Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash boʻyicha summalarni toʻlanishini va yuridik shaxslarning davlat ijtimoiy sugʻurtasi xarajatlari boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 20-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2262-2]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2016-yil 5-oktabrdagi 78, 2016-34 va 341-V-sonli “Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash boʻyicha summalarning toʻlanishini hamda tashkilotlar tomonidan pensiya, nafaqa va boshqa toʻlovlar uchun xarajatlar amalga oshirilishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2836, 03.11.2016-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 338-modda), “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sugʻurtasi toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-y., 9-son, 480-modda) va “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 1-son, 1-modda) qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 12-songa 1-ilova), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-dekabrdagi PF-4161-son “Fuqarolarning pensiya taʼminoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 52-son, 559-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 52-son, 560-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 9-avgustdagi 47, 2011-25 va 23/2-son qarori (roʻyxat raqami 2262, 2011-yil 9-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 37-son, 383-modda) bilan tasdiqlangan Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash boʻyicha summalarni toʻlanishini va yuridik shaxslarning davlat ijtimoiy sugʻurtasi xarajatlari boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga, ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2013-yil 20-noyabr,
106-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 20-noyabr,
2013-45-son
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2013-yil 20-noyabr,
320-V-2-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy bank Boshqaruvining 2013-yil 20-noyabrdagi 106, 2013-45, 320-V-2-son qaroriga ILOVA
Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash boʻyicha summalarni toʻlanishini va yuridik shaxslarning davlat ijtimoiy sugʻurtasi xarajatlari boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Bunda talabnoma oʻrnatilgan tartibda rahbarlik vazifalarini amalga oshiruvchi shaxs, buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxs, shuningdek yuridik shaxsning ijtimoiy sugʻurta boʻyicha Komissiya raisi (vakili) tomonidan imzolangan boʻlishi lozim.
Agar talabnomani qabul qilish muddatining soʻnggi kuni dam olish yoki bayram (ishlanmaydigan) kunlariga toʻgʻri kelib qolgan hollarda, keyingi ish kuni talabnomani qabul qilish muddatining soʻnggi kuni hisoblanadi.”;
3. Quyidagi mazmundagi 191 — 1915-bandlar bilan toʻldirilsin:
“191. Birinchi marotaba talabnoma bilan murojaat qiladigan yuridik shaxslar Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimida mazkur Nizomning 4b-ilovasidagi shakl boʻyicha Yuridik shaxslarni roʻyxatga olish kitobiga qayd etiladi.
Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimi tomonidan yuridik shaxslarning har biri boʻyicha talabnomalar va boshqa tegishli hujjatlar (hisobot, solishtirma dalolatnoma va boshqalar) uchun alohida yigʻmajild ochiladi.
192. Talabnoma mazkur Nizomning 196-bandida belgilangan holatlardan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimi tomonidan qabul qilinadi. Qabul qilingan talabnoma mablagʻlarga ehtiyojni aniqlash, buxgalteriya hisobi va hisoboti sektori xodimi (keyingi oʻrinlarda masʼul xodim deb yuritiladi) tomonidan mazkur Nizomning 4v-ilovasidagi shakl boʻyicha Yuridik shaxslarning talabnomalarini roʻyxatga olish kitobiga (keyingi oʻrinlarda Roʻyxatga olish kitobi deb yuritiladi) qayd etiladi va roʻyxatga olish shtamp izi bosiladi.
193. Yuridik shaxslar tomonidan taqdim etilgan talabnomalarning toʻgʻriligini, hisobotlar va solishtirma dalolatnomalarning asosliligini oʻrganish maqsadida Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimida Talabnomalar, hisobotlar va solishtirma dalolatnomalarni asosliligini tekshirish boʻyicha komissiya (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb yuritiladi) tuziladi.
Komissiya quyidagi tarkibda tashkil etiladi:
Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimi boshligʻi — komissiya raisi;
Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari — mablagʻlarga ehtiyojni aniqlash, buxgalteriya hisobi va hisoboti sektori rahbari — komissiya raisi oʻrinbosari;
mablagʻlarga ehtiyojni aniqlash, buxgalteriya hisobi va hisoboti sektori bosh inspektori hamda pensiya va nafaqalar toʻlovi monitoringi guruhi rahbari — komissiya aʼzolari.
194. Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimi boshligʻi topshirigʻiga asosan Komissiya tomonidan quyidagi talablarga asosiy eʼtibor qaratilgan holda, talabnoma, hisobot va solishtirma dalolatnomalarning normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiqligi yuzasidan koʻrib chiqiladi:
talabnoma, hisobot va solishtirma dalolatnomalarning tuzilishi va rasmiylashtirilishi belgilangan shaklga muvofiqligi, shuningdek masʼul shaxslarning imzolari va yuridik shaxs muhrlarining mavjudligiga;
talabnoma maʼlumotlarining Roʻyxatga olish kitobiga qayd etilgan maʼlumotlarga muvofiqligi;
talabnoma va reyestrning muvofiqligi, toʻlovlar amalga oshirish uchun asos boʻlgan birlamchi hujjatlarning (zarur hollarda) mavjudligi;
toʻlov amalga oshirilishi talab qilingan summa va sanalarning belgilangan meʼyorlarga muvofiqligi;
hisobotda koʻrsatilgan summalarning taqdim etilgan talabnomalarda koʻrsatilgan summalar bilan, shuningdek solishtirma dalolatnomalarning moliyalashtirilgan mablagʻlar bilan muvofiqligi;
talabnoma, hisobot va solishtirma dalolatnomalar, shuningdek boshqa parametrlar boʻyicha boshqa hujjatlardagi maʼlumotlarning Pensiya jamgʻarmasi kompyuter maʼlumotlar bazasiga toʻgʻri kiritilganligi.
Qabul qilingan talabnomalar Komissiya tomonidan har oyning 12-sanasidan kechiktirmay koʻrib chiqilishi lozim.
Koʻrib chiqish natijasi boʻyicha Komissiya har bir talabnoma boʻyicha xulosa qabul qiladi va mazkur Nizomning 4g-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimi talabnoma, hisobot va solishtirma dalolatnomalari haqqoniyligini oʻrganish boʻyicha komissiya dalolatnomasi rasmiylashtiradi (keyingi oʻrinlarda dalolatnoma deb yuritiladi).
195. Komissiya tomonidan tuzilgan dalolatnoma Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimi boshligʻida alohida yigʻmajildda saqlanadi.
196. Yuridik shaxslar tomonidan taqdim etilgan talabnoma, hisobot va solishtirma dalolatnomalar quyidagi hollarda qaytariladi:
talabnoma, hisobot va solishtirma dalolatnomalar belgilangan shaklda tuzilmagan va rasmiylashtirilmaganda, shuningdek ularda masʼul shaxslarning imzolari yoki yuridik shaxsning muhri boʻlmaganda;
talabnomaga reyestr ilova qilinmaganda;
talabnoma va ilova qilingan reyestr summalari oʻrtasida farqlar mavjud boʻlganda;
ikkilamchi 888 ShHR hisobvaragʻi mavjud boʻlmagan taqdirda (budjet tashkilotlari bundan mustasno);
talabnoma rasmiylashtirilgandan soʻng unga oʻzgartirishlar va tuzatishlar kiritilgan boʻlsa;
yuridik shaxslar tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar va Pensiya jamgʻarmasi kompyuter maʼlumotlar bazasida mavjud maʼlumotlar oʻrtasida tafovut mavjud boʻlganda;
yuridik shaxs birlamchi hujjatlar topshirilishidan bosh tortgan taqdirda;
hisobot va solishtirma dalolatnomalar maʼlumotlari bilan talabnomalar maʼlumotlari oʻrtasida tafovut mavjud boʻlganda;
kerakli hujjatlar belgilangan muddatdan kech taqdim etilganda.
197. Komissiya tomonidan ijobiy xulosa qabul qilingan talabnoma Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimining mablagʻlarga ehtiyojni aniqlash, buxgalteriya hisobi va hisoboti sektoriga ijro va toʻlovni moliyalashtirish uchun yuboriladi.
198. Har oyda talabnomani qabul qilishning soʻnggi kuniga qadar qabul qilingan va Komissiya tomonidan dalolatnoma bilan rasmiylashtirilgan talabnomalar boʻyicha yuridik shaxslarning jamlanma talabnomasi tuziladi.
