1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yongʻin xavfsizligi]
[TSZ:
1.Mudofaa va milliy xavfsizlik / Favqulodda vaziyatlar. Ommaviy tartibsizliklar]
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining
buyrugʻi
Tadbirkorlik subyektlariga tegishli boʻlgan obyektlarni yongʻin-profilaktika koʻrigidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 3-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2532-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-apreldagi PF-5706-son “Oʻzbekiston Respublikasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish hamda yongʻin xavfsizligini taʼminlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi Farmoni, 2019-yil 10-apreldagi PQ-4276-son “Favqulodda vaziyatlar tuzilmalarining faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 4-oktabrdagi 272-son “Davlat yongʻin nazorati toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2013-yil 21-noyabrdagi 136-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2532, 2013-yil 3-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 49-son, 637-modda) bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlariga tegishli boʻlgan obyektlarni yongʻin-profilaktika koʻrigidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomgailovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Vazir v.b. T. XUDAYBERGENOV
Toshkent sh.,
2019-yil 29-oktabr,
546-son
Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirining 2019-yil 29-oktabrdagi 546-son buyrugʻiga ILOVA
Tadbirkorlik subyektlariga tegishli boʻlgan obyektlarni yongʻin-profilaktika koʻrigidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 1-bandning uchinchi xatboshisidagi “Ichki ishlar vazirligining Davlat yongʻin xavfsizligi xizmati, Transportdagi ichki ishlar boshqarmasi va Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi hamda ularning quyi” degan soʻzlar “Favqulodda vaziyatlar vazirligining davlat yongʻin nazoratini amalga oshirish vakolatiga ega” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 4-banddagi “Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi (viloyatlar komissiyalari)” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
“6. Yongʻin-profilaktika koʻrigini oʻtkazish sanasi, koʻrik oʻtkaziladigan obyektlar tadbirkorlik subyektiga bir hafta oldin mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi bildirishnomani tilxat bilan topshirish orqali maʼlum qilinadi.”.
4. 7-banddagi “oʻtkazish sanasidan oʻn kun oldin” degan soʻzlar “oʻtkaziladigan kunga qadar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
“9. Umumxalq va diniy bayramlar, xalqaro va respublika sport musobaqalari, forumlari, yuqori martabali chet el delegatsiyalarining tashrifi bilan bogʻliq hamda siyosiy tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va tashkil qilish vaqtida ushbu tadbirlar boʻlib oʻtadigan obyektda va uning 150 metr radiusida joylashgan obyektlarda, shuningdek mavsum boshlanishidan oldin bolalar yozgi dam olish oromgohlarida qoʻshimcha ravishda yongʻin-profilaktika koʻrigi oʻtkazilishi mumkin.”.
6. 11-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“doimiy tarzda yuz nafar va undan koʻp kishilar joylashishiga moʻljallangan davolash va sogʻlomlashtirish muassasalari;
dehqon (oziq-ovqat), ixtisoslashtirilgan va buyum bozorlari, savdo-koʻngilochar majmualar (savdo komplekslari).”.
“15. Davlat yongʻin nazorati organlarining mansabdor shaxslari oʻzlariga biriktirilgan hududda joylashgan tadbirkorlik subyektlariga tegishli obyektlarning yongʻin xavfliligiga koʻra guruhlarga boʻlingan roʻyxatini shakllantiradi. Ushbu roʻyxat asosida yongʻin-profilaktika koʻriklari oʻtkaziladigan obyektlar davlat yongʻin nazorati organi mansabdor shaxsi tomonidan belgilangan tartibda oylik ish reja-jadvaliga kiritiladi.
Yongʻin-profilaktika koʻriklarini rejalashtirishda mazkur Nizomning 14-bandi talablari, biriktirilgan hududda oʻtkaziladigan mavsumiy tadbirlar va sodir boʻlgan yongʻinlar inobatga olinishi lozim.
Davlat yongʻin nazorati organlari tomonidan yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishi yuzasidan tekshirish oʻtkazilgan tadbirkorlik subyektiga tegishli obyektlarda bir yil davomida yongʻin-profilaktika koʻrigi oʻtkazilmaydi.”.
9. 18-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Yongʻin-profilaktika koʻrigi oʻtkazilayotgan tadbirkorlik subyektiga tegishli obyektdan yoki uning bir qismidan kelishuv (shartnoma) asosida boshqa tadbirkorlik subyekti (tadbirkorlik subyektlari) foydalanayotganligidan qatʼi nazar, u toʻliq yongʻin-profilaktika koʻrigidan oʻtkaziladi.”.
“21. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish muddati ularning yongʻin xavfliligidan kelib chiqib, tadbirkorlik subyekti bilan kelishilgan holda belgilanadi. Tadbirkorlik subyektining kamchiliklarni toʻliq bartaraf etganligi haqidagi murojaati asosida davlat yongʻin nazorati organi joyga chiqqan holda qilingan ishlarni oʻrganishi va bu haqda maʼlumotnoma tuzishi shart. Kamchiliklar toʻliq bartaraf etilgan taqdirda ushbu tadbirkorlik subyektiga tegishli obyektda yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini tekshirish yuzasidan taklif kiritilmaydi.”.
11. 2-ilovadagi “koʻrik oʻtkazish sanasidan oʻn kun oldin” degan soʻzlar “koʻrik oʻtkaziladigan kunga qadar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
12. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Qurilish vaziri B. ZAKIROV
2019-yil 25-oktabr
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi A. IKRAMOV
2019-yil 25-oktabr
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2019-y., 10/19/2532-1/4101-son)