1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.02.00.00 Nikoh / 04.02.01.00 Nikoh tuzish tartibi va shartlari;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.04 Tibbiy koʻrik]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Nikoh va oila. Fuqarolik holati dalolatnomalari;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
NIKOHLANUVCHI SHAXSLARNI TIBBIY KOʻRIKDAN OʻTKAZISH TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 17-moddasini bajarish yuzasidan hamda sogʻlom oilani shakllantirish, irsiyatga bogʻliq va tugʻma kasalliklarga chalingan bolalar tugʻilishining oldini olish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.02.00.00 Nikoh / 04.02.01.00 Nikoh tuzish tartibi va shartlari]
1. Nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2004-yil 1-yanvardan boshlab amalga kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.02.00.00 Nikoh / 04.02.01.00 Nikoh tuzish tartibi va shartlari;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.04 Tibbiy koʻrik]
nikohlanuvchi shaxslarning tibbiy koʻrikdan sifatli oʻtkazilishini taʼminlasin;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.04 Tibbiy koʻrik]
boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar, jamoat tuzilmalari bilan birgalikda nikoh tuzishgacha tibbiy koʻrikdan oʻtish masalalari dolzarb ekanligini yoshlarning keng qatlamlariga yetkazish boʻyicha tizimli ishlarni tashkil etsin.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.10.00 Notijorat tashkilotlari / 03.03.10.03 Jamoat birlashmalari (shuningdek, 01.17.03.00ga qarang)]
3. “Mahalla” va “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmalariga Respublika Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazi hamda jamoat birlashmalari bilan birgalikda sogʻlom oilani shakllantirish, sogʻlom bolalar tugʻilishi va ularni tarbiyalash muammolari boʻyicha oilalar, nikohlanuvchi yoshlar oʻrtasida tushuntirish ishlarini kuchaytirish tavsiya etilsin.
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.09.00 Ommaviy axborot vositalaridagi axborot (shuningdek, 13.03.19.00.ga qarang);
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.19.00 Ommaviy axborot vositalari (radio, televideniye va boshqalar) (shuningdek, 12.03.09.00.ga qarang)]
4. Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, “Teleradio” kompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, respublika ommaviy axborot vositalari nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish mohiyatini matbuotda, radio va televideniyada keng targʻib etilishini taʼminlasinlar.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, vazirliklar va idoralar ikki hafta muddatda idoraviy normativ hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-apreldagi 171-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 4-son, 18-modda) bilan tasdiqlangan Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish Qoidalariga 2-ilovaga muvofiq qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar kiritilsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari D.M. Gʻulomova zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 25-avgust,
365-son
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 25-avgustdagi 365-son qaroriga 1-ILOVA
Nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.03 Infeksion va ommaviy kasalliklar profilaktikasi]
1. Sogʻlom oilani shakllantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, irsiyat bilan bogʻliq va tugʻma kasalliklarga chalingan bolalar tugʻilishining oldini olish nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazishning maqsadi hisoblanadi.
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.02.00.00 Nikoh / 04.02.01.00 Nikoh tuzish tartibi va shartlari;
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.06.00.00 FHDY organlari]
2. Mazkur Nizomning amal qilishi nikohlanuvchi shaxslarning fuqaroligidan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasi FHDY organlari tomonidan roʻyxatdan oʻtkaziladigan barcha nikohlarga joriy etiladi, 50 yoshdan katta shaxslarning nikohini roʻyxatdan oʻtkazish hollari bundan mustasno, ushbu shaxslar tibbiy koʻrikdan faqat ularning roziligiga koʻra oʻtkaziladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 17-apreldagi 78-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 16-son, 164-modda)
4. Nikohlanuvchi shaxslar mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq hajmlarda psixik, narkologik, tanosil kasalliklari, sil kasalligi va OIV/OITS yuzasidan tibbiy koʻrikdan oʻtadi.
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.01 Tibbiyot muassasalariga qoʻyiladigan talablar;
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.06.00.00 FHDY organlari]
5. Nikohlanuvchi shaxslar FHDY organlari tomonidan tibbiy koʻrikdan oʻtish uchun doimiy yoki vaqtinchalik yashash joyidagi sogʻliqni saqlash tizimining tegishli tibbiyot muassasalariga (keyingi oʻrinlarda matnda — tibbiyot muassasalari) yuboriladi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.04 Tibbiy koʻrik]
Tibbiy koʻrikdan oʻtkazish uchun berilgan yoʻllanmalar FHDY organlarida nikoh tuzish toʻgʻrisidagi arizalarni roʻyxatdan oʻtkazish daftarida qayd etiladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 17-apreldagi 78-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 16-son, 164-modda)
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.04 Tibbiy koʻrik;
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.06.00.00 FHDY organlari]
6. Nikohlanuvchi shaxslarning tibbiy koʻrigi ularning yashash joyidagi psixiatr vrachlar, narkologlar, teri-tanosil kasalliklari vrachlari, ftiziatrlar (dispanser va tuman kabinetlari) tomonidan tibbiy koʻrik oʻtkazish uchun asos hisoblanadigan FHDY organlari tomonidan berilgan yoʻllanma boʻyicha bepul oʻtkaziladi (mazkur Nizomga 2-ilova).
