toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.11.2023
OʻZBEKISTON AVTOMOBIL VA DARYo TRANSPORTI AGENTLIGI BOShLIGʻINING
buyrugʻi
Daryo transportida yuk tashish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 13-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2468]
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 26-oktabrdagi 27-sonli ““Daryo transportida yuk tashish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruq, shuningdek, unga oʻzgartirishni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2468-2, 10.11.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 25-fevraldagi 106-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Ichki suv transporti Ustavi va 2004-yil 10-martdagi 118-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 10-son, 120-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq buyuraman:
1. Daryo transportida yuk tashish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Boshliq A. ABDUVALIYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 26-aprel,
76-son
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻining 2013-yil 26-apreldagi 76-sonli buyrugʻiga
ILOVA
Daryo transportida yuk tashish
QOIDALARI
Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 25-fevraldagi 106-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Ichki suv transporti Ustavi va 2004-yil 10-martdagi 118-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 10-son, 120-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq, daryo transportida yuk tashish tartibini belgilaydi.
I bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
yuk joʻnatuvchi — oʻz nomidan yoki yuk egasi nomidan harakat qiluvchi va transport (tashish) hujjatlariga muvofiq joʻnatish portida yukni joʻnatishga vakolatli shaxs;
yuk tashuvchi — yuk tashish shartnomasiga muvofiq yukni joʻnatish portida yuk joʻnatuvchidan qabul qilish, daryo transportida manzil portiga yetkazib berish va yuk oluvchiga topshirish, shuningdek qonunchilik hujjatlarida va yuk tashish shartnomasida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni bajaruvchi shaxs;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
yuk oluvchi — yuk tashish shartnomasiga muvofiq manzil portida yukni olishga vakolatli shaxs;
port — daryo qirgʻogʻida maxsus qurilgan va jihozlangan hamda belgilangan tartibda yuklarni qabul qilish, ortish, tushirish, qisqa muddatli saqlash va topshirishga oid ishlarni bajaruvchi tashkilot, shu jumladan pristan;
kema — qonunchilik hujjatlari va yuk tashish shartnomasi talablariga muvofiq yuk joʻnatuvchi tomonidan topshirilgan yukni manzil portiga yetkazish imkoniyatiga ega boʻlgan suvda suzuvchi transport vositasi;
(1-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
joʻnash porti — kemaning harakatlanishi boshlanayotgan port;
joʻnatish porti — bojxona rejimi ostida yuklarni tushirish, qabul qilish, saqlash, kemaga yuklash va joʻnatish boshlanayotgan port;
manzil porti — bojxona rejimi ostida yuklarni tashish, tushirish, qabul qilish, saqlash va topshirish tugallanayotgan port;
portning nozimlik xizmati — yuklash va tushirish ishlarini tashkil etuvchi va ularga rahbarlik qiluvchi port xizmati;
transport (tashish) hujjati — transport yukxati, konosament yoki tashish shartnomasi yoxud tovarlarni tashish boʻyicha shartnoma tuzilganligini tasdiqlovchi boshqa hujjat;
konosament — daryo transportida yuk tashish shartnomasi tuzilganligi, yukning yuk tashuvchi tomonidan qabul qilinganligi va yuk yetkazib berilganligini tasdiqlovchi transport (tashish) hujjati;
tara — tashish, yuklash, joylashtirish, tushirish va omborda saqlash jarayonida ichidagi yuklarga shikast yetkazilishidan himoya qilish imkoniyatiga ega boʻlgan buyum;
tarali dona yuklar — alohida yuk oʻrinlari bilan taqdim etiladigan, taraga joylashtirilgan va oʻzining shakli, vazni, oʻlchamlari bilan tavsiflanadigan yuk birligi;
joʻnatish bojxona organi — bojxona nazorati ostida yuklarni tashish boshlanayotgan hududda joylashgan davlat bojxona xizmati organi;
manzil bojxona organi — bojxona nazorati ostida yuklarni tashish tugallanayotgan hududda joylashgan davlat bojxona xizmati organi;
kema kapitani — kemani boshqarish, unga rahbarlik qilish hamda suzish xavfsizligini taʼminlash, kemada tartib-intizomni saqlash, kemadagi odamlarning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilish va kemaning hamda unda tashiladigan yuklarning butligi uchun zarur boʻlgan chora-tadbirlarni koʻrish uchun kema egasi tomonidan tayinlangan shaxs;
shkiper — yuklarni bir yoki bir nechta oʻzi yurmas yuk kemalariga yuklash, yuklarni kemaga toʻgʻri joylashtirish, mustahkamlash va tushirish ishlariga rahbarlik qiluvchi shaxs;
yuk qabul qiluvchi-topshiruvchi — yuklarni qabul qilish, topshirish va ularning hisobini yuritish uchun port tomonidan tayinlangan shaxs;
qoʻshma naryad — Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali shaxslarni, transport vositalarini va yuklarni oʻtkazish boʻyicha birgalikdagi harakatlarni amalga oshiruvchi Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining chegara qoʻshinlari (bundan buyon matnda chegara qoʻshinlari deb yuritiladi) (chegara naryadi) va davlat bojxona xizmati organi xodimlaridan (bojxona naryadi) iborat boʻlgan naryad.
2. Mazkur Qoidalar maxsus yuklarni tashishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
3. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida mazkur Qoidalarda nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
II bob. Yuk tashishni tashkil etish
1-§. Yuk tashish shartnomasi va uning shartlari
4. Yuklar yuk tashish shartnomasiga asosan tashiladi. Yuk tashish shartnomasi boʻyicha yuk tashuvchi yuk joʻnatuvchi tomonidan oʻziga ishonib topshirilgan yukni belgilangan manzilga yetkazib berish va yuk oluvchiga topshirish, yuk joʻnatuvchi esa yukni tashib berganlik uchun belgilangan haqni toʻlash majburiyatini oladi.
5. Yuk tashish shartnomasi tuzilganligi tegishli transport ustavida nazarda tutilgan hujjatni (transport yukxati, konosament yoki yukka doir boshqa hujjatni) tuzish va uni yuk joʻnatuvchiga topshirish yoʻli bilan tasdiqlanadi.
6. Tashishning umumiy shartlari Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 11-12-son, 1-modda), transport ustavlari, boshqa qonunchilik hujjatlari va ularga muvofiq ishlab chiqilgan qoidalar bilan belgilanadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
7. Yuk tashish shartnomasida yuklarni yuk tashuvchiga topshirish, joʻnatish portida saqlash va yetkazib berish muddati, yuklarning miqdori va vazni hamda tomonlarning kelishuvi boʻyicha boshqa shartlar koʻrsatilishi mumkin.
8. Joʻnatish porti va manzil porti orasida kemaning boshqa portga kirishi yuk tashish shartnomasida koʻrsatilishi lozim.
9. Yuk tashish hamda tashish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa ishlarni bajarish uchun haq toʻlash yuk tashish shartnomasiga muvofiq amalga oshiriladi. Agar yuk tashish shartnomasida boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, yuklarni kemaga yuklash va ularni kemadan portga tushirish port tomonidan yuk joʻnatuvchi yoki yuk oluvchining hisobidan amalga oshiriladi.
10. Yuk joʻnatuvchi yoki yuk oluvchining yozma talabiga muvofiq, yuk tashuvchi tashishga qabul qilingan yuklarning joʻnatish porti va manzil portini qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilgan holda oʻzgartirishi, yuk toʻgʻrisidagi deklaratsiyada koʻrsatilgan bir yukni boshqa turdosh yuk bilan almashtirishi mumkin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
11. Yuk joʻnatuvchi manzil portini oʻzgartirmasdan yuk oluvchini oʻzgartirishi mumkin. Yuk oluvchini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi talabnoma konosamentlarga ilova qilingan holda joʻnatish bojxona organi va joʻnatish portiga taqdim etiladi.
