toggle_night_mode
Hujjat 04.03.2020 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining
buyrugʻi
Tadbirkorlik subyektlariga tegishli boʻlgan obyektlarni yongʻin-profilaktika koʻrigidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 3-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2532]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 4-oktabrdagi 272-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-yil, 41-son, 547-modda) bilan tasdiqlangan Davlat yongʻin nazorati toʻgʻrisidagi Nizomning 23-bandiga asosan buyuraman:
1. Tadbirkorlik subyektlariga tegishli boʻlgan obyektlarni yongʻin-profilaktika koʻrigidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim va rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
Toshkent sh.,
2013-yil 21-noyabr,
136-son
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2013-yil 21-noyabrdagi 136-son buyrugʻiga
ILOVA
Tadbirkorlik subyektlariga tegishli boʻlgan obyektlarni yongʻin-profilaktika koʻrigidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
nizom
Mazkur Nizom “Yongʻin xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 40-son, 432-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 4-oktabrdagi 272-sonli “Davlat yongʻin nazorati toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 41-son, 547-modda) muvofiq davlat yongʻin nazorati organlari tomonidan tadbirkorlik subyektlariga tegishli boʻlgan obyektlarni yongʻin-profilaktika koʻrigidan oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Mazkur Nizomning maqsadi yongʻin xavfsizligi talablarini taʼminlash, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulklarini yongʻinlardan himoyalash, shuningdek yongʻin natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlarning oldini olishdan iborat.
I bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
tadbirkorlik subyekti — belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtgan hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat yongʻin nazorati organlari — Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining davlat yongʻin nazoratini amalga oshirish vakolatiga ega boʻlinmalari;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirining 2019-yil 29-oktabrdagi 546-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2532-1, 03.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2019-y., 10/19/2532-1/4101-son — 2020-yil 4-martdan kuchga kiradi)
obyekt — yuridik yoki jismoniy shaxsning mulkiy kompleksi (yoki uning bir qismi), shu jumladan ular uchun yongʻin xavfsizligi talablari belgilangan binolar, inshootlar, transport vositalari, texnologik qurilmalar, asbob-uskuna, agregatlar, buyumlar va boshqa mol-mulk.
2. Yongʻin-profilaktika koʻrigi davlat yongʻin nazorati organlarining mansabdor shaxslari tomonidan tadbirkorlik subyektiga yongʻin kelib chiqishi va kuchayishining (tarqalishining) oldini olishga qaratilgan tavsiyalar berish maqsadida oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Yongʻin-profilaktika koʻrigini oʻtkazish vaqtida tekshirish oʻtkazishga, huquqiy taʼsir choralarni qoʻllashga, tadbirkorlik subyekti faoliyatiga tegishli hujjatlar va tushuntirishlar talab qilib olishga yoʻl qoʻyilmaydi, bundan tadbirkorlik subyekti davlat roʻyxatidan oʻtganligi haqidagi, ijara shartnomasi (agar tadbirkorlik subyekti bino, inshoot yoki xonani ijaraga olgan boʻlsa), obyektlarning yongʻin xavfsizligi holati haqidagi, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning yongʻin xavfliligi haqidagi hujjatlar mustasno.
Yongʻin-profilaktika koʻrigini oʻtkazish tadbirkorlik subyekti faoliyatini biror-bir tarzda cheklashga yoki toʻxtatib qoʻyishga olib kelmasligi lozim.
