toggle_night_mode
Hujjat 16.01.2017 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Radiochastota spektrini boshqarishni tashkil qilish va foydalanishni takomillashtirish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining “Radiochastota spektri toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq va radiochastota spektrini boshqarishni tashkil qilish va foydalanishni takomillashtirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasining radiochastotalar boʻyicha Davlat komissiyasi tugatilib, radiochastotalar boʻyicha Respublika kengashi tashkil etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Quyidagilar radiochastotalar boʻyicha Respublika kengashi faoliyatining asosiy vazifalari va yoʻnalishlari etib belgilansin:
mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining radiochastota resursidan samarali foydalanishni taʼminlash sohasida davlat siyosatini amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
radiochastota spektrini taqsimlash va foydalanish konsepsiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi radiochastotalarini taqsimlash jadvalini shakllantirish, radiochastota spektridan foydalanish sohasida ilmiy-texnikaviy tadqiqotlar oʻtkazilishini tashkil qilish;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 8-sentabrdagi PQ-2403-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 36-son, 474-modda)
radiochastota spektridan foydalanish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish, radiochastotalarni rejalashtirish, tayinlash va ulardan foydalanish masalalari boʻyicha xalqaro tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasining milliy manfaatlarini himoya qilish;
radiochastota spektri toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi monitoringini tashkil qilish, radiochastota spektridan foydalanuvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan tizimli kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
radiochastota spektrini tartibga solish va undan foydalanish sohasida zamonaviy texnologiyalarni qoʻllash borasidagi ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish, mazkur sohada yagona avtomatlashtirilgan boshqarish tizimini yaratish va rivojlantirish;
radiochastota spektridan foydalanuvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish.
3. Quyidagilar:
radiochastotalar boʻyicha Respublika kengashining tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
radiochastotalar boʻyicha Respublika kengashi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Belgilab qoʻyilsinki, radiochastotalar boʻyicha Respublika kengashi oʻz vakolati doirasida qabul qilgan qarorlar davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek radiochastota spektri foydalanuvchilari tomonidan ijro etilishi majburiy hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi radiochastotalar boʻyicha Respublika kengashining ishchi organi hisoblanadi.
(5-bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 2-noyabrdagi PQ-2651-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 46-son, 528-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tuzilmasida radiochastotalar boʻyicha Respublika kengashi faoliyatini tashkiliy-texnik jihatdan taʼminlash uchun 3 nafar shtat birligidan iborat radiochastota spektridan foydalanishni tartibda solish boʻlimi tashkil etilsin.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 31-dekabrdagi PF-4910-sonli Farmoni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 2-son, 25-modda, 13-son, 202-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
6. Oʻzbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi ikki oy muddatda:
Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
belgilangan tartibda idoraviy meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2013-yil 22-oktabr,
PQ-2053-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 22-oktabrdagi PQ-2053-son qaroriga
1-ILOVA
Radiochastota boʻyicha Respublika kengashi
TARKIBI

A.N. Aripov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, radiochastota boʻyicha Respublika kengashi raisi

X.M. Mirzohidov

Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri, radiochastota boʻyicha Respublika kengashi raisining oʻrinbosari

K.M. Aripov

favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi oʻrinbosari

R.K. Davletov

adliya vazirining birinchi oʻrinbosari

Sh.T. Normatov

mudofaa vazirining birinchi oʻrinbosari — Mudofaa vazirligi Bosh shtabining boshligʻi

D.Z. Hakimov

tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari

Yo.E. Tursunov

ichki ishlar vazirining oʻrinbosari

lavozimi boʻyicha

Davlat xavfsizlik xizmati raisining oʻrinbosari

lavozimi boʻyicha

Davlat bojxona qoʻmitasi raisining oʻrinbosari

M.M. Sangilov

axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining oʻrinbosari

K.T. Mansurov

Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi bosh direktorining oʻrinbosari

A.A. Abduqayumov

Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh metrologi

B.E. Nishonov

Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi direktorining birinchi oʻrinbosari

A.D. Xadjayev

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi

V.N. Tyan

“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK bosh direktori

F.Sh. Muxtorov

Mudofaa vazirligi Bosh shtabi boshligʻining oʻrinbosari, 29543 h/q komandiri

U.D. Mamaroziqov

Mudofaa vazirligi Bosh shtabining aloqa, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va tizimlari boshqarmasi boshligʻi vazifasini v.b.

lavozimi boʻyicha

Davlat xavfsizlik xizmatining Maxsus aloqa xizmati boshligʻi

T.E. Uljayev

Oʻzbekiston Respublikasining Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi

F.T. Umarxoʻjayev

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida davlat inspeksiyasi boshligʻi

R.P. Mansurov

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Elektromagnit moslikligi markazi boshligʻi

A.R. Gataulina

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi radiochastota spektridan foydalanishni boshqarish boʻlimi boshligʻi, radiochastota boʻyicha Respublika kengashi kotibi.

