

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-2420411" id="onLBC-2420411">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6170"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-2420411" id="onLS-2420411">[<b>TSZ:</b><div id="LS3718"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Yuridik shaxslar. Tijorat tashkilotlari. Notijorat tashkilotlari]</span></div></div></div><div class="OFFICIAL_SOUR_TEXT"><label id="s9496"></label><div name="-2420415" id="-2420415"><a href="/files/2420908.pdf">PDF-faylidagi rasmiy manba</a></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-2420416" id="-2420416">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-2420417" id="-2420417">qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-2420418" id="-2420418">Aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2420419" id="-2420419"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2420420" id="-2420420">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2014-yil 7-apreldagi PF-4609-son <a href="/mact/-2368307">Farmoniga</a> muvofiq, aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvni takomillashtirish, shuningdek qimmatli qogʻozlar bozorini yanada rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2420572" id="-2420572">1. Aksiyadorlik jamiyatlarining korporativ veb-saytlariga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizom <a href="/mact/-2420411#-2420580">1-ilovaga </a>muvofiq tasdiqlansin va u 2015-yil 1-yanvardan boshlab amalga kiritilsin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2420573" id="-2420573">2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining<a href="/mact/-2420411#-2420647"> 2-ilovaga </a>muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2420574" id="-2420574">3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. </div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-2420575" id="-2420575">Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2420576" id="-2420576">Toshkent sh., </div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2420577" id="-2420577">2014-yil 2-iyul,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-2420578" id="-2420578">176-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2420579" id="-2420579"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-2420580" id="-2420580">Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 2-iyuldagi 176-son <a href="/mact/-2420411">qaroriga <br /></a>1-ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-2420581" id="-2420581">Aksiyadorlik jamiyatlarining korporativ veb-saytlariga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisida</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-2420582" id="-2420582">NIZOM</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2420584" id="-2420584"></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2420583" id="-2420583">I. Umumiy qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2420585" id="-2420585">1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2014-yil 7-apreldagi PF-4609-son <a href="/mact/-2368307">Farmoniga</a> muvofiq ishlab chiqilgan hamda aksiyadorlik jamiyatlarining (keyingi oʻrinlarda jamiyat deb ataladi) korporativ veb-saytlariga va ushbu saytlarda joylashtirilishi majburiy boʻlgan axborotga qoʻyiladigan talablarni belgilaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2420586" id="-2420586">2. Aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etilgan xoʻjalik boshqaruvi organining korporativ veb-sayti Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 31-dekabrdagi 355-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy veb-saytiga qoʻyiladigan <a href="/mact/-2315190#-2315250">asosiy talablarga </a>ham muvofiq boʻlishi kerak.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2420587" id="-2420587">II. Jamiyatning korporativ veb-saytida majburiy joylashtirilishi kerak boʻlgan axborot</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2420588" id="-2420588">3. Jamiyatning korporativ veb-saytida majburiy joylashtirilishi kerak boʻlgan axborotga quyidagilar tegishlidir:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2420589" id="-2420589">jamiyat faoliyatining predmeti va maqsadlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2420590" id="-2420590">jamiyatning ustavi, shu jumladan unga oʻzgartirish va qoʻshimchalar hamda jamiyatning tasdiqlangan biznes-rejalari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2420591" id="-2420591">jamiyatni rivojlantirish strategiyasi toʻgʻrisidagi axborot;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2420592" id="-2420592">jamiyatning tashkiliy tuzilmasi, uning tarkibiy boʻlinmalari, filiallari, vakolatxonalari, shuʼba