Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
1997-yilda paxta yigʻim-terim mavsumini tashkiliy ravishda oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
1997-yil paxta hosilini yigʻishtirib olishga oʻz vaqtida tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish, paxta mahsuloti hajmlarini koʻpaytirish va sifatini yaxshilashda qishloq xoʻjaligi xodimlarining moddiy manfaatdorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Paxta yigʻim-terimi mavsumiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish davomida paydo boʻluvchi masalalarni tezkorlik bilan hal etish uchun
1-ilovaga muvofiq tarkibda Respublika komissiyasi tuzilsin.
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari, “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi va “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasi xoʻjaliklarning yigʻim-terimga tayyorligini puxta tahlil qilsinlar va moddiy-texnika bazaning yigʻim-terimga va paxta tayyorlashga 1-sentabrgacha tayyorlab qoʻyilishini va yigʻim-terim mavsumini yuqori tashkiliy darajada oʻtkazishni taʼminlovchi qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrsinlar.
3. Paxta tolasi davlat xaridi hajmi Vazirlar Mahkamasining “1997-yilda paxta yetishtirish hajmlari toʻgʻrisida” 1996-yil 13-dekabrdagi 441-son
qaroriga muvofiq belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi jahon bozorida paxta tolasi narxining 80 foizi darajasidan kelib chiqib paxtani qayta ishlash va tolani transportda tashish xarajatlarini hisobga olib 1997-yil hosili paxta xom ashyosining yangi xarid narxlari preyskurantini bir hafta muddatda ishlab chiqsin hamda manfaatdor vazirliklar va idoralarga yetkazsin.
“Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi topshirilgan paxta xom ashyosi uchun xoʻjaliklar bilan uning qiymatining 90 foizi hisobidan kelib chiqib hisob-kitob qilsin, uzil-kesil hisob-kitoblar qayta ishlash yakunlari boʻyicha qilinadi.
5. Hosilni yigʻishtirib olishda moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirish uchun xoʻjaliklarga paxta terishda quyidagi chegaralangan miqdorlarda haq toʻlash tavsiya etilsin:
ikki qatorli paxta terish mashinasida terilgan konditsion ogʻirligi 1 tonna boʻlgan paxta uchun — kamida 90 soʻm, toʻrt qatorli mashinada terilganda — 55 soʻm;
qoʻlda terilgan 1 kilogramm oʻrta tolali paxta uchun — kamida 3,5 soʻm, ingichka tolali paxta uchun kamida 4,5 soʻm.
Yigʻim-terim ishlarida band boʻlganlar bilan har besh kunda hisob-kitob qilinsin.
Xoʻjaliklar rahbarlarining eʼtibori yuqori sortli paxta terib olinishi uchun terimchilarni ragʻbatlantirishni nazarda tutgan holda yigʻim-terim mavsumining dastlabki kunlaridan boshlab paxta terimi uchun eng yuqori haq belgilanishi zarurligiga qaratilsin.
Pul-kredit siyosati boʻyicha respublika komissiyasi (Mullajonov) agrosanoat kompleksida mehnatga haq toʻlashning bazaviy darajasini mazkur bandga muvofiq qayta koʻrib chiqsin.
6. Markaziy bank, “Paxta-bank”, “Oʻzsanoatqurilishbank”, “Oʻztadbirkorbank”, “Mevasabzavotbank” terimchilar bilan, shuningdek paxtani yuklash, tushirish, tayyorlash, transportda tashish va joylashtirish va ishlov berishda, paxta terish texnikasiga texnik xizmat koʻrsatish va tuzatish bilan band boʻlgan xodimlar bilan oʻz vaqtida hisob-kitob qilish uchun xoʻjaliklarni va paxta tozalash zavodlarining tayyorlov punktlarini naqd pul bilan taʼminlasinlar.
7. “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi (Yusupbekov), Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi (Jumaniyozov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari xoʻjaliklarga defoliantlar yetkazib berilishini va gʻoʻza bargini toʻkish
2-ilovaga muvofiq hajmlarda va muddatlarda oʻtkazilishini taʼminlasinlar.
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi (Roʻzmetov) “Oʻzagrokimyotaʼminot” davlat-aksionerlik birlashmasining buyurtmanomalari boʻyicha gʻoʻza bargini toʻkish uchun zarur miqdorda samolyotlar va vertolyotlar ajratsin.
8. Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi (Jumaniyozov), “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi (Olimjonov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari:
shu yilning 25-avgustiga qadar mashinalarni traktorlarga tirkagan holda, paxta terish texnikasini, yuklash — transportda tashish vositalarini toʻliq tayyor holga keltirsinlar, terish-transport otryadlarini mexanizatorlar va tuzatish-xizmat koʻrsatish xodimlari bilan butlasinlar. Xoʻjaliklarda va tuzatish korxonalarida dvigatellar, uzellar va agregatlarni, boshqa zarur materiallarni almashtirish fondlari tashkil etsinlar. Har bir paxta terish mashinasini ishga qoʻyishning texnikaviy talablariga muvofiq ularni tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilgan holda komissiyalar tomonidan qabul qilinishini tashkil etsinlar;
paxta terish mashinalarini paxta yigʻim-terimiga
3-ilovaga muvofiq miqdorlarda chiqarsinlar;
paxta terish mashinalaridan unumli foydalanish maqsadida ularni terim-transport otryadlari tarkibida jamlasinlar va ishlashini tashkil etsinlar.
9. “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” Xolding kompaniyasi (Matchonov) paxta yigʻim-terimi mavsumi boshlanishiga qadar qishloq xoʻjaligiga 1000 ta paxta terish mashinasi, shu jumladan, xoʻjalik sinovlarini oʻtkazish uchun 50 ta gorizontal shpindelli paxta terish mashinasi, shuningdek “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi tashkilotlari bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq traktorlar, pritseplar, koʻrak terish mashinalari va ehtiyot qismlar yetkazib berilishini taʼminlasin.
“Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi (Olimjonov) paxta terish mashinalarini sotib olsin va ularni asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlari mashina-traktor parklari balansiga qabul qilsin hamda
3-ilovaga muvofiq ularning yuqori unum bilan ishlatilishini tashkil etsin.
10. Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi Jizzax va Sirdaryo viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda Fargʻona vodiysi viloyatlari va Toshkent viloyatidan hosilni yigʻib-terib olishga paxta terish texnikasi va mehnat resurslarini safarbar qilish yuzasidan shartnomalar tuzilishini tashkil etsinlar.
12. “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasi (Matchonov) va “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi (Olimjonov) paxta terish texnikasini mavsumga tayyorlashni tugallashda xoʻjaliklarga texnikaviy yordam koʻrsatish hamda ularning uzluksiz ishlashini taʼminlash uchun sanoat korxonalarini viloyatlarga
4-ilovaga muvofiq biriktirsinlar.
13. “Oʻzdavneftmahsulot” birlashmasi (Tojiyev) yonilgʻi-moylash materiallari 1997-yil sentabr — noyabr oylarida xoʻjaliklarga, mashina-traktor parklariga va paxta tozalash korxonalariga yigʻim-terim ishlarini, tayyorlov punktlarida paxtaga ishlov berishni kuzgi shudgorlashni va boshoqli don ekishni uzluksiz oʻtkazish uchun zarur boʻlgan hajmlarda, ular qiymatining 15 foizini oldindan undirmagan holda, hisob-kitoblarni paxta xom ashyosining paxta tozalash zavodlariga sotilishiga qarab birinchi navbatda amalga oshirish sharti bilan, yetkazib berilishini taʼminlasin.
14. Oʻzbekbirlashuv, “Oʻzbeksavdo” va “Yogʻmoytamakisanoat” uyushmalari, “Oʻzdonmahsulot” korporatsiyasi joylarda koʻchma savdo tashkil etib qishloq aholisini va paxta terimi qatnashchilarini oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash masalalarini oʻz vaqtida hal etsinlar.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi paxta yigʻim-terimida band boʻlgan xodimlarga tibbiy xizmat koʻrsatish chora-tadbirlarini belgilasin.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi hosilni yigʻishtirib olish davrida terimchilarga madaniy xizmat koʻrsatishni tashkil etsin, sanʼat va adabiyot ustalarining xoʻjaliklarga borishlarini nazarda tutsin.
17. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I. H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 14-avgustdagi 396-sonli
qaroriga1-ILOVA
1997-yilda paxta yigʻim-terim mavsumiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqish boʻyicha respublika komissiyasi
| Joʻrabekov I. H. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, komissiya raisi |
| Muhitdinov A. I. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, komissiya raisining oʻrinbosari |
| Jumaniyozov M. J. |
— |
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri, komissiya raisining oʻrinbosari |
| Alimov T. A. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi (kelishuv boʻyicha) |
| Jalolov Y. J. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi (kelishuv boʻyicha) |
| Gʻaniyev E. M. |
— |
Tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri |
| Olimjonov V. M. |
— |
“Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi raisi |
| Zikriyoyev E. |
— |
“Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi raisi |
| Hamrayev N. R. |
— |
Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi bosh direktori |
| Matchonov R. D. |
— |
“Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasi raisi |
| Yusupbekov N. R. |
— |
“Oʻzkimyosanoat” uyushmasi raisi |
| Toshmatov K. |
— |
“Paxta-bank” boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari |
| Nurmurodov M. B. |
— |
Markaziy bank boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari |
| Roʻzmetov A. Gʻ. |
— |
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” aviakompaniyasi bosh direktori vazifasini bajaruvchi |
| Zinin V. I. |
— |
Moliya vazirining oʻrinbosari |
| Hasanov E. M. |
— |
Oʻsimliklarni himoya qilish va agrokimyoviy tadqiqotlar markazi direktori |
| Tojiyev E. |
— |
“Oʻzdavneftmahsulot” birlashmasi bosh direktori |
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 14-avgustdagi 396-sonli
qaroriga2-ILOVA
1997-yilda gʻoʻza bargini toʻkishning hisoblab chiqilgan hajmlari va muddatlari
|
|
Defoliatsiya qilinadigan maydon,
ming gektar |
Gʻoʻza bargini toʻkishning taxminiy muddatlari |
|
boshlanishi |
tugallanishi |
|
Koraqalpogʻiston Respublikasi |
120 |
5.09 |
20.09 |
|
viloyatlar: |
|
|
|
|
Andijon |
90 |
20.08 |
5.09 |
|
Buxoro |
110 |
5.09 |
20.09 |
|
Jizzax |
110 |
5.09 |
20.09 |
|
Qashqadaryo |
173 |
30.08 |
15.09 |
|
Navoiy |
40 |
5.09 |
20.09 |
|
Namangan |
90 |
25.08 |
10.09 |
|
Samarqand |
87 |
5.09 |
20.09 |
|
Surxondaryo |
120 |
1.09 |
15.09 |
|
Sirdaryo |
130 |
5.09 |
20.09 |
|
Toshkent |
100 |
5.09 |
20.09 |
|
Fargʻona |
80 |
5.09 |
20.09 |
|
Xorazm |
50 |
1.09 |
10.09 |
|
Respublika boʻyicha |
1300 |
20.08 |
20.09 |
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 14-avgustdagi 396-sonli
qaroriga3-ILOVA
1997-yil paxta hosilini yigʻib-terib olishga paxta terish mashinalarini chiqarish boʻyicha
|
|
Mavjud paxta terish mashinalari |
Yangi mashinalar kelishi |
Jami yigʻim-terimda qatnashadi |
Mashinada paxta terish topshirigʻi, ming tn |
|
jami |
sh.j. gorizontal shpindelli |
|
Qoraqalpogʻiston Respublikasi |
1058 |
52 |
2 |
1110 |
116 |
|
viloyatlar: |
|
|
|
|
|
|
Andijon |
356 |
2 |
2 |
358 |
38 |
|
Buxoro |
526 |
26 |
3 |
552 |
58 |
|
Jizzax |
1720 |
280 |
9 |
2000 |
210 |
|
Qashqadaryo |
2175 |
200 |
8 |
2375 |
249 |
|
Navoiy |
135 |
2 |
2 |
137 |
14 |
|
Namangan |
476 |
4 |
2 |
480 |
50 |
|
Samarqand |
272 |
3 |
2 |
275 |
29 |
|
Surxondaryo |
373 |
2 |
2 |
375 |
39 |
|
Sirdaryo |
1800 |
420 |
11 |
2220 |
233 |
|
Toshkent |
1300 |
5 |
3 |
1305 |
137 |
|
Fargʻona |
256 |
2 |
2 |
258 |
27 |
|
Xorazm |
220 |
2 |
2 |
222 |
23 |
|
Jami |
10667 |
1000 |
50 |
11667 |
1223 |
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 14-avgustdagi 396-sonli
qaroriga4-ILOVA
“Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasi va “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi zavodlarining paxta terish texnikasini tayyorlashni tugallash va ularning uzluksiz ishlashini taʼminlashda yordam koʻrsatish uchun viloyatlarga
| Koraqalpogʻiston Respublikasi |
— |
“Toshkent traktor zavodi” ishlab chiqarish birlashmasi Nukus “Dauit” aksiyadorlik jamiyati |
| Jizzax viloyati |
— |
Chirchiq qishloq xoʻjaligi mashinasozligi zavodi Asaka taʼmirlash zavodi Toshkent agregat zavodi Oʻrtaovul “Oʻzgidravlika” aksiyadorlik jamiyati Toshkent toʻqimachilik mashinasozligi zavodi Oʻzbekiston stanoksozlik zavodi |
| Qashqadaryo viloyati |
— |
Toshkent qishloq xoʻjaligi mashinasozligi ishlab chiqarish birlashmasi Qarshi taʼmirlash zavodi Toshkent tajriba-tuzatish mexanika zavodi |
| Sirdaryo viloyati |
— |
Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi mashinasozligi ishlab chiqarish birlashmasi Dalvarzin taʼmirlash zavodi Toshkent ekskavator zavodi Qoʻqon taʼmirlash zavodi |