

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-1593388" id="onLBC-1593388">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6845"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.14.00 Qishloq xoʻjalik korxonalarining sanatsiyasi]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-1593388" id="onLS-1593388">[<b>TSZ:</b><div id="LS3740"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-1593458" id="-1593458">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-1593460" id="-1593460">qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-1593461" id="-1593461">1998-1999-YILLARDA QISHLOQ XOʻJALIGI KORXONALARINI SANATSIYA QILISH YAKUNLARI VA QISHLOQ XOʻJALIGIDA ISLOHOTLARNI YANADA CHUQURLASHTIRISHNING QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1593462" id="-1593462"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1593463" id="-1593463">Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, 1998-1999-yillar davomida qishloq xoʻjaligi korxonalarida oʻtkazilgan sanatsiya jarayoni ijobiy natijalar berdi, bu tadbir xoʻjaliklarning iqtisodiy barqarorligini tiklashda oʻzining samarali vosita ekanligini koʻrsatdi. 1998-yilda sanatsiyaga kiritilgan 104 xoʻjalikning 96 tasi ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishning ilgʻor usullarini joriy qilish, hisob-kitob ishlarini toʻgʻri yoʻlga qoʻyish, debitorlik qarzlarini undirish, asosiy vositalardan samarali foydalanish, yuqori malakali kadrlar tanlash, xodimlar sonini meʼyorga keltirish kabi sanatsiya yoʻnalishlari boʻyicha olib borilgan tashkiliy-iqtisodiy tadbirlar natijasida ular iqtisodiy nochor korxonalar safidan chiqib olishga erishdi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1593465" id="-1593465">Moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha belgilangan tadbirlar qoniqarsiz tashkil qilinganligi va tashqi boshqaruvchilar ishida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar oqibatida 8 ta xoʻjalik kutilgan natijaga erishmadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1593467" id="-1593467">Qishloq xoʻjaligidagi iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish dasturini amalga oshirishni davom ettirish, qishloq xoʻjaligi korxonalari sanatsiyasiga doir ijobiy natijalarni keng ommalashtirish, ularning moliyaviy barqarorligini taʼminlash va ular uchun qulay iqtisodiy sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1593468" id="-1593468">1. Qishloq xoʻjaligi korxonalarini sanatsiya qilish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasining:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1593469" id="-1593469">1998-yilda sanatsiyaga tortilgan va iqtisodiy nochor xoʻjaliklar qatoridan chiqib olgan qishloq xoʻjaligi korxonalarini mulkiy paylarni joriy qilish asosida qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkat xoʻjaliklari)ga aylantirish toʻgʻrisidagi taklifiga 1-ilovaga<a href="/mact/-1593388#-1593470">*</a> muvofiq; </div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-1593470" id="-1593470">* 1-ilova berilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1593471" id="-1593471">ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyatida ijobiy natijalarga erisha olmagan qishloq xoʻjaligi korxonalarini fermer va dehqon xoʻjaliklariga aylantirish toʻgʻrisidagi taklifiga 2-ilovaga<a href="/mact/-1593388#-1593472">*</a> muvofiq;</div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-1593472" id="-1593472">* 2-ilova berilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1593473" id="-1593473">surunkali zarar bilan ishlayotgan xoʻjaliklarni 2000-yildan boshlab qoʻshimcha sanatsiyaga tortish toʻgʻrisidagi taklifiga 3-ilovaga<a href="/mact/-1593388#-1593476">*</a> muvofiq rozilik berilsin.</div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-1593476" id="-1593476">* 3-ilova berilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1593480" id="-1593480">Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi tegishli vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 1 va 2-ilovalarda koʻrsatilgan qishloq xoʻjaligi korxonalarining mulkchilik shaklini hamda tashkiliy tuzilmasini oʻzgartirish yuzasidan tadbirlarni bir oy muddatda ishlab chiqsinlar va amalga oshirsinlar.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-1593481" id="onLBC-1593481">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6845"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.14.00 Qishloq xoʻjalik korxonalarining sanatsiyasi]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1593481" id="-1593481">2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimlari Qishloq xoʻjaligi korxonalarini sanatsiya qilish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi bilan kelishgan holda 3-ilovada koʻrsatilgan sanatsiya qilinayotgan qishloq xoʻjaligi korxonalarining tashqi boshqaruvchilarini belgilangan tartibda bir oy muddatda tayinlasinlar.