1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.01 Investitsiya dasturlari]
[TSZ:
1.Moliya / Investitsiyalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Markazlashtirilgan kapital quyilmalar hisobiga roʻyobga chiqarilayotgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishda shartnomaviy joriy narxlarga oʻtish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishning asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida” 2003-yil 6-maydagi PF-3240-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda bozor munosabatlarini rivojlantirish, qurilishda narxlarni shakllantirish mexanizmini takomillashtirish, investitsiya jarayoni barcha qatnashchilarining pirovard natijalar, investitsiya loyihalarini amalga oshirish samaradorligi uchun javobgarligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.17.00 Bino va inshootlarni qurish uchun yer uchastkalaridan foydalanish tartibi]
Obyektlarni qurish qiymatini shartnomaviy joriy narxlarda belgilash tartibi toʻgʻrisidagi Vaqtinchalik nizom 1-ilovaga muvofiq;
Obyektlar qurilishining ikkinchi va keyingi yillarida shartnomaviy joriy narxlarda qurilish shartnomaviy qiymatini aniqlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi Vaqtinchalik nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi 2003-yil yakunlari boʻyicha mazkur nizomlarga zarur oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar hisobiga moliyalashtiriladigan obyektlar qurilishida narxlarning sunʼiy ravishda oshib ketishiga yoʻl qoʻymagan holda ularning shakllantirilishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatsinlar.
3. Belgilab qoʻyilsinki, qurilishning titul roʻyxati:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari]
birinchi moliyaviy yilda kapital qoʻyilmalar hajmlari va ularni sarflash yoʻnalishlari koʻrsatilgan, qurilishning ikkinchi va keyingi yillari uchun ular aniqlashtirilgan holda qurilishning barcha davriga tuziladi hamda investitsiya loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarini aks ettiradi;
qurilishlarning Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan aniq roʻyxati, oʻtkazilgan tanlov savdolari (tenderlar) va tuzilgan shartnomalar shartlari asosida qurilishning har bir yakka tartibdagi obyekti boʻyicha investor (buyurtmachi) tomonidan tuziladi va tasdiqlanadi;
obyekt qurilishining unda tasdiqlangan qiymati doirasida kreditlash uchun asos hisoblanadi.
4. Obyektlar qurilishi uchun joriy narxlarni asoslangan holda belgilash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi 2003-yilning III choragidan boshlab “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining Narxlarni shakllantirish mintaqaviy markazlariga ularning soʻrovlariga koʻra mintaqalar boʻyicha “qurilish” tarmogʻida oʻrtacha ish haqining vujudga kelgan miqdorlari toʻgʻrisida maʼlumotlar taqdim etsinlar.
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.08.00 Narxlar va ularning shakllanishi (shuningdek, 09.14.02.02, 09.17.03.00larga qarang)]
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi kapital qurilishda narxlarni shakllantirishning smeta-normativ bazasini takomillashtirish va yangilashga doir chora-tadbirlar dasturini uch oy muddatda ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin hamda ayrimlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari K.N. Toʻlaganov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 11-iyun,
261-son
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 11-iyundagi 261-son qaroriga 1-ILOVA
Obyektlarni qurish qiymatini shartnomaviy joriy narxlarda belgilash tartibi toʻgʻrisida
VAQTINCHALIK NIZOM
1. Mazkur Nizom markazlashtirilgan manbalar (davlat kapital qoʻyilmalari) hisobiga qurilayotgan qurilish obyektlarining shartnomaviy joriy narxlardagi qiymatini aniqlash tartibini belgilab beradi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.02.00 Savdo sohasini boshqarish]
2. Obyekt qurilishi boʻyicha ishlar va xizmatlarning joriy narxlardagi shartnomaviy qiymati tanlov savdolari (tender) natijalari boʻyicha shakllantiriladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.08.00 Narxlar va ularning shakllanishi (shuningdek, 09.14.02.02, 09.17.03.00larga qarang)]
3. Tanlov savdolari (tender)ni tashkil etish va oʻtkazish maqsadida obyekt qurilishi qiymati resurslarga xarajatlarni prognozlashtirilayotgan joriy narxlar va tariflarda kalkulyatsiya qilishga asoslangan resurs usuli boʻyicha hisoblab chiqiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.03.00 Savdoda narxni tartibga solish (shakllantirish) (shuningdek, 09.14.02.02ga qarang)]
Bunda yangidan qurilayotgan, markazlashtirilgan manbalar (davlat kapital mablagʻlari) hisobiga moliyalashtirilayotgan obyektlar boʻyicha bazaviy narxlardagi smeta hujjatlari tuzilmaydi, resurslar smetalari chiqarish tartibi saqlanib qoladi.
