

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                        <div class="act_warning">
                            Hujjat kuchini yo‘qotgan&nbsp;28.11.2016
                        </div>
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-1814305" id="onLBC-1814305">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6119"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;</span></div><div id="LBC6294"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.01.00 Umumiy qoidalar]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-1814305" id="onLS-1814305">[<b>TSZ:</b><div id="LS3678"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;</span></div><div id="LS3722"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Intellektual mulk. Fuqarolik muomalasi qatnashchilarini individuallashtirish vositalari]</span></div></div></div><div class="OFFICIAL_SOUR_TEXT"><label id="s9496"></label><div name="-1814314" id="-1814314"><a href="/files/-1812825.pdf">PDF-faylidagi rasmiy manba</a></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-1814315" id="-1814315">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-1814316" id="-1814316">qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-1814317" id="-1814317">Oʻzbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1814318" id="-1814318"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-3072073" id="-3072073">Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 24-noyabrdagi 394-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi <a href="/mact/-3070363?ONDATE=28.11.2016 00#-3070375">qaroriga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1814320" id="-1814320">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligini tashkil etish toʻgʻrisida” 2011-yil 24-maydagi PQ-1536-son <a href="/mact/-1815463">qarorini</a> bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1814321" id="-1814321">1. Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi toʻgʻrisidagi nizom <a href="/mact/-1814305#-1814341">1-ilovaga </a>muvofiq tasdiqlansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1814322" id="-1814322">2. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi faoliyatini moliyalashtirishning asosiy manbalari etib belgilansin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1814323" id="-1814323">Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1814325" id="-1814325">patent bojlari, asarlarni va turdosh huquqlar obyektlarini roʻyxatdan oʻtkazganlik uchun toʻlov tushumlari hisobiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shakllantiriladigan budjetdan tashqari mablagʻlar, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1814326" id="-1814326">3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi huzuridagi “Patent-Press” shuʼba korxonasi belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi huzuridagi “Intellekt Ekspert” davlat unitar korxonasiga aylantirilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1814328" id="-1814328">4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining <a href="/mact/-1814305#-1814547">2-ilovaga </a>muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1814329" id="-1814329">5. Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi Adliya vazirligi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1814330" id="-1814330">qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1814332" id="-1814332">idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1814333" id="-1814333">6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-1814335" id="-1814335">Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1814336" id="-1814336">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1814338" id="-1814338">2011-yil 8-iyun,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-1814339" id="-1814339">166-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1814341" id="-1814341"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-1814342" id="-1814342">Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-iyundagi 166-son <a href="/mact/-1814305">qaroriga</a> <br />1-ILOVA</div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-1814344" id="-1814344">Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi toʻgʻrisida</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-1814345" id="-1814345"><strong>NIZOM</strong></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1814346" id="-1814346"></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1814347" id="-1814347">I. Umumiy qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1814349" id="-1814349">1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb ataladi) asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligini va faoliyatining tashkiliy masalalarini belgilaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1814350" id="-1814350">2. Agentlik intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish va ularga boʻlgan huquqlarni himoya qilish sohasidagi yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlovchi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1814351" id="-1814351">Agentlik mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaradigan tashkilotlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi va ularning faoliyatini nazorat qiluvchi maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1814352" id="-1814352">Agentlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1814353" id="-1814353">3. Agentlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/mact/-20596">Konstitutsiyasi</a> va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga hamda mazkur Nizomga amal qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1814354" id="-1814354">4. Agentlik oʻz faoliyatini davlat va xoʻjalik boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1814355" id="-1814355">5. Quyidagilar Agentlikni moliyalashtirishning asosiy manbalari hisoblanadi: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1814357" id="-1814357">Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1814358" id="-1814358">patent bojlari, asarlarni va turdosh huquqlar obyektlarini roʻyxatdan oʻtkazganlik uchun toʻlov tushumlari hisobiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shakllantiriladigan budjetdan tashqari mablagʻlar, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1814359" id="-1814359">Bunda Agentlik xodimlari mehnatiga haq toʻlash xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga qoplanadi, xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish va Agentlikning joriy taʼminoti budjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1814361" id="-1814361">6. Agentlik yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan dumaloq muhrga, boshqa zarur muhr va shtamplarga, bank, shu jumladan valyuta hisob raqamlariga ega boʻladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1814362" id="-1814362">II. Agentlikning asosiy vazifalari va funksiyalari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1814364" id="-1814364">7. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1814365" id="-1814365">intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish va ularga boʻlgan huquqlarni himoya qilish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlash, ixtirolar, sanoat namunalari, foydali modellar, tovar belgilari va boshqa intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish, intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquq egalari huquqlarini himoya qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1814366" id="-1814366">ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari va boshqa intellektual mulk obyektlarini ekspertizadan hamda davlat roʻyxatidan oʻtkazish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1814368" id="-1814368">innovatsiya texnologiyalari va ixtirolarni, ilmiy-texnika va sanoat ishlanmalarini, seleksiya yutuqlarini, badiiy-konstruktorlik va ijodiyot ishlarining boshqa turlarini ishlab chiqarishga keng joriy etishga har tomonlama koʻmaklashish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1814369" id="-1814369">patent hujjatlarining davlat fondini va intellektual mulkning rasman roʻyxatdan oʻtkazilgan obyektlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini shakllantirish, ularni saqlash va ulardan foydalanish uchun shart-sharoitlarni taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1814372" id="-1814372">intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish va ularga boʻlgan huquqlarni himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga qatʼiy rioya etilishini qatʼiy nazorat qilish, vakolatli davlat organlari bilan birgalikda kontrafakt tovarlarning respublika hududiga noqonuniy olib kirilishi va aylanishining oldini olish chora-tadbirlarini koʻrishda qatnashish;</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2440676" id="-2440676"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2440677" id="-2440677">audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash, sotish, prokatga berish, shuningdek fonogrammalarni tayyorlash faoliyatini litsenziyalashni amalga oshirish; </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2440678" id="-2440678">(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli <a href="/mact/-2436227?ONDATE=04.08.2014 00#-2436868">qaroriga </a>asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1814373" id="-1814373">intellektual mulkni muhofaza qilish sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1814375" id="-1814375">davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, tadbirkorlik subyektlari uchun intellektual mulk sohasida kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1814376" id="-1814376">8. Agentlik oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1814378" id="-1814378">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish va ularga boʻlgan huquqlarni himoya qilish sohasida davlat siyosatini ishlab chiqish va takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritadi hamda ularni amalga oshirishda bevosita qatnashadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1814379" id="-1814379">intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish va ularga boʻlgan huquqlarni himoya qilish sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish masalalari boʻyicha takliflar ishlab chiqadi hamda koʻrib chiqish uchun ularni belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1814380" id="-1814380">innovatsiya texnologiyalari va ixtirolar, ilmiy-texnika va sanoat ishlanmalari yaratilishini, seleksiya yutuqlarini, badiiy-konstruktorlik hamda ijodiyot ishlarining boshqa turlarini ragʻbatlantirish, ularni, shu jumladan ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va modernizatsiya qilish doirasida ishlab chiqarishga keng joriy etishni taʼminlash boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1814384" id="-1814384">ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, seleksiya yutuqlari, tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari, tovarlarning kelib chiqish joylari nomiga nisbatan muhofaza hujjatlari berish yuzasidan buyurtmanomalarni koʻrib chiqish uchun qabul qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1814386" id="-1814386">ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, seleksiya yutuqlari, tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari, tovarlarning kelib chiqish joylari nomlari, integral mikrosxemalar topologiyalari davlat ekspertizasini amalga oshiradi, arizada koʻrsatilgan obyektlarning ustuvorligini belgilaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1814388" id="-1814388">ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, seleksiya yutuqlari, tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari, tovarlarning kelib chiqish joylari nomlarini, integral mikrosxemalar topologiyalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazadi, muhofaza hujjatlarini beradi, Oʻzbekiston Respublikasidagi barchaga maʼlum boʻlgan tovar belgilarining tegishli reyestrlarini va Roʻyxatini yuritadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1814391" id="-1814391">Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining ixtisoslashtirilgan tashkilotlari xulosalari asosida arizada koʻrsatilgan seleksiya yutuqlarining patentga loyiqlik shartlariga muvofiqligini belgilash natijalariga koʻra muhofaza hujjatlarini berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1814393" id="-1814393">berilgan buyurtmanomalarning belgilangan talablarga muvofiqligini tekshirish natijalariga koʻra ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, tovar belgisi, xizmat koʻrsatish belgisi, tovarlarning kelib chiqish joylari nomiga, integral mikrosxemalar topologiyalariga nisbatan muhofaza hujjatlarini berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1814395" id="-1814395">muhofaza va boshqa zarur hujjatlarning yagona shakllarini belgilaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1814397" id="-1814397">intellektual mulk obyektlaridan foydalanishga huquqlar berish toʻgʻrisidagi litsenziya shartnomalarini, shuningdek ularni oʻzgaga toʻliq yoki qisman berish haqida yoxud ularning garov huquqi toʻgʻrisidagi shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazadi hamda tegishli reyestrlarni yuritadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1814400" id="-1814400">intellektual mulkning rasman roʻyxatdan oʻtkazilgan obyektlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini shakllantiradi, ularning saqlanishi va foydalanilishi uchun shart-sharoitlarni taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1814402" id="-1814402">fan, adabiyot va sanʼat asarlarini, aralash huquqlar obyektlarini, shuningdek aralash huquqlar mualliflari va subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazadi, roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida belgilangan namunada guvohnoma beradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1814406" id="-1814406">Oʻzbekiston Respublikasi hududida intellektual mulk obyektlaridan foydalanadigan yuridik va jismoniy shaxslar hisobini yuritadi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1814408" id="-1814408">Agentlikning byulletenlari va boshqa rasmiy nashrlarini, shuningdek intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish hamda ularga boʻlgan huquqlarni himoya qilish masalalari boʻyicha boshqa maʼlumotlar va materiallarni nashr etishni tashkil qiladi va amalga oshiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1814410" id="-1814410">patent boʻyicha vakolatli xodimlarni attestatsiyadan va roʻyxatdan oʻtkazadi, patent boʻyicha vakolatli vakillarning davlat reyestrini yuritadi;</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2440681" id="-2440681"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2440682" id="-2440682">mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaradigan tashkilotlarning faoliyatini nazorat qiladi va ularning faoliyatiga koʻmaklashadi; </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2440683" id="-2440683">(8-bandning oʻn yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli <a href="/mact/-2436227?ONDATE=04.08.2014 00#-2436872">qarori </a>tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1814416" id="-1814416">intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlar boʻyicha qonun buzilishlariga yoʻl qoʻymaslik va buzilgan huquqlarni tiklash, intellektual mulk obyektlaridan noqonuniy foydalanishning oldini olish, shu jumladan nohalol raqobatga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1814419" id="-1814419">intellektual mulk sohasidagi huquq buzilishlarini aniqlash va ularning oldini olish, kontrafakt mahsulotlarning respublika hududiga olib kirilishi va aylanishining oldini olish borasida huquqni muhofaza qilish, bojxona, soliq va boshqa davlat organlari bilan hamkorlik qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1814421" id="-1814421">intellektual mulk subyektlari huquqlarini amalga oshirishga koʻmaklashadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1814424" id="-1814424">patent hujjatlarining davlat fondini toʻldirish ishlarini tashkil qiladi va amalga oshiradi, uning saqlanishini taʼminlaydi va shu asosda