

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                        <div class="act_warning">
                            Hujjat kuchini yo‘qotgan&nbsp;03.09.1998
                        </div>
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-891330" id="onLBC-891330">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6917"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.06.00 Tugallanmagan qurilish. Konservatsiya]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-891330" id="onLS-891330">[<b>TSZ:</b><div id="LS3741"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Iqtisodiyot / Arxitektura va qurilish]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-955009" id="-955009">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-955010" id="-955010">qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-955011" id="-955011">QURILIShNI KONTRAKT ASOSIDA VA OBYEKTLARNI FOYDALANIShGA TAYYOR HOLDA QURIShNI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDAGI NIZOMLARNI, BOZOR MUNOSABATLARI ShAROITLARIDA QURILIShDAGI ShARTNOMAVIY NARXLARNI BELGILASh TARTIBINI TASDIQLASh HAQIDA</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif"> LexUZ sharhi</img></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div name="-990007" id="-990007">Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 3-sentabrdagi 375-son “Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi <a href="/mact/-816272?ONDATE=03.09.1998 00#-1000723">qaroriga </a>muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-955014" id="-955014"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955016" id="-955016">Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955017" id="-955017">1. Qurilishni kontrakt asosida tashkil etish toʻgʻrisidagi <a href="/mact/-891330#-955027">nizom</a>, obyektlarni foydalanishga tayyor holda qurishni tashkil etish toʻgʻrisidagi <a href="/mact/-891330#-955253">Nizom </a>va bozor munosabatlari sharoitlarida qurilishdagi shartnomaviy narxlarni belgilash <a href="/mact/-891330#-955313">tartibi </a>1—3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955018" id="-955018">Oʻzbekiston Respublikasi Davlat qurilish ishlari qoʻmitasi ehtiyojlarga koʻra ushbu meʼyoriy hujjatlarni koʻpaytirishni va ularning qoʻllanishi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borishni taʼminlasin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955019" id="-955019">Oʻzbekiston Respublikasi Davlat qurilish ishlari qoʻmitasiga, Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda, mazkur qaror bilan tasdiqlangan nizomlarga ularni qoʻllash jarayonida yuzaga kelgan zarur oʻzgartirishlarni kiritishga ruxsat etilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955020" id="-955020">2. Obyektlarni muddatidan ilgari ishga tushirganliklari uchun pudratchi tashkilotlarga va buyurtmachilarga imtiyozli kreditlar berish va qurilishning meʼyoriy muddatlarini buzganlik uchun sanksiyalar qoʻllash boʻyicha tavsiyalar <a href="/mact/-891330#-955386">4-ilovaga </a>muvofiq maʼqullansin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-955022" id="-955022">Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. MUTALOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-955023" id="-955023">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-955024" id="-955024">1993-yil 21-iyul,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-955025" id="-955025">369-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-955027" id="-955027"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-955028" id="-955028">Vazirlar Mahkamasining <br />1993-yil 21-iyuldagi 369-son <a href="/mact/-891330#-955009">qaroriga <br /></a>1-ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-955029" id="-955029">Qurilishni kontrakt asosida tashkil etish toʻgʻrisida</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-955031" id="-955031">NIZOM</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-955032" id="-955032"></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-955033" id="-955033">I. Umumiy qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955035" id="-955035">1. Mazkur Nizom kapital qurilish (kengaytirish, qayta tiklash, texnik qayta jihozlash, asosli tuzatish uchun kontraktlar tuzish va uni bajarish tartibini, buyurtmachilar va pudratchilarning huquq va burchlarini, qabul qilingan majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash uchun ularning javobgarliklarini belgilaydi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955036" id="-955036">Kontrakt investitsion faoliyat subyektlari oʻrtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi asosiy huquqiy hujjat hisoblanadi, bunda pudratchi buyurtmachining topshirigʻi boʻyicha uning yoki oʻzining materiallaridan foydalanib aniq muddatda muayyan ishni bajarish majburiyatini oladi, buyurtmachi esa ishni qabul qilib olish va unga kelishilgan narx boʻyicha va belgilangan muddatda haq toʻlash majburiyatini oladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955037" id="-955037">Kontrakt obyektlar qurilishining butun davri, ishlarning ayrim turlari yoki komplekslari uchun tuziladi, bunda shu narsa nazarda tutiladiki, qurilish muddatlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat qurilish ishlari qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan qurilishning meʼyoriy muddatlarini belgilash Tartibiga muvofiq meʼyoriy muddatdan oshib ketmasligi kerak, bajarilgan ishlar uchun uzil-kesil hisob-kitoblar kontraktda nazarda tutilgan qurilish obyekti belgilangan muddatda buyurtmachiga topshirilgandan soʻnggina amalga oshiriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955038" id="-955038">Kontrakt tomonlarning majburiyatlarini va javobgarliklarini belgilash, tashkiliy-texnologik taqsimlash va yuridik jihatdan birkitib qoʻyish maqsadida tuziladi. Kontraktlarning turi va shakllari har xil boʻlishi mumkin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955039" id="-955039">2. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga va ilgari imzolangan xalqaro shartnomalarga muvofiq amalga oshirilayotgan obyektlar qurilishni qabul qilingan hujjatlar bilan belgilangan tartibda yoki Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro bitimlari shartlari boʻyicha amalga oshiriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955040" id="-955040">3. Investitsiya kompleksidagi kontrakt munosabatlari:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955041" id="-955041">ahdlashuvchi tomonlarning bitim tuzishdagi, uning maqsadini, shartlarini va oʻzaro majburiyatlarni aniqlashdagi mustaqilliklari, bunda har qanday organlar va mansabdor shaxslarning aralashmasliklari nazarda tutiladi, qonun hujjatlari va respublika Hukumatining qarorlari yoki shartnoma tuzuvchi tomonlarning oʻzaro roziligi bilan nazarda tutilgan hollar bundan mustasnodir;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955042" id="-955042">kontrakt munosabatlarini huquqiy taʼminlash tizimi, xoʻjalik tavakkalchiligini cygʻypta qilish, kafolatlar berish, kafolatga olish, Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga zid kelmaydigan boshqa chora-tadbirlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955043" id="-955043">isteʼmolchi (buyurtmachi) manfaatlarining ustunligi asosida quriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955044" id="-955044">4. Kontrakt quyidagilarni ham nazarda tutishi kerak:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955045" id="-955045">tomonlarning mulkiy javobgarligi va majburiyatlarning tegishli darajada bajarilmaganligi sababli keltirilgan zararlar, shuningdek, bilvosita zararlar va naf boy berilishi oqibatida koʻrilgan zapapni oʻpnini toʻldirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955046" id="-955046">tomonlarning kontraktini bajarish chogʻida paydo boʻladigan muammolarni, ularning kelib chiqish manbalaridan qatʼi nazar, xoʻjalik sudlarining tajribasini hisobga olib oʻzaro kelishgan holda hal etishga intilishi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955047" id="-955047">bitishuv qatnashchilarining ishlab chiqarish, texnik va moliyaviy imkoniyatlari boʻyicha malakalarining tasdiq (litsenziya)lanishi, shuningdek, bitishuvlarning banklar, sugʻurta tashkilotlari yoki boshqa muassasalar tomonidan kafolatlanishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955048" id="-955048">kontrakt (loyiha)da nazarda tutilgan materiallar, buyumlar, konstruksiyalar, asbob-uskunalar, mashinalar va mexanizmlarga, ularning qurilish jarayonida qoʻllanilishiga qarab shahodatnoma berish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955049" id="-955049">Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi xorijiy investorlar, pudratchilar, loyihalovchilarning qoʻshma faoliyatlarini tartibga solish qoidalariga rioya qilish va pudrat ishlari boʻyicha majburiyatlarni bajarishda ularning masʼuliyatlari.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955050" id="-955050">5. Davlat kapital mablagʻlari hisobiga amalga oshirilayotgan yangi qurilish, korxonalarni kengaytirish, tiklash va texnik jihatdan qayta jihozlash uchun kontraktlar, odatda, tanlov asosida tuziladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955051" id="-955051">Boshqa qurilishlar (obyektlar) boʻyicha kontraktlar tanlov asosida ham, buyurtmachi va bosh pudratchi (pudratchi)ning muzokaralari asosida ham tuzilishi mumkin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955052" id="-955052">Tanlov shartlari buyurtmachi tomonidan belgilanadi. Tanlov eʼlon qilingunga qadar qurilishni mablagʻ bilan taʼminlash manbalari masalalari buyurtmachi tomonidan hal etilgan boʻlishi kerak. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-955053" id="-955053">II. Qurilishda kontraktlar tizimi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955054" id="-955054">Oʻzaro munosabatlar va javobgarlikni taqsimlash, tavsifiga koʻra kontraktlarning quyidagi turlaridan foydalanish mumkin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955055" id="-955055">1. Bevosita kontraktlar asbob-uskunalar va materiallarni yetkazib berib yoki yetkazib bermasdan kompleksning bir qismini tashkil etuvchi ayrim obyektlarda mablagʻ bilan taʼminlangan qurilish yoki maxsus ishlarni bajarish uchun tuziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955056" id="-955056">Bevosita kontrakt boʻyicha pudratchi faqat oʻzining bevosita majburiyatlari, oʻz ishlari va xizmatlari uchun javob beradi, obyekt (butun kompleks) qurilishining nihoyasiga yetkazilishi va barcha ishlarning muvofiqlashtirilishi uchun javobgarlik buyurtmachi zimmasida qoladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955057" id="-955057">Anʼanaviy kontrakt 1991-yilgi bazaviy narxlarda maʼlum qiymatiga ega boʻlgan tugallangan loyiha asosida tuziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955058" id="-955058">2. Loyihalash-qurish kontrakti obyektni loyihalash va qurish boʻyicha majburiyatlarni bosh pudratchi zimmasiga yuklashni nazarda tutadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955059" id="-955059">Obyektni loyihalash loyihalash institutlarining kuchi bilan ham, pudratchining rahbarligida uning litsenziyaga ega boʻlgan loyihalash boʻlinmalarining kuchi bilan ham bajarilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955060" id="-955060">Obyektlarni foydalanishga tayyor holda qurish kontrakt loyihalash-qurish kontraktining rivoji hisoblanadi, bunda bosh pudratchi buyurtmachining barcha anʼanaviy vazifalarini, shuningdek, ishga tushirish-sozlash va ishga tushirish ishlarini oʻz zimmasiga oladi. Buyurtmachiga obyekt doimiy foydalanishga toʻliq tayyor holda topshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955061" id="-955061">Qoʻllanish sohasi ijtimoiy soha obyektlari, namunaviy texnologiyaga ega boʻlgan sanoat obyektlari; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955062" id="-955062">Pudratchi (buyurtmachi bilan kelishib yoki, agar bu kontraktda qayd etilgan boʻlsa, kelishmasdan bosh pudratchi sifatida ish koʻrishi va boshqa tashkilot (subpudratchi)larni, ular bilan subpudrat kontraktlari tuzgan holda, ishlarning bir qismini yoki turini bajarish uchun jalb qilishi mumkin. Bu kontrakt kontraktlarning bevosita turlariga mansubdir. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955063" id="-955063">Mahsulot yetkazib beruvchi zavodlar bilan kontraktlar, odatda, faqat murakkab va noyob asbob-uskunalarni yaratish hamda yetkazib berish yoki asbob-uskunalarni komplekt holda yetkazib berish uchun tuziladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955064" id="-955064">3. Uch tomonlama kontrakt uchinchi shaxslar (sugʻurta kompaniyasi yoki mablagʻ bilan taʼminlovchi bank va tarkibiga pudratchi ham kirgan pudratchi tashkilotlarning uyushmalari) ishtirokida tuziladi, ular buyurtmachi yoki bosh pudratchiga nisbatan, agar ulardan biri nochor boʻlsa, kafil sifatida ish koʻrishlari lozim. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955065" id="-955065">Bosh pudratchining kafolatchisi bosh pudratchi nochor boʻlib qolgan taqdirda buyurtmachining manfaatlari himoya qilinishini kafolatlaydi, </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955066" id="-955066">Pudratchi tomonidan majburiyatlar bajarilmay qolgan hollarda iqtisodiy javobgarlikni oʻziga oluvchi sugʻurta kompaniyasi, bank yoki yuqori turuvchi tashkilot kafolatchi sifatida ish koʻrishlari mumkin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955067" id="-955067">Buyurtmachiga oʻz kafolatchilarini pudratchi tavsiya etadi, buyurtmachi esa uni qabul qilish yoki undan bosh tortish huquqiga egadir, Kontraktda kafolatchining burchi va uning iqtisodiy majburiyati koʻrsatiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955068" id="-955068">Buyurtmachi bosh pudratchining nochorligi sababli, kontraktni buzishga majbur boʻlganda, kafolatchi obyekt qurilishi oxiriga toʻliq yetkazilgungacha uni davom ettirish majburiyatini oladi. Bunda u buyurtmachiga yetkazilgan zararini qoplash yuzasidan muayyan xarajatlarni oʻz zimmasiga oladi, bu xarajatlar bosh pudratchining qarz olish-berish majburiyatlari bilan toʻldiriladi. Ushbu pul kontraktda oldindan kelishib qoʻyiladi hamda bosh pudratchining kontraktga muvofiq ishlarni bajarishining pul kafolati hisoblanadi va bosh pudratchi tomonidan kafolatchining hisobiga kiritiladi. Kafolatchi ishlarni oʻz kuchi bilan yoki oʻz xohishiga koʻra har qanday pudratchini jalb qilgan holda tugallashi mumkin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955069" id="-955069">Buyurtmachining kafolatchisi, buyurtmachi nochor boʻlib qolgan hollarda, iqtisodiy majburiyatlarning bajarilishini kafolatlaydi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955070" id="-955070">Kafolatchi sifatida mablagʻ bilan taʼminlovchi bank, sugʻurta kompaniyasi yoki boshqa muassasa ish koʻrishi mumkin. Kontrakt buyurtmachining aybi bilan buzilgan taqdirda kafolatchi bosh pudratchi tomonidan bajarilgan ishlarning va kontrakt buzilgan kungacha qilingan toʻgʻri xarajatlarning qiymatini toʻlaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955071" id="-955071">4. Kontrakt bahosini belgilash shartlariga koʻra kontraktlarning quyidagi xillari farqlanadi: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955072" id="-955072">savdoda yoki buyurtmachi va bosh pudratchining yakka tartibdagi muzokaralari jarayonida belgilangan, qurilish oxirigacha oʻzgarmaydigan qatʼi narxlar asosidagi kontrakt; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955073" id="-955073">respublika Davlat qurilish ishlari qoʻmitasi tomonidan ishlab chiqiladigan qurilishda shartnomaviy narxlarni belgilash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom asosida bosh pudratchi va buyurtmachi tomonidan belgilanadigan, 1991-yilgi smeta narxlaridagi ochiq shartnomaviy narx asosidagi kontrakt. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955074" id="-955074">Bajarilgan ishlarning haqiqiy qiymati, narxlar kursining oʻzgarishini hisobga olgan holda, ular tomonidan har oyda (yilning har choragida) belgilanadi. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-955075" id="-955075">III. Kontraktlar tuzish tartibi va shartlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955076" id="-955076">1. Oʻtkazilgan savdo (tanlov) yoki muzokaralar asosida buyurtmachi tomonidan bosh pudratchi tanlangandan soʻng tomonlarga oldindan (kontraktdan oldingi) bitim tuzish tavsiya etiladi, bunda qurilish uchun kontraktning maqsadi boʻyicha buyurtmachi va bosh pudratchining niyatlari, shartlashilgan muddatda kontrakt tuzishni va ishlarning boshlanishini taʼminlovchi oldindan koʻriladigan chora-tadbirlar belgilanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955077" id="-955077">2. Oldindan tuziladigan bitim quyidagilarni oʻz ichiga oladi: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955078" id="-955078">obyektning nomi va unga doir asosiy maʼlumotlar (quvvati, bosh pudratchi ishlarining bazaviy narxlardagi hajmi, qurilishning meʼyoriy muddati va qurilishni boshlashning taxminiy muddati);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955079" id="-955079">loyiha-smeta hujjatlarining tarkibi, hajmi va topshirish muddatlari; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955080" id="-955080">bosh pudratchiga qurilish maydonini berish muddatlari, va imoratlarni buzish zarurati boʻlgan hollarda, uni boʻshatish shartlari; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955081" id="-955081">qurilishni uskunalar, materiallar, konstruksiyalar va buyumlar bilan taʼminlash tartibi va shartlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955082" id="-955082">kontrakt turini (ananaviy, loyihalash-qurish va foydalanishga tayyor holda qurish) tanlash va uni tuzish muddati;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955083" id="-955083">qurilishni mablagʻ bilan taʼminlash manbai;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955084" id="-955084">tomonlarning kontraktdan oldingi bitimni buzganlik uchun javobgarligi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955085" id="-955085">3. Oldindan tuziladigan bitim kontrakt tuzish uchun dastlabki shart boʻlib xizmat qiladi va loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, tashkiliy-texnologik loyihalarni ishlab chiqish, konstruksiyalar, buyumlar, uskunalar tayyorlash uchun buyurtmalarni joylashtirishga tayyorgarlik koʻrish, subpudratchi tashkilotlar va mahsulot yetkazib beruvchi hamda boshqalar bilan shartnomalar tayyorlashni prognozlash uchun asos boʻlib hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955086" id="-955086">4. Oldindan tuziladigan bitim bankning xohishiga koʻra bosh pudratchi faoliyatini kredit bilan taʼminlash uchun asos boʻlishi mumkin va ayni vaqtda kontrakt imzolangungacha tomonlarning manfaatlarini himoya qiladigan hujjat boʻlib xizmat qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955087" id="-955087">5. Oldindan tuziladigan bitimda shartlashilgan qurilish boʻyicha kontrakt tuzish muddatlari yetib kelganda buyurtmachi bosh pudratchiga kontrakt tuzish uchun zarur boʻlgan quyidagi texnik hujjatlarni topshirishi kerak: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955088" id="-955088">qurilishning tasdiqlangan titul roʻyxati; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955089" id="-955089">qurilishning loyihalar va smetalarni ishlab chiqish boʻyicha yoʻriqnomalar va koʻrsatmalarda nazarda tutilgan yigʻma smetani qiymati hisob-kitobi bilan birga belgilangan tartibda tasdiqlangan ishchi loyihasi — 2 nusxada; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955090" id="-955090">qurilishning birinchi yili uchun asbob-uskunalar va materiallar topshirish grafigi agar bu taʼminlash vazifasi buyurtmachiga yuklatilgan boʻlib, qurilishning tarkibiy texnologiyasida koʻzda tutilgan boʻlsa; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955092" id="-955092">yerdan foydalanish huquqini beruvchi hujjatning nusxasi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955093" id="-955093">qurilish chiqindisini va ortiqcha tuproqni toʻkish uchun joylar ajratishga doir ruxsatnomalar; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955096" id="-955096">etishmagan tuproqni qazib olish maqsadida karyerlar ochish uchun ruxsatnomalar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955098" id="-955098">yerlarni qaytadan ekin ekishga tayyorlash maqsadida tuproqning unumdor qatlamini toʻplashga joy ajratish uchun ruxsatnoma;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955100" id="-955100">kengaytirish, qayta tiklash va texnik jihatdan qayta jihozlash kerak boʻlgan ishlab turgan korxonalar binolari va inshootlarining holati va mustahkamligini tekshiruvdan oʻtkazganlik toʻgʻrisidagi materiallar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955102" id="-955102">6. Obyekt ikki va undan ortiq bosh pudratchi tomonidan quriladigan taqdirda koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar buyurtmachi tomonidan bosh pudratchining har biriga ular bajaradigan ishlar hajmlari boʻyicha kontrakt tayyorlash uchun beriladi. Bunda barcha bosh pudratchilar uchun umumiy boʻlgan hujjatlar turi boʻyicha ularga hujjatlardan koʻchirmalar va ularning nusxalari beriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955105" id="-955105">7. Pudratchi buyurtmachidan ushbu boʻlimning <a href="/mact/-891330#-955087">5-bandida </a>koʻrsatilgan hujjatlarni olgan kundan boshlab 20 kun (kalendar) muddatda uni subpudratchi tashkilotlar bilan birgalikda koʻrib chiqishga, buyurtmachiga butun qurilish boʻyicha ishlarni amalga oshirish jadvali bilan birga qurilishning davom etish meʼyoriy muddatlarini ishga tushirish komplekslari, texnologik bosqichlar, alohida obyektlar va inshootlar boʻyicha topshiriqlarni hisobga olgan holda kontrakt loyihasini taqdim etishga majburdir. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955107" id="-955107">8. Buyurtmachi pudratchidan kontrakt loyihasini olgan kundan boshlab uni 10 kun (kalendar) muddatda koʻrib chiqishi, imzolashi va pudratchiga qaytarishi shart. Eʼtirozlar boʻlgan taqdirda buyurtmachi kelishmovchiliklar haqida bayonnoma tuzishga va uni imzolangan kontrakt bilan birga shu muddatda pudratchiga yuborishga majburdir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955110" id="-955110">9. Pudratchi buyurtmachidan kelishmovchiliklar haqidagi bayonnoma bilan birga imzolangan kontraktni olgan kundan boshlab 15 kun (kalendar) muddatda buyurtmachi bilan kelishmovchiliklarni hal qilishga majburdir. Agar kelishuvga erishilmagan boʻlsa, nizoli masalalar hal etish uchun buyurtmachi va bosh pudratchining yuqori tashkilotlariga beriladi. Agar nizolar bu tashkilotlar tomonidan ham hal etilmasa, ular xoʻjalik sudiga beriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955113" id="-955113">Nizoli masalalar yuqori tashkilotlar tomonidan 15 kun muddatda hal etiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955115" id="-955115">Agar kelishmovchiliklar pudratchi tomonidan koʻrsatilgan muddatda ushbu organlarga koʻrib chiqish uchun berilmasa, buyurtmachining takliflari qabul qilingan, kontrakt esa tuzilgan hisoblanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955117" id="-955117">10. Kontrakt tuzilgandan soʻng buyurtmachi bosh pudratchiga kontraktning alohida shartlarida nazarda tutilgan muddatlarda tegishli nazorat organlari va tashkilotlarining quyidagi ishlarni bajarish uchun ruxsat berganligi toʻgʻrisidagi hujjatlarni berishi shart: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955119" id="-955119">shahar yoʻllarining qatnov qismi, temir yoʻl, avtomobil yoʻllari doirasida foydalanishda boʻlgan havo elektr uzatish, aloqa liniyalari chegarasida qurilish ishlarini amalga oshirishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955121" id="-955121">yoʻl qoplamalarini ochishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955122" id="-955122">yer osti inshootlari va kommunikatsiyasi (kabel, gaz quvurlari, suv quvurlari, kanalizatsiya va boshqalar)ning qurilish maydoni orqali oʻtgan joylarida qurilish ishlarini amalga oshirishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955125" id="-955125">uy-joy-xoʻjalik maqsadidagi obyektlarda qurilish ishlarini amalga oshirishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955127" id="-955127">daraxtzorlarni kesish va daraxtlarni koʻchirib oʻtqazishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955129" id="-955129">qurilishga toʻsqinlik qiluvchi imoratlar va inshootlarni buzishga; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955130" id="-955130">suv va yerdan maxsus foydalanishga.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955132" id="-955132">11. Obyekt qurilishi boshlangungacha kechi bilan 10 kun oldin buyurtmachi dalolatnoma boʻyicha bosh pudratchiga maydonning geodezik joylashtirish asosiga va qurilish hududiga birkitilgan punktlarga ushbu maydonning belgilariga doir texnik hujjatlarning aslida mavjudligiga amaliy isbotlagan tarzda topshirishga majburdir. Geodezik joylashtirish asosining tarkibi va hajmlari qurilish boʻyicha meʼyoriy hujjatlar talablariga mos kelishi kerak. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955134" id="-955134">12. Qurilish tugatilgandan soʻng bosh pudratchi buyurtmachiga qurilish davrida va u tugagungacha saqlanadigan geodeziya va rejalashtirish ishlari olib borilayotganda belgilanadigan geodezik belgilarning joylashish sxemalarini va koordinatlar hamda balandliklarning kataloglarini berishga majburdir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955135" id="-955135">13. Qurilish uchun kontrakt tuzilayotganda buyurtmachi bilan bosh pudratchi uning alohida shartlarda amaldagi qonunga, mazkur Nizomga, qurilish meʼyorlari va qoidalariga amal qilib, qurilishni tashkil etish va ishlarni amalga oshirish loyihalaridan, obyekt qurilishining aniq shartlaridan kelib chiqqan holda boshqa xil oʻzaro majburiyatlarni ham nazarda tutadilar.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-955137" id="-955137">IV. Qurilishni materiallar, konstruksiyalar, buyumlar<br />va texnologik asbob-uskunalar bilan taʼminlash </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955139" id="-955139">1. Qurilishni qurilish-montaj ishlarini bajarish uchun zarur boʻlgan materiallar, konstruksiyalar, buyumlar, shuningdek, erkin sotib olinadigan barcha asbob-uskunalar va apparaturalar bilan taʼminlash bosh pudratchi va subpudratchining vazifasi hisoblanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955140" id="-955140">Tomonlarning kelishuviga koʻra buyurtmachi materiallar va asbob-uskunalar yetkazib berish uchun zavodlar yoki boshqa mahsulot yetkazib beruvchilar (sotuvchilar) bilan tuzilgan shartnomalar (kontraktlar)ni bosh pudratchiga ularni amalga oshirish uchun berishi mumkin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955141" id="-955141">Buyurtmachi yetkazib beradigan mahsulotlarning hajmlari va turlari qurilish uchun kontraktga ilova hisoblanadigan roʻyxat bilan rasmiylashtiriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955142" id="-955142">Buyurtmachi tomonidan texnologik va nostandart asbob-uskunalarni, armatura va maxsus materiallarni qurilish maydoniga yetkazib berish bosh pudratchi bilan kelishilgan jadvalga muvofiq amalga oshiriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955143" id="-955143">2. Pudratchi zarur boʻlgan hollarda buyurtmachi bilan kelishib olish uchun pollar, devorlar va shiftlarni qoplash materiallari, santexnika va elektr texnika uskunalari, mebel va boshqa materiallar hamda buyumlarning namunalarini, sifat shahodatnomalarini va maʼlumotnomalarni taqdim etadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955144" id="-955144">3. Bosh pudratchi buyurtmachining roziligi bilan qurilish-montaj ishlarini bajarish chogʻida binolar va inshootlarni buzishdan yoki yoʻl-yoʻlakay topilgan materiallar va konstruksiyalardan foydalanishi mumkin. Ushbu materiallar va konstruksiyalarning ishga yaroqliligi buyurtmachi, pudratchi va loyihalovchi bilan birgalikda aniqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955145" id="-955145">4. Buyurtmachi tomonidan yetkazib beriladigan, montaj qilinishi kerak boʻlgan asbob-uskuna va materiallar bosh pudratchiga yoki uning ishonchnomasiga binoan dalolatnomalar boʻyicha subpudratchiga qurilishni tashkil etish loyihasida koʻzda tutilgan obyekt yaqinidagi omborlarda, standartlar va texnik shartlar talablariga muvofiq toʻliq va soz holda, tomonlar bilan kelishilgan qurilish jadvalda nazarda tutilgan muddatda topshiriladi. Ogʻir vaznli, yirik hajmli asbob-uskunalar buyurtmachi tomonidan obyekt yaqinidagi omborda yoki kelishuvga muvofiq montaj ishlari doirasida yoki yiriklashtirish (yigʻish) maydonida topshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955146" id="-955146">Agar yirik hajmli uskunalar texnik shartlarga muvofiq ularni tayyorlash uchun qurilish maydoniga sochilgan holda, alohida qismlar holida yetkazib berilsa, u holda yiriklashtirilgan uzel qilib yigʻishni taʼminlash buyurtmachining vazifasi hisoblanadi. Yirik hajmli uskunalarni yigʻish va tayyorlash montaj qiluvchi subpudratchi tashkilot tomonidan buyurtmachi bilan tuzilgan bevosita kontrakt (shartnoma) boʻyicha va buyurtmachining yoki oʻzining mablagʻlari hisobiga bajarilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955147" id="-955147">5. Uskunalarni omborlarda saqlash shart-sharoitlari standartlar, qurilish meʼyorlari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi kerak. Uskunalar meʼyordan ortiqcha muddatda saqlangan taqdirda, montaj qilishdan oldin ular muddatni oʻtkazib yuborishda aybdor boʻlgan tashkilot mablagʻi hisobiga taftish qilinishi lozim. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955149" id="-955149">6. Uskunalarni qabul qilish chogʻida bosh pudratchi va subpudratchi tomonidan ularning notoʻliqligi va montaj qilish yoki sinab koʻrish chogʻida kamchiligi aniqlangan taqdirda bosh pudratchi yoki subpudratchilar bu haqda buyurtmachini xabardor qilishlari va uskunani tayyorlagan zavodga yoki uni yetkazib beruvchiga daʼvo qilish uchun tegishli dalolatnomani tuzishda qatnashishlari, ushbu uskunaning toʻliq boʻlishini yoki uni texnik jihatdan eng qisqa muddatda, agar bu tovar yetkazib berish shartnomasida nazarda tutilgan boʻlsa, almashtirishni talab qilishlari kerak. Dalolatnomani tuzish mahsulot yetkazib berish yuzasidan kontrakt tuzgan tomonning vazifasiga kiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955151" id="-955151">7. Obyektlar qurilishi xorijiy asbob-uskuna komplekti negizida yoki kompensatsiya bitimlari asosida amalga oshirilgan taqdirda buyurtmachi xorijiy firma bilan uskunalarni yetkazib berish va montaj qilishni kelishib olish uchun bosh pudratchini va montaj qilish tashkilotlarini jalb qilishga majburdir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955152" id="-955152">8. Bosh pudratchiga buyurtmachi tomonidan beriladigan materiallar, buyumlar va asbob-uskunalar uchun hisob-kitoblar hamda bosh pudratchining qabul qilish, saqlash va ularni tashish xarajatlarini qoplash qurilish uchun kontraktning alohida shartlarida belgilangan tomonlar kelishgan narxlar va shartlar boʻyicha amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955153" id="-955153">9. Bosh pudratchi va subpudratchilar obyektni komplektlash uchun ularga berilgan uskunalarning obyekt kompleks sinab koʻrish uchun buyurtmachiga berilgungacha saqlanishi uchun javob beradilar. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-955155" id="-955155">V. Ishlarni bajarish va xizmat koʻrsatish <br />shart- sharoitlarini taʼminlash </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955157" id="-955157">1. Buyurtmachi buzilishi, koʻchirilishi yoki qayta tiklanishi kerak boʻlgan binolarda yashovchi shaxslarni koʻchirishi va qurilishni tashkil etishga toʻsqinlik qiluvchi binolar va inshootlarni tomonlar bilan kelishilgan muddatda buzishni yoki qurilish maydonidan koʻchirishni taʼminlashi zarur qurilish qiymatining yigʻma smeta hisob-kitobida nazarda tutilgan va shartnomaviy narxlar tarkibiga kirgan qurilish maydonini boʻshatish bilan bogʻliq qurilish-montaj ishlari tomonlar kelishgan muddatda pudratchi tashkilot tomonidan bajariladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955159" id="-955159">2. Buyurtmachi bosh pudratchi bilan kelishilgan muddatlarda oʻz kuchi bilan buziladigan, koʻchiriladigan yoki qayta tiklanadigan obyektlardagi uskunalarni, texnologik oʻtkazish quvurlarini, apparaturalarni, mexanizmlar va qurilmalarni qismlarga ajratishi, ishlab turgan tarmoqlarni uzib qoʻyishi kerak. Tomonlarning kelishuviga koʻra koʻrsatilgan ishlarni bajarish tegishli toʻlovni toʻlash sharti bilan bosh pudratchiga topshirilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955160" id="-955160">3. Ishlab turgan korxonalarni kengaytirish, qayta tiklash va texnikaviy qayta jihozlash chogʻida qurilish maydonini ajratib berishning imkoni boʻlmay qolgan hollarda buyurtmachi pudratchiga ishlar koʻlamini taqdim etishi maydonini boʻshatishni va bosh pudratchi hamda subpudratchining ish joylarini ishlarni bajarishga toʻsqinlik qiluvchi barcha inshootlar, omborxona, binolar va chiqindilardan bosh pudratchi bilan kelishilgan tartibda va muddatda boʻshatib berishi, shuningdek, oʻz hisobidan korxonani asosiy faoliyati bilan bogʻliq qurilishdagi texnika xavfsizligi (himoya qypilmalapi oʻrnatish, yongʻindan saqlash va qurishni taʼminlash) boʻyicha chora-tadbirlarni taʼminlashi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955162" id="-955162">4. Qurilish maydonini oʻzlashtirish jarayonida yoki qurilish ketayotganda ishlab turgan yer osti inshootlari va konstruksiyalarini ochish loyiha yechimlariga muvofiq va ulardan foydalanuvchi tashkilotning nazoratida bosh pudratchi tomonidan amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955163" id="-955163">5. Qurilishni tashkil etish loyihasiga muvofiq buyurtmachi bosh pudratchiga oʻzining asosiy fondlaridan qurilish ehtiyojlari uchun foydalanilishi mumkin boʻlgan (amortizatsiya ajratmalari boʻyicha haq toʻlash sharti bilan) binolar va inshootlarni ijaraga beradi, shuningdek, bosh pudratchiga oʻz ustaxonalari va boshqa yordamchi ishlab chiqarishlardan foydalanish imkonini beradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955164" id="-955164">6. Bosh pudratchi pardozlash ishlari toʻliq tugagungacha boʻlgan davrda buyurtmachi uchun qurilayotgan binolar va inshootlardan vaqtincha va haq toʻlamasdan ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun (bu binolar va inshootlarni shartlashilgan muddatlarda toʻliq soz holda topshirish sharti bilan) foydalanish huquqiga egadir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955166" id="-955166">7. Buyurtmachi qurib bitkazilgan binolar va inshootlardan obyekt qurilishi toʻliq nihoyasiga yetgungacha (agar bu bosh pudratchining bundan keyingi ishlariga toʻsqinlik qilmasa) foydalanishi mumkin. Bunday hollarda buyurtmachi ushbu binolar va inshootlarni bosh pudratchidan dalolatnoma boʻyicha qabul qilib va obyekt toʻliq topshirilgungacha (qabul qilib olingungacha) ularning saqlanishi uchun javob berishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955168" id="-955168">8. Buyurtmachida oʻzining suv, gaz, bygʻ, elektr taʼminoti obyektlari va boshqa yordamchi qurilmalari boʻlgan taqdirda u bosh pudratchiga amaldagi narxlar va tariflar boʻyicha haq toʻlash sharti bilan ulardan foydalanish huquqini beradi. Agar amaldagi narxlar va tariflar smeta narxlaridan yuqori boʻlsa, buyurtmachi narxlardagi farqni qoplaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955169" id="-955169">Shaharlar va aholi yashash joylaridan tashqarida, shuningdek, oʻzlashtirilmagan joylardagi obyektlarda yangidan boshlanadigan qurilishni suv, gaz, issiqlik va elektr energiyasi bilan taʼminlash uchun obyektlar va qurilmalar qurish bosh pudratchi tomonidan, qurilish uchun smetalarda nazarda tutilgan buyurtmachining mablagʻlapi hisobiga amalga oshiriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955172" id="-955172">9. Ishlab chiqarishga ilgari berilgan loyiha-smeta hujjatlariga buyurtmachi tomonidan oʻzgartirishlar kiritilishi bilan bogʻliq barcha xarajatlar va zararlarni buyurtmachi oʻzgartirilgan hujjatlar berilgandan soʻng 10 kun muddatda tuzilgan dalolatnoma asosida bosh pudratchiga toʻlashi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955175" id="-955175">10. Buyurtmachi tomonidan obyekt qurilishini konservatsiya qilish yoki butunlay toʻxtatib qoʻyish haqidagi qarorga kelingan hollarda qurilish boʻyicha tuzilgan kontrakt bekor qilinadi, ayrim obyektlar qurilishi konservatsiya qilingan yoki toʻxtatib qoʻyilgan taqdirda esa kontraktga qoʻshimcha kelishuv bilan aniqlik kiritiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955177" id="-955177">11. Qurilish kontrakti quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955181" id="-955181">vakolatli organlar qaroriga va tomonlarning tashabbusiga koʻra; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955184" id="-955184">kelishib olingan qurilish jadvalida nazarda tutilgan qurilish-montaj ishlarining bajarilish muddatlari bosh pudratchi tomonidan muntazam ravishda buzib kelinganligi va ular sifatining pastligi tufayli; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955186" id="-955186">buyurtmachi bilan amaliy hamkorlik qilishdan doimiy ravishda bosh tortishlar tufayli;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955187" id="-955187">kontraktda nazarda tutilgan majburiyatlar buyurtmachi tomonidan muntazam ravishda buzilishi tufayli;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955189" id="-955189">pul bilan taʼminlovchi bank tomonidan buyurtmachi toʻlash qobiliyatiga ega emas deb eʼlon qilingan taqdirda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955192" id="-955192">12. Qurilish kontrakti buyurtmachi va bosh pudratchiga bogʻliq boʻlmagan quyidagi sabablarga koʻra bekor qilinishi mumkin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955196" id="-955196">respublika Hukumatining qaroriga binoan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955197" id="-955197">jamiyatga qarshi unsurlarning zoʻravonlik harakatlari, ish tashlashlar natijasida;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955200" id="-955200">materiallar va uskunalarni tashib kelishdagi kechikishlar tufayli; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955202" id="-955202">qurilish obyektlarining buzilishiga va toʻliq yoʻq boʻlib ketishiga olib kelgan tabiiy ofatlar tufayli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955194" id="-955194">13. Qurilish uchun kontrakt tuzilgandan va belgilangan muddatda moliyaviy taʼminot ochilgandan soʻng 10 kun muddatda buyurtmachi bosh pudratchining aylanma mablagʻlarini qurilishning yillik shartlashilgan qiymatining kamida 15 foizi miqdorida, agar qurilish shart-sharoitlari koʻplab mablagʻlapni talab qilmasa, uning hisobiga avans puli oʻtkazish yoʻli bilan toʻldirib boradi. Bosh pudratchi tomonidan haqiqiy bajarilgan qurilish-montaj ishlari uchun joriy toʻlovlarni buyurtmachi, berilgan avansni qoplashga mutanosib qismini va bajarilgan ishlar qiymatining 5 foizini chegirib qolgan holda, har oyda amalga oshiradi, u bosh pudratchiga qurilish toʻliq yakunlangandan va buyurtmachiga topshirilgandan soʻng toʻlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955204" id="-955204">14. Kontraktda tomonlar tomonlarning xoʻjalik tavakkalchiliklari xususiyatlariga, ularning moliyaviy ahvoliga va boshqa omillarga qarab toʻlovlar va hisob-kitoblarning boshqa shartlari va tartiblarini nazarda tutishlari mumkin.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-955212" id="-955212">VI. Shartnoma boʻyicha kelishmovchiliklarni hal qilish <br />va mulkiy javobgarlik </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955213" id="-955213">1. Ishlarni toʻxtatib qoʻyish yoki kontraktni bekor qilishga olib keluvchi vaziyatlar paydo boʻlgan hollarda tomonlar bunday vaziyatlarni qayd etilgan oqibatlarning oldini olish maqsadida, muzokaralar olib borish yoʻli bilan hal qilishga intilishlari kerak. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955214" id="-955214">Agar kelishmovchiliklarni hal qilishning iloji boʻlmasa, nizo tegishli xoʻjalik sudida hal etiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955215" id="-955215">2. Dastlabki kontraktdan oldingi shartnoma bekor qilingan va qurilish uchun kontrakt tuzish rad etilgan taqdirda aybdor tomon ikkinchi tomonga kontraktdan oldingi shartnomada kelishilgan miqdorda jarima toʻlaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955216" id="-955216">3. Mazkur Nizomning III-boʻlimidagi <a href="/mact/-891330#-955087">5</a> va <a href="/mact/-891330#-955110">9-bandlarda </a>koʻrsatilgan hujjatlarni topshirish muddatlarini buzganlik uchun, III boʻlimidagi <a href="/mact/-891330#-955105">7 </a>va <a href="/mact/-891330#-955107">8-bandlarda </a>nazarda tutilgan muddatlarda qurilish yuzasidan kontraktni taqdim etishni kechiktirganlik uchun aybdor tomon ikkinchi tomonga har bir kechiktirilgan kun uchun eng kam oylik ish haqining 3 baravari miqdorida jarima toʻlaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955217" id="-955217">4. Buyurtmachi quyidagi kontrakt majburiyatlariga rioya qilmaganligi yoki ularni tegishli ravishda bajarmaganligi uchun bosh pudratchi oldida quyidagicha mulkiy javobgar boʻladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955218" id="-955218">tegishli nazorat organlari va tashkilotlarining mazkur Nizomning III boʻlimi <a href="/mact/-891330#-955117">10-bandida</a> koʻzda tutilgan tegishli ishlarni amalga oshirish uchun ruxsat berganligi toʻgʻrisidagi hujjatlarni kechiktirganlik va maydonning geodezik taqsimoti hamda qurilish maydoniga biriktirilgan hududda ushbu maydonning punktlari va belgilarini topshirishni kechiktirganlik uchun — har bir kechiktirilgan kun uchun eng kam oylik ish haqining 2 baravari miqdoridagi jarima;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955220" id="-955220">uskunalar, materiallar va buyumlarni montaj qilish uchun, shuningdek, uskunalarni montaj qilish uchun zarur boʻlgan materiallar va buyumlarni topshirish muddatlarini buzganlik uchun — oʻz muddatida topshirilmagan uskuna materiallar, alohida buyumlar qiymatining 1 foizidan 4 foizigacha miqdordagi jarima;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955221" id="-955221">montaj qilish uchun nokomplekt uskuna topshirganlik uchun, agar nokomplektlilik ushbu uskunani montaj qilishga toʻsqinlik qilsa, topshirilgan nokomplekt uskuna qiymatining (etishmayotgan qismlar (detallar) qiymatini ham qoʻshgan holda) 5 foizi miqdoridagi jarima; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955222" id="-955222">qurilayotgan obyekt boʻyicha tuzilgan kontraktga qoʻshimcha bitim tayyorlash uchun qayta tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlarini topshirishni kechiktirganlik uchun — kechiktirilgan har bir kun uchun eng kam oylik ish haqining 2 baravari miqdoridagi jarima;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955223" id="-955223">qurilishni tashkil etish loyihasiga muvofiq tegishli tashkilotlarning mavjud suv, gaz, bugʻ, issiqlik, elektr energiyasi manbalaridan foydalanish uchun ularga ulash huquqini beruvchi ruxsat toʻgʻrisidagi hujjatlarni ishlar boshlangungacha va kamida bir oy oldin topshirishni kechiktirganlik uchun — kechiktirilgan har bir kun uchun eng kam oylik ish haqining 2 baravari miqdoridagi jarima;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955224" id="-955224">buzilishi lozim boʻlgan binolarni topshirishni va qurilish maydonlaridan magistral elektr uzatish liniyalarini temir yoʻllarni, yer osti tarmoqlari va kommunikatsiyalarni hamda qurilish maydoniga ajratilgan joydagi qurilishga xalaqit beruvchi boshqa muhandislik inshootlarini koʻchirish uchun ruxsatnomalarni kechiktirganlik uchun — kechiktirilgan har bir kun uchun eng kam oylik ish haqining 2 baravari miqdoridagi jarima; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955225" id="-955225">qurilishi tugallangan obyektni, uning alohida navbatini, ishga tushirish kompleksini, mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat koʻrsatish uchun tayyorlab qoʻyilgan binoni, inshootni qabul qilib olishni boshlashni bosh pudratchining ularni topshirish toʻgʻrisidagi xabarini olgan kundan boshlab 5 kundan ortiq kechiktirganlik uchun kechiktirilgan har bir kun uchun bazaviy shartnoma narxlarning 0,05 foizi miqdoridagi penya, ammo u kuniga eng kam oylik ish haqining 5 baravaridan kam boʻlmasligi kerak;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955226" id="-955226">konservatsiya, qilingan yoki qurilishi toʻxtatilgan qurilish obyektlari va ularning tarkibiga kiruvchi binolar va inshootlar, moddiy boyliklarni qabul qilishni kechiktirganlik va bosh pudratchi tomonidan bajarilgan qurilish-montaj ishlari uchun hisob-kitoblarni kechiktirganlik uchun — kechiktirilgan har bir kun uchun shartnomaviy narxlarning 0,05 foizi miqdorida penya, ammo u kuniga eng kam oylik ish haqining 5 baravaridan kam boʻlmasligi kerak; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955228" id="-955228">qurilish uchun kontrakt tuzilgan kundan boshlab mablagʻ bilan taʼminlashni 15 kundan ortiq kechiktirganlik uchun — kechiktirilgan har bir kun uchun eng kam oylik ish haqining 2 baravari miqdoridagi jarima toʻlanadi.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-955229" id="onLBC-955229">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6925"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.14.00 Qurilish sohasidagi nazorat va huquqbuzarliklar uchun javobgarlik]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955229" id="-955229">5. Bosh pudratchining kontrakt boʻyicha majburiyatlarni buzganlik uchun buyurtmachi oldidagi mulkiy javobgarligi turlari:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955240" id="-955240">obyekt, uning navbati, ishga tushirish kompleksi, mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat koʻrsatish uchun tayyorlab qoʻyilgan bino, inshoot qurilishini oʻz vaqtida tugallamaganligi uchun—kechiktirilgan har bir kun uchun bazaviy narxlarning 0,05 foizi miqdoridagi penya, ammo u buyurtmachiga topshirgungacha kuniga eng kam oylik ish haqining 15 baravaridan oshmasligi kerak;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955241" id="-955241">buyurtmachi bilan tuzilgan kontrakt boʻyicha montaj va boshqa ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladigan uskunalarni montaj qilish maydonlarini topshirish muddatlarini buzganlik uchun — kechiktirilgan har bir kun uchun (bazaviy smeta narxlari boʻyicha) uskuna qiymatining 0,03 foizi miqdoridagi penya, ammo u kuniga eng kam oylik ish haqining 5 baravaridan koʻp boʻlmasligi kerak; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955242" id="-955242">loyiha-smeta hujjatlari asosida pudrat kontraktiga alohida shartlarda belgilangan yerlarni qayta unumdor qilish boʻyicha ishlarning muddatlarini va hajmlarini buzganlik uchun — kechiktirilgan har bir kun uchun eng kam oylik ish haqining 2 baravari miqdoridagi jarima; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955244" id="-955244">bosh pudratchi tomonidan ishlar va konstruksiyalarda yoʻl qoʻyilgan va buyurtmachining mualliflik nazorati bilan, nazoratchi organlar tomonidan qurilish jarayonida va oraliq qabul qilish paytlarida aniqlangan chala ishlar va kamchiliklarni, ularni bartaraf qilish maqsadida koʻpi bilan xar biriga belgilangan 30 kun muddatdan kechiktirganlik uchun — kechiktirgan har bir kun uchun eng kam oylik ish haqining 2 baravari miqdoridagi jarima.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955245" id="-955245">Agar pudratchi tomonlar belgilagan muddatda kamchiliklarni bartaraf etmagan boʻlsa, buyurtmachi yoki foydalanuvchi tashkilot kamchiliklarni oʻz kuchi bilan pudratchi hisobidan bartaraf etishi mumkin, bunda kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha ishlar qiymatining 50 foizi miqdorida jarima undiriladi.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-955246" id="onLBC-955246">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6925"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.14.00 Qurilish sohasidagi nazorat va huquqbuzarliklar uchun javobgarlik]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955246" id="-955246">6. Bosh pudratchi qurib bitkazilgan obyektlar va qurilish hamda montaj ishlarini dalolatnoma bilan buyurtmachiga toʻliq topshirgandan soʻng kontrakt yoki unga alohida shartlarda koʻrsatilgan kafolat muddatlari ichida kamchiliklarni oʻz hisobidan bartaraf etish kerak.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-955248" id="onLBC-955248">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6925"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.14.00 Qurilish sohasidagi nazorat va huquqbuzarliklar uchun javobgarlik]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955248" id="-955248">7. Bajarilgan ishlar, ikkinchi tomonga berilgan (sotilgan) materiallar uchun yoki koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlar bank tizimlarida belgilangan muddatlardan kechiktirilgan hollarda aybdor tomon ikkinchi tomonga kechiktirilgan har bir kun uchun 0,04 foiz miqdorida penya toʻlaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955250" id="-955250">Toʻlov hujjatlarini imzolashni asossiz ravishda toʻla yoki qisman rad etish tomonning boshqa tomon (kreditor) foydasiga toʻlov summasining 5 foizi miqdorida jarima toʻlashiga sabab boʻladi. </div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-955249" id="onLBC-955249">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6925"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.14.00 Qurilish sohasidagi nazorat va huquqbuzarliklar uchun javobgarlik]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955249" id="-955249">8. Qurilish uchun kontrakt tuzish chogʻida tomonlar amaldagi qonun hujjatlari va mazkur Nizomda belgilanmagan boshqa majburiyatlarni bajarmaganlik ychun javobgarlikni, buzilish uchun sanksiyalarni nazarda tutishlari mumkin.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-955251" id="onLBC-955251">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6925"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.14.00 Qurilish sohasidagi nazorat va huquqbuzarliklar uchun javobgarlik]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955251" id="-955251">9. Kontrakt boʻyicha majburiyatlarni bajarmaganlik uchun mazkur Nizomda nazarda tutilgan sanksiyalardan tashqari kontraktni buzgan tomon ikkinchi tomonga jarima, penya toʻlash bilan qoplanmagan xarajatlarda, mulkning yoʻqolishi yoki shikastlanishida ifodalangan summada haqiqiy zararlarning oʻrnini toʻldiradi.