4. Obyekt qurilishining mazkur Nizomga muvofiq buyurtmachi tomonidan aniqlangan boshlangʻich qiymati tanlov savdolari (tenderlar) oʻtkazishda yoʻnalish hisoblanadi va pudrat shartnomasi (kontrakt) tuzish uchun asos boʻlib xizmat qilmaydi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.05.00 Foydalanish cheklangan axborot / 12.03.05.05 Foydalanish cheklangan boshqa axborotlar]
5. Tanlov savdolari boshlangʻich qiymatni oshkor qilmasdan oʻtkazilgan taqdirda u tanlov savdolari (tender)ning ikkinchi bosqichigacha maxfiy axborot hisoblanadi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.09.00 Pudrat / 03.11.09.02 Qurilish pudrati]
6. Tanlov savdolari (tender)da ishtirok etayotgan pudratchi tashkilotlar tanlov taklifi narxini mazkur Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan tartibda va pudrat ishlari bozori konyunkturasidan, shu jumladan ish haqiga xarajatlarni aniqlash imkoniyatidan, korxonada shakllangan mehnatga haq toʻlash shartlari va shaklidan kelib chiqqan holda mustaqil ravishda aniqlaydilar.
7. Talabgorning tanlov taklifi (oferta)da koʻrsatilgan narxi maxfiy axborot hisoblanadi va tanlov savdolari (tender)ning ikkinchi bosqichigacha oshkor qilinmaydi.
8. Obyekt qurilishi boshlangʻich qiymatini va talabgor narxini belgilangan davrgacha oshkor etishda aybdor boʻlgan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.08.00 Narxlar va ularning shakllanishi (shuningdek, 09.14.02.02, 09.17.03.00larga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.03.00 Savdoda narxni tartibga solish (shakllantirish) (shuningdek, 09.14.02.02ga qarang)]
9. Obyekt qurilishining shartnomaviy joriy narxi talabgorlarning tanlovdagi narx boʻyicha takliflaridan maqbul narxni tanlash asosida, buyurtmachining boshlangʻich narxini va tanlov hujjatlari shartlarini hisobga olgan holda belgilanadi.
10. “Resurs usuli”ni qoʻllashda fizik koʻrsatkichlardagi:
asbob-uskunalar nomlari va miqdori;
normativ mehnat sarfi;
mashina va mexanizmlardan foydalanish xarajatlari;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.20.00 Qurilish materiallari sanoati;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.15.00 Qurilish materiallari. Qurilish texnikasi]
qurilish materiallari, buyumlar va konstruksiyalar nomlari va miqdori;
boshqa xarajatlar va sarflar aniqlanadi.
11. “Resurs usuli” boʻyicha obyektning joriy narxlardagi qiymati quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
S=(So+Sm+Szp+Sem+Pp+Pz+Sr) x KR, bunda:
So — asbob-uskunalarga, mebel va inventarga xarajatlar;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.15.00 Qurilish materiallari. Qurilish texnikasi]
Sm — qurilish materiallari, buyumlar va konstruksiyalarga xarajatlar;
Szp — ijtimoiy sugʻurtaga ajratmalar hisobga olingan holda asosiy ish haqiga xarajatlar;
Sem — mashina va mexanizmlardan foydalanish xarajatlari;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.09.00 Pudrat / 03.11.09.02 Qurilish pudrati]
Pp — boshqa xarajatlar va pudratchining xarajatlari;
Pz — boshqa xarajatlar va buyurtmachining xarajatlari;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.01 Umumiy qoidalar]
Sr — obyektlar qurilishini sugʻurta qilish xarajatlari;
Kr — navbatdagi yilda qurilishda narx oʻsishining prognozlashtirilayotgan indeksidan kelib chiqib aniqlanadigan tavakkalchilik koeffitsiyenti.