12. Manzil portini oʻzgartirishni talab qilgan yuk joʻnatuvchi mazkur oʻzgartirish natijasida vujudga keladigan xarajatlar boʻyicha yuk tashuvchi va birinchi koʻrsatilgan manzildagi yuk oluvchi oldida javobgar hisoblanadi.
13. Yengib boʻlmaydigan kuch, yaʼni favqulodda va muayyan sharoitlarda oldini olib boʻlmaydigan vaziyatlar (fors-major) oqibatida tashishga qabul qilingan, lekin hali joʻnatilmagan yuklarning manzil portini oʻzgartirish yuk tashuvchi tomonidan yuk joʻnatuvchi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. Mazkur holatda yuk joʻnatuvchi haqiqiy bosib oʻtilgan masofa boʻyicha haq toʻlaydi.
14. Yuklarning manzil portini oʻzgartirishga ularning yaroqlilik (saqlash) muddati doirasida yoʻl qoʻyiladi.
15. Mazkur Qoidalarning 13-bandida nazarda tutilgan holatlar yuz berganligi sababli kemaning manzil portiga kelishining imkoni boʻlmasa, yuk tashuvchi bu haqda yuk joʻnatuvchi yoki yuk oluvchini xabardor qilishi lozim.
16. Yuklar yuk joʻnatuvchining kuzatuvchisi ishtirokida tashilishi mumkin.
17. Yukni kemaga yuklash kechikkanligi uchun aybdor boʻlgan taraf qonunchilik hujjatlarida yoki yuk tashish shartnomasida belgilangan tartibda va miqdorda neustoyka toʻlaydi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
18. Yukni yuk joʻnatuvchining aybi bilan joʻnatish portiga majburiy qaytarib olib kelish, tushirish va saqlash xarajatlari yuk joʻnatuvchi tomonidan qoplanadi.
2-§. Kemaga qoʻyiladigan talablar
19. Yuk tashuvchi tomonidan yuk tashish uchun jalb qilinayotgan kema Daryo transportini texnik ishlatish qoidalari (roʻyxat raqami 990, 2000-yil 6-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 23-son) va boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq boʻlishi hamda yuklarni manzil portiga xavfsiz va beshikast yetkazish imkoniyatiga ega boʻlishi kerak.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
20. Rejalashtirilgan yukning yuk joʻnatuvchi yoki yuk oluvchi tomonidan oʻzgartirilishi kemani qayta jihozlashni talab qilsa, yuk tashuvchi kemani qoʻshimcha ravishda tuzilgan shartnoma asosida yuk joʻnatuvchi yoki yuk oluvchining hisobidan qayta jihozlaydi.
3-§. Yuk va taraga qoʻyiladigan talablar
21. Yuklar yuk joʻnatuvchi tomonidan yuk tashishga doir davlat standartlari va texnik shartlarga muvofiq keluvchi, davlat standartlari va texnik shartlarda nazarda tutilmagan yuklar esa yuk tashuvchi bilan kelishilgan va ularning toʻliq saqlanishini taʼminlaydigan soz taralar va oʻramlarda taqdim etilishi lozim.
22. Yuklarni tashishga tayyorlashda kemaning yuk sigʻimi, yuklash va tushirishning qulayligi hisobga olinishi kerak.
23. Yuklarni kemaga joylashtirish va tashish tartibi yuk tashish shartnomasi bilan belgilanadi. Bitta yuk joʻnatuvchi tomonidan bitta manzilga va bitta kemada bir xil oʻramlar va taralarda tashiladigan yuklar bitta konosament bilan joʻnatilishi lozim.
24. Oʻzining fizik-kimyoviy xususiyatlariga va tashish shartlariga koʻra oʻramlangan holda tashiladigan tarali dona yuklar yuk tashuvchiga xuddi shunday holatda taqdim etiladi.
25. Yuk joʻnatuvchi yukni oʻramlash uchun zarur materiallarni yuk bilan birgalikda portga taqdim etadi. Koʻp marta foydalaniladigan, yuklarni kema bortiga mustahkamlash uchun moʻljallangan kema moslamalari yuk tashuvchi tomonidan taqdim etiladi.
26. Tara va oʻramlarda tashilayotgan yuklarni port omborlariga kiritish va kemaga yuklash chogʻida ular yuk qabul qiluvchi-topshiruvchi va shkiper tomonidan tashqi tekshiruvdan oʻtkaziladi. Bunda tara va oʻramlarning sozligi, yukning tashishga yaroqliligi, zarur rekvizitlarning mavjudligi, plombalarning buzilmaganligi va ularning hujjatlarda koʻrsatilgan maʼlumotlarga muvofiqligi tekshiriladi.
27. Yuk joʻnatuvchi tomonidan oʻramlar va tarali dona yuklarning oʻrni belgilangan standartlar talablari asosida belgilanishi lozim.
III bob. Yuk tashishni davlat tomonidan nazorat qilish
1-§. Bojxona rasmiylashtiruvi va nazorati
28. Chet eldan kelayotgan va chet elga joʻnab ketayotgan kemalarda tashiladigan yuklar chegara va bojxona nazoratidan, shuningdek texnik, oziq-ovqat va boshqa taʼminot materiallari, ekipaj aʼzolari va yoʻlovchilarning shaxsiy buyumlari, valyuta boyliklari bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkaziladi.
29. Bojxona nazoratidan oʻtkazish va bojxona rasmiylashtiruvi Oʻzbekiston Respublikasining Boxjona kodeksi va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
30. Kemalarning kelishi va joʻnab ketishini rasmiylashtirish hamda kemalar portda turgan vaqtda ularni nazorat qilish quyidagi tarkibdagi maxsus komissiya tomonidan amalga oshiriladi:
chegara qoʻshinlari xodimlari;
davlat bojxona xizmati organlari xodimlari;
davlat sanitar nazorati xizmati xodimlari;
oʻsimliklar karantini boʻyicha davlat xizmati xodimlari, urugʻlar, oʻsimliklar va oʻsimlik mahsulotlari olib kiriladigan chegara punktlari yoki hududlarida;
manzil yoki joʻnatish porti vakillari.
Zarur hollarda, komissiya tarkibiga boshqa xizmatlar xodimlari ham kiritilishi mumkin.
31. Kemalarning bojxona rasmiylashtiruvi uchun buyurtma portning nozimlik xizmati tomonidan beriladi.
Bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi sanitariya nazorati oʻtkazilgandan keyin amalga oshiriladi. Sanitariya nazorati tugagunga qadar kemaga biror-bir shaxsning kirishi taqiqlanadi.
32. Chet elga suzuvchi kemalar portda turgan vaqtda chegara qoʻshinlari va davlat bojxona xizmati organlarining nazorati ostida boʻladi. Kemalarning turar joyini oʻzgartirish (boshqa joyga bogʻlash) chegara qoʻshinlari va davlat bojxona xizmati organlarini xabardor qilgan holda amalga oshiriladi.
33. Chegara va bojxona nazorati ostida boʻlgan kemalarning yoniga toʻxtash, shuningdek bortdan qirgʻoqqa yoki qirgʻoqdan bortga biror-bir buyumlarni uzatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
34. Davlat bojxona xizmati organlarining mansabdor shaxslari oʻz xizmat vazifalarini bajarish uchun kema bortiga istalgan vaqtda chiqishi mumkin. Kema kapitani yoki shkiper mazkur Qoidalarning 35-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni bojxona nazoratidan oʻtkazish uchun taqdim etishi, zarur hollarda, davlat bojxona xizmati organining mansabdor shaxslariga oʻz xizmat vazifalarini bajarishlari uchun maishiy va xizmat xonalarini ajratib berishi lozim.
2-§. Kemalar va yuklarning bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur hujjatlar
35. Daryo transportida tashishlarni bojxona rasmiylashtiruvida quyidagi hujjatlardan foydalaniladi:
mazkur Qoidalarning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi umumiy deklaratsiya — kema va uning kelishi yoki joʻnab ketishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar boʻlgan hujjat;
mazkur Qoidalarning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi yuk toʻgʻrisidagi deklaratsiya — kema anjomlari toʻgʻrisidagi deklaratsiya va kema ekipajining shaxsiy buyumlari toʻgʻrisidagi deklaratsiyaga kiritilmagan, kema bortida mavjud boʻlgan yuklar (tovarlar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar boʻlgan hujjat;
mazkur Qoidalarning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi kema anjomlari toʻgʻrisidagi deklaratsiya — kema va ekipaj aʼzolarining ehtiyoji uchun moʻljallangan tovarlar (oziq-ovqat mahsulotlari, yonilgʻi-moylash mahsulotlari, kemaning material-texnik taʼminotlari) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar boʻlgan hujjat;
mazkur Qoidalarning 4-ilovasiga muvofiq shakldagi kema ekipajining shaxsiy buyumlari toʻgʻrisidagi deklaratsiya — ekipaj aʼzolariga tegishli shaxsiy buyumlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar boʻlgan hujjat;
