OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASH VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT ARXITEKTURA VA QURILISH QOʻMITASINING
Qarori
Ommaviy tadbirlar oʻtkaziladigan obyektlarda yongʻin xavfsizligiga, tez tibbiy yordam koʻrsatishga, evakuatsiyaga va himoyalash boʻyicha muhandislik-texnik vositalar bilan jihozlashga qoʻyiladigan yagona talablar hamda ularga rioya etilishi ustidan nazoratni taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 23-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2596]
Ommaviy tadbirlar oʻtkaziladigan obyektlarda yongʻin xavfsizligiga, tez tibbiy yordam koʻrsatishga, evakuatsiyaga va himoyalash boʻyicha muhandislik-texnik vositalar bilan jihozlashga qoʻyiladigan yagona talablarni belgilash hamda ularga rioya etilishi ustidan nazoratni taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Ommaviy tadbirlar oʻtkaziladigan obyektlarda yongʻin xavfsizligiga, tez tibbiy yordam koʻrsatishga, evakuatsiyaga va himoyalash boʻyicha muhandislik-texnik vositalar bilan jihozlashga qoʻyiladigan yagona talablar hamda ularga rioya etilishi ustidan nazoratni taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi]
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ichki ishlar vaziri A. AXMEDBAYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 17-iyun,
22-son
Favqulodda vaziyatlar vaziri T. XUDAYBERGENOV
Toshkent sh.,
2014-yil 17-iyun,
7-son
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV
Toshkent sh.,
2014-yil 17-iyun,
11-son
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi B. ZOKIROV
Toshkent sh.,
2014-yil 17-iyun,
4-son
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining 2014-yil 17-iyundagi 22, 7, 11 va 4-son qaroriga ILOVA
Ommaviy tadbirlar oʻtkaziladigan obyektlarda yongʻin xavfsizligiga, tez tibbiy yordam koʻrsatishga, evakuatsiyaga va himoyalash boʻyicha muhandislik-texnik vositalar bilan jihozlashga qoʻyiladigan yagona talablar hamda ularga rioya etilishi ustidan nazoratni taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom ommaviy tadbirlar oʻtkaziladigan obyektlarda yongʻin xavfsizligiga, tez tibbiy yordam koʻrsatishga, evakuatsiyaga va himoyalash boʻyicha muhandislik-texnik vositalar bilan jihozlashga qoʻyiladigan yagona talablar hamda ularga rioya etilishi ustidan nazoratni taʼminlash tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.19.00.00 Yigʻilishlar, mitinglar, namoyishlar, yurishlar va boshqa ommaviy tadbirlarni oʻtkazish tartibi]
1. Mazkur Nizom talablari Oʻzbekiston Respublikasi hududida ommaviy tadbirlar oʻtkaziladigan obyektlar maʼmuriyati, tashkilotchilari va ishtirokchilari uchun majburiydir.
2. Mazkur Nizom talablari texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari bajarilishini istisno etmaydi.
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yongʻin xavfsizligi]
3. Ommaviy tadbirlar oʻtkaziladigan obyektlarda yongʻin xavfsizligini taʼminlash Odamlar ommaviy boʻladigan obyektlar uchun yongʻin xavfsizligi qoidalariga (roʻyxat raqami 354, 1997-yil 8-iyul) muvofiq amalga oshirilishi kerak.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.19.00.00 Yigʻilishlar, mitinglar, namoyishlar, yurishlar va boshqa ommaviy tadbirlarni oʻtkazish tartibi]
4. Ommaviy tadbirlar oʻtkaziladigan obyektlar:
texnologik va muhandislik asbob-uskunalari, yongʻinga qarshi himoya tizimi va vositalari, yongʻinga qarshi suv taʼminoti manbalari (gidrantlar, rezervuarlar, suv havzalari, ichki yongʻin oʻchirish joʻmraklari), yongʻin oʻchirish texnikasi, yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalari bilan jihozlangan boʻlishi;
ommaviy tadbir oʻtkaziladigan obyektlardagi yongʻin oʻchirish avtomatika vositalari, evakuatsiya qilish yoʻllarini koʻrsatish va harakatlanish belgilari, tutun tortish va avariya yoritish tizimlari soz boʻlishi;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yongʻin xavfsizligi]
ommaviy tadbir oʻtkaziladigan obyektlarda yongʻinni oʻchirishda foydalaniladigan zaxira suv manbalari, statsionar zinalar va yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalariga olib boruvchi yoʻllar doimo boʻsh, soz va tozalangan holatda boʻlishi lozim.