12. Asbob-uskunalar, mebel va inventarga xarajatlar transport xarajatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqaruvchi korxonalar (yetkazib beruvchilar)ning narxlari qoʻllanilgan holda spetsifikatsiyalar asosida yoki narxlar monitoringi asosida shakllantiriladigan maʼlumotlar banki boʻyicha aniqlanadi.
13. Qurilish materiallari, buyumlar va konstruksiyalarga xarajatlar mazkur mintaqada shakllangan birlikka oʻrtacha narxlar qoʻllanilgan holda tender hujjatlari tarkibida ishlab chiqiladigan Yigʻma resurs hisob-kitobiga muvofiq amaldagi koʻrsatkichlar asosida quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Sm=Sm1+Sm2+Sm3+...+ Smn, bunda:
Sm1, Sm2, Sm3, Smn — qurilish materiallari va konstruksiyalarning ayrim turlari qiymati:
Cmp = N x Ssr, bunda:
N — obyekt qurilishi uchun talab qilinadigan qurilish materiali (buyum, konstruksiya)ning alohida turi miqdori;
Ssr – qurilish materiali (buyum, konstruksiya) birligiga oʻrtacha narx.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.04.00 Ulgurji savdo;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.05.00 Koʻrgazma. Yarmarka. Kimoshdi savdolari. Birjalar]
Har xil qurilish materiallari (buyumlar, konstruksiyalar)ning oʻrtacha qiymati tayyorlovchi zavodlarning ulgurji sotish narxlari, qurilish materiallari birjalari va yarmarkalaridagi narxlar, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi tomonidan chiqariladigan kataloglar, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining narx belgilash boʻyicha mintaqaviy markazlari maʼlumotlari asosida aniqlanadi.
Qonun hujjatlari normalariga muvofiq belgilangan qurilish materiallari (buyumlar, konstruksiyalar) narxlari tayyorlovchi zavodlarning ulgurji narxlarini, idishlarga xarajatlarni, transport xarajatlarini, taʼminot-sotish tashkilotlarining ustama narxlarini oʻz ichiga oladi.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.03.00 Temir yoʻl transporti / 09.15.03.04 Yoʻlovchi va yuk tashish, oʻzaro hisob-kitoblar]
Transport xarajatlarini “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi tomonidan ishlab chiqilgan Yuklarni qurilish uchun tashishga hisob-kitob joriy narxlarini aniqlash boʻyicha metodik tavsiyalar asosida hisoblab chiqish tavsiya qilinadi.
14. Ish haqi xarajatlari obyektning normativ mehnat sarfini bir kishi-soatning joriy qiymatiga (soʻmlarda) va ijtimoiy sugʻurtaga ajratmalar miqdorini hisobga oluvchi koeffitsiyentga koʻpaytirish yoʻli bilan quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Szp=T x Sch Kss, bunda:
T – tender hujjatlari tarkibida yoki ishga tushirilgan obyektlarga oʻxshash kishi-soatlarda aniqlanadigan obyekt qurilishining normativ mehnat sarfi;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar]
Sch — ishchilarning oʻrtacha soatlik ish haqi, obyekt qurilishi qiymatini hisoblab chiqishda mintaqa boʻyicha quruvchilarning oʻrtacha statistik oylik ish haqi darajasidan kelib chiqib hisoblab chiqiladi;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.01 Umumiy qoidalar]
Kss — ijtimoiy sugʻurtaga ajratmalar miqdorini hisobga oluvchi koeffitsiyent.