mazkur Qoidalarning 5-ilovasiga muvofiq shakldagi kema xizmati — kemaning nomi va egasi, kema roʻyxatdan oʻtkazilgan port, kema turi, kema ekipaji aʼzolarining familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan yili, fuqaroligi, lavozimi, shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarining turi, seriyasi va tartib raqami hamda guvohnoma raqami toʻgʻrisidagi maʼlumotlar boʻlgan hujjat;
yoʻlovchilar roʻyxati;
tashilayotgan tovarlarga tijorat hujjatlari;
xalqaro pochta joʻnatmalarini yuborish uchun Umumjahon pochta ittifoqi hujjatlarida belgilangan hujjatlar.
Umumiy, yuk toʻgʻrisidagi, kema anjomlari toʻgʻrisidagi va kema ekipajining shaxsiy buyumlari toʻgʻrisidagi deklaratsiyalar kema kapitani yoki boshqa vakolatli shaxs tomonidan imzolanadi.
Kema xizmati port rahbari yoki vakolat berilgan boshqa shaxs hamda xodimlar boʻlimi boshligʻi tomonidan imzolanadi.
36. Transport (tashish) hujjatlarida tovarning kodi (kamida 6 ta belgi darajasida) va nomi, tovarning har bir koʻrsatilgan kodi boʻyicha yuk oʻrinlari soni, brutto ogʻirligi (kilogrammda yoxud boshqa oʻlchov birliklarida), joylashtirish tavsifi va faktura qiymati koʻrsatilishi lozim.
37. Kema bortida boʻlgan xavfli yuklar (xavfli xususiyatlarga ega boʻlgan, tashish va saqlash davrida alohida ehtiyot choralarini koʻrishni talab qiluvchi moddalar va tovarlar) toʻgʻrisida alohida maʼlumotlar koʻrsatiladi.
3-§. Oʻzbekiston Respublikasiga kelish davrida bojxona rasmiylashtiruvi va nazorati
38. Kema Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasiga kirganligi toʻgʻrisida portning nozimlik xizmati tomonidan manzil bojxona organiga kamida 4 soat oldin xabar beriladi. Xabarda quyidagi maʼlumotlar boʻladi:
manzil portining nomi;
kemaning nomi;
yukning nomi va miqdori yoki kemaning yuksiz ekanligi toʻgʻrisida maʼlumot;
kemaning portga kelish vaqti.
39. Maxsus komissiya kema bortiga kelgach, shkiper bojxona rasmiylashtiruvi uchun komissiya tarkibiga kiruvchi manzil bojxona organi xodimiga mazkur Qoidalarning 35-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni taqdim etishi lozim.
40. Manzil bojxona organi xodimi taqdim etilgan hujjatlarni tekshirib chiqqandan soʻng, tushiriladigan yuklar konosamentlarining barcha nusxalariga tegishli belgi kiritib, sana va shtamp qoʻyadi hamda uni shaxsiy raqamli muhri bilan tasdiqlaydi.
41. Hujjatlar rasmiylashtirilgandan soʻng, kemada manzil bojxona organi xodimi tomonidan bojxona nazorati oʻtkaziladi.
Kema bojxona nazoratidan kema kapitani yoki shkiper tomonidan tayinlangan kuzatuvchi ishtirokida oʻtkaziladi.
Kema kapitani yoki shkiper kemaning barcha xonalarida bojxona nazorati oʻtkazilishini taʼminlaydi. Tryumlar, shkaflar, qutilar va boshqa yopiq obyektlarning bojxona nazoratidan oʻtkazish uchun zarur sharoit kuzatuvchi tomonidan taʼminlanadi.
Yoʻlovchilarning va kema ekipaji aʼzolarining shaxsiy buyumlari “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 230-modda) muvofiq ularning egalari yoki ularning ishonchli vakillari ishtirokida bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkaziladi.
Bojxona rasmiylashtiruvidan soʻng, manzil bojxona organi tomonidan yuklarni tegishli bojxona (port) omboriga tushirishga ruxsat beriladi.
42. Kemada fuqarolik muomalasidan chiqarilgan ashyolar mavjudligi aniqlangan taqdirda, xonalar, tryumlar, shkaflar, qutilar va boshqa yopiq obyektlar manzil bojxona organi xodimi tomonidan muhrlanadi.
43. Maxsus komissiyaning faoliyati kema portga kelgan vaqtdan boshlab 3 soat ichida tamomlanishi shart.
4-§. Oʻzbekiston Respublikasidan joʻnab ketish davrida bojxona rasmiylashtiruvi va nazorati
44. Kemaning joʻnab ketishi davrida konosamentlar va yuklash topshiriqnomasi portning tijorat boʻlimi tomonidan joʻnatish bojxona organiga taqdim etiladi. Joʻnatish bojxona organi xodimi hujjatlarning qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiqligini tekshirib, konosamentlar va yuk bilan birga joʻnatiladigan boshqa hujjatlarga tegishli belgilar qoʻyadi va shaxsiy raqamli muhri bilan tasdiqlaydi hamda ularni tijorat boʻlimiga qaytaradi.
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
45. Portning tijorat boʻlimi tomonidan joʻnatish bojxona organi xodimidan hujjatlar qabul qilib olingach, portning nozimlik xizmatiga kema va yuklarning joʻnatishga tayyor ekanligi haqida xabar beriladi. Konosamentlar va yuk bilan birga joʻnatiladigan boshqa hujjatlar shkiperga topshiriladi.
46. Chet elga suzib ketadigan kemaning joʻnab ketishi davrida portning nozimlik xizmati tomonidan joʻnatish bojxona organiga tovarlar va transport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan olib chiqilishi kutilayotganligi toʻgʻrisida xabar beriladi. Joʻnatish bojxona organi maxsus komissiya bilan birgalikda bojxona nazoratini oʻtkazishga kirishadi. Yuklash va kemada bajariladigan boshqa ishlar bojxona nazorati boshlanishidan oldin tugatilgan boʻlishi, shuningdek kema yaqinida suzuvchi vosita va begona shaxslar boʻlmasligi lozim.
47. Maxsus komissiya kema bortiga kelgach, mazkur Qoidalarning 35-bandida nazarda tutilgan hujjatlar shkiper tomonidan maxsus komissiya tarkibiga kiruvchi joʻnatish bojxona organi xodimiga taqdim etiladi.
48. Transport (tashish) hujjatlaridagi maʼlumotlar hujjatlarni qabul qilgan joʻnatish bojxona organi xodimi tomonidan yuklash topshiriqnomasida koʻrsatilgan maʼlumotlar bilan solishtiriladi va tegishli belgilar qoʻyiladi. Umumiy deklaratsiyaga kemaning nomi, milliy mansubligi, roʻyxat raqami, kapitanning familiyasi, ismi, otasining ismi, ekipaj aʼzolari va yoʻlovchilar soni, kemaning joʻnab ketish sanasi va vaqti, qatnov toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, tovarlarning tavsifi va vazni hamda boshqa maʼlumotlar kiritiladi. Yuk toʻgʻrisidagi deklaratsiyaga joʻnatish bojxona organining tegishli shtampi qoʻyilib, qirgʻoq raqami koʻrsatiladi. Barcha hujjatlar rasmiylashtirilgandan soʻng, kema va yuk bojxona nazoratidan oʻtkaziladi.
49. Kema ekipaji aʼzolari tomonidan bojxona ishi toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablari bajarilmagan taqdirda, joʻnatish bojxona organi nazoratni toʻxtatishga haqli.
(49-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
5-§. Chegara nazorati
50. Yuk tashish davrida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasini noqonuniy kesib oʻtishlarning oldini olish maqsadida, chegara qoʻshinlarining chegara nazorati boʻlinmasi (bundan buyon matnda chegara nazorati boʻlinmasi deb yuritiladi) tomonidan chegara nazorati amalga oshiriladi.
51. Chet eldan Oʻzbekiston Respublikasi portlariga suzib kelayotgan yoki chet elga suzib ketayotgan barcha kemalar chegara nazoratidan oʻtkaziladi.
52. Chet elga suzadigan, shu jumladan chet el portlariga kirmasdan suzadigan kemalar Oʻzbekiston Respublikasi portlariga kelganda, portda toʻxtab turganda va portdan ketayotganda chegara nazoratidan oʻtkaziladi.
53. Chet elga suzuvchi kemalarning ular toʻxtab turgan joydagi oʻtkazish punkti rejimiga rioya qilishlari, shuningdek kemada vaxta xizmatining olib borilishi Chegara nazorati boʻlinmasi tomonidan nazorat qilinadi.
54. Chet elga suzuvchi kemalarda tashilayotgan transport vositalari, konteynerlar va boshqa katta hajmli yuklar kemaga yuklashdan oldin yoki undan tushirilgandan keyin koʻzdan kechiriladi.
55. Chegara qoʻshinlariga portning nozimlik xizmati tomonidan har kuni portga suzib kelayotgan va portdan suzib ketadigan kemalar toʻgʻrisida xabar beriladi.
56. Chegara qoʻshinlarining kemalarni nazorat qilish davrida davlat bojxona xizmati organi va kemalarga xizmat koʻrsatuvchi boshqa xizmatlar bilan oʻzaro harakatlari chegara nazorati boʻlinmasi komandiri tomonidan texnologik sxema va jadvalga muvofiq tashkil etiladi.
