1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.01.00 Umumiy qoidalar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.15.00.00 Fuqarolik muomalasi qatnashchilari, tovarlar, ishlar va xizmatlarni individuallashtirish vositalari / 03.15.03.00 Tovarning kelib chiqish joyi]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Intellektual mulk. Fuqarolik muomalasi qatnashchilarini individuallashtirish vositalari]
Patent vakillari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-oktabrdagi 856-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2019-y., 09/19/856/3890-son)
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-oktabrdagi 856-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2019-y., 09/19/856/3890-son)
Patent vakillari toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-oktabrdagi 856-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2019-y., 09/19/856/3890-son)
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 1-iyuldagi 298-son qaroriga 2-ILOVA
Patent vakillari toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Patent vakillarining Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi faoliyatining huquqiy asoslarini belgilaydi.
2. Ushbu Nizom talablariga muvofiq unga yuridik yoki jismoniy shaxslar nomidan Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb ataladi) hamda boshqa tashkilotlar oldida intellektual mulk obyektlariga huquqiy muhofaza olish va uni amalga oshirish masalalari boʻyicha vakillik qilish huquqi berilgan jismoniy shaxs patent vakili hisoblanadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 6-sentabrdagi 248-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 36-son, 367-modda)
3. Jismoniy shaxslar Agentlikda attestatsiyadan va roʻyxatdan oʻtgandan keyin patent vakillari sifatida faoliyatni amalga oshirishga haqlidir. Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari patent vakillari sifatida attestatsiyadan va roʻyxatdan oʻtkazilishi mumkin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 6-sentabrdagi 248-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 36-son, 367-modda)
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim]
oliy maʼlumotga ega boʻlish;
intellektual mulk obyektini muhofaza qilish sohasida yoxud intellektual mulk obyektlariga huquqlarni muhofaza qilish sohasida advokat sifatida kamida toʻrt yil ish stajiga ega boʻlish;
intellektual mulk obyektlariga huquqlarni himoya va muhofaza qilish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun Agentlik tomonidan belgilanadigan hajmda Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari sohasida bilimlarga hamda malaka imtihoni natijalari bilan tasdiqlangan tegishli koʻnikmalarga va amaliy qoʻllanish tajribasiga ega boʻlish.
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 6-sentabrdagi 248-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 36-son, 367-modda)
6. Patent vakili oʻz kasb faoliyatini ham mustaqil ravishda yakka tadbirkor sifatida, ham yollanish boʻyicha ishlagan holda amalga oshirishi mumkin. Yollanish boʻyicha ishlaydigan patent vakili Agentlikka ushbu ish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etishi shart. Patent vakili ushbu ish bilan bogʻliq barcha oʻzgarishlar toʻgʻrisida Agentlikka bir oy muddatda xabar qilishi shart. Agentlik mazkur maʼlumotlarni rasmiy axborotnomada eʼlon qiladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 6-sentabrdagi 248-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 36-son, 367-modda)
7. Patent vakillarini attestatsiyadan va roʻyxatdan oʻtkazish Agentlik tomonidan Agentlik belgilaydigan patent vakillarini attestatsiyadan va roʻyxatdan oʻtkazish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 6-sentabrdagi 248-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 36-son, 367-modda)
8. Attestatsiya patent vakili sifatida faoliyatni amalga oshirish istagini bildirgan jismoniy shaxsning patent vakiliga qoʻyiladigan malaka talablariga muvofiqligini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi.
9. Patent vakillarini attestatsiyadan oʻtkazish uchun Agentlik tomonidan malaka va apellyatsiya komissiyalari tuziladi.
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 6-sentabrdagi 248-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 36-son, 367-modda)
Komissiyalar tarkibiga Agentlikning eng malakali va tajribali xodimlari, shuningdek mustaqil olimlar va mutaxassislar kiritiladi.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 6-sentabrdagi 248-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 36-son, 367-modda)
Malaka komissiyasi malaka imtihonini oʻtkazish tartibini, imtihon topshiriqlarini tasdiqlaydi, imtihon oluvchilarni tayinlaydi, malaka imtihoniga qoʻyish toʻgʻrisida va nomzodning patent vakili sifatida attestatsiyadan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi.
Apellyatsiya komissiyasi patent vakilligiga nomzodlarning malaka komissiyasi qarori yuzasidan shikoyatlarini, yuridik va jismoniy shaxslarning patent vakilining noqonuniy xatti-harakatlari yoki ushbu Nizom talablarini buzadigan xatti-harakatlari yuzasidan shikoyatlarini koʻrib chiqadi.
