toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
KAPITAL QURILISHDA IQTISODIY ISLOHOTLARNI CHUQURLASHTIRISHGA DOIR QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, kapital qurilishni boshqarishni isloh qilish va takomillashtirish yuzasidan koʻrilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan Vazirlar Mahkamasining Qurilish va qurilish materiallari sanoati kompleksi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, hokimliklar va kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish hududiy komissiyalarining faoliyati belgilangan talablarga javob bermaydi.
Koʻpchilik mintaqalarda tarmoqni rivojlantirish va isloh qilish dasturi mavjud emas. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlari rasmiyatchilik bilan amalga oshirilgan, davlat qurilish tashkilotlari soni koʻpligicha qolmoqda. Xususiy korxonalar pudrat ishlari bozorida oʻz munosib oʻrnini hozirgacha topmadi. Kam quvvatli va past rentabelli qurilish tashkilotlari sekinlik bilan tugatilmoqda. Buyurtmalarni joylashtirishning tender mexanizmi sust joriy etilmoqda, pudrat shartnomalarini bajarish darajasi qoniqarsizligicha qolmoqda. Suiisteʼmol qilish va moliyaviy qonunni buzish, qurilish ishlari va materiallar qiymatini asossiz ravishda oshirib yuborish hollari davom etmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qurilish va qurilish materiallari sanoati kompleksi (A.N. Isayev), tegishli Respublika va hududiy komissiyalar tomonidan kapital qurilishni boshqarishni isloh qilish va uning tarkibini oʻzgartirish boʻyicha Hukumat qarorlari soʻzsiz bajarilishi ustidan zarur tashkilotchilik ishlari va nazorat taʼminlanmagan.
Mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishni taʼminlash, investitsiya jarayoni qatnashchilarining roli va javobgarligini kuchaytirish, qurilishda bozor mexanizmlarini keng joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining kapital qurilishni boshqarishni isloh qilish va takomillashtirish yuzasidan olib borayotgan ishlari qoniqarsiz deb eʼtirof etilsin.
Samarqand (E.M. Roʻziyev), Toshkent (U.M. Mirzaqulov), Qashqadaryo (B.S. Hamidov) viloyatlari hokimlari kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishda rahbarlikni susaytirib yuborganligi va yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar uchun Samarqand (S. Ibrohimov) va Toshkent (R. Moʻminov) viloyatlari hokimlari oʻrinbosarlarining, Chirchiq (D. Azizxoʻjayev), Bekobod (J. Nasriddinov), Ohangaron (A. Rasulov) shaharlari hokimlarining va Kitob tumani hokimining (U. Xidirov) egallab turgan lavozimlarida bundan buyon qolishi masalasini koʻrib chiqsinlar.
Maxsus komissiyaning ishi davomida kapital qurilishni isloh qilishdagi kamchiliklar uchun qurilish tashkilotlari va korxonalarining 17 rahbari lavozimidan ozod etilganligi va 25 rahbariga hayfsan eʼlon qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Qurilish va qurilish materiallari sanoati kompleksi (A.N. Isayev) maxsus komissiyaning materiallari va xulosalarini tanqidiy oʻrganib chiqsin, Kompleks faoliyatining shakllari va usullarini qayta koʻrib chiqsin, kapital qurilishda iqtisodiy qayta oʻzgartirishlar amalga oshirilishi ustidan tizimli monitoringni tashkil etsin, tarmoqni isloh qilish boʻyicha Hukumat qarorlari oʻz vaqtida bajarilishi qattiq nazorat qilinishini taʼminlasin.
Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish tadbirlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
kapital qurilishni isloh qilishdagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar koʻrsinlar, bir oy muddatda viloyat boʻgʻinining tegishli rahbarlari, qurilish tashkilotlari va korxonalari rahbarlarining javobgarligi darajasini koʻrib chiqsin;
xususiylashtirilgan qurilish tashkilotlari va qurilish industriyasi korxonalarining mavjud quvvatlari belgilangan tartibda xatlovdan oʻtkazilishini tashkil etsinlar, keyinchalik ularni xususiy mulk qilib sotsinlar, shuningdek, ularga berilgan yer uchastkalaridan foydalanish samaradorligini oʻrganib chiqsinlar, ortiqcha yer maydonlarini olib qoʻysinlar;