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-1593704" id="edi-1593704"><a href="/mact/-1593388?ONDATE=25.12.1999 00#-1593701">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-1593704" id="onLBC-1593704">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6845"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.14.00 Qishloq xoʻjalik korxonalarining sanatsiyasi]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1593704" id="-1593704">3. Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha hududiy komissiyalarga sanatsiya qilish rejasini ishlab chiqish va Hukumat komissiyasiga taqdim etish boʻyicha javobgarlik yuklansin, rejada: </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1593705" id="-1593705">(3-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 1-apreldagi 169-sonli <a href="/mact/-244669?ONDATE=01.04.2003 00#-474806">qarori</a> tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son, 58-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1593483" id="-1593483"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1593484" id="-1593484">ekin maydonlarini, tuzilgan shartnomalarni, tovar-moddiy boyliklar qoldiqlarini, mol-mulkni, tugallanmagan ishlab chiqarishlarni xatlovdan oʻtkazish, ortiqcha asosiy fondlar va moddiy boyliklarni sotish;</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-1593485" id="onLBC-1593485">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC8849"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.17.00 Hisob-kitoblar (shuningdek, 07.21.03.00ga qarang) / 03.11.17.01 Umumiy qoidalar. Debitorlik va kreditorlik qarzdorlik]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1593485" id="-1593485">debitorlik qarzlarini undirish tadbirlarini ishlab chiqish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1593486" id="-1593486">sanatsiya davrida moliyaviy sogʻlomlashtirish rejasi (biznes-reja)ni tuzish va uning bajarilishini taʼminlash nazarda tutilsin.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-1593708" id="edi-1593708"><a href="/mact/-1593388?ONDATE=25.12.1999 00#-1593488">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1593708" id="-1593708">Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha hududiy komissiyalar mahalliy mehnat organlari bilan birgalikda, mahsulot birligini yetishtirish yuzasidan xarajatlar meʼyorlaridan kelib chiqqan holda, qishloq xoʻjaligi xodimlarining cheklangan sonini aniqlasinlar hamda ikki oy muddatda meʼyordan ortiqcha xodimlarni boʻshatsinlar. </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1593709" id="-1593709">(3-bandning beshinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 1-apreldagi 169-sonli <a href="/mact/244669?ONDATE=01.04.2003 00#474806">qarori</a> tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son, 58-modda)</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-1593489" id="onLBC-1593489">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6341"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.02.00 Ishga joylash va aholi bandligi sohasidagi boshqaruv]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1593489" id="-1593489">Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda ishlovchilar sonini meʼyoriy darajagacha qisqartirishdan keyin boʻshab qoladigan xodimlarni ishga joylashtirish dasturini ishlab chiqsinlar, ushbu maqsadlar uchun korxonalar va aholi, Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish jamgʻarmasi va “Biznes-fond” mablagʻlarini jalb etsinlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1593490" id="-1593490">4. Sanatsiya qilinayotgan qishloq xoʻjaligi korxonalariga xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklariga:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1593491" id="-1593491">sanatsiya jarayonini amalga oshirish uchun maxsus hisob raqamlar ochish, sanatsiya qilinadigan qishloq xoʻjaligi korxonalarining budjet va budjetdan tashqari tashkilotlar bilan tovar-moddiy boyliklar, bajarilgan ishlar va koʻrsatilgan xizmatlar uchun hisob-kitoblarni faqat maxsus hisobraqamidan, toʻlov topshiriqnomalari boʻyicha, mahsulot yetishtirish yuzasidan meʼyoriy xarajatlar doirasida amalga oshirishni taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1593492" id="-1593492">debitorlik qarzlarini undirishda sanatsiyadagi qishloq xoʻjaligi korxonalariga koʻmaklashish tavsiya etilsin.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-1593493" id="onLBC-1593493">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6675"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.04.00 Bank kreditlarining qaytarilishini taʼminlash]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1593493" id="-1593493">5. 