1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.06.00.00 Pensiyalar / 06.06.08.00 Harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari pensiya taʼminoti]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 1992-YIL 25 AVGUSTDAGI PF-458-SON FARMONI AMAL QILIShINI HARBIY XIZMATChILAR, IChKI IShLAR ORGANLARINING BOShLIQLAR VA ODDIY XODIMLAR TARKIBIDAN BOʻLGAN PENSIONERLARGA TATBIQ ETISh TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Harbiy xizmatchilar, ichki ishlar organlarining boshliqlar va oddiy xodimlar tarkibidan boʻlgan pensionyerlarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish maqsadida:
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.06.00.00 Pensiyalar / 06.06.08.00 Harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari pensiya taʼminoti]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “1992-yil 1-sentabrdan nafaqalar, stipendiyalar hamda budjet hisobidagi tashkilotlar xodimlarining ish haqi miqdorlarini oshirish toʻgʻrisida” 1992-yil 25-avgustdagi Farmoni 1-bandining amal qilishi ofitsyerlar tarkibidan praporshchiklardan, michmanlardan va muddatdan tashqari xizmat harbiy xizmatchilaridan, ichki ishlar organlarining boshliqlar va oddiy xodimlar tarkibidan boʻlgan pensionyerlarga, shuningdek, ularning boquvchisini yoʻqotganligi tufayli pensiya oluvchi oilalariga tatbiq etilsin.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.06.00.00 Pensiyalar / 06.06.15.00 Pensiyalarni qayta hisoblab chiqarish]
Yuqorida koʻrsatilgan shaxslarning toifalari uchun pensiyalar hisoblab chiqish 1992-yil 1-sentabrdagi holat boʻyicha harbiy xizmatchilar tegishli toifalarining, boshliqlar va oddiy xodimlar tarkibining pul daromadlarining oʻrtacha darajasidan kelib chiqqan holda amalga oshirilsin.
2. Belgilab qoʻyilsinki, bundan keyin ushbu Farmonning 1-bandida koʻrsatilgan shaxslarning pensiyalarini qayta hisoblab chiqish harbiy xizmatchilarning, ichki ishlar organlarining xizmatdagi boshliqlar va oddiy xodimlari tarkibidagi shaxslar pul daromadlarining oʻzgarishiga muvofiq vaqti-vaqti bilan amalga oshirib boriladi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 28-sentabr,
PF-476-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 11-son, 441-modda)