Patent vakilligiga nomzodlar oʻzlarining malakasiga taalluqli masalalarning apellyatsiya komissiyasi tomonidan koʻrib chiqilishida shaxsan ishtirok etish huquqiga egadirlar.
10. Patent vakilligiga nomzod Agentlikka oʻzini patent vakili sifatida attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisida ariza beradi. Arizaga oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom nusxasi, intellektual mulk obyektlarini muhofaza qilish sohasida yoki advokat sifatida intellektual mulk obyektlariga huquqlarni himoya qilish sohasida zarur ish stajiga egaligini tasdiqlovchi hujjatlar, attestatsiyadan oʻtkazish uchun belgilangan toʻlov toʻlanganligi haqidagi hujjat, shuningdek nomzodning istagiga koʻra uning kasb bilimlari darajasini tavsiflovchi boshqa hujjatlar ilova qilinadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 6-sentabrdagi 248-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 36-son, 367-modda)
12. Malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan shaxslar malaka komissiyasi qarori bilan patent vakili sifatida attestatsiyadan oʻtkaziladi va ularga malaka komissiyasining attestatsiyadan oʻtkazganlik toʻgʻrisidagi qarori beriladi.
a) ushbu Nizomning 3—5-bandlarida bayon qilingan talablarga rioya qilinmaganda;
b) attestatsiya uchun belgilangan toʻlov nomzod tomonidan toʻlanmaganda.
Ushbu bandning “a” kichik bandi asosida attestatsiyadan oʻtkazish rad etilgan patent vakilligiga nomzod kamida olti oydan keyin takroriy attestatsiyaga qoʻyilishi mumkin.
14. Patent vakilligiga nomzod attestatsiyadan oʻtkazishning, shu jumladan malaka imtihoniga qoʻyishning rad etilgani yuzasidan u attestatsiyadan oʻtkazish rad etilgani toʻgʻrisidagi qarorni olgan sanadan boshlab 3 oy muddatda apellyatsiya komissiyasiga shikoyat qilishi mumkin.
Apellyatsiya komissiyasi shikoyat boʻyicha u olingan sanadan boshlab bir oy muddatda qaror qabul qiladi.
15. Attestatsiyadan oʻtgan patent vakilini roʻyxatdan oʻtkazish uning attestatsiyadan oʻtgani toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadan boshlab bir yil mobaynida berilishi mumkin boʻlgan arizasi asosida amalga oshiriladi. Arizaga patent vakili sifatida attestatsiyadan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi qaror nusxasi, roʻyxatdan oʻtkazilganlik uchun, roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar eʼlon qilinganligi va patent vakili guvohnomasi berilganligi uchun belgilangan toʻlov toʻlangani toʻgʻrisidagi toʻlov hujjati ilova qilinadi. Agar roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza koʻrsatilgan muddatda taqdim etilmasa attestatsiyadan oʻtkazganlik toʻgʻrisidagi qaror oʻz kuchini yoʻqotadi.
16. Agentlik roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida ariza berilgan sanadan boshlab bir oy mobaynida tegishli maʼlumotlarni patent vakillarining davlat reyestriga (keyingi oʻrinlarda reyestr deb ataladi) kiritadi, patent vakiliga guvohnoma beradi va roʻyxatdan oʻtkazish maʼlumotlarini Agentlikning rasmiy axborotnomasida eʼlon qiladi. Guvohnoma shakli, eʼlon qilinadigan maʼlumotlar tarkibi Agentlik tomonidan belgilanadi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 6-sentabrdagi 248-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 36-son, 367-modda)
Agentlik attestatsiyadan oʻtmagan shaxs tomonidan roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida ariza berilgan, roʻyxatdan oʻtkazish uchun belgilangan toʻlov toʻlanmagan, shuningdek ushbu Nizomning 3—5-bandlariga muvofiq patent vakilini roʻyxatdan oʻtkazishga toʻsqinlik qiluvchi holatlar paydo boʻlgan hollarda roʻyxatdan oʻtkazishni rad etadi.
(17-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 6-sentabrdagi 248-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 36-son, 367-modda)
18. Patent vakili oʻz faoliyatini intellektual mulkning alohida obyektlari yoki xizmatlarning alohida turlari bilan cheklashi mumkin. Agar patent vakilligiga nomzod bunday cheklash toʻgʻrisida malaka imtihoni topshirishgacha maʼlum qilsa, u holda imtihon ushbu cheklashni hisobga olgan holda oʻtkaziladi. Patent vakilining faoliyatini cheklash toʻgʻrisidagi maʼlumotlar reyestrga va patent vakiliga beriladigan guvohnomaga kiritiladi.