57. Chegara nazorati davrida kema kapitani yoki shkiper tomonidan tayinlangan kuzatuvchi barcha xonalarga birinchi boʻlib kirishi va oxirida chiqishi lozim. Yuklarni koʻzdan kechirish davomida maxsus xizmat itlari va texnik vositalardan foydalanilishi mumkin. Maxsus komissiya oʻz ishini tugatgach, kema chegara nazorati boʻlinmasi komandirining ruxsati bilan tark etiladi.
6-§. Oʻzbekiston Respublikasiga kelish davrida chegara nazorati
58. Qoʻshma naryadning kemada chegara va bojxona nazoratini oʻtkazishdagi vazifalari kema portga kelishidan 30 daqiqa oldin chegara nazorati boʻlinmasi va manzil bojxona organi boshliqlari tomonidan belgilab olinadi.
59. Qoʻshma naryad oʻz faoliyatini kema bortida, davlat sanitariya nazorati xizmati xodimi, oʻsimliklar karantini boʻyicha davlat xizmati xodimi va maxsus komissiyaning boshqa aʼzolari bilan birgalikda amalga oshiradi.
60. Chegara nazorati boʻlinmasi kema ekipaji, kema ekipajining kema xizmatiga kiritilmagan aʼzolari va yoʻlovchilar sonini kema kapitanidan aniqlaydi, fuqarolik muomalasidan chiqarilgan ashyolarning mavjudligini tekshiradi hamda kema ekipaji aʼzolari va kema bortida boʻlgan boshqa shaxslarni pasport nazoratidan oʻtkazadi.
61. Qoʻshma naryad tomonidan kema kapitani yoki shkiper tomonidan tayinlangan kuzatuvchi ishtirokida kemaning barcha boʻlinmalari, shkiper xonasi va kemadagi tovarlar tekshiriladi. Kema ekipajining va kema bortida boʻlgan boshqa shaxslarning shaxsiy buyumlari ularning ishtirokida tekshiriladi.
62. Maxsus komissiya oʻz faoliyatini tugatganidan soʻng, yuklar chegara nazorati boʻlinmasi komandirining ruxsati bilan kemadan tushiriladi.
63. Shatakka olib kelgan va darhol chet elga suzib ketadigan kema tekshiruvdan oʻtkazilmasdan, uning portga kirishi va portdan chiqib ketishi chegara nazorati boʻlinmasi tomonidan kuzatib turiladi.
7 §. Oʻzbekiston Respublikasidan joʻnab ketish davrida chegara nazorati
64. Chegara nazorati boʻlinmasiga kemaning chet elga suzib ketish uchun tayyor boʻlishi toʻgʻrisida Portning nozimlik xizmati tomonidan 4 soat oldin xabar beriladi.
65. Qoʻshma naryad oʻz faoliyatini kema bortida, davlat sanitariya nazorati xizmati xodimi, oʻsimliklar karantini boʻyicha davlat xizmati xodimi va maxsus komissiyaning boshqa aʼzolari bilan birgalikda amalga oshiradi.
66. Chegara nazorati boʻlinmasi kema ekipaji, kema ekipajining kema xizmatiga kiritilmagan aʼzolari va yoʻlovchilar sonini kema kapitanidan aniqlaydi, fuqarolik muomalasidan chiqarilgan ashyolarning mavjudligini tekshiradi hamda kema ekipaji aʼzolari va kema bortida boʻlgan boshqa shaxslarni pasport nazoratidan oʻtkazadi.
67. Qoʻshma naryad tomonidan kema kapitani yoki shkiper tomonidan tayinlangan kuzatuvchi ishtirokida kemaning barcha boʻlinmalari, shkiper xonasi va kemadagi tovarlar tekshiriladi. Kema ekipajining va kema bortida boʻlgan boshqa shaxslarning shaxsiy buyumlari ularning ishtirokida tekshiriladi.
68. Maxsus komissiya oʻz faoliyatini tugatganidan soʻng, kema chegara nazorati boʻlinmasi komandirining ruxsati bilan chet elga suzib ketadi.
IV bob. Yuklarni qabul qilish va joʻnatish
1-§. Joʻnatish portida yuklarni qabul qilish
69. Yuklar joʻnatish portida yuk tashish shartnomasiga muvofiq toʻgʻridan-toʻgʻri kemaga yuklash yoki port omborlarida vaqtincha saqlash uchun qabul qilinadi.
70. Yuklarni qabul qilish transport (tashish) hujjati asosida amalga oshiriladi va mazkur Qoidalarning 6-ilovasida nazarda tutilgan shakldagi Yukni tushirish, yuklash va saqlashga qabul qilish dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Mazkur dalolatnomaga kiritilgan tuzatishlar “Tuzatilgan” degan yozuv bilan qayd qilinishi hamda yuk qabul qiluvchi-topshiruvchi va shkiperning imzosi bilan tasdiqlanishi lozim.
71. Yuk joʻnatuvchi tomonidan yuklash topshiriqnomasi olingach, Yukni tushirish, yuklash va saqlashga qabul qilish dalolatnomasi tuzilib, yuk bojxona nazorati ostida kemaga yuklanadi.
72. Yuklash topshiriqnomasida kema nomi, joʻnatish porti va manzil porti, yukning turi va miqdori, uning alohida xususiyatlari, oʻram turi, yuk oʻrinlarining belgisi va raqami, portga kelib tushgan yukning Yukni tushirish, yuklash va saqlashga qabul qilish dalolatnomasi va transport (tashish) hujjatining raqami koʻrsatilishi lozim.
73. Eksport, import va tranzit yuklarni yuklash yoki tushirish ikki ish kuni ichida mazkur Qoidalarning 7-ilovasida nazarda tutilgan shakldagi yuklash topshiriqnomasi asosida amalga oshiriladi.
74. Yuklash topshiriqnomasi yuk joʻnatuvchi tomonidan kemaga yuk ortish boshlanishidan 48 soat oldin, port omborlarida saqlanayotgan yuklar boʻyicha esa yuk tashish shartnomasida koʻrsatilgan muddatlarda uch nusxada taqdim etilishi lozim.
75. Yuklash topshiriqnomasi joʻnatish portining muhri va joʻnatish bojxona organi xodimining shaxsiy raqamli muhri bilan tasdiqlangan boʻlishi hamda unga yuk bilan birgalikda yuboriladigan barcha hujjatlar ilova qilinishi lozim.
76. Yuklash topshiriqnomasining bir nusxasi joʻnatish bojxona organi xodimiga, ikkinchi nusxasi yuk oluvchiga berish uchun shkiperga beriladi, uchinchi nusxasi joʻnatish portida qoldiriladi.
77. Yuk tashishni amalga oshirish uchun yuk joʻnatuvchi tomonidan sakkiz nusxada mazkur Qoidalarning 8-ilovasiga muvofiq shaklda konosament tuziladi va imzolangan holda yuk joʻnatuvchiga taqdim etiladi.
78. Konosamentga unda koʻrsatilgan yuk kema bortiga ortilgan vaqt boʻyicha sana qoʻyiladi va shkiper tomonidan imzolanadi. Konosamentni yuklash tugashidan oldin imzolashga yoki unda boshqa sanani koʻrsatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
79. Konosamentning ikki nusxasi joʻnatish bojxona organiga, olti nusxasi manzil portiga yetkazish uchun shkiperga beriladi, shundan ikki nusxasi yuk oluvchining yukni olganligi toʻgʻrisidagi imzosi bilan joʻnatish portiga qaytariladi.
2-§. Yuklarni kemaga qabul qilish va joylashtirish
80. Yuklarni kemaga yuklashdan oldin joʻnatish porti tomonidan mazkur Qoidalarning 9-ilovasiga muvofiq shaklda yuklar roʻyxati tuziladi va port rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
81. Joʻnatish porti omboridagi yuklar holati shkiper tomonidan ular kemaga yuklanishidan oldin tekshirilishi lozim.
82. Nazorat tasmalari yoki plombalari buzilgan, belgilari toʻliq va aniq boʻlmagan, shikast yetkazilgan tarali dona yuklar mazkur kamchiliklar bartaraf etilgandan keyin yuklashga qabul qilinadi, yuk oluvchining yuklarni kamchiliklari bilan qabul qilib olishga yozma roziligi boʻlgan hollar bundan mustasno.
83. Yuklarning kamchiliklari transport (tashish) hujjatida qayd etilishi shart.
84. Kemaning yuklash rejasi shkiper tomonidan yuklar roʻyxatiga asosan ishlab chiqiladi.
85. Shkiper yuklarni kemaga qabul qilishdan oldin yuklash topshiriqnomasining toʻgʻri toʻldirilganligi va yuklar toʻgʻrisida zarur maʼlumotlarning mavjudligini tekshiradi hamda ularni joʻnatish porti tomonidan tuzilgan yuklar roʻyxati bilan solishtiradi.
86. Yuklarni kemaga yuklashdan oldin ular konosamentga asosan turi va navi boʻyicha partiyalarga ajratilishi lozim.
87. Yuk tashuvchi yuklash oldidan yukning tashish uchun yaroqliligini tekshirishi, tekshirish natijasida biror-bir kamchilik aniqlangan taqdirda, ularning bartaraf etilishini yuk joʻnatuvchidan talab qilishi lozim.
88. Yuklar joʻnatish bojxona organi xodimi, ombor mudiri, shkiper va yuk joʻnatuvchi ishtirokida kemaga yuklanadi.
89. Ish texnologiyasida kamchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, yuklash yoki tushirish ishlari mazkur kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar shkiper tomonidan toʻxtatib turilishi mumkin.
90. Yuklash yoki tushirish davrida yuklarning hisobi ombor mudiri, yuk qabul qiluvchi-topshiruvchi, shkiper, joʻnatish yoxud manzil bojxona organi xodimi va yuk joʻnatuvchi yoki yuk oluvchi tomonidan olib boriladi.
