvandlik vositalarini hisobga olish
daftari
Nomi ___________________‎‎
‎‎Oʻlchov birligi ______________

KIRIM‎‎

CHIQIM‎‎

Qoldiq

‎‏Olingan sanasi

Qayerdan olingan va hujjatning raqami‎‏

Miqdori‎‏

Moddiy javobgar shaxsning F.I.O va imzosi‎‏‎

Berilgan sana‎‏

Kimga berilgan, nimaga sarflangan‎‏

Miqdori‎‏

Imzo‎‎

Berdim‎

Oldim‎

‎1

‎2

3‎

4‎

5‎

‎6

7‎

8‎

9‎

10‎







Veterinariyada giyohvandlik vositalari,
psixotrop moddalar va prekursorlardan
foydalanish tartibiga
12-ILOVA
Veterinariya dorixonalarida psixotrop moddalarni hisobga olish
daftari
Dorivor vositaning nomi _______________________________‎‎

‎‎Moddiy javobgar shaxs ____________________________________
‎(F.I.O.)

‎‎

Oy‎‏

1-kunga qoldiq‎‏

KIRIM‎‎

CHIQIM‎‎

Daftardagi qoldiq‎‏

Hujjatning raqami va sana‎

Miqdori‎

Qoldiq bilan birga bir oydagi jami kirim‎

chiqim turlari‎

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

7‎

8‎

9‎

10‎

va hokazo‎

Har bir tur boʻyicha alohida bir oydagi chiqim‎

Chiqim turlari boʻyicha bir oyda jami‎

Yanvar‎





‎‎

Ambulatoriya dorinomalari boʻyicha
‎davolash-profilaktika muassasa-
‎lariga xoʻjaliklar va korxonalar-
‎ning veterinariya xizmatlariga, dorixona-larning boʻlimlariga ‎

‎‎(Moddiy javobgar shaxsning imzosi)

Veterinariyada giyohvandlik vositalari,
psixotrop moddalar va prekursorlardan
foydalanish tartibiga
13-ILOVA
Veterinariya preparatlari va farmatsevtika ishlab chiqarish korxonalarining omborlari (bazalari)dagi psixotrop moddalarni hisobga olish
daftari

________________________________________________________________________________________________________
‎(tashkilotning nomi)

‎‎Moddaning nomi ___________________________
‎Oʻlchov birligi _____________________________

‎‏Oy

Oy boshiga qoldiq‎‏

KIRIM‎‎

‎Qoldiq bilan birga bir oydagi jami kirim

CHIQIM‎‎

Bir oydagi jami chiqim‎‏

Qoldiq‎‏

Moddiy javobgar shaxsning imzosi‎‏

Kimdan olingan‎

Hujjat-ning raqami va sana‎

Miqdori‎

Kimga berilgan‎

Hujjat-ning raqami va sana‎

Miq-dori‎

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

7‎

8‎

9‎

10‎

11‎

12‎








Veterinariyada giyohvandlik vositalari,
psixotrop moddalar va prekursorlardan
foydalanish tartibiga
14-ILOVA
Veterinariya dorixonalarida prekursorlarni hisobga olish
daftari
Dorivor vositaning nomi _______________________________‎‎

‎‎Moddiy javobgar shaxs ____________________________________
‎(F.I.O.)

‎‎

Oy‎‏

1-kunga qoldiq‎‏

KIRIM‎‎

CHIQIM‎‎

Daftardagi qoldiq‎‏

Hujjatning raqami va sana‎

Miqdori‎

Qoldiq bilan birga bir oydagi jami kirim‎

chiqim turlari‎

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

7‎

8‎

9‎

10‎

va hokazo‎

Har bir tur boʻyicha alohida bir oydagi chiqim‎

Chiqim turlari boʻyicha bir oyda jami‎

Yanvar‎





‎‎

‎‎(Moddiy javobgar shaxsning imzosi)

Veterinariyada giyohvandlik vositalari,
psixotrop moddalar va prekursorlardan
foydalanish tartibiga
15-ILOVA
Ilmiy, tahlil va tashxis laboratoriyalarida qoʻllaniladigan prekursorlarni hisobga olish
daftari

________________________________________________________________________________________________________
‎(tashkilotning nomi)

‎‎Moddaning nomi ___________________________
‎Oʻlchov birligi _____________________________

‎‏Oy

Oy boshiga qoldiq‎‏

KIRIM‎‎

‎Qoldiq bilan birga bir oydagi jami kirim

CHIQIM‎‎

Bir oydagi jami chiqim‎‏

Qoldiq‎‏

Moddiy javobgar shaxsning imzosi‎‏

Kimdan olingan‎

Hujjat-ning raqami va sana‎

Miqdori‎

Kimga berilgan‎

Hujjat-ning raqami va sana‎

Miqdori‎

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

7‎

8‎

9‎

10‎

11‎

12‎








(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 17-18-son, 147-modda; 2017-y., 33-son, 857-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.06.2019-y., 09/19/532/3344-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)