Tibbiy koʻrikdan oʻtish muddati nikohlanuvchi shaxslar tibbiyot muassasasiga murojaat qilgan kundan boshlab ikki haftadan oshmasligi kerak.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.04 Tibbiy koʻrik]
7. Koʻrikdan oʻtayotgan shaxsga belgilangan shakldagi alohida tibbiyot kartasi yuritiladi, unda koʻrikdan oʻtayotganning shaxsini tasdiqlovchi hujjatdagi maʼlumotlar hamda tekshirish natijalari toʻliq hajmda aks ettiriladi.
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.02.00.00 Nikoh / 04.02.01.00 Nikoh tuzish tartibi va shartlari]
8. Agar nikohlanuvchi shaxs oʻz xizmati yoki ishi turiga koʻra muayyan tibbiyot muassasasiga biriktirilgan boʻlsa, u mazkur muassasada koʻrikdan oʻtkaziladi.
9. Ozodlikdan mahrum etish joylaridagi shaxslarning tibbiy koʻrigi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tibbiyot muassasalarida oʻtkaziladi.
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.02.00.00 Nikoh / 04.02.01.00 Nikoh tuzish tartibi va shartlari]
10. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan nikohlanayotgan chet ellik fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar oʻzlarining vaqtincha yashash joyida tibbiy koʻrikdan oʻtadilar.
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.04 Tibbiy koʻrik]
11. Nikohlanuvchi shaxslarning tibbiy koʻrigi natijalari toʻgʻrisida tibbiyot muassasasining xulosasi maʼlumotnomada aks ettiriladi. Maʼlumotnoma tibbiyot muassasasining muhri va rahbarining imzosi bilan tasdiqlanadi (mazkur Nizomga 3-ilova) hamda alohida daftarda roʻyxatdan oʻtkaziladi, daftar belgilangan muddat mobaynida viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasining arxivida saqlanadi. Maʼlumotnomaning amal qilish muddati — uch oy.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.04 Tibbiy koʻrik]
Tibbiyot muassasasining masʼul xodimi tibbiy koʻrikdan oʻtkazish natijalari boʻyicha maʼlumotnoma berishda nikohlanuvchi shaxsga aniqlangan kasalliklarning nikoh tuzilgandan keyin yuzaga kelishi mumkin boʻlgan oqibatlarini tushuntiradi. Tibbiy koʻrikdan oʻtgan shaxs oʻtkazilgan tushuntirish toʻgʻrisida Maʼlumotnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish daftariga imzo qoʻyadi”.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 17-apreldagi 78-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 16-son, 164-modda)
II. Tibbiy koʻrikni oʻtkazish tartibi
12. Psixik kasalliklar (shizofreniya, epilepsiya, oligofreniya) mavjudligini tekshirish yashash joyidagi poliklinikaning psixiatr vrachi tomonidan amalga oshiriladi.
13. Tuman psixiatr vrachi boʻlmagan taqdirda psixiatrik tekshirish tumanlararo yoki viloyat psixonevrologiya dispanserining psixiatr vrachlari tomonidan amalga oshiriladi. Viloyat markazlari va Toshkent shahri aholisi hududiy tegishligiga qarab viloyat va shahar psixonevrologiya dispanserlarida psixiatrik tekshirishdan oʻtadi.
14. Agar nikohlanuvchi shaxslar psixik kasalliklar boʻyicha hisobda turmasa va unda ruhiy buzilishlar aniqlanmasa, ularga psixiatr vrachning imzosi qoʻyilgan belgilangan namunadagi maʼlumotnoma beriladi. Maʼlumotnoma tibbiyot muassasasining muhri va rahbarning imzosi bilan tasdiqlanadi.
Agar nikohlanuvchi shaxslar psixik kasalliklar boʻyicha dispanser hisobida tursa, ularga belgilangan namunadagi maʼlumotnoma beriladi va vrach tuzilayotgan nikohning ehtimol tutilgan tibbiy-ijtimoiy oqibatlari toʻgʻrisida tushuntirish beradi.