Izoh: Kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtganlarida ularni lavozimlariga tayinlangan yoki ularning zimmasiga tegishli vazifalarni bajarish yuklatilgan shaxslar Kengash tarkibiga kiritiladi.
 LexUZ sharhi
1-ilova norasmiy tarjima.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 22-oktabrdagi PQ-2053-son qaroriga
2-ILOVA
Radiochastotalar boʻyicha Respublika kengashi toʻgʻrisida
NIZOM
I. UMUMIY QOIDALAR
1. Radiochastotalar boʻyicha Respublika kengashi (keyingi oʻrinlarda — RCHRK) Oʻzbekiston Respublikasi radiochastota spektridan foydalanishni tartibga solish, radiochastotalardan foydalanish va ularni tayinlash masalalari boʻyicha xalqaro tashkilotlarda respublika manfaatlarini huquqiy himoya qilish sohasida ishlarni samarali amalga oshirish maqsadida tashkil etilgan.
2. RCHRK Oʻzbekiston Respublikasi radiochastota spektridan foydalanishni tartibga solish sohasidagi ishlarni muvofiqlashtirish boʻyicha idoralararo kollegial organ hisoblanadi.
RCHRK oʻz vakolati doirasida qabul qilgan qarorlar vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, kompaniyalar, uyushmalar, boshqa xoʻjalik birlashmalari va korxonalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, radiochastota spektri foydalanuvchilari tomonidan ijro etilishi majburiy hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. RCHRK oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Xalqaro elektr aloqa ittifoqining meʼyoriy hujjatlariga, ushbu Nizomga amal qiladi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
II. RADIOCHASTOTALAR BOʻYICHA RESPUBLIKA KENGASHINING VAZIFALARI
4. Quyidagilar Radiochastotalar boʻyicha Respublika kengashining asosiy vazifalari hisoblanadi:
mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining radiochastota resursidan samarali foydalanishni taʼminlash sohasida davlat siyosatini amalga oshirish;
radiochastota spektrini taqsimlash va foydalanish konsepsiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi radiochastotalarini taqsimlash jadvalini shakllantirish, radiochastota spektridan foydalanish sohasida ilmiy-texnikaviy tadqiqotlar oʻtkazilishini tashkil qilish;
radiochastota spektridan foydalanish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish, radiochastotalarni rejalashtirish, tayinlash va ulardan foydalanish masalalari boʻyicha xalqaro tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasining milliy manfaatlarini himoya qilish;
radiochastota spektri toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi monitoringini tashkil qilish, radiochastota spektridan foydalanuvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan tizimli kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
radiochastota spektrini tartibga solish va undan foydalanish sohasida zamonaviy texnologiyalarni qoʻllash borasidagi ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish, mazkur sohada yagona avtomatlashtirilgan boshqarish tizimini yaratish va rivojlantirish;
radiochastota spektridan foydalanuvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish.
III. RADIOCHASTOTALAR BOʻYICHA RESPUBLIKA KENGASHINING FUNKSIYALARI
5. Radiochastotalar boʻyicha Respublika kengashi oʻziga yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida:
barcha maqsadlardagi radioelektron vositalar uchun berilgan chastotalarni hisobga olish tartibini belgilaydi;
radiochastota spektridan foydalanish va uni nazorat qilish tartibini belgilaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi radiochastotalarini taqsimlash jadvalini ishlab chiqadi va eʼlon qiladi, radiochastota spektrini taqsimlash va undan foydalanish masalalari boʻyicha oʻz vakolat doirasida normativ hujjatlarni qabul qiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish imkoniyati toʻgʻrisida vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va fuqarolarning arizalarini koʻrib chiqadi va ular boʻyicha qaror qabul qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
ishlab chiqiladigan (modernizatsiya qilinadigan), ishlab chiqariladigan va chet eldan xarid qilinadigan radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar uchun radiochastotalar polosalarini ajratadi;
Keyingi tahrirga qarang.
radiochastota organlari oʻrtasida radiochastotalar polosalarini taqsimlaydi va ularning radiochastota spektridan foydalanish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
berilgan chastotalarni xorijiy davlatlar aloqa maʼmuriyatlari bilan muvofiqlashtirish, Oʻzbekiston Respublikasi radioelektron vositalariga berilgan chastotalarni Xalqaro elektr aloqa ittifoqida roʻyxatdan oʻtkazishni belgilangan tartib da amalga oshiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
radiochastota spektridan foydalanish sohasida qoʻshni davlatlarning aloqa maʼmuriyatlari bilan hamkorlik qiladi;
radiochastota spektrini taqsimlash va undan foydalanish masalalari bilan shugʻullanuvchi xalqaro tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini himoya qilishni taʼminlaydi;
Xalqaro elektr aloqa ittifoqi, Mintaqaviy aloqa hamdoʻstligi va boshqa xalqaro tashkilotlar hamda ularning organlarining radiochastota spektrini taqsimlash va undan foydalanish masalalari boʻyicha konferensiyalari va yigʻilishlariga tayyorgarlik koʻrishni va ularda ishtirok etishni tashkillashtiradi va ularning qarorlari bajarilishini taʼminlaydi;