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-955252" id="onLBC-955252">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6925"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.14.00 Qurilish sohasidagi nazorat va huquqbuzarliklar uchun javobgarlik]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955252" id="-955252">10. Jarima, penyani toʻlash, shuningdek, majburiyatlarni bajarmaganligi yoki lozim darajada ijro etmaganligi uchun zararlarning oʻrnini toʻldirish tomonlarni naturadagi majburiyatlarni bajarishdan ozod qilmaydi, amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-955253" id="-955253"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-955254" id="-955254">Vazirlar Mahkamasining <br />1993-yil 21-iyuldagi 369-son <a href="/mact/-891330#-955009">qaroriga </a><br />2-ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-955255" id="-955255">Obyektlarni foydalanishga tayyor holda qurishni <br />tashkil etish toʻgʻrisida </div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-955256" id="-955256">NIZOM </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-955257" id="-955257"></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-955258" id="-955258">I. Umumiy qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955259" id="-955259">1. Mazkur Nizom obyektlarni foydalanishga tayyor holda qurishda investitsiya jarayoni qatnashchilari toʻgʻrisidagi oʻzaro tashkiliy-iqtisodiy va huquqiy munosabatlarni tartibga soladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955260" id="-955260">2. Obyektlarni foydalanishga tayyor holda qurish usuli foydalanish, xizmat koʻrsatish uchun topshirishga tayyorlab qoʻyilgan obyektlarning investitsiya jarayonining barcha bosqichlarini boshqarish funksiyalarini bir tashkiliy tuzilmada toʻplash asosida qurilishini taʼminlashni nazarda tutadi va u tayyor qurilish mahsuloti (loyihalash-qurilish-montaj ishlarini bajarish, shu jumladan, qurilishlarni texnologik va muhandislik uskunalari bilan butlash-foydalanishga topshirish) yaratishning yagona uzluksiz kompleks jarayoni sifatida amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955261" id="-955261">Qurilishni kontrakt asosida tashkil etish toʻgʻrisidagi Nizom va mazkur Nizom asosida tuziladigan foydalanishga tayyor holda qurish kontrakti obyektlarni foydalanishga tayyor holda qurishda investitsiya jarayoni qatnashchilari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarning asosi hisoblanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955262" id="-955262">3. Quyidagilar obyektlarni foydalanishiga tayyor holda qurishdagi investitsiya jarayoni qatnashchilari hisoblanadilar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955263" id="-955263">bundan buyon “buyurtmachi” deb ataladigan obyektlar qurilishi boʻyicha buyurtmachilar (mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar) — vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, korxonalar, birlashmalar, jamoat tashkilotlari, xorijiy investorlar; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955264" id="-955264">bundan buyon “bosh pudratchilar” deb ataladigan bosh pudratchi tashkilotlar (mulkchilik shaklidan qatʼi nazar) — qurilish korporatsiyalari, konsernlar, uyushmalar, trestlar loyiha-sanoat-qurilish (loyiha-qurilish), vositachi tashkilotlar va firmalar. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955267" id="-955267">Bosh pudratchi buyurtmachi oldida investitsiya davrining barcha bosqichlaridagi ishlar kompleksini amalga oshirish boʻyicha kontraktning bajarilishi uchun iqtisodiy javobgardir; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955266" id="-955266">bundan buyon “subpudratchilar” deb ataladigan, loyihalarda nazarda tutilgan maxsus ish turlarini bajarish uchun kontrakt asosida jalb qilingan (mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar) subpudratchi qurilish tashkilotlari, ixtisoslashtirilgan qurilish, qurilish-montaj, ishga tushirish-sozlash tashkilotlari va boshqa tashkilotlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955268" id="-955268">Subpudratchi bosh pudratchi oldida subpudrat kontraktida kelishilgan ishlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun iqtisodiy javobgardir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955270" id="-955270">4. Obyektni foydalanishga tayyor holda qurish uchun pudrat kontrakti buyurtmachi bilan bosh pudratchi oʻrtasida tuziladi, amaldagi normativ hujjatlarga muvofiq “loyihalash — qurish, montaj va maxsus qurilish ishlari”, uskunalarni yetkazib berish va montaj qilish shuningdek, mahsulot chiqarish bilan ishga tushirish-sozlash ishlari jarayonining bajarilishini nazarda tutadi. </div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-955271" id="onLBC-955271">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6914"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.03.00 Kapital qoʻyilmalar. Investitsiyalar (qurilishni moliyalashtirish). Narxlar shakllanishi]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955271" id="-955271">5. Obyektlarni foydalanishga tayyor holda qurish chogʻidagi investitsiya jarayoni qatnashchilarining oʻzaro munosabatlari kapital qurilish sohasidagi amaldagi normativ hujjatlar, qurilishni kontrakt asosida tashkil etish toʻgʻrisidagi Nizom, shuningdek, mazkur Nizom bilan tartibga solinadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-955272" id="-955272">II. Obyektlarni foydalanishga tayyor holda qurishni <br />tashkil etish shakllari </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955273" id="-955273">1. Uy-joylarni va boshqa ijtimoiy obyektlarni foydalanishga tayyor holda qurishga oʻtish investitsiya jarayoni qatnashchilarining faoliyati tuzilishi va vazifasi jihatidan qayta qurilishi lozim. Bunday hollarda investitsiya jarayonini boshqarish samaradorligini oshirish maqsadida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955274" id="-955274">pudratchi tashkilotlarda buyurtmachi xizmatlarini va shaharlarda yagona buyurtmachi xizmatlarni barpo etish hamda ushbu xizmatlar ixtiyorida hokimliklar, korxonalar va tashkilotlarning rejalarida nazarda tutilgan uy-joylar va ijtimoiy obyektlar qurilishi uchun ajratilgan kapital mablagʻlapni jamlashni; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955275" id="-955275">boshqaruvning tashkiliy shakllari — loyiha hujjatlarini ishlab chiqishdan boshlab foydalanishga topshirish yoki xizmat koʻrsatish uchun tayyorlab qoʻyilgan obyektlarni buyurtmachilarga topshirishgacha boʻlgan barcha jarayonlarni mustaqil ravishda amalga oshira oladigan loyiha-sanoat-qurilish (loyihalash-qurish) birlashmalarini tashkil etishni; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955276" id="-955276">moddiy-texnika taʼminoti va qurilishni texnologik asbob-uskunalar bilan butlash va bozor sharoitlariga moslashtirilgan boshqa tizimlarni yaratishni taʼminlash zarur. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955277" id="-955277">2. Oʻtkazish quvurli, temir yoʻl, avtomobil transporti, aloqa, energetika, suv xoʻjaligi qurilish obyektlarini foydalanishga tayyor holda qurishga oʻtish tarmoqning pudratchi va boshqa tashkilotlarini shu usulda ishlashga oʻtkazish asosida tarmoq prinsipi boʻyicha amalga oshiriladi. Tanlab olingan koʻlamga koʻra pudratning yangi turiga ixtisoslashtirilgan qurilish birlashmalari, loyihalash-qurish birlashmalari, qurilish-montaj (ixtisoslashtirilgan) trestlari va boshqalar oʻtkazilishi mumkin. Shu bilan bir vaqtda tarmoq (korxona, birlashma)ning investitsiya jarayoni qatnashchilari faoliyatini tashkiliy tuzilishi va vazifasi jihatdan qayta qurish, shuningdek, manfaatdor hokimliklar ishtirokida oʻzlariga qarashli tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qilish masalalarini tartibga solish amalga oshiriladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-955278" id="-955278">III. Vazifalarni buyurtmachilar va bosh pudratchilar <br />oʻrtasida taqsimlash </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955280" id="-955280">1. Obyektlarni foydalanishga tayyor holda qurish tizimi asosiy vazifalarni buyurtmachilar va bosh pudratchilar oʻrtasida quyidagicha taqsimlashni nazarda tutadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955281" id="-955281"><strong>Buyurtmachilar:</strong> </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955282" id="-955282">bosh pudratchilarga mikrorayonlar, kvartallar, shaharsozlik komplekslari, posyolkalar va qishloq aholi yashash joylari qurilishining tasdiqlangan loyihalarini, ishlab chiqarish maqsadlaridagi obyektlar hamda uy-joy-xoʻjalik obyektlari va alohida binolar, inshootlar qurilishining bazaviy narxlarda tasdiqlangan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarini taqdim etadilar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955283" id="-955283">foydalanuvchi tashkilotlar bilan birgalikda xomashyo, materiallar, yoqilgʻi-energetika resurslarini oʻz vaqtida yetkazib berishni, amaldagi normativ hujjatlarda nazarda tutilgan ishga tushirish-sozlash ishlarini amalga oshirishda zarur boʻlgan foydalanuvchi kadrlarni qabul qilish va toʻldirishni taʼminlaydilar. Zarur boʻlgan hollarda koʻrsatib oʻtilgan kadrlarni kelishilgan muddatlarga bosh pudratchi (subpudratchi) tashkilotlar tarkibiga beradilar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955285" id="-955285">bosh pudratchidan qurilishi tugallangan obyektlarni qabul qilib olishni taʼminlaydilar va qabul qilib olingan obyektlarni foydalanuvchi tashkilotlar balansiga topshirishni amalga oshiradilar, shuningdek, tugallangan qurilishlar boʻyicha hisob-kitoblarni bajaradilar. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955286" id="-955286"><strong>Bosh pudratchilar:</strong> </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955287" id="-955287">oʻz kuchlari bilan yoki tashqi loyiha-qidiruv tashkilotlari bilan shartnoma boʻyicha ishchi loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishni taʼminlaydilar. Ishchi hujjatlarni texnologik izchillikni va qurilishning aniq shartlarini hisobga oluvchi hajmlarda va muddatlarda mustaqil topshirishni amalga oshiradilar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-990008" id="-990008">qurilish-montaj va maxsus qurilish ishlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini, qurilishlarni texnologik va materiallar bilan butlashni taʼminlaydilar, obyektni foydalanishga topshirish uchun zarur boʻlgan ishga tushirish-sozlash ishlarini amalga oshiradilar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955289" id="-955289">buyurtmachiga obyektni tasdiqlangan loyiha va kontraktda kelishib olingan talablarga muvofiq kontrakt majburiyatlari bilan belgilangan muddatlarda topshirishni taʼminlaydilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955291" id="-955291">2. Buyurtmachi, bosh pudratchi va subpudratchi tomonidan bajariladigan har bir funksiya boʻyicha vazifalarni aniq taqsimlash tegishli pudrat va subpudrat kontraktlarini tuzish chogʻida qurilishning aniq sharoitlariga qarab aniqlashtiriladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-955297" id="-955297">IV. Investitsiya jarayoni qatnashchilari oʻrtasidagi <br />shartnomaviy munosabatlar </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955298" id="-955298">1. Buyurtmachi bosh pudratchi bilan obyektni foydalanishga tayyor holda qurish yuzasidan kontrakt tuzadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955299" id="-955299">2. Kontrakt kiritilgan ishlarning qiymati qurilishdagi shartnomaviy narxlarni belgilash Tartibiga muvofiq aniqlanadigan shartnomaviy narx boʻyicha qabul qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955300" id="-955300">3. Foydalanishga tayyor holda qurishni amalga oshirayotgan bosh pudratchi loyiha va smetalarda belgilangan ehtiyojlarga muvofiq moddiy-texnika resurslari, uskunalar bilan taʼminlashni tashkil etadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955301" id="-955301">Qurilishlarni texnologik asbob-uskunalar, buyumlar va materiallar bilan butlash qurilishni kontrakt asosida tashkil etish toʻgʻrisidagi Nizomda (II qismning <a href="/mact/-891330#-955071">4-bandi </a>— foydalanishga tayyor holda qurish kontrakti va II qismning <a href="/mact/-891330#-955074">6-bandi </a>— materiallar yetkazib beruvchi zavodlar bilan kontraktlar) belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955302" id="-955302">Uskunalarni yetkazib berish muddatlari bosh pudratchi tomonidan qurilishning boshqa qatnashchilari va butlovchi tashkilotlar bilan kelishilgan holda qurilish-montaj ishlarini bajarish jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955303" id="-955303">4. Bosh pudratchi obyektlarni foydalanishga topshirishni taʼminlash uchun ishga tushirish-sozlash ishlari boʻyicha kontrakt tuzadi. Ishga tushirish-sozlash ishlarining qiymati alohida smeta bilan aniqlanadi va asosiy faoliyat mablagʻlari hisobidan buyurtmachi tomonidan toʻlanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-955304" id="-955304">V. Qurilishni mablagʻ va kredit bilan taʼminlash</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955305" id="-955305">1. Bosh pudratchining obyektni buyurtmachiga foydalanishga tayyor holda koʻrib topshirgungacha qilgan xarajatlari bosh pudratchining mablagʻlari, buyurtmachining avanslari yoki banklarning kreditlari hisobiga qoplanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955306" id="-955306">Obyektlarni foydalanishga tayyor holda qurishni mablagʻ bilan taʼminlash belgilangan tartibda, normativ muddatlar doirasida, qurilishni tashkil etish loyihasiga toʻla muvofiq ravishda butun davr davomida amalga oshiriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955307" id="-955307">Pudratchiga foydalanishga tayyor holda qurishga berilgan bank krediti uchun foizlar toʻlashga mablagʻlar qurilishning normativ muddatlaridan kelib chiqqan holda shartnoma narxida nazarda tutiladi. qurilishning normativ muddati buzilganda oshirilgan foizlar aybdor tomonning hisobidan toʻlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955308" id="-955308">Agar buyurtmachida mablagʻlap boʻlsa, bosh pudratchi bank kreditlaridan foydalanmasligi ham mumkin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955309" id="-955309">2. Buyurtmachi bosh pudratchi bilan mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat koʻrsatishga tayyorlab quyilgan, qurilishi tugallangan obyektni dalolatnoma boʻyicha qabul qilib olgandan soʻng shartnoma narxlari boʻyicha hisob-kitob qilishni amalga oshiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955310" id="-955310">Bosh pudratchi subpudratchi bilan uzil-kesil hisob-kitoblarni u shartnoma narxlari belgilanadigan tegishli ish turlari komplekslarini nihoyasiga yetkazganidan soʻng amalga oshiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955311" id="-955311">3. Obyektlarni foydalanishga tayyor holda qurishda nihoyasiga yetkazilmagan qurilishlar boʻyicha sarf-xarajatlar obyekt foydalanishga topshirilgunga qadar bosh pudratchi balansida boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955312" id="-955312">4. Foydalanishga tayyor holda qurishda bosh pudratchi tomonidan bajariladigan faoliyatning barcha turlari boʻyicha hisob-kitob va hisobot “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-955313" id="-955313"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-955314" id="-955314">Vazirlar Mahkamasining <br />1993-yil 21-iyuldagi 369-son <a href="/mact/-891330#-955009">qaroriga </a><br />3-ILOVA </div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-955315" id="onLBC-955315">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6914"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.03.00 Kapital qoʻyilmalar. Investitsiyalar (qurilishni moliyalashtirish). Narxlar shakllanishi]</span></div></div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-955315" id="-955315">Bozor munosabatlari sharoitlarida qurilishdagi <br />shartnomaviy narxlarni belgilash </div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-955316" id="-955316"><strong>TARTIBI </strong></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-955317" id="-955317"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955318" id="-955318">1. Mazkur tartib Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar va tashkilotlar tomonidan qurilish mahsulotiga shartnomaviy narxlarni shakllantirishda yagona uslub taʼminlash uchun moʻljallangan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955319" id="-955319">2. Shartnomaviy narxlar bozorda vujudga kelayotgan shart-sharoitlarni, materiallar, qoʻllaniladigan mashina va mexanizmlar qiymatning oʻzgarishini, pudratchi tashkilotning ishlab chiqarishni kengaytirishi uchun zarur boʻlgan daromad olishini taʼminlashni hisobga olgan holda shakllantiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955320" id="-955320">3. Buyurtmachi va pudratchining qaroriga muvofiq qurilish mahsulotiga shartnomaviy narxlarning quyidagi ikki xili qoʻllanilishi mumkin: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955321" id="-955321">butun qurilish davrida oʻzgarmaydigan qatʼi yoki uzil-kesil shartnomaviy narx; narxlarning bunday xili texnik jihatdan murakkab boʻlmagan, qurilish muddati bir yildan oshmaydigan obyektlar uchun tavsiya etiladi. Bunday narxlar tarkibida ahdlashuvchi tomonlar hisoblab chiqqan va kelishib olgan, oldindan belgilanadigan tuzatish, indeks va koeffitsiyentlar qoʻllash yoʻli bilan pudratchining xoʻjalik tavakkalligini qoplashni taʼminlaydigan mablagʻlar hisobga olinishi mumkin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955322" id="-955322">qurilishda foydalaniladigan materiallar narxining, mehnatga haq toʻlash shartlarining oʻzgarishi, shartnomaviy narxda hisobga olinmagan boshqa xarajatlarning yuzaga kelishi munosabati bilan qurilish jarayoni davomida kontrakt shartlariga binoan aniqlanadigan erkin kelishilgan narxlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955323" id="-955323">Erkin narxlar kontrakt boʻyicha tomonlar belgilab qoʻygan cheklangan darajaga ega boʻlishi mumkin. Kontraktga muvofiq cheklangan darajani oshirmasdan qurilish jarayonida pudratchining asoslovchi hujjatlari asosida narx aniqlashtiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955324" id="-955324">Bozor munosabatlari shakllanishining dastlabki davrida, pulning qadrsizlanishi kuchayib borayotganligini va loyihalashning birinchi bosqichida qurilishning uzil-kesil qiymatini aniqlashning iloji yoʻqligini hisobga olgan holda, texnik jihatdan murakkab obyektlar uchun qurilish mahsulotining erkin kelishilgan narxlarini qoʻllash tavsiya etiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955325" id="-955325">4. Qurilish mahsulotiga shartnomaviy narxlarni butun qurilishga obyektlar boʻyicha shartnomaviy narxlar asosida shakllantirish maqsadga muvofiqdir. Ayrim hollarda, maxsus qurilish sharoitlarida shartnomaviy narxlarni tegishli ish hajmlariga lokal smetalar boʻyicha belgilashga yoʻl qoʻyiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955326" id="-955326">5. Qurilish mahsulotiga shartnomaviy narxlar kapital qurilish, qayta qurish, modernizatsiya, asosli tuzatish uchun kontrakt tuzilayotganda buyurtmani va pudratchi tomonidan oʻzaro teng asosda belgilanadi hamda smeta qiymatining bazaviy darajasi, mehnat va material resurslarining, mashina va mexanizmlar mashina-soatining smeta-meʼyoriy xarajatlari va pudrat tashkilotlarining bozor munosabatlari bilan yuzaga kelgan qoʻshimcha sarflaridan shakllanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955327" id="-955327">6. Qurilish smeta qiymatining bazaviy darajasi smeta meʼyorlari va baholarini Oʻzbekiston Respublikasida qurilish ishlari shart-sharoitlari uchun qoʻllashning umumiy qoidalari (SNiR-91 Uz) hamda Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 12-martdagi 126-son <a href="/mact/-401519">qaroriga </a>muvofiq belgilanadi. 1994-yil 1-yanvargacha smeta qiymatining bazaviy darajasini 1984-yilgi narxlarda, tasdiqlangan tarmoq indekslari boʻyicha 1991-yilgi narxlarga qayta hisoblagan holda, belgilashga ruxsat etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955328" id="-955328">Bozor munosabatlari shakllanishi bilan yuzaga kelgan pudrat tashkilotlarining bazaviy qiymatidan ortiqcha quyidagi qoʻshimcha sarf-xarajatlari (kompensatsiyalar) yigʻma smeta hisob-kitobi boʻyicha hisobga olinadi: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955329" id="-955329">qurilishda band boʻlgan ishchilar ish haqining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan joriy yilga belgilangan eng kam ish haqi miqdori bilan 1991-yilgi narxlardagi eng kam ish haqi miqdori orasidagi farq sifatida aniqlangan koʻpayishi. Bu farqga ijtimoiy sugʻurta ajratmalari qoʻshib hisoblanadi. Aholini ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish jamgʻarmasiga ajratmalar asosiy ish haqining koʻpayishini hisobga olgan holda amalga oshiriladi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955330" id="-955330">smeta meʼyorlari nazarda tutilgan 1991-yilgi narxlarga nisbatan erkin (bozor) narxlarda sotib olinadigan material resurslarining qimmatlashuvi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955331" id="-955331">Pudrat kontrakti tuzilayotgan paytda asosiy materiallar va konstruksiyalarning qiymatini belgilab qoʻyish tavsiya etiladi. Koʻrsatilgan qiymatdan oshirish faqat buyurtmachi bilan kelishilgan holda amalga oshirilishi mumkin; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955332" id="-955332">qurilish