va tobe xoʻjalik jamiyatlarining nomi, ularning telefonlari raqamlari, manzili (pochta va elektron manzillari), ularning ish tartibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2420593" id="-2420593">jamiyatning rahbarlari (direktor va boshqaruv raisi) toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma axborot;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2420594" id="-2420594">boʻsh ish oʻrinlari, ishga qabul qilish shartlari va nomzodlarga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2420595" id="-2420595">jamiyat yoki uning boshqaruv organlari tomonidan tuzilgan kollegial va maslahat organlari (komissiyalar, kengashlar, qoʻmitalar va boshqalar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2420596" id="-2420596">jamiyatning affillangan shaxslari roʻyxati;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2420597" id="-2420597">korporativ boshqaruv masalalari boʻyicha jamiyatning ichki hujjatlari, shu jumladan aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan tasdiqlangan korporativ boshqaruv kodeksi (u mavjud boʻlganda);</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-2772656" id="edi-2772656"><a href="/mact/-2420411?ONDATE=07.07.2014 00#-2420598">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2772656" id="-2772656"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2772666" id="-2772666">“Qimmatli qogʻozlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining <a href="/mact/-2662539#-2663192">44-moddasiga </a>muvofiq oshkor qilinishi kerak boʻlgan jamiyat faoliyatidagi muhim faktlar;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2772672" id="-2772672">(3-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli <a href="/mact/-2766473?ONDATE=05.10.2015 00#-2767883">qarori </a>tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2420599" id="-2420599">aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida qabul qilingan qarorlar boʻyicha ovoz berish yakunlari (ushbu qarorlar qabul qilingan sanadan boshlab oʻttiz kun mobaynida eʼlon qilinadi);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2420600" id="-2420600">aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi oʻtkazilishi, sanasi, vaqti, oʻtkaziladigan joyi, kun tartibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5994952" id="edi-5994952"><a href="/mact/-2420411?ONDATE=07.07.2014 00#-2420601">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5994952" id="-5994952"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5994953" id="-5994953">qimmatli qogʻozlar emissiyasi prospektlari, shuningdek qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq oshkor qilinishi kerak boʻlgan jamiyatning choraklik va yillik hisobotlari;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5994955" id="-5994955">(3-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli <a href="/mact/-5936929?ONDATE=05.04.2022 00#-5938976">qarori </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2420602" id="-2420602">jamiyat tomonidan oʻtkaziladigan ommaviy tadbirlar (majlislar, kengashlar, uchrashuvlar, matbuot konferensiyalari, seminarlar va brifinglar, davra suhbatlari, rasmiy tashriflar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, matbuot-relizlar va kundalik faoliyat toʻgʻrisidagi boshqa axborot;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2420603" id="-2420603">jamiyat tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlar (bajariladigan ishlar va koʻrsatiladigan xizmatlar) roʻyxati hamda ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2420604" id="-2420604">tovarlarni yetkazib berish (ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish) boʻyicha jamiyat va uning tashkilotlari tomonidan oʻtkaziladigan ochiq tanlovlar (tenderlar) va kimoshdi savdolari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; </div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5156815" id="edi-5156815"><a href="/mact/-2420411?ONDATE=07.07.2014 00#-2420605">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5156815" id="-5156815"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5156816" id="-5156816">jamiyatning moliya-xoʻjalik holatini va uni rivojlantirish dinamikasini tavsiflovchi asosiy koʻrsatkichlar toʻgʻrisidagi muhim maʼlumotlar, jamiyat faoliyati toʻgʻrisidagi axborot tusidagi tahliliy sharhlar, shuningdek jamiyat faoliyatining samaradorligi, shu jumladan ijro etuvchi organining samaradorlikning muhim koʻrsatkichlari bajarilishi toʻgʻrisida maʼlumot;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5156817" id="-5156817">(3-bandning oʻn sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-dekabrdagi 775-sonli <a href="/mact/-5149408?ONDATE=09.12.2020 