91. Yuklarning hisobi Yukni tushirish, yuklash va saqlashga qabul qilish dalolatnomasida qayd etib boriladi.
92. Quyidagi yuklarni bitta konosament bilan qabul qilishga va qoʻshib tashishga yoʻl qoʻyilmaydi:
tez buziladigan yuklarni tez buzilmaydigan yuklar bilan;
tashish davrida alohida rejimni talab qiluvchi yuklarni bunday rejimni talab qilmaydigan yuklar bilan;
bojxona va sanitariya nazorati ostida, shuningdek boshqa maxsus tartibda tashiladigan yuklarni bunday tartib tatbiq etilmaydigan yuklar bilan;
yaroqlilik (saqlash) muddati har xil boʻlgan yuklarni.
93. Yuklarning bir partiyasini toʻliq yuklab yoki tushirib boʻlmasdan boshqa yuk partiyasini yuklash yoki tushirish taqiqlanadi.
94. Manzil portiga tushirish davomida aralashgan holda kelganligi aniqlangan yuklar bir vaqtning oʻzida partiyalar boʻyicha ajratilgan holda tushirilishi, mazkur holat manzil porti va yuk oluvchi tomonidan shkiper ishtirokida erkin shaklda tuziladigan dalolatnoma bilan rasmiylashtirilishi hamda dalolatnoma nusxasi joʻnatish portiga yuborilishi lozim.
95. Yuklar transport (tashish) hujjati asosida kema bortida topshiriladi va qabul qilinadi. Zarur hollarda, yuklash yoki tushirish ishlari xavfsizligini taʼminlash uchun yuk qabul qiluvchi-topshiruvchi va shkiperning kema bortida boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Bunda yuklarni qabul qilish yoki topshirish qirgʻoqda — kranning qulochi doirasida amalga oshiriladi.
96. Yukning umumiy vazni oʻlchash yoki yuk oʻrinlarida koʻrsatilgan umumiy vaznni hisoblash yoʻli bilan aniqlanadi.
97. Yukning vazni, agar yuk tashish shartnomasida boshqacha usul koʻrsatilmagan boʻlsa, tashuvchi tomonidan belgilangan tartibda aniqlanadi. Yuk tashish shartnomasida yukning vaznini shartli ravishda yoki kemaning suvga botishini hisoblash yoʻli bilan aniqlash nazarda tutilishi mumkin.
98. Yuklarni boshqaruv tarkibisiz kemaga yuklash va undan tushirishda hujjatlar kema biriktirilgan kemaning boshqaruv tarkibi tomonidan rasmiylashtiriladi.
3-§. Shikast yetkazilgan (buzilgan), saqlanmagan yoki buzilganlik alomatlari bilan keltirilgan yuklarni qabul qilish va topshirish
99. Manzil portiga shikast yetkazilgan (buzilgan), saqlanmagan yoki buzilganlik alomatlari bilan keltirilgan yuklar shkiper ishtirokida manzil bojxona organi xodimi, yuk qabul qiluvchi-topshiruvchi va yuk oluvchi tomonidan qabul qilinadi.
100. Quyidagi hollarda yuk qabul qiluvchi-topshiruvchi tomonidan mazkur Qoidalarning 10-ilovasiga muvofiq shaklda Tijorat dalolatnomasi tuziladi:
yukning nomi, ogʻirligi yoki oʻrinlar soni transport (tashish) hujjatida koʻrsatilgan maʼlumotlarga nomuvofiq boʻlsa;
yukka shikast yetkazilgan (buzilgan) boʻlsa;
hujjatlarsiz yuk yoki yuksiz hujjatlar aniqlansa.
101. Yuk oluvchi yukni olish uchun shartnomada koʻrsatilgan muddatda kelmagan taqdirda, Tijorat dalolatnomasi tuziladi va ushbu dalolatnoma kamida uchta shaxs — port boshligʻi yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxs, yuk qabul qiluvchi-topshiruvchi yoki omborxona mudiri - tomonidan imzolanadi.
Tijorat dalolatnomasining bir nusxasi yuk oluvchiga berilishi, ikkinchi nusxasi esa besh kun ichida joʻnatish portiga yuborilishi lozim.
102. Yukni qabul qilish Yukni tushirish, yuklash va saqlashga qabul qilish dalolatnomasi bilan rasmiylashtirilgan boʻlsa, soz taradagi shikast yetkazilgan yuk uchun joʻnatish porti javobgar hisoblanadi. Shikast yetkazilgan (buzilgan) holda keltirilgan yuklar toʻgʻrisida konosamentning orqa tomoniga tegishli yozuv kiritiladi.
103. Eksport yoki import yuklarni tashishda aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mazkur Qoidalarning 11-ilovasida nazarda tutilgan shaklda Xabar-dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
104. Tarasi yoki oʻramlariga, shuningdek nazorat tasmalari yoki plombalariga shikast yetkazilgan yuklar ochib tekshiriladi. Zarur hollarda, bunday yuklar shkiper, ombor mudiri va manzil yoki joʻnatish bojxona organi xodimlari ishtirokida tegishli port omborida qayta oʻlchanadi va Tekshirish dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
105. Ichidagi yukni olish imkoniyatini istisno etadigan, lekin shikast yetkazilganlik (buzilganlik) alomatlari mavjud boʻlgan tarali dona yuklar ochib tekshirilmasdan Yukni tushirish, yuklash va saqlashga qabul qilish dalolatnomasida qayd etiladi.
106. Tushirish ishlari tugagandan keyin shikast yetkazilganlik (buzilganlik) alomatlari bilan qabul qilingan yuklar boʻyicha Tijorat dalolatnomasi tuziladi va yuk oluvchining arizasiga koʻra tegishli bojxona rejimi joriy etiladi.
107. Yuklar tushirilgach, manzil porti tomonidan yuklarni qabul qilinganligi toʻgʻrisida konosamentlarga belgi qoʻyiladi va ular shartnomada belgilangan muddatda joʻnatish portiga qaytariladi.
4-§. Konteynerlarni qabul qilish va topshirish
108. Konteynerlar konteyner terminali mudiri tomonidan joʻnatish yoki manzil bojxona organi xodimi ishtirokida soni, raqamlari, plombalari va kuzovlarining butligi koʻzdan kechirilib qabul qilinadi yoki topshiriladi.
109. Kuzov ichidagi yukni olish imkonini beradigan darajada shikast yetkazilgan yoki plombalarining izi aniq boʻlmagan konteynerlar kemaga qabul qilinmaydi.
110. Texnik soz va soz plombada yetkazilgan konteyner ichidagi yukning saqlanishi uchun yuk tashuvchi javobgar hisoblanmaydi.
111. Kuzov ichidagi yukni olish imkonini beradigan darajada shikast yetkazilgan yoki plombalarining izi aniq boʻlmagan yoxud plombasi buzilgan konteynerlar yuk qabul qiluvchi-topshiruvchi va konteyner terminali mudiri ishtirokida qoʻshma naryad tomonidan manzil portida ochiladi va tekshiriladi.
112. Tekshirish natijasi boʻyicha Tijorat dalolatnomasi tuzilib, tegishli yozuvlar konosamentga kiritilgandan keyin yuk boshqa texnik soz konteynerga yuklanadi va bojxona organi xodimi hamda konteyner terminali mudiri tomonidan plombalanadi. Kuzov ichidagi yukni olish imkonini bermaydigan shikast yetkazilgan konteynerlar ochilmaydi, lekin shikast tavsifi va oʻlchamlari koʻrsatilgan holda Tijorat dalolatnomasi tuziladi.
113. Plombalarining izi aniq boʻlmagan yoki plombasi buzilgan konteynerlardagi yuklarni tekshirish ishlari boshqa yuklarga ishlov berish jarayonining pasayishiga olib kelsa, bunda konteynerlar bojxona organi xodimi tomonidan yuk qabul qiluvchi-topshiruvchi va konteyner terminali mudiri ishtirokida vaqtincha muddatga plombalanadi. Qoʻshma naryad vaqtincha muddatga plombalangan konteynerlardagi yuklarni uch kun ichida yuk qabul qiluvchi-topshiruvchi, konteyner terminali mudiri va yuk oluvchi ishtirokida tekshiradi va mazkur konteynerlar bojxona organi xodimi hamda konteyner terminali mudiri tomonidan plombalanadi. Tijorat dalolatnomasining nusxasi yuk oluvchiga beriladi.
5-§. Yuklarni manzil porti tomonidan qabul qilish, saqlash va topshirish
114. Manzil portiga keltirilgan yuklar port omborlarida bojxona nazorati ostida saqlanadi va yuk tashish shartnomasiga muvofiq yuk oluvchiga topshiriladi.
115. Manzil porti tomonidan yuk oluvchiga yuk keltirilgan kuni, yuk belgilangan muddatdan oldin keltirilgan boʻlsa, keyingi kuni soat 12:00 gacha xabarnoma yuboriladi.
116. Yuk zarur bojxona rasmiylashtiruvlari va toʻlovlar amalga oshirilgandan keyin yuk oluvchiga topshiriladi.
117. Yuk oluvchi yukni port omboridan yuk tashish shartnomasida koʻrsatilgan muddatdan kechiktirmay olib ketishi lozim. Xavfli va tez buziladigan yuklar kema bortidan toʻgʻridan-toʻgʻri yuk oluvchining transportiga tushiriladi va zudlik bilan bojxona nazorati ostida olib ketiladi.
