toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.07.2021
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRINING
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlarining davlat hisobi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 31-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1856-1]
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 18-iyundagi 14-mh-sonli “Normativ-huquqiy hujjatlarning hisobini yuritish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3311, 19.06.2021-y.) asosan 2021-yil 1-iyuldan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 52-son, 583-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 29-son, 329-modda) asosan buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2008-yil 10-sentabrdagi 195-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1856, 2008-yil 10-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 37-38-son, 389-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlarining davlat hisobi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va Idoraviy meʼyoriy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi (B. Boliyev) Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (S. Nuriyev) ushbu normativ-huquqiy hujjatni barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami — Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini taʼminlasin.
4. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi oʻrinbosari M. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Vazir N. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
2014-yil 31-yanvar,
28-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 31-yanvardagi 28-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlarining davlat hisobi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Oʻzbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlari davlat hisobi oʻz ichiga ushbu hujjatlarni markazlashtirilgan tartibda yigʻish, hisobga olish, Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchilik tarmoqlarining umumhuquqiy klassifikatori (roʻyxat raqami 2333, 2012-yil 2-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 8-9-son, 98-modda) asosida normativ-huquqiy hujjatlarga kod berish, tizimlashtirilgan kartoteka yuritish, ular fondlarining nazorat holati hamda bunday hujjatlar toʻgʻrisidagi markazlashtirilgan axborotni barpo etish va saqlab turishni qamrab oladi.”.
2. 3-bandning “v” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“v) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari;”.
3. 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Quyidagilar davlat hisobiga olinmaydi:
a) “Maxfiy” va “Oʻta maxfiy” belgisi qoʻyilgan hujjatlar;
b) yakka tartibdagi xususiyatga ega boʻlgan hujjatlar:
shaxsiy tusdagi (lavozimga tayinlash, boshqa lavozimga oʻtkazish yoki lavozimdan ozod qilish, komissiya va boshqa kollegial organlar tarkibini tasdiqlash, orden va medallar bilan mukofotlash, faxriy va harbiy unvonlar berish, muayyan shaxslarga imtiyozlar berish toʻgʻrisidagi va boshqa shu kabilar);
muayyan korxona, muassasa, tashkilot va fuqarolarga yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) toʻgʻrisidagi hujjatlar;
tezkor-farmoyishli tusdagi (bir martalik topshiriqlar);
v) loyihalarni koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun kiritish toʻgʻrisidagi hujjatlar;
g) muqaddam belgilangan tartibni ijro etishni tashkil etishga yoʻnaltirilgan hamda yangi huquqiy normalarni oʻz ichiga olmagan, shu jumladan, butun mazmuni boshqa organlar va mansabdor shaxslarning hujjatlari toʻgʻrisida xabardor qilishdan iborat boʻlgan hujjatlar;
d) texnik hujjatlar, agar ular oʻz ichiga huquqiy normalarni olmasa;
e) tavsiya tusidagi hujjatlar;
j) sessiya, yigʻilish, konferensiyalarni chaqirish toʻgʻrisidagi hujjatlar;
z) normativ-huquqiy hujjatlarga rasmiy sharh berish toʻgʻrisidagi hujjatlar;
i) umumiy majburiy tusga ega boʻlmagan boshqa hujjatlar.”.
4. 12-banddan oʻn uchinchi — oʻn oltinchi xatboshilar chiqarib tashlansin.
10-ustunning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“QTUK boʻyicha kodi***”;
quyidagi mazmundagi izoh bilan toʻldirilsin:
“*** Ushbu ustun faqat Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan toʻldiriladi.”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 5-son, 64-modda)