Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida” 1994-yil 15-martdagi
Farmoniga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirishga oid tadbirlar rejasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining hududiy boshqarmalari bilan birgalikda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning mintaqaviy dasturlari ishlab chiqilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. 1994-yilda hududiy va tarmoqlar miqyoslarida davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish obyektlari roʻyxati 1 — 5 ilovalarga
* muvofiq tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasiga zaruriyat boʻlganda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning mintaqaviy dasturlariga qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida belgilangan tartibda qarorlar qabul qilishga ruxsat etilsin.
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, idoralar, korxonalar, konsernlar, uyushmalar, ittifoqlar mazkur qaror
2-bandining belgilangan muddatlarda bajarilishini taʼminlasinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli oʻrinbosarlari zimmasiga yuklansin.