118. Yuk oluvchilar tomonidan oʻz vaqtida olib ketilmaganligi oqibatida manzil portida yuklar yigʻilib qolganda, yuklar saqlash uchun bojxona organi bilan kelishilgan holda boshqa bojxona omborlariga joylashtirilishi mumkin. Bunda yuklarni boshqa bojxona omboriga joylashtirish yuk oluvchining hisobidan amalga oshiriladi.
119. Yuklar yuk oluvchiga manzil porti tomonidan ularning soni va taralarning holati tekshirib topshiriladi.
120. Yukning vazni standart yoki yuk joʻnatuvchi koʻrsatgan vaznga yoki haqiqiy vazni yuk oʻrinlarida koʻrsatilgan vaznga mos kelmasa, shikast yetkazilgan yuk oʻrinlarining vazni tekshiriladi.
121. Sochma va toʻkib solinadigan yuklarning vazni yuk qabul qiluvchi-topshiruvchi, ombor mudiri, manzil bojxona organi xodimi tomonidan yuk oluvchi ishtirokida tekshiriladi. Kamomad tarozilar koʻrsatkichlaridagi tafovut farqidan, shuningdek tabiiy yoʻqotish meʼyorlaridan oshmasa, yuk toʻliq deb hisoblanadi.
122. Yuk oluvchi tomonidan konosament boʻyicha tashilayotgan yukning kamomadi yoki unga shikast yetkazilganligi toʻgʻrisida yuk tashuvchiga oʻz vaqtida xabar berilmagan taqdirda, yuk konosament shartlariga muvofiq toʻliq olingan hisoblanadi. Yuk oluvchi tomonidan yuk tashuvchi ishtirokida koʻrib chiqilgan va tekshirilgan yuk boʻyicha yuk tashuvchiga xabar berish talab qilinmaydi.
123. Manzil porti yuk oluvchi tomonidan yuk tashish shartnomasida belgilangan muddatda qabul qilinmagan yoki olib ketilmagan yuk toʻgʻrisida yuk joʻnatuvchiga xabar berishi, yuk joʻnatuvchi esa talab qilinmagan yuklar boʻyicha zarur choralar koʻrishi lozim.
124. Yuk oluvchi shikast yetkazilgan (buzilgan) yoki yaroqlilik (saqlash) muddati oʻtgan yuklarni olishdan bosh tortsa, agar yuk tashuvchi bunda oʻzining aybsizligini isbotlab bersa, yukni qaytarib olib ketish bilan bogʻliq xarajatlar yuk joʻnatuvchi hisobidan qoplanadi.
V bob. Yuk tashish munosabatlari ishtirokchilarining javobgarligi
1-§. Yuk tashuvchining javobgarligi
125. Yuk tashuvchi yuklarni tashish davrida yetkazilgan zarar uchun qonunchilik hujjatlari, mazkur Qoidalar va yuk tashish shartnomasi talablariga muvofiq javobgar hisoblanadi. Yuk tashuvchining qonunchilik hujjatlari va mazkur Qoidalarda belgilab qoʻyilgan javobgarligini cheklash yoki bartaraf etish haqidagi kelishuvlar haqiqiy emas.
(125-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
126. Agar yuk tashuvchi yukning yoʻqolishi, kam chiqishi yoki shikastlanishida (buzilishida) oʻzining aybi yoʻqligini isbotlay olmasa, tashish uchun qabul qilib olgan yukning yoʻqolganligi, kam chiqqanligi yoki unga shikast yetkazilganligi (buzilganligi) uchun javobgar boʻladi.
127. Quyidagi hollarda yuk tashuvchi ayni shu holat natijasida yetkazilgan zarar uchun javobgar hisoblanmaydi:
yuk joʻnatuvchi yuklarni nosoz va nozik taralarda topshirganligi toʻgʻrisida yozma ravishda koʻrsatma bergan boʻlsa;
yoʻqotish kema palubasida tashishga ruxsat berilgan yuklarda tashish natijasida vujudga kelgan tabiiy yoʻqotish meʼyorlari doirasida boʻlsa yoki yuk yoʻlda qaytadan tushirib yuklanmagan, tegishli belgilari mavjud soz taralarda va texnik soz kemada kelgan yoki yuklarning sifatli tashilganligini tasdiqlovchi boshqa alomatlar mavjud boʻlsa;
tez buziladigan yuklarni belgilangan rejimni taʼminlamaydigan kemalarda tashishga yuk joʻnatuvchi tomonidan yozma rozilik berilgan boʻlsa;
yuk joʻnatuvchi saqlash yoki tashish davrida saqlanishi alohida shartlar va xavfsizlik choralarini talab qiladigan yuklarning alohida xususiyatlarini transport (tashish) hujjatida koʻrsatmagan holda tashishga topshirgan boʻlsa.
128. Yuk tashish shartnomasida boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, kemaning halokati yoki boshqa baxtsiz hodisa tufayli tashish davrida yoʻqotilgan yuk uchun tashish haqi undirilmaydi, toʻlangan avans yuk joʻnatuvchiga qaytariladi.
Agar kema halokatidan keyin yuk saqlab qolingan boʻlsa yuk tashuvchiga saqlab qolingan yukni tashiganlik va haqiqiy bosib oʻtilgan masofa uchun haq toʻlanadi.
129. Yuk tashish shartnomasida boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, yuk tashish vaqtida yetkazilgan zarar yuk tashuvchi tomonidan quyidagi miqdorda toʻlanadi:
yuk yoʻqolgan yoxud kam chiqqan taqdirda — yoʻqolgan yoki kam chiqqan yukning qiymati miqdorida;
yukka shikast yetkazilgan (buzilgan) taqdirda — uning qiymati qancha pasaygan boʻlsa, shuncha summa miqdorida, shikastlangan (buzilgan) yukni tiklash mumkin boʻlmaganida esa, uning qiymati miqdorida;
bahosini transport (tashish) hujjatida koʻrsatgan holda tashishga topshirilgan yuk yoʻqolgan taqdirda — yukning transport (tashish) hujjatida koʻrsatilgan qiymati miqdorida.
130. Yuk tashuvchi real zararni toʻlash bilan birga yoʻqolgan, kam chiqqan yoki shikastlangan (buzilgan) yukni tashish uchun olgan tashish haqini, agar u yukning bahosiga kirmasa, qaytarib beradi.
131. Kema ekipaji va kemada boʻlgan boshqa shaxslar tomonidan kemadagi yuklardan foydalanishga, istisno tariqasida, inson hayotini, kemani yoki boshqa yuklarni saqlab qolish maqsadidagina yoʻl qoʻyiladi.
132. Yuklarni yetkazib berish muddati kechikkanligi uchun yuk tashuvchi yuk oluvchi oldida qonunchilik hujjatlarida yoki yuk tashish shartnomasida belgilangan tartibda javobgar hisoblanadi.
(132-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
2-§. Yuk joʻnatuvchi va yuk oluvchining javobgarligi
133. Yuk joʻnatuvchi yuk toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning yetarli emasligi yoki notoʻgʻriligi, muomalada boʻlishi yoxud daryo transportida tashilishi cheklangan yoki taqiqlangan yukni taqdim etganligi, tashish davrida saqlanishi alohida shartlar va xavfsizlik choralarini talab qiladigan yuklar toʻgʻrisida yuk tashuvchini xabardor qilmaganligi uchun qonunchilik hujjatlarida va yuk tashish shartnomasida belgilangan tartibda javobgar hisoblanadi.
(133-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Mazkur bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan holatlar natijasida yuzaga kelgan oqibatlarni bartaraf etish bilan bogʻliq ishlar uchun yuk joʻnatuvchi tomonidan haq toʻlanadi.
134. Yuk joʻnatuvchi quyidagi hollarda kemaning turib qolishi, shuningdek boshqa zararlar uchun yuk tashuvchi va uchinchi shaxslar oldida javobgar hisoblanadi:
qonunchilik hujjatlarida belgilangan hujjatlar oʻz vaqtida topshirilmagan, lozim darajada rasmiylashtirilmagan yoki yetarli boʻlmasa;
(134-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
transport (tashish) hujjatidagi, yukni yuklash topshiriqnomasidagi maʼlumotlar notoʻgʻri yoki toʻliq boʻlmasa;
yuklar yuk tashuvchiga oʻz vaqtida taqdim qilinmasa;
yuk joʻnatuvchining vositalari bilan bajariladigan yuklash ishlari kechiksa.
135. Kemaning turib qolganligi uchun aybdor boʻlgan yuk joʻnatuvchi yoki yuk oluvchi yuk tashuvchiga yetkazilgan zararni toʻlashi shart.
136. Tashish haqi oʻzining tabiiy xususiyatlari, xususan, ichki buzilishi, qurib qolishi, sochilishi, toʻkilishi natijasida kamayishi yoki boshqa fizik-kimyoviy xususiyatlari bilan farqlanadigan yuklar yuk joʻnatuvchi tomonidan yashirilgan, sifatsiz taralarga joylashtirilgan yoki yuk joʻnatuvchiga bogʻliq boshqa sabablar oqibatida shikast yetkazilgan (buzilgan) va saqlanmagan boʻlsa yuk tashuvchiga toʻliq toʻlanadi.
VI bob. Yakuniy qoidalar
137. Mazkur Qoidalarning talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(137-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
138. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qoʻmitasi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Milliy xavfsizlik xizmati raisi R. INOYATOV
2013-yil 25-aprel
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi Z. DUSANOV
2013-yil 25-aprel
Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi A. ABDUXAKIMOV
2013-yil 25-aprel
Daryo transportida yuk tashish qoidalariga
1-ILOVA

