1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.27.00.00 Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish / 07.27.09.00 Valyuta nazorati]
[TSZ:
1.Moliya / Valyutani tartibga solish. Qimmatbaho metallar (toshlar);
2.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Eksport va import]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Eksport-import operatsiyalari bo‘yicha valyuta nazoratini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida
Chet el valyutalaridagi operatsiyalarni tartibga solish, eksport qilishdan olingan valyuta tushumlari ustidan amaliy nazorat o‘rnatish va tovarlar hamda xizmatlarni import qilishni amalga oshirishda undan samarali foydalanish maqsadida:
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.03.00.00 Tarifsiz tartibga solish / 10.03.01.00 Kvotalashtirish va litsenziyalash]
1. Belgilab qo‘yilsinki, tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni eksport qilish uchun kvotalar boshqa yuridik shaxslarga sotilmaydi, berilmaydi yoki qayta taqsimlanmaydi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.15.00 Boshqa operatsiyalar va bitimlar]
O‘zbekiston Respublikasi korxonalari, tashkilotlari va muassasalarining eksport-import operatsiyalari bo‘yicha xorijiy sheriklar bilan o‘zaro hisob-kitoblarni firmalarning chet el banklaridagi schyotlari orqali amalga oshirishlari taqiqlanadi va qonun bo‘yicha jazolanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 171-moddasi.
2. O‘zbekiston Respublikasi jismoniy va yuridik shaxslarining eksport-import hamda boshqa valyuta operatsiyalari bo‘yicha xorijiy valyutadagi mablag‘lari harakati ustidan nazorat qilish Markaziy bank, Hisob palatasi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasiga yuklatilsin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyuldagi PF-6021-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2020-y., 06/20/6021/1047-son — 2020-yil 1-avgustdan kuchga kiradi)
3. Eksport-import operatsiyalari bo‘yicha valyuta nazorati to‘g‘risida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi valyuta tushumlarini qaytarishning va uning davlatga tegishli ulushini to‘lashning belgilangan tartibini buzganlik uchun jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan jinoiy va boshqa javobgarlik choralarini belgilash bo‘yicha takliflar kiritsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda Hukumatning ilgari qabul qilgan qarorlarini, shuningdek vazirliklar va idoralarning normativ hujjatlarini mazkur Farmonga muvofiqlashtirishni ta’minlasin;
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 20-aprel,
PF-837-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 20-apreldagi PF-837-son Farmoniga ILOVA
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.27.00.00 Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish / 07.27.09.00 Valyuta nazorati]
Eksport-import operatsiyalari bo‘yicha valyuta nazorati to‘g‘risida
NIZOM
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksport-import operatsiyalari bo‘yicha valyuta nazoratini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Pul muomalasini mustahkamlash va “So‘m-kupon”ning xarid quvvatini oshirish borasida kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar” to‘g‘risida 1994-yil 11-apreldagi 195-son qaroriga muvofiq korxonalar, birlashmalar va tashkilotlar (bundan keyin korxonalar deb ataladi) tomonidan tashqi iqtisodiy operatsiyalarni amalga oshirishda chet el valyutasidagi mablag‘larning harakatini nazorat qilishning quyidagi tartibi belgilanadi.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.01.00 Markaziy bank, uning tarkibiy bo‘linmalari va muassasalari]
1. O‘zbekiston Respublikasi korxonalari, agar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, chet el valyutasidagi schyotni faqat O‘zbekistonning tijorat banklarida ochishlari mumkin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.13.00 Valyuta operatsiyalari (shuningdek, 07.27.00.00ga qarang)]
2. Korxonalarning xo‘jalik faoliyatidan olingan chet el valyutasidagi barcha mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilaydigan tartibda ularning chet el valyutasidagi schyotlariga albatta o‘tkazilishi kerak.