Yongʻin-profilaktika koʻrigi natijasi boʻyicha rasmiylashtiriladigan hujjatlar tadbirkorlik subyektini javobgarlikka tortish uchun asos boʻla olmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Yongʻin-profilaktika koʻrigini oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil bilan kelishish talab etilmaydi. Yongʻin-profilaktika koʻrigini oʻtkazish jarayonida tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobi toʻldirilmaydi, davlat yongʻin nazorati organlarining mansabdor shaxslariga tadbirkorlik subyektlarda tekshirish oʻtkazish huquqini beruvchi maxsus guvohnoma talab etilmaydi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirining 2019-yil 29-oktabrdagi 546-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2532-1, 03.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2019-y., 10/19/2532-1/4101-son — 2020-yil 4-martdan kuchga kiradi)
II bob. Yongʻin-profilaktika koʻrigini oʻtkazish uchun asos
5. Yongʻin-profilaktika koʻrigini oʻtkazish uchun davlat yongʻin nazorati organi rahbarining yongʻin-profilaktika koʻrigini oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyrugʻi (bundan buyon matnda buyruq deb yuritiladi) asos boʻladi.
Buyruq mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq rasmiylashtiriladi. Buyruqda yongʻin-profilaktika koʻrigi oʻtkaziladigan tadbirkorlik subyekti va tegishli obyekt nomi, joylashgan manzili, koʻrikni oʻtkazish sanasi, unda qatnashadigan davlat yongʻin nazorati organi mansabdor shaxslarining familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi koʻrsatilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Yongʻin-profilaktika koʻrigini oʻtkazish sanasi, koʻrik oʻtkaziladigan obyektlar tadbirkorlik subyektiga bir hafta oldin mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi bildirishnomani tilxat bilan topshirish orqali maʼlum qilinadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirining 2019-yil 29-oktabrdagi 546-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2532-1, 03.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2019-y., 10/19/2532-1/4101-son — 2020-yil 4-martdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Ishlab chiqarish (xizmat koʻrsatish, ishlarni bajarish) zarurati bilan bogʻliq boʻlganda tadbirkorlik subyektining arizasiga asosan koʻrikni oʻtkazish muddati oʻn kunga qoldiriladi. Buning uchun ariza koʻrik oʻtkaziladigan kunga qadar tegishli davlat yongʻin nazorati organiga taqdim etilishi lozim.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirining 2019-yil 29-oktabrdagi 546-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2532-1, 03.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2019-y., 10/19/2532-1/4101-son — 2020-yil 4-martdan kuchga kiradi)
8. Yongʻin-profilaktika koʻrigi tadbirkorlik subyektida belgilangan ish rejimiga asosan bir ish kuni davomida oʻtkaziladi. Mazkur Nizomning 11-bandiga muvofiq yongʻin xavfliligiga koʻra birinchi guruhga kiritilgan obyektlarda koʻrik ikki ish kuni davomida oʻtkazilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Umumxalq va diniy bayramlar, xalqaro va respublika sport musobaqalari, forumlari, yuqori martabali chet el delegatsiyalarining tashrifi bilan bogʻliq hamda siyosiy tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va tashkil qilish vaqtida ushbu tadbirlar boʻlib oʻtadigan obyektda va uning 150 metr radiusida joylashgan obyektlarda, shuningdek mavsum boshlanishidan oldin bolalar yozgi dam olish oromgohlarida qoʻshimcha ravishda yongʻin-profilaktika koʻrigi oʻtkazilishi mumkin.
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirining 2019-yil 29-oktabrdagi 546-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2532-1, 03.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2019-y., 10/19/2532-1/4101-son — 2020-yil 4-martdan kuchga kiradi)
