Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjalik mashinasozligi tarmogʻini yanada isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 4-apreldagi PQ–830-son
qarorida belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
“Toshqishloqmash” OAJning ishlab chiqarish faoliyati toʻxtatilganligi, u ishlab chiqargan qishloq xoʻjaligi texnikasi nomenklaturasi va ishlab chiqarish aktivlarining bir qismi “TTZ” OAJ va “Chirchiqqishloqmash” OAJga berilganligi, ushbu jamiyatlarning ustav fondidagi davlat ulushi tegishli ravishda koʻpaytirilganligi;
yangi qurilish rejalariga muvofiq Toshkent shahrida “Toshqishloqmash” OAJning binolari, inshootlari, yer osti va yer usti kommunikatsiyalari obyektlari,
ilovaga muvofiq roʻyxat boʻyicha koʻchmas mulk obyektlaridan tashqari, belgilangan tartibda buzib tashlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
“Toshqishloqmash” OAJning
ilovada koʻrsatilgan koʻchmas mulki jamiyat ustav fondidagi davlat ulushi kamaytirilishi, keyinchalik ular ochiq savdoda sotilishi hisobiga belgilangan tartibda Toshkent shahar hokimligi balansiga beriladi;
“Toshqishloqmash” OAJning binolari, inshootlari, yer osti va yer usti kommunikatsiyalari obyektlari buzilishi natijasida olingan ikkilamchi materiallarni sotishdan tushgan daromadlar jamiyatning kreditorlik qarzini qaytarishga yoʻnaltiriladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi uch oy muddatda:
ushbu qaror talablaridan kelib chiqqan holda “Toshqishloqmash” OAJning;
“Toshqishloqmash” OAJ unga birlashgandan keyin “Texnolog” OAJning ustav fondlari miqdorlari qayta koʻrib chiqilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari U.U. Rozuqulov zimmasiga yuklansin.