Oʻrtacha soatlik ish haqi quyidagi formula boʻyicha hisoblab chiqiladi:
Sch = Zms: F, bunda:
Zms — oldingi 12 oy uchun statistika maʼlumotlari asosida bir oy uchun hisoblab chiqilgan mintaqa boʻyicha quruvchilarning oʻrtacha yillik ish haqi, oyiga soʻm;
F — Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi maʼlumotlari boʻyicha soatlarda ish vaqtining oʻrtacha oylik fondi.
15. Obyekt qurilishi qiymatini aniqlashda mashina va mexanizmlardan foydalanish xarajatlari qiymati joriy narxlarda quyidagi formula boʻyicha qabul qilinadi:
Sem = EM x Spr, bunda:
EM — mashina va mexanizmlardan foydalanishning soatlardagi hajmi;
Spr — mashina va mexanizmlardan foydalanishning soat/soʻmlardagi joriy narxlari.
Mashina va mexanizmlardan foydalanishning joriy narxlarini “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining metodik tavsiyalari asosida aniqlash tavsiya qilinadi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.09.00 Pudrat / 03.11.09.02 Qurilish pudrati]
16. Pudratchining boshqa xarajatlari (Pp) zarur foydadan, shu jumladan pudrat ishlari (xizmatlar) bozori konyunkturasidan kelib chiqib shakllantiriladigan majburiy toʻlovlar va ajratmalardan iborat boʻladi.
Obyektning qurilish qiymatini aniqlashda pudratchining boshqa xarajatlari toʻgʻridan-toʻgʻri xarajatlar summasining 20 foizigacha darajada qabul qilinishi mumkin.
17. Buyurtmachining boshqa xarajatlari va sarflari (Pz) loyiha-qidiruv ishlari, ekspertiza, tanlov savdolari (tender) oʻtkazish, texnik nazorat xarajatlaridan, obyekt qurilishi bilan bogʻliq boshqa xarajatlardan iborat boʻladi.
18. Buyurtmachi obyekt qurilishi qiymati tarkibida obyekt qurilishini tashkil etish, unga xizmat koʻrsatish, kuzatib borish, qurilishi tugallangan obyektni foydalanishga qabul qilib olish, shuningdek obyekt qurilishi jarayonida pudratchi tashkilotga berilgan bank kreditlari boʻyicha foizlar toʻlash bilan bogʻliq boshqa xarajatlarni ham hisobga olishi kerak.
19. Buyurtmachining boshqa xarajatlari obyekt qurilishi qiymatini shakllantirishda belgilangan miqdorlarda obyektning shartnomaviy qiymatiga kiritiladi.
20. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi markazlashtirilgan manbalar (davlat kapital qoʻyilmalari) hisobiga moliyalashtiriladigan obyektlar qurilishining boshlangʻich narxlari shakllantirilishi boʻyicha doimiy monitoringni amalga oshiradilar.
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.08.00 Narxlar va ularning shakllanishi (shuningdek, 09.14.02.02, 09.17.03.00larga qarang)]
21. Obyekt qurilishi muddati bir kalendar yildan ortiq boʻlganda ikkinchi yilga va keyingi yillarga shartnomaviy narx Obyektlar qurilishining ikkinchi va keyingi yillarida shartnomaviy joriy narxlarda qurilish shartnomaviy qiymatini aniqlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi Vaqtinchalik nizomga muvofiq aniqlanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 11-iyundagi 261-son qaroriga 2-ILOVA
Obyektlar qurilishining ikkinchi va keyingi yillarida shartnomaviy joriy narxlarda qurilish shartnomaviy qiymatini aniqlashtirish tartibi toʻgʻrisida
VAQTINCHALIK NIZOM
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.08.00 Narxlar va ularning shakllanishi (shuningdek, 09.14.02.02, 09.17.03.00larga qarang)]
1. Mazkur Nizom tanlov savdolari (tender) natijasida joriy narxlarda tuzilgan pudrat shartnomalari (kontrakt) boʻyicha markazlashtirilgan manbalar (davlat kapital qoʻyilmalari) hisobiga qurilayotgan qurilish obyektlarining ikkinchi va keyingi yillar uchun shartnomaviy joriy narxlarini aniqlashtirish tartibini nazarda tutadi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.09.00 Pudrat / 03.11.09.02 Qurilish pudrati]
2. Tanlov savdolari (tender) natijalari boʻyicha tuzilgan obyektning qurilishini amalga oshirish pudrat shartnomasiga (kontraktga), ish hajmlari bosqichlar va bajarish muddatlari boʻyicha boʻlingan holda, ishlarni amalga oshirish jadvali ilova qilinadi.