199. Jamlanma talabnomalar Komissiya tomonidan rasmiylashtirilgan hisobotlar, solishtirma dalolatnomalar va Roʻyxatga olish kitobidagi yozuvlarni solishtirish orqali koʻrib chiqiladi. Rasmiylashtirilgan hujjatlar toʻgʻriligi tasdiqlangandan soʻng Komissiya aʼzolari tomonidan imzolanadi.
1910. Jamlanma talabnoma Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimi muhri bilan tasdiqlanadi va talabnomalardagi maʼlumotlarning asosliligi toʻgʻrisida Komissiya aʼzolari tomonidan imzolangan kafolat xatiga ilova qilinib, Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmasiga taqdim etiladi.
Jamlanma talabnoma bilan birga Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmasiga Roʻyxatga olish kitobi ham taqdim etiladi.
1911. Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan taqdim etilgan jamlanma talabnomalar Pensiya jamgʻarmasining tegishli hududiy boshqarmasida tuzilgan Jamlanma talabnomalarning asosliligini tekshirish boʻyicha maxsus komissiya (keyingi oʻrinlarda Maxsus komissiya deb yuritiladi) tomonidan koʻrib chiqiladi.
Maxsus komissiya quyidagi tarkibda tashkil etiladi:
Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmasi boshligʻi — Maxsus komissiya raisi;
Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari — Maxsus komissiya raisi oʻrinbosari;
buxgalteriya hisobi va hisoboti boʻlimi va mablagʻlarni boshqarish, pensiya va nafaqalar toʻlovi monitoringi boʻlimi boshliqlari — Maxsus komissiya aʼzolari.
1912. Jamlanma talabnomalar Maxsus komissiya tomonidan Pensiya jamgʻarmasi kompyuter maʼlumotlar bazasiga kiritilgan maʼlumotlarni rasmiylashtirilgan hisobotlar, dalolatnomalar va Roʻyxatga olish kitobiga kiritilgan yozuvlar bilan solishtirilgan holda tekshirib chiqiladi, zarur hollarda esa yuridik shaxslar tomonidan taqdim etilgan talabnoma yoki birlamchi hujjatlar talab qilinadi.
1913. Jamlanma talabnoma Roʻyxatga olish kitobi bilan solishtirilgandan soʻng, Roʻyxatga olish kitobining hisobot oyidagi soʻnggi yozuvi talabnomalar taqdim etgan yuridik shaxslarning soni, talabnomaning umumiy summasi haqidagi yozuvlar kiritilib Maxsus komissiya aʼzolarining imzolari bilan yopiladi va Pensiya jamgʻarmasi hududiy boshqarmasining muhr izi bilan tasdiqlanadi. Yozuv yopilgandan soʻng Roʻyxatga olish kitobi yozuvlariga oʻzgartirish yoki qoʻshimchalar kiritish taqiqlanadi.
1914. Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan taqdim etilgan va Maxsus komissiya tomonidan koʻrib chiqilgan jamlanma talabnomalar umumlashtiriladi hamda Maxsus komissiya aʼzolari tomonidan imzolanib, Pensiya jamgʻarmasi hududiy boshqarma muhri bilan tasdiqlangan holda mazkur Nizomning 4g-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmasi talabnoma, hisobot va solishtirma dalolatnomalari haqqoniyligini tekshirish boʻyicha maxsus komissiya dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari kesimidagi umumlashtirilgan talabnomalar har oyning 15-sanasiga qadar talabnomalardagi maʼlumotlarning asosliligi toʻgʻrisida Maxsus komissiya aʼzolari tomonidan imzolangan kafolat xatiga ilova qilinib, Pensiya jamgʻarmasi ijro etuvchi apparatiga taqdim etiladi.
1915. Yuridik shaxslarga moliyalashtirilgan mablagʻlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar masʼul xodim tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligining tegishli boʻlinmasining belgisi qoʻyilgan toʻlov hujjatlariga asosan Pensiya jamgʻarmasi kompyuter maʼlumotlar bazasiga kiritiladi, shuningdek mablagʻlar qoldigʻi, kirim va chiqimining hisobi yuritiladi.”;
4. Quyidagi mazmundagi 211 — 215-bandlar bilan toʻldirilsin:
“211. Pensiya jamgʻarmasining ijro etuvchi apparati Pensiya jamgʻarmasi hududiy boshqarmalari tomonidan taqdim etilgan umumlashtirilgan talabnomalarga asosan:
joriy toʻlov oyining 15-kunigacha — oʻtgan oyning ehtiyoji hisob-kitobidan kelib chiqib 50 % miqdoridagi summani;
joriy toʻlov oyining 27-kunigacha — amaldagi ehtiyojning taqdim etilgan miqdoridan qolgan summani moliyalashtiradi.
