1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.81.00 (Кучини йукотган) Pedagog kadrlar. Pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan oʻtkazish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2012-yil 24-iyuldagi PF-4456-son Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Chet tillarni oʻrganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 10-dekabrdagi PQ-1875-son qarori)
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan oʻtkazish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2012-yil 24-iyuldagi PF-4456-son Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Chet tillarni oʻrganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 10-dekabrdagi PQ-1875-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek magistraturada tayyorlanadigan kadrlarning ilmiy salohiyatini oshirish, magistraturaga ilmiy faoliyat yuritish qobiliyatiga ega boʻlgan va chet tillarni chuqur biladigan abituriyentlarni qabul qilinishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I.Ikramov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 10-iyul,
199-son
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 10-iyuldagi 199-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlimning davlat taʼlim standartlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2001-yil 16-avgustdagi 343-son qaroriga 1-ilovada:
“ilmiy va ilmiy-texnik axborot bilan ishlash koʻnikmalari va uquvlarini shakllantirishi, tadqiq etiladigan mavzular boʻyicha muntazam ravishda mustaqil tahlil va xulosani tayyorlashi;
ilmiy ijod metodologiyasi, ilmiy tadqiqotlar asoslari, bilishning umumiy usullari, empirik va nazariy tadqiqot usullari, qonunlar va qoidalar mantigʻi, asoslash va inkor qilish usullariga, shuningdek nutq madaniyati asoslari bilimlariga, pedagogik texnologiyalar, mutaxassisliklar boʻyicha menejment va iqtisodiyotga doir bilimlarni taʼminlashi;
amaliy xorijiy tilni, mutaxassislikka yoʻnaltirilgan axborot texnologiyalari va tizimlarini oʻzlashtirishni taʼminlashi”;
“magistratura mutaxassisligi boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish, kasb faoliyatining koʻzlangan natijalariga erishishda jarayonlarni modellashtirish va tizimli yondashish borasidagi ilmiy bilimlar, amaliy uquv va koʻnikmalarni taʼminlashi kerak”;
Barcha turdagi auditoriya va auditoriyadan tashqari oʻquv ishlarini oʻz ichiga olgan oʻquv yuklamasining eng yuqori hajmi haftasiga 54 soat qilib belgilanishi kerak. Kunduzi oʻqish shakli uchun auditoriya mashgʻulotlari va ilmiy faoliyatning eng yuqori hajmi haftasiga 36 soat qilib belgilanishi lozim.
Oʻqishning normativ muddati 2 yil boʻlganda oʻquv jarayoni 100 haftani tashkil etishi zarur.
Oʻqish davrining umumiy hajmi quyidagicha taqsimlanishi zarur:
nazariy taʼlim – 25—30%;
attestatsiya – 4—7%;
taʼtillar – 13—16%;
ilmiy faoliyat – 50%.
Ilmiy faoliyat magistratura talabasining yakka tartibdagi kalendar ish rejasi asosida amalga oshiriladi va quyidagilarga boʻlinadi:
ilmiy tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash – 70—75%;
ilmiy-pedagogik ish va malaka amaliyoti – 25—30%.
Nazariy taʼlim hajmi magistratura mutaxassisligiga qarab quyidagi tarzda fanlar bloklari boʻyicha taqsimlanadi:
umummetodologik fanlar – 30—35%;
mutaxassislik fanlari – 40—50%;
tanlov fanlari – 13—15% .