Keyingi tahrirga qarang.
Qoʻshimcha ravishda yongʻin-profilaktika koʻrigi oʻtkazish uchun mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq rasmiylashtirilgan buyruq asos boʻladi. Qoʻshimcha ravishda oʻtkaziladigan koʻrik toʻgʻrisida tadbirkorlik subyektiga joyning oʻzida maʼlum qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
III bob. Tadbirkorlik subyektlariga tegishli boʻlgan obyektlarni yongʻin xavfliligi boʻyicha guruhlarga boʻlish
10. Tadbirkorlik subyektlariga tegishli boʻlgan obyektlar yongʻin xavfliligiga koʻra uch guruhga boʻlinadi.
11. Birinchi guruhga tadbirkorlik subyektlariga tegishli boʻlgan quyidagi obyektlar kiradi:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan belgilangan oʻta muhim, birinchi va ikkinchi toifali muhim obyektlar;
SHNQ 2.01.19-09 “Xona, bino va tashqi qurilmalarning portlab yonish va yongʻin xavfi boʻyicha toifalarini aniqlash”ga asosan portlab-yonish va yongʻin xavfi boʻyicha “A” va “B” toifalariga kiritilgan obyektlar;
paxta xom ashyosini qabul qilish, saqlash punktlari va qayta ishlash tashkilotlari;
saqlash sigʻimidan qatʼi nazar, paxta terminallari;
sutkasiga ming tonnadan ortiq don va don mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash tashkilotlari;
yangi qurilayotgan, rekonstruksiya qilinayotgan, kengaytirilayotgan, texnik jihatdan qayta jihozlanayotgan va kapital taʼmirlanayotgan obyektlar;
balandligi oʻn qavatdan yuqori boʻlgan maʼmuriy va jamoat binolari;
yuz nafar va undan koʻp oʻringa moʻljallangan mehmonxonalar, motellar, kempinglar va yotoqxonalar;
portlovchi moddalar, kuchli taʼsir etuvchi zaharli moddalarni saqlash omborlari mavjud obyektlar.
Oldingi tahrirga qarang.
doimiy tarzda yuz nafar va undan koʻp kishilar joylashishiga moʻljallangan davolash va sogʻlomlashtirish muassasalari;
dehqon (oziq-ovqat), ixtisoslashtirilgan va buyum bozorlari, savdo-koʻngilochar majmualar (savdo komplekslari).
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirining 2019-yil 29-oktabrdagi 546-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2532-1, 03.12.2019-y.) asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2019-y., 10/19/2532-1/4101-son — 2020-yil 4-martdan kuchga kiradi)
12. Ikkinchi guruhga tadbirkorlik subyektlariga tegishli boʻlgan quyidagi obyektlar kiradi:
SHNQ 2.01.19-09 “Xona, bino va tashqi qurilmalarning portlab yonish va yongʻin xavfi boʻyicha toifalarini aniqlash”ga asosan portlab-yonish va yongʻin xavfi boʻyicha “V1-V4” toifasiga kiritilgan obyektlar;
Oldingi tahrirga qarang.
doimiy tarzda ellik nafardan yuz nafargacha kishilar joylashishiga moʻljallangan davolash va sogʻlomlashtirish muassasalari;
(12-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirining 2019-yil 29-oktabrdagi 546-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2532-1, 03.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2019-y., 10/19/2532-1/4101-son — 2020-yil 4-martdan kuchga kiradi)
yuz va undan koʻp oʻrindiqqa ega boʻlgan madaniy-tomosha muassasalari, madaniy-ommaviy tadbirlar oʻtadigan obyektlar;
balandligi uch qavatdan oʻn qavatgacha boʻlgan maʼmuriy va jamoat binolari;
ming nafardan koʻp kishi uchun moʻljallangan stadion va manejlar;
Oldingi tahrirga qarang.
(12-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirining 2019-yil 29-oktabrdagi 546-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2532-1, 03.12.2019-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2019-y., 10/19/2532-1/4101-son — 2020-yil 4-martdan kuchga kiradi)
yuz nafargacha oʻringa moʻljallangan mehmonxonalar, motellar, kempinglar va yotoqxonalar;
