1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.11.00 Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazorati / 09.01.11.01 Umumiy qoidalar. Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazoratini olib boruvchi organlar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.11.00 Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazorati / 09.01.11.02 Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibi]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni tekshirishni tashkil qilishni tartibga solish toʻgʻrisida
LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli “Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini taʼminlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni tekshirishni tashkil qilishni yanada tartibga solish, tekshirishlar sonini kamaytirish, turli nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladigan tekshirishlarda parallelchilik va takrorlash faktlarini bartaraf etish, ularning korxonalar xoʻjalik faoliyatiga iqtisodiy zarar yetkazuvchi asossiz aralashuviga yoʻl qoʻymaslik maqsadida, shuningdek tadbirkorlarning qonuniy huquqlarini himoya qilish manfaatlarini koʻzlab:
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 2412-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 101-moddasi.
mulkchilik shaklidan qatʼi nazar xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatiga doir barcha tekshiruvlarni, moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirishni istisno etgan holda, oʻtkazish, qoida tariqasida, bir yoʻla kompleks tekshirishlar oʻtkazilishini nazarda tutib, faqat Oʻzbekiston Respublikasi nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining qaroriga binoan reja asosidagi tartibda nazorat organlari tomonidan yiliga koʻpi bilan bir marta amalga oshiriladi;
mazkur subyektlarning faoliyatini muqobil tekshirish jinoiy ishlar boʻyicha tergov davomida tekshiruvni belgilash toʻgʻrisidagi qaror asosida yoki faqat Oʻzbekiston Respublikasi nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining qarori bilangina nazorat organlari tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini muqobil tekshirish xoʻjalik yurituvchi subyektlarga bormasdan amalga oshiriladi va faqat ularning tekshirilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyekt bilan oʻzaro munosabatlari doirasidagina yoʻl qoʻyiladi;
belgilangan norma va qoidalarga oʻz vaqtida va toʻla hajmda rioya etadigan xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish, moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirishni istisno etgan holda, nazorat organlari tomonidan har ikki yilda koʻpi bilan bir marta amalga oshiriladi;
(1-bandning ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 28-noyabrdagi 2005-y., PF-3694-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 47-48-son, 352-modda)
xoʻjalik yurituvchi subyektlarning faoliyati Prokuratura, Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmati organlari tomonidan faqat qoʻzgʻatilgan jinoiy ish boʻyicha tergov tartibida tekshiriladi. Bunda mazkur subyektlarning faqat qoʻzgʻatilgan jinoiy ish bilan bogʻliq boʻlgan faoliyati tekshirilishi mumkin, bu haqda tekshirishni tayinlash toʻgʻrisidagi qarorda koʻrsatilishi lozim;
bozorlar, savdo komplekslarini, ularga tutash boʻlgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarini, shuningdek ularning hududida faoliyat koʻrsatayotgan tadbirkorlik subyektlarini tekshirish huquqi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan vakolatlar doirasida faqat davlat soliq xizmati organlariga beriladi;
davlat soliq xizmati organlari bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovlarining tushumi toʻliqligi va hisobga olinishini, nazorat-kassa mashinalaridan, hisob-kitob terminallaridan foydalanishni, savdo va xizmat koʻrsatish qoidalariga rioya etilishini bozorlarda, savdo komplekslarida va ularga tutash boʻlgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bosh boshqarmasi hamda ularning hududiy boʻlimlari boshliqlarining buyruqlari asosida, keyinchalik qisqa muddatli tekshiruv boshlangan kundan bir ish kuni mobaynida Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish respublika kengashi yoki uning tegishli hududiy komissiyasini xabardor qilgan holda qisqa muddatli tekshirishlarni oʻtkazish huquqiga ega;
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 20-maydagi PF-4219-sonli Farmoniga asosan oltinchi-yettinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2010-y., 20-son, 150-modda)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.07.00 Unitar korxona / 03.03.07.01 Xoʻjalik yuritish huquqiga asoslangan unitar korxona]
xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining har qanday tekshirishlarini oʻtkazish chogʻida nazorat organlarining mansabdor shaxslari tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobiga qonunchilikda belgilangan tartibda yozib qoʻyadilar.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 19-iyundagi PF-2886-sonli Farmoni tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 6-son, 122-modda)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning joylardagi organlari zimmasiga respublika hamda mahalliy budjetlarning, shuningdek qoʻshma budjetda hisobga olinadigan budjetdan tashqari jamgʻarmalarning mablagʻlari hisobidan moliyalanadigan muassasalarning moliya-xoʻjalik faoliyatini belgilangan tartibda tekshirish vazifasi yuklansin. Zarur hollarda ana shu tekshirishlarni amalga oshirish uchun soliq va boshqa nazorat organlari jalb qilinishi mumkin.