Zarar koʻrib ishlayotgan va kam quvvatli qurilish tashkilotlarini qayta tashkil etish va tugatish masalalari boʻyicha respublika komissiyasi hamda tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda joriy yilning oxirigacha past rentabelli va kam quvvatli tashkilotlarni tugatishni davom ettirish, ularni xususiylashtirishni tugallash chora-tadbirlarini koʻrsinlar, bunda mahalliy qurilish tashkilotlarini boshqarishning bir boʻgʻinli tizimiga oʻtishga alohida eʼtiborni qaratsinlar. Amalga oshirilgan ishlar natijalari toʻgʻrisida 2001-yil 10-yanvargacha axborot berilsin.
4. Davlat budjeti mablagʻlari va Hukumat kafolati ostidagi kreditlar hisobiga 2001-yilgi va keyingi yillar respublika investitsiya dasturiga kiritiladigan yangidan boshlanayotgan qurilish obyektlari boʻyicha pudrat shartnomalari (kontraktlar)ni faqat pudrat savdolari natijalari boʻyicha qurilish sugʻurta tavakkalchiliklari sugʻurtalangan taqdirda tuzish maqsadga muvofiq deb hisoblansin.
5. Belgilansinki, shu yil 1-sentabrdan boshlab davlat budjeti va Hukumat kafolati ostidagi kreditlar hisobiga respublika investitsiya dasturiga kiritilgan obyektlar qurilishi uchun qurilish materiallarini xarid qilish, vositachilar sonidan qatʼi nazar, transport xarajatlari hisobga olingan va ularga nisbatan 20 foizdan ortiq boʻlmagan miqdorda cheklangan tayyorlov-ombor va vositachilik ustamalari qoʻllangan holda tayyorlovchi korxonaning ulgurji-sotish narxlari (yoki import mahsulotning xarid qiymati) boʻyicha amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur band birinchi xatboshining amal qilishi ular boʻyicha shartnomalar (kontraktlar) tanlov savdolari (tenderlar) natijalariga koʻra tuzilgan qurilish obyektlariga tatbiq etilmaydi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 11-iyundagi 261-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2003-y., 11-son, 88-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi hamda Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi bilan birgalikda ikki hafta muddatda hamda buyurtmachilar va pudrat tashkilotlariga davlat budjeti va Hukumat kafolati ostidagi kreditlar hisobiga mablagʻ bilan taʼminlanadigan obyektlar qurilishiga yetkazib beriladigan asbob-uskunalar, qurilish materiallari, konstruksiyalarning cheklangan narxlarini belgilash tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
6. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi hududida kapital qurilishda tanlov savdolari toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq;
Investitsiya loyihalari hujjatlarini kelishib olish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 3-ilovaga muvofiq;
Obyektlar qurilishini loyihalash hujjatlarini ishlab chiqish bilan ayni bir vaqtda amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Belgilab qoʻyilsinki, qurilish, qurilish-montaj, taʼmirlash-qurish, ishga tushirish-sozlash, loyihalash-qidiruv va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari hamda kichik korxonalar yagona soliq toʻlovini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga va Respublika yoʻl jamgʻarmasiga majburiy ajratmalarni oʻz kuchlari bilan bajarilgan ishlar hajmlaridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqadilar.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 27-dekabrdagi PQ—244-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 52-son, 386-modda)
8. Qurilish va qurilish-montaj tashkilotlari import qilinayotgan qurilish asbob-uskunalari, mashina-mexanizmlar uchun qoʻshilgan qiymat soligʻidan hamda bojxona bojlaridan, shuningdek, sotib olingan yuk va maxsus avtomobillar qiymatidan Respublika yoʻl jamgʻarmasiga yigʻimlardan, koʻrsatib oʻtilgan texnika oʻz moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun foydalanilgan taqdirda, uch yil muddatga ozod qilinsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga 5-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Adliya vazirligi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Isayev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 5-avgust,
305-son
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil
5-avgustdagi 305-son qaroriga
1-ILOVA
Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish
TADBIRLARI
T/r‎ ‎ Tadbirlarning nomi‎‎ Bajarish muddatlari‎ ‎ Hujjatning turi‎‎ ‎‎Bajarish uchun masʼul‎‎