II. Eksport-import operatsiyalari bo‘yicha kontraktlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va ularning bajarilishini nazorat qilish
3. Korxonalar tomonidan ularning xorijiy, shu jumladan MDH mamlakatlaridagi sheriklar bilan litsenziya beriladigan tovarlar eksporti yuzasidan tuzadigan kontraktlari belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 20-sentabrdagi PF-3661-son Farmoni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 37-38-son, 282-modda)
4. Barcha tashqi savdo shartnomalari valyuta nazorati organlarida, Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi (TSOYEAT) orqali tijorat banklarida monitoringdan o‘tkaziladi, elektron tijorat orqali realizatsiya qilingan uch ming AKSh dollarigacha bo‘lgan tovarlar (xizmatlar) eksporti bundan mustasno.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-iyuldagi PF-5476-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2018-y., 06/18/5476/1504-son)
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.02.00 Tashqi iqtisodiy faoliyatning boshqaruvi]
5. Tovarlarni eksport qiluvchi korxonalar yukning bojxona deklaratsiyasida xorijiy sheriklar bilan hisob-kitoblar, uning orqali amalga oshiriladigan tijorat bankining rekvizitlarini va to‘liq nomini ko‘rsatadilar.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son)
6. Davlat bojxona xizmati organlari tashqi savdo shartnomalari bo‘yicha tovarlar harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlarning TSOYEATga to‘liq, o‘z vaqtida va to‘g‘ri kiritilishi nazorati (monitoringi)ni amalga oshiradi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 8-iyuldagi PF-4630-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 28-son, 336-modda)
7. Tijorat banki tashqi savdo shartnomalari bo‘yicha pul mablag‘larining harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlar TSOYEATga to‘liq, o‘z vaqtida va to‘g‘ri kiritilishi kundalik nazoratini amalga oshiradi.
(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son)
Pul mablag‘larining belgilangan muddatlarda kelib tushmagani yoki kam miqdorda tushgani haqidagi ma’lumotlar TSOYEATda shakllantiriladi. Davlat soliq xizmati organlari tegishli choralar qabul qilish uchun TSOYEATdagi ma’lumotlardan foydalanadi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 8-iyuldagi PF-4630-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 28-son, 336-modda)
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
III. Eksport va import qiluvchi korxonalarning javobgarligi
9. Korxonalar yuklab jo‘natilgan tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun tushumlar ularning schyotlariga o‘z vaqtida va to‘liq kelib tushishi uchun javobgardirlar.
Bunda o‘zbekistonlik eksport qiluvchilar tomonidan olingan tushumni boshqa yuridik shaxslar foydasiga transferabel akkreditivlar va boshqa to‘lov hujjatlarini qo‘llash yo‘li bilan qayta berish taqiqlanadi.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.27.00.00 Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish / 07.27.01.00 Umumiy qoidalar]
10. Valyutani sotib olish, sotish va undan foydalanish tartiblarini buzganlik uchun qonunchilikda belgilangan jazo choralari qo‘llaniladi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyuldagi PF-6021-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2020-y., 06/20/6021/1047-son — 2020-yil 1-avgustdan kuchga kiradi)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 171-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 177-moddasi.
11. Chet el valyutasidagi tushumni xorijiy banklarda ochilgan hisobvaraqlarga O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlari talablariga zid ravishda o‘tkazish chet el valyutasidagi tushumni yashirib qolish hisoblanadi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyuldagi PF-6021-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2020-y., 06/20/6021/1047-son — 2020-yil 1-avgustdan kuchga kiradi)
12. Import qilinayotgan tovarlarga haq to‘lash korxonaning O‘zbekistonning unga xizmat ko‘rsatadigan vakil qilingan bankdagi schyotidan amalga oshirilishi kerak.
(13-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 16-iyuldagi PF-3276-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 6-7-son, 93-modda)
(IV bo‘lim nomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son)
14. Tijorat banklari pul mablag‘larining harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlar TSOYEATga to‘g‘ri va o‘z vaqtida kiritilishi hamda tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha to‘lov shakllarining to‘g‘ri qo‘llanilishi bo‘yicha javobgardirlar.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son)
15. Tijorat banklarining noto‘g‘ri harakatlari yoki o‘z vakolatlarini oshirib yuborishlari oqibatida xoh davlatga, xoh chet el valyutasidagi schyotlar egalariga yetkazilgan zararlar va ziyon shu banklar tomonidan majburiy ravishda qoplanishi kerak.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son)
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 4-son, 107-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2000-y., 11-son, 171-modda; 2003-y., 1-2-son, 3-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 6-7-son, 93-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 37-38-son, 282-modda; 2011-y., 43-44-son, 461-modda; 2014-y., 28-son, 336-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2017-y., 06/17/5287/0425-son; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son, 14.07.2018-y., 06/18/5476/1504-son; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.03.2019-y., 06/19/5684/2708-son; 25.10.2019-y., 06/19/5856/3956-son; 09.07.2020-y., 06/20/6021/1047-son)