00#-5153054">qarori </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.12.2020-y., 09/20/775/1612-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2420606" id="-2420606">oxirgi uch yilda hisoblangan va toʻlangan dividendlar, shu jumladan qarzdorlik miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, aksiyadorlar tomonidan dividendlarni olish uchun bogʻlanish maʼlumotlari va boshqa maʼlumotlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2420607" id="-2420607">yillik moliya-xoʻjalik faoliyatni tekshirish natijalari boʻyicha auditorlik tashkilotining xulosasi;</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5156818" id="edi-5156818"><a href="/mact/-2420411?ONDATE=07.07.2014 00#-2420608">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5156818" id="-5156818"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5156819" id="-5156819">jamiyat tomonidan oʻz aksiyalarining sotib olinishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5156821" id="-5156821">(3-bandning yigirma birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-dekabrdagi 775-sonli <a href="/mact/-5149408?ONDATE=09.12.2020 00#-5153054">qarori </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.12.2020-y., 09/20/775/1612-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2420609" id="-2420609">korporativ veb-saytdagi axborot materiallaridan boshqa shaxslar foydalanganda jamiyatning korporativ veb-saytiga majburiy havolalar koʻrsatilishi toʻgʻrisidagi talab;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2420610" id="-2420610">jamiyatning korporativ veb-saytida joylashtirishni jamiyat zarur deb hisoblaydigan boshqa maʼlumotlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2420611" id="-2420611">4. Jamiyatning korporativ veb-saytida boshqa manbalardan maʼlumotlarni joylashtirishga faqat axborot manbai koʻrsatilgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2420612" id="-2420612">III. Jamiyatning korporativ veb-saytini yuritish boʻyicha talablar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2420613" id="-2420613">5. Jamiyatning korporativ veb-saytida quyidagilar boʻlishi kerak:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2420614" id="-2420614">guruhlar boʻyicha joylashtirilgan axborot tasniflangan holda qulay va oddiy interfeys;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2420615" id="-2420615">jamiyat veb-saytining foydalaniladigan interfeysi unda joylashtirilgan axborotning tuzilishi toʻgʻrisidagi koʻrgazmali tasavvurni, boʻlimlar va sahifalarga darhol va mantiqli oʻtishni taʼminlashi kerak;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2420616" id="-2420616">jamiyat bilan qayta aloqa bogʻlash, yuridik va jismoniy shaxslardan murojaatlarni qabul qilish imkoniyati;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2420617" id="-2420617">joylashtirilgan axborotni arxivlashtirish, tiklash va takrorlash imkoniyati;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2420618" id="-2420618">elektron pochta vositasida hamda yangilashlar va yangiliklarni yetkazib berishning ommabop avtomatlashtirilgan formatlari vositasida korporativ veb-saytning yangilanishlariga yozilish imkoniyati. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2420619" id="-2420619">6. Jamiyatning korporativ veb-saytida joylashtirilgan axborotdan uning tomonidan bazaviy axborot xizmatlari koʻrsatilishi doirasida foydalanish erkin va bepul boʻlishi kerak.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5994956" id="edi-5994956"><a href="/mact/-2420411?ONDATE=07.07.2014 00#-2420620">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5994956" id="-5994956"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5994957" id="-5994957">Jamiyat bazaviy axborot xizmatlaridan tashqari, jamiyatning korporativ veb-sayti orqali, qonunchilikda belgilangan tartibda pulli asosda qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatishi mumkin.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5994958" id="-5994958">(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli <a href="/mact/-5936929?ONDATE=05.04.2022 00#-5938976">qarori </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2420621" id="-2420621">7. Jamiyat ijro etuvchi organ rahbarining qarori bilan jamiyatning korporativ veb-saytidagi axborotni shakllantirish, joylashtirish, shuningdek yangilash uchun masʼul boʻlgan shaxsni belgilaydi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2420622" id="-2420622">8. Jamiyatning korporativ veb-saytidagi axborot davlat tilida taqdim etilishi kerak. Jamiyat korporativ veb-saytining boshqa tillardagi versiyalari boʻlishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2420623" id="-2420623">9. Jamiyatning