‎‎I. Mablagʻ bilan uzluksiz taʼminlash, qurilish qiymatini va smeta narxini belgilashni shakllantirish mexanizmini takomillashtirish

1.1‎.

Qurilishda va kapital taʼmirlashda yangi smeta meʼyorlarini va xarajatlar, rejali jamgʻarmalar meʼyorlarini ishlab chiqish toʻgʻrisida takliflar tayyorlash‎‎

2000-yil dekabr‎

Vazirlar Mahkamasining qarori ‎‎‎

“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Adliya vazirligi‎‎

1.2.‎

Aniq roʻyxatlarni shakllantirish, mablagʻ bilan taʼminlashning markazlashtirilgan manbalari hisobiga binolar va inshootlarni kapital taʼmirlashni mablagʻ bilan taʼminlashni mablagʻ bilan taʼminlash va kreditlash tartibini tayyorlash‎‎

2000-yil oktabr‎

Vazirlar Mahkamasining qarori‎‎‎

Moliya vazirligi, Markaziy bank, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Kommunalxizmat koʻrsatish vazirligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Adliya vazirligi‎‎

1.3.‎

Qurilish tashkilotlari uchun mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish xarajatlari tarkibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani va moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibini ishlab chiqish‎‎

2000-yil dekabr‎

Yoʻriqnoma‎‎

“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, vazirliklar va idoralar‎‎

1.4.‎

Kapital qurilishda qurilish tavakkalchiligini sugʻurtalash boʻyicha uslubiy koʻrsatmalarni ishlab chiqish‎‎

2000-yil noyabr‎

Uslubiy koʻrsatma‎‎

Moliya vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Adliya vazirligi‎‎

1.5.‎

Markazlashtirilgan manbalar hisobiga qurilayotgan obyektlarni mablagʻ bilan taʼminlash uchun buyurtmachining ichki zaxiralarini safarbar qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani ishlab chiqish‎‎

2000-yil sentabr‎

Yoʻriqnoma‎‎‎

Moliya vazirligi, Adliya vazirligi‎‎

1.6.‎

Tender hujjatlarining texnik qismi va pudrat savdosi predmetining boshlangʻich (moʻljallangan) narxi tarkibi, uni ishlab chiqish, kelishib olish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tayyorlash‎‎

2000-yil noyabr‎

Nizom‎‎

“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi‎‎

1.7.‎

Kapital qurilishda pudrat savdolarini tashkil etish va oʻtkazish, tender hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertiza qilish narxlari toʻplamini tuzish‎‎

2000-yil oktabr‎

Toʻplam‎‎

“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi

1.8.‎

Qurilishda narx belgilashning uslubiy-axborot bazasini yaratishni va maʼlumotnoma materiallar (katalog-analog)larni chiqarishni tashkil etish‎‎

doimo

Kataloglar‎‎‎

“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, “Oʻzqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi‎‎

II. Pudrat ishlari bozorini, uslubiy-huquqiy bazani takomillashtirish va tomonlar majburiyatining bajarilishini taʼminlash
‎‎‎

2.1.‎

Davlat budjeti mablagʻlari va hukumat kafolati ostidagi kreditlar hisobiga qurilishni amalga oshirayotgan buyurtmachi xizmati yoki qurilayotgan korxona direksiyasi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni tayyorlash‎‎

2001-yil yanvar‎

Vazirlar Mahkamasining qarori‎‎‎ ‎‎

“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Adliya vazirligi‎‎

2.2‎.

Davlat budjeti mablagʻlari va hukumat kafolati ostidagi kreditlar hisobiga mablagʻ bilan taʼminlanayotgan bino va inshootlarni kapital taʼmirlashning loyiha hujjatlarini ishlab chiqish tartibini tayyorlash‎‎

2001-yil fevral‎

Tartib‎‎

“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Mudofaa vazirligi, Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Adliya vazirligi‎‎

2.3.‎

Pudrat shartnomalarini tuzishda kafolat va kafillik berish tarkibi va tartibi, shuningdek, shartnoma ijrosi taʼminlanishini garovga qoʻyish boʻyicha uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqish‎‎

2000-yil noyabr‎

Uslubiy tavsiyalar‎‎‎

“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Markaziy bank, Adliya vazirligi‎‎

2.4.‎

Pudrat va loyihalashtirish tashkilotlarining reytingini aniqlash tartibini ishlab chiqish‎‎

2000-yil noyabr‎

Tartib‎‎

“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi‎‎

2.5.‎

Eng yaxshi pudrat va loyiha-qidiruv tashkilotlari tanlovini tashkil qilish‎‎

2000-yil dekabr‎

Tanlov‎‎‎

Qurilish va qurilish materiallari sanoati kompleksi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi‎‎