3-bob. Tez tibbiy yordam koʻrsatishga qoʻyiladigan talablar
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.02 Tez tibbiy yordam]
5. Ommaviy tadbirlar oʻtkaziladigan obyektlarda tez tibbiy yordam koʻrsatish tadbirning turi, ishtirokchilar soni, obyekt turi va davomiylik vaqtini inobatga olgan holda tashkillashtirilishi kerak.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.19.00.00 Yigʻilishlar, mitinglar, namoyishlar, yurishlar va boshqa ommaviy tadbirlarni oʻtkazish tartibi]
6. Ommaviy tadbirlar oʻtkaziladigan obyektlarda tez tibbiy yordam koʻrsatish joylari ommaviy tadbirlar oʻtkaziladigan obyektlar maʼmuriyati tomonidan taʼminlanishi zarur.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.02 Tez tibbiy yordam]
7. Tez tibbiy yordam sogʻliqni saqlash tizimining maxsus tez tibbiy yordam xizmati tomonidan amalga oshirilishi lozim.
4-bob. Evakuatsiya va himoyalash boʻyicha muhandislik-texnik vositalar bilan jihozlashga qoʻyiladigan talablar
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.11.00 Favquloddagi holatlar va jamiyat xavfsizligining boshqa masalalari]
8. Ommaviy tadbirlar oʻtkaziladigan obyektlarda ishtirokchilarning obyekt hududi boʻylab harakatini tashkil etish, tribunalarni toʻldirish va evakuatsiya qilish yoʻllari, chipta kassalari, ovqatlanish punktlari, garderoblar, dam olish, tez tibbiy yordam koʻrsatish joylari, yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalari va ularning joylashishi sxemalari mavjud boʻlishi kerak.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.05.00 Shaharsozlik normativlari. Shaharsozlik hujjatlari. Ekspertiza]
9. Muhandislik va qurilish konstruksiyalari, texnik tizimlarning ishonchliligi va barqarorligi, ishtirokchilarni evakuatsiya qilish yoʻllarining belgilangan normativlarga muvofiqligi ommaviy tadbirlar oʻtkaziladigan obyektlar maʼmuriyati tomonidan taʼminlanishi zarur.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.11.00 Favquloddagi holatlar va jamiyat xavfsizligining boshqa masalalari]
10. Ommaviy tadbirlar oʻtkaziladigan obyektlardagi barcha muhandislik va yoritish tizimlarining uzluksiz ishlashi ommaviy tadbirlar oʻtkaziladigan obyektlar maʼmuriyati tomonidan taʼminlanadi.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yongʻin xavfsizligi]
11. Ommaviy tadbirlar oʻtkaziladigan obyektlarning evakuatsiya qilish yoʻllari va obyektlardan chiqish joylarida ogohlantiruvchi belgilar oʻrnatilishi lozim.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi]
12. Ommaviy tadbirlar ishtirokchilari favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari koʻrsatmasiga asosan harakat qilishlari zarur.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.11.00 Favquloddagi holatlar va jamiyat xavfsizligining boshqa masalalari]
13. Ommaviy tadbirlar oʻtkaziladigan obyektlar hududiga olib kiruvchi yoʻllarda maxsus transport vositalarining erkin kirib-chiqishi uchun maxsus yoʻlaklar ajratilishi kerak.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi]
14. Ommaviy tadbirlar oʻtkaziladigan obyektlar va unga tutash hududlarning xavfsizligini taʼminlash maqsadida ommaviy tadbirlar oʻtkaziladigan obyektlar maʼmuriyati tomonidan statsionar foto va videokuzatuv tizimlari oʻrnatilishi mumkin.
5-bob. Ommaviy tadbirlar oʻtkaziladigan obyektlarda yongʻin xavfsizligiga, tez tibbiy yordam koʻrsatishga, evakuatsiyaga va himoyalash boʻyicha muhandislik-texnik vositalar bilan jihozlashga qoʻyiladigan yagona talablarga rioya etilishi ustidan nazorat
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.04.00.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 01.15.03.00ga qarang) / 02.04.01.00 Umumiy qoidalar]
15. Ommaviy tadbirlar oʻtkaziladigan obyektlarda yongʻin xavfsizligiga, tez tibbiy yordam koʻrsatishga, evakuatsiyaga va himoyalash boʻyicha muhandislik-texnik vositalar bilan jihozlashga qoʻyiladigan yagona talablarga rioya etilishi ustidan nazorat Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, shaharlar va tumanlar hokimliklari huzurida ommaviy tadbirlar oʻtkazilishini nazorat qiluvchi komissiyalar tomonidan taʼminlanadi.
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.19.00.00 Yigʻilishlar, mitinglar, namoyishlar, yurishlar va boshqa ommaviy tadbirlarni oʻtkazish tartibi]
16. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, shaharlar va tumanlar hokimliklari huzurida ommaviy tadbirlar oʻtkazilishini nazorat qiluvchi komissiyalar ommaviy tadbirlar oʻtkaziladigan obyektlarda yongʻin xavfsizligiga, tez tibbiy yordam koʻrsatishga, evakuatsiyaga va himoyalash boʻyicha muhandislik-texnik vositalar bilan jihozlashga qoʻyiladigan yagona talablarga rioya etilishi ustidan nazoratni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiradi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi]
17. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 2001-moddasi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 26-son, 319-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)