Har yili hisobot yili tugashi bilan buyurtmachi tomonidan pudratchi tashkilot bilan birgalikda prognoz qilinayotgan yil va keyingi yillar uchun bajarilayotgan ishlarning (xizmatlarning) kontrakt boʻyicha qoldiq qiymati aniqlanadi.
Qurilishning titul roʻyxatini shakllantirish va kapital qoʻyilmalarning obyektlar boʻyicha limitlarini aniqlash mazkur Nizomga muvofiq shartnomalarda belgilangan obyekt qurilishining davom etish muddatlari va qiymatiga qatʼiy muvofiq boʻlishi zarur.
Ikkinchi va keyingi yillar uchun qurilishning titul roʻyxatlariga oʻzgartirishlar pudrat shartnomasi (kontrakt) asosida kiritiladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.08.00 Narxlar va ularning shakllanishi (shuningdek, 09.14.02.02, 09.17.03.00larga qarang)]
3. Narx omillari boʻyicha indeksatsiya qilinishi lozim boʻlgan ikkinchi yil uchun pudrat ishlari (xizmatlar) qiymati buyurtmachilar va pudratchi tashkilotlar tomonidan quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
O2 = (C — O1 — Pp — H1) x K1 bunda:
O2 – ikkinchi yil uchun pudrat ishlari qiymati;
C – tanlov savdolari (tender) natijasida aniqlangan obyektning joriy narxlardagi qiymati;
O1 – ishlarni bajarish jadvaliga muvofiq qurilishning birinchi yilidagi pudrat ishlari hajmining joriy narxlardagi qiymati;
Pp – ishlarni bajarish jadvaliga muvofiq keyingi yillar uchun ishlar qiymati;
N1 – buyurtmachining oldindan berilgan avansi;
K1 – pudrat shartnomasi (kontrakt) tuzilgan vaqtda belgilangan obyekt qiymatiga nisbatan hisoblab chiqiladigan obyekt qurilishining ikkinchi yili uchun shartnomaviy narx oʻzgarishini hisobga oluvchi koeffitsiyent.
Narx omillari boʻyicha indeksatsiya qilinishi lozim boʻlgan uchinchi yil uchun pudrat ishlari (xizmatlar) qiymati buyurtmachilar va pudratchi tashkilotlar tomonidan quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
O3 = (S — O1 — O2 — Pp — N2) x K2 bunda:
O3 – uchinchi yil uchun pudrat ishlari qiymati;
C – obyektning tanlov savdolari (tender) natijalari boʻyicha aniqlangan joriy narxlardagi qiymati;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.09.00 Pudrat / 03.11.09.02 Qurilish pudrati]
O1 va O2 – ishlarni bajarish jadvaliga muvofiq qurilishning birinchi va ikkinchi yillari uchun pudrat ishlari hajmining joriy narxlardagi qiymati;
Pp – ishlarni bajarish jadvaliga muvofiq keyingi yillar uchun ishlar qiymati;
N2 – qurilishning ikkinchi yilida buyurtmachining oldindan berilgan avansi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.08.00 Narxlar va ularning shakllanishi (shuningdek, 09.14.02.02, 09.17.03.00larga qarang)]
K2 – pudrat shartnomasi (kontrakt) tuzilgan vaqtda belgilangan obyektning qiymatiga nisbatan hisoblab chiqiladigan obyekt qurilishining uchinchi yili uchun shartnomaviy narx oʻzgarishini hisobga oluvchi koeffitsiyent.