Magistratura oʻquv rejasining namunasi 2-jadvalda keltirilgan”;
g) 2-jadvalning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“
II. Oʻquv rejasi
T/r
Oʻquv fanlari (kurslar) va ilmiy faoliyat turlarining nomi
Talabaning oʻquv yuklamasi (soatlarda)
Soatlarni semestr va haftalar boʻyicha taqsimlash
yuklamaning umumiy mehnat sarfi hajmi
auditoriya mashgʻulotlari (soatlarda)
kurs ishi
mustaqil ish
1-bosqich
2-bosqich
1
2
3
4
semestrlardagi haftalar
soat
%
hammasi
maʼruzalar
amaliy mashgʻulotlar
laboratoriya mashgʻulotlari
seminarlar
21
21
21
21
1.00
Umummetodologik fanlar
574
35,6
296
106
160
30
278
8
4
2
1.01
Ilmiy-tadqiqot metodologiyasi
100
60
30
30
40
X
1.02
Fanlarning falsafiy masalalari
80
40
20
20
40
X
1.03
Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat
80
40
20
20
40
X
1.04
Amaliy xorijiy til
160
80
80
80
X
X
1.05
Axborot texnologiyalari
100
40
20
20
60
X
1.06
Nutq madaniyati
54
36
16
10
10
18
X
2.00
Mutaxassislik fanlari
1040
64,4
400
200
200
20
640
4
6
12
2.01
Nazariy fizikaning maxsus boʻlimlari
100
40
20
20
60
X
2.02
Qattiq jism fizikasi
100
40
20
20
60
X
2.03
Mikroelektronika va elektron texnologiyalarning fizik asoslari
100
40
20
20
60
X
2.04
Fizik jarayonlarni modellashtirish
100
40
20
20
60
X
2.05
Lazer fizikasining zamonaviy muammolari
120
40
20
20
80
X
2.06
Lazer texnologiyalar
120
40
20
20
80
X
2.07
Lazerni elektronika sohasida qoʻllash
120
40
20
20
80
X
2.08
Yuqori quvvatli lazerlar fizikasi
120
40
20
20
80
X
2.09
Tanlov fanlari
160
80
20
60
80
X
Hammasi
1614
100
696
286
360
50
918
10
10
14
3.00
Ilmiy faoliyat
2750
2750
24
26
22
36
3.01
Ilmiy-tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash
1550
1550
12
14
12
30
3.02
Ilmiy-pedagogik ish va malaka amaliyoti
1200
360
360
840
14
12
10
6
Jami
4364
1056
286
720
50
3308
36
36
36
36
DAVLAT ATTESTATSIYASI:
1. Fanlar (yoki fan) boʻyicha davlat attestatsiyasi
2. Magistrlik dissertatsiyasini himoya qilish
Izoh:
1. Ushbu oʻquv rejasi asosida oliy taʼlim muassasasi qoʻllanma oʻquv rejasini ishlab chiqadi. Bunda oliy taʼlim muassasasiga haftalik yuklamani oʻzgarishsiz saqlab qolgan holda soatlar hajmini fanlar bloklari uchun 5% doirasida, blokka kiruvchi fanlar uchun esa — 10% doirasida oʻzgartirish huquqi beriladi.
2. Maʼruza soatlari hajmi auditoriya vaqtining 50 foizidan oshmasligi kerak. Fan mavzularining kamida 25 foizi mustaqil taʼlim tarzida oʻzlashtirilishi lozim.
3. Fanlar (fan) boʻyicha davlat attestatsiyasiga qadar har bir fan boʻyicha 6 soat hajmida maslahatlar beriladi.
4. Talaba bilimlarini nazorat qilish va baholash reyting tizimi boʻyicha oʻtkaziladi”.
2. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 18-iyundagi 118-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim muassasalarining magistraturasiga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
“14. Magistraturaga kirish sinovi umumiy ballari quyidagilardan tashkil topadi:
magistraturaga kirishda tanlagan mutaxassislik boʻyicha bilim darajasini belgilovchi maxsus fanlardan sinov oʻtkaziladi (baholash mezoni 0 balldan 100 ballgachani tashkil etadi);
chet tili (xorijiy filologiya, xorijiy til va adabiyoti taʼlim yoʻnalishlari bazasidagi mutaxassisliklar uchun ikkinchi chet tili) boʻyicha sinov oʻtkaziladi (baholash mezoni 0 balldan 50 ballgachani tashkil etadi);
demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti asoslari boʻyicha sinov oʻtkaziladi (baholash mezoni 0 balldan 50 ballgachani tashkil etadi).
Oliy taʼlim muassasasi bitiruvchisining umumiy reytingi yoki oʻzlashtirish koʻrsatkichi (oʻzlashtirish tegishli ravishda 55 balldan 100 ballgacha boʻlgan diapazonda ifodalanadi) aniqlanadi.
Xalqaro (TOEFL boʻyicha kamida 58 yoki IELTS boʻyicha kamida 5 ball) sertifikat taqdim etganlarga chet tilidan 50 ball qoʻyiladi va ular chet tilidan kirish sinovida ishtirok etmaydi.
Magistraturaga oʻqishga kirishda eng koʻp (maksimal) toʻplanishi mumkin boʻlgan ball – 300 ni tashkil etadi”;
b) 15-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“chet tili (xorijiy filologiya, xorijiy til va adabiyoti taʼlim yoʻnalishlari bazasidagi mutaxassisliklar uchun ikkinchi chet tili)”;
“Tanlangan mutaxassislik boʻyicha maxsus fanlardan sinov uchun belgilangan ballning 30-50 foizi abituriyentning mutaxassislik boʻyicha ijodiy qobiliyatini, shuningdek ilmiy va ilmiy-texnik axborot bilan mustaqil ishlash, tizimli mustaqil tahlil qilish, xulosalar chiqarish boʻyicha bilimini aniqlashga ajratiladi”;
g) 25-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Magistraturaga har bir kirish sinovi uchun belgilangan maksimal ballning 55 foizi va undan kam ball toʻplaganlar navbatdagi kirish sinoviga kiritilmaydi hamda magistraturaga qabul qilinmaydi”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 28-son, 363-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.08.2021-y., 09/21/511/0793-son)