korporativ veb-saytida joylashtirilgan axborot yoʻq qilinishi, blokirovka qilinishi, buzilishi va qalbakilashtirilishining, shuningdek ruxsat berilmagan aralashuvlar boshqa shakllarining oldini olish boʻyicha jamiyat tomonidan himoya qilishning tegishli chora-tadbirlari koʻrilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2420624" id="-2420624">10. Jamiyatning korporativ veb-saytida joriy etish uchun majburiy boʻlgan asosiy funksiyalarga quyidagilar tegishlidir:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2420625" id="-2420625">jamiyatning korporativ veb-sayti boʻyicha izlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2420626" id="-2420626">mobil qurilmalar uchun soddalashtirilgan dizaynli jamiyat veb-sayti versiyasi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2420627" id="-2420627">imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun qoʻshimcha qulayliklar yaratish (kontrastni qoʻshimcha qilish, shriftni kattalashtirish, ovoz joʻrligi va boshqa funksiyalar);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2420628" id="-2420628">jamiyatning veb-saytidan xavfsiz foydalanish (maxfiy axborotni berishni yoki pulli xizmatlar koʻrsatishni nazarda tutuvchi saytlar uchun);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2420629" id="-2420629">fuqarolarning murojaatlarini shu jumladan elektron pochtaga bildirishnoma yuborish vositasida koʻrib chiqishni va vaqtini kuzatib borish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2420630" id="-2420630">jamoatchilik fikrini oʻrganish va jamiyat faoliyatiga tegishli masalalarni muhokama qilish vositalari (on-layn-soʻrovlar, bloglar, forumlar);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2420631" id="-2420631">tashriflarni va statistikani nazorat qilish vositalari.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2420632" id="-2420632">11. Ustav kapitalida davlat ulushi 50 foizdan ortiq boʻlgan, aholi va tadbirkorlik subyektlari uchun bevosita yoxud oʻzining idoraviy mansub tashkilotlari orqali xizmatlar koʻrsatuvchi va/yoki tovarlarni sotuvchi jamiyatlarning korporativ veb-saytlarida quyidagi funksiyalar nazarda tutilishi kerak:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2420633" id="-2420633">tovarlar, ishlar va xizmatlarning turlari va qiymati (tariflar) toʻgʻrisidagi toʻliq va muhim maʼlumotlarni qulay shaklda taqdim etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2420634" id="-2420634">arizalar, deklaratsiyalar, soʻrovnomalar, blankalar va boshqa zarur hujjatlarning elektron shakllarini shu jumladan mobil qurilmalar yordamida toʻldirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2420635" id="-2420635">toʻlovlarga shu jumladan mobil qurilmalar yordamida on-layn haq toʻlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2420636" id="-2420636">xizmatlar koʻrsatish yuzasidan soʻrovnomani rasmiylashtirishda (shakllarni toʻldirishda) hujjatlarning elektron versiyalarini ilova qilish.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2420637" id="-2420637">IV. Jamiyatning korporativ veb-sayti mazmuniga qoʻyiladigan talablar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2420638" id="-2420638">12. Jamiyatning korporativ veb-saytida joylashtirilgan axborot ishonchli boʻlishi va jamiyat faoliyatini xolisona yoritishi kerak.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5994959" id="edi-5994959"><a href="/mact/-2420411?ONDATE=07.07.2014 00#-2420639">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5994959" id="-5994959"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5994960" id="-5994960">13. Jamiyatning korporativ veb-saytida davlat siriga va xizmatda foydalanish uchun tegishli boʻlgan axborot, shuningdek qonunchilikka muvofiq eʼlon qilish va tarqatish taqiqlangan boshqa axborot boʻlmasligi kerak.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5994961" id="-5994961">(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli <a href="/mact/-5936929?ONDATE=05.04.2022 00#-5938976">qarori </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2420640" id="-2420640">14. Jamiyat ijroiya organining rahbari ushbu Nizomga muvofiq jamiyatning korporativ veb-saytida joylashtiriladigan axborotning toʻliqligi va toʻgʻriligi uchun javob beradi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2420641" id="-2420641">V. Yakunlovchi qoidalar</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5994962" id="edi-5994962"><a href="/mact/-2420411?ONDATE=07.07.2014 00#-2420642">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5994962" id="-5994962"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5994963" id="-5994963">15. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda javobgarlikka tortiladilar.