sutkasiga ming tonnagacha don va don mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash tashkilotlari.
13. Uchinchi guruhga tadbirkorlik subyektlarga tegishli boʻlgan quyidagi obyektlar kiradi:
SHNQ 2.01.19 “Xona, bino va tashqi qurilmalarning portlab yonish va yongʻin xavfi boʻyicha toifalarini aniqlash”ga asosan portlab-yonish va yongʻin xavfi boʻyicha “G” va “D” toifalariga kiritilgan obyektlar;
birinchi va ikkinchi guruhlarga kiritilmagan obyektlar.
IV bob. Yongʻin-profilaktika koʻrigini oʻtkazish muddatlarini rejalashtirish
14. Birinchi xavflilik guruhiga kiradigan obyektlarda yongʻin-profilaktika koʻrigi yiliga bir marta, ikkinchi guruhga kiradigan obyektlarda — ikki yilda bir marta, uchinchi guruhga kiradigan obyektlarda — uch yilda bir marta oʻtkaziladi. Belgilangan muddatlardan tashqari obyektlarda takroriy koʻriklar oʻtkazilishi mumkin emas, mazkur Nizomning 9-bandida koʻrsatilgan qoʻshimcha koʻrik oʻtkazish holatlari bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Davlat yongʻin nazorati organlarining mansabdor shaxslari oʻzlariga biriktirilgan hududda joylashgan tadbirkorlik subyektlariga tegishli obyektlarning yongʻin xavfliligiga koʻra guruhlarga boʻlingan roʻyxatini shakllantiradi. Ushbu roʻyxat asosida yongʻin-profilaktika koʻriklari oʻtkaziladigan obyektlar davlat yongʻin nazorati organi mansabdor shaxsi tomonidan belgilangan tartibda oylik ish reja-jadvaliga kiritiladi.
Yongʻin-profilaktika koʻriklarini rejalashtirishda mazkur Nizomning 14-bandi talablari, biriktirilgan hududda oʻtkaziladigan mavsumiy tadbirlar va sodir boʻlgan yongʻinlar inobatga olinishi lozim.
Davlat yongʻin nazorati organlari tomonidan yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishi yuzasidan tekshirish oʻtkazilgan tadbirkorlik subyektiga tegishli obyektlarda bir yil davomida yongʻin-profilaktika koʻrigi oʻtkazilmaydi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirining 2019-yil 29-oktabrdagi 546-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2532-1, 03.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2019-y., 10/19/2532-1/4101-son — 2020-yil 4-martdan kuchga kiradi)
Keyingi tahrirga qarang.
V bob. Yongʻin-profilaktika koʻrigini oʻtkazish
16. Yongʻin-profilaktika koʻrigini boshlashdan oldin davlat yongʻin nazorati organi mansabdor shaxsi xizmat guvohnomasini koʻrsatadi, buyruq bilan tadbirkorlik subyektini tanishtiradi va bitta nusxasini taqdim etadi.
17. Davlat yongʻin nazorati organi mansabdor shaxslari koʻrikni boshlashdan oldin tadbirkorlik subyektini mazkur Nizom, koʻrik oʻtkazishda foydalaniladigan yongʻin nazoratiga oid tegishli normativ-huquqiy hujjatlar va normativ hujjatlar bilan tanishtirishi, tadbirkorlik subyekti talabi bilan ushbu hujjatlar nusxalarini olish imkoniyatini yaratib berishi lozim.
18. Yongʻin-profilaktika koʻrigi obyekt hududini, binolarini, xonalarini, inshootlarini (shu jumladan qurilish va rekonstruksiya bosqichida), evakuatsiya yoʻllarini, texnologik va muhandislik asbob-uskunalarini, obyektning yongʻinga qarshi himoya tizimi va vositalarini, yongʻinga qarshi suv taʼminoti manbalarini, yongʻin oʻchirish texnikasini, yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalarini ishga yaroqliligini koʻzdan kechirish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yongʻin-profilaktika koʻrigi oʻtkazilayotgan tadbirkorlik subyektiga tegishli obyektdan yoki uning bir qismidan kelishuv (shartnoma) asosida boshqa tadbirkorlik subyekti (tadbirkorlik subyektlari) foydalanayotganligidan qatʼi nazar, u toʻliq yongʻin-profilaktika koʻrigidan oʻtkaziladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirining 2019-yil 29-oktabrdagi 546-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2532-1, 03.12.2019-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2019-y., 10/19/2532-1/4101-son — 2020-yil 4-martdan kuchga kiradi)
