1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.03.00 Tashqi iqtisodiy aloqalar. Eksport-import kontraktlarini roʻyxatga va hisobga olish;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.01.00 Boj toʻlovlarining umumiy qoidalari;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING BAʼZI FARMONLARINI OʻZ KUCHINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASH VA BAʼZILARIGA OʻZGARTIRISHLAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1-ilovaga muvofiq farmonlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2-ilovaga muvofiq baʼzi farmonlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 16-aprel,
PF-1988-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 16-apreldagi PF-1988-son Farmoniga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan farmonlari
roʻyxati
1. “Teri xom ashyosini respublikadan olib chiqib ketishni taqiqlash toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 20-dekabrdagi PF-1023-son Farmoni.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksport qilish taqiqlangan buyumlar va mahsulotlarning olib chiqib ketilishiga qarshi kurashni kuchaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1996-yil 4-yanvardagi PF-1354-son Farmoni.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksport qilish taqiqlangan buyumlar va mahsulotlarni olib chiqib ketishga qarshi kurashni kuchaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1996-yil 4-yanvardagi PF-1354-son Farmoniga qoʻshimchalar kiritish haqida” 1996-yil 20-martdagi PF-1410-son Farmoni.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 16-apreldagi PF-1988-son Farmoniga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻzgartirishlar kiritiladigan farmonlari
roʻyxati
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining soliq va bojxona toʻgʻrisidagi qonunlariga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish borasidagi chora-tadbirlar haqida” 1994-yil 18-martdagi PF-795-son Farmoni 1-bandining birinchi xatboshida va 5-bandining birinchi xatboshida “Davlat soliq qoʻmitasi” va “Davlat soliq qoʻmitasining” soʻzlari tegishli ravishda “Davlat soliq qoʻmitasining raisi hamda Davlat bojxona qoʻmitasining raisi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksport-import operatsiyalari boʻyicha valyuta nazoratini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1994-yil 20-apreldagi PF-837-son Farmonida:
2-banddagi “Davlat soliq qoʻmitasi” soʻzlaridan keyin “Davlat bojxona qoʻmitasi” soʻzlari qoʻshib qoʻyilsin;
ilovaning 6-bandidagi “Davlat soliq qoʻmitasi” soʻzlari “Davlat bojxona qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ilovaning 7-bandidagi ikkinchi xatboshida “Davlat soliq qoʻmitasini” soʻzlaridan keyin “va Davlat bojxona qoʻmitasini” soʻzlari qoʻshib qoʻyilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toʻlov intizomini va oʻzaro hisob-kitoblar tizimini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1996-yil 24-yanvardagi PF-1363-son Farmonida:
2-bandning uchinchi xatboshidagi “toʻlovlar olingandan, akkreditiv ochilgandan keyin” soʻzlari olib tashlansin;
3-banddagi “Davlat soliq qoʻmitasining Bosh bojxona boshqarmasi” soʻzlari “Davlat bojxona qoʻmitasi” deb oʻzgartirilsin;
5-banddagi “Davlat soliq qoʻmitasi” soʻzlari “Davlat bojxona qoʻmitasi” deb oʻzgartirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalari qoʻllanishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 1997-yil 12-iyundagi PF-1789-son Farmonida:
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasiga aksiz markalari boʻlmagan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, tashish (xalqaro tranzitdan tashqari), saqlash chogʻida, shuningdek Davlat soliq qoʻmitasiga — ularni saqlash, sotish hamda yashirincha ishlab chiqarish chogʻida shunday mahsulotlar va ichimliklarni musodara etish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish huquqi berilsin”;
(4-bandning toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 5-fevraldagi PF-3963-sonli Farmoni bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2008-y., 6-7-son, 25-modda)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorijiy sarmoyalari boʻlgan korxonalar ishlab chiqarilgan mahsulot eksportini ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1997-yil 26-avgustdagi PF-1831-son Farmoniga qisman oʻzgartish kiritish haqida” 1997-yil 10-oktabrdagi PF-1870-son Farmoniga ilovaning 7-bandi olib tashlansin.