2.6.‎

Investitsiya loyihasining dastlabki ruxsat beruvchi hujjatlari tarkibi, ularni ishlab chiqish, kelishib olish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tayyorlash‎‎

2000-yil noyabr‎

Nizom‎‎‎

“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Markaziy bank

‎‎III. Loyihalashtirish va qurishda istiqbolli texnologiyalarni joriy etish

3.1.‎

2001-yildan boshlab topogeodeziya qidiruvlarini zamonaviy geoaxborot tizimiga va texnologiyalariga, loyiha-rejalashtirish, loyiha va boshqa hujjatlarni ishlab chiqishni kompyuterlashtirishga oʻtkazish boʻyicha uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqish‎‎

2000-yil noyabr‎

Uslubiy tavsiyalar‎‎

“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, “Oʻzgeodezkadastr” bosh boshqarmasi‎‎

3.2.‎

Loyihalashtirish, qurish va qurilish materiallari ishlab chiqarishda ilmiy-texnika yutuqlari monitoringini tashkil etish va ularni joriy etish muddatlarini sezilarli darajada qisqartirish boʻyicha chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish ‎‎

doimo‎

Maʼlumotlar banki‎‎

“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, FTDQ, “Oʻzquri- lishmateriallari” aksiya- dorlik kompaniyasi, Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi‎‎

3.3.‎

Monolit qurilishni rivojlantirish boʻyicha takliflar tayyorlash‎‎

2000-yil oktabr‎

Takliflar‎‎

“Davarxitektqurilsh” qoʻmitasi, loyihalashtirish institutlari, qurilish industriyasi korxonalari‎‎

Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 3-iyuldagi 302-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini — OʻR QHT, 2003-y., 13-son, 105-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 2-dekabrdagi 538-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2003-y., 23-son, 233-modda)
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil
5-avgustdagi 305-son qaroriga
4-ILOVA
Obyektlar qurilishini loyihalash hujjatlarini ishlab chiqish bilan ayni bir vaqtda amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1. Mazkur Nizom obyektlarni loyihalash hujjatlarini ishlab chiqish bilan ayni bir vaqtda qurishda (obyektlarni parallel loyihalashtirgan holda qurishda) investitsiya jarayoni qatnashchilarining oʻzaro munosabatlarini belgilab beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Obyektlarni parallel loyihalashtirgan holda qurish faqat mamlakat Mudofaa qobiliyatini va xavfsizligini taʼminlashga doir chora-tadbirlar, tabiiy va ekologik ofatlar oqibatlarini bartaraf etish, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarni bajarishi va boshqa kechiktirib boʻlmaydigan davlat ehtiyojlarini hal etish bilan bogʻliq istisno hollarda, mablagʻ bilan taʼminlash manbalari mavjud boʻlganda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan qaroriga koʻra amalga oshirilishi mumkin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Obyektlarni parallel loyihalashtirgan holda qurish zaruriyatini asoslash Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi bilan kelishgan holda investor (buyurtmachi) tomonidan Vazirlar Mahkamasiga qaror qabul qilish uchun kiritiladi va unga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Vazirlar Mahkamasi qarorining loyihasi;
obyekt qurilishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida shaharsozlik kengashining qarori;
obyekt qurilishining belgilangan tartibda tasdiqlangan texnik-iqtisodiy asoslari (texnik-iqtisodiy hisob-kitob);
qonunchilik hujjatga muvofiq qurilishga texnik-iqtisodiy asoslash (texnik-iqtisodiy hisob-kitob) ishlab chiqilishi majburiy boʻlmagan obyektlar boʻyicha — qurilish qiymati hisoblangan loyihalashdan oldingi hujjat.
Obyekt qurilishini texnik-iqtisodiy asoslash (texnik-iqtisodiy hisob-kitob) mavjud boʻlmaganda:
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)
obyektni muhandislik kommunikatsiyalariga ulash uchun texnik shartlar;
obyekt qurilishi uchun arxitektura-rejalashtirish topshirigʻi;
muhandislik-qidiruv ishlari natijalari yoki ular tugallanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar taqdim etiladi.
Asoslashda, qoidaga koʻra, parallel loyihalashtirgan holda obyektlarni qurish davri, unga rioya qilmaslik belgilangan tartibda tegishli sanksiyalar qoʻllanilishiga olib kelishi nazarda tutiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasi qaror qabul qilish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda oʻzaro axborot hamkorligi yoʻli bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)
4. Obyektni parallel loyihalashtirgan holda qurish davri obyektlar qurilishini loyihalashning normativ muddati doirasida belgilanadi, biroq shunga oʻxshash obyektlarni loyihalash muddatidan ortiq boʻlmasligi kerak, bu muddat Vazirlar Mahkamasining qarori chiqqan kundan boshlanadi (obyektni parallel loyihalashtirgan holda qurishning ruxsat etilgan davri), bu muddat keyinchalik qayta qurib chiqilmaydi.
5. Obyektni parallel loyihalashtirgan holda qurish toʻgʻrisidagi asoslarni tayyorlashda kapital qurilish sohasida Oʻzbekiston Respublikasining tegishli qonunchilik hujjatlari va normativ hujjatlari talablariga rioya qilinishini taʼminlash hisobga olinishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Prezident Administratsiyasi bilan kelishgan holda belgilangan tartibda qabul qilingan obyektni parallel loyihalashtirgan holda qurish toʻgʻrisidagi qaroriga asosan buyurtmachi bilan loyihalash tashkiloti oʻrtasida loyiha hujjatini ishlab chiqish, shu jumladan, loyiha yechimlarini va obyektni parallel holda loyihalashtirgan holda qurishning ruxsat etilgan davri mobaynida bajariladigan qurilish-montaj ishlari hajmlari boʻyicha mahalliy smetalarni bosqichma-bosqich berish jadvalini tuzish uchun shartnoma tuziladi.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Ayni paytda buyurtmachi tomonidan tegishli davlat ekspertiza organi bilan loyiha yechimlarini va Mahalliy smetalarni bosqichma-bosqich berish jadvaliga muvofiq ekspert kuzatuvi hajmlarini koʻrsatgan holda loyiha-smeta hujjatlarini ekspertiza qilish uchun shartnoma tuziladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 17-fevraldagi 42-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 8-9-son, 79-modda)
7. Loyiha yechimlarini va mahalliy yoki obyekt smetalarini berish jadvali quyidagi ishlar izchilligi (qurilish bosqichlari) asosida ishlab chiqiladi:
boj reja va obodonlashtirish obyektlari;
binolar va inshootlar asoslari va poydevorlari hisob-kitoblari;
binolar va inshootlar boʻyicha loyiha yechimlari;
asosiy konstruksiyalar hisob-kitoblari;
tom, toʻsiq konstruksiyalar, ichki muhandislik asbob-uskunalari, tashqi tarmoqlar boʻyicha ish hujjatlari;
binolar va inshootlarni pardozlash ishlari boʻyicha ish hujjatlari;
ishlab chiqarish jarayonlarini texnologik jihozlash, mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish boʻyicha ish hujjatlari;
loyiha tarkibiga qiruvchi boshqa hujjatlar;