manfaatdor tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolarga kutubxona-bibliografiya, maʼlumotnoma-axborot xizmatlari koʻrsatishni tashkil qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1814427" id="-1814427">patent-axborot xizmatlari va boshqa xizmatlar koʻrsatganlik uchun toʻlovlar miqdorini belgilangan tartibda tasdiqlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1814429" id="-1814429">intellektual mulk obyektlaridan qonunga muvofiq foydalanilishini belgilaydi va ekspert xulosalari beradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1814432" id="-1814432">intellektual mulk sohasidagi faoliyatni rivojlantirish va takomillashtirish muammolari boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirishda qatnashadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1814434" id="-1814434">intellektual mulk obyektlarini yaratish va joriy etish, ularni huquqiy muhofaza qilish va himoya qilishning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun ahamiyatini keng yoritish tadbirlarini amalga oshiradi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1814436" id="-1814436">tadbirkorlik subyektlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi mansabdor shaxslarining, keng aholi qatlamlarining intellektual mulk sohasidagi bilimlari va huquqiy savodxonligini oshirish chora-tadbirlarini amalga oshiradi, intellektual mulk sohasida kadrlar tayyorlash uchun oʻquv-metodik bazaning rivojlantirilishini taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1814437" id="-1814437">intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish va ularga boʻlgan huquqlarni himoya qilish sohasida mutaxassislar tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1814441" id="-1814441">intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish va ularga boʻlgan huquqlarni himoya qilish sohasida manfaatdor shaxslarga metodik yordam koʻrsatadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1814443" id="-1814443">fuqarolar va yuridik shaxslarning intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish va ularga boʻlgan huquqlarni himoya qilish masalalari boʻyicha ariza va shikoyatlarini qonun hujjatlariga muvofiq koʻrib chiqadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1814446" id="-1814446">intellektual mulk masalalari boʻyicha ilmiy anjumanlar, simpoziumlar, konferensiyalar, seminarlar va boshqa tadbirlarni tashkil qiladi va ularda qatnashadi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2444853" id="-2444853"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2444855" id="-2444855">tuzilgan shartnomalarning mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa beradi; </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2444857" id="-2444857">(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 15-martdagi 72-sonli <a href="/mact/-1982906?ONDATE=15.03.2012 00#-1984435">qaroriga </a>asosan oʻttiz birinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2012-y., 12-son, 130-modda)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2444866" id="-2444866"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2444867" id="-2444867">audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash, sotish, prokatga berish, shuningdek fonogrammalarni tayyorlash faoliyatini litsenziyalashni belgilangan tartibda amalga oshiradi</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2444868" id="-2444868">(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli <a href="/mact/-2436227?ONDATE=04.08.2014 00#-2436874">qaroriga </a>asosan oʻttiz ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2012-y., 12-son, 130-modda)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2444862" id="-2444862"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2444863" id="-2444863">audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash, sotish, prokatga berish, shuningdek fonogrammalarni tayyorlash sohasida litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2444864" id="-2444864">(8-bandning oʻttiz uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli <a href="/mact/-2436227?ONDATE=04.08.2014 00#-2436877">qarori </a>tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1814448" id="-1814448">III. Agentlikning xalqaro faoliyati</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1814450" id="-1814450">9. Agentlik Jahon intellektual mulk tashkilotida hamda intellektual mulk sohasidagi boshqa xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasi nomidan vakillik qiluvchi vakolatli organ hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1814452" id="-1814452">10. Agentlik:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1814455" id="-1814455">intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish va ularga boʻlgan huquqlarni himoya qilish sohasida xalqaro shartnomalar tuzish toʻgʻrisida belgilangan tartibda takliflar kiritadi, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari loyihalarini tayyorlashda qatnashadi hamda Vazirlar Mahkamasi topshirigʻiga binoan, koʻrsatib oʻtilgan shartnomalarni imzolaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1814458" id="-1814458">intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish va ularga boʻlgan huquqlarni himoya qilish sohasida tegishli xalqaro, mintaqaviy va xorijiy tashkilotlar bilan muzokaralar olib boradi, belgilangan tartibda idoralararo shartnomalar tuzadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1814461" id="-1814461">xorijiy patent idoralari, xalqaro, mintaqaviy va xorijiy tashkilotlar bilan patent hujjatlari va patentga oid huquqiy adabiyotlarni xalqaro ayirboshlashni amalga oshiradi, intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish va ularga boʻlgan huquqlarni himoya qilish sohasidagi chet el tajribasini oʻrganish va undan foydalanishni tashkil qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1814463" id="-1814463">intellektual mulk sohasida xalqaro hamkorlikni belgilangan tartibda amalga oshiradi, ushbu hamkorlik doirasida intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish va ularga boʻlgan huquqlarni himoya qilish masalalari boʻyicha xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar ishida qatnashadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1814466" id="-1814466">Oʻzbekiston Respublikasining tegishli xalqaro shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlarning bajarilishini oʻz vakolatlari doirasida taʼminlaydi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1814467" id="-1814467">IV. Agentlikning huquq va majburiyatlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1814468" id="-1814468">11. Agentlik oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1814470" id="-1814470">davlat organlari, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslardan zarur axborotlar, hujjatlar va materiallarni belgilangan tartibda soʻrash va olish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1814473" id="-1814473">intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish va ularga boʻlgan huquqlarni himoya qilish sohasidagi qonun hujjatlari buzilishlari toʻgʻrisida sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1814474" id="-1814474">ixtirochilik va ijodiyotning boshqa turlari sohasidagi ulkan yutuqlar uchun Oʻzbekiston Respublikasining faxriy unvonlarini berish toʻgʻrisida belgilangan tartibda takliflar kiritish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1814475" id="-1814475">ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, seleksiya yutuqlari, tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari, tovarlarning kelib chiqish joylari nomi, integral mikrosxemalar topologiyasi yuzasidan buyurtmanomalarni koʻrib chiqish va davlat ekspertizasidan oʻtkazish uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha materiallarni buyurtmachilardan belgilangan tartibda soʻrash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1814477" id="-1814477">intellektual mulk obyektlari yuzasidan buyurtmanomalarni koʻrib chiqish bilan bogʻliq masalalarning muhokamasini tashkil etish va oʻtkazish, koʻrsatib oʻtilgan masalalarni koʻrib chiqishda qatnashish uchun buyurtmachilarni va ularning vakillarini taklif etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1814478" id="-1814478">belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish, intellektual mulk sohasidagi ilmiy-metodik va axborot materiallarini, davriy nashrlarni hamda boshqa matbaa mahsulotlarini chop etish va tarqatish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1814479" id="-1814479">intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish va ularga boʻlgan huquqni himoya qilish bilan bogʻliq masalalarni hal etish uchun mamlakatimizdagi va xorijiy mutaxassislarni shartnoma asosida jalb etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1814481" id="-1814481">budjetdan tashqari mablagʻlar jamgʻarmalarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shakllantirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1814482" id="-1814482">oʻz xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1814483" id="-1814483">Agentlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1814484" id="-1814484">12. Agentlik oʻz vakolatlari doirasida vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiy boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1814485" id="-1814485">Agentlik, zarur hollarda, boshqa vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar bilan birgalikda qoʻshma qarorlar va boshqa hujjatlar chiqarishga haqlidir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1814487" id="-1814487">13. Agentlik:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1814488" id="-1814488">oʻz zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1814489" id="-1814489">ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, seleksiya yutuqlari, tovar belgilari, xizmatlar koʻrsatish belgilari, tovarlarning kelib chiqish joylari nomi, integral mikrosxemalar topologiyalari boʻyicha buyurtmanomalarni davlat ekspertizasidan oʻtkazishning oʻz vaqtidaligi, sifati va maxfiyligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1814490" id="-1814490">budjet mablagʻlaridan va patent bojlari undirish mablagʻlaridan, asarlarni va turdosh huquqlar obyektlarini roʻyxatdan oʻtkazganlik uchun toʻlov tushumlaridan hamda Agentlik tasarrufida qoladigan boshqa nosoliq toʻlovlardan maqsadli foydalanilishi yuzasidan javob beradi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1814491" id="-1814491">V. Agentlik faoliyatini tashkil etish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1814492" id="-1814492">14. Agentlikka Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan Bosh direktor (keyingi oʻrinlarda Bosh direktor deb ataladi) boshchilik