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5994964" id="-5994964">(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli <a href="/mact/-5936929?ONDATE=05.04.2022 00#-5938976">qarori </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2420643" id="-2420643">16. Ushbu Nizom talablariga rioya etilishini nazorat qilish qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi maxsus vakolatli organ bilan birgalikda amalga oshiriladi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2420646" id="-2420646"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-2420647" id="-2420647">Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 2-iyuldagi 176-son <a href="/mact/-2420411">qaroriga <br /></a>2-ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-2420648" id="-2420648">Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2420649" id="-2420649"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2420650" id="-2420650">1. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 8-iyundagi 285-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududida qiymatli qogʻozlar bilan bitishuvlar tuzish va ularni roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi <a href="/mact/-749986?ONDATE=08.06.1994 00#-751660">nizomda</a>:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2420651" id="-2420651">a) 2-bandning <a href="/mact/-749986?ONDATE=08.06.1994 00#-751688">ikkinchi xatboshidagi </a>“ochiq” soʻzi chiqarib tashlansin;</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7512757" id="edi-7512757"><a href="/mact/-2420411?ONDATE=07.07.2014 00#-2420652">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7512757" id="-7512757">(1-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi 247-sonli <a href="/mact/-7498085?ONDATE=23.04.2025 00#-7499297">qaroriga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/247/0383-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2420654" id="-2420654">v) <a href="/mact/-749986?ONDATE=02.10.2008 00#-1401383">5-band </a>quyidagi tahrirda bayon qilinsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2420655" id="-2420655">“5. Birja bozorida va uyushgan birjadan tashqari bozorda qimmatli qogʻozlarga doir bitimlar tuzish va ularni roʻyxatdan oʻtkazish ularni yozma (qogʻozda) rasmiylashtirish zaruriyatisiz elektron shaklda amalga oshiriladi. Qimmatli qogʻozlar bilan boshqa bitimlar yozma shaklda tuziladi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkaziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2420656" id="-2420656">Aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarining oldi-sotdisi boʻyicha ikkilamchi bozordagi bitimlar faqat qimmatli qogʻozlarning birja bozorida va uyushgan birjadan tashqari bozorda tuziladi, aksiyadorlarning talabiga koʻra aksiyadorlik jamiyati tomonidan oʻz aksiyalarini sotib olish boʻyicha bitimlar bundan mustasno.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2420657" id="-2420657">Investor umumiy qiymati mazkur aksiyadorlik jamiyati ustav kapitalining yigirma va undan koʻp foizini tashkil qiladigan aksiyadorlik jamiyati aksiyalari paketining bir yoki bir nechta bitimlar tuzish natijasida mustaqil ravishda va (yoki) affillangan shaxslar bilan birgalikda sotib olganligi haqidagi axborotni qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan tartibda oshkor qilishi shart”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2420658" id="-2420658">g) quyidagi mazmundagi 5<sup>1</sup>-band qoʻshilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2420659" id="-2420659">“5<sup>1</sup>. Qimmatli qogʻozlar savdosining tashkilotchisi investorlardan sotishga qoʻyiladigan qimmatli qogʻozlarni oldindan baholashning oʻtkazilishini talab qilishga, agar bunday talab qonunchilikda belgilanmagan boʻlsa, shuningdek qimmatli qogʻozlarni ularning nominal qiymatidan past narxda sotishni taqiqlashga haqli emas”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2420660" id="-2420660">d) <a href="/mact/-749986?ONDATE=08.06.1994 00#-751961">14-band </a>oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2420661" id="-2420661">e) <a href="/mact/-749986?ONDATE=29.01.2009 00#-1439715">20<sup>1</sup>-band </a>quyidagi tahrirda bayon qilinsin: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2420662" id="-2420662">“20<sup>1</sup>. Qimmatli qogʻozlar savdosining tashkilotchilari, Qimmatli qogʻozlarning markaziy depozitariysi va qimmatli qogʻozlar bilan bitimlar tuzishda roʻyxatdan oʻtkazuvchilar boʻlgan qimmatli qogʻozlar bozorining boshqa professional ishtirokchilari, agar bitimlarni tuzishda qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi qonunchilikning buzilganligini aniqlashgan