Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Xorijiy davlatlarning qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish va nazorat qilish boʻyicha vakolatli organlari bilan faoliyatni muvofiqlashtirish, milliy va xalqaro qimmatli qogʻozlar bozorlarida qimmatli qogʻozlar boʻyicha qonun hujjatlari buzilishining oldini olishda ular bilan oʻzaro hamkorlik qilish, qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirishning yagona standartlari va qoidalarini ishlab chiqish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining uning Qimmatli qogʻozlar komissiyalari xalqaro tashkiloti (International Organization of Securities Commissions (IOSCO)ga aʼzo boʻlib kirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qimmatli qogʻozlar komissiyalari xalqaro tashkilotida Oʻzbekiston Respublikasidan vakolatli vakil etib belgilansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bir oy muddatda zarur hujjatlarni tayyorlasin va Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazining Qimmatli qogʻozlar komissiyalari xalqaro tashkilotiga kirishi tartibotini belgilangan tartibda bajarsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi milliy valyutadagi mablagʻlarning Qimmatli qogʻozlar komissiyalari xalqaro tashkiloti tomonidan belgilanadigan aʼzolik badallarini hamda Komissiya tomonidan oʻtkaziladigan tadbirlarda Moliya vazirligining boʻlishi va qatnashishi bilan bogʻliq boshqa xarajatlarni toʻlash uchun ajratilishini taʼminlasin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari V.A. Chjen zimmasiga yuklansin.