212. Pensiya jamgʻarmasi hududiy boshqarmalari mablagʻlarni ikki bank ish kuni davomida Pensiya jamgʻarmasining tegishli tuman (shahar) boʻlimlariga moliyalashtirilishini amalga oshirishi lozim.
213. Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari mablagʻlarni taqdim etilgan talabnomalarga asosan ikki bank ish kuni davomida tegishli yuridik shaxslarga moliyalashtirilishini amalga oshirishi lozim.
214. Yuridik shaxslarni moliyalashtirish uchun toʻlov hujjatlari faqat Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimi boshligʻi (vazifasini bajaruvchi shaxs) tomonidan imzolanishi lozim.
Yuridik shaxslarni moliyalashtirish uchun toʻlov hujjatlari mazkur Nizomning 4d-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimi tomonidan toʻlov hujjatlarini roʻyxatga olish kitobiga qayd etiladi.
215. Bank ish kuni yakuni boʻyicha masʼul xodim tomonidan toʻlov hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi tegishli boʻlinmasining shtamp izi bosilgan hisobvaraqlarning koʻchirmasi alohida yigʻmajildga tikiladi. Toʻlov hujjatining nusxalari tegishli yuridik shaxsning yigʻmajildiga tikiladi.”.
5. 26-banddan “, kredit uyushmalari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
6. Quyidagi mazmundagi 281-282-bandlar bilan toʻldirilsin:
“281. Yuridik shaxslar tomonidan taqdim etilgan hisobot va solishtirma dalolatnomalar hisobot davrida Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimiga taqdim etilgan talabnomalar va moliyalashtirilgan mablagʻlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shuningdek Pensiya jamgʻarmasi kompyuter maʼlumotlar bazasiga kiritilgan axborotlar bilan solishtiriladi.
Solishtirish oʻtkazilgandan soʻng, hisobotlar va solishtirma dalolatnomalar Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimi masʼul xodimi tomonidan imzolangan va shtamp bosilgan holda qabul qilinadi.
282. Yuridik shaxslar tomonidan taqdim etilgan talabnoma, hisobot va solishtirma dalolatnomalar Komissiya tomonidan koʻrib chiqilgandan soʻng har bir yuridik shaxsning alohida yigʻmajildiga tikiladi.”.
7. Quyidagi mazmundagi 291-292-bandlar bilan toʻldirilsin:
“291. Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan oʻtgan oyda yuridik shaxslarni moliyalashtirish amalga oshirilganligi va hisobot oyidan keyingi oyning 1-sanasiga mablagʻlar qoldigʻi toʻgʻrisida hisobot tuziladi. Belgilangan shaklda rasmiylashtirilgan hisobot Pensiya jamgʻarmasining tegishli hududiy boshqarmasiga hisobot oyidan keyingi oyning 5-sanasiga qadar taqdim etiladi.
292. Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan taqdim etilgan oylik hisobotlar Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari tomonidan Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari kesimida umumlashtiriladi. Jamlanma hisobot Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari tomonidan hisobot oyidan keyingi oyning 15-sanasiga qadar Pensiya jamgʻarmasining ijro etuvchi apparatiga taqdim etiladi.”.
8. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 1 — 4-ilovalariga muvofiq tahrirda 4b — 4d-ilovalar bilan toʻldirilsin.
9. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. XAITOV
2013-yil 20-noyabr
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi T. NARBAYEVA
2013-yil 20-noyabr
Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash boʻyicha summalarni toʻlanishini va yuridik shaxslarning davlat ijtimoiy sugʻurtasi xarajatlari boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 1-ILOVA
“Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash boʻyicha summalarni toʻlanishini va yuridik shaxslarning davlat ijtimoiy sugʻurtasi xarajatlari boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4b-ILOVA
Yuridik shaxslarni roʻyxatga olish
kitobi
1-varaq
№
Yuridik shaxsning STIR raqami
Yuridik shaxsning toʻliq nomi
Manzili
Xizmat koʻrsatuvchi bank MFOsi
Bank nomi
Bankdagi hisob raqami
Shaxsiy gʻazna hisobvaraqasi
1
2
3
4
5
6
7
8
2-varaq
XXTUT
KTUT
Telefon raqami
Yuridik shaxs rahbarining F.I.O.
