1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 Oʻrmonlar va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.01.00 Umumiy masalalar]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Oʻsimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish]
Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining
Qarori
Ayrim turdagi yovvoyi oʻsimliklarning tarqalishini va ularning miqdorini tartibga solish qoidalarini tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 3-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2590]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 15-iyuldagi PQ–2003-sonli “Qonunlarning havolaki normalarini amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish rejalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi qaror qiladi:
1. Ayrim turdagi yovvoyi oʻsimliklarning tarqalishini va ularning miqdorini tartibga solish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi B. ABDUSAMATOV
Toshkent sh.,
2014-yil 8-may,
92/1-son
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Sh. TESHAYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 8-may,
1-son
Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining 2014-yil 8-maydagi 92/1, 1-sonli qaroriga ILOVA
Ayrim turdagi yovvoyi oʻsimliklarning tarqalishini va ularning miqdorini tartibga solish
QOIDALARI
Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 15-iyuldagi PQ–2003-sonli “Qonunlarning havolaki normalarini amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish rejalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, ayrim turdagi yovvoyi oʻsimliklarning tarqalishini va ularning miqdorini tartibga solish qoidalarini belgilaydi.
1. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
shudgorlar — qishloq xoʻjalik texnikasi yordamida haydalgan yerlar;
pichanzorlar — chorva mollari uchun ozuqa sifatida oʻsimlik koʻk poyasi yoki qurigan oʻtlar yigʻib olinadigan tabiiy va madaniy oʻsimliklar majmuasi;
yaylovlar — chorva mollarini erkin (haydab) boqish uchun foydalaniladigan tabiiy yoki madaniy oʻsimliklar majmuasi;
zaharli oʻsimliklar — tarkibida tirik organizmlar uchun zarar keltiradigan yoki ularning hayoti va sogʻligʻiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi moddalarni saqlovchi oʻsimliklar;
giyohvand moddali oʻsimliklar — tarkibida Oʻzbekiston Respublikasining “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq giyohvandlik vositalari roʻyxatiga kiritilgan va Oʻzbekiston Respublikasida nazoratga olinadigan moddalarni saqlovchi oʻsimliklar;
karantindagi oʻsimliklar — Respublikada karantindagi zararkunandalar, oʻsimlik kasalliklari va begona oʻtlarning roʻyxatida (roʻyxat raqami 2544, 2013-yil 26-dekabr) nazarda tutilgan begona oʻtlar;
begona oʻtlar — biologik va ekologik jihatdan madaniy oʻsimliklar orasida oʻsib koʻpayishga moslashgan, hosilni hamda mahsulot sifatini pasaytiruvchi yovvoyi yoki yarim xonaki oʻsimliklar;
pestitsidlar — oʻsimlik zararkunandalari, kasalliklari va begona oʻtlarga qarshi kurashda ishlatiladigan kimyoviy moddalar, shuningdek qishloq xoʻjalik oʻsimliklari rivojining regulatorlari va defoliantlari.
2. Mazkur Qoidalarning ilovasida belgilangan, shudgorlar, pichanzorlar va yaylovlarni tabiiy suratda bosib ketadigan zaharli, giyohvand moddali, karantindagi oʻsimliklar, begona oʻtlar hamda boshqa oʻsimliklar tarqalishi va miqdori tartibga solinishi lozim boʻlgan yovvoyi oʻsimliklar (bundan buyon matnda yovvoyi oʻsimliklar deb yuritiladi) hisoblanadi.
3. Mazkur Qoidalar muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga, shuningdek yovvoyi oʻsimliklardan maxsus foydalanishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
2-bob. Yovvoyi oʻsimliklarning tarqalishi va miqdorini tartibga solish usullari
1-§. Umumiy qoidalar
4. Yovvoyi oʻsimliklarning tarqalishini va ularning miqdorini tartibga solish quyidagi usullarda amalga oshiriladi:
oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini qoʻllash;
yovvoyi oʻsimliklarni zamonaviy texnologik jarayonlar va ilm-fan yutuqlari vositasida kamaytirish yoki yoʻq qilish;
yovvoyi oʻsimliklarni tabiiy ravishda olib tashlash.
