Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2001-yil paxta hosilini uyushqoqlik bilan yigʻishtirib olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
2001-yil paxta hosilini uyushqoqlik bilan yigʻishtirib olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzpaxtasanoat”, “Oʻzagromashservis” uyushmalari, manfaatdor vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari, qishloq xoʻjaligi korxonalari paxta terish mashinalari, transport traktorlari, tirkamalar, maxsus jihozlangan yuk avtomobillari, paxta tozalash zavodlari, paxta tayyorlash punktlari hamda quritish-tozalash sexlarining 2001-yil 20-avgustgacha hozirlab qoʻyilishini, shuningdek yigʻim-terimni qisqa muddatlarda hamda nobudgarchiliksiz oʻtkazish uchun zarur boʻlgan boshqa moddiy-texnika resurslari xoʻjaliklarga talab qilingan miqdorda yetkazib berilishini taʼminlovchi zarur kompleks tashkiliy va iqtisodiy chora-tadbirlarni amalga oshirsinlar.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi (Begaliyev), “Oʻzagromashservis” uyushmasi (Nishonov), “Oʻzkimyosanoat” (Hasanov), “Oʻzqishloqxoʻjalikkimyo” (Yusupov) kompaniyalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari:
xoʻjaliklarga zarur miqdorda defoliantlar yetkazib berilishini taʼminlasinlar. Gʻoʻza bargini toʻkish 2001-yil 10-sentabrdan kechiktirmasdan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida esa 15-sentabrdan kechiktirmasdan, respublika mintaqalarida
1-ilovaga muvofiq tugallagan holda eng qulay muddatlarda sifatli oʻtkazilishini tashkil etsinlar, gʻoʻza bargini toʻkishni yerda olib borish usuli bilan oʻtkazish uchun texnika vositalari va apparatlar tayyorlab qoʻyilishiga alohida eʼtibor bersinlar;
paxta terish mashinalari bilan
2-ilovaga muvofiq hajmda paxta yigʻishtirib olinishini taʼminlasinlar;
har bir “Keys” gorizontal shpindelli mashinalar uchun kamida 140 gektardan dala ajratsinlar. Gorizontal shpindelli mashinalardan samarali foydalanilishi uchun shaxsiy javobgarlik Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari, “Oʻzagromashservis” uyushmasi hamda uning hududiy boʻlinmalari rahbarlari zimmasiga yuklansin. “Keys-2022” paxta terish mashinalari past hosilli dalalarda, ikkinchi terimda foydalanilishiga yoʻl qoʻyilmasin.
3. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-dekabrdagi 497-son qarori bilan 2001-yilda paxta tolasining davlat xaridi uni ishlab chiqarishning hisoblab chiqilgan miqdorining 30 foizi darajasida saqlab qolinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
4. “Oʻzagromashservis” uyushmasi, “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” Xolding kompaniyasi va ularning hududiy organlari paxta terish mashinalari, shuningdek paxta yigʻim-terimida va tayyorlashda band boʻlgan boshqa texnika uchun dvigatellar, uzellar, agregatlar va boshqa materiallarning almashtirish fondlarini tashkil etsinlar, ularning belgilangan joylarga zudlik bilan yetkazib berilishini taʼminlasinlar.
5. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi buyurtmanomalari boʻyicha gʻoʻza bargini toʻkish uchun zarur boʻlgan miqdorda samolyotlar ajratsin.
6. Paxta yigʻim-terimi qatnashchilarini moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirish maqsadida xoʻjaliklarga paxta terimi uchun dalalardagi mavjud hosilga qarab tabaqalashtirilgan haq toʻlash tavsiya qilinsin.
terilgan 1 kilogramm oʻrta tolali nav paxta uchun — oʻrtacha 22 soʻm, ingichka tolali paxta uchun — 24 soʻm;
terilgan 1 kilogramm oʻrta tolali urugʻlik paxta uchun — oʻrtacha 24 soʻm, ingichka tolali paxta uchun — 26 soʻm haq toʻlansin.
Mashina-traktor parklari va xoʻjaliklar ikki qatorli vertikal shpindelli paxta terish mashinasida terilgan bir tonna paxta uchun mexanik-haydovchilarga — kamida 420 soʻm, toʻrt qatorli mashinada terilgan paxta uchun — 280 soʻm, ikki qatorli gorizontal shpindelli mashinada terilgan paxta uchun — kamida 210 soʻm miqdorida haq toʻlaydilar.
