Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Iqtisodiyotni tarkibiy oʻzgartirishlarning asosiy ustuvorliklarini amalga oshirishni taʼminlash, eksport potensialini kengaytirishga, import mahsulotlar oʻrnini toʻldirishga raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etishga doir samarali chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun moddiy-ishlab chiqarish bazasini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Mablagʻ bilan taʼminlashning barcha manbalari hisobiga kapital mablagʻlar prognozining 1996-yilgi asosiy parametrlari 1-ilovaga
* muvofiq maʼqullansin.
2. Respublika budjeti, markazlashtirilgan bank kreditlar, xorijiy investitsiyalar va Hukumat kafolatidagi kreditlar hisobiga amalga oshirish moʻljallangan respublika investitsiya dasturi 2, 3 va 4-ilovalarga
* muvofiq tasdiqlansin.
“Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi qurilishlarni oʻz vaqtida mablagʻ bilan taʼminlash uchun ularning aniq roʻyxatlarini qonunchilik bilan belgilangan tartibda 2 hafta muddatda kelishib olsin.
4. 1996-yilgi investitsiyalar prognozining asosiy parametrlariga hamda korxonalarning oʻz mablagʻlari, tijorat banklari kreditlari va bevosita xorijiy investitsiyalar va kreditlar hisobiga amalga oshiriladigan qurilishlarning aniq dasturlariga 5, 6 va 7-ilovalarga
* muvofiq rozilik berilsin.
5. Respublika investitsiya dasturini normativ-huquqiy taʼminlashga doir tadbirlar 8-ilovaga
* muvofiq tasdiqlansin.
mablagʻ bilan taʼminlashni ochishda investitsiya loyihalarining aniq roʻyxatlarini tasdiqlash va kelishib olishning belgilangan tartibiga qatʼiy amal qilish;
kontraktlari (pudrat shartnomalari) Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 21-iyuldagi 369-son
qarori bilan tasdiqlangan Qurilishlarni kontrakt asosida tashkil etish toʻgʻrisidagi Nizom talablarini hisobga olmay tuzilgan obyektlarni mablagʻ bilan taʼminlashni 1996-yil 1-apreldan boshlab toʻxtatib qoʻyish va qurilishi tugallanmagan obyektlar boʻyicha Respublika komissiyasiga ular yuzasidan qarorlar qabul qilish uchun 1996-yil 15-aprelgacha axborot taqdim etish tavsiya qilinsin.
7. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasiga manfaatdor vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar, korporatsiyalar va yirik korxonalar bilan birgalikda eng muhim va yirik investitsiya loyihalari, shu jumladan, xorijiy investitsiyalar ishtirokida mablagʻ bilan taʼminlanadigan loyihalar yuzasidan yigʻma ekspert xulosasini tayyorlash yuklansin.
“Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish va joylashtirish masalalarini, moddiy-xomashyo, mehnat va moliyaviy resurslar balanslarini hisobga olgan holda yigʻma ekspert xulosasini tashkil etish va tayyorlash tartibi toʻgʻrisida bir oy muddatda takliflar kiritsin.
8. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi va Xorijiy investitsiyalar boʻyicha agentlikning xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun investitsiya loyihalari roʻyxati va takliflar kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya muhiti toʻgʻrisidagi reklama maʼlumotnomani ikki oy muddatda tayyorlash va nashr etish haqidagi taklifi qabul qilinsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I.H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.