Yuridik shaxs bosh hisobchisi F.I.O
Roʻyxatga olingan sana
Izoh
9
10
11
12
13
14
15
”.
Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash boʻyicha summalarni toʻlanishini va yuridik shaxslarning davlat ijtimoiy sugʻurtasi xarajatlari boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 2-ILOVA
“Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash boʻyicha summalarni toʻlanishini va yuridik shaxslarning davlat ijtimoiy sugʻurtasi xarajatlari boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4v-ILOVA
Yuridik shaxslarning talabnomalarini roʻyxatga olish
kitobi
№
Qabul qilingan sana
Yuridik shaxsning STIRi
Yuridik shaxsning toʻliq nomi
Yuridik shaxsning roʻyxat raqami
Talabnoma miqdori (summasi)
Izoh
1
2
3
4
5
6
7
”.
Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash boʻyicha summalarni toʻlanishi va yuridik shaxslarning davlat ijtimoiy sugʻurtasi xarajatlari boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 3-ILOVA
“Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash boʻyicha summalarni toʻlanishini va yuridik shaxslarning davlat ijtimoiy sugʻurtasi xarajatlari boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4g-ILOVA
Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining _____________ tuman (shahar) boʻlimi (hududiy boshqarmasi) talabnoma, hisobot va solishtirma dalolatnomalari haqqoniyligini tekshirish boʻyicha komissiya (Maxsus komissiya)
DALOLATNOMASI
“____”_______________ 20___ yil
Quyida imzo chekuvchilar tomonidan tashkilotlar taqdim etgan talabnoma (hisobot, solishtirma dalolatnoma)larning haqqoniyligi oʻrganib chiqildi va tekshiruvlar natijasiga koʻra quyidagicha xulosa qilindi:
T/r
Talabnoma qabul qilingan sana
Yuridik shaxsning STIRi
Talabnoma taqdim etgan yuridik shaxs nomi
Yuridik shaxsning roʻyxat raqami
Talabnoma miqdori (summasi)
Xulosa (Moliyalashtirish uchun ijroga berilsin, qayta rasmiylashtirilish va aniqlik kiritish uchun yuridik shaxsga qaytarilsin va boshqalar)
1
2
3
4
5
6
7
Shundan
100% pensiya toʻloviga
— _________ (soni) _______________ (summasi)
50% pensiya toʻloviga
— _________ (soni) _______________ (summasi)
EKIH 45% kompensatsiya toʻloviga
— _________ (soni) _______________ (summasi)
EKIH 18% kompensatsiya toʻloviga
— _________ (soni) _______________ (summasi)
bola tugʻilishi munosabati bilan nafaqa toʻloviga
— _________ (soni) _______________ (summasi)
dafn marosimi uchun nafaqa toʻloviga 16 yoshgacha nogiron bolalarning ota-onalariga
— _________ (soni) _______________ (summasi)
qoʻshimcha dam olish kuni uchun toʻlovlarga
— _________ (soni) _______________ (summasi)
Komissiya (Maxsus komissiya) raisi
________________
M.Oʻ.
Komissiya (Maxsus komissiya) raisi oʻrinbosari
________________
Komissiya (Maxsus komissiya) aʼzolari:
________________
________________
________________ ”.
Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash boʻyicha summalarni toʻlanishini va yuridik shaxslarning davlat ijtimoiy sugʻurtasi xarajatlari boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 4-ILOVA
“Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash boʻyicha summalarni toʻlanishini va yuridik shaxslarning davlat ijtimoiy sugʻurtasi xarajatlari boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4d-ILOVA
Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining _____________ tuman (shahar) boʻlimi tomonidan toʻlov hujjatlarini roʻyxatga olish KITOBI
№
Sana (kun/oy/yil)
Toʻlov hujjati raqami
Moliyalashtirilgan mablagʻ (summasi)
Yuridik shaxs STIRi
Moliyalashtirilgan yuridik shaxs nomi
Yuridik shaxsning roʻyxat raqami
Toʻlov maqsadi
Izoh
1
2
3
4
5
6
7
8
9
”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 51-son, 681-modda)