1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.20.00 Qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi;
2.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
QISHLOQ XOʻJALIK MASHINASOZLIGI TARMOGʻINI YANADA ISLOH QILISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
[Koʻchirma]
Qishloq xoʻjalik mashinasozligi tarmogʻini yanada isloh qilish, boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish, tarmoq korxonalarida qishloq xoʻjaligi texnikasi ishlab chiqarilishini oqilona joylashtirish hamda ularning faoliyat samaradorligini oshirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash uchun xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish maqsadida:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.20.00 Qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalari]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi hamda Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi, qishloq xoʻjalik mashinasozligi korxonalarining quyidagilar:
qishloq xoʻjalik mashinasozligi tarmogʻi korxonalarini 1-ilovaga* muvofiq qayta tashkil etish;
“Toshqishloqmash” OAJ, “Oʻzbekqishloqmash” OAJ va ularning shuʼba korxonalari faoliyatini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda toʻxtatish hamda ular tomonidan ishlab chiqarilgan qishloq xoʻjaligi texnikasi nomenklaturasini hamda tegishli ishlab chiqarish aktivlarini 2-ilovaga* muvofiq tarmoqning boshqa korxonalariga topshirish;
“TTZ” OAJ va “Agregat zavodi” OAJning 3-ilovaga* muvofiq noprofil ijtimoiy obyektlarini joriy holati boʻyicha Toshkent shahar hokimligi balansiga belgilangan tartibda topshirish hamda ochiq savdo orqali sotuvga qoʻyish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
* Ilovalar berilmaydi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.05.00 Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish (shuningdek, 08.01.06.00ga qarang) / 03.08.05.03 Davlat mulki obyektlarini sotish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.20.00 Qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalari]
2. Davlat mulkini xorijiy investorlarga sotishda tender savdolarini oʻtkazish boʻyicha Davlat komissiyasi (R. Azimov) “Toshqishloqmash” OAJ va “Oʻzbekqishloqmash” OAJ koʻchmas mulkini investorlarga ular tomonidan mazkur hududlarda zamonaviy texnologik jihozlardan va qatʼiy ekologik talablarga javob beradigan ishlab chiqarish jarayonlaridan foydalanish boʻyicha yangi ishlab chiqarishlarni joylashtirishdan iborat investitsiya majburiyatlarini qabul qilgan holda sotilishini taʼminlasin.
Ilk bor savdoga qoʻyilgan muddatdan boshlab 12 oy davomida yuqoridagi talablarga javob beradigan xaridorlar topilmagan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda “Toshqishloqmash” OAJ va “Oʻzbekqishloqmash” OAJ hududlarini uy-joy va ijtimoiy ahamiyatga ega obyektlar qurish uchun yer fondining tegishli kategoriyasiga oʻtkazsin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.20.00 Qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalari]
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasini tugatish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 29-dekabrdagi PQ-766-sonli qaroriga muvofiq “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasini tugatish va uning korxonalarini qaytadan tashkil etish boʻyicha tuzilgan Hukumat komissiyasi:
ikki oy muddatda qishloq xoʻjalik mashinasozligi korxonalari jihozlarini xatlovdan oʻtkazishni tashkil etsin, qishloq xoʻjalik mashinalarini ishlab chiqarish jarayonida foydalanilmaydigan maʼnaviy eskirgan asbob-uskunalar roʻyxatini, keyinchalik ularni sotish yoki belgilangan tartibda hisobdan chiqarish uchun tasdiqlasin;
qishloq xoʻjalik texnikasini xaridorlarga oʻz vaqtida yetkazib berishni hisobga olgan holda tegishli konstruktorlik va texnologik hujjatlar, jihozlarni ham nazarda tutib, 2-ilovaga muvofiq aktivlarni qayta joylashtirish, shuningdek ularni qayta joylashtirish jarayonida qishloq xoʻjalik mashinasozligi korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan buyumlarning barcha nomenklaturasini saqlab qolish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.01.00 Umumiy masalalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.20.00 Qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalari]
4. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda “Toshqishloqmash” OAJ va “Oʻzbekqishloqmash” OAJning boʻshaydigan xodimlarini ishga joylashtirish boʻyicha belgilangan tartibda choralar koʻrsin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.05.00 Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish (shuningdek, 08.01.06.00ga qarang) / 03.08.05.03 Davlat mulki obyektlarini sotish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.20.00 Qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalari]
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi:
“TTZ” OAJ, “Chirchiqqishloqmash” OAJ, “Texnolog” OAJ va “Agregat zavodi” OAJ aksiyalarining, 1 va 2-ilovalarga muvofiq bu korxonalarga oʻtkaziladigan aktivlarni hisobga olib, ularni davlat va boshqa aksiyadorlar oʻrtasida tegishli tarzda taqsimlagan holda qoʻshimcha emissiyasi oʻtkazilishini tashkil etsin;
“Toshqishloqmash” OAJ va uning shuʼba korxonalari koʻchmas mulkini belgilangan tartibda davlat mulki sifatida ajratilishini taʼminlasin;
“TTZ” OAJ, “Agregat zavodi” OAJ va “Chirchiqqishloqmash” OAJning boʻshaydigan obyektlarini belgilangan tartibda ochiq savdolarda sotilishini tashkil etsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.20.00 Qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalari;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.04.00 Yerning davlat hisobi. Davlat yer kadastri. Er monitoringi]
6. “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi bir oy muddatda “TTZ” OAJ hududining kadastr surati olinishini hamda kadastr hujjatlari belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Toshkent shahar hokimligi (A. Toʻxtayev) bir oy muddatda “TTZ” OAJ hududining kadastr surati olinishi yakunlangach uni ikkinchi zonaga biriktirish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqsin (mazkur qarorga muvofiq ajratib beriladigan hududlardan tashqari).
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.02 Aksiyalar va obligatsiyalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.20.00 Qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalari]
7. “TTZ” OAJ, “Chirchiqqishloqmash” OAJ, “Texnolog” OAJ va “Agregat zavodi” OAJ, istisno tariqasida, ushbu qarorga muvofiq ularning ustav kapitallari oʻzgartirilganda aksiyalar emissiyasi prospektlarini qayta roʻyxatga olish yigʻimlaridan ozod etilsin.
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-fevraldagi PF-5329-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2018-y., 06/18/5329/0846-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi bir oy muddatda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2007 — 2010-yillarda xususiylashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish va xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 20-iyuldagi PQ-672-sonli qarorining 2-ilovasiga mazkur Qarordan kelib chiqadigan oʻzgartishlar toʻgʻrisida belgilangan tartibda takliflar kiritsin.
12. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ushbu Qarorning ijrosi yuzasidan 2008-yilning sentabr va dekabr oylarida maʼlumot berilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 4-aprel,
PQ-830-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-y., 4-son, 225-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 16-son, 200-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2018-y., 06/18/5329/0846-son))