nazorat organlari tomonidan har qanday tekshirishni oʻtkazish muddati 30 kalendar kunidan oshib ketishi mumkin emas. Alohida hollarda bu muddat nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining qaroriga muvofiq uzaytirilishi mumkin;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 19-iyundagi PF-2886-sonli Farmoni tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 6-son, 122-modda)
nazorat organlari tomonidan kichik biznes subyektlarini tekshirish muddati 30 kalendar kunidan oshirib yuborilishi mumkin emas;
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 4-apreldagi PF-4296-sonli Farmoniga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2011-y., 14-son, 133-modda)
4. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini nazorat tariqasida tekshirish va muqobil tekshirishlarni oʻtkazish borasida belgilangan tartibga rioya etilishi uchun shaxsiy javobgarlik soliq va moliya organlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi, Milliy xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi organlarining, shuningdek davlat nazoratini amalga oshirishga vakil qilingan boshqa organlarning rahbarlari zimmasiga yuklansin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 19-iyundagi PF-2886-sonli Farmoni tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 6-son, 122-modda)
5. Oʻzbekiston Respublikasi nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining yangilangan tarkibi va u haqdagi Nizom 1 va 2-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
6. Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi bir oy muddatda vakil qilingan vazirliklar va idoralar tomonidan hududlar boʻyicha xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish va taftish qilish borasida 1999-yilgi muvofiqlashtiruvchi rejalar ishlab chiqilishini taʼminlasin, bunda kompleks tekshirishlarni keng joriy etish asosida ularni oʻtkazish davriyligi va muddatlariga soʻzsiz rioya etilishini taʼminlash nazarda tutilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi soliqlarni va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashdan ashaddiy boʻyin tovlash faktlarining har biri boʻyicha chora koʻrish uchun yilning har choragida nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashiga oʻz takliflarini taqdim qilsin.
(6-bandining ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 27-fevraldagi PF-4087-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 10-11-son, 105-modda)
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.05.00 Kompaniyalar, konsernlar, uyushmalar va boshqalar]
7. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyati ustidan davlat nazoratini amalga oshirishga vakil qilingan vazirliklar va idoralar:
ikki hafta muddatda moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirishga, shu jumladan nazorat tekshirishlari va taftishlar oʻtkazishga qoʻyiladigan mansabdor shaxslarning roʻyxatini tasdiqlasinlar;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.17.00 Attestatsiya (xodimlarni) (shuningdek, 13.02.04.00 va 13.01.16.00ga qarang)]
moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirishga, shu jumladan nazorat tekshirishlari va taftishlar oʻtkazishga qoʻyiladigan mansabdor shaxslar belgilangan tartibda attestatsiyadan va qayta attestatsiyadan oʻtkazilishi lozim boʻlgan qoidani tatbiq etsinlar. Bir oy muddatda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirishga, shu jumladan nazorat tekshirishlari va taftishlar oʻtkazishga qoʻyiladigan mansabdor shaxslar uchun maxsus guvohnomalar joriy qilinsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.04 Ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.07.00 Fuqarolarning sud, boshqa davlat organlari va oʻzga tashkilotlarga murojaat qilishi;
3.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari]
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi xoʻjalik yurituvchi subyektlarning faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirishga vakil qilingan vazirliklar va idoralar tomonidan tekshirishlarni tashkil qilishni tartibga solish va takomillashtirish toʻgʻrisidagi qonunlar, farmonlar hamda boshqa qonun hujjatlari qanday ijro etilayotganligini nazorat qilishni taʼminlasin, nazorat organlari xodimlarining noqonuniy harakatlari xususida Respublika muvofiqlashtiruvchi kengashining taqdimnomalarini, shuningdek xoʻjalik yurituvchi subyektlarning shikoyatlarini oʻz vaqtida koʻrib chiqib, qonunda koʻzda tutilgan choralarni koʻrsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda bir hafta muddatda tekshirishlarni tashkil qilishni tartibga solish va takomillashtirish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzishda aybdor boʻlgan mansabdor shaxslarning javobgarligi belgilanishini koʻzda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksiga qoʻshimchalar haqida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi, Prokuraturasi huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar va nohukumat tashkilotlari bilan birga xoʻjalik yurituvchi subyektlar rahbarlarining huquqiy madaniyatini yuqori koʻtarish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirsinlar, nazorat organlarining mansabdor shaxslari tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning huquqlarini buzish sabablarini muntazam tahlil etib, ularni tugatish choralarini koʻrsinlar.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi, “Oʻzteleradio”, ommaviy axborot vositalari xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish ishlarini oʻtkazish qoidalarini, ularning huquq va majburiyatlarini keng tushuntirib bersinlar, shuningdek nazorat organlarining mansabdor shaxslari tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning huquqlarini buzish faktlarini yoritib borsinlar.
11. 1998-yil 8-iyundagi PF-2008-son Farmonning 1-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.