1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
1992-YIL 1 SENTYABRDAN NAFAQALAR, STIPENDIYALAR HAMDA BUDJET HISOBIDAGI TAShKILOTLAR XODIMLARINING ISh HAQI MIQDORLARINI OShIRISh TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining bir yilligi bayram qilinishi munosabati bilan:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.02.00 Ish haqining eng kam miqdori;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.06.00.00 Pensiyalar / 06.06.01.00 Umumiy qoidalar]
1. Respublika hududida ish haqi va mehnat nafaqasining eng oz miqdori oyiga 1250 soʻm qilib belgilansin.
1992-yil 1-sentabrdan boshlab fuqarolar ish stajining oz-koʻpligiga va xizmatlariga qarab mehnat nafaqalarining tabaqalashtirilgan miqdorlari joriy etilib, bunda mazkur Farmonda belgilangan eng oz miqdor asos qilib olinsin.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.06.00.00 Pensiyalar / 06.06.03.00 Nogironlik pensiyasi]
2. Ulugʻ Vatan urushining qatnashchilari va nogironlariga eng oz miqdor 1600 soʻm boʻlishidan kelib chiqib, nafaqalar miqdori belgilansin, bunda Ulugʻ Vatan urushi III guruh nogironlari nafaqalarining miqdori eng oz ish haqi darajasigacha yetkazilsin.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar]
3. Budjet hisobidagi muassasalar va tashkilotlar xodimlarining ish haqi 25 foiz oshirilsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.02.00 (Кучини йукотган) Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi / 07.10.02.07 (Кучини йукотган) Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini hisoblab chiqarish, hisobot va toʻlash / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
4. Fuqarolarning soliq olinmaydigan daromadlarining eng past darajasi oyiga 1250 soʻm miqdorida belgilansin.
Mehnatkashlar barcha toifalarining oʻrtacha ish haqi umuman oshirilishini hisobga olib, oyiga 5250 soʻmgacha boʻlgan ish haqidan olinadigan daromad soligʻining eng kam miqdori (12%) belgilansin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.86.00 (Кучини йукотган) Oʻquvchilar, talabalar va tarbiyalanuvchilarning huquqlari va ijtimoiy himoyasi;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.90.00 (Кучини йукотган) Stipendiyalar]
5. Oliy oʻquv yurtlari talabalarining stipendiyalari, texnikumlar hamda kiyim-bosh va ovqat bilan taʼminlanmaydigan hunar-texnika bilim yurtlari oʻquvchilarining stipendiyalari 1,5 baravar koʻpaytirilsin, bunda imtiyozli ovqatlanish uchun har oylik qoʻshimcha toʻlovlarning avvalgi miqdorlari bekor qilinsin. Talabalarning oshxonalari va bufetlarida tushlik ovqatlar qiymatidan 50 foizli chegirmalar saqlab qolinsin.
6. Respublika vazirliklari, idoralari, uyushmalari, konsernlari, korxonalari va xoʻjaliklari mehnat unumdorligini va ishlab chiqarish (ishlar va xizmatlar)ning hajmlarini tegishli darajada oshirishni taʼminlagan taqdirda ushbu Farmonda belgilangan eng oz miqdorni hisobga olib, ishlovchilarning maoshini yanada oshirsinlar.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya toʻlovlari / 06.07.02.00 Kompensatsiya va boshqa ijtimoiy toʻlovlar / 06.07.02.02 Ovqatlanish uchun kompensatsiya toʻlovlari]
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 27-iyunda 433-son Farmoni 4, 5, 6-bandlari va 3-bandining imtiyozli ovqatlanish uchun oylik qoʻshimcha haq toʻlash toʻgʻrisidagi qismi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddat ichida ushbu Farmonni roʻyobga chiqarishga oid tashkiliy chora-tadbirlarni koʻzda tutuvchi qaror qabul qilsin.
9. Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 25-avgust,
PF-458-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 10-son, 414-modda)