19. Patent vakilining oʻz faoliyati cheklanishini rad etishiga u ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda qoʻshimcha attestatsiyadan oʻtgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi.
III. Shikoyatlarni koʻrib chiqish va patent vakillarini reyestrdan chiqarish
20. Yuridik va jismoniy shaxslarning patent vakilining noqonuniy xatti-harakatlari yoki ushbu Nizomni buzuvchi xatti-harakatlari yuzasidan shikoyatlari Agentlikning apellyatsiya komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi. Agentlik patent vakilini ana shunday shikoyat tushganligi toʻgʻrisida xabardor qiladi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 6-sentabrdagi 248-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 36-son, 367-modda)
(21-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan— Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
reyestrdan chiqarish toʻgʻrisida sudga murojaat qilish.
(21-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
22. Patent vakili oʻz malakasi va faoliyatiga taalluqli masalalar Agentlikning apellyatsiya komissiyasi tomonidan koʻrib chiqilayotganda shaxsan qatnashish huquqiga ega.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 6-sentabrdagi 248-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 36-son, 367-modda)
(23-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 6-sentabrdagi 248-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 36-son, 367-modda)
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.06.00.00 Vakillik. Ishonchnoma]
patent vakilining oʻz arizasi;
patent vakilining Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishi yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashash joyidan koʻchib ketishi yoxud ushbu Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan holatlar vujudga kelishi;
(23-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
patent vakilining patent vakili faoliyati bilan shugʻullanishini taqiqlash yoki bunday faoliyat imkoniyatini istisno qiluvchi boshqa jazolar toʻgʻrisida sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi asosida chiqariladi.
24. Patent vakilini reyestrdan chiqarish toʻgʻrisidagi axborot Agentlik tomonidan rasmiy axborotnomada reyestrdan chiqarish sabablari koʻrsatilgan holda eʼlon qilinadi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 6-sentabrdagi 248-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 36-son, 367-modda)
25. Patent vakili reyestrdan uning arizasi asosida chiqarilgan taqdirda takroriy roʻyxatdan oʻtkazish, qoʻshimcha attestatsiyadan oʻtkazmasdan, reyestrdan chiqarilish sanasidan boshlab besh yil mobaynida amalga oshirilishi mumkin.
26. Patent vakili oʻziga murojaat qilgan har qanday shaxs manfaatlarini ifoda qilish vakolatiga ega. Patent vakilining ishlarni olib borishga vakolatlari unga nomidan ish olib boriladigan shaxs tomonidan berilgan ishonchnoma bilan tasdiqlanadi. Agentlik oldida vakillik qilishga ishonchnoma patent vakiliga ishonch bildiruvchi tomonidan oddiy yozma shaklda beriladi.
(26-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 6-sentabrdagi 248-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 36-son, 367-modda)
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida yashaydigan jismoniy shaxslar va xorijiy yuridik shaxslar tomonidan ishonchnoma ishonchnoma tuzilayotgan mamlakatning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda rasmiylashtirilishi kerak.
27. Patent vakili ishonch bildiruvchidan uning topshirigʻini bajarish munosabati bilan oladigan axborot, agar ishonch bildiruvchi tomonidan boshqacha holat maxsus koʻrsatilmagan boʻlsa yoki uning xatti-harakatlaridan kelib chiqmasa, maxfiy deb eʼtirof etiladi.
Patent vakili, agar u manfaatlari ishni olib borish toʻgʻrisida iltimos qilgan shaxs manfaatlariga zid boʻlgan shaxslar nomidan mazkur ish boʻyicha vakillik qilgan boʻlsa yoki ularga maslahatlar bergan boʻlsa yoxud ishni koʻrib chiqishda boshqacha tarzda qatnashgan boʻlsa, shuningdek agar ishni koʻrib chiqishda patent vakiliga qarindosh boʻlgan mansabdor shaxs qatnashgan boʻlsa, topshiriqni qabul qilishga haqli emas.
28. Patent vakillari Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq patent vakillari agentligini va boshqa tashkilotlarni, shuningdek jamoat birlashmalarini tashkil etishlari mumkin.
29. Patent vakillarini attestatsiyadan, roʻyxatdan oʻtkazish, roʻyxatdan oʻtkazilgan patent vakillari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qilish, guvohnomalar berish, qoʻshimcha attestatsiya oʻtkazish, reyestrga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish uchun Agentlik tomonidan Agentlik belgilaydigan va tegishli xarajatlarni qoplash uchun zarur boʻlgan miqdorlarda toʻlov undiriladi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 6-sentabrdagi 248-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 36-son, 367-modda)