1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.15.00.00 Fuqarolik muomalasi qatnashchilari, tovarlar, ishlar va xizmatlarni individuallashtirish vositalari / 03.15.02.00 Tovar belgisi (Xizmat koʻrsatish belgisi);
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Intellektual mulk. Fuqarolik muomalasi qatnashchilarini individuallashtirish vositalari]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI BOSh DIREKTORINING
buyrugʻi
Tovar belgisi va xizmat koʻrsatish belgisini roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 12-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1988-2]
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 19-oktabrdagi 13-mh-sonli ““Tovar belgisi va xizmat koʻrsatish belgisini roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1988-7, 19.10.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-iyundagi 166-son “Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 22-23-son, 236-modda) muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining 2009-yil 24-iyundagi 72-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1988, 2009-yil 29-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 30-31-son, 353-modda) bilan tasdiqlangan Tovar belgisi va xizmat koʻrsatish belgisini roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalarigailovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Bosh direktor v.b. Z. GIYASOV
Toshkent sh.,
2013-yil 8-avgust,
107-son
Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bosh direktorining 2013-yil 8-avgustdagi 107-son buyrugʻiga ILOVA
Tovar belgisi va xizmat koʻrsatish belgisini roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 75-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Talabnomaga patent boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinmagan taqdirda, u roʻyxatga olinmaydi va topshirgan shaxsga qaytarib yuboriladi.”.
“Agar talabnoma beruvchi tomonidan patent boji davlat ekspertizasini oʻtkazish uchun belgilangan miqdordan kam miqdorda toʻlangan taqdirda, davlat ekspertizasini oʻtkazish talabnomada birinchi boʻlib koʻrsatilgan va patent boji yetarli miqdorda toʻlangan TXXKning sinflariga nisbatan belgini roʻyxatdan oʻtkazish uchun amalga oshiriladi.
Talabnoma beruvchi Agentlik tomonidan yetishmayotgan patent bojini qoʻshimcha ravishda toʻlanishi toʻgʻrisida bildirishnoma yuborilgan sanadan boshlab uch oy mobaynida zarur summani toʻlash huquqiga ega.”.
7. 85-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda patent vakiliga berilgan ishonchnoma yuzasidan yuborilgan soʻrovnomaga javob, talabnoma Agentlikka kelib tushgan kundan eʼtiboran ikki oy muddat ichida taqdim etilishi lozim.”.
“86. Taqdim etilgan hujjatlar Qoidalarning 12—26 va 29-bandlaridagi talablarni buzgan holda rasmiylashtirilganligi hamda 80-bandida nazarda tutilgan hujjatlar va maʼlumotlarning mavjud emasligi rasmiy ekspertiza bosqichida soʻrovnoma yuborish uchun asos boʻladi.”.
9. 95-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Talabnoma beruvchiga soʻrovnoma yuborilgan holda talabnomada koʻrsatilgan belgini ekspertizadan oʻtkazish muddati toʻxtatib turiladi.”.