mashinalari va mexanizmlaridan foydalanish qiymatining 1991-yilgi bazaviy narx bilan joriy reja hisoblangan narxlardagi haqiqiy qiymat orasidagi farq sifatida aniqlangan qimmatlashuvi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955333" id="-955333">Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 12-martdagi 126-son <a href="/mact/-401519">qapori </a>bilan qabul qilingan bazaviy darajaga nisbatan qoʻshimcha xarajatlarning koʻpayishi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955334" id="-955334">uy-joy-kommunal xoʻjaligi zararlarini qoplashga, belgilangan meʼyorlar bilan qoplanmaydigan ijtimoiy soha obyektlarini, kashshoflar lagyerlarini, boshqalarni saqlashga xarajatlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955335" id="-955335">vaqtinchalik binolar va inshootlarga qoʻshimcha xarajatlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955336" id="-955336">qurilish-montaj ishlari ish davrida olib borilgandagi qoʻshimcha xarajatlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955337" id="-955337">bank krediti uchun yigʻma smeta hisob-kitobida nazarda tutilganidan ortiqcha miqdordagi toʻlov. Obyekt imtiyozli kredit hisobidan qurilganda toʻlov imtiyozli foiz miqdorida qabul qilinadi, tijorat krediti hisobidan qurilganda esa kredit toʻlovi tomonlarning kelishuviga koʻra qoplanadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955338" id="-955338">uzluksiz mehnat staji uchun qoʻshimcha taʼtillarga haq toʻlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955339" id="-955339">koʻp yil ishlaganligi uchun mukofotlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955340" id="-955340">isteʼmolga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar tarkibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomada nazarda tutilgan Mehnat haqi fondiga kiruvchi qoʻshimcha haqning boshqa turlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955341" id="-955341">pudrat tashkilotlarining mahsulot (ishlar, xizmatlar)ning tannarxiga kiritiladigan mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish boʻyicha xarajatlar toʻgʻrisidagi Nizomga hamda hukumat va iqtisodiy idoralar tomonidan qabul qilinadigan qarorlarga muvofiq boshqa xarajatlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955342" id="-955342">tomonlarning kelishuviga koʻra qurilish mahsulotiga belgilanadigan shartnomaviy narxlar tarkibida hisobga olinadigan boshqa xarajatlar. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955343" id="-955343">Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan qoʻshimcha xarajatlar qoʻshimcha xarajatlarni, rejadagi jamgʻarma va limitlangan xarajatlarni qoʻshmasdan aniqlanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955344" id="-955344">Qurilish mahsuloti erkin narxidan hamda qurilish qiymati yigʻma smeta hisob-kitobi yigʻindisidan soʻng qoʻshimcha qiymatga solinadigan soliq toʻlash boʻyicha xarajatlarni qoplashga sarflanadigan mablagʻlap koʻrsatiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955345" id="-955345">7. Tomonlarning kelishuviga koʻra shartnomaviy narx tarkibida qoplanadigan quyidagi xarajatlar yangidan ishlab chiqilayotgan smeta hujjatlariga kiritilmaydi, ilgari ishlab chiqilganidan chiqarib tashlanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955347" id="-955347">elektr energiyasi qiymatidagi farqi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955348" id="-955348">tilogʻoch qoʻllash bilan bogʻliq qoʻshimcha xarajatlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955350" id="-955350">uyushgan holda ishchilar olishga xarajatlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955351" id="-955351">obyektlarni ishga tushirganlik uchun mukofotlashga mablagʻlar; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955352" id="-955352">Mehnatga haq toʻlashning ishbay usulini qoʻllash bilan bogʻliq xarajatlar; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955354" id="-955354">alyuminiy, zanglamaydigan poʻlatdan va boshqalardan tayyorlangan metall konstruksiyalarni sotish narxidagi farq uchun qoʻshimcha haq; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955355" id="-955355">ishlarning koʻchma xususiyatiga xarajatlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955358" id="-955358">“Oʻzdehqonchilikqurilish” va “Oʻzkolxozqurilish” birlashmalari uchun qurilish-montaj ishlarining smeta qiymatiga qoʻllaniladigan tuzatishlar bilan bogʻliq mablagʻlar. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955362" id="-955362">8. Bozor munosabatlari sharoitlarida narx belgilash omillarining nobarqarorligini hisobga olib, kontraktning alohida shartlarida quyidagi mazmundagi bandni nazarda tutish tavsiya etiladi: “Bajarilgan” qurilish-montaj va taʼmirlash-qurish ishlari uchun hisob-kitoblar asoslovchi hujjatlar (mahsulot yetkazib beruvchilarning schyotlari, toʻlov hujjatlari bilan yetkazib berish shartnomalari, zavodning kalkulatsiyalari va boshqalar) taqdim etilganda xamda narx belgilashni tartibga soluvchi keyingi chiqqan qonun va normativ hujjatlarni hisobga olgan holda haqiqatda qilingan xarajatlar boʻyicha amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955363" id="-955363">9. Qurilish mahsulotiga erkin (shartnomaviy) narxlarni belgilashning mazkur tartibini Oʻzbekiston Respublikasi hududida qurilish va asosli tuzatishni amalga oshirayotgan, idoraviy boʻysunishidan va mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, barcha tashkilotlar tomonidan qoʻllanilishi tavsiya etiladi,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955364" id="-955364">10. Shartnomaviy narxlarni hisoblashni “UzNIIPgradostroitelstvo” instituti tomonidan ishlab chiqilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat qurilish ishlari qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan bozor munosabatlari sharoitlarida qurilish smeta qiymatini aniqlashda kompensatsiyalarni hisoblashga doir metodik qoʻllanma boʻyicha amalga oshirish tavsiya etiladi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-955386" id="-955386"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-955387" id="-955387">Vazirlar Mahkamasining<br />1993-yil 21-iyuldagi 369-son <a href="/mact/-891330#-955009">qaroriga </a><br />4-ILOVA </div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-955388" id="onLBC-955388">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6680"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.03 Uy-joy qurilishini kreditlash. Ipoteka;</span></div><div id="LBC6914"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.03.00 Kapital qoʻyilmalar. Investitsiyalar (qurilishni moliyalashtirish). Narxlar shakllanishi]</span></div></div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-955388" id="-955388">Obyektlarni muddatidan ilgari ishga tushirganliklari uchun<br /> pudratchi tashkilotlar va buyurtmachilarga imtiyozli kreditlar <br />berish va qurilishning meʼyoriy muddatlarini buzganlik uchun <br />sanksiyalar qoʻllash boʻyicha</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-955389" id="-955389">TAVSIYALAR</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-955390" id="-955390"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955391" id="-955391">Bank muassasasi hisobiga kapital mablagʻ ajratishda korxonalar va tashkilotlarga, ularning kapital qurilish boʻyicha rejalarni bajarishiga hamda hisob-kitob va hisobotning ahvoliga qarab tabaqalashtirilgan yondashuv taʼminlanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955392" id="-955392">1. Ishga tushirish muddatlari tugagan qurilish va obyektlarga bank tomonidan kredit berish, buyurtmachi va pudratchi tomonidan bankka obyektni joriy yilda foydalanishga topshirishni taʼminlash boʻyicha tadbirlar taqdim etilganda, oshirilgan (25 punktgacha) foizlarda amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955395" id="-955395">Ishga tushirish muddati qayta uzaytirilganda bank obyektini kredit bilan taʼminlashni toʻxtatadi va berilgan kreditlarni muddatidan oldin qaytarishni talab qiladi. Bunda hisoblangan oshirilgan foiz stavkalari ishlab turgan korxonalar boʻyicha uning hisob schyotiga, yangi qurilishlar boʻyicha esa uning yuqori tashkilotiga taqdim qilinadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955396" id="-955396">Obyekt qurilishini kredit bilan taʼminlash toʻxtatilganda berilgan qarz ham shu tartibda undirib olinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955397" id="-955397">2. Kapital qurilishga berilgan kreditlardan maqsadga muvofiq foydalanilmaganligi aniqlangan taqdirda bank kredit berishni toʻxtatadi, maqsadga muvofiq ishlatilmagan kreditning 25 foizigacha jarima undirgan holda, ilgari berilgan kreditlarni qaytarib oladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955398" id="-955398">3. Nazorat oʻlchovlari vaqtida bajarilgan qurilish-montaj, loyihalash-qidiruv, parmalash, geologik qidiruv, taʼmirlash-qurish, ishga tushirish-sozlash ishlarining hajmlari va qiymatini oshirib koʻrsatganlik, shuningdek, shartnoma narxlarini notoʻgʻri qoʻllaganlik uchun bank taʼminlanmagan qarzlarni undirib oladi hamda oshirib koʻrsatilgan summaning 10 foizi miqdorida jarima soladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955399" id="-955399">Ishlar pudrat usulida bajarilganda qayd etilgan jarima buyurtmachidan va pudratchidan undirib olinadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955400" id="-955400">4. Obyektlarni foydalanishga tayyor holda qurishning meʼyoriy muddatlarini buzganlik uchun pudratchiga nisbatan ushbu tavsiyalarning <a href="/mact/-891330#-955392">1-bandida </a>koʻrsatilgan sanksiyalar qoʻllaniladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955401" id="-955401">5. Obyektlar muddatidan kamida 3 oy oldin foydalanishga topshirilganda bank foiz stavkalarini 3-punktgacha pasaytirishi mumkin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955402" id="-955402">6. Tashkilot qurilishlar va obyektlarni foydalanishga topshirishni tezlashtirgani uchun bankir unga boshqa xildagi ustunliklar ham berishi mumkin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-955403" id="-955403">Foiz stavkalari, qoʻllaniladigan sanksiyalar va ragʻbatlantirishlar bank bilan xoʻjalik organi oʻrtasida tuzilgan kredit shartnomasida nazarda tutiladi. </div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