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
16. Narkologik hisobda turmagan va tekshirish davrida ularda psixopatologik oʻzgarishlar aniqlanmagan nikohlanuvchi shaxslarga maʼlumotnomada tegishli xulosa koʻrsatiladi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.04 Tibbiy koʻrik]
17. Tibbiy koʻrik vaqtida narkolog vrach tomonidan narkologik tashxis qoʻyilgan taqdirda yoki nikohlanuvchi hisobda tursa, maʼlumotnomada aniqlangan tashxis koʻrsatiladi.
18. Narkologik hisobda turmagan va tekshirish davrida ularda psixofaol moddalar isteʼmol qilinishidan dalolat beruvchi psixosomatik belgilar aniqlangan nikohlanuvchi shaxslar biologik suyuqliklarda psixofaol moddalarni aniqlash boʻyicha laboratoriya tekshiruvidan oʻtadilar.
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.07 Davolash-profilaktika yordamining boshqa turlari;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.04 Tibbiy koʻrik]
19. Zaxmga tekshirish teri-tanosil dispanserida yoki yashash joyidagi poliklinikada teri-tanosil vrachi tomonidan oʻtkaziladi, ushbu vrach tekshiruvni umumiy qabul qilingan metodika boʻyicha amalga oshiradi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.07.00 Keksa yoshdagi shaxslar va nogironlarga tibbiy yordam koʻrsatish / 14.01.07.01 Tibbiy hujjatlar]
20. Nikohlanuvchi shaxslarni zaxmga tekshirish yakunlangandan keyin tekshirilayotgan shaxsning ambulatoriya kartasida va maʼlumotnomada tegishli xulosa koʻrsatiladi.
21. Nikohlanuvchi shaxslar silga tekshirishdan oʻtish uchun yashash joyidagi poliklinika ichki kasalliklar vrachiga murojaat qiladi. Uchastka ichki kasalliklar vrachi tomonidan koʻkrak qafasini flyuoro tekshirishga yoʻllanma beriladi.
22. Koʻkrak qafasi flyuorogrammalarida patologik oʻzgarishlar va kasallikning klinik namoyon boʻlishi mavjud boʻlmagan taqdirda hududiy poliklinika tekshirilayotgan shaxslarda sil kasalligi aniqlanmaganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma beradi.
23. Tekshirilayotgan shaxslarda sil kasalligi va flyuorogrammalarda patologik oʻzgarishlar borligi shubha qilinganda, ularga yashash joyidagi sil kasalligiga qarshi dispanseriga yoʻllanma berilishi kerak.
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.03 Infeksion va ommaviy kasalliklar profilaktikasi;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.04 Tibbiy koʻrik]
24. Sil kasalligidan shubhalanib poliklinikadan sil kasalligiga qarshi dispanserlarga yoʻllangan shaxslar uchastka ftiziatri tomonidan tekshiriladi. Zarurat boʻlganda ushbu shaxslar shuningdek oʻpkadan boshqa ixtisoslikdagi mutaxassislar tomonidan ham tekshirilishi kerak.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.06.00 Turli toifadagi fuqarolarga tibbiy yordam koʻrsatish tartibi. Bepul tibbiy yordam;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.03 Infeksion va ommaviy kasalliklar profilaktikasi]
Klinik tekshiruvdan, poliklinikadagi tekshirishlar maʼlumotlari, flyuorogrammalar oʻrganib chiqilgandan keyin, shuningdek zarurat boʻlganda qoʻshimcha ravishda oʻtkaziladigan rentgenologik, bakteriologik tekshirishlar va boshqa laboratoriya tekshirishlari natijalari oʻrganib chiqilgandan soʻng ftiziatr tomonidan tekshirilayotganda sil kasalligi borligi yoki yoʻqligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma rasmiylashtiriladi. Maʼlumotnoma ftiziatr, bosh vrach tomonidan imzolanadi va sil kasalligiga qarshi dispanserning muhri bilan tasdiqlanadi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.09.00 OITSga qarshi kurash]
25. Nikohlanuvchi shaxslar OIV/OITSga tekshirishdan oʻtish uchun yashash joyidagi yashirin tekshirish xonasiga yoki OITS markazlariga murojaat qiladilar.