Qurilishning keyingi yillari uchun obyekt qurilish qiymati ham shu tartibda aniqlanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.03.00 Kapital qoʻyilmalar. Investitsiyalar (qurilishni moliyalashtirish). Narxlar shakllanishi]
4. K koeffitsiyentni — qurilishning ikkinchi yili (va keyingi yillari) uchun shartnomaviy narx oʻzgarishini aniqlash buyurtmachi va pudratchi bilan birgalikda quyidagi asosiy narx shakllantiruvchi komponentlar asosida aniqlanadi:
a) mehnat xarajatlari (eng kam oylik ish haqining oʻzgarishi);
i) gʻisht (tayyorlovchi zavodlar) va boshqa komponentlar.
Bunda komponentlar va asosiy qurilish materiallarining turlari har bir muayyan obyekt boʻyicha, pudrat shartnomasi (kontrakt) tuzilgan paytdagi obyektni qurish qiymatining kamida 70 foizini tashkil etadigan asosiy narx shakllantiruvchi komponentlarni hisobga olgan holda tanlanadi.
5. Mazkur Nizomga muvofiq aniqlangan pudrat ishlari (xizmatlar) qiymati ushbu qurilish obyekti boʻyicha tanlov savdolari (tender) oʻtkazgan tanlov komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi va tasdiqlanadi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi obyektlar markazlashtirilgan manbalar (davlat kapital qoʻyilmalari) hisobiga qurilganda ikkinchi yilga (va keyingi yillarga) qurilishning shartnomaviy joriy narxi aniqlashtirilishi ustidan doimiy monitoringni amalga oshiradilar.
7. Mazkur Nizomga rioya etilishi va obyekt qurilishining keyingi yillari uchun shartnomaviy narxlar toʻgʻri aniqlanishi uchun javobgarlik qonun hujjatlariga muvofiq pudrat shartnomasi (kontrakt) tuzgan buyurtmachi bilan pudratchi tashkilotlar zimmasiga yuklanadi.
Oʻzaro hisob-kitob qilishda narxni shakllantiruvchi asosiy omillar va boshqa hisoblab chiqiladigan koʻrsatkichlar asossiz qoʻllanilishi natijasida ikkinchi yilga va keyingi yillarga obyektlar qurilishi qiymati oshirib yuborilishi hollari aniqlangan taqdirda oshirib yuborilgan summa qonun hujjatlarida belgilangan tartibda respublika budjetida tiklanadi.
2. Vazirlar Mahkamasining “Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 3-sentabrdagi 375-son qaroriga 8-ilova.
II. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 2-son, 9-modda) “Ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlar” 1.5-kichik boʻlimiga quyidagi mazmundagi 1.5.10-band qoʻshilsin:
“1.5.10. Obyektlarni davlat kapital qoʻyilmalari hisobiga qurishda qurilish tavakkalchiliklarini sugʻurta qilish bilan bogʻliq xarajatlar”.
2. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 20-dekabrdagi 532-son qarori bilan tasdiqlangan Obyektlarni davlat mablagʻlari va Hukumat kafolati ostidagi kreditlar hisobiga barpo etishda qurilish tavakkalchiliklarini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisidagi Nizomning (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 12-son, 70-modda) I boʻlimiga quyidagi mazmundagi 6-1-band qoʻshilsin:
“6-1. Obyektlarni davlat kapital qoʻyilmalari hisobiga barpo etishda qurilish tavakkalchiliklarini sugʻurta qilish qurilish tavakkalchiliklarini majburiy sugʻurta qilish xarajatlarini obyekt qurilishining umumiy qiymatiga kiritgan holda amalga oshiriladi”.
3. Vazirlar Mahkamasining “Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2000-yil 5-avgustdagi 305-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 8-son, 48-modda):
5-bandga quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Mazkur band birinchi xatboshining amal qilishi ular boʻyicha shartnomalar (kontraktlar) tanlov savdolari (tenderlar) natijalariga koʻra tuzilgan qurilish obyektlariga tatbiq etilmaydi”;
qarorga 4-ilova (Obyektlar qurilishini loyihalash hujjatlarini ishlab chiqish bilan ayni bir vaqtda amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom)ning 15-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 11-son, 88-modda; 2010-y., 17-son, 130-modda; 2013-y., 37-son, 485-modda; 2017-y., 33-son, 863-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)