toggle_night_mode
Hujjat 01.04.2003 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi toʻgʻrisida” 2003-yil 31-yanvardagi PF-3204-son Farmoni 4-bandini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2003-yil 1-aprel,
169-son
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil
1-apreldagi 169-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligi korxonalarini sanatsiya qilish boʻyicha meʼyoriy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 1998-yil 14-yanvardagi 21-son qarorida:
1-bandning ikkinchi xatboshi va 1-ilova chiqarib tashlansin;
3-banddagi “qishloq xoʻjaligi korxonalarini sanatsiya qilish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi raisi B.S. Hamidov” soʻzlari “Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi raisi R.S. Azimov” soʻzlari bilan almashtirilsin;
5-bandning “a” kichik bandidagi “qishloq xoʻjaligi korxonalarini sanatsiya qilish” soʻzlari “Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
5-bandning “v” kichik bandidagi “qishloq xoʻjaligi korxonalarini sanatsiya qilish” soʻzlari “Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
15-banddagi “Davlat mulki qoʻmitasi” soʻzlari “Iqtisodiyot vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-bandning birinchi xatboshidagi “qishloq xoʻjaligi korxonalarini sanatsiya qilish” soʻzlari “Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
6-bandning beshinchi xatboshidagi “Davlat mulki qoʻmitasi” soʻzlari “Iqtisodiyot vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligi korxonalarini sanatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 7-fevraldagi 61-son qarorida:
18-banddagi “qishloq xoʻjaligi korxonalarini sanatsiya qilish” soʻzlari “Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
19-banddagi “sanatsiya boʻyicha” soʻzlari “korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligi korxonalarini sanatsiya qilish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1998-yil 26-dekabrdagi 537-son qarori 14-bandining birinchi xatboshidagi “qishloq xoʻjaligi korxonalarini sanatsiya qilish” soʻzlari “Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
4. Vazirlar Mahkamasining “1998-1999-yillarda qishloq xoʻjaligi korxonalarini sanatsiya qilish yakunlari va qishloq xoʻjaligida islohotlarni yanada chuqurlashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 25-dekabrdagi 543-son qarorida:
3-bandning birinchi va beshinchi xatboshidagi “qishloq xoʻjaligi korxonalarini sanatsiya qilish” soʻzlari “Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
13-bandning birinchi xatboshidagi “qishloq xoʻjaligi korxonalarini sanatsiya qilish” soʻzlari “Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
15-banddagi “Qishloq xoʻjaligi korxonalarini sanatsiya qilish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi raisi B.S. Hamidov” soʻzlari “Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi raisi R.S. Azimov” soʻzlari bilan almashtirilsin;
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi komplekslari rahbariyati tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2000-yil 5-avgustdagi 310-son qaroriga 2-ilova II boʻlimining uchinchi—beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 7-8-son, 58-modda; 2005-y., 8-9-son, 67-modda; 2006-y., 1-son, 2-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son)