milliy sputnik tizimi uchun radiochastota polosalari va joylashish nuqtalarini taqsimlash va ulardan foydalanishni rejalashtiradi, xorijiy davlatlarning Yer sunʼiy yoʻldoshi orqali ishlaydigan yerdagi sunʼiy aloqa stansiyalaridan Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanish maqsadida radiochastota polosalaridan foydalanish masalalarini hal qiladi;
radiochastotalardan foydalanish sohasidagi xalqaro hujjatlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi majburiyatlariga taalluqli masalalarni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishadi;
radioelektron vositalarning chastota-hududiy tarqalishi meʼyorlarini va sanoat radio shovqinining ruxsat etiladigan qiymati meʼyorlarini ishlab chiqishni tashkil etadi va tasdiqlaydi;
radioelektron vositalarning elektromagnit moslashuvchanligini, radiochastotalardan foydalanishni belgilovchi talablar, signallarni tanish, radioelektron vositalarni yetkazib berish tartibi qismi boʻyicha radioelektron vositalar standartlari va texnik reglamentlari loyihalarini kelishadi;
radiochastota spektridan foydalanish sohasida takliflarni tayyorlaydi, ilmiy-tadqiqot va loyiha konstruktorlik ishlari mavzulari, davlat standartlarini ishlab chiqish boʻyicha xulosalar beradi;
yuqori chastotali qurilmalar, elektr uskunalari, mashinalar, apparatlar, priborlarga elektromagnit moslashuvchanlikni belgilovchi texnik xususiyatlar qismi boʻyicha standartlar va texnik reglamentlarni, shuningdek, sanoat shovqiniga umumdavlat standartlari loyihasini koʻrib chiqadi va kelishadi.
IV. RADIOCHASTOTALAR BOʻYICHA RESPUBLIKA KENGASHINING HUQUQLARI
6. Radiochastotalar boʻyicha Respublika kengashi quyidagi huquqlarga ega:
Oʻzbekiston Respublikasi hududida radiochastota spektridan foydalanish va radioelektron vositalarning elektromagnit moslashuvchanligini taʼminlash tartibini belgilaydi;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda radiochastota spektridan foydalanish huquqini vaqt va (yoki) makon boʻyicha toʻxtatadi yoki cheklaydi;
radiochastota organlari qarorlari RCHRK tomonidan tasdiqlangan amaldagi normativ hujjatlar talablariga rioya qilmagan holda qabul qilinganda, ushbu qarorlarni ularni bekor qiladi;
radiochastota spektrini samarali taqsimlash va ulardan foydalanish qismi boʻyicha radiochastota organlari faoliyatini tartibga soladi;
radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar uchun davlat standartlari, texnik reglamentlar, meʼyorlar, qoidalar va boshqa normativ-texnik hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
RCHRK vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha zarur maʼlumotlarni davlat boshqaruvi organlari, jismoniy va yuridik shaxslardan soʻrab oladi;
RCHRK qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
V. RADIOCHASTOTALAR BOʻYICHA RESPUBLIKA KENGASHI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH
7. Radiochastotalar boʻyicha Respublika kengashiga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari raislik qiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri RCHRK raisining oʻrinbosari hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. RCHRK shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. RCHRK tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vazirining, ichki ishlar vazirining, adliya vazirining, favqulodda vaziyatlar vazirining, tashqi ishlar vazirining, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining, Davlat xavfsizlik xizmati raisining, Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi bosh direktorining, Oʻzbekiston Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining va Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi bosh direktorining oʻrinbosarlari, shuningdek, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻi, Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK bosh direktori, yuqorida koʻrsatib oʻtilgan vazirlik va idoralarning tarkibiy boʻlinmalari vakillari kiritiladi.
RCHRK aʼzolari oʻz majburiyatlarini jamoatchilik asosida bajaradi.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Radiochastotalar boʻyicha Respublika kengashining ishchi organi hisoblanadi hamda uning faoliyatini tashkiliy-texnik taʼminlash, materiallarni muvofiqlashtirish, ishlab chiqish va tayyorlash boʻyicha joriy tezkor ishlarni bajaradi.
Materiallarni tezkor koʻrib chiqish va tegishli takliflarni tayyorlash uchun ishchi organ jamoatchilik asosida manfaatdor vazirliklar, qoʻmitalar, idoralar, tashkilotlar va korxonalarning mutaxassislaridan iborat tayyorgarlik komissiyalari va guruhlarini tuzishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Radiochastotalar boʻyicha Respublika kengashini qayta tashkil etish va tugatish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 49 va 53-moddalari.
 LexUZ sharhi
2-ilova norasmiy tarjima.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 43-son, 571-modda; 2015-y., 36-son, 474-modda; 2016-y., 46-son, 528-modda; 2017-y., 2-son, 25-modda, 13-son 2017-y., 2-son, 25-modda, 35-son, 917-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.02.2021-y., 06/21/6176/0156-son; 25.07.2026-y., 06/26/141/0776-son)