26. Yashirin tekshirish xonasida testgacha boʻlgan maslahat beriladi hamda OIV/OITS kasalligi boʻlishi ehtimolini koʻrsatuvchi anamnestik maʼlumotlar va klinik belgilar mavjud boʻlgan taqdirda tekshirilayotgan shaxsning qoni tuman yoki tumanlararo OITS tashxis qoʻyish laboratoriyasiga yuboriladi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.09.00 OITSga qarshi kurash]
27. Birlamchi immunoferment tekshirish ijobiy natija bergan taqdirda, mijozning qoni zardobi viloyat laboratoriyasiga yuboriladi, ijobiy natija tasdiqlangan taqdirda qon zardobi immunoblot usuli bilan uzil-kesil natija qoʻyilishi uchun respublika OITS markaziga joʻnatiladi. OIV kasalligi tashxisi laboratoriya tekshiruvi ijobiy ekanligi va klinik maʼlumotlar asosida qoʻyiladi.
III. Tibbiy koʻrikdan keyin FHDY organlarida nikohni qayd etish tartibi
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.06.00.00 FHDY organlari]
28. Nikohni qayd etishda FHDY organlari nikohlanuvchi shaxslarning tibbiy koʻrikdan oʻtganliklariga va ularning ushbu tekshirish natijalaridan xabardorligiga ishonch hosil qilishi kerak.
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.02.00.00 Nikoh / 04.02.01.00 Nikoh tuzish tartibi va shartlari]
Nikohlanuvchi shaxslar nikoh qayd etilgunga qadar ikkinchi tomonni tibbiy tekshirish natijalaridan xabardor qilishi shart.
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.06.00.00 FHDY organlari]
29. Tibbiy koʻrikdan oʻtgandan keyin nikoh tuzilishiga Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 16-moddasida nazarda tutilgan toʻsiq mavjud boʻlmagan taqdirda FHDY organlari tomonidan nikohni qayd etish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 17-apreldagi 78-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 16-son, 164-modda)
30. Nikohlanuvchi shaxslarda tekshirish natijasida darhol davolash kursidan oʻtishni talab etuvchi kasalliklar aniqlangan taqdirda, ular belgilangan tartibda tegishli davolash muassasalariga yoʻnaltiriladi.
31. Agar nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish natijasida ularning bittasida yoki har ikkalasida mazkur Nizomga 1-ilovada nazarda tutilgan kasallik aniqlangan taqdirda, nikohni qayd etish tomonlarning ushbu tekshirish natijalaridan xabardorligi tasdiqlangandan keyin amalga oshiriladi.
32. Tekshirilayotgan shaxs yashash joyidagi davolash-maslahat komissiyasining xulosasiga rozi boʻlmagan taqdirda takroriy tibbiy koʻrik viloyat va respublika muassasalarida oʻtkaziladi.
33. Nikohni qayd etuvchi shaxslar tibbiy koʻrik natijalari toʻgʻrisidagi axborotning maxfiyligi uchun javob beradilar.
34. Koʻrikni oʻtkazgan vrach qonun hujjatlarida belgilangan tartibda koʻrik natijalarining xolisligi uchun shaxsan javob beradi.
genitaliy doirasida yara yoki eroziya mavjud boʻlganda yoki terining boshqa joylarida zaxmdan shubhalanadigan toshmalar mavjud boʻlganda material toʻplash;
pretsipitatsiya mikroreaksiyasi usuli bilan zaxm yuzasidan qonni tekshirish;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.01 Umumiy masalalar]
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 25-avgustdagi 365-son qaroriga 2-ILOVA
Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish Qoidalariga kiritilayotgan qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar
1. 74-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“FHDY organlari tomonidan nikohlanuvchi shaxslarning nikohini qayd etish toʻgʻrisidagi arizasini qabul qilishda belgilangan tartibda tibbiy koʻrikdan oʻtish uchun yoʻllanma beriladi”.
“88. Nikohni qayd etish faqat nikohlanuvchi shaxslarning ishtirokida amalga oshiriladi. FHDY organlari nikohlanuvchi shaxslarning tibbiy koʻrikdan oʻtganligiga hamda ushbu tekshiruvlarning natijalari toʻgʻrisida ularning xabardor ekanligiga ishonch hosil qilishi kerak. Nikohning ishonchnoma boʻyicha yoki vakil orqali, shuningdek tibbiy tekshiruvdan oʻtganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma boʻlmaganda qayd etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
FXDYO organlari xodimlari nikohni qayd etish vaqtida ularga maʼlum boʻlgan shifokorlik sirlaridan iborat boʻlgan maʼlumotlarni oshkor etganligi uchun javob beradilar”.
3. 102-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Jazoni oʻtash muassasalari maʼmuriyati sudlanganlarni nikohdan oldin tibbiy koʻrikdan belgilangan tartibda oʻtkazadi”.