Terimchilar va paxta terish mashinalarining mexanik-haydovchilari bilan har 5 kunda hisob-kitob qilinsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi, Markaziy bank, “Paxta-bank” va boshqa tijorat banklari xoʻjaliklar, fermyerlar, tayyorlov punktlari, transport tashkilotlari, paxta tozalash zavodlariga terimchilar va paxta terish mashinalarining mexanik-haydovchilari bilan, shuningdek paxtani yuklash, tushirish, tayyorlash, transportda tashish, joylashtirish hamda unga ishlov berish, paxta terish texnikasiga texnika xizmati koʻrsatish va tuzatishda band boʻlgan xodimlar bilan oʻz vaqtida hisob-kitob qilish uchun yetarli miqdorda naqd pul ajratgan holda ularni mehnatga haq toʻlashning ichki idoraviy normativlari boʻyicha, mashina-traktor parklarini esa paxtani mexanizatsiya vositasida yigʻishtirib olish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar hajmi uchun oʻz vaqtida mablagʻ bilan taʼminlasinlar.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari qishloq xoʻjaligi shirkat xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalari har bir oila pudrati va xoʻjalik ichki boʻlinmalari bilan topshirilgan paxta xomashyosining amaldagi hajmi va sifati asosida oʻz vaqtida hisob-kitob qilinishini taʼminlashi ustidan doimiy nazorat oʻrnatsinlar.
Oilaviy pudratchilar va boshqa xoʻjalik ichki boʻlinmalari bilan tuzilgan xoʻjalik ichki shartnomalariga qatʼiy rioya qilinishi taʼminlansin. Xoʻjalik ichki pudrati ayrim boʻlinmalari zararlari boshqa boʻlinmalar mablagʻi hisobiga qoplanishi qatʼiy taqiqlansin.
9. “Paxtasanoat” uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 12-iyundagi 252-son
qarori bilan belgilangan tartibga qatʼiy muvofiq holda paxtaning miqdor va sifat koʻrsatkichlarining ishonchliligi, uni tayyorlash, saqlash va qayta ishlashda qoʻshib yozishlarga hamda statistika va buxgalteriya hisobotlari buzilishiga yoʻl qoʻymaslik ustidan kundalik nazoratni taʼminlasinlar.
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari “Paxtasanoat” hududiy birlashmalari bilan avtotransport korxonalari oʻrtasida tuzilgan shartnomalar asosida paxta xomashyosini tashishda zarur miqdordagi yuk avtomashinalari safarbar etilishini taʼminlasinlar.
11. “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” Xolding kompaniyasi va “Oʻzagromashservis” uyushmasi paxta yigʻim-terimi mavsumida qatnashuvchi paxta terish mashinalari va boshqa texnikaning uzluksiz ishlashini tashkil etishda paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklarga va mashina-traktor parklariga amaliy yordam koʻrsatish uchun viloyatlarga
3-ilovaga muvofiq sanoat korxonalarini biriktirib qoʻysinlar.
12. “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi, “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi yonilgʻi-moylash materiallarining xoʻjaliklarga, fermyerlarga, mashina-traktor parklariga va paxta tozalash sanoati korxonalariga, boshqa tashkilotlar va korxonalarga yigʻim-terim, tashish va paxtaga ishlov berish ishlarini bajarish uchun zarur boʻlgan miqdorda uzluksiz yetkazib berilishini taʼminlasinlar, ularning zarur zaxirasini barpo etsinlar.
13. “Oʻzbekbirlashuv”, “Oʻzbeksavdo” kompaniyalari, “Oʻzdonmahsulot” korporatsiyasi, “Yogʻmoytamakisanoat” uyushmasi qishloq aholisini, ayniqsa paxta yigʻim-terimi qatnashchilarini oziq-ovqat va boshqa xalq isteʼmol tovarlari bilan taʼminlash masalalarini tezkorlik bilan hal qilsinlar.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi paxta yigʻim-terimida band boʻlgan xodimlarga zarur tibbiy yordam koʻrsatilishi tashkil etilishini taʼminlasin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi hosil yigʻim-terimi davrida terimchilarga madaniy xizmat koʻrsatishni tashkil etsin, sanʼat ustalari va adabiyot namoyandalarining xoʻjaliklarga borishlarini nazarda tutsin.
16. “Oʻzteleradio” kompaniyasi paxta yigʻim-terimining borishi radio va televideniyeda muntazam ravishda yoritib borilishini taʼminlasin, paxta yetishtirish va uni terib olishda yuqori natijalarga erishgan ishlab chiqarish ilgʻorlari — terimchilar, mexanik-haydovchilar, fermyerlar, xoʻjaliklar rahbarlariga alohida eʼtiborni qaratsin.
17. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I. Joʻrabekov va Bosh vazir oʻrinbosari T. Xoltoyev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Vazirlar Mahkamasining
2001-yil 13-avgustdagi
337-son
qaroriga1-ILOVA
2001-yilda gʻoʻza bargini toʻkish
|
Gʻoʻza bargi toʻkiladigan va desikatsiya qilinadigan maydon, hammasi, ming gektar |
Gʻoʻza bargini toʻkish muddatlari |
|
boshlanishi |
tugallanishi |
| Qoraqalpogʻiston Respublikasi |
40 |
1-sentabr |
15-sentabr |
|
viloyatlar: |
|
|
|
| Andijon |
80 |
20-avgust |
5-sentabr |
| Buxoro |
45 |
29-avgust |
10-sentabr |
| Jizzax |
110 |
1-sentabr |
10-sentabr |
| Qashqadaryo |
110 |
1-sentabr |
10-sentabr |
| Navoiy |
20 |
1-sentabr |
10-sentabr |
| Namangan |
70 |
22-avgust |
8-sentabr |
| Samarqand |
100 |
1-sentabr |
10-sentabr |
| Surxondaryo |
65 |
20-avgust |
5-sentabr |
| Sirdaryo |
110 |
29-avgust |
8-sentabr |
| Toshkent |
130 |
27-avgust |
10-sentabr |
| Fargʻona |
60 |
22-avgust |
10-sentabr |
| Xorazm |
60 |
1-sentabr |
15-sentabr |
| Jami: |
1000 |
20-avgust |
15-sentabr |
Vazirlar Mahkamasining
2001-yil 13-avgustdagi
337-son
qaroriga 2-ILOVA
2001-yil paxta hosilini yigʻishtirishga qoʻyiladigan paxta terish mashinalari boʻyicha
|
Ekin maydoni, ming ga |
Mashinada teriladigan maydon, ming ga |
Paxta terish mashinalarining qatnashishi, ta |
Mashinada paxta terish hajmi, ming tonna |
|
hammasi |
shu jumladan, gorizontal shpindelli mashinalar |
ulardan 2001-yilda olinganlari |
| Qoraqalpogʻiston Respublikasi |
83,4 |
0,4 |
3 |
3 |
|
0,8 |
|
viloyatlar: |
|
|
|
|
|
|
| Andijon |
109,4 |
1,4 |
10 |
10 |
|
3,6 |
| Buxoro |
128,7 |
2,7 |
19 |
19 |
|
7,6 |
| Jizzax |
113,5 |
30,7 |
262 |
202 |
30 |
64,9 |
| Qashqadaryo |
172,5 |
17,8 |
184 |
104 |
30 |
39,1 |
| Navoiy |
41,1 |
1,6 |
11 |
11 |
|
4 |
| Namangan |
99,3 |
1,1 |
8 |
8 |
|
2,8 |
| Samarqand |
102 |
1,7 |
12 |
12 |
|
3,7 |
| Surxondaryo |
125,5 |
1,5 |
11 |
11 |
|
4,3 |
| Sirdaryo |
136,4 |
32,2 |
316 |
196 |
20 |
65,3 |
| Toshkent |
106,1 |
29,8 |
231 |
206 |
20 |
73,2 |
| Fargʻona |
125,4 |
|
|
|
|
|
| Xorazm |
109,7 |
1,4 |
10 |
10 |
|
3,7 |
| Jami: |
1452,8 |
122,3 |
1077 |
792 |
100 |
273 |
Vazirlar Mahkamasining
2001-yil 13-avgustdagi
337-son
qaroriga3-ILOVA
“Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” Xolding kompaniyasi va “Oʻzagromashservis” uyushmasi zavodlarining paxta terish texnikasini tayyorlashni tugallash va ularning uzluksiz ishlashini taʼminlashda yordam koʻrsatish uchun viloyatlarga
| Jizzax viloyati |
“Toshkent traktor zavodi” davlat-aksiyadorlik jamiyati |
| |
“Chirchiq qishloq xoʻjaligi mashinasozligi zavodi” ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati |
| |
“Asaka taʼmirlash zavodi” aksiyadorlik jamiyati |
| |
“Toshkent agregat zavodi” aksiyadorlik jamiyati |
| |
“Oʻzgidravlika” aksiyadorlik jamiyati |
|
|
| Qashqadaryo viloyati |
“Toshkent qishloq xoʻjaligi mashinasozligi ishlab chiqarish birlashmasi” davlat-aksiyadorlik jamiyati |
| |
“Kimyoqishloqmash” aksiyadorlik jamiyati |
| |
“Qarshitaʼmir” aksiyadorlik jamiyati |
| |
“Toshkent tajriba-tuzatish mexanika zavodi” aksiyadorlik jamiyati |
| |
|
| Sirdaryo viloyati |
“Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi mashinasozligi ishlab chiqarish birlashmasi” aksiyadorlik jamiyati |
| |
“Dalvarzin taʼmirlash zavodi” aksiyadorlik jamiyati |
| |
“Qoʻqon taʼmirlash” aksiyadorlik jamiyati |
| |
“Uskunaquruvchi” aksiyadorlik jamiyati |
| |
“Kugaytaʼmirlash” aksiyadorlik jamiyati |