1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang);
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Iqtisodiyot / Hisobga olish, statistika va hisobot]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI Davlat statistika qoʻmitasining
Qarori
2013-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllariga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 18-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2403-1]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2013-yil 16-oktabrdagi 6-mb-sonli “2014-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2523, 15.11.2013-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Davlat statistikasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 12-son, 219-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 8-yanvardagi 8-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi toʻgʻrisida nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 1-2-son, 7-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2012-yil 23-oktabrdagi 4-mb-son qarori (roʻyxat raqami 2403, 2012-yil 10-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 50-son, 566-modda) bilan tasdiqlangan 2013-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllari ilovaga muvofiq Fermer xoʻjaliklari faoliyati toʻgʻrisida hisobot shakli (31a-ilova) bilan toʻldirilsin.
2. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Davlat statistika qoʻmitasi raisi B. TURAYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 10-iyun,
2-mb-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2013-yil 10-iyundagi 2-mb-son qaroriga ILOVA
Fermer xoʻjaliklari faoliyati toʻgʻrisida hisobot shakli (31a-ilova).
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 25-son, 328-modda)