19. Davlat yongʻin nazorati organi mansabdor shaxslari yongʻin-profilaktika koʻrigini oʻtkazish jarayonida yongʻinga qarshi targʻibot oʻtkazadi, shu jumladan, qoʻriqlash-yongʻindan saqlash signalizatsiyalarini va yongʻinni avtomatik tarzda oʻchirish tizimlaridan foydalanishni, yongʻin sodir boʻlganda harakat qilishni, yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalari va yongʻin-texnika qurollarini qoʻllashni oʻrgatadi.
20. Yongʻin-profilaktika koʻrigi yakunida davlat yongʻin nazorati organi mansabdor shaxsi mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq tavsiyalar maʼlumotnomasini (bundan buyon matnda maʼlumotnoma deb yuritiladi) ikki nusxada tuzadi va bir nusxasini tadbirkorlik subyektiga topshiradi. Maʼlumotnomada koʻrik davomida oʻtkazilgan yongʻinga qarshi targʻibot, aniqlangan kamchiliklar, ularni bartaraf etishga, yongʻinlar ehtimolini kamaytirishga qaratilgan tavsiyalar koʻrsatiladi. Tavsiyalar yongʻin xavfsizligiga tegishli normativ-huquqiy hujjatlar va normativ hujjatlar talablariga asoslangan boʻlishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
21. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish muddati ularning yongʻin xavfliligidan kelib chiqib, tadbirkorlik subyekti bilan kelishilgan holda belgilanadi. Tadbirkorlik subyektining kamchiliklarni toʻliq bartaraf etganligi haqidagi murojaati asosida davlat yongʻin nazorati organi joyga chiqqan holda qilingan ishlarni oʻrganishi va bu haqda maʼlumotnoma tuzishi shart. Kamchiliklar toʻliq bartaraf etilgan taqdirda ushbu tadbirkorlik subyektiga tegishli obyektda yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini tekshirish yuzasidan taklif kiritilmaydi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirining 2019-yil 29-oktabrdagi 546-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2532-1, 03.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2019-y., 10/19/2532-1/4101-son — 2020-yil 4-martdan kuchga kiradi)
Keyingi tahrirga qarang.
22. Qoʻshimcha ravishda oʻtkazilgan yongʻin-profilaktika koʻrigi natijasi boʻyicha mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq tavsiyanoma ikki nusxada rasmiylashtirilib, bir nusxasi tadbirkorlik subyektiga topshiriladi. Tavsiyanomada faqat zudlikda bartaraf etilishi lozim boʻlgan, yongʻin kelib chiqishi va tarqalishining oldini olishga qaratilgan hamda obyektda maʼlum bir muddat mobaynida yongʻinga qarshi rejim oʻrnatilishi boʻyicha tavsiyalar yoziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
23. Maʼlumotnoma va tavsiyanomalar tegishli tadbirkorlik subyektiga qarashli obyektning nazorat-kuzatuv yigʻma jildiga tikiladi. Davlat yongʻin nazorati organlarining har bir boʻlinmasida mazkur Nizomning 6-ilovasiga muvofiq Yongʻin-profilaktika koʻriklarini hisobga olish kitobi hamda mazkur Nizomning 7-ilovasiga muvofiq Qoʻshimcha ravishda oʻtkazilgan yongʻin-profilaktika koʻriklarini hisobga olish kitobi yuritiladi. Ushbu kitoblar raqamlangan, tikilgan va davlat yongʻin nazorati organining muhri bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
VI bob. Yakuniy qoida
24. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi va Oʻzbekiston savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi B. ZOKIROV
2013-yil 14-noyabr
Savdo-sanoat palatasi raisi A. SHAYXOV
2013-yil 20-noyabr
Tadbirkorlik subyektlariga tegishli boʻlgan obyektlarni yongʻin-profilaktika koʻrigidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

(Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri)
‎____________________________________________________‎‎

‎‎(buyruq chiqarayotgan organ nomi)
‎B U Y R U Q
‎_____________________________________________________

‎‎(buyruqning nomi)

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 4-oktabrdagi 272-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat yongʻin nazorati toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq______________________________________________________________________

‎‎(yongʻin-profilaktika koʻrigini oʻtkazuvchi organ nomi)

‎‎tomonidan tadbirkorlik subyektlariga tegishli boʻlgan obyektlarni yongʻin-profilaktika koʻrigidan oʻtkazish maqsadida buyuraman:

‎‎1. ____________________________________________________________________________

‎‎(yongʻin-profilaktika koʻrigi oʻtkaziladigan tadbirkorlik subyekti nomi, manzili,

‎‎____________________________________________________________________

‎‎koʻrikdan oʻtkazish sanasi)

‎‎yongʻin-profilaktika koʻrigi oʻtkazilsin.
‎‎2. Koʻrik______________________________________________________________________

‎‎(yongʻin-profilaktika koʻrigini oʻtkazadigan

‎‎____________________________________________________________________

‎‎mansabdor shaxslarning F.I.O., lavozimi)

‎‎3. Yongʻin-profilaktika koʻrigini oʻtkazishda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etilishiga erishish maqsadida davlat yongʻin nazorati organining tavsiyalar maʼlumotnomasi ikki nusxada tuzilib, bir nusxasi tadbirkorlik subyektiga topshirilsin.

4. Mazkur buyruq talablarini toʻliq bajarilishini nazorat qilish
‎____________________________________________________________________

‎‎(F.I.O., lavozimi )

ga yuklatilsin.

Boshliq

__________‎

M.Oʻ. ‎

‎‎______________________

(imzo) ‎

‎‎(F.I.O.)

‎‎______________shahar (tuman)
‎‎20___ yil “___” _______ ___________-son
Izoh: agar bitta buyruq bilan bir nechta obyektlarda yongʻin-profilaktika koʻriklari oʻtkazilishi belgilansa, buyruqning 1-bandida har bir obyekt manzili, koʻrikdan oʻtkazish sanasi alohida koʻrsatiladi, 2-bandda har bir obyektda kim tomondan koʻrik oʻtkazilishi koʻrsatiladi.
Tadbirkorlik subyektlariga tegishli boʻlgan obyektlarni yongʻin-profilaktika koʻrigidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.

‎‎BILDIRISHNOMA

‎‎___________________________________________________________________________ga

(tadbirkorlik subyekti nomi, manzili)

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 4-oktabrdagi 272-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat yongʻin nazorati toʻgʻrisidagi nizomga asosan Sizga tegishli boʻlgan quyidagi obyektlarda:

‎‎____________________________________________________________________
‎____________________________________________________________________
‎(obyektlar nomi va manzili koʻrsatiladi)

‎‎20___ yil “___”________ da yongʻin-profilaktika koʻrigi oʻtkazilishi maʼlum qilinadi.

‎‎Ishlab chiqarish (xizmat koʻrsatish, ishlarni bajarish) zarurati bilan bogʻliq boʻlganda Sizning arizangizga asosan koʻrikni oʻtkazish muddati oʻn kunga qoldiriladi. Buning uchun ariza koʻrik oʻtkaziladigan kunga qadar taqdim etilishi lozim.

‎‎__________________________________________________________

___________‎

‎‎(davlat yongʻin nazorati organi mansabdor shaxsining F.I.O., lavozimi)‎

(imzo)‎

20____ yil “____” ________‎‎

‎‎M.Oʻ.