qiladi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2961218" id="-2961218"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2961220" id="-2961220">Bosh direktorning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan oʻrinbosari boʻladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2961221" id="-2961221">(14-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 5-maydagi 140-sonli <a href="/mact/-2949205?ONDATE=10.05.2016 00#-2949231">qarori </a>tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 18-son, 200-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1814494" id="-1814494">15. Bosh direktor:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1814495" id="-1814495">Agentlik faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi hamda Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1814496" id="-1814496">Agentlik tuzilmasiga xodimlarning umumiy soni doirasida oʻzgartirishlar kiritadi, Agentlikning shtatlar jadvalini, shuningdek xarajatlari smetasini tasdiqlaydi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1817362" id="-1817362">Agentlikning tarkibiy boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlaydi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1817363" id="-1817363">Agentlik xodimlarining lavozim vazifalarini tasdiqlaydi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1817364" id="-1817364">Agentlik xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1817370" id="-1817370">oʻz vakolatlari doirasida Agentlik xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar, farmoyishlar va yoʻriqnomalar chiqaradi, koʻrsatmalar beradi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1814508" id="-1814508">respublikada va chet davlatlarda Agentlik manfaatlarini ifodalaydi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1814510" id="-1814510">Bosh direktor qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi. </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1814512" id="-1814512"></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2961223" id="-2961223"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2961224" id="-2961224">16. Agentlikda Bosh direktor (hayʼat raisi), uning oʻrinbosari (lavozimiga koʻra), shuningdek Agentlik faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy boʻlinmalari rahbarlaridan iborat tarkibda hayʼat tashkil etiladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2961227" id="-2961227">(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 5-maydagi 140-sonli <a href="/mact/-2949205?ONDATE=10.05.2016 00#-2949233">qarori </a>tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 18-son, 200-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1814513" id="-1814513">Hayʼatning aʼzolari soni va shaxsiy tarkibi Bosh direktor taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1814515" id="-1814515">Hayʼat quyidagilar bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1814517" id="-1814517">Agentlik faoliyatining intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish va ularga boʻlgan huquqlarni himoya qilish sohasida yagona davlat siyosatini yanada takomillashtirish va amalga oshirish boʻyicha ushbu Nizomda belgilangan asosiy yoʻnalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1814518" id="-1814518">innovatsiya texnologiyalari va ixtirolar, ilmiy-texnika, sanoat ishlanmalari, seleksiya yutuqlari, badiiy-konstruktorlik va ijodiyot ishlarining boshqa turlarini yaratish, rivojlantirish va keng joriy etishga koʻmaklashish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1814520" id="-1814520">Agentlik nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyish, tayyorlash va qayta tayyorlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1814521" id="-1814521">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha ijro intizomini mustahkamlash, ularning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash yuzasidan Agentlik rahbarlari va xodimlarining shaxsiy javobgarligini oshirish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1814523" id="-1814523">Hayʼat Agentlik vakolatiga taalluqli boshqa masalalarni ham koʻrib chiqish huquqiga ega.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1814524" id="-1814524">Hayʼat majlisiga Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha boshqa vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari taklif etilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1814526" id="-1814526">Hayʼat uning majlisida tarkibining yarmidan koʻpi qatnashgan taqdirda vakolatli boʻladi. Koʻrib chiqilayotgan masalalar boʻyicha qarorlar oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1814528" id="-1814528">Hayʼat qarorlari Bosh direktorning buyruqlari bilan amalga oshiriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1814529" id="-1814529">Bosh direktor va hayʼat aʼzolari oʻrtasida kelishmovchiliklar paydo boʻlgan taqdirda, Bosh direktor paydo boʻlgan kelishmovchiliklar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda, mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hayʼat aʼzolari ham oʻz fikr-mulohazalarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yozma shaklda maʼlum qilishlari mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1814531" id="-1814531">Hayʼat faoliyati tartibi uning hayʼat tasdiqlaydigan reglamentida belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1814533" id="-1814533">17. Agentlikda ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, seleksiya