Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi va Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasining 1997-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar boʻyicha
ilovaga muvofiq hajmlarda paxta yetishtirish haqidagi takliflari qabul qilinsin.
1997-yilda paxta tolasi uchun davlat xaridi uni ishlab chiqarish hajmlarining 30 foizi darajasida belgilansin.
Belgilab qoʻyilsinki, davlat xaridining tasdiqlangan hajmidan ortiqcha paxta xomashyosidan ishlab chiqarilgan paxta tolasi xoʻjaliklar ixtiyorida qoladi va paxta tayyorlash topshiriqlari bajarilgan taqdirda ular tomonidan erkin narxlarda sotiladi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi bilan birgalikda paxta tolasiga jahon bozori konyunkturasini hisobga olgan holda 1997-yilgi hosil paxtasining xarid narxlari yuzasidan 1997-yil 1-iyulgacha takliflar kiritsin.
3. “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 1997-yil 1-fevralgacha paxta xarid qilish yuzasidan xoʻjaliklar bilan shartnomalar tuzilishini, xoʻjaliklarga 1996-yil hosili xarid narxlarining kamida 30 foizi miqdorida avans toʻlanishini taʼminlasin. 1997-yil paxta hosili uchun belgilangan xarid narxlaridan kelib chiqqan holda iyul-avgust oylarida qoʻshimcha avans berishni nazarda tutsin.
Pul-kredit siyosati boʻyicha respublika komissiyasi xarid qilinadigan paxtaga avans toʻlash uchun zarur kredit resurslarini, shu jumladan 1995-1996-yillarda ushbu maqsadlar uchun ajratilgan kreditlarni toʻlash hisobiga izlab topsin.
4. Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 1997-yil hosili uchun respublika mintaqalari boʻyicha gʻoʻzaning seleksiya navlarini joylashtirish yuzasidan ikki hafta muddatda taklif kiritsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari Q.Gʻ. Obidov zimmasiga yuklansin.