Yovvoyi oʻsimliklarning tarqalishini va ularning miqdorini tartibga solish qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa usullarda ham amalga oshirilishi mumkin.
5. Yovvoyi oʻsimliklarning tarqalishini va ularning miqdorini tartibga solish usullari oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq boʻlishi, boshqa oʻsimliklar va tabiat obyektlariga, inson salomatligiga zarar yetkazmasligi hamda tabiiy oʻsimliklar majmualari va ular oʻsadigan muhitning saqlanishini taʼminlashi lozim.
6. Giyohvand moddali oʻsimliklarning tarqalishi va miqdorini tartibga solish Oʻzbekiston Respublikasining “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 12-noyabrdagi 330-sonli “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, undan olib chiqish va tranzit tarzida oʻtkazish tartibini, shuningdek ularning muomalada boʻlishi yuzasidan nazoratni takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining 2016-yil 11-yanvardagi 13, 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 2590-1, 14.01.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 2-son, 20-modda)
2-§. Oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini qoʻllash
7. Oʻsimliklarni himoya qilish uchun ishlatiladigan kimyoviy va biologik vositalar oʻsimliklarni himoya qilish vositalari hisoblanadi.
8. Oʻsimlik zararkunandalari, kasalliklari va begona oʻtlarga qarshi kurashda ishlatiladigan, tabiiy organizmlarga aynan oʻxshash biologik moddalar, sunʼiy ravishda yaratilgan mavjudotlar, genetik yetishtirilgan oʻsimlik yoki boshqa organizmlar oʻsimliklarni himoya qilishning biologik vositalari hisoblanadi.
9. Oʻsimliklarni himoya qilishning biologik vositalari shudgorlarni tabiiy suratda bosib ketadigan begona oʻtlarning tarqalishi va miqdorini tartibga solish uchun qoʻllaniladi.
10. Oʻsimlik zararkunandalari, kasalliklari va begona oʻtlarga qarshi kurashda ishlatiladigan, sunʼiy yaratilgan kimyoviy vositalar, jumladan pestitsidlar oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari hisoblanadi.
11. Oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari barcha turdagi yovvoyi oʻsimliklarning tarqalishi va miqdorini tartibga solish uchun qoʻllaniladi.
12. Oʻsimliklarni himoya qilish vositalari Oʻzbekiston Respublikasining “Qishloq xoʻjalik oʻsimliklarini zararkunandalar, kasalliklar va begona oʻtlardan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga muvofiq qoʻllaniladi.
13. Qishloq xoʻjalik texnikasi va mehnat qurollari yordamida oʻsimlik zararkunandalari, kasalliklari va yovvoyi oʻsimliklarning mavjud boʻlishiga, yalpi koʻpayishiga va keng tarqalishiga toʻsqinlik qiluvchi sharoitlarni yaratishga qaratilgan chora-tadbirlar agrotexnik tadbirlar hisoblanadi.
14. Agrotexnik tadbirlar koʻchatlarni ekishga tayyorlash, tuproqqa ishlov berish va ekish usullari, muddatlari, ekin navlari va oʻgʻitlarni tanlash, yerlarni tekislash, kuzda chuqur haydash, oʻsimliklar qatorlari oralariga ishlov berish, dala atrofidagi daraxtlarni parvarishlash, urugʻlik maydonlarni kuzda qayta haydash, pichanga moʻljallangan dalalarni erta bahorda borona qilish, ekinlarni almashlab ekish va boshqa usullar orqali amalga oshiriladi.
15. Agrotexnik tadbirlar barcha turdagi yovvoyi oʻsimliklarning tarqalishi va miqdorini tartibga solish uchun qoʻllaniladi.
