1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.13.00.00 Soliqqa oid ish yurituv;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar)]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
SOLIQLAR VA BUDJETGA MAJBURIY TOʻLOVLAR BOʻYIChA MUDDATIDA TOʻLANMAGAN SOLIQLARNI KORXONALAR VA TAShKILOTLAR MOL-MULKI HISOBIDAN UNDIRIB OLISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 11-martdagi 63-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2009-yil 27-fevraldagi PQ-1062-son qarori)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 8-noyabrdagi 387-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1996-y., 11-son, 31-modda) bilan tasdiqlangan Soliqlar va budjetga majburiy toʻlovlar boʻyicha muddatida toʻlanmagan soliqlarni korxonalar va tashkilotlar mol-mulki hisobidan undirib olish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomgailovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 12-mart,
133-son
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 12-martdagi 133-son qaroriga ILOVA
Soliqlar va budjetga majburiy toʻlovlar boʻyicha muddatida toʻlanmagan soliqlarni korxonalar va tashkilotlar mol-mulki hisobidan undirib olish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 2-bandning uchinchi xatboshidagi “ushbu Nizomda” soʻzlari “qonun hujjatlarida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
“Soliq organining muddatida toʻlanmagan soliqlar va jarima sanksiyalarini toʻlash toʻgʻrisidagi yozma talabnomasi olingandan (topshirilgandan) soʻng oʻn kun mobaynida qarzdor korxona tomonidan qondirilmasligi yoki javobsiz qoldirilishi qarzni qarzdor korxonaning mol-mulki hisobidan undirib olish toʻgʻrisidagi talablar bilan xoʻjalik sudiga ariza berish uchun asos hisoblanadi”.
“Muddatida toʻlanmagan soliqlarni va jarima sanksiyalarini qarzdor korxona mol-mulki hisobidan undirib olish haqidagi ariza soliq toʻlovchi hisobga qoʻyilgan joydagi davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi yoxud uning oʻrinbosari tomonidan imzolanadi. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:”.
“5. Xoʻjalik sudi soliq organi tomonidan taqdim etilgan ariza qondirilgandan soʻng undirishni qarzdor korxonaning mol-mulkiga qaratish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Xoʻjalik sudining qarori asosida qarzni qarzdor korxonaning mol-mulkidan undirib olish sud ijrochilari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi”.