3-ilovada koʻrsatilgan qishloq xoʻjaligi korxonalarining 2000-yil 1-yanvardagi holatiga koʻra toʻlov manbalari bilan taʼminlanmagan kreditorlik qarzlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tegishli vazirliklar va idoralarga beriladigan imtiyozli kreditiga qayta rasmiylashtirilsin, ushbu kredit sanatsiya qilinadigan qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan 2005-yildan boshlab uch yil mobaynida teng ulushlarda qaytarilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1593494" id="-1593494">Kreditorlik qarzlarini qayta rasmiylashtirish “Oʻzagrokimyotaʼminot” birlashmasi, “Oʻzdavpaxtasanoatsotish”, “Oʻzkimyosanoat”, “Oʻzbek ipagi” uyushmalari, “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminot-tuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding”, “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding”, “Oʻzagrosugʻurta” kompaniyalari, “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi, “Oʻzdonmahsulot”, “Oʻzavtotrans” davlat korporatsiyalari, Energetika va elektrlashtirish vazirligi, Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi korxonalari va tashkilotlarining budjetga muddatida toʻlanmagan toʻlovlar boʻyicha qarzlari sanatsiya qilinayotgan qishloq xoʻjaligi korxonalarining koʻrsatib oʻtilgan idoralardan 2000-yil 1-yanvardagi holatiga koʻra kreditorlik qarzi miqdoridagi qayta rasmiylashtirilgan kredit summasiga hisobdan chiqarilgan holda amalga oshirilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1593497" id="-1593497">6. “Paxta-bank”ga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Bank tizimini isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 15-yanvardagi 24-son <a href="/mact/-262870">qarori</a> bilan tasdiqlangan tijorat banklari oldidagi hukumat qarorlari bilan toʻlov muddati uzaytirilgan qarzlar tarkibini uzaytirish dasturi koʻrsatkichlarini tegishli ravishda aniqlashtirgan holda, sanatsiya qilinayotgan qishloq xoʻjaligi korxonalarining bank kreditlari boʻyicha qarzlarining toʻlov muddatlarini 4-ilovaga<a href="/mact/-1593388#-1593500">*</a> muvofiq uzaytirish tavsiya etilsin.</div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-1593500" id="-1593500">* 4-ilova berilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1593502" id="-1593502">Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Ixtisoslashtirilgan aksiyadorlik-tijorat “Paxta-banki” toʻlov muddati uzaytirilgan bank kreditlarining 4-ilovada nazarda tutilgan muddatlardan boshlab uch yil mobaynida teng ulushlarda qaytarilishini koʻzda tutsinlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1593510" id="-1593510">7. 3-ilovaga muvofiq sanatsiya qilinayotgan qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1593511" id="-1593511">2000-yil 1-yanvardagi holatiga koʻra budjetga muddatida toʻlanmagan toʻlovlar 2002-yilgacha kechiktirilsin, bu toʻlovlar boʻyicha hisoblangan penyalar va jarimalar boʻyicha qarzlar hisobdan chiqarilsin. Ushbu korxonalar tomonidan muddatida toʻlanmaganlik jarimasi 2002-yilda toʻlansin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1593512" id="-1593512">Pensiya jamgʻarmasi, Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish jamgʻarmasi va Yoʻl jamgʻarmasidan penya qoʻshilmagan holdagi qarzlarni toʻlash 2003-yilgacha kechiktirilib, keyinchalik ular 2003-yildan boshlab uch yil mobaynida teng ulushlarda toʻlansin. Ushbu qarzlar boʻyicha hisoblangan penyalar hisobdan chiqarilsin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1593513" id="-1593513">Qishloq xoʻjaligi korxonalarini sanatsiya qilish boʻyicha hududiy komissiyalar tijorat banklari bilan birgalikda sanatsiya qilinadigan korxonalar qarzlarini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi kreditiga qayta rasmiylashtirish operatsiyalari oʻtkazilishi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Pensiya jamgʻarmasi, Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish jamgʻarmasi va Yoʻl jamgʻarmasi bilan tuzilgan shartnomalar boʻyicha qarzlarning qaytarilishi va ularning muddati kechiktirilishi ustidan qattiq nazoratni taʼminlasinlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1593514" id="-1593514">8. “Oʻzagrosugʻurta” davlat-aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasi sanatsiya qilinayotgan qishloq xoʻjaligi korxonalari oldida 2000-yil 1-yanvargacha vujudga kelgan sugʻurta toʻlovlari boʻyicha qarzlarni 2000-yil 1-aprelgacha toʻlasin.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-1593519" id="onLBC-1593519">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7218"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.12.00 Gidrotexnik va suv xoʻjaligi inshootlari. Gidrotexnik inshootlar xavfsizligini taʼminlash]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1593519" id="-1593519">9. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi sanatsiya qilinayotgan xoʻjaliklar hududidan oʻtuvchi xoʻjaliklararo kollektor-drenaj tizimlari ahvolini bir oy muddatda tekshirib chiqsin hamda 2000 - 2001-yillarga ajratilgan mablagʻlar hajmi doirasida ularni tozalashni nazarda tutsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1593521" id="-1593521">10. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligi, Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi hamda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi 2000-yil 1-yanvardagi holatiga koʻra sanatsiya qilinayotgan xoʻjaliklar aholisi foydalangan elektr energiyasi, gaz va ichimlik suv uchun toʻlovlarning ikki oy muddatda toʻlanishini taʼminlasinlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1593523" id="-1593523">11. “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi 2000-yil 1-martgacha sanatsiya qilinayotgan qishloq xoʻjaligi korxonalarining 1999-yilgi paxta xom ashyosini qayta ishlashni tugallasin hamda xoʻjaliklar bilan paxta xom ashyosi uchun toʻliq hisob-kitob qilsin.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-1593525" id="onLBC-1593525">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6845"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.14.00 Qishloq xoʻjalik korxonalarining sanatsiyasi;</span></div><div id="LBC6943"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari;</span></div><div id="LBC6950"><span class="iorRN">3.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.04 Bogʻdorchilik. Uzumchilik;</span></div><div id="LBC6953"><span class="iorRN">4.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.07 Chorvachilik. Qorakoʻlchilik]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1593525" id="-1593525">12. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari xususiylashtirilgan chorvachilik fermalarining, ijaraga berilgan bogʻlar, uzumzorlar, issiqxonalar va boshqa obyektlarning ahvolini oʻrganib chiqsinlar hamda sanatsiya qilinayotgan xoʻjaliklarning iqtisodiy manfaatlariga zarar yetkazilgan hollarda shartnomalarni qayta koʻrib chiqish yuzasidan belgilangan tartibda tegishli chora-tadbirlar koʻrsinlar.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-1593712" id="edi-1593712"><a href="/mact/-1593388?ONDATE=25.12.1999 00#-1593711">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1593712" id="-1593712">13. Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda: </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1593713" id="-1593713">(13-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 1-apreldagi 169-sonli <a href="/mact/-244669?ONDATE=01.04.2003 00#-474807">qarori</a> tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son, 58-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1593527" id="-1593527"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1593529" id="-1593529">2000-yil 1-yanvargacha manfaatdor vazirliklar va idoralarning masʼul xodimlaridan ishchi guruhlar tuzsin va tashkiliy-tushuntirish ishlari olib borish uchun ularni sanatsiya qilinayotgan qishloq xoʻjaligi korxonalariga yuborsin;</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-1593531" id="onLBC-1593531">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6055"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang);</span></div><div id="LBC6163"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek,  07.29.00.00 ga qarang)]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1593531" id="-1593531">2000-yilning birinchi choragidan boshlab har chorakda sanatsiya qilinayotgan qishloq xoʻjaligi korxonalarini moliyaviy sogʻlomlashtirish dasturlarining bajarilishini tahlil qilsin va hisobot oyidan keyingi oyning 20-kunidan kechiktirmay Vazirlar Mahkamasiga axborot berib borsin.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-1593533" id="onLBC-1593533">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7364"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.19.00 Ommaviy axborot vositalari (radio, televideniye va boshqalar) (shuningdek, 12.03.09.00.ga qarang)]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1593533" id="-1593533">14. “Oʻzteleradio” kompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qishloq xoʻjaligi korxonalarini sanatsiya qilishning borishini yoritishga doir maxsus koʻrsatuvlar, eshittirishlar va ruknlar tashkil etsinlar.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-1593716" id="edi-1593716"><a href="/mact/-1593388?ONDATE=25.12.1999 00#-1593535">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1593716" id="-1593716">15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi raisi R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1593718" id="-1593718">(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 1-apreldagi 169-sonli <a href="/mact/244669?ONDATE=01.04.2003 00#474806">qarori</a> tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son, 58-modda)</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-1593537" id="-1593537">Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1593539" id="-1593539">Toshkent sh., </div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1593540" id="-1593540">1999-yil 25-dekabr,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-1593542" id="-1593542">543-son</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