16. Karantin tadbirlari oʻsimliklarning ichki va tashqi karantini boʻyicha davlat tadbirlari tizimidan iborat boʻlib, bu tadbirlar quyidagilarga qaratiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi hududini chet mamlakatlardan kirib kelib, katta iqtisodiy zarar yetkazishi mumkin boʻlgan karantindagi va boshqa xavfli zararkunandalar, oʻsimlik kasalliklari va begona oʻtlardan muhofaza etish;
karantindagi va boshqa xavfli zararkunandalar, oʻsimlik kasalliklari va begona oʻtlarni vaqtida aniqlash, ularning yoyilishiga yoʻl qoʻymaslik va ularni yoʻq qilish, shuningdek ular Oʻzbekiston Respublikasining bu zararkunandalar, kasallik va begona oʻtlardan holi mintaqalariga kirib borishining oldini olish;
qishloq xoʻjalik mahsulotlari va boshqa mahsulotlarni yetishtirish, tayyorlash, tashish, saqlash, qayta ishlash, realizatsiya qilish va ulardan foydalanishda oʻsimliklar karantiniga oid qoidalar va tadbirlarga rioya etilishi hamda ularning amalga oshirilishi ustidan davlat nazoratini olib borish.
19. Karantin tadbirlarini amalga oshirishda oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalaridan foydalanish mumkin. Bunda karantindagi oʻsimliklarga pestitsidlar bilan ishlov berish tavsiya etiladi.
21. Tozalangan urugʻlardan ajratib olingan karantindagi oʻsimliklarning urugʻlari yanchish va bugʻlatish yoʻli bilan unuvchanligi yoʻqotilib zararsizlantiriladi.
22. Karantin tadbirlarining bajarilishi ustidan davlat nazorati oʻsimliklar karantini boʻyicha davlat xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
5-§. Yovvoyi oʻsimliklarni zamonaviy texnologik jarayonlar va ilm-fan yutuqlari vositasida kamaytirish yoki yoʻq qilish
23. Zamonaviy texnologik jarayonlar va ilm-fan yutuqlari yovvoyi oʻsimliklarning tarqalishi va miqdorini tartibga solish boʻyicha mazkur Qoidalarda belgilangan usullarni takomillashtirishga xizmat qilishi yoki unda nazarda tutilmagan boshqa usullardan iborat boʻlishi mumkin.
24. Zamonaviy texnologik jarayonlar va ilm-fan yutuqlaridan foydalanish shartlari ularning muallifi tomonidan belgilanadi. Ushbu shartlar qonun hujjatlari, shu jumladan mazkur Qoidalarning talablariga zid boʻlmasligi lozim.
6-§. Yovvoyi oʻsimliklarni tabiiy ravishda olib tashlash
26. Yovvoyi oʻsimliklarning tarqalishi va miqdorini tartibga solishda ularni qoʻl mehnati yoki mehnat qurollari yordamida tabiiy ravishda olib tashlash usulidan foydalanish mumkin.
27. Yovvoyi oʻsimliklarni tabiiy ravishda olib tashlash usuli ular keng tarqalmagan hamda ularni mazkur usulda kamaytirish yoki yoʻq qilish mumkin boʻlgan taqdirda qoʻllaniladi.
28. Tabiiy ravishda olib tashlangan yovvoyi oʻsimliklarni zararsizlantirish va yoʻq qilishda ularning ildizlari, qalamchalari va urugʻlari tozalangan dalalarga tushib qolishi yoki boshqa oʻsimliklarga qoʻshilib qolishiga yoʻl qoʻymaslik lozim.
3-bob. Yakuniy qoidalar
29. Agar qonun hujjatlarida, shuningdek yer uchastkalari, oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish boʻyicha shartnomalarda boshqacha qoida belgilangan boʻlmasa, mazkur Qoidalarda nazarda tutilgan ishlar yer uchastkalaridan va oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanuvchilar tomonidan amalga oshiriladi hamda ular tomonidan moliyalashtiriladi.