boʻlsa, qimmatli qogʻozlar bilan bitimlarni roʻyxatdan oʻtkazishni rad etishlari shart”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2420663" id="-2420663">j) <a href="/mact/-749986?ONDATE=08.06.1994 00#-752146">22-band </a>oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2420664" id="-2420664">z)<a href="/mact/-749986?ONDATE=08.06.1994 00#-752181"> 25-bandning </a>birinchi jumlasidan keyin “elektron shaklda tuzilgan bitimlar bundan mustasno” soʻzlari qoʻshilsin; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2420665" id="-2420665">i) <a href="/mact/-749986?ONDATE=29.01.2009 00#-1439720">25<sup>1</sup>-band </a>quyidagi tahrirda bayon qilinsin: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2420666" id="-2420666">“25<sup>1</sup>. Depozitariy:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2420667" id="-2420667">qimmatli qogʻozlarni begonalashtirishga cheklovni faqat tegishli davlat organining yozma talabnomasi mavjud boʻlgan taqdirdagina qoʻyadi, yozma talabnomada qimmatli qogʻozlar egasining nomi (ismi), uning identifikatsiyalash maʼlumotlari, qoʻyilgan cheklashning amal qilish muddati, shuningdek cheklovni qoʻyish uchun asos mavjud boʻlishi kerak;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2420668" id="-2420668">ikki ish kuni mobaynida tegishli davlat organini qimmatli qogʻozlarni begonalashtirishga cheklov qoʻyish boʻyicha talablarni bajarish mumkin emasligi toʻgʻrisida tegishli davlat organini yozma ravishda xabardor qilishi shart, agar davlat organi talabnomasida ushbu bandning ikkinchi xatboshida koʻrsatilgan axborot mavjud boʻlmasa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2420669" id="-2420669">qimmatli qogʻozlar egasini unga tegishli boʻlgan qimmatli qogʻozlarni begonalashtirishga cheklov qoʻyilganligi toʻgʻrisida cheklash belgilangan (qoʻyilgan) vaqtdan boshlab ikki ish kuni mobaynida xabardor qilishi shart”.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-4471116" id="edi-4471116"><a href="/mact/-2420411?ONDATE=07.07.2014 00#-2420670">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4471116" id="-4471116">(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-avgustdagi 650-sonli <a href="/mact/-4467076?ONDATE=07.08.2019 00#-4468731">qaroriga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.08.2019-y., 09/19/650/3532-son) </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2420673" id="-2420673">3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazining Qimmatli qogʻozlar komissiyalari xalqaro tashkiloti (IOSCO)ga kirishi toʻgʻrisida” 1998-yil 12-yanvardagi 16-son<a href="/mact/-648071"> qarorida</a>:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2420674" id="-2420674">a) <a href="/mact/-648071?ONDATE=12.01.1998 00#-648182">2-banddagi </a>“Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish” soʻzlari “Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish” soʻzlari bilan almashtirilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2420675" id="-2420675">b) <a href="/mact/-648071?ONDATE=12.01.1998 00#-648204">4-band </a>quyidagi tahrirda bayon qilinsin: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2420676" id="-2420676">“4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi xususiylashtirishdan tushadigan milliy valyutadagi mablagʻlarning Qimmatli qogʻozlar komissiyalari xalqaro tashkiloti tomonidan belgilanadigan aʼzolik badallarini hamda Komissiya tomonidan oʻtkaziladigan tadbirlarda Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazining boʻlishi va qatnashishi bilan bogʻliq boshqa xarajatlarni toʻlash uchun ajratilishini taʼminlasin”.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2420677" id="-2420677">4. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-oktabrdagi 215-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 10-son, 77-modda) bilan tasdiqlangan Davlatga tegishli aksiyalar paketlarini (ulushlarni) ishonchli boshqaruvga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 10-bandi <a href="/mact/-1072916?ONDATE=19.08.2013 00#-2226778">toʻrtinchi xatboshidagi </a>“aksiyalar paketlarini” soʻzlaridan keyin “shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining depo hisob raqamlaridagi davlat aksiya paketlarini” soʻzlari qoʻshilsin.</div></div><br /><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-2420909" id="-2420909">(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 27-son, 329-modda; 2015-y., 39-son, 507-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.08.2019-y., 09/19/650/3532-son; 09.12.2020-y., 09/20/775/1612-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 23.04.2025-y., 09/25/247/0383-son)</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