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirining 2019-yil 29-oktabrdagi 546-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2532-1, 03.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2019-y., 10/19/2532-1/4101-son — 2020-yil 4-martdan kuchga kiradi)
Tadbirkorlik subyektlariga tegishli boʻlgan obyektlarni yongʻin-profilaktika koʻrigidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA

(Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri)
‎____________________________________________________‎‎

‎‎(buyruq chiqarayotgan organ nomi)
‎B U Y R U Q
‎_____________________________________________________

‎‎(buyruqning nomi)

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 4-oktabrdagi 272-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat yongʻin nazorati toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq‎_______________________________________________________________ga asosan

(qoʻshimcha ravishda yongʻin-profilaktika koʻrigini oʻtkazish sabablari)
‎______________________________________________________________________________
‎(qoʻshimcha ravishda yongʻin-profilaktika koʻrigini oʻtkazuvchi organ nomi)‎

‎‎tomonidan tadbirkorlik subyektlariga tegishli boʻlgan obyektlarni yongʻin-profilaktika koʻrigidan oʻtkazish maqsadida buyuraman:

‎‎1. ____________________________________________________________________________

(qoʻshimcha ravishda yongʻin-profilaktika koʻrigi oʻtkaziladigan
‎____________________________________________________________________
‎tadbirkorlik subyekti nomi, manzili, koʻrikdan oʻtkazish sanasi )

‎‎qoʻshimcha ravishda yongʻin-profilaktika koʻrigi oʻtkazilsin.

‎‎2. ___________________________________________________________________

(qoʻshimcha ravishda yongʻin-profilaktika koʻrigini
‎______________________________________________________________________________
‎oʻtkazadigan mansabdor shaxsning F.I.O., lavozimi)

tomonidan oʻtkazilsin.

3. Qoʻshimcha ravishda oʻtkazilgan yongʻin-profilaktika koʻrigi yakuni boʻyicha tavsiyanoma ikki nusxada tuzilib, bir nusxasi tadbirkorlik subyektiga topshirilsin.

4. Mazkur buyruq talablarini bajarilishini nazorat qilish
‎__________________________________________________________________ga yuklatilsin.

‎‎(mansabdor shaxsning F.I.O., lavozimi)

4. Mazkur buyruq talablarini toʻliq bajarilishini nazorat qilish
‎____________________________________________________________________

‎‎(F.I.O., lavozimi ) ‎

Boshliq

__________‎

M.Oʻ. ‎

‎‎______________________

(imzo) ‎

‎‎(F.I.O.)

‎‎______________shahar (tuman)
20____ yil “____” __________ ______-son
Izoh: agar bitta buyruq bilan bir nechta obyektlarda qoʻshimcha ravishda yongʻin-profilaktika koʻriklari oʻtkazilishi belgilansa, buyruqning 1-bandida har bir obyekt nomi, manzili, koʻrikdan oʻtkazish sanasi alohida koʻrsatiladi. 2-bandda har bir obyektda kim tomonidan koʻrik oʻtkazilishi koʻrsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Tadbirkorlik subyektlariga tegishli boʻlgan obyektlarni yongʻin-profilaktika koʻrigidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA

‎‎(Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri)

‎‎______________________________________
‎(davlat yongʻin nazorati organi nomi)
‎____________________________________________________________________
‎(tadbirkorlik subyektiga tegishli boʻlgan obyektning nomi)
‎oʻtkazilgan yongʻin-profilaktika koʻrigi natijasi boʻyicha
‎ ___ -son tavsiyalar maʼlumotnomasi

20__ yil “___” _________

______________________________________________________________________________
‎(mansabdor shaxsning F.I.O., lavozimi)

‎‎____________________________________________________________________

‎‎(tadbirkorlik subyekti nomi, mansabdor shaxsi F.I.O., lavozimi )

‎‎___________________________________________________________________ ishtirokida

‎‎______________________________ ning 20__ yil “__” _____ dagi ____-son buyrugʻiga asosan

‎‎(davlat yongʻin nazorati organi nomi)

‎‎__________________________________________________________________da

‎‎(obyekt nomi va manzili)

‎‎yongʻin-profilaktika koʻrigi oʻtkazildi.