yutuqlari, integral mikrosxemalar topologiyalari, tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari, tovarning kelib chiqish joylari nomini huquqiy muhofaza qilish bilan bogʻliq apellatsiyalarni, shuningdek tovar belgilarini Oʻzbekiston Respublikasida umumiy eʼtirof etilgan deb tan olish toʻgʻrisidagi arizalarni sudgacha koʻrib chiqish uchun Apellatsiya kengashi tuziladi. </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2961230" id="-2961230"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2961232" id="-2961232">Apellatsiya kengashi tarkibiga Bosh direktor, uning oʻrinbosari, Agentlikning eng malakali va tajribali xodimlari, shuningdek intellektual mulk sohasidagi mustaqil olimlar va mutaxassislar kiradi. </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2961233" id="-2961233">(17-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 5-maydagi 140-sonli<a href="/mact/-2949205?ONDATE=10.05.2016 00#-2949234"> qarori </a>tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 18-son, 200-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1814536" id="-1814536">Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining Apellatsiya kengashi toʻgʻrisidagi Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1814538" id="-1814538">18. Intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilishning muhim masalalari boʻyicha muammolarni ilmiy tahlil qilish, koʻrib chiqish va tavsiyalar ishlab chiqish uchun Agentlikda uning yuqori malakali xodimlaridan, shuningdek davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, korxonalar va tashkilotlar vakillari, intellektual mulk sohasidagi yetakchi olimlar va mutaxassislardan Ilmiy-texnika kengashi tuziladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1814540" id="-1814540">Ilmiy-texnika kengashi toʻgʻrisidagi Nizom va uning shaxsiy tarkibi Agentlik bosh direktori tomonidan tasdiqlanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1814542" id="-1814542">19. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, korxonalar va tashkilotlar rahbarlari va xodimlarini, taʼlim muassasalarining oʻqituvchilar tarkibini, patent sohasidagi vakolatli xodimlarni, tadbirkorlik subyektlarini va intellektual mulk sohasidagi boshqa manfaatdor shaxslarni oʻqitish, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish maqsadida Agentlik huzurida Intellektual mulk sohasidagi kadrlarni qayta oʻqitish va mutaxassislar malakasini oshirish boʻyicha oʻquv markazi tashkil etiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1814544" id="-1814544">Intellektual mulk sohasidagi kadrlarni qayta oʻqitish va mutaxassislar malakasini oshirish boʻyicha oʻquv markazi toʻgʻrisidagi nizom Agentlik bosh direktori tomonidan tasdiqlanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1814546" id="-1814546">20. Agentlikni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1814547" id="-1814547"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-1814550" id="-1814550">Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-iyundagi 166-son <a href="/mact/-1814305">qaroriga</a> <br />2-ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-1814551" id="-1814551">Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan qarorlari</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-1815269" id="-1815269"><strong>roʻyxati</strong></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1814552" id="-1814552"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1814553" id="-1814553">1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2002-yil 14-iyundagi 209-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 6-son, 32-modda) <a href="/mact/-267696?ONDATE=14.06.2002 00#-267706">1-bandi </a>hamda qarorga <a href="/mact/-267696?ONDATE=14.06.2002 00#-635729">1</a> va <a href="/mact/-267696?ONDATE=14.06.2002 00#-267737">2-ilovalar</a>.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1814554" id="-1814554">2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston mualliflik huquqini himoya qilish respublika agentligi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2004-yil 16-iyundagi 286-son <a href="/mact/-319611">qarori</a> (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 6-son, 58-modda).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1814555" id="-1814555">3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (“Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 19-sentabrdagi OʻRQ–111-sonli Qonuni) 2008-yil 7-maydagi 89-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 5-son, 16-modda) ilova 1-bandining<a href="/mact/-1351944?ONDATE=07.05.2008 00#-1352025"> 1-kichik bandi</a>.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1814556" id="-1814556">4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash boʻyicha qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2010-yil 5-iyundagi 108-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 6-son, 27-modda) ilovaning <a href="/mact/-1636723?ONDATE=05.06.2010 00#-1637015">21</a> va <a href="/mact/-1636723?ONDATE=05.06.2010 00#-1637341">43-bandlari</a>.</div></div><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-1815098" id="-1815098">(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 22-23-son, 236-modda; 2012-y., 12-son, 130-modda; 2014-y., 31-son, 380-modda; 2016-y., 18-son, 200-modda)</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