‎‎Umumiy deklaratsiya‎

‎‎
1. Kirib kelgan sanasi va vaqti‎ 2. Joʻnab ketgan sanasi va vaqti ‎ 3. Kema toʻxtab turgan joy‎
4. Kemaning roʻyxat raqami‎ 5. Kemaning nomi‎ 6. Kemaning milliy mansubligi‎‎
7. Kapitanning F.I.O.‎ 8. Qatnov toʻgʻrisida maʼlumotlar‎ 9. Joʻnash porti / kirish porti‎‎
10. Ushbu portdagi kema agentining F.I.O. va yashash joyi‎ 11. Ekipaj aʼzolarining soni‎ 12. Yoʻlovchilar soni‎‎
‎‎13. Tovarlarning tavsifi 14. Vazni‎‎
_______________‎ kemasi kapitani ____________‎ _______________‎
(kemaning nomi) ‎ (shkiperi) ‎ (imzo) ‎

(F.I.O.)‎

‎‎20___ yil “____” _____________
Daryo transportida yuk tashish qoidalariga
2-ILOVA

‎‎Yuk toʻgʻrisidagi
‎DEKLARATSIYA

1. Kemaning roʻyxat raqami‎‏ 2. Kemaning nomi‎‏ ‎‎3. Kirib kelishi 4. Joʻnab ketishi‎‏
5. Xabarnoma bergan port
6. Kemaning milliy mansubligi‎ 7. Kapitanning F.I.O.‎ ‎‎8. Joʻnatish porti / manzil porti
9. Konosamentlar yoki transport hujjatlari raqamlari‎ 10. Yuk turi va raqami‎ 11. Yuk oʻrinlarining soni va oʻram turi, tavsifi‎ 12. Yukning brutto vazni‎ 13. Yukning oʻlchamlari‎

____________‎‎_____________‎‎kemasi kapitani

__________‎ ____________‎

(kemaning nomi) ‎‎

(shkiperi) ‎

(imzo) ‎

(F.I.O.)‎

‎‎20___ yil “____” _____________
Daryo transportida yuk tashish qoidalariga
3-ILOVA

‎Kema anjomlari toʻgʻrisidagi
‎DEKLARATSIYA

T/r‎‏

Anjomlarning nomi

Miqdori‎‎

Bahosi‎‏

Umumiy bahosi ‎‏

kg‎

dona‎
‎‎
‎‎Kema bortidagi anjomlarning mavjudligini tasdiqlayman:

‎‎______________________ kemasi kapitani

_________‎

‎‎____________________

(kemaning nomi)

(shkiperi) ‎

(imzo)‎

‎‎(F.I.O.)

20___ yil “____” _____________
Daryo transportida yuk tashish qoidalariga
4-ILOVA

‎‎Kema ekipajining shaxsiy buyumlari toʻgʻrisidagi
‎DEKLARATSIYA

‎‎

Kemaning nomi:‎

Kemaning milliy
‎ mansubligi:

T/r F.I.O.‎ Lavozimi‎ Buyumlarning nomi‎ imzo‎
‎‏ ‎‏ ‎‏
‎‏ ‎‏ ‎‏
‎‏ ‎‏ ‎‏ ‎‏

‎‎________________________ kemasi kapitani

________‎

___________‎

(kemaning nomi) ‎

‎‎(shkiperi)

(imzo) ‎

(F.I.O.)‎

‎‎20___ yil “____” _____________
Daryo transportida yuk tashish qoidalariga
5-ILOVA

‎Kema xizmati

‎‎Kemaning nomi _____________________________________________‎
‎‎Kemaning egasi _____________________________________________
‎‎Kema roʻyxatdan oʻtkazilgan port ________________________________
‎‎Kema turi _________________________________________________
‎‎Kapitanning F.I.O. _______________________________________

T/r‎

F.I.O.‎ Tugʻilgan yili‎ Fuqaroligi‎ Lavozimi‎ Shaxsini tasdiqlovchi hujjat turi, seriyasi va tartib raqami‎ Guvohnoma raqami‎

‎‎Port rahbari

‎‎____________

‎‎_______________________

‎‎(imzo)

‎‎(F.I.O.)

‎‎Xodimlar boʻlimi boshligʻi__‎___________

‎‎_______________________

‎‎(imzo)

‎‎(F.I.O.)

M.Oʻ.‎
Daryo transportida yuk tashish qoidalariga
6-ILOVA

‎‎Yukni tushirish, yuklash va saqlashga qabul qilish
‎DALOLATNOMASI

‎Sana: ________________________‎
‎‎Yukni oluvchi: ____________________________________________________________
‎‎Yukni joʻnatuvchi: _________________________________________________________
‎‎‎‎Transport turi: (temir yoʻl, avtotransport, kema) _______________________________
‎‎Avtotransport ____________________-son tirkama _________________________-son
‎‎Vagon, Kema, Konteyner (20F/ 40F) №
‎________________________________________________________________________
‎________________________________________________________________________‎‎
‎________________________________________________________________________‎‎
‎‎‎________________________________________________________________________
‎‎Plombalar soni ‎dona, plomba raqami ______________________________
‎‎Plomba: shikast yetkazilmagani, shikast yetkazilgani ______________________________
‎‎Tovar nomi ______________________________________________________________
‎‎________________________________________________________________________
‎‎Hujjat boʻyicha soni __________________ oʻram turi ___________________________
‎‎Haqiqiy soni _____________________ oʻram turi ______________________________
‎‎Ortiq chiqqani soni _______________________________________________________
‎‎Kam chiqqani soni _________________________________________________________
‎‎Hujjat boʻyicha umumiy vazni (jami vazni)_____________‎‎kg/tn (sof vazni)______ kg/tn
‎‎Shikast yetkazilmagani soni _________________________________________________
‎‎Qoʻshimcha koʻrsatmalar _____________________________________________________
‎‎________________________________________________________________________
‎‎________________________________________________________________________
Bojxona organi xodimi: ‎

___________‎

‎‎_____________________

(imzo) ‎

(F.I.O.)‎‎

‎‎Ombor mudiri:

__________‎

_____________________‎‎

(imzo) ‎

(F.I.O.)‎‎

‎‎Yuk qabul qiluvchi-topshiruvchi: ‎

__________‎

_____________________‎‎

(imzo) ‎

‎‎(F.I.O.)‎‎

‎‎Yuk oluvchi yoki joʻnatuvchi vakili:

___________‎

__‎‎____________________

(imzo) ‎

‎‎‎‎(F.I.O.)‎‎

‎‎Avtotransport haydovchisi:

__________‎

_____________________‎‎

(imzo) ‎ ‎

‎‎‎‎‎‎(F.I.O.)‎‎

Shkiper: ‎ _________‎ ‎‎____________________

(imzo) ‎ ‎ ‎

‎‎(F.I.O.)