‎‎Yongʻin-profilaktika koʻrigini oʻtkazish jarayonida quyidagi yongʻin xavfsizligi talablarining buzilishi aniqlanib, yongʻinlar kelib chiqish ehtimolini istisno etish va ularning oqibatlarini kamaytirish maqsadida quyidagi tavsiyalar bajarilishi taklif etiladi:

T/r‎

Tavsiyalar

Bartaraf etish muddati‎

Joyida bajarilgani haqida belgi‎

1‎

2‎

3‎

4‎

‎‎Koʻrik davomida quyidagi yongʻinga qarshi targʻibotlar oʻtkazildi:
‎__________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
‎‎Tanishdim va bitta nusxasini oldim:

‎‎__________________________________________________

____________‎

‎‎(tadbirkorlik subyekti mansabdor shaxsining F.I.O.)

(imzo) ‎

20___ yil “____” __________‎‎
Keyingi tahrirga qarang.
Tadbirkorlik subyektlariga tegishli boʻlgan obyektlarni yongʻin-profilaktika koʻrigidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA

‎‎(Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri)

_______________________________________
‎(davlat yongʻin nazorati organi nomi)

Yongʻin xavfsizligi talablarining buzilishi holatlarini
‎bartaraf etish boʻyicha ___ -son tavsiyanoma

‎‎20___ yil “____” __________ ‎

‎‎____________________________________________________________________
‎(tadbirkorlik subyektiga tegishli boʻlgan obyektning nomi)

‎‎Yongʻin xavfsizligi talablarining buzilishi holatlarini bartaraf etish boʻyicha quyidagilarni amalga oshirilishi tavsiya etiladi:
‎______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
‎Joyida bartaraf etilganlari:
‎__________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

‎‎Tuzdi: __________________________________________________

____________‎

‎‎(mansabdor shaxsning F.I.O., lavozimi)

(imzo)‎

‎‎
‎Tanishdim va bitta nusxasini oldim
‎‎_________________________________________________

____________‎

‎‎(tadbirkorlik subyekti mansabdor shaxsining F.I.O.)

(imzo)‎ ‎

Keyingi tahrirga qarang.
Tadbirkorlik subyektlariga tegishli boʻlgan obyektlarni yongʻin-profilaktika koʻrigidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
6-ILOVA
Yongʻin-profilaktika koʻriklarini hisobga olish
KITOBI
T/r‎ Yongʻin-profilaktika
‎koʻrigini oʻtkazgan
‎organ, ‎mansabdor
‎shaxsning ‎ F.I.O.,
‎lavozimi, unvoni ‎
Tadbirkorlik
‎subyektining
‎nomi va manzili
Koʻrik oʻtkazilgan
‎v‎a maʼlumotnoma
‎topshirilgan sana ‎
Tavsiyalar
‎soni ‎
Tadbirkorlik subyekti
‎murojaati boʻyicha bartaraf
‎‎etilgan kamchiliklarni
‎oʻrganish toʻgʻrisida izoh‎
1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎
Keyingi tahrirga qarang.
Tadbirkorlik subyektlariga tegishli boʻlgan obyektlarni yongʻin-profilaktika koʻrigidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
7-ILOVA
Qoʻshimcha ravishda oʻtkazilgan yongʻin-profilaktika koʻriklarini hisobga olish
KITOBI
t/r‎ Qoʻshimcha ravishda
‎yongʻin-profilaktika
‎koʻrigini oʻtkazgan
‎organ, mansabdor
‎shaxsning F.I.O.,
‎lavozimi
Tadbirkorlik
‎subyektining
‎nomi va manzili
Koʻrik
‎oʻtkazilgan
‎sana
Tavsiyalar
‎soni ‎
Joyida bartaraf
‎etilgan kamchiliklar
‎soni
1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 49-son, 637-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2019-y., 10/19/2532-1/4101-son; 12.03.2020-y., 10/20/2532-2/0292-son)