obyekt qiymatining yigʻma smeta hisob-kitobi.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Obyektlarni parallel loyihalashtirgan holda qurish loyiha-smeta hujjatlarini ekspertiza qilish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi Shaharsozlik hujjatlarini davlat ekspertizasidan oʻtkazish boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 17-fevraldagi 42-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 8-9-son, 79-modda)
Parallel loyihalashtirish davrida qurilish subyektining murakkabligi, noyobligi va texnologik asbob-uskuna bilan jihozlanganligi darajasiga qarab ekspertlarning koʻchma ishchi guruhi tashkil etilishi mumkin.
Har bir bosqich boʻyicha qurilish-montaj ishlari faqat mahalliy yoki obyekt smetalari ekspertizadan oʻtkazilgandan soʻng boshlab yuborilishi mumkin.
9. Obyektni moliyalashtirish hajmi va uning parallel loyihalashtirish ruxsat etilgan davridagi shartnomaviy qiymati tasdiqlangan texnik-iqtisodiy asoslash (texnik-iqtisodiy hisob-kitob) boʻyicha uning qiymatidan kelib chiqib, qurilishga qonunchilik hujjatlariga muvofiq texnik-iqtisodiy asoslash (texnik-iqtisodiy hisob-kitob)ni ishlab chiqish shart boʻlmagan obyektlar boʻyicha esa — 1991-yilgi narxlar darajasidagi yiriklashtirilgan koʻrsatkichlar boʻyicha shunga oʻxshash obyektlarni tahlil qilish usuli bilan loyiha tashkiloti tomonidan tuziladigan obyekt qurilishi qiymatini oldindan hisob-kitob qilish negizida, qurilish qiymatini oshirish tarmoq prognoz indekslarini qoʻllagan holda, loyiha-smeta hujjatlari tasdiqlangandan keyin esa — obyekt qiymatining tasdiqlangan yigʻma smeta hisob-kitobi boʻyicha belgilanadi.
Qurilishni parallel loyihalashtirish ruxsat etilgan davr mobaynida bajarilgan ishlar uchun haq toʻlash bajarilgan qurilish-montaj ishlarining haqiqiy qiymati boʻyicha buyurtmachi tomonidan tasdiqlangan (kelishilgan) mahalliy va obyekt smetalari asosida vakolatli bank tomonidan amalga oshiriladi.
10. Qurilishni moliyalashni boshlash uchun buyurtmachi tomonidan mablagʻ bilan taʼminlovchi bankka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
obyektlar qurilishini loyihalash hujjatlarini ishlab chiqish bilan ayni bir vaqtda amalga oshirish toʻgʻrisida (parallel loyihalashtirish toʻgʻrisida) Vazirlar Mahkamasining qarori;
belgilangan tartibda tasdiqlangan texnik-iqtisodiy asoslash (texnik-iqtisodiy hisob-kitob) yoki texnik-iqtisodiy asoslash (texnik-iqtisodiy hisob-kitob) boʻlmaganda obyekt qurilishi qiymatining hisob-kitobi;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan belgilangan tartibda kelishilgan qurilishning aniq roʻyxati;
(10-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
loyiha-smeta hujjatlarini tuzish, ekspertizadan oʻtkazish va pudrat ishlarini bajarish yuzasidan shartnomalar.
11. Buyurtmachi tomonidan oʻz vaqtida bosh pudratchi bilan obyektni parallel loyihalashtirgan holda qurish uchun shartnoma tuziladi, unda obyektlarni parallel loyihalashtirgan holda qurish vaqtining ruxsat etilgan davrida bajariladigan qurilish-montaj ishlari hajmlari majburiy tartibda koʻrsatiladi.
Pudrat ishlari shartnomasiga ichki qurilish titul roʻyxati va obyektlarni parallel loyihalashtirgan holda qurish vaqtining ruxsat etilgan davri mobaynida bajariladigan qurilish-montaj ishlari hajmlari boʻyicha loyiha yechimlari va mahalliy smetalarni bosqichma-bosqich berish jadvali ilova qilinadi.
12. Texnologiya asbob-uskunalarini sotib olish, shu jumladan, import boʻyicha sotib olish belgilangan tartibda buyurtmachi tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining hududiy nazorat inspeksiyalari (keyingi oʻrinlarda — hududiy inspeksiyalar) tomonidan parallel loyihalashtirilayotgan qurilish obyekti belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkaziladi va beriladigan loyiha yechimlariga muvofiq bajariladigan qurilish-montaj ishlari sifati ustidan zarur nazorat oʻrnatiladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2025-y., 09/25/602/0862-son)
Oldingi tahrirga qarang.
14. Mazkur Nizom talablari buzilishi aniqlanganda hududiy inspeksiyalari tomonidan tegishli dalolatnomalar tuziladi yoki belgilangan tartibda moliyaviy sanksiyalarni qoʻllagan holda yozma koʻrsatmalar beriladi.
Qabul qilingan qaror toʻgʻrisida hududiy inspeksiyasi parallel loyihalashtirilayotgan obyektlar qurilishini moliyalashtiruvchi bankni belgilangan tartibda xabardor qiladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-73-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 07/21/73/1227-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 11-iyundagi 261-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2003-y., 11-son, 88-modda)
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil
5-avgustdagi 305-son qaroriga
5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritiladigan
oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 2-dekabrdagi 538-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2003-y., 23-son, 233-modda)
2. Quyidagilar:
Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Korxonalar, binolar va inshootlar qurilishida texnik-iqtisodiy asoslashlarni hamda texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarni ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisida” 1985-yil 17-dekabrdagi 620-son qarori;
Vazirlar Mahkamasining “Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 3-sentabrdagi 375-son qarori 4-bandining 3-xatboshi, shuningdek, ushbu qarorga 5-ilova “Oʻzbekiston Respublikasi hududida kapital qurilishda tanlov savdolari (tender) tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisida Nizom” oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.