Daryo transportida yuk tashish qoidalariga
7-ILOVA
‎‎Yuk joʻnatuvchining nomi:‏

‎‎Eksport import tranzit yuklarni yuklash uchun
‎(keraklisining tagiga chiziladi)‏

‎‎‎___-sonli topshiriqnoma
‎20___yil “___” ____________

Yuk oluvchining nomi, davlat:‎‎

‎‎_____-sonli ombor mudiriga

Kema nomi:‎ Joʻnatish porti:‎

‎‎Konosament raqami: ___________

Manzil porti:‎ Belgilangan punkt:‎
Vagonlar va yuk xatlari raqamlari ‎ Konteynerlar va plombalar raqamlari‎ Yuk nomi‎ Oʻramlar turi‎ Yuk oʻrinlari soni‎ Jami vazni‎ Sof vazni‎

‎‎Jami yuk oʻrinlari soni: ____‎_____‎

‎‎Mansabdor shaxs:

‎‎_______________________

‎‎(F.I.O.)

Daryo transportida yuk tashish qoidalariga
8-ILOVA

‎‎Konosament ________________-son

_______________________‎‎

________________________‎‎

‎‎(port nomi)

‎‎(faoliyat turi)

‎‎Kemaning nomi: __________________________________________________________
‎‎Shkiperning familiyasi, ismi, otasining ismi: _________________________________
‎‎Joʻnatish porti: __________________________________________________________
‎‎Manzil porti: ___________________________________________________________
‎‎Yuk joʻnatuvchi: ___________________________________________________________
‎‎Yuk oluvchi: ______________________________________________________________
Vagonlar va yuk xatlari raqamlari‎ Konteynerlar va plombalar raqamlari‎ Yuk nomi‎ Oʻramlar turi‎ Yuk oʻrinlari soni‎ Jami vazni‎ Sof vazni ‎
‎‎JAMI: _________________________________________________________________

‎‎(yuk oʻrinlari soni, soʻz bilan)

‎‎Yukni yuk joʻnatuvchi koʻrsatgan vaznda yuk oʻrinlari soni boʻyicha sifatini tekshirmasdan qabul qildim.

‎‎Shkiper: ______________________ sana: 20___ yil “___” ________________________

‎‎Izoh: Manzil portida yukni qabul qilish davrida nosozliklar aniqlanganda, bu haqda konosamentning orqa tomoniga tegishli yozuv kiritiladi va shkiper, kema agenti va yuk oluvchi vakili tomonidan imzolanadi.

Izoh: ___________________________________________________________________
‎_______________________________________________________________
‎_______________________________________________________________
‎‎______________________________________________________________.
Daryo transportida yuk tashish qoidalariga
9-ILOVA

‎‎“TASDIQLAYMAN”

______________________ rahbari

‎‎(joʻnatish port nomi)

‎‎_____________________________

‎‎(F.I.O.)

‎‎_____-sonli yuklar roʻyxati

‎‎Kemaning nomi:

‎‎Joylashtirish

T/r‎

yuk joʻnatuvchi‎ yukning nomi‎ yuk oʻrni soni‎ vazni (tonna)‎ konteyner raqami‎ joylashgan oʻrni ‎ topshiriqnoma raqami ____‎

Jami:‎

‎‎Mansabdor shaxs:

‎‎_________

‎‎______________________

‎‎(imzo)

‎‎(F.I.O.)

Daryo transportida yuk tashish qoidalariga
10-ILOVA

‎‎Tijorat dalolatnomasi

‎‎Oʻzbekiston Respublikasi

‎‎Port shtampi

‎‎

‎‎_____-son seriya

‎‎raqami _______

Dalolatnomaga ilova qilinadi:

‎‎___________________________

‎‎___________________________

‎‎___________________________

‎‎1. Tuzilgan port, kema _____________________________
‎‎2. Tuzilgan sanasi 20___ y. “____” _______________

‎‎3. 20___ yil “____” ______________ dagi ___-sonli yuk xati, konosament, bagaj pattasi boʻyicha kelgan yuk (bagaj) tekshirildi.

‎‎4. Joʻnash porti ___________________________________
5. Manzil porti ___________________________________
‎‎6. Joʻnatish porti ___________________________________
‎‎7. Yuk joʻnatuvchi ______________________________________________
‎‎8. Qabul qiluvchi ______________________________________________
‎‎9. Yukni yuk oluvchiga topshirish sanasi 20___ yil “___” _____________
‎‎10. Tashish turi _______________________________________________
‎‎11. Tekshirish natijalari
Markalar, belgilar‎‎‎‏ Yuk oʻrni Oʻram turi Yuk nomi‎‎‎‏ Yuk vazni, kg

yuk joʻnatuvchi bildirishi boʻyicha‎‎

transportda aniqlangani boʻyicha‎‎

‎‎a) hujjat boʻyicha mavjud

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

b) aslida mavjudi

‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

v) shu jumladan shikast yetkazilgani ‎‎

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎

12. Yukxatiga, konosamentga yuk joʻnatuvchi, kema kapitani, portning alohida va muhim belgilari mavjud ________________________________________________________ ‎‎

________________________________________________________________________‎‎
________________________________________________________________________‎‎

‎‎13. Yukni tekshirish davrida aniqlangan toʻliq maʼlumot __________________________

‎‎________________________________________________________________________
‎‎________________________________________________________________________
‎________________________________________________________________________
14. Taralar va ichki oʻramlarni amaldagi standartlar va texnik shartlarga mosligi
‎_______________________________________________________________
‎‎_______________________________________________________________
‎‎_______________________________________________________________
‎‎15. Taralarga shikast yetkazilgani boʻlganmi ____________________________________
‎‎_______________________________________________________________
‎_______________________________________________________________
16. Oʻgʻirlik alomatlari mavjudligi (qanday) ___________________________________
‎_______________________________________________________________
‎17. Ichki oʻram shikastlanganligi (qaysida) _____________________________________
‎_______________________________________________________________

‎‎18. Ochilgan yuk oʻrniga boʻsh, toʻldirilmagan boʻshliq mavjudligi. Agar mavjud boʻlsa boʻshliqqa yetishmayotgan yuk yoki uning bir qismi joylashishi mumkinmi (qanchasi)_____

_______________________________________________________________‎‎
‎‎_______________________________________________________________

‎‎19. Etishmayotgan yoki buzilgan yuklarning nomi, navi, qanday materialdan tayyorlanganligi, soni aniq koʻrsatilib toʻliq roʻyxat keltirilsin __________________

‎_______________________________________________________________
‎‎_______________________________________________________________

‎‎20. Yukni berayotgan (topshirayotgan) davrda ekspertiza oʻtkazilganligi (ekspertiza oʻtkazilganligi sanasi va dalolatnoma raqami) __________________________________

‎‎_______________________________________________________________

‎‎21. Yukni tekshirishda (ochishda) ishtirok etgan va dalolatnoma tuzgan shaxslar imzosi:

‎‎Port vakili

‎‎______________

‎‎Port ombori mudiri

‎‎______________

‎‎Kema kapitani

‎‎______________‎‎

‎‎Yuk oluvchi

‎‎______________‎‎

‎‎Temir yoʻl stansiyasi, port vakili

‎‎______________‎‎‎‎

‎‎Harbiylashtirilgan qoʻriqchilar vakili

‎‎‎‎______________‎‎

Transport militsiyasi yoki bojxona
‎idorasi vakili (keraksizi oʻchirilsin)

‎______________

‎‎22. Ushbu dalolatnoma asosiy dalolatnomalarga qoʻshimcha tuzildi (raqami, sanasi va kim tomondan tuzilganligi koʻrsatilsin).

Daryo transportida yuk tashish qoidalariga
11-ILOVA
